Vombatlar
Vombatlar (Vombatidae yoki Phascolomyidae) — xaltalilar oilasi. Avstraliyada miosendan boshlab ma’lum. Uzunligi 67-105 santimetr, vazni 15-27 kilogramm. Dumi rudimentar, oyoklarida yirik tirnoqlari bor. Sut bezi so’rg’ichi 2 ta. Tishlari doimo o’sib turadi, kurak tishlarining orqa tomoni emalsiz. Janubiy-Sharqiy Avstraliya, Tasmaniya va Flindere orollarida uchraydi. Pasttekislik, tog’ o’rmonlari va savannalarda yashaydi. 30 metrgacha uzunliqda in quradi. O’simlikxo’r. Bir yilda 1 marta bitta bola tug’adi. 2-3 turi ma’lum. Bir turi xalqaro qizil kitobga kiritilgan.