Vologda
Vologda — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Vologda viloyatining markazi. Temir yo’l tuguni. Vologda daryosi bo’yidagi pristan. Aholisi 290,6 ming kishi (1999). Shahar haqidagi dastlabki ma’lumotlar 1147 yildan boshlab uchraydi. 16-17-asrlarda yirik savdo-sotiq markazi bo’lgan. Sanoatining asosiy tarmog’i mashinasozlik va metallsozlik. Oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Yengil sanoat ham kattagina o’rin tutadi: zig’ir tola kombinati, tikuvchilik, po’stin fabrikalari, mebel kombinati, qurilish materiallari korxonalari bor. To’r (krujevo) to’qishning muhim markazi. 3 oliy o’quv yurti, 3 teatr, 3 muzey, jumladan suratlar galereyasi bor.