{"id":1101,"date":"2021-09-12T15:53:22","date_gmt":"2021-09-12T12:53:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1101"},"modified":"2021-10-18T20:28:34","modified_gmt":"2021-10-18T17:28:34","slug":"nega-yulduzlar-ozidan-yoruglik-chiqaradi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nega-yulduzlar-ozidan-yoruglik-chiqaradi\/","title":{"rendered":"Nega Yulduzlar o\u2019zidan yorug\u2019lik chiqaradi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Yulduzlar, nurini o\u2019zida aks ettiradigan va shu tufayligina yorug\u2019 bo\u2019lib ko\u2019rinadigan sayyoralar va ularning yo\u2019ldoshlaridan farqli o\u2019laroq, o\u2019zidan nur tarqatadigan katta gaz sharlaridir. Masalan, Oy shu\u2019lasi Quyosh nurining aksidan boshqa narsa emas. Yana bir farq shundaki, bizga yulduzlar miltillayotganga o\u2019xshab ko\u2019rinadi, ammo sayyoralar yorug\u2019ligi miltillamaydi. Yulduzlar miltillashiga sabab bo\u2019lgan narsa Yer atmosferasida turli moddalarning mavjudligidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Quyosh ham, unchalik katta yoki yorqin bo\u2019lmasada, yulduzdir. Boshqa yulduzlar bilan taqqoslaganda, u o\u2019rtacha kattalikdadir. Millionlab yulduzlar Quyoshdan kichik bo\u2019lishi barobarida yana shunchasi undan ancha kattadir. Shunday yulduzlar ham borki, ular Quyosh o\u2019rnida bo\u2019lganida Yer, Mars, hatto, Yupiter orbitasini ham o\u2019z ichiga qamrab olishi mumkin edi. Ammo ular bizdan juda olisda joylashgani uchun ko\u2019zimizga kichik bir nuqta bo\u2019lib ko\u2019rinadi. Qadimgi yunon munajjimlari zamonidan beri yulduzlar kattaligiga qarab, bir necha guruhlarga bo\u2019linadi. \u201cKattalik\u201d deganda, yulduzlarning katta-kichikligi emas, aksincha, ularning yorqinligi ko\u2019zda tutiladi. Bundan tashari, yulduzlar o\u2019z spektrlariga ko\u2019ra ham, boshqacha aytganda, o\u2019z yorug\u2019lik to\u2019lqinlari uzunligi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Munajjimlar u yoki bu yulduzning spektrini o\u2019rganayotganda, o\u2019sha yulduzning o\u2019ziga xos xususiyati, temperaturasi va hatto kimyoviy tarkibi to\u2019g\u2019risida ham qimmatli ma\u2019lumotlar yig\u2019ishadi.<\/p>\n\n\n\n<p><\/p>\n\n\n\n<p>Sokin tun. Ko\u2018k yuzida oy va yulduzlar charaqlab turibdi. Faqat bu sokinlik qo\u2018ynida daraxtlarning shitirlashi-yu anhordan oqayotgan suvning sharqirashi eshitilib turardi. Hamma shirin uyquda. Tongga yaqin uyqusi qochgan Gullola oy va yulduzlarni deraza ortidan kuzatib turar edi. U qishloqda yashaydi. Tog\u2018 bag\u2018rida joylashgan qishloq so\u2018lim tabiati bilan barchani o\u2018ziga maftun etadi. Uning toza havosi-yu, betakror tabiati, katta anhordan sharqirab oqqan suvlari qizni o\u2018ziga maftun etadi. Gullolani ko\u2018pincha uyidagilar hazillashib \u201cbuyuk xayolparast\u201d deyishadi. Bunga sabab uning goh qushlar kabi samoda uchgisi, bulut bo\u2018lib yomg\u2018ir yog\u2018dirgisi, oyning yoniga borib unga guldasta taqdim etgisi kelaverganidan. &nbsp;Osmonini g\u2018uj-g\u2018uj bo\u2018lib bezab turgan mitti chiroqlar qizaloqning hamisha e\u2018tiborini tortardi. Ayniqsa, sahar chog\u2018ida hamma yulduzlardan ajralib porlab turadigan Zuhro yulduzi uning, faqatgina Gullolaning yulduziga aylangan. Har tongga yaqin go\u2018yo qizaloqni yangi kuni bilan qutlayotgan Zuhro yulduzi bilan xayolan suhbatlashgan Gullola asta hovli sahniga tushdi. Supada shirin uyquda yotgan opasi Mushtariyning quchog\u2018iga kirib ohista uni turtib, bolalarcha so\u2018z boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u2013 Opajon, huv anavi mening yulduzim. Ko\u2018rdingizmi, u hamma yulduzlardan chiroyli va porloq. Siznikichi?- singlisining kutilmagan savolidan Mushtariy, erinibgina savoliga javob berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u2013 Meniki Mushtariy,\u2013 deya singlisiga yuzlanib.<\/p>\n\n\n\n<p>\u2013 Voy, Mushtariy yulduzi ham bormi? \u2013 hayratlanib so\u2018radi Gullola.<\/p>\n\n\n\n<p>\u2013 Ha, u chiroyli yulduz hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u2013 Ammo baribir, mening yulduzim siznikidan chiroyli va porloq. &nbsp;U meni hamisha saharda kutib oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;Opa-singillarning shirin va beg\u2018ubor suhbati anchaga cho\u2018zildi. Go\u2018yo samodagi \u201cGullolaning yulduzi\u201d Zuhro qizaloqlarning ajib sirlashishidan boxabardek yana ham yorqinroq porlardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tong ham otdi. Qishloq esa allaqachon uyg\u2018ongan. Gullola o\u2018zgacha hayajon ila maktabga borib, o\u2018zining \u201cyulduzi\u201d haqida dugonalariga so\u2018zlab berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Gullola har sahar shu yulduz bilan uyg\u2018onar, u bilan xayolan samo kengliklarida uchardi. Shu yulduz hamrohida uyni erta tongdan saranjonlash &nbsp;qizaloqning kundalik yumushiga aylanib qolgan. &nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p>Qizaloqning bolalik osmonida, ko\u2018nglida porlagan Zuhro go\u2018yo uning yo\u2018lchi yulduzidek. U ham hayotda shu Zuhro misoli porlashni chin dildan xohlardi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Malika TO\u2018YCHIYEVA,<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Toshkent shahar, Sergeli tumani, 284-maktab o\u2018quvchisi. Manba: <a href=\"https:\/\/soglom.uz\/archives\/42\">sog&#8217;lom.uz<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"http:\/\/taqvim.uz\/uz\/news\/view\/27\">Yulduzlar haqida nima bilasiz?<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/yulduzlar-qanday-paydo-bolgan\/\">Yulduzlar qanday paydo bo\u2019lgan?<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yulduzlar, nurini o\u2019zida aks ettiradigan va shu tufayligina yorug\u2019 bo\u2019lib ko\u2019rinadigan sayyoralar va ularning yo\u2019ldoshlaridan farqli o\u2019laroq, o\u2019zidan nur tarqatadigan katta gaz sharlaridir. Masalan, Oy shu\u2019lasi Quyosh nurining aksidan boshqa &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nega-yulduzlar-ozidan-yoruglik-chiqaradi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4484,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1101","page","type-page","status-publish","has-post-thumbnail","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1101","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1101"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1101\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4486,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1101\/revisions\/4486"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4484"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1101"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}