{"id":116626,"date":"2024-03-03T14:57:34","date_gmt":"2024-03-03T11:57:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=116626"},"modified":"2024-03-03T14:57:37","modified_gmt":"2024-03-03T11:57:37","slug":"xiv-asr-oxiri-va-xv-asrda-samarqand-samarqand-temuriylar-davrining-poytaxti","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xiv-asr-oxiri-va-xv-asrda-samarqand-samarqand-temuriylar-davrining-poytaxti\/","title":{"rendered":"XIV asr oxiri va XV asrda Samarqand, Samarqand \u2013 Temuriylar davrining poytaxti"},"content":{"rendered":"\n<p>XIV asrning oxiri va XV asrda Samarqandning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti ancha yuksaldi. Temur vujudga keltirgan yirik imperiyaning poytaxti sifatida Samarqand xuddi shu davrda jahonga mashhur bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nomi jahon tarixiga kirgan va O\u2019rta Osiyo, shu jumladan, Samarqand tarixi bilan chambarchas bog\u2019lgangan Temurning ziddiyatli shaxsiga qisqacha xarakteristika berishga urinib ko\u2019ramiz. Boshqa tarixiy shaxslar singari Temurga ham xarakteristika berishda lenincha fikrlarga asoslangan holda bunday shaxslarning faoliyatini baholashga konkret, sinfiy yondashish birdan-bir to\u2019g\u2019ri ilmiy kriteriya hisoblanadi. V.I.Lenin \u201ctarixda o\u2019tgan arboblarning ko\u2019rsatgan tarixiy xizmatlari to\u2019g\u2019risida hukm chiqarganda, ularning hozirgi zamon talablariga nisbatan to\u2019g\u2019ri keladigan narsalar berganliklariga qarab hukm chiqarilmaydi, balki ularning o\u2019zlaridan avval o\u2019tganlarga nisbatan qanday yangiliklar berganliklariga qarab hukm chiqariladi\u201d, degan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur Movarounnahr siyosat maydonida XIV asr 50-yillarining oxiri va 60-yillarining boshlarida paydo bo\u2019ldi. Ana shu vaqtda o\u2019zaro urushlarda o\u2019ldirilgan Chingiz avlodining so\u2019nggi vakili Chig\u2019atoy ulusidan Qozonxon o\u2019rniga Amir Qozog\u2019on hokim bo\u2019ldi (1346-1358), ammo u ham mo\u2019g\u2019ul qo\u2019shinlarining boshlig\u2019i Tug\u2019luq Temur tomonidan o\u2019ldirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Feodal tarqoqlik hukm surgan Movarounnahrda Shahrisabz, Buxoro, Termiz, Badaxshon, Xo\u2019jand, Shosh (Toshkent) hokimlari bir-birlari bilan tinimsiz urushib turdi. Nizolar, g\u2019alayonlar, aholini qirish va talash mamlakat va xalqqa mislsiz azob-uqubat va kulfatlar keltirar edi. Ana shu feodal urushlarida Temur ham qatnashdi. O\u2019zining iste\u2019dodi va uddaburonligi tufayli harbiy boshliq darajasiga ko\u2019tarildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur ibn Tarag\u2019ay Bahodirning hayoti va faoliyatida ikki davr alohida ajralib turadi. Birinchi davr (1360-1386) shu bilan xarakterlanadiki, Temur markazlashgan hokimiyatni vujudga keltirishdan manfaatdor bo\u2019lgan zodagonlar bilan birgalikda mamlakatning tarqoqligiga, qonxo\u2019r va shuhratparast mayda beklar va sultonlar o\u2019rtasidagi qonli urushlarga qarshi, Movarounnahrda mo\u2019g\u2019ul xonligiga bog\u2019liq bo\u2019lmagan kuchli, mustaqil feodal davlatini tuzish uchun kurash olib bordi. Ikkinchi davr (1386-1402) Temurning uch yillik, besh yillik va yetti yillik deb atalgan harbiy yurishlari bilan xarakterlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temurning Hindiston, Eron, Iroq, Zakavkazye, Misr, Turkiya territoriyalarini, Rusning janubiy rayonlarini bosib olish maqsadida