{"id":116598,"date":"2024-03-01T10:45:10","date_gmt":"2024-03-01T07:45:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=116598"},"modified":"2024-03-05T16:43:19","modified_gmt":"2024-03-05T13:43:19","slug":"buyuk-amir-temur-saltanati-va-uning-taqdiri","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/buyuk-amir-temur-saltanati-va-uning-taqdiri\/","title":{"rendered":"Buyuk Amir Temur saltanati va uning taqdiri"},"content":{"rendered":"\n<p><em><strong>Muallif: Hamid Ziyoyev<\/strong><\/em><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/toshkentda-haykalning-ornatilishi\/\">Toshkentda haykalning o\u2019rnatilishi<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/temuriylar-tarixi-davlat-muzeyining-ochilishi\/\">Temuriylar tarixi davlat muzeyining ochilishi<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/samarqandda-haykal-ornatilishi\/\">Samarqandda haykal o\u2019rnatilishi<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/shahrisabzda-haykalning-qad-kotarishi\/\">Shahrisabzda haykalning qad ko\u2019tarishi<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/xorazmshohlar-saltanatining-ahvoli\/\">Xorazmshohlar saltanatining ahvoli<\/a><\/p>\n\n\n\n<p>Mo\u2019g\u2019ullarning harbiy yurishlari<\/p>\n\n\n\n<p>Temur Malik boshchiligidagi kurash<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro, Samarqand va Ko\u2019hna Urganchdagi janglar<\/p>\n\n\n\n<p>Vatan uchun jonini tikkan Jaloliddin<\/p>\n\n\n\n<p>Mahmud Tarobiy-ozodlik kurashchisi<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur xalq xaloskori<\/p>\n\n\n\n<p>Yo ozodlik yo o\u2019lim<\/p>\n\n\n\n<p>Vatan mustaqilligining tiklanishi<\/p>\n\n\n\n<p>Harbiy yurishlarning mohiyati va yo\u2019nalishi<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat mafkurasi<\/p>\n\n\n\n<p>Oliy fazilatlar sohibi va xalqparvar hukmdor<\/p>\n\n\n\n<p>Oltin O\u2019rdaga zarba berilishi<\/p>\n\n\n\n<p>Qur\u2019oni Karim asl nusxasining keltirilishi<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temurning so\u2019nggi yillari va vafoti<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron sevgan nevara<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur saltanati ispan elchisi nigohida<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temurning \u201coqlash\u201d harakati yohud olimning ilmiy jasorati<\/p>\n\n\n\n<p>Shayboniylar bosqini<\/p>\n\n\n\n<p>Xonliklar davridagi inqiroz va qoloqlik<\/p>\n\n\n\n<p>Paranji va giyohvandlik fojiasi <\/p>\n\n\n\n<p>Diniy fanatizm va uning talofati<br><\/p>\n\n\n\n<p>Mustaqillik yillarida qadimiy tariximizni, shu jumladan, tarixiy shaxslarning faoliyatini o\u2019rganish va targ\u2019ib etishga chinakam imkoniyat yaratildi. Natijada ko\u2019p ilmiy va ommabop ishlar nashr etildi. Ular orasida Amir Temurga bag\u2019ishlangan asarlar alohida o\u2019rinni egallab turibdi. Biroq buyuk ajdodimizning faoliyati shu darajada serqirra va keng qamrovliki, bu mavzuning yoritilmagan qirralari oz emas.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lumki, odatda u yoki bu hukmdorning aql-idroki, fe\u2019l-atvori, bilimi va dunyoqarashiga monand ravishda uning faoliyati shakllanadi. Buni Amir Temur misolida ham ko\u2019rish mumkin. U tabiatan o\u2019ta qobiliyatli, o\u2019tkir zehnli, mard, jasoratli, tadbirkor va xalqparvar bo\u2019lganidan uzoq vaqt mo\u2019g\u2019ul mustamlakasi ostida qolgan mamlakatda qudratli saltanat barpo etadi. Lekin ba\u2019zi bir tarixiy asarlarda, haqiqatga mutlaqo zid ravishda, Amir Temur \u201ckallakesar\u201d, \u201cvahshiy\u201d hukmdor sifatida ta\u2019riflandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temurning harbiy yurishlari sababi va maqsadi xolisona tahlil qilinmay qattiq qoralash hukm surgan edi. Aslida ahvol boshqacha bo\u2019lib, Amir Temur siyosiy va iqtisodiy sabablardan kelib chiqqan holda adolatli harbiy yurishlarni uyushtirgani ko\u2019rsatildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yaqin vaqtlargacha O\u2019zbekistonga Qur\u2019oni Karimning asl nusxasi kim tomonidan, qachon va qayerdan keltirilgani noma\u2019lum edi. Bu masalaga ham aniqlik kiritilib, uni Amir Temur Oltin O\u2019rdadan olib kelgani bayon qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur davrini o\u2019rganishda ispan elchisi Klavixoning kundaligidagi ma\u2019lumotlarning ahamiyati beqiyos kattadir. Shu bois, ular asosida o\u2019sha davrdagi buyuk o\u2019zgarish va rivojlanishlar xususida ham so\u2019z yuritildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temuriylar davlatining zaiflashishi va shayboniylar tomonidan bosib olinishi, xonliklar davrida taraqqiyot barbod qilinishi va o\u2019lkaning inqirozga mubtalo bo\u2019lishiga doir masalalar ham ko\u2019rildi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Amir Temurning nomi, qadr-qimmati va xotirasining abadiylashtirilishi<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Alloh Taoloning marhamati ila o\u2019zbek xalqiga shunday jannatga qiyos etgulik zamin berilganki, bunaqasi jahonda kam uchraydi. Avvalambor yurtimizda qish, bahor, yoz va kuzdan iborat to\u2019rt faslni bir yilning o\u2019zida ko\u2019rish mumkin. Bu inson salomatligi va farovon hayotini ta\u2019minlashda katta ahamiyat kasb etadi. Vaholanki, shunday mamlakatlar borki, yil mobaynida issiqlik hukm surishidan qish va bahorni ajratolmaysiz yoki sovuqlik va salqinlik gashtini surolmaysiz. O\u2019zbekiston esa o\u2019zining ajoyib iqlimi, serquyoshligi, musaffo havosi, zilol suvlari, unumdor yerlari, shirinlikda tengi yo\u2019q bog\u2019dorchilik va polizchilik mahsulotlari, oltin, kumush, mis va boshqa boyliklari bilan shuhrat qozongan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu tariqa O\u2019zbekiston ajoyib-g\u2019aroyib mamlakat sifatida nom chiqarib, jahongashta hukmdorlarning diqqatini jalb etgan. Ular qanday bo\u2019lmasin, bu zaminni bosib olishga uringan va boyliklarini qo\u2019lga kiritish uchun hech narsadan tap tortmagan. Ular minglab odamlarni qirib, shahar va qishloqlarimizni vayron etib, yuz yillar mobaynida yurtimizda hukmronlik qilgna.<\/p>\n\n\n\n<p>Masalan, miloddan oldingi asrlarda eronlik Ahmoniyla 200 yil, so\u2019ngra grek-makedoniyaliklar 180 yil, Arab xalifaligi salkam 200 yil, mo\u2019g\u2019ullar 150 yil, Chor Rossiyasi va Sovet davlati 130 yil bu o\u2019lkani o\u2019z panjaralarida ushlab turgani tarixdan yaxshi ayon. Umumlashtirganda, bu raqamlar 850 yildan oshadi. Ammo qirg\u2019in-barotlar va katta talafotlar o\u2019zbek xalqini yer yuzidan sidirib tashlay olmadi. Chunki bu xalq \u201colovda yonmaydigan va suvda cho\u2019kmaydigan\u201d qilib yaratilgan ekanki, dahshatli va fojiali hayotning asiriga aylanmay, mustaqillik va ozodlikni tiklashga qaratilgan kurashni davom ettiraverdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xo\u2019sh, shunday ekan, nima uchun ozodlik kurashlari mag\u2019lubiyatga uchrab, bosqinchilar yuz yillab hukmronlik qilgan?<\/p>\n\n\n\n<p>Bunga birinchi navbatda taxtning merosxo\u2019rlik tartibi va uning uchun olib borilgan urushlar sabab bo\u2019lgan. Ma\u2019lumki, hukmronlik qilayotgan sulolada hamma vaqt ham otasi yoki buvasiga o\u2019xshagan aql-idrokli va iste\u2019dodli farzand tug\u2019ilavermagan. Shunga qaramay, merosxo\u2019rlik qonuni bo\u2019yicha noqobil farzand ham taxtni egallayvergan. Bu xildagi hukmdorlar o\u2019zlarining qobiliyatsizligi va ojizligi tufayli shaxsiy manfaat va huzur-halovatini umumdavlat manfaatidan ustun qo\u2019yib ish yuritgan. Natijada inqiroz va qoloqlik yuzaga kelgan. Hukmdorlardagi ko\u2019pxotinlik va serfarzandlik ham doim zarar keltirgan. Otasi bir, onasi boshqa farzandlarning har biri \u201ctaxt menga tegishli\u201d degan fikr bilan yashab, uni egallash uchun har xil fitnalar, hatto aka-ukalarni o\u2019ldirish yoki o\u2019zaro birodarkushlik qilishdan ham qaytmagan. Tabiiyki, bunday taxt talashish va janjallar juda katta fojialarga olib kelgan. Mamlakatda parokandalik va tarqoqlik, xavotirli holat va notinchlik hukm surib, hokimiyat boshqaruvi va davlat qudratiga salbiy ta\u2019sir etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2019shin orasida tarafkashlik va o\u2019zboshimchalik yuzaga kelib, mamlakat midofaasi zaiflashgan. Bu esa bosqinchilarga jud qo\u2019l kelgan. Diniy fanatizm ham mustaqillik va ozodlikning barbod bo\u2019lishiga olib kelgan asosiy omillardan biri bo\u2019lgan. Yuqorida sharhlangan sabablar bilan bir qatorda yana shuni hisobga olish kerakki, ozodlik