{"id":116614,"date":"2024-03-02T14:21:17","date_gmt":"2024-03-02T11:21:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=116614"},"modified":"2024-03-02T14:21:20","modified_gmt":"2024-03-02T11:21:20","slug":"shahrisabzda-haykalning-qad-kotarishi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shahrisabzda-haykalning-qad-kotarishi\/","title":{"rendered":"Shahrisabzda haykalning qad ko\u2019tarishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Shahrisabz azal-azaldan o\u2019zining musaffo havosi, zilol suvlari, ajoyib bog\u2019lari va tog\u2019lari bilan nom chiqargan. Bu yerda tug\u2019ilib voyaga yetgan Amir Temur kindik qoni to\u2019kilgan yurgini hech qachon unutmay, shon-shuhratini oshirish uchun kuch-g\u2019ayratini ayamadi. U hashamatli maqbara va binolar qurdirdi. Shaharda obodonchilik va farovon hayot hukm surdi. Ayniqsa, go\u2019zallikda tengi yo\u2019q Oqsaroyning bunyod qilinishi Shahrisabzning mavqei va salmog\u2019ini oshirib, jahonga tanitdi. Bu yerda ham Amir Temur haykali o\u2019rnatildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1996 yil 18 oktabrda Yurtboshimiz Islom Karimov Shahrisabzga tashrif buyurib, haykal ochilishida quyidagi so\u2019zlarni izhor etdi:<\/p>\n\n\n\n<p>Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!<\/p>\n\n\n\n<p>Muhtaram do\u2019stlar!<\/p>\n\n\n\n<p>Bugun Temurbek bobomizning qadimiy yurtida, mard vat anti, halol va shijoatli, oriyati baland, iymoni butun insonlar yurtida turib, avvalambor go\u2019zal Shahrisabz ahliga, butun qashqadaryoliklarga ezgu tilaklarimizni izhor etaman!<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimiy va tabarruk Shahrisabz zamini g\u2019oyat qutlug\u2019 maskandir. Jahon madaniyati betimsol namoyandalarning zuvalasi mana shu tuproqdan olingan. Xusrav Dehlaviy, Mirzo Bedil, Mirzo G\u2019olib kabi allomalarning ota-bobolari xuddi shu joyda kamol topganlar. Lekin bu el-yurtni butun jahonga mashhur etgan, dong\u2019ini taratgan zot, shubhasiz. Sohibqiron Amir Temur bobomizdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Hazrati Amir Temurning butun suronli umri, uning bunyodkorlik bilan yo\u2019g\u2019rilgan faoliyati salkam yetti asrkim, xalqimiz, millatimiz nomini olamga yoyib kelmoqda. Bu nomni mustabid tuzum qanchalik toptashga urinmasin, dunyoning pok niyatli kishilari ulug\u2019 ajdodimizga yuksak hurmat-ehtirom ko\u2019rsatishni o\u2019zlariga sharaf deb bilganlar. Muborak istiqlol bobomizning nomini qaytib berdi, uning ruhini shod etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temurday ulug\u2019 zotni kamolga yetkazgan ota makon-tabarruk Kesh yurtining millatimiz tarixida, shu zaminda yashayotgan el-ulusning boshini qovushtirishda o\u2019rni beqiyosdir. Bobokalonimizning Turkiston diyorini bosqinchilardan xalos qilish yo\u2019lidagi jasur harakatlari aynan shu mo\u2019tabar yurtdan boshlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron o\u2019z ota makonini behad qadrlagan. Bu makon Amir Temur hazratlarining nainki ota-bobolari, balki piru ustozlari va farzandlarining ham xoki poklari bilan mukarram bo\u2019lgan. Buyuk bobomizning to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li Jahon Mirzo xuddi shu yerda mangu uyquda yotibdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hazrati Temur o\u2019z oldiga ulug\u2019vor maqsadlarni qo\u2019yganida, avvalo o\u2019z eliga, o\u2019z ona yurti-Keshga ishongan va unga tayangan. U qaysi bir safaridan qaytmasin, dastavval Keshni ziyorat qilgan, aziz-avliyolarning qadamjolarini tavof etgan, hamyurtlarining duo va maslahatlarini olgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Hurmatli birodarlar!