Vyorstka, sahifalash yoki sahifa

Vyorstka, sahifalash yoki sahifa — 1) matbaada — bosma qolip tayyorlash jarayoni. Terilgan matn grankalari, bezash elementlari (rasmlar va hokazolar) va boshqalardan gazeta, jurnal va kitobning muayyan tarh (format)li sahifalari (polosalari)ni hosil qilishdan iborat; 2) xatolarni tuzatish uchun sahifalangan matn nusxasi (korrektura).