{"id":1092,"date":"2021-09-12T14:48:38","date_gmt":"2021-09-12T11:48:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1092"},"modified":"2021-10-18T19:41:15","modified_gmt":"2021-10-18T16:41:15","slug":"koinot-cheksizmi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/koinot-cheksizmi\/","title":{"rendered":"Koinot cheksizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Odamzot Koinotning haqiqiy o\u2019lchamlarini tasavvur qilishi qiyin. Biz uning nechog\u2019li katta ekanini bilmaymiz, binobarin, qanchalik masofaga cho\u2019zilik ketganini tasavvur qilishimiz ham qiyin.<\/p>\n\n\n\n<p>Agar biz Yerdan uzoqlasha boshlasak, buning sababini anglab yetarmiz. Yer \u2013 Quyosh sistemasining kichik bir zarrasi. Quyosh sistemasiga uning atrofida aylanadigan sayyoralar, kichik sayyoralardan iborat asteroidlar va meteorlar kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bizning butun Quyosh sistemamiz o\u2019z navbatida \u201cgalaktika\u201d deb ataluvchi boshqa bir katta sistemasining kichik qismidir. Galaktika million-million yulduzlardan tashkil topgan bo\u2019lib, o\u2019sha yulduzlarning ko\u2019pchiligi bizning Quyoshimizdan ancha kattadir va o\u2019z quyosh sistemalariga ega.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, biz Somon yo\u2019li deb ataydigan va kechalari kuzatadigan galaktikadagi yulduzlarning barchasi \u201cquyoshlar\u201ddir. Ularning o\u2019rtasidagi masofa kilometrlar bilan emas, yorug\u2019lik yillari bilan o\u2019lchanadi. Yorug\u2019lik bir yil davomida 9&nbsp;500&nbsp;000&nbsp;000&nbsp;000 km masofani bosib o\u2019tadi. Bizga eng yaqin va yorqin yulduz bo\u2019lmish Tsentavr Alfasi Yerdan 46&nbsp;000&nbsp;000&nbsp;000&nbsp;000 km uzoqlikda joylashgan. O\u2019z navbatida bizning galaktikamiz ham undan-da kattaroq sistemaning kichik bir bo\u2019lagidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Bundan boshqa yana millionlab galaktikalar mavjud bo\u2019lib, ulardan eng yaqini bilan bizning galaktikamiz o\u2019rtasidagi masofa 2&nbsp;000&nbsp;000, eng uzog\u2019i bilan bizning galaktikamiz o\u2019rtasidagi masofa esa trillionlab yorug\u2019lik yillariga tengdir. Bularning barchasi bizga ma\u2019lum bo\u2019lgan Koinotning faqat bir bo\u2019lagidir. Haqiqatda esa uning o\u2019lchamlari bundan ham katta bo\u2019lishi mumkin!<\/p>\n\n\n\n<p>Munajjimlarning fikri ham shunday. Asosiy muammo Koinotning aynan qanchalik katta ekanini bilishdadir.<\/p>\n\n\n\n<p>Olimlar bu savolga javob topishga harakat qilganda, fazoning o\u2019ziga xos xususiyatlarini hisobga olishlariga to\u2019g\u2019ri keladi. Zamonaviy nazariyalarga ko\u2019ra, fazo o\u2019z atrofida egila boradi. Buning ma\u2019nosi shuki, fazoning \u201ctashqarisi\u201dga chiqish mumkin emas, chunki siz ma\u2019lum bir chiziq bo\u2019yla oldinga qanchalik harakat qilmang, u, baribir, egilib, fazo \u201cichida\u201d qolib ketaveradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uning qanday yuz berishini quyidagi misol yordamida tushuntirish mumkin. Moskvadan Vladivostokka ma\u2019lum bir balandlikda uchayotgan samolyot Yerning egik yuzasini takrorlovchi yoy shaklini hosil qiladi. Agar u to\u2019g\u2019ri chiziq bo\u2019ylab uchganda edi, manzilga yetadigan masofani bosib o\u2019tganida bir necha ming kilometr balandlikka chiqib ketgan bo\u2019lardi. Munajjimlarning fikricha, fazodagi har qanday harakat xuddi shu holatda sodir bo\u2019ladi, yagona farqi shundaki, fazoning egilishi o\u2019ta murakkab hodisadir. Uni biror surat yoki model yordamida tasvirlab bo\u2019lmaydi, faqat oliy matematika qonunlari yordamida hisoblab chiqish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Koinot\">Koinot cheksizmi?<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/koinot-nima\/\">Koinot nima?<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Odamzot Koinotning haqiqiy o\u2019lchamlarini tasavvur qilishi qiyin. Biz uning nechog\u2019li katta ekanini bilmaymiz, binobarin, qanchalik masofaga cho\u2019zilik ketganini tasavvur qilishimiz ham qiyin. Agar biz Yerdan uzoqlasha boshlasak, buning sababini anglab &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/koinot-cheksizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4474,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1092","page","type-page","status-publish","has-post-thumbnail","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1092","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1092"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1092\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4476,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1092\/revisions\/4476"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4474"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1092"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}