olib borgan yurishlari, shubhasiz, talonchilik, bosqinchilik xarakterda bo\u2019lib, shu boisdan Amir Temur xalqlar xotirasida, tarixiy solnomalarda zolim istilochi sifatida aks etgan. Temurning safdoshlaridan biri Sharafuddin Ali Yazdiy Temur qo\u2019shinlarining shahar va qishloqlarni vayron qilganliklarini va odamlarni shafqatsiz qirganliklarini batafsil tasvirlaydi. To\u2019g\u2019ri, Sharafuddin Ali Yazdiy bu yovuzliklarning har biriga ob\u2019yektiv sabablarni ro\u2019kach qilmoqchi bo\u2019ladi. Biroq asar shunday yozilganki, sog\u2019lom fikr yurituvchi mamlakatlarda qilgan yovuzliklarini keskin qoralaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>K.Marks Temur haqida bunday deb yozgan edi: Temur o\u2019zi tuzgan yangi podsholik uchun davlat tuzumi va qonunlar joriy etdi, ammo bular uning buyrugiga asosan qo\u2019shinlari tomonidan qilingan vahshiylik va vayronagarchilikka tamomila ziddir. Sovet tarixchilari va avvalo, taniqli sharqshunos A.Yu.Yakubovskiy Temur faoliyatiga ob\u2019yektiv, marksistik baho berdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Temurning butun faoliyati o\u2019z hokimiyatini mustahkamlashga, Movarounnahrda qudratli birlashgan davlatni vujudga keltirishga qaratilgan edi. Mamlakatning xo\u2019jalik, siyosiy va madaniy hayotida u o\u2019tkazgan tadbirlar ana shu maqsadga qaratilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur hokimiyat tepasiga kelgandan keyin uning o\u2019tkaza boshlagan siyosatlaridan biri muntazam ravishda o\u2019tkazilgan qurultorlardir. Sharafuddin Ali Yazdiy Qarshida, Qorabog\u2019da, Samarqandda va boshqa shaharlarda qurultoylar o\u2019tkazilaganligi, bu qurultoylarga shahzodalar, majabdorlar, katta amaldorlar, ma\u2019murlar, harbiy boshliqlar va oqsuyaklar namoyandalari taklif qilinganligi to\u2019g\u2019risidagi ma\u2019lumotlar keltiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yazdiy eng yuqori feodal tabaqalarning kengashi sifatida Temur chaqirgan qurultoylarning sinfiy mohiyatini ochib beradi. Bu qurultoylarda mamlakatning kechiktirib bo\u2019lmaydigan xo\u2019jalik va harbiy ishlari muhokama qilinar, mamlakat va davlat uchun hayotiy muhim qarorlar qabul qilinar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur madaniyat, fan, arxitektura masalalariga, ayniqsa ilm-fanning matematika \u2013 riyoziyot, geometriya \u2013 handasa, arxitektura \u2013 me\u2019morlik, astronomiya \u2013 hayat, aabiyot, poeziya, tarix, muzika \u2013 musiqa singari sohalarini rivojlantirishga ko\u2019p e\u2019tibor berar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur Samarqandni go\u2019zal shaharga aylantirish to\u2019g\u2019risida ham katta g\u2019amxo\u2019rlik qilar edi. Ancha uzoq davom etgan tanaffusdan keyin, uning davrida shaharda keng ko\u2019lamda qurilish ishlari olib borila boshladi. Sharafuddin Ali Yazdiy ham, Ryui Gonzales de Klavixo ham shu haqda xabar qiladilar. Ryui Gonzales de Klavixo bunday deb yozgan edi: \u201cSamarqand shahrida Xitoydan, Hindistondan, Tataristondan va boshqa turli joylardan keltirilgan hamda Samarqand podsholigining o\u2019zida ishlangan har xil mollar sotiladi\u2026 Unda (Samarqandda) barcha narsalarni tartib bilan sotish uchun katta joy bo\u2019lmagach, podsho shahar bo\u2019ylab katta ko\u2019cha chiqarishni, uning ikki tomoniga mol sotish uchun rasta va do\u2019konlar qurishni buyurdi. Bu ko\u2019cha shaharning bir chetidan boshlanishi va butun shahar orqali