Voha
Voha — 1) cho’l va chala cho’llarda obod qilingan yer. Vohada namgarchilik qo’shni rayonlarga nisbatan ko’p. Yer osti suvlari yuza bo’lib, buloqlar chiqib yotadi, Daryolar vaqt-vaqti bilan toshib turadi. Vohalar ko’pincha daryo, ko’l, kanal va quduqlardan suv bilan ta’minlanadi. Maydoni bir necha o’n km2 dan bir necha o’n ming km2 gacha bo’ladi. Shimoliy Afrika, G’arbiy Osiyo va Markaziy Osiyo cho’llarida mashhur Vohalar bor. Toshkent, Murg’ob, Xorazm, Buxoro Vohalari, Farg’ona vodiysidagi Vohalar ham ancha katga. Odatda, Vohalarda aholi zich yashaydi. 2) Antarktidaning muzdan xoli bo’lgan joylari.