{"id":116606,"date":"2024-03-02T13:28:05","date_gmt":"2024-03-02T10:28:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=116606"},"modified":"2024-03-02T13:28:08","modified_gmt":"2024-03-02T10:28:08","slug":"temuriylar-tarixi-davlat-muzeyining-ochilishi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/temuriylar-tarixi-davlat-muzeyining-ochilishi\/","title":{"rendered":"Temuriylar tarixi davlat muzeyining ochilishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Amir Temur faoliyatini jahon uzra taratishda, qadr-qimmati va xotirasini yanada yuqori pog\u2019onaga ko\u2019tarishda Temuriylar tarixi Davlat muzeyining qurilishi katta ahamiyat kasb etdi. Go\u2019zallikda tengi yo\u2019ng muzeyning shon-shuhrati olam uzra taraldi.<\/p>\n\n\n\n<p>1996 yil 18 oktabrda Yurtboshimiz Islom Karimov muzeyning ochilishida Sohibqironning faoliyatini quyidagi tarzda juda yuqori baholadi:<\/p>\n\n\n\n<p>Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!<\/p>\n\n\n\n<p>Hurmatli mehmonlar!<\/p>\n\n\n\n<p>Qadrli oqsoqollar, muhtaram ulamolar!<\/p>\n\n\n\n<p>Bugungi muborak juma tongida Alloh taolo barchamizni yana bir xayrli kunga yetkazdi. Sohibqiron bobomiz &#8211; hazrati Amir Temur ruhini shod qilib, u zot tavalludining tabarruk 660 yilligini nishonlamoqdamiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Biz bugun muqaddas islom dinimiz buyurgan bir farzni &#8211; o\u2019tgan ajdodlarimizning ruhlarini xotirlash va shod etishdek ezgu burchimizni ado etmoqdamiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Muazzam poytaxtimiz Toshkent markazida ulug\u2019 Amir Temur nomi bilan ataluvchi go\u2019zal hiyobonda yana bir tarixiy voqeaning guvohi bo\u2019lib turibmiz. Sohibqiron bobomiz va uning shavkatli avlodlariga bag\u2019ishlab bunyod etilgan muhtasham koshonaning ochilishi marosimida qatnashmoqdamiz. Bugungi marosim ota-bobolarimizdan qolgan qadimiy odatlarga binoan xatmi Qur\u2019on bilan boshlandi, yurtga osh tarqatilib duoi takbirlar qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019pning duosi &#8211; ko\u2019l, degan naql bor xalqimizda. Umid qilamizki, shu qutlug\u2019 ayyomda pokiza niyat bilan qilgan xayrli amallarimiz, olijanob tilaklarimiz Tangimiz dargohida qabul bo\u2019lg\u2019usidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Chunki ulug\u2019 bobolarmizning ruhlarini shod etsak, ularning arvohlarini rozi qilsak, yurtimizga fayz, qut-baraka yog\u2019iladi, xalqimizning rizqi butun, iymoni mustahkam bo\u2019lg\u2019ay, inshoolloh.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalqimiz tarixida insoniy kamoloti va ijtimoiy faoliyati bilan dovruq qozongan, millatimiz faxri bo\u2019lmish zotlar benihoya ko\u2019p. Ammo ular qatorida yulduzlar aro quyoshdek charaqlab turgan bir buyuk zot borki, u Vatanimiz kechmishi, buguni va ertasida behad yuksak o\u2019rin tutadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ul muhtaram inson Sohibqiron Amir Temur hazratlaridir. Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, Amir Temur shaxsi yana Vatan va millat timsoliga aylandi. Istiqlolimizning har bir tadbirida, mustaqil davlatimizning har bir qadamida ul buyuk zot ruhi bizga hamrohu nafas bo\u2019lib bormoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Buyuk shaxslarni tarix yaratadi, deydilar. Bunga qo\u2019shimcha qilib Sohibqiron bobomizning suronli hayotini xayol ko\u2019zgusidan o\u2019tkazib, buyuk shaxslarni millat qayg\u2019usi, xalq dardi yaratadi, deyish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Umrining mazmunini \u201cMillatning dardlariga darmon bo\u2019lishdan iborat\u201d deb bilgan Amir Temur xalqimizning ana shunday ardoqli, ulug\u2019 farzandidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhtaram jamoat!<\/p>\n\n\n\n<p>Hammamiz yaxshi bilamizki, tarixda mashhur jahongirlar ko\u2019p o\u2019tgan. Lekin ayting, dunyoning qaysi yerida, qaysi zamonda Amir Temurdek buyuk sarkarda, Amir Temurdek buyuk davlat arbobi, Amir Temurdek ilm-fan, ma\u2019naviyat va ruhoniyat homiysi bo\u2019lgan?!<\/p>\n\n\n\n<p>Bugun &#8211; hayotimizning barcha jabhalarida adolat va haqiqat qaror topayotgan tarixiy davrda shu fikrni alohida ta\u2019kidlarshni istar edim:<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur bizning sha\u2019n-shavkatimiz, g\u2019urur-iftixorimizdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur &#8211; xalqimiz dahosining timsoli, ma\u2019naviy qudratimiz ramzidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Aziz do\u2019stlar!<\/p>\n\n\n\n<p>Biz hazrati Temurni bunyodkor deb boshimizga ko\u2019taramiz. Ro\u2019yi zaminning sayqali bo\u2019lmish Samarqandda, Shahrisabz, Buxoro, Toshkent va Sohibqiron qurgan bepoyon saltanatning boshqa hududlarida bunyod etilgan nodir me\u2019moriy obidalar, tengsiz bog\u2019u-rog\u2019lar Temurbek bobomizga xos amaliy shijoat samarasidir.<\/p>\n\n\n\n<p>U benazir zotning o\u2019smirlik yillari mo\u2019g\u2019ul istibdodi avjiga chiqqan yillarga to\u2019g\u2019ri keldi. Bu paytda Movarounnahrday gullab-yashnagan poydor yurt tarixiy nomini ham yo\u2019qotib, mustamlaka o\u2019lkasiga, chig\u2019atoy ulusiga aylanib qolgan edi. Masjidi madrasalar, kutubxonalar vayron qilingan, sug\u2019orish inshootlari ishdan chiqqan, son-sanoqsiz soliqlar, kelgindi va mahalliy amaldorlarning jabr-zulmi xalqning sillasini quritgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu kabi cheksiz adolatsizlikdan yosh Temurbekning qanchalar iztirob chekkanini bizning avlodimiz &#8211; siz bilan biz ayniqsa chuqur his etamiz. Chunki oradan 6 asr o\u2019tib, xuddi shunday ko\u2019rgiliklar bizning ham boshimizga tushdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shavkatli ajdodimizning o\u2019lmas xizmatlari shundaki, u murakkab tarixiy sharoitda xalqning boshini qovushtira bildi. Istilochilarga qaqshatqich zarba berib, Turkiston zaminida ilk bor istiqlol bayrog\u2019ini baland ko\u2019tardi. Parokanda mamlakatlar, ellar, elatlarni birlashtirib, markazlashgan qudratli saltanat tuzdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Adolat kuchda emas, kuch adolatdadir, degan shior Amir Temur saltanatining barcha hududlarida birday amal qilib, axloqiy-ma\u2019naviy mezonga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yigirma asrdan ortiq tarixga ega bo\u2019lgan Toshkent Amir Temurning muqaddas qadamjonlaridan biridir. Jannatmakon bobomiz qadim Shoshga alohida e\u2019tibor bilan qaragan. Shu zaminda o\u2019tgan Shayx Zayniddin bobo, Zangiota singari ko\u2019plab mo\u2019tabar zotlarning maqbaralarini obod qilib, ularning ruhlarini shod etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Olti yuz yildan so\u2019ng biz &#8211; Amir Temurning bugungi vorislari Sohibqironning tabarruk nomlarini tiklash, ruhi poklarini shod etishdek savobli va sharafli ishga qo\u2019l urib, shahri azim Toshkentning qoq markazida bobo-kalonimizga haykal o\u2019rnatdik.<\/p>\n\n\n\n<p>Bugun zo\u2019r shodiyona bilan ochilayotgan Temuriylar tarixi Davlat muzeyi Sohibqiron shaxsiyatiga nisbatan yurtimizda tarixiy adolat tantana qilganining yana bir amaliy isbotidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Aytish mumkinki, Amir Temur xiyoboni go\u2019zal bir uzuk bo\u2019lsa, bu muzey shu uzukning yoqut ko\u2019zidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Muzeyni ziyorat qilgan har bir inson mening bu so\u2019zlarim shoirona tashbeh yoki mubolag\u2019a emasligiga ishonch hosil qiladi. Bu muzeyda bizning o\u2019tmishimiz ham, bugungi kunimiz va buyuk istiqbolimiz ham bamisoli ko\u2019zguda aks etgandek namoyon bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kimki o\u2019zbek nomi, o\u2019zbek millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo\u2019shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo\u2019lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Aziz yurtdoshlarim!