o\u2019tib, ikkinchi chetigacha borib yetishi kerak edi. Podsho bu ishni o\u2019zining ikki mirrosiga (mirzosiga) topshirdi va ular bu vazifani bajarishga astoydil kirishmasa, kishilarni erta-yu kech ishlashga majbur etmasa, u holda boshlari ketishlarini uqtirdi. Miroslar ishga kirishdilar. Podsho ko\u2019rsatib bergan yerdan ko\u2019cha qurila boshladi. Ko\u2019cha o\u2019tadigan yerlarda uchraydigan uy-joylar kimniki bo\u2019lishidan qat\u2019iy nazar bu joylar buzib tekislandi. Uy egalari ham bu ahvolni ko\u2019rib bor-yo\u2019q narsalarini olib boshqa joylarga ko\u2019chib ketaveradilar. Bir guruh odamlar buzish ishlarini tugatishi bilanoq, boshqa birlari shu ondayoq qurilishni boshlab yuborishar edi. Ko\u2019chani keng olib, uning har ikki tomoniga savdo do\u2019konlari qurishdi; har bir do\u2019kon oldida oq toshlar bilan qoplangan baland kurshilar qo\u2019yildi. Barcha do\u2019konlar ikki qavatli bo\u2019lib, ularning tepasi esa butun ko\u2019cha bo\u2019ylab gumbaz qilib qoplab olingan, yorug\u2019lik tushsin uchun gumbaz sahnida derazalar o\u2019rnatilgan edi. Do\u2019konlar bitishi bilan ularga turli xil mol sotuvchi savdogarlarni o\u2019rnashtirar edilar. Ko\u2019chaning har yer-har yerida hovuzlar qazilgan bo\u2019lib, ularga suv to\u2019lg\u2019azib qo\u2019yilgandi. Bu yerda ishlayotganlar maoshni shahar hisobidan olar edi. Ana shu ishga boshliq bo\u2019lgan kishi qancha odam talab qilinsa, shuncha olib ishlatishlari mumkin edi. Kunduz kuni ishlagan kishilar kech kirishi bilan uy-uylariga ketishar va ularning o\u2019rniga kechasi ishlash uchun boshqalari kelishar edi, ayrimlari uylarni buzar, boshqalari esa yer tekislar, ular kecha-yu Kunduz shunchalik shovqin-suron qilishar ediki, bu yerda bamisoli jinlar uya qurgandek edi. Natijada kishini hayratga soladigan ishlar qilindi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rta asr san\u2019ati tarixi tadqiqotchilarning fikricha, XIV asrning oxiri va XV asrning boshlarida umuman Movarounnahrda, shu jumladan, Samarqandda O\u2019rta va Yaqin Sharq xalqlari badiiy tafakkurining eng yaxshi yutuqlarini o\u2019zida ifodalangan, Movarounnahrning original, o\u2019ziga xos madaniyatini rivojlntirish asosida yangicha san\u2019at vujudga keldi. XIV asrning oxiridan boshlab Movarounnahr Yaqin va O\u2019rta Sharqda ijodiy kuchlarining asosiy markaziga aylana borishi bilan san\u2019atda yangi yo\u2019nalish paydo bo\u2019ldi. Buni, hatto bayon qilinayotgan davrda yashagan kishilar ham ochiq-ravshan e\u2019tirof qiladilar. Masalan, Ibn Arabshoh Temurning shahar chekkasidagi saroylari to\u2019g\u2019risida hikoya qilar ekan, bu saroylar \u201cyangi uslubda\u201d qurilganligini ko\u2019rsatib o\u2019tadi. Jumladan, arxitekruaning yangi ifodali vositalarini qidirish, o\u2019sha davrda butun Sharqda tenggi bo\u2019lmagan hashamat, dabdabaga erishgan rang-barang bezakda o\u2019z aksini topdi. XIV-XV asrlardagi O\u2019rta Osiyo tasviriy san\u2019ati sohasida o\u2019rta asr traditsion adabiy syujeti bilan bir qatorda, zamonaviy tematikadan foydalanish, janrlar, kompozitsiya xilma-xilligiga, rasm solish mahoratini takomillashtirish va bu kabilarga intilish tendensiyasi ko\u2019zga tashlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>XV asrda bezakli-badiiy buyumlar hunarmandchiligi yuksak darajaga ko\u2019tarilgan edi. Uning rivohlanishi arxitektura, tasviriy san\u2019at, turmush buyumlari san\u2019ati bilan o\u2019zaro uzviy