{"id":116638,"date":"2024-03-16T09:23:12","date_gmt":"2024-03-16T06:23:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=116638"},"modified":"2024-03-16T15:57:24","modified_gmt":"2024-03-16T12:57:24","slug":"buxoro-tarixi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/buxoro-tarixi\/","title":{"rendered":"Buxoro tarixi"},"content":{"rendered":"\n<p>Muallif: Qahramon Rajabov, Sulaymon Inoyatov<\/p>\n\n\n\n<p><strong>So\u2019zboshi<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Turon mintaqasida kechmishi ming yillarga borib taqaladigan qadimiy shaharlar, ko\u2019hna kentlar, tarixiy qishloqlar mavjudligi turkiy xalqlarning buyuk davlatchilik tarixi va madaniyatidan dalolat beradi. O\u2019zbek xalqining ajdodlari tomonidan 3000 yil muqaddam yurtimizda asos solingan Buxoro shahri nafaqat O\u2019zbekiston yoxud Markaziy Osiyo mintaqasi, balki jahon tarixidagi eng ko\u2019hna va qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi. Buxoro shahri o\u2019rta asrlarda Buxoroi sharif-Sharofatli Buxoro deb e\u2019zozlangan. Tarixiy Buxoro viloyati (Buxoro vohasi)da esa ko\u2019hna va hamisha navqiron Buxoro bilan bo\u2019ylashadigan ko\u2019plab shaharlar, kentlar va tumanlar mavjud.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxorolik mashhur alloma va davlat arbobi Abdurauf Fitrat (1886-1938) o\u2019z ona shahri haqida bundan 100 yil oldin shunday deb yozgan edi: \u201cBuxoro bizning muqaddas vatanimizdir. Buxoro bizning mehribon onamizdir, Buxoro bizning nash\u2019u namo joyimiz. Buxoro bizning sajdagohimizdir. Buxoro bizning aziz ma\u2019shuqimizdir. Buxoro bizning jonimiz-la barobar mahbubimizdir. Buxoro bizdandir, biz Buxorodan. Bas, bu qadar g\u2019aflat va tanballik, bexabarlik va johillikda o\u2019tirganimiz\u2026\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1996 yil 14 dekabrda Xalq deputatlari Buxoro viloyati sessiyasida so\u2019zlagan nutqida Buxoro va buxoroliklar haqida quyidagi fikrlarni bildirib o\u2019tgan edi: \u201cYer yuzida Buxoroning ta\u2019rifini eshitmagan, uni bilmagan, uni umrida biror marta o\u2019z ko\u2019zi bilan ko\u2019rishini orzu qilmagan ma\u2019rifatli odam yo\u2019q desak, aslo xato bo\u2019lmas. Buxoro nafaqat O\u2019zbekistonni, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasini dunyoga mashhur etgan. Unga Buxoroi sharif degan nom bejiz berilmagan. Negaki, bu muqaddas zaminda Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr Muhammad Narshaxiy, Imom Buxoriy, Xoja Bahouddin Naqshband va uning piru ustozlari &#8211; Abduxoliq G\u2019ijduvoniy, Xoja Orif Revgariy, Xoja Mahmud Fag\u2019naviy, Xoja Ali Rametaniy, Muhammad Samosiy, Sayyid Mir Kulol, keyingi zamonlarda Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo\u2019jayev, Ibrohim Mo\u2019minov kabi ulug\u2019 zotlar o\u2019tganki, ularning nomlarini yodlash va e\u2019zozlash har bir vatandoshimiz, har bir insonning burchidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu muborak zaminda o\u2019tgan aziz-avliyolarning ruhlari qo\u2019llagan Buxoro ahlini biz hammamiz qo\u2019li gul, dili sof, iymoni butun va irodasi baquvvat kishilar sifatida juda yaxshi bilamiz va hurmat qilamiz\u2026<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro ahli ana shunday zahmatkash, ishning ko\u2019zini biladigan xalq. O\u2019tmishda ham, keyingi zamonlarda ham buxoroliklar tashabbuskorligi, yangilikka tashnaligi bilan xalqimiz orasida mashhur bo\u2019lganlar. Yaxshilab eslab ko\u2019rsak, paxtachilikda ham, chorvachilikda ham, boshqa talay sohalarda ham buxoroliklar ko\u2019p marta ibratu namuna ko\u2019rsatganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroning yer osti va yer usti boyliklari, moddiy potensiali juda buyuk. Xorijiy sarmoya ishtirokida qurilayotgan neftni qayta ishlash zavodini olib qaraylik. Bu ulkan korxona hali bitmasdan turib butun jahon ahlining tiliga tushdi. Buning sababi bor, albatta. Chunki bu zavod O\u2019zbekiston davlatinign neft mustaqilligi dasturida beqiyos o\u2019rin tutadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yoki Buxoro zardo\u2019zlari mehnatini olib qaraylik. Bunday san\u2019at, bunday mahorat yer yuzida topilmaydi. Buxoroning zardo\u2019zi do\u2019ppilari, zar choponlari, zar kovushlari, turli zar bezaklari dunyodagi eng mashhur muzeylarning faxriga aylangan\u2026<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro &#8211; qadimiy va