<\/p>\n\n\n\n<p>Buyuk bobomiz haqida soatlab so\u2019zlash mumkin. Ulug\u2019 zotlarning tarix osmoniga yuksaladigan manzillari bo\u2019ladi. Butun Sharq olamida \u201cIlmi adab qubbasi\u201d e\u2019tirof etilgan Shahrisabz hazrati Amir Temur uchun ana shunday parvoz nuqtasidir. Biz Sohibqiron bobomizning qutlug\u2019 to\u2019yini o\u2019tkazayotgan shu kunlarda eng avval bu zoti sharifni dunyoga keltirgan va voyaga yetkazgan el dahosiga va tabarruk zaminga ta\u2019zim qilamiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Katta ishonch bilan shuni ta\u2019kidlashimiz kerakki, bu yurtning farzandlari, Temurbekning nabiralari o\u2019z qalblarida ulug\u2019 bobosiga xos go\u2019zal fazilatlarni asrab-avaylab, bugungi hayotimizda ham namoyon qilmoqdalar.<\/p>\n\n\n\n<p>Aziz do\u2019stlar!<\/p>\n\n\n\n<p>Ming afsuskim, ko\u2019p yillar davomida mustabid bosqinchi mafkura davrida bizni Amir Temurdek buyuk bobomizdan, boy o\u2019tmishimizdan ayirib, xalqimizning manaviyatini, g\u2019ururini, iftixorini yerga urmoqchi bo\u2019ldilar. Yurtimizda, jumladan, Shahrisabzda bevosita Sohibqironning sa\u2019y-harakatlari bilan bunyod etilgan tarixiy obidalar xarobaga aylantirildi. Hatto ul zot va avlodlarning qabr-maqbaralari ham \u201cilmiy tadqiqotlar\u201d niqobi ostida talon-taroj etildi, toptaldi. Lekin xalqimiz ulug\u2019 ajdodini hech qachon unutmadi. Uning xotirasini hamisha yuragida saqladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadrli Shaxrisabz ahli!<\/p>\n\n\n\n<p>Mana shu qarshimizda turgan Oqsaroy har birimiz uchun tariximiz aziz va mo\u2019tabar yodgorligidir. Bu ulug\u2019 bino ham mustamlakachilar tajovuzining qurboni bo\u2019lganini yaxshi bilasiz. Sohibqironning ulug\u2019vor haykali aynan Oqsaroy oldida qad rostlagani bejiz emas. Buning o\u2019ziga xos, o\u2019ziga mos chuqur ramziy ma\u2019nosi bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Jannatmakon Amir Temur bobomiz bu koshona peshtoqiga shunday bir hikmatni naqsh etib ketganlar. Uning mazmuni sizlarga ma\u2019lum: \u201cKimki bizning shon-shuhratimizni ko\u2019rmoqchi bo\u2019lsa, biz barpo etgan imoratlarga nazar solsin!\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu ko\u2019hna dunyoda jahongirlar ko\u2019p o\u2019tgan. Ularning aksariyati faqat buzgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo\u2019yi bunyodkorlik bilan mashg\u2019ul bo\u2019lgan. U muborak zot aytganlarki: \u201cQay bir joydan bir g\u2019isht olsam, o\u2019rniga o\u2019n g\u2019isht qo\u2019ydirdim, bir daraxt kestirsam, o\u2019rniga o\u2019nta ko\u2019chat ektirdim\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Yana bir o\u2019rinda esa shunday deganlar: \u201cDunyoning yarmini oldim, saltanatimning u chetidan-bu chetiga biror bolakay boshida bi lagan tilla ko\u2019tarib o\u2019tadigan bo\u2019lsa, bir donasiga ham zarar yetmaydigan tartib-intizom o\u2019rnatdim\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Hali telefon, telegraf, kommunikatsiya vositalari bo\u2019lmagan bir sharoitda Amir Temur Sharqni G\u2019arb bilan tinchlik, tijorat, elchilik yo\u2019li vositasida birlashtirishga harakat qilgan. Bizning bugungi siyosatimiz Amir Temurning bu borada olib borgan olijanob ishlarining davomidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhtaram do\u2019stlar!<\/p>\n\n\n\n<p>Karami ulug\u2019 Alloh xalqimizga, Vatanimizga shu qadar marhamat qilibdiki, millatimizga Amir Temurdek buyuk Sohibqironni beribdi. Buning uchun Yaratganga har qancha shukrona aytsak arziydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Insoniyat yangi asrga qadam qo\u2019yayotgan bugungi kunda ham Amir Temur ma\u2019naviyat va shijoatli, adolatparvar siyosati yuksak ibrat namunasi bo\u2019lib qolg\u2019usidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Yana bir bor ta\u2019kidlamoqchimanki, kimki o\u2019zbek nomini, o\u2019z millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo\u2019shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo\u2019lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Bugungi qutlug\u2019 kunda Amir Temur bobomiz baland ko\u2019targan va asrimiz oxiriga kelib bizning qo\u2019limizda qaytadan mag\u2019rur hilpirayotgan mustaqilligimiz bayrog\u2019i ostida turibsizlar, barcha xalqimizni shu ulug\u2019 shodiyona bilan muborakbod etaman.