kurashlariga aql-idrokli, jasoratli, vatanparvar va mohir tashkilotchi boshchilik qilgandagina g\u2019alabaga erishilgan. Aks holda ular tor-mor etilavergan. Afsuski, oliy fazilatlar sohibi bo\u2019lgan munosib hukmdorlar xalq tarixining ayrim davrlarida maydonga chiqadi, xolos. Bunga ishonch hosil qilish uchun keyingi ming yillik tarixga nazar tashlansa, bas. Bu ko\u2019p asrlik davr mobaynida tom ma\u2019nodagi buyuk davlat arboblari 1370 va 1991 yillarda ko\u2019zga tashlanib, Vatan mustaqilligi tiklandi. Ularning birinchisi mo\u2019g\u2019ullar hukmronligiga zarba bergan Amir Temur va ikkinchi vatani qizil imperiya panjasidan qutqargan Islom Karimovdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuni aytish lozimki, o\u2019tmish zamonlarda ham Sohibqironning jo\u2019shqin faoliyatini qadrlab, xotirasini abadiylashtirishga hech qachon ahamiyat berilmagan. Hatto uning farzandlari va keyingi vorislari ulug\u2019 ajdodining qilgan vasiyatini inobatga olmay, o\u2019zaro urushlarni qizitib , saltanatni borgan sari zaiflashib borgan. Uning kiyim-boshlari, yarog\u2019-aslahalari, nihoyatda boy va nodir rasmiy hujjatlarini saqlashni xayollariga ham keltirmadilar. Birorta dargoh uning nomi bilan yuritilmadi, xotirasini ta\u2019minlaydigan tadbir ko\u2019rilmadi. Xonliklar davrida Sohibqironning nomi deyarlik tilga olinmadi. Sho\u2019ro davrida esa Sohibqiron faoliyati soxtalashtirildi va qattiq qoralandi. Faqat jadidlar Amir Temurga mustaqillik, ozodlik ramzi sifatida qaradilar. Bunga Fitratning \u201cTemur sag\u2019anasi\u201d asari qahramoni nomidan izhor etgan quyidagi so\u2019zlari dalildir: \u201cXoqonim, ezilib talangan, talanib yiqilgan, yiqilib yaralangan turk elining bir bolasi sendan ko\u2019mak istab keldi. Bog\u2019lari buzilgan, gullari so\u2019lgan, bulbullari uchirilgan Turonning qorovuli senga arz etarga keldi. Bag\u2019rim yoniq, yuzim qazo, ko\u2019nglim siniq, bo\u2019yim bukik, sening ziyoratingga keldim, Sultonim. Egilgan boshi, qisilgan vujudim, kuygan qonim, o\u2019rtangan jonim uchun bo\u2019sag\u2019angdan davo izlab keldim, Xoqonim! Yuz yillardan beri jafo ko\u2019rib g\u2019am chekib kelgan turning qonli ko\u2019z yoshlarini etaklaringga to\u2019karga keldim. Qorong\u2019ular ichra kelgan o\u2019zbek ko\u2019zlari uchun tuprog\u2019ingdan surma olgani keldim. Turkning nomusi, e\u2019tibori, iymoni, vijdoni zolimlarning oyoqlari ostida qoldi. Turkning yurti, ulog\u2019i, ziyrakligi jaholat o\u2019lkasi ketdi. Sening qiliching bilan dunyo egasi bo\u2019lgan turk tinchgina yotoq topa olmay qoldi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Mazkur satrlarda xalqimiz nihoyatda fojiali va ayanchli hayoti shu darajada aks ettirilganki izohlashga o\u2019rin yo\u2019q.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustaqillik yillarda shaxsan Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Amir Temurning buyuk davlat arbobi sifatidagi tariximizdagi buyuk o\u2019rni, bu ulug\u2019 zotning muborak nomi, qadr-qimmati birinchi marotaba o\u2019rniga qo\u2019yildi. Uning faoliyatiga bag\u2019ishlangan ko\u2019p ilmiy va ommabop kitoblar, risolalar va maqolalar nashr etildi. Ajoyib haykallar o\u2019rnatilib, ko\u2019chalar va boshqa joylarga nomi qo\u2019yildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muallif: Hamid Ziyoyev Toshkentda haykalning o\u2019rnatilishi Temuriylar tarixi davlat muzeyining ochilishi Samarqandda haykal o\u2019rnatilishi Shahrisabzda haykalning qad ko\u2019tarishi Xorazmshohlar saltanatining ahvoli Mo\u2019g\u2019ullarning harbiy yurishlari Temur Malik boshchiligidagi kurash Buxoro, Samarqand &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/buyuk-amir-temur-saltanati-va-uning-taqdiri\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-116598","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116598","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116598"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116598\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116633,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116598\/revisions\/116633"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116598"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}