Vohidov Hamid Fozilovich

Vohidov Hamid Fozilovich (1925.10.12, Andijon viloyati Qo’rg’ontepa tumani) — faylasuf olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1976), falsafa fanlari Doktori (1971), professor (1973), 2-jahon urushi qatnashchisi. Toshkent yuridik institutini tugatgan (1950). Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti falsafa va estetika kafedrasi mudiri (1961-1979), ToshDU falsafa kafedrasi mudiri (1979). Markaziy muzey Toshkent filialining Direktori (1979-88). 1988 yildan Toshkent davlat san’at institutining ilmiy ishlar bo’yicha prorektori va falsafa kafedrasining professor. Ilmiy ishlari O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy va falsafiy fikri tarixi, ma’rifatparvarlik g’oyalari muammolariga bag’ishlangan.