Voqif
Voqif (taxallusi; asl ismi panoh Mehdi o’g’li) (1717-1797) — Ozarbayjon shoiri, davlat arbobi. Arab va fors tillarini yaxshi bilgan. Voqif Qoraboqqa kelib (1759), Shusha shahrida maktabdorlik, so’ngra Qorabog’ hukmdori Ibrohimxon saroyida 27 yil vazirlik qiladi. Mamadbek Javonshir hokimiyatni egallagach (1797), Voqif va uning o’g’li Alibekni qatl etadi. Voqifning ilk she’rlar to’plami 1856 yilda nashr etilgan. M. F. Oxundov Voqif she’rlarini to’plagan va bularni nemis olimi Adolf Berje Leypsigda nashr etgan (1867). Nisbatan to’liq hisoblangan saylanmasi 1945 yilda tayyorlangan. “Binafsha”, “men haqiqatni qidirdim”, “kuylaydirman ikki go’zalni” singari she’rlari xalq o’rtasida mashhur bo’lgan. Voqif Ozarbayjon yozma adabiyotiga oshiq (Baxshi)larning “qo’shma” janrini olib kirdi, g’azal va muxammaslarning go’zal namunalarini yaratdi, badiiy ijodni xalq ommasiga yaqinlashtirdi. Uning ijodi chuqur liriklik, falsafiy mushohada, yurtparvarlik g’oyalari bilan yo’g’rilgan. Voqif asarlari oqin va xonandalar repertuaridan keng o’rin olgan. “Tanlangan she’rlar”i o’zbek tilida nashr etilgan (1969). Samad Vurg’un Voqif hayotining so’nggi davrini aks ettiruvchi “voqif” dramasini yozdi (1937).