Vohon tili

Vohon tili — vohonlar tili. Panj daryosining bo’ylarida — Tojikiston va Afg’onistonda hamda sharqiy Turkistonda, qisman Pokistonda tarqalgan. Hind-Yevropa tillari oilasining Hind-Eron tillari guruhiga mansub. Sariko’l, Ishkoshim, yatnob, Yazg’ulom, Shug’non, Rushan kabi hozirgi mavjud kichik xalqlar tillari bilan aloqador. Sharqiy eroniy tillardan Sug’d, sak, toxar, Xorazmiy tillari o’zbek tilining shakllanishida katta ahamiyat kasb etgan substrat tillar bo’lib,ular hoz, o’lik tillar sanaladi. O’zbek tilining Sharqiy eroniy til substratini o’rganishda, yuqoridagi o’lik tillardan tashqari Vohon tilining ham ahamiyati katta. Vohon tilining o’zbek tili bilan aloqasi bir necha ming yillikdir. Vohon tilining o’zbek tiliga aloqasini ko’rsatuvchi otlardagi ko’plik shakli — ish (vrit — “birodar”, Vritish — “birodarlar”), kishilik olmoshi (o’zbek shevalarida “o’zim”). Vohon tili o’z yozuvi va adabiy tiliga ega emas. Shuning uchun bu tilda o’zbek tilidagi Sharqiy eroniy tillar bilan mushtarak bo’lgan so’zlarning qadimgi shakli ko’p uchraydi: kalava — kalla, Baf — bop (menbop, boplamoq). Ad.: Gryunberg A. L., Steblin-Kamenskiy I.M., Yaziki Vostochnogo Ginduku- sha: Vaxanskiy yazik, M., 1976. Paxalina T. N., Vaxanskiy yazik, M., 1975.