mo\u2019tabar shahar. U &#8211; butun insoniyat madaniyati va tarixida ulkan o\u2019rin tutuvchi muqaddas maskan. Dunyoda million-million kishilar Buxoroni ziyorat qilish, uni tavof etish orzusi bilan yashamoqda. Boshqacha aytganda, Buxoro xalqaro turizm uchun jozibali manzillardan biridir. Biroq ana shunday katta imkoniyatdan unumli foydalanilmayapti\u2026<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroning o\u2019z yo\u2019li, o\u2019z uslubi, qo\u2019li gul ustalari bor. Shularning boshini birlashtirib, obodonchilikka, bunyodkorlikka safarbar etadigan fidoyi odamning o\u2019zi yo\u2019q\u2026<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroning o\u2019ziga xos qiyofasi, o\u2019ziga xos shevasi bor. Shu zaminga qadam qo\u2019yganda odam o\u2019zini boshqacha sezadi. Negaki, bu zaminda yashaydigan insonlarning chehrasi ochiq, yuzida doimo tabassum. Buxoro qariyalari haqida alohida gapirmoqchiman. Ularning ozodaligi, mo\u2019min-musulmonligi, nuroniyligi barchamizga ibrat bo\u2019ladi. Agar mahalliy nuroniylarning, oqsoqollarning umumlashgan siymosini izlsangiz, uni Buxoroi sharifdan topasiz\u2026<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroning mehmondo\u2019st, shirinso\u2019z, g\u2019ayratli va shijoatli odamlarni ko\u2019rib, viloyat rahbarlaridan so\u2019ragin keladi. Shunday odamlar bilan oldingi saflarda bo\u2019lmaslik gunoh emasmi?<\/p>\n\n\n\n<p>Men aniq ishonamanki, Buxoro ahli o\u2019zining asl shuhratini tiklaydi va mamlakatga ibrat bo\u2019lgulik ezgu ishlarni amalga oshiradi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlatimiz rahbari Islom Karimov Buxoro shahrining o\u2019zbek xalqi va davlatchiligi tarixidagi muhim o\u2019rinni bundan qariyb 20 yilcha muqaddam quyidagicha ko\u2019rsatib o\u2019tgan edi: \u201cBuxoro o\u2019lkamizning ming yillar davomida jahon tafakkuri, ma\u2019naviy, madaniy va diniy qadriyatlari taraqqiyotiga ulkan hissa qo\u2019shib kelayotgan, shariflik nomiga sazovor bo\u2019lgan muqaddas joylaridan biridir.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro \u201cqubbatul islom\u201d, ya\u2019ni \u201cislom dinining gumbazi\u201d va buyuk ulamolar so\u2019zi bilan aytganda, \u201cquvvati dini islom\u201d deb tan olinishi ham Buxoroning jahonda, bugungi Sharq mintaqasida musulmon dunyosining mo\u2019tabar markazlaridan biri bo\u2019lishidan e\u2019tirofdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro tarixiga nazar tashlar ekanmiz, millatimizning yigirma besh asrlik yo\u2019lini ko\u2019ramiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroning har bir qarich yeri, har bir tarixiy va madaniy obidasi el-yurtimizning buyuk iqtidori va yaratuvchilik salohiyatidan, ma\u2019naviyat va madaniyat, falsafa va din ravnaqi yo\u2019lidan darak beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>X asrning masshur tarixchisi, asli buxorolik Abu Bakr Muhammad Narshaxiy naql qilishicha, Buxoroga turkiy qabilalar asos solgan bo\u2019lib, bu yerda \u201csuv va daraxtlar, ov qilinadigan jonivorlar ko\u2019p bo\u2019lganidan kishilarga xush kelib, shu yerga joylashganlar\u201d. Narshaxiy shuni ham ta\u2019kidlaydiki, eng qadimgi milliy qahramonlarimizdan bo\u2019lmish Alp Erto\u2019nga (Afrosiyob) ham aynan Buxoroda dafn etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu tabarruk tuproqda miloddan avvalgi VI asrda eronlik Kayxusrav, miloddan avvalgi IV asrda yunonistonlik Iskandar Zulqarnayn, milodiy VII asrda arablar, XIII asrda Chingizxon, XIX asrda esa rus istilochilarining tajovuzlari ne-ne kulfatlar keltirmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu azi shahar, Karmana, Boykent, Vobkent, Shofirkon, Romitan, G\u2019ijduvon kabi qadimgi kentlarni o\u2019z bag\u2019riga olgan Buxoro vohasida yashagan erksevar ajdodlarimiz har qanday istibdod va zulmga qaramay, el-yurt ozodligi yo\u2019lida muttasil qahramonona kurashib keldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Yovuz bosqinchilarga va istilochilarga qarshi ozodlik bayrog\u2019ini ko\u2019targan Shiroq, Spitamen, Mahmud Torobiy, Tamir Xotun (To\u2019maris), malika Qabaj xotun kabi ajdodlarimiz jasorati avlodlar uchun vatanparvarlik va shijoat timsolidir.