{"id":1143,"date":"2021-09-17T08:22:49","date_gmt":"2021-09-17T05:22:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1143"},"modified":"2021-09-17T08:22:49","modified_gmt":"2021-09-17T05:22:49","slug":"quyosh-nega-nur-sochadi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/quyosh-nega-nur-sochadi\/","title":{"rendered":"Quyosh nega nur sochadi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Kechasi nur sochadigan yulduzlar va kunduzi olamni munavvar etadigan Quyosh bir xil ekaniga ishonish qiyin.<\/p>\n\n\n\n<p>Quyosh ham Yerga eng yaqin yulduzdir. Yerdagi hayot Quyoshga bog\u2019liq ekanini hammamiz yaxshi bilamiz. Quyosh nuri taftisiz Yerda hayot vujudga kelmas edi. Quyosh nuri taftisiz o\u2019simliklar ham, hayvonlar ham, odamlar ham bo\u2019lmas edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Quyosh diametri \u2013 ko\u2019ndalang o\u2019lchami 1&nbsp;400&nbsp;000 km.lik yulduzdir. Bu ko\u2019rsatkich Yerning diametridan 109 marta katta.<\/p>\n\n\n\n<p>Quyosh bilan Yer o\u2019rtasidagi masofa 150&nbsp;000&nbsp;000 km.dir. Quyoshning massasi Yernikidan 1&nbsp;300&nbsp;000 marta og\u2019irdir. Lekin, qizig\u2019i shundaki, Quyosh Yer singari qattiq jism emas.<\/p>\n\n\n\n<p>Buni isbot qilish oson: Quyosh yuzasidan temperatura Tselsiy shkalasi bo\u2019yicha 6000 darajaga yetadi. Bunday issiqlikda har qanday metal yoki tosh gazga aylanib ketadi, shuning uchun Quyoshning tarkibi gazdan iborat!<\/p>\n\n\n\n<p>Ilgari olimlar quyosh nuri, taftish yonish natijasida paydo bo\u2019ladi, deb hisoblashar edi. Ammo Quyosh yuzasi yuz millionlab yillardan beri haddan tashqari issiq bo\u2019lib kelayotgani inobatga olinsa, hech narsa bu qadar uzoq yonmasligi ma\u2019lum bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bugungi kunda olimlar Quyosh atom bombasidagi kabi holatda issiqlik ajratib chiqaradi, degan xulosaga kelishdi. Quyosh materiyani energiya \u2013 quvvatga aylantirib beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu jarayon yonishda farq qiladi. Yonish vaqtida materiya bir holatdan ikkinchi bir holatga o\u2019tadi. Katta miqdordagi energiyani hosil qilish uchun juda oz miqdordagi materiya kifoya qiladi. 28 gramm materiya ajratib chiqaradigan energiya 1 million tonnadan oshiq tog\u2019 jinslarini eritish uchun yetarlidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Agar fanning fikri to\u2019g\u2019ri bo\u2019lsa, Quyosh materiyaning energiyaga aylanish jarayoni doimiy bo\u2019lgani uchun ham nur sochadi. Quyosh massasining bir foizigina u 150 mlrd yil davomida hozirgiday issiq bo\u2019lib turishi uchun yetadi! Baribir, Quyosh ko\u2019rinib turadigan yulduzlar ichida eng kattasi emas. Hisob-kitoblarga qaraganda, o\u2019ta katta yulduz Betelgeyzening diametri Quyoshnikidan 850 barobar kattadir. Vaholanki, munajjimlarning fikricha, u ham eng katta yulduz emas. Quyoshga nisbatan kichikroq yulduzlar \u201cmittivoylar\u201d deb ataladi. Eng kichik yulduzlar esa oq mittivoylardir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kechasi nur sochadigan yulduzlar va kunduzi olamni munavvar etadigan Quyosh bir xil ekaniga ishonish qiyin. Quyosh ham Yerga eng yaqin yulduzdir. Yerdagi hayot Quyoshga bog\u2019liq ekanini hammamiz yaxshi bilamiz. Quyosh &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/quyosh-nega-nur-sochadi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1143","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1143","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1143"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1143\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1144,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1143\/revisions\/1144"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1143"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}