Vodorodsimon atomlar
Vodorodsimon atomlar – 1) tuzilishi vodorod atomiga o’xshash, yadro va bitta elektrondan iborat engil elementlarning ionlari. Bunday atomli elementlar (ne+, Ve3+ va boshqalar) faqat atom raqamlari bilan bir-biridan farq qiladi. Vodorodsimon atomlar energiyasi sathi va spektri vodorod atomi energiyasi sathi va spektriga o’xshaydi, lekin energiya masshtabi va o’tish chastotasi z2 marta (z— elementning atom raqami) ortishi bilan undan ajralib turadi; 2) yangi atomlar deb nomlanadigan beqaror zarrachalar. Ularga birinchi navbatda vodorod atomi yadrosi (proton) dan va manfiy zaryadlangan elementar zarracha (myuon M”, P~ mezon, K~ mezon va b.)dan tashkil topgan mezoatomlar, keyin elektron va musbat zaryadlangan elementar zarrachalardan tashkil topgan sistemalar: pozitron, myuon M+, P+ yoki K+ mezon (tegishlicha pozitroniy, myuoniy, pioniy, kaoniy deb nomlanadigan zarrachalar)dan tashkil topgan sistemalar kiradi. Bu sistemalar modda orqali yuqorida keltirilgan elementar zarrachalar o’tganda hosil bo’lib, kimyoviy reaktsiyalarga vodorod atomiga o’xshash kirishadi.