Voiz

Voiz (Arabcha) — jamoat oldida nutq so’zlovchi, voizlik bilan shug’ullanuvchi kishi, professional notiq. Voizlar chuqur bilim, yuksak madaniyat va maxsus ijrochilik salohiyati (chiroyli va ta’sirchan ovozi, aniq va ravshan talaffuz, o’z zamonasi uchun etakchi tillarni mukammal bilish va boshqalar) ga ega bo’lgan. Musulmon Sharqining yirik olimlari, din arbobi, adib va boshqa ko’pincha yetuk Voizlar ham bo’lganlar. Xoja Muayyad Mehnagiy, Mavlono Riyoziy, Husayn Voiz Koshifiy, Mavlono Muin Voiz Hiraviy, Bahouddin Valad, Jaloliddin Rumiy, 20-asrda mufti Ziyovuddinxon Eshon boboxon o’g’li va boshqa so’z qudrati va jonli nutq san’ati bilan o’z zamonasining mashhur Voizlari bo’lganlar.