{"id":116630,"date":"2024-03-05T16:43:02","date_gmt":"2024-03-05T13:43:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=116630"},"modified":"2024-03-05T16:43:06","modified_gmt":"2024-03-05T13:43:06","slug":"xorazmshohlar-saltanatining-ahvoli","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xorazmshohlar-saltanatining-ahvoli\/","title":{"rendered":"Xorazmshohlar saltanatining ahvoli"},"content":{"rendered":"\n<p>Amir Temur tomonidan vatan mustaqilligi va ozodligining tiklanishi o\u2019zbek xalqining XIII asrlardan boshlab mo\u2019g\u2019ullarga qarshi olib borgan qahramona kurashining mantiqiy davomi sifatida namoyon bo\u2019lgan edi. Shu bois undan oldingi davrlardagi o\u2019sha ozodlik kurashlarni ham ta\u2019riflash ayni muddaodir.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimiy va ajoyib Xorazmning vatanimiz tarixida tutgan o\u2019rni beqiyos kattadir. Ayniqsa bu yerda miloddan avvalgi VII asrda birinchi o\u2019zbek davlatining tashkil topishi muhim tarixiy voqea hisoblanadi. Mana shu chuqur tarixiy davrdan to XIII asrning boshlarigacha bo\u2019lgan davrlarda Turkiston zaminida o\u2019sha qadimiy Xorazm davlatining mantiqiy davomi sifatida ko\u2019p davlat va imperiyalar yuzaga keldilar. Masalan, qang\u2019a, kushonlar, eftalitlar, turk hoqonligi, somoniylar, qoraxoniylar, g\u2019aznaviylar, saljuqiylar va xorazmshohlar davlatlari shular jumlasidandir. Xorazmshohlar davlatining asoschisi shimoliy Xorazmning hokimi Mamnun ibn Muhammad hisoblanib, 996 yilda Xorazmshoh unvonini olgan edi. Uning vafotidan keyin ukasi Mamnun ibn Mamnun (997-1017) taxtni egallaydi. U nihoyatda aql-idrokli, tadbirkor va bilimdonlik bilan ish yuritib, qudratli davlatni tashkil etishga qattiq harkat qilgan. Poytaxt Urganchga hashamatli binolar qurilib, me\u2019morchilik va umuman san\u2019atning yuksak namunalari namoyish etildi. Ayni paytda Xorazmda Mamnun akademiyasi tashkil etilib, fanning turli sohalari bo\u2019yicha ilmiy ishlar olib borildi. Xususan, Beruniy va Abu Ali Ibn Sino singari mashhur olimlar ham Mamnun akademiyasida ilm bilan shug\u2019ullandilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Xorazmshohlarning gullab-yashnashi uzoqqa cho\u2019zilmadi. U 1017 yilda G\u2019aznaviylar davlati tomonidan bosib olindi. 1043 yilda esa Xorazmni g\u2019aznaviylarga zarba bergan saljuqiylar davlati egallaydi. Shu tariqa Xorazm bir qo\u2019ldan ikkinchi qo\u2019lga o\u2019tkazilib mustaqilligini qo\u2019ldan beradi. Biroq mustaqil Xorazmshohlar davlatini tiklash g\u2019oyasi yo\u2019qolmadi. Aksincha u erksevar kishilar qalbida yashab, vaqti kelib u yuzaga chiqa boshladi. XI asrlarning oxirlarida saljuqiylar hukmdori tomonidan tayinlangan Xorazm hokimi Anushtegin mustaqil siyosatni yurgizishga dastlabki qadamni tashladi. U 1097 yilda vafot etgandan keyin Qutbiddin Muhammad (1097-1127) ismli o\u2019g\u2019li otasining izidan borib mustaqillikni tiklashga harakatni davom ettirdi. Buroq u saljuqiylar sirtmog\u2019idan qutilolmay dunyodan ko\u2019z yumdi. Uning o\u2019rniga taxtni egallagan o\u2019g\u2019li Jaloliddin Otsiz (1127-1156) g\u2019animlarga qarshi oshkora siyosat yurgizib, 1138 yilda Mang\u2019ishloqni va Sirdaryoning quyi havzasidagi Jand shahrini bosib oldi. Keyingi yil Buxoroni ham egalladi. Shu ravishda Otsiz o\u2019zining davlatining chegarasini saljuqiylarga qarashli yerlar hisobiga kengaytiradi. Shu orada Turkiston zaminida Tungusdan kelgan qoraxitoylar (turkiy tilli manjurlar)ning tajovuzi davom etayotgan edi. Ular Xorazmshoh davlatiga ham, saljuqiylarga ham katta xavf tug\u2019dirgan. Shu bois Otsizning saljuqiylarning sultoni Sanjar bilan murosa qilgan vaqtlari bo\u2019lgan. Ammo 1141 yilda Sanjarning qoraxitoylar tomonidan qaqshatg\u2019ich zarbaga uchratilishi saljuqiylar davlatining taqdirini hal etadi. Otsiz bu qulay vaziyatdan foydalanib, Sulton Sanjarning poytaxti Marvni, so\u2019ngra 1142 yilda