Volokusha

Volokusha (ruscha) -1) bahorda ekin ekish oldidan shudgorning o’nqir-cho’nqirlarini tekislaydigan qishloq xo’jalik quroli. Bir-biriga zanjirlar bilan bog’langan yog’och g’o’lalardan iborat; u kesaklarni maydalab tekislaydi va tuproqdagi namning bug’lanib ketishiga yo’l qo’ymaydigan tuproq qatlamini hosil qiladi; 2) o’rilgan Pichai, bug’doy poxollarini, yulingan g’o’zapoyalarni to’plab, g’aramga tashish uchun mo’ljallangan qishloq xo’jalik quroli. Tirkama va o’rnatma xillari bor. O’rnatma xili keng tarqalgan. Uning asosiy qismlari: xaskash apparati, oldingi o’ng va chap kronshteynlar, suruvchi bruslar va ko’tarish mexanizmi. Ko’tarish mexanizmi traktor shassisidagi Gidrosilindrlar yordamida ishlaydi.