<\/p>\n\n\n\n<p>Fursatdan foydalanib, barchamizning nomimizdan, el-yurtimiz nomidan shu oliy imoratni bunyod etishda jonbozlik ko\u2019rsatgan barcha insonlarga samimiy minnatdorchilik bildiraman.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadrli vatandoshlar!<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temurning bashariyat oldidagi o\u2019lmas xizmatlarini ma\u2019rifatli jahon munosib baholab kelmoqda. Sohibqiron yubileyining YUNESKO tomonidan xalqaro miqyosda keng nishonlanayotgani ana shu e\u2019tirofning yorqin dalilidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday quvonchli va hayajonli damlarda Amir Temurdek buyuk zot mansub bo\u2019lgan millat farzandlari ekanimizni, tomirimizda Amir Temur shijoatli jo\u2019sh urayotganini o\u2019ylasak, anglasak, qalbimizni chinakam iftixor tuyg\u2019ulari qamrab oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur hayotining mazmuni, betakror faoliyatining asosiy ma\u2019nosi-Vatan ozodligi, Vatanga muhabbat degan oliy qadriyatlardan iboratdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron bobomizning ruhiyati istiqlol va hurlik, erkinlik g\u2019oyalari bilan tabiiy va go\u2019zal bir ravishda uyg\u2019unlashib ketgan. U hatto umrining so\u2019nggi onlarida ham zurriyotlariga qarata \u201cIstiqlol bilan mulki millat, lashkar va raiyatni boshqaringiz\u201d deb vasiyat qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Chuqurroq o\u2019ylab qarasak, bu vasiyat aynan bizlar uchun-buyuk Sohibqironning bugungi avlodlari uchun aytilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Hamisha el g\u2019amini, yurt g\u2019amini o\u2019ylab yashagan Sohibqiron yovlar oyog\u2019i ostida toptalgan o\u2019lkani dunyoning eng qudratli saltanatiga aylantirgan edi. Kelinglar, aziz do\u2019stlar, barchamiz yakdil bo\u2019lib, halol mehnatimiz, aqlu zakovatimiz, Vatanga muhabbatimiz bilan O\u2019zbekistonni jahon havas qiladigan buyuk davlatga aylantiraylik.! Bu yo\u2019lda bobokalonimizning \u201cAdolar va ozodlik &#8211; dasturingiz, rahbaringiz bo\u2019lsin!\u201d degan dono o\u2019gitlari doimiy shiorimiz bo\u2019lsin!<\/p>\n\n\n\n<p>Muhtaram jamoat!<\/p>\n\n\n\n<p>Bugungi marosim ham hademay tarix mulki bo\u2019lib qoladi. Oradan yillar, asrlar o\u2019tadi, ammo Xudoning marhamati bilan, adolat bilan tiklangan ulug\u2019 ajdodlarimizning tabarruk nomlari abadiy yashaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu bois mening iymonim komilki: Sohibqiron dahosi yo\u2019lni yulduz kabi charaqlab, bizni doimo olijanoblik va bunyodkorlikka chorlaydi!<\/p>\n\n\n\n<p>Bu dunyoda xalqimiz, millatimiz, O\u2019zbekistonimiz bor ekan, Amir Temur nomi baryahot!<\/p>\n\n\n\n<p>Ilohim, hazrati Amir Temur e\u2019zozlagan g\u2019oyalar &#8211; shijoatli va mardlik, adolat va qat\u2019iyat har birimizga hamisha hamroh bo\u2019lsin! Jahonga Amir Temurdek buyuk dahoni bergan xalq mangu yashasin, baxtu saodati ziyoda bo\u2019lsin! <\/p>\n\n\n\n<p>Barcha ezgu ishlarimizda Tangirimizning o\u2019zida madadkor bo\u2019lsin!<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Amir Temur faoliyatini jahon uzra taratishda, qadr-qimmati va xotirasini yanada yuqori pog\u2019onaga ko\u2019tarishda Temuriylar tarixi Davlat muzeyining qurilishi katta ahamiyat kasb etdi. Go\u2019zallikda tengi yo\u2019ng muzeyning shon-shuhrati olam uzra taraldi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/temuriylar-tarixi-davlat-muzeyining-ochilishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-116606","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116606","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116606"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116606\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116608,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116606\/revisions\/116608"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116606"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}