Vudvord (Woodward) Robert Berne

Vudvord (Woodward) Robert Berne (1917.10.4-1979.8.7) – amerikalik organik kimyogar. Garvard universiteti professori (1950 yildan). Vudvord murakkab va biologik muhim organik birikmalar: xinin (1944), kortizon (1951), rezerpin (1956), xlorofill (1960), tetrasiklinni (1962) sintez qilgan, shuningdek strixnin, terramisin bilan aureomisin, magnamitsin, tetrodoksin va boshqa bir qancha muhim tabiiy birikmalarning tuzilishini aniqlagan, organik reaktsiyalar mexanizmiga doir bir qancha muhim tadqiqotlar o’tkazgan. Nobel mukofoti laureati (1965).