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019tgan ikki yarim ming yil davomida o\u2019zbek davlatchiligini boshqargan qadimiy xorazmshohlar, kushonlar, eftalitlar, ashinaliylar, somoniylar, qoraxoniylar, anushteginiylar, temuriylar, shayboniylar, ashtarxoniylar, mang\u2019itlar sulolalari va tariximizda, xususan, Buxoroi azimda o\u2019ziga yarasha nom iz iz qoldirdilar\u2026<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro nafaqat yurtimiz, balki butun Sharqning ilm markazi bo\u2019lib kelgan. Imom Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mir Kulol, Boboi Samosiy, Fag\u2019naviy, Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo\u2019jayev va boshqa shu kabi buyuk zotlar yetishib chiqqan, tahsil olgan bu makon bundan buyon ham ilmu fan, ma\u2019rifat va ijod beshigi bo\u2019lib qolaveradi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Prezident Islom Karimov Buxoro viloyatining mustaqillik yillaridagi dadil odimlari hamda buxoroliklarning shavkatli faoliyati to\u2019g\u2019risida quyidagicha fikr bildirgan edi: \u201cIstiqlol ko\u2019hna Buxoro hayotiga yangi bir nafas olib keldi. Buxoro viloyati va shahrida bugungi kunda zamonaviy sanoat, qishloq xo\u2019jaligi, ilm-fan, madaniyat va san\u2019at yangi yuksalish yo\u2019liga kirdi. Buxoro yurtining qiyofasi yildan-yilga o\u2019zgarmoqda, yangi shukuh topmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro neftni qayta ishlash korxonasining ishga tushgani dunyo ahli tarafidan muhim voqea sifatida e\u2019tirof etildi. Shahar va viloyatda juda katta qurilish va obodonchilik ishlari olib borilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro dehqonlari va mirishkorlari o\u2019z sahovatli mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo\u2019shmoqdalar.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroning tengsiz zardo\u2019zi liboslari, oltinga teng tillasi, qorako\u2019l terilari jahon bozorida munosib bahosini olmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharq me\u2019morchilik san\u2019atining noyob namunalari bo\u2019lgan barcha qadimiy obidalar mustaqillik sharofati bilan yana asl shakliga qaytmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroning va buxoroliklarning yana bir katta yutug\u2019i shundaki, bugun bu tabarruk zaminda turli millatu dinga mansub kishilar &#8211; tojiklar, turkmanlar, ruslar, yahudiylar, qozoqlar, koreyslar, armanlar va boshqa o\u2019nlab millat vakillari o\u2019zbeklar bilan birga qo\u2019lni-qo\u2019lga berib, do\u2019stona, ahil, hamkor va hamjihar bo\u2019lib yashamoqdalar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Dalatimiz rahbari I.Karimov barkamol avlodni mustaqillik ruhida tarbiyalash uchun Buxoroning qadim tarixiga qayta-qayta murojaat etish bugungi kun talabi ekanligini vatandoshlar va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ongiga takror-takror singdiradi: \u201cZamonlar o\u2019tar, yillar, asrlar o\u2019tadi. Hech shubha yo\u2019qki, farzandlarimiz, nevaralarimiz, kelajak nasllar Buxoroga, uning qadim tarixiga qayta-qayta murojaat etadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Vatanimizni ozod va obod qilish uchun kurashda qurbon bo\u2019lganlarni, mustaqillik imorati poydevoriga birinchi g\u2019isht qo\u2019ygan ota-bobolarini sira unutmaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Yangi o\u2019sib kelayotgan avlodlarimiz o\u2019z tarixini, yurtini, aziz-avliyolarni, osori-atiqalarini boshiga ko\u2019tarib, shu tariqa ko\u2019kka ko\u2019tarib, umumbashariy qadriyatlar xazinasiga o\u2019zlarining munosib hissasini qo\u2019shadilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cTafakkur\u201d nashriyotida 2015 yilda chop etilgan \u201cBuxoro viloyati tumanlari va shaharlari\u201d deb nomlangan turkum risolalar (ularning umumiy miqdori 14 ta) Buxoro viloyati tumanlari va shaharlarining muxtasar tarixi, geografiyasi, iqtisodi va madaniyati, mashhur kishilari va me\u2019moriy yodgorliklari yoritilgan qisqacha ma\u2019lumotnomadan iborat edi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mustaqillik yillarida Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga to\u2019xtalib, 2015 yil fevral-mart oylarida saylovchilar bilan uchrashuvlarda so\u2019zlagan nutqlaridan biridan unga quyidagicha baho bergan edi: \u201cBuxoro viloyati misolida oladigan bo\u2019lsak, bu yerda keyingi yetti yilning o\u2019zida 9,5 milliard dollar hajmda investitsiya kiritildi. Bu raqamlarni kimdir biladi, kimdir bilmaydi. Kelgusi besh yilda 7,8 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb etish hisobidan bir qancha lohiyalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodiyot tarkibini tubdan o\u2019zgartirishdek o\u2019ta muhim masalalarni hal etish, Buxoroning saxovatli zaminida mavjud bo\u2019lgan tabiiy boyliklardan samarali foydalanish maqsadida mustaqillik yillarida viloyatda yitik Gaz uzatish compressor stansiyasi, \u201cKNAUF gips-Buxoro\u201d qo\u2019shma korxonasi, G\u2019ijduvon temir-beton va Gazli neft qazib chiqarish korxonalari barpo etildi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/buxoro-haqidagi-umumiy-malumotlar\/\">Buxoro haqidagi umumiy ma\u2019lumotlar<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/buxoro-vohasi-arxeologiyasi\/\">Buxoro vohasi arxeologiyasi<\/a><\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro vohasining aholisi va etnik tarkibi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro guzarlari va mahallalari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro Buyuk bitigida<\/p>\n\n\n\n<p>Abu Bakr Muhammad ibn Ja\u2019far Narshaxiy. \u201cBuxoro tarixi\u201d asaridan<\/p>\n\n\n\n<p>Ibn Havkal. \u201cKitob surat al-ard\u201d asaridan<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro ta\u2019rifida<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cBuxoro atamasi va Buxoroning unvonlari<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston milliy qomusi sahifalarida Buxoro tarixining yoritilishi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro miniatyura maktabi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro zardo\u2019zlik san\u2019ati<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro zargarlik maktabi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro kandakorlik maktabi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro yog\u2019och va ganch o\u2019ymakorligi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro Shoshmaqomi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro raqsi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro-Samarqand musiqa uslubi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroda pul tizimi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro tilla tangasi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro kumush tangasi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro va Samarqand suv taqsimoti<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro yahudiylari<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cBuxoroyi sharif\u201d gazetasi<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cBuxarskaya jizn\u201d jurnali<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cBuxoro haqiqati\u201d gazetasi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro ilmiy jamiyati<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cBuxkino\u201d tashkiloti<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro maorif uyi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro qatlamlari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro qorako\u2019li<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro xonguli<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro temir yo\u2019li<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro &#8211; Ural gaz yo\u2019li<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro &#8211; Toshkent &#8211; Bishkek &#8211; Olmaota gaz yo\u2019li<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro \u201cJayron\u201d ekologik markazi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro tarixi solnomasi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroning qisqacha siyosiy tarixi<\/p>\n\n\n\n<p>Sug\u2019 [Sug\u2019diyona]<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimgi Sug\u2019d va Buxoro Sug\u2019di<\/p>\n\n\n\n<p>Eftalitlar davlati (Oq xunnlar davlati)<\/p>\n\n\n\n<p>Sug\u2019d ixshidlari konfederatsiyasi<\/p>\n\n\n\n<p>Abruy qo\u2019zg\u2019oloni<\/p>\n\n\n\n<p>Buxorxudotlar podsholigi<\/p>\n\n\n\n<p>Vardonxudotlar podsholigi<\/p>\n\n\n\n<p>Abu Muslim harakati<\/p>\n\n\n\n<p>Sharik qo\u2019zg\u2019oloni<\/p>\n\n\n\n<p>Muqanna qo\u2019zg\u2019oloni<\/p>\n\n\n\n<p>Somoniylar amirligi<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019arbiy Qoraxoniylar davlati<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro burhonlar va sadrlari<\/p>\n\n\n\n<p>Malik Sanjar qo\u2019zg\u2019oloni<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroning mo\u2019g\u2019ullardan mudofaasi<\/p>\n\n\n\n<p>Mahmud Torobiy