bog\u2019langan holda bordi. Turli san\u2019atlarning bir-biriga singib borishi yog\u2019och va toshga o\u2019yib naqsh solishda ham, gilam to\u2019qishda ham, qo\u2019lyozma kitoblarni bezashda ham, metall va sopol idishlarning eng yaxshi namunalarida ham o\u2019z ifodasini topdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur va temuriylar davrida Samarqandda Ko\u2019ksaroy, Jome masjidi va Bibixonim madrasasi, Shohizinda ansamblida bir necha maqbaralar qurildi, Samarqand atrofida bog\u2019-rog\u2019lari bo\u2019lgan Bog\u2019i Chinor, Bog\u2019i Shamol, Bog\u2019i Dilkusho, Bog\u2019i Bihisht, Bog\u2019i Nav saroylari qad ko\u2019tardi. Yo\u2019llar o\u2019tkazildi. Ko\u2019hak \u2013 Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryoga ko\u2019priklar qurildi. Toshkent atrofida Sirdaryodan Ohangarongacha kanal qazildi, shahar tipidagi Ohangaron qishlog\u2019iga asos solindi. Buxoro, Shahrisabz, Farg\u2019ona, Turkistonda karvon saroylar va boshqa qurilishlar bilan bir qatorda, sug\u2019orish inshootlari bunyod etildi. Shaharlar, qishloqlar, hammomlar, madrasalar, maqbaralar qurilishi o\u2019sha davr uchun misli ko\u2019rilmagan ko\u2019lamda olib borildi. Qurilish ishlariga mahalliy me\u2019morlar va hunarmandlar \u2013 sohibi hunarlardan tashqari, Temur zabt etgan mamalakatlardan keltirilgan ko\u2019pgina binokor ustalar, me\u2019morlar jalb qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur nima sababdan o\u2019z davlatining poytaxti qilib Samarqandni tanlab olgan? Ba\u2019zi birovlar, Temur dastlabki egallagan shaharlardan eng yirigi Samarqand edi desalar, boshqa birovlar esa Samarqand Temurni o\u2019ziga jalb etdi, chunki u qadim zamonlardan buyon shahar sifatida ma\u2019lum edi, bu yerda mashhur Afrosiyo Turon mamlakatini idora qilgan edi, deb taxmin qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shu taxminlarning har birida ma\u2019lum darajada haqiqat bor albatta, lekin buning ob\u2019yektiv sababi, aftidan, avvalo, shundaki, Samarqand o\u2019zining geografik o\u2019rni jihatida Movarounnahrning markazida joylashgan. Shahar atrofida sersuv daryo, buloqlar mavjud, shaharning o\u2019zi esa uch tomondan tog\u2019lar bilan o\u2019ralgan, bu yerda uch havo oqimi: tog\u2019dan, daryolardan, shuningdek, dalalardan-o\u2019rmonlar va&nbsp; o\u2019tloqlardan keladigan oqim bir-biriga qo\u2019shilib, orombaxsh iqlim barqarordir. Samarqandga yaqin joylarda binokorlik materiallarining hamdaa qimmatli rangli va nodir metallarning katta-katta zapaslari bor edi. Bu boyliklar ma\u2019lum darajada o\u2019sha davrdayoq davlat xizmatiga qo\u2019yilishi mumkin edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand, Temurning fikricha, dunyoning eng dongdor shahri bo\u2019lib qolishi kerak edi; Samarqand atrofida Bag\u2019dod, Damashq, Misr (Qohira), Sheroz va Sultoniya deb musulmon mamlakatlari asosiy shaharlarining nomlari qo\u2019yilgan bir qancha katta qishloqlarning bunyod etilganligi ham yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u2026 \u201cSamarqand shahri, &#8211; deb yozgan edi Klavixo, &#8211; tekislikda joylashgan bo\u2019lib, tuproq uyumlari va jarliklar bilan o\u2019ralgan; u Sevilya shahridan bir oz kattaroq. Shahardan tashqarida esa unga turli tomonlardan kelib tutashgan ko\u2019pgina uylar qurilgan. Shahar bog\u2019-rog\u2019lar va tokzorlar bilan qoplangan bo\u2019lib, bular ba\u2019zi joylarda 1,5, ayrim joylarda esa 2 liga masofaga cho\u2019zilib ketgan; ana shu bog\u2019larning ora-oralarida ko\u2019cha va maydonlar bo\u2019lib, ular juda gavjum. Bu yerlarda aholi yashaydi, non, go\u2019sht va boshqa ko\u2019pgina narsalar sotiladi. Shahardan tashqarida shaharning ichidagidan ko\u2019proq turar joylar bor. Shahardan tashqaridagi bu bog\u2019larda esa dang\u2019illama va serhasham uylar ham qurilgan. Bu yerda podshoning ham qasrlari va bosh xazinalari bor. Bundan tashqari, ko\u2019pgina shaharlik zodagonlarning bu bog\u2019larda uylari, imoratlari bor. Bu yerda bog\u2019-rog\u2019lar va tokzorlar shunchaki ko\u2019pki, shaharga kelganingda baland-baland daraxtlardan iborat o\u2019rmonni ko\u2019rasan, uning o\u2019rtasida shahar turadi. Shahar va bog\u2019lar bo\u2019ylab ariqlar o\u2019tib, ularda doimo suv oqib turadi. Ana shu bog\u2019lar oralig\u2019idagi bo\u2019sh maydonlarda qovun va paxta yetishtiriladi. Bu mamlakat qovuni juda yaxshi va serhosildir. Yangi yil arafasida ularda qovun va uzum shuncha ko\u2019p bo\u2019laiki, ko\u2019rib hayratda qolasan; hark uni tuyalarda son-sanoqsiz qovun karvoni olib kelinadi. Bunchalik ko\u2019p qovunning sotilayotganligi va iste\u2019mol qilinayotganligini ko\u2019rib, taajjublanmay ilojing yo\u2019q; qishloqlarda qovun shunchaki ko\u2019pki, uni quritib qoqi qilishadi va kelgusi yilgacha arashadi. Ularni shunday qoqi qilishadi: buning uchun qovun uzunasiga tilim qilinadi, po\u2019chog\u2019i olib tashlanadi, so\u2019ngra oftobga yoyiladi. Ular qurilgach, barcha tiliklarni jamlab qopga solinadi va kelgusi yilgacha saqlanadi. Shahardan tashqarida katta tekisliklar bo\u2019lib, bu joylarda yirik va gavjum qishloqlar joylashgan. Podsho bu yerga bo\u2019ysundirilgan mamlakatlardan yuborilgan odamlarni joylashtirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u2026 Bu yer hamma narsaga boy: g\u2019alla ham, vino ham, meva-chevalar ham, parranda ham turli go\u2019shtlar ham serob. Bu yerning qo\u2019ylari yirik-yirik va dumbalari katta: ba\u2019zi qo\u2019ylarni dumbasi 20 qadoq keladi, ularni qo\u2019lda zo\u2019rg\u2019a ko\u2019tarish mumkin. Bu qo\u2019ylar shunchalik ko\u2019p va arzonki, podsho u yerda o\u2019z qo\u2019shini bilan bo\u2019lgan vaqtda ularning ikkitasi bir ducat turardi. Boshqa mollar ham juda arzon. G\u2019alla arzon, guruch mo\u2019l-ko\u2019l. Bu shahar va uning atrofidagi yerlar shunchalik ma\u2019mur va badavlatki, hayratlanmay iloji yo\u2019q: u shu boyligi uchun ham Samarqand deb atalgan. Uning asli nomi Semizkend, boy qishloq degan ma\u2019noni bildiradi, chunki semiz-ularda katta (to\u2019la) degan ma\u2019noni bildiradi, kend esa qishloq degani; Samarqand degan nom ana shundan kelib chiqqan. Uning boyligi oziq-ovqat mahsuotlarining mo\u2019l-ko\u2019lligida emas, balki u yerda chiqariladigan shoyi gazmollar, atlaslar, sandallar, taftalar ham serob. Bu narsalar u yerda juda ko\u2019plab ishlab chiqariladi, kiyim-boshlarning astari mo\u2019yna va shoyidan qilingan, zar va boshqa qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Shuning uchun ham podsho, bu shaharning shuhratini olamga tarqatishga harakat qilgan va qaysi mamlakatni bosib olmasin va o\u2019ziga tobe qilmasin, hamma joydan odamlarni shaharga va tevarak-atrofdagi qishloqlarga ko\u2019chirib keltirgan; ayniqsa, u turli hunarmand ustalarni to\u2019plashga harakat qilgan. Damashqdan turli ustalarni to\u2019plashga harakat qilgan. Damashqdan turli ustalarni keltirgan: jumladan, turli shoyi to\u2019qiydigan, kamon uchun o\u2019q va turli qurol-yarog\u2019lar yasaydigan, oyna va sopol ishlaydigan ustalarni keltirgan. Bu ustalar dunyodagi eng yaxshi ustalardan hisoblanadi. U Turkiyadan merganlar va uchragan boshqa hunarmandlarni olib kelgan. Shuningdek, tosh teruvchilar, qo\u2019li gul ustalarni ham olib kelgan. Ularni shunchalik ko\u2019p olib keldiki, istagan kasbdagi usta va hunarmandlarni bu shaharda topish mumkin. Bundan tashqari, u turli mutaxassislar \u2013 injenerlar, arqon to\u2019qiydigan hunarmandlarni ham olib kelgan, ular shu vaqtgacha bu yerda ekilmaydigan kanop va zig\u2019ir ekishgan. U turli mamlakat xalqlaridan bu shaharga shuncha erkak va xotin-qizlarni to\u2019plaganki, ularning hammasi bir yuz ellik ming kishidan ortiqroqdir. Ular orasida turli qabilalar: turklar va arablar, marvlar va boshqa xalqlar, arman xristianlari, grek katoliklari, nasroninlar, yakobitlar, o\u2019tga cho\u2019qinuvchi va boshqa xil e\u2019tiqodga mansub bo\u2019lgan xrisianlar bor. Bu yerda xalq shunchalik ko\u2019pki, u xalqni na shaharga, na maydonlarga, na ko\u2019cha-ko\u2019yga, na qishloqlarga sig\u2019dirish mumkin va hatto shahardan tashqaridan ham daraxtlar ostida va g\u2019orlarda ham ko\u2019plab odamlar yashaydi. Bu tashqari, shahar boshqa mamlakatlardan keltiriladigan mollar bilan to\u2019lib-toshgan. Rushi (Rus) va Tataristondan teri va surup, Xitoydan shoyi gazlama keltiriladi. Dunyoda eng yaxshi deb hisoblangan atlaslar Samarqandda to\u2019qiladi. Budan tashqari, Xitoydan mushk (muskus) ham keltiriladi, mushk esa Xitoydan boshqa biron mamlakatda yo\u2019q. Yoqut va marvaridlar, brilliantlar ham keltiriladi. Ana shu narsalarning ko\u2019pgina qismi bu mamlakatda ham bor; bu yerga marvarid va boshqa qimmatbaho toshlar ham tashib keltiriladi\u2026 Hindistondan bu shaharga mayda mollar: muskat yong\u2019oqlari (ja\u2019zi bobo), qalampirmunchoq, zanjabil, anbar, dolchin va Aleksandriyaga yuborilmaydigan boshqa turli narsalar keltiriladi. Shaharda ko\u2019pgina maydonlar bo\u2019lib, bu yerda har xil usulda pishirilgan go\u2019sht, juda toza qilib tayyorlangan tovuq, parranda, non va boshqa noz-ne\u2019matlar ham bor; bu maydonlar kunduzi ham, kechasi ham odamlar bilan gavjum, u joylarda hamisha savdo chaqqon. Shuningdek, ko\u2019pgina qanoralar bo\u2019lib, bu yerda go\u2019sht ham, tovuq ham, kaklik, qirg\u2019ovul, o\u2019rdaklar ham sotishadi. Bu narsalarni kechasi-yu kunduzi topish mumkin. Shaharning chetida qasr bor, bu qasr tashqi tomondan tekis joyda turganga o\u2019xshaydi, lekin chor atrofi xandaqlar bilan o\u2019ralgan bo\u2019lib, unda suv bor. Shu sababli qasrga kirib bo\u2019lmaydi. Podsho bu yerda o\u2019z xazinasini saqlaydi, u yerga xazinachi va unga yaqin kishilardan boshqa hech kim kirmaydi; ana shu qasrda podsho asirga tushgan mingga yaqin ustalarni asrardi. Ular o\u2019q yoy, qilich, qalqon yasashadi va yil bo\u2019yi podshoning xizmatini qilishadi. Podsho shu shahardan jang qilish uchun Turkiyaga jo\u2019nab, Damashqni vayron qilganida, u qo\u2019shindagi barcha askarlariga xotinlarini ham o\u2019zlari bilan birga olib ketishlari to\u2019g\u2019risida buyyuq berdi. Agar ular xotinlarini o\u2019z yurtida qoldirib ketsalar, u holda istagan ishlari bilan shug\u2019ullanishlari mumkin bo\u2019lur edi. Bunday buyruq berishlariniing sababi shundaki, podsho o\u2019z dushmanlariga qarshi kurashish uchun ketganida mamlakatda yetti yil bo\u2019lmaslikni ko\u2019zda tutgan va oradan yetti yil o\u2019tmaguncha ana shu shaharga qadam qo\u2019ymaslikka va\u2019da bergan va qasam ichgan edi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Klavixodan keyin oradan taxminan yuz yil o\u2019tgach, Amir Temurning evarasi bo\u2019lmish Abu Said Mirzoning nabirasi Zahiriddin Muhammad Bobir (1483-1530) Samarqandni ikki marta egallab, bu yerda ko\u2019rganlarini g\u2019oyat chiroyli tasvirlaydi: \u201cSamarqand shahri ajar orosta shahredur, bu shaharda bir xususiyat borkim, o\u2019zga kam shahrda andoq bo\u2019lg\u2019ay. Har hirfagarning bir boshqa bozori bor, bir-birlariga maxlut emasdur, tavr rasmedur. Xo\u2019b nonliqlari va oshpazliqlari bordur\u201d. Bobir yana bunday deydi: \u201cOlamda yaxshi qog\u2019az Samarqandin chiqar, Juvozi qog\u2019azlar suyi tamom Konigildin keladur. Konigil Siyahob yoqasidadurkim, bu qora suvni Obirahmat ham derlar. Samarqandning yana bir matoi qirmizi bahmaldurkim, atrof va javobnibqa eltarlar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bobir Samarqandni va Buxoroga unga tobe bo\u2019lgan tumanlar hamda viloyatlarni jonli va qiziqarli tarzda tasvirlar ekan, bunday deb yozadi: \u201cbir yig\u2019och ham yo\u2019l yo\u2019qturkim, keng va ma\u2019mura bo\u2019lmag\u2019ay. Andoq mashhurdirkim, Temurbek degandurkim: mening bir bog\u2019im borkim, tulu o\u2019ttuz yig\u2019ochtur. Bu tumonotni degandur\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur va Temuriylar davlatida hunarmandlar, kosiblar, mehnatkashlar ommasining ahvoli juda og\u2019ir edi. Klavixo ham o\u2019z \u201cKundaligi\u201dda ana shu haqda xabar berdi. XV asrdan bizgacha yetib kelgan ko\u2019pgina mo\u2019jaz tasvir (miniatyura)lar ham dehqonlar va kosiblarning qashshoq hayot kechirganlligini aks ettiradi. Keskin ijtimoiy qarama-qarshilik: zodagonlarning zeb-ziynati va mulkdor sinflarning cheksiz zulmi ostida bo\u2019lgan oddiy kishilarning qashshoqligi Temur davlati uchun ham xos edi. <\/p>\n\n\n\n<p>Temur va Temuriylar \u201cipak\u201d yo\u2019li deb atalgan va Yevropa mamlakatlaridan Hindiston va Xitoyga boradigan hamda yana O\u2019rta Osiyo orqali Yevropa mamlakatlariga qaytadigan asosiy xalqaro yo\u2019llarini egallab, shu yo\u2019llarda karvonlarning xavfsizligini ta\u2019minlash yuzasidan bir qancha tadbirlar ko\u2019rdi va Sharq bilan G\u2019arb o\u2019rtasida savdo-sotiq va diplomatic munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishga g\u2019oyat kattaa e\u2019tibor berdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XIV asrning oxiri va XV asrda Samarqandning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti ancha yuksaldi. Temur vujudga keltirgan yirik imperiyaning poytaxti sifatida Samarqand xuddi shu davrda jahonga mashhur bo\u2019ldi. Nomi jahon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xiv-asr-oxiri-va-xv-asrda-samarqand-samarqand-temuriylar-davrining-poytaxti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-116626","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116626","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116626"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116626\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116628,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116626\/revisions\/116628"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116626"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}