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lumki, Shahrisabz ahlining temuriylar davri ulkan va ma\u2019naviy merosini, noyob tarixiy yodgorliklarini asrab-avaylash, yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari, ozod mamlakatimiz buyuk istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib tarbiyalash ishiga qo\u2019shgan alohida xizmatlarini e\u2019tiborga olib, Shahrisabz shahri \u201cAmir Temur\u201d ordeni bilan mukofotlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bugun shu yuksak mukofotni sizlarga topshirishdan nihoyatda xursandman.<\/p>\n\n\n\n<p>Aziz do\u2019stlarim, yurtdoshlarim!<\/p>\n\n\n\n<p>Buyuk Sohibqironning mo\u2019tabar nomi bilan ataluvchi orden sizlarga muborak bo\u2019lsin!<\/p>\n\n\n\n<p>Bu oliy nishon ulug\u2019 bobomizni voyaga yetkazgan mo\u2019tabar beshikka tumor bo\u2019lsin!<\/p>\n\n\n\n<p>Iloyo, hammamizni Sohibqiron Amir Temurning o\u2019lmas ruhlari hamisha qo\u2019llasin va barcha ishimizda madadkor bo\u2019lsin!<\/p>\n\n\n\n<p>***<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur nomidagi ordenning ta\u2019sis etilishi va xalqaro xayriya jamg\u2019armasining tashkil qilinishi muhim voqea hisoblandi. O\u2019zbekiston va xorijiy mamlakatlarda Amir Temur faoliyatiga bag\u2019ishlangan xalqaro anjumanlar o\u2019tkazildi. Ularda shaxsan Yurtboshimiz qatnashib, nutq so\u2019zladi. Uning 1996 yil 24 aprelda Parijda YUNESKO Ijroiya kengashi sessiyasida, YUNESKO qarorgohidagi \u201cTemuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi\u201d ko\u2019rgazmasinign ochilish marosimidagi chiqishlari shular jumlasidandir.<\/p>\n\n\n\n<p>1996 yil 24 oktabrda Yurtboshimiz Toshkentda o\u2019tkazilgan Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag\u2019ishlangan xalqaro ilmiy anjumanda \u201cAmir Temur fahrimiz, g\u2019ururimiz\u201d mavzusi bo\u2019yicha ma\u2019ruza o\u2019qidi. \u201cBiz, &#8211; deyiladi ma\u2019ruzada, &#8211; Amir Temur tarixini har tomonlama chuqur o\u2019rganishimiz va tadqiq qilinishimiz kerak. Bugungi anjuman mana shu yo\u2019ldagi muhim qadamdir. Sir emaski kommunistik mafkura hukmron bo\u2019lgan sovet jamiyatd tarix fani ham ulug\u2019 millatchilik g\u2019oyalarining qurboni bo\u2019lgan edi. Shu sababli davrida sobiq ittifoq hududida yaratilgan tarixiy asarlarda Amir Temur shaxsi va faoliyatiga adolatsizlik bilan bir yoqlama baho berildi, bu g\u2019am yer yuzining oltidan bir qismini egallagan ulkan hududda yashagan ikki yuz ellik million xalqqa zo\u2019rlab singdirildi. Ana shunday noto\u2019g\u2019ri va g\u2019ayri ilmiy qarashlarga tanqidiy baho berib, Amir Temurga nisbatan tarixiy adolatli qaror to\u2019ntarish bu kungi temurshunoslikning muhim vazifalaridan biridir\u201d. <\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temurning butunlay oqlanishi, uning buyuk davlat arbobi va tarixiy shaxs sifatida yuzaga chiqarilishi, qadr-qimmatining o\u2019rniga qo\u2019yilishi hamda xotirasining abadiylashtirilishining &#8211; barchasi yurtboshimiz Islom Karimovning nomi bilan chambarchas bog\u2019liqdir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shahrisabz azal-azaldan o\u2019zining musaffo havosi, zilol suvlari, ajoyib bog\u2019lari va tog\u2019lari bilan nom chiqargan. Bu yerda tug\u2019ilib voyaga yetgan Amir Temur kindik qoni to\u2019kilgan yurgini hech qachon unutmay, shon-shuhratini oshirish &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shahrisabzda-haykalning-qad-kotarishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-116614","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116614","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116614"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116614\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116616,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116614\/revisions\/116616"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116614"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}