qo\u2019zg\u2019oloni<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro xonligi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro amirligi<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiya-Buxoro shartnomalari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxorodagi Rossiya vakolatxonalari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroda 1910 yil yanvar voqealari<\/p>\n\n\n\n<p>Yosh buxoroliklar<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroda 1917 yil aprel namoyishi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroda 1918 yil mart voqealari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroga qizil armiya hujumi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro Xalq Sovet Respublikasi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro sovet hokimiyati davrida<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroning me\u2019moriy yodgorliklari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro arki<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro qal\u2019asi<\/p>\n\n\n\n<p>Registon maydoni<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro darvozalari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro madrasalari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro minoralari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro masjidlari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxorodagi kutubxonalari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxorodagi tim va toqilar<\/p>\n\n\n\n<p>Buxorodagi xonaqohlar<\/p>\n\n\n\n<p>Buxorodagi qabriston va maqbaralar<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro hammomlari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro hovuzlari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro saroylari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro me\u2019moriy majmualari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxorodagi boshqa obidalar<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroning mashhur kishilari<\/p>\n\n\n\n<p>Buyuk buxoriylar<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroning buyuk tarixchisi<\/p>\n\n\n\n<p>Tib ilmining bobokaloni<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroning yetti piri<\/p>\n\n\n\n<p>Chor Bakr va Jo\u2019ybor xojalari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro hukmdorlari va davlat arboblari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro otaliq va qo\u2019shbegilari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro qo\u2019rboshilari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxorolik XX asrdagi davlat va jamoat arboblari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxorolik islom ularmolari va naqshbandiya tariqari namoyandalari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro olimlari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro shoir va adiblari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro san\u2019atkor va rassomlari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroning afandisi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro sarmoyadorlari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxorolik urush, mehnat va davlat qahramonlari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro sportchilari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro shahri mustaqillik yillarida<\/p>\n\n\n\n<p>Sanoati<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro neftni qayta ishlash zavodi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro \u201cZardo\u2019z\u201d aktsiyadorlik jamiyati<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cBuxoroteks\u201d aktsiyadorlik jamiyati<\/p>\n\n\n\n<p>Transporti<\/p>\n\n\n\n<p>Ta\u2019lim tizimi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxorodagi oliy o\u2019quv yurtlari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxorodagi akademik litseylari<\/p>\n\n\n\n<p>Buxorodagi kasb-hunar kollejlari<\/p>\n\n\n\n<p>Madaniyati<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro davlat me\u2019moriy-badiiy muzey-qo\u2019riqxonasi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro teatrlari<\/p>\n\n\n\n<p>Sog\u2019liqni saqlash<\/p>\n\n\n\n<p>Sport<\/p>\n\n\n\n<p>Adabiyoti<\/p>\n\n\n\n<p>Ommaviy axborot vositalari<\/p>\n\n\n\n<p>Matbuoti<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cBuxoronoma\u201d gazetasi<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cBuