Vulkanlar

Vulkanlar, vulqonlar (vulkan nomidan) — yer po’stidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv bug’lari va jins bo’laklarini chiqarib turadigan geologik tuzilma. Vulkanlar markazida asosiy vulkan kanali joylashgan bo’lib, yuqori mantiyadagi magma havzasidan (magma o’chog’i) magma va boshqa vulkan jinslari shu kanal orqali ko’tariladi. Vulkanlar kanalining yuqori qismi Vulkanlar bo’g’zi, kanalning voronkasimon teshigi krater deb ataladi. Vulkanlarning otilishi, lavaning qotishi jarayonida bug’va vulkan suvlari ajralib chiqadi. Vulkanlar otilishi qisqa, davriy va uzoq davom etishi, ba’zilari butunlay so’nib qolishi mumkin. Shunga ko’ra Vulkanlar so’nmagan, so’ngan, tinchigan xillarga bo’linadi. Vulkanlarning ko’tarilgan kanallari shakliga qarab Markaziy va yoriqlardan otiladigan xillarga bo’linadi. Markaziy Vulkanlarda mahsulotlar Markaziy kavakdan otilib chiqadi, yoriqlardan otiladigan Vulkanlar ochilib qolgan yoriq yoki bir qancha unchalik katta bo’lmagan konuslardan iborat. So’nmagan Vulkanlarga doim yoki davriy otiladigan, issiq gaz va suv chiqib turadigan Vulkanlar hamda Vulkanlar otilgani haqida tarixiy ma’lumotlar mavjud bo’lgan Vulkanlar kiradi. Tinchigan Vulkanlar hozirgi paytda tinch holatda, ammo uning tubida suyuq magma o’chog’i bo’lib, vaqt o’tishi bilan u faollashishi mumkin. So’ngan Vulkanlarga kuchli emirilgan va yuvilgan, butunlay harakatdan to’xtagan Vulkanlar kiradi. So’nmagan Vulkanlar geosinklinal oblastlarda tarqalgan. Ularning deyarli uchdan ikki qismi tinch okean qirg’oqlari va orollarida, uzoq. Sharila Kamchatka yarim oroli va Kuril orollarida, o’chgan Vulkanlar Kavkaz, Zabaykale, Markaziy Osiyo, Ukraina (jumladan Karpat tog’lari va Qrim yarim oroli)da joylashgan. So’nmagan Vulkanlar otilish xususiyatlariga qarab Gavayi, Stromboli, vulkan, Gumbazli tiplariga bo’linadi: 1) Gavayi tipidagi Vulkanlardan (tinch okeandagi Gavayi orollari nomidan) temperaturasi 1200-1300° bo’lgan suyuq bazalt lavasi to’xtovsiz chiqib turadi. Gavayi orollaridagi Mauna- Loa, Kilauea hamda Kamchatka yarim oroldagi (Ploskiy, Tolbachik) Vulkanlar. 2) Stromboli tipidagi Vulkanlar (Lipar orollaridagi Stromboli vulkani nomidan); kuchli portlab, vulkan bombalari otilib, so’ngra temperaturasi 1200-1300° bo’lgan bazalt, andezit tarkibli lavalari oqib chiqadi. Stromboli tipdagi Vulkanlar Apennin yarim orolida (Vezuviy), Kamchatka yarim orolida (Klyuchi Sopkasi) bor. 3) vulkan tipidagi Vulkanlar (Tirren dengizining Janubi-sharqida joylashgan vulkan nomidan) otilganda qattiq portlaydi, vulkan bombalari va kullari otilib chiqadi. Kamchatka yarim oroldagi Jupanov, Karim Sopkasi bu tipdagi Vulkanlarga kiradi. 4) Vulkanlar otilishining gumbazli tipi uchun quyuq yopishqoq (andezit, dasit, liparitly) lavani gaz bosimi tufayli Vulkanlar kanalidan siqib, itarib chiqarib gumbazlar (Pyui-de-dom va Kamchatkadagi Markaziy Semyachik Vulkanlar), kriptogumbazlar (Syova-Sindzan Vulkanlar), konus-gumbazlar (Ivanov Vulkanlar) va obelisklar hosil bo’lishi mumkin. Magma o’chog’i yerning yuqori mantiya qismida 50-70 kilometr (Kamchatkadagi Klyuchi Sopkasi, Gavayi orollaridagi Kilauea) yoki yer po’stida 5-6 kilometr (Vezuviy) chuqurlikda bo’ladi. Vulkanlar Tinch okean va unga yondosh materiklarda ko’p. Dunyodagi 691 harakatdagi Vulkanlarning 418 tasi o’sha rayonda. Kamchatka yarim orolida 28, Kuril orollarida 40 Vulkanlar mavjud. O’zbekistonda Vulkanlar to’rtlamchi davrda so’ngan. Vulkanlar kraterlari va jinslari Qurama, Tomdi tog’larida ko’p tarqalgan. Tinch okeanda kuchli suv osti Vulkanlar otilib turadi. Bunday Vulkanlar otilganda balandligi 30 metrga yetadigan suv to’lqinlari (sunami) ko’tarilib, qirg’oqqa yaqin ko’p shahar va qishloqlarni vayron qiladi. Vulkanlar mahsulotlari gazsimon (vulkan gazlari), suyuq (lava) va qattiq (vulkan tog’ jinslari) bo’ladi. Vulkanlarda suv va gaz ta’siridan magmatik yoki atrofdagi cho’kindi, metamorfik jinslarda ruda hosil qiluvchi har xil elementlar va turli foydali qazilmalar hosil bo’ladi. Masalan, oltingugurt, alunit, temir, marganes, fosforit, kumush, qo’rg’oshin, rux, Kamchatka yarim orolida vulkan otilishi (1975). Simob, mis, qalay, olmos konlari, jumladan O’zbekistonning Chatqol, Qurama va g’arbiy qismidagi ba’zi bir konlar Vulkanlardan paydo bo’lgan. Vulkanlar jinslaridan bino va inshootlar qurishda, issiq suvlari (geyzerlar) dan elektr energiya olishda, uylarni isitish va tibbiyotda ishlatiladi.