{"id":116603,"date":"2024-03-02T13:27:07","date_gmt":"2024-03-02T10:27:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=116603"},"modified":"2024-03-02T13:27:11","modified_gmt":"2024-03-02T10:27:11","slug":"toshkentda-haykalning-ornatilishi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/toshkentda-haykalning-ornatilishi\/","title":{"rendered":"Toshkentda haykalning o\u2019rnatilishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Dastavval haykal 1993 yil 31 avgustda Toshkent shahrida qo\u2019yildi. Yurtboshimiz Islom Karimov uning ochilishiga bag\u2019ishlangan marosimda nutq so\u2019zladi:<\/p>\n\n\n\n<p>Aziz Vatandoshlar! Muhtaram mehmonlar!<\/p>\n\n\n\n<p>Bugun biz o\u2019zbek xalqi hayotida unutilmas tarixiy bir voqeaning guvohi va ishtirokchisi bo\u2019lib turibmiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Biz yashab turgan shu muqaddas zaminda buyuk bir davlatga asos solgan, olamni tebratgan, nomi yetti iqlimda mashhur bo\u2019lgan ulug\u2019 bobokalonomiz Amir Temur haykalini ochish marosimiga yig\u2019ildik.<\/p>\n\n\n\n<p>Bugun Sharqda tengi yo\u2019q sarkarda mustaqillik, istiqlol sharofati bilan o\u2019z vataniga qaytdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan xalqimiz o\u2019z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeini munosib o\u2019ringa qo\u2019yish imkonidan mahrum edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo\u2019yoq bilan o\u2019chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g\u2019urur tuyg\u2019usini yo\u2019qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko\u2019ndirish edi. Lekin o\u2019zbek xalqi o\u2019z ajdodlarini, o\u2019z bahodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to\u2019rida saqladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Tarag\u2019ay Bahodir o\u2019g\u2019li Amir Temur yoshlik chog\u2019ida mard, dovyurak, g\u2019ururli, o\u2019tkir zehnli va aqlu idrok egasi bo\u2019lib o\u2019sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san\u2019atni egalladi. Qur\u2019oni Karimni yod oldi, hadis ilmini o\u2019rgandi. Iymon-e\u2019tiqodli, halol-pok inson bo\u2019lib yetishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>U yoshligidan boshlab o\u2019z oldiga ona yurtini mo\u2019g\u2019ul bosqinchilaridan ozod qilish maqsadini qo\u2019ydi, yer yuzida buyuk saltanat sohibi sifatida el va elatlarning boshini qovushtirdi. Mamlakat qudratini har sohada yuksaklikka ko\u2019tarib, dunyoga mashhur qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur davlati qurilishi, harbiy san\u2019ati ko\u2019p asrlar davomida Sharqu G\u2019arb davlatlariga o\u2019rnak va andoza bo\u2019ldi. Uning zamonida madaniyat, ilmu fan, me\u2019morchilik, tasviriy san\u2019at, musiqa, she\u2019riyat beqiyos rivoj topdi, xalqimizning ko\u2019p an\u2019analari takomilga yetdi. Amir Temurning madaniyat va din ahllariga ko\u2019rgazgan cheksiz mehr-muruvvati ayniqsa ibratlidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019hna tarix sahifalari buyuk bobomizning millat va el-ulus manfaati bobida chekkan mislsiz zahmat hamda ko\u2019rsatgan shijoatlariga guvohlik beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Insof-iymon tuyg\u2019usi, diyonat mezoni Amir Temur hayotining mazmunini tashkil etadi. Olamning qariyb yarmiga jahongir ersa-da, u kuch-qudrat zo\u2019rlik, zo\u2019ravonlikda emas, aksincha, adolatda ekanini teran angladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bugun bunyod etilgan ulug\u2019 bobokalonimiz haykalida teran ramz bor-go\u2019yoki jahongir tulporining jilovini tortib turibdi, qilichsiz qo\u2019lini oldinga cho\u2019zib jahon xalqlariga omonlik sog\u2019inmoqda. \u201cKuch-adolatdadir!\u201d demoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Donishmand ajdodimizning mazkur so\u2019zlarini mana shu muhtasham yodgorlik poyiga zarhal harflar bilan bitar ekanmiz, zamonlar tajribasidan o\u2019tgan bu bebaho hikmatning qalbimizda doimo aks sado berib turishini orzu qilamiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Aziz yurtdoshlar!<\/p>\n\n\n\n<p>Bugun-o\u2019zbek xalqi tarixida ulug\u2019 kun. O\u2019zbekiston mustaqilligiga, muborak istiqlolimizga ikki yil to\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hammangizni-keksayu yoshni, butun O\u2019zbekiston ahlini shu buyuk sana bilan chin qalbimdan, har biringizni alohida bag\u2019rimga bosib qutlamoqqa ijozat bergaysiz!<\/p>\n\n\n\n<p>Bu kunga yetganlar bor, yetmaganlar bor. Shuning uchun ham ozodlikni sog\u2019inib, ozodlik yo\u2019lida kurashib o\u2019tgan ajdodlarimizning duolar bilan eslashimiz ham qarz, ham farzdir. Ajdodlarimizning pok ruhlari shod bo\u2019lsin, ularning orzulariga munosib va sadoqatli bo\u2019laylik.<\/p>\n\n\n\n<p>Istiqlol muborak, aziz yurtdoshlar! Ozodligimiz abadiy bo\u2019lsin!<\/p>\n\n\n\n<p>Muhtaram do\u2019stlar!<\/p>\n\n\n\n<p>Ikki yillik istiqlol davrida jonajon diyorimizda bo\u2019layotgan o\u2019zgarishlar xalqimizga ishonch va umid bag\u2019ishlamoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Buyuk ayyom arafasida Temur bobomiz haykalining ochilishi o\u2019ziga xos ramziy bir ma\u2019noga egadir.<\/p>\n\n\n\n<p>Vatanimiz istiqlolini yanada mustahkamlash, uni himoya qilish, yurtimiz sha\u2019ni-shavkatini yuksaltirish, adolat, insof va diyonat hukmron bo\u2019lgan erkin jamiyat, mehnatkash xalqimizga munosib farovon hayot qurish bizning insoniy va fuqarolik burchimizdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Biz orzu etgan buyuk davlatni bunyod qilish barchamizdan mustahkam iroda, iymon-e\u2019tiqod, milliy g\u2019urur tuyg\u2019usi, buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan ma\u2019naviy bisotga ega bo\u2019lishni talab qiladi. Bilaklamizda kuch, qalbimizda kelajakka ishonch bo\u2019lmog\u2019i shartdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakatimizning markazida, qadimiy va go\u2019zal poytaxtimiz &#8211; jonajon Toshkentimiz o\u2019rtasida qad ko\u2019targan ulug\u2019 bobomiz siymosi xalqimizga faxr va g\u2019urur baxsh etmog\u2019i muqarrar!<\/p>\n\n\n\n<p>Bu siymo mard, tanti, halol va g\u2019ayratli xalqimizni birlashtirishda, jipslashtirishda, iymon-oqibatli bo\u2019lishda, qudratli kelajagimizni qurishda bizga yangi-yangi kuch-quvvat va shijoat bag\u2019ishlaydi. <\/p>\n\n\n\n<p>Barchamizga shu yo\u2019lda Alloh madadkor bo\u2019lg\u2019ay!<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Dastavval haykal 1993 yil 31 avgustda Toshkent shahrida qo\u2019yildi. Yurtboshimiz Islom Karimov uning ochilishiga bag\u2019ishlangan marosimda nutq so\u2019zladi: Aziz Vatandoshlar! Muhtaram mehmonlar! Bugun biz o\u2019zbek xalqi hayotida unutilmas tarixiy bir &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/toshkentda-haykalning-ornatilishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-116603","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116603","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116603"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116603\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116605,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116603\/revisions\/116605"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116603"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}