Nishopurni egallaydi. Biroq, ko\u2019p o\u2019tmay Sanjar Marvni qayta qo\u2019lga kiritishga erishadi. Shundan keyin Otsiz noilojlikdan qoraxitoylarga tovon to\u2019lab turishni bo\u2019yniga olib u bilan ittifoq tuzdi. Sulton Sanjar o\u2019zini o\u2019nglab tayyorgarlikni ko\u2019rgandan keyin Xorazmga hujum qilib Otsizni yana bo\u2019ysundiadi. Ammo Otsiz undan bosh o\u2019girib saljuqiylarning markazidagi Jand shahrini egallab, mustaqil siyosatni davom ettiradi. U 1156 yilda Xorazmshohlar davlatining to\u2019la mustaqilligini ta\u2019minlovchi zaminni hozirlab vafot etadi. Otsiz o\u2019zining vatanparvarligi va taraqqiyparvarligi bilan dong chiqargan edi. U Xorazmni qudratli davlatga aylantirishga kuch-g\u2019ayratini ayamadi. Shuning uchun ham u xalqning hurmati va izzatini qozonadi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cAloiddin Otsiz taxtga o\u2019tirganda 29 yoshda edi. U musulmonlar podshohiga xos islom diniga va ilohiyot olimlariga homiylik qilishdan tashqari, turli fanlar va san\u2019at ahli qadrlar, o\u2019zi ham forscha qasida va ruboiylar yozar, juda ko\u2019p buyuk shoirlarning baytlarini yoddan bilar edi. U, Xorazm aholisiga g\u2019amxo\u2019r, adolatli podshohlik qildi. Bir manbada aytilishicha, fuqarolar xorazmshoh Otsiz yaxshi ko\u2019rar, uning zamonida fuqarolar xavf-xatardan mutlaqo holi, tinchlik va osoyishtalikda, adolatda yashadi\u201d. (Ziyo Buniyodov. Anushtegin xorazmshohlar davlati (1097-1231) Ahmadov Ashraf va Mahkam Mahmud tarjimasi. Toshkent, 1998, 10-bet).<\/p>\n\n\n\n<p>Otsiz 29 yil taxtda o\u2019tirib, shundan 16 yil mustaqil hukmronlik qildi. Shu orada unga bir necha marotaba jang qilishga to\u2019g\u2019ri keldi. Otsizning o\u2019g\u2019li II Arslon (1156-1172) ham Xorazm mustaqilligini ta\u2019minlashga harakat qildi. Bu borada uning o\u2019g\u2019li Takish (1172-1200) ancha muvaffaqiyat qozonib, 1187 yilda Nishopurni, 1192 yilda Reyni, 1193 yilda Marvni, Eronning sharqiy tomonini qo\u2019lga kiritdi. Bu bilan u Xorazmshohlar davlatining mustaqilligini saqladi. \u201cO\u2019rta asrlar mualliflarining, &#8211; yozishlaricha &#8211; Xorazmshoh Takish o\u2019z fuqarolariga nisbatan adolatli bo\u2019lgan, odatdan tashqari qobiliyatgacha, buyuk diplomatik va lashkarboshi edi. Harbiy kuchdan o\u2019rinli foydalanib va siyosiy ahvolni to\u2019g\u2019ri baholab, Takish o\u2019z mulki qatoriga Mozandaron va Iroqni qo\u2019shib oldi. Uning musiqani sevishi alohida esga olinadi. Hech kim udni uningchalik qoyil qilib chalolmagan\u2026 Takish hozirjavobligi, chechanligi bilan ham ajralib turardi\u2026 Xorazmshohlar davlatning kuchayishi Aloiddin Takish faoliyatining natijasi bo\u2019ldi. Bu esa uzoq davom etgan og\u2019ir janglar natijasida, shuningdek, yakkahokimlik uchun kurashlarda qo\u2019lga kiritildi; Takish mamlakat taxtiga da\u2019vogar birodari Sultonshohga qarshi yigirma yilga yaqin kurash olib bordi. Takish yildan yilga asta-sekinlik bilan o\u2019z mamlakat hududini kengaytirib, sarhadi xalifa an-Nosir mulkiga borib taqalgan yirik imperiya barpo qilmaguncha kurash olib bordi. Manbalarning xabar berishicha, Xorazmshohlar qayerda bo\u2019lmasin, o\u2019sha yer aholisi uning idora usuli va ko\u2019rgan ma\u2019muriy choralaridan mamnun bo\u2019lgan. Takish davridagi hokimiyat markazlashuvi o\u2019lpon to\u2019laydigan xalq ahvolini ancha yengillashtirgan ko\u2019rinadi\u201d. (O\u2019sha joyda, 83-84-betlar).<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek Takish kuchli qo\u2019shin tuzib shaxsan o\u2019zi ham janglarda faol qatnashgan. Uning 170 ming otliq askarlari bor edi. Bunday ko\u2019p sonli qo\u2019shinni o\u2019ziq-ovqat, yarog\u2019-aslaha, ot va boshqa narsalar bilan ta\u2019minlashning o\u2019zi bo\u2019lmagan, albatta. Ammo xalqni va shaxsan Takishning mustaqillik va ozodlikka qaratilgan xohish-irodasi qiyin va murakkab masalalarni hal etish imkonini bergan. Takish o\u2019z vatanining taraqqiyoti va xalqaro mavqeini ta\u2019minlash uchun faqat urush bilangina emas, balki diplomatik usullarni mohirlik bilan qo\u2019llab, maqsadini izchillik bilan amalga oshirib bordi. U 400 ga yaqin shaharlarni qo\u2019lga kiritib, davlatni yirik imperiyaga aylantirish zaminini yaratdi. Takishning vatanparvarlik siyosatini o\u2019g\u2019li Sulton Muhammad (1200-1220) yuqori bosqichga ko\u2019tardi. Natijada Xorazmshohlar davlatining chegarasi yanada kengayib, xalqaro mavqei oshdi. Zero, 1217 ilga kelib uning tarkibiga Movarounnahr, Xorazm, Isfaxon, Mozandaron, Karmana, Mekran, Kesh, G\u2019azna, Gur, Bayman, O\u2019tror, Ozarbayjon, Arran, Iroq, Sijiston, Fors, Tabariston, Jurjon va boshqa shahar va yerlar kirgan. Imperiya shaharlarida hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi. Dehqonchilik ham o\u2019sgan edi. Ayniqsa uning poytaxti Ko\u2019hna Urganch eng yirik va obod shahar sifatida shuhrat qozondi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xullas, mustaqillik tufayli Xorazmshohlar davlati Sharq olamining eng yirik va obod diyori sifatida o\u2019chmas iz qoldirdi. Fan va madaniyat rivojlanib va hashamatli binolar qurilib, shuhratli uzoq mamlakatlargacha taraldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xorazm shohi saroyida 27 hukmdor yoki ularning vakillari itoat kamarini bellariga bog\u2019lab, oltin nog\u2019ora chalib turganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Xorazmshohlar davlatining shon-shuhrati saroydagi ichki ziddiyat va fitnalar, guruhvozlik va shaxsiy manfaatlarning avjiga minishi orqasidan so\u2019nib bordi. Bu fitnaning asosiy aybdori Sulton Muhammadning onasi Turkon xotun hisoblanadi. Bu mansabparast va o\u2019zboshimcha ayolning farmonlari va ko\u2019rsatmalarini bekor qilib turgan. U o\u2019zining qarindosh-urug\u2019larini qobiliyat va tashkilotchiligini surishtirmay o\u2019ta mas\u2019uliyatli lavozimlarga tayinlangan. Natijada davlat boshqaruvicha o\u2019zboshimchalik va tartibsizlik keng quloch yoydi. Sulton Muhammad esa onasining qilmishlariga qarshi chora ko\u2019rishga ojizlik qildi. Chunki davlatning salohiyatli lavozimlari onasining qarindosh va tarafdorlari tomonidan egallangan edi. Turkon xotun farzandlarni orasiga ham nizo va kelishmovchilik urug\u2019ini sepadi. Natijada taxt uchun kurash harakati tobora kuchayib boradi. Poytaxt Ko\u2019hna Urganchga Turkon xotunning qilmishlari orqasidan suv shu darajada loyqalashib ketadiki, Sulton Muhammad poytaxtni Samarqandga ko\u2019chirishga majbur bo\u2019ladi. Ammo, Shunda ham uning boshi tinchimay jasoratlik, mardlik, tadbirkorlik va sezgirlik singari fazilatlari nihoyatda zaiflashib ketadi. Natijada katta qurbonlar va qiyinchilik hisobiga bunyod etilgan imperiya ich-ichidan chiriy boshladi. Sulton Muhammad esa davlatni boshqarishda izchillik va muvozanatni yo\u2019qotadi. Xorazmshohlar davlati og\u2019ir kunlarni boshidan kechirayotgan paytda Chingizxon boshliq mo\u2019g\u2019ullarning tajovuzi boshlandi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Amir Temur tomonidan vatan mustaqilligi va ozodligining tiklanishi o\u2019zbek xalqining XIII asrlardan boshlab mo\u2019g\u2019ullarga qarshi olib borgan qahramona kurashining mantiqiy davomi sifatida namoyon bo\u2019lgan edi. Shu bois undan oldingi davrlardagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xorazmshohlar-saltanatining-ahvoli\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-116630","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116630","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116630"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116630\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116632,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116630\/revisions\/116632"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116630"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}