Vokzal

Vokzal (inglizcha Vauxhall — Londondagi sayrgoh bog’ning nomi) — yo’lovchilar va transportga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan bino yoki binolar majmui. 17-asrda ingliz Jeyn xonim voks (Jane Vaux) London yaqiniga bog’va Koshona zal qurdirdi. Temir yo’l qurilgandan keyin stansiyadagi bino ham “voksal” (Vokszali) deb yuritildi. Dastlabki Vokzal (Angliyada Stokton—Darlington liniyasidagi Vokzal) 19-asr boshlarida qurildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida deyarli barcha katta shaharlarda Vokzallar paydo bo’ldi. Vokzalning temir yo’l vokzali, aerovokzal, avtovokzal xillari bor. Vokzalda stansiya binosi, yo’lovchi platformalari (perron) va o’tish yo’llari bo’ladi. Vokzal binosida bilet kassalari, ma’lumotlar byurosi, kutish zali, pochta va telegraf, tibbiyot punkti, bolali onalar xonasi, restoran va bufetlar, yuk xonalari, qo’l yukini saqlash kameralari; katta Vokzallarda esa avtomatik yuk saqlash kameralari, bilet bosish va sotish mashinalari, elektr komposterlar va ma’lumot berish avtomatlari ham bo’ladi. Toshkentda ikki temir yo’l vokzali — “Markaziy” (birinchi binosi 1901 yilda, hozirgi 1957 yilda qurilgan) va “Janubiy” (1985 yil) vokzal bor. “Markaziy” temir yo’l vokzalida yuqoridagi qulayliklardan tashqari, perronga olib chiqadigan yer osti yo’lagi ham bor. Avtovokzal shaharlar orasida va shaxar atrofiga qatnaydigan avtobus yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan inshootlar majmuidan iborat. Toshkentdagi “Toshkent” va “Samarqand” avtovokzallarida yuqorida aytib o’tilgan qulayliklarning ko’pi bor. Aerovokzal havo transporti yo’lovchilariga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan binolar majmui; Aeroportning asosiy inshooti. Aerovokzalda biletlar sotiladi va qayd qilinadi; bagajlar qabul qilinadi va beriladi; samolyotlarning kelishi va ketishi haqida ma’lumot berib turiladi; yulovchilarga pochta va tibbiyot xizmati ko’rsatiladi va hokazolar. Xalqaro havo yo’llaridagi aerovokzalda chet elga ketayotgan va chet eldan kelayotganlarning hujjatlari va bagajlari tekshiriladigan bo’lim ham bo’ladi. Aerovokzaldagi barcha binolar vazifasiga qarab 3 guruhga bo’linadi: yo’lovchilar uchun mo’ljallangan zallar (bilet sotish va qayd qilish zallari; kutish zali; kafe va restoranlarning savdo zallari); qo’shimcha binolar (yukxonalar, bolali ayollar uchun ajratilgan xonalar, aloqa bo’limi va boshqalar); Yo’lovchilarga qulaylik tug’dirish va asosiy aerovokzalning ishini yengillatish uchun katta shaharlarda qo’shimcha aerovokzallar tashkil qilinadi. Masalan, Toshkentdagi aerovokzali prik Vokzallar jumlasiga kiradi. Unaa mahalliy trassalarda qatnaydigan samolyotlar uchun mo’ljallangan qo’shimcha aerovokzal bor. O’zbekistonning deyarli barcha viloyatlari markazlarida temir yo’l vokzali, aerovokzal va avtovokzal bor. Bir yo’la temir yo’l avtobus, suv va havo transporti yo’lovchilariga xizmat qiladigan Birlashgan (kompleks) Vokzallar ham bo’ladi. Birlashgan Vokzal yo’lovchilarga juda qulaylik tug’diradi. Masalan, bir shahardan poezdda bir Vokzalga kelib tushgan yo’lovchi o’sha joyning o’zida boshqa shaharga yoki atrofiga qatnaydigan avtobusga bilet olishi mumkin va aksincha. O’zbekyastonda Birlashgan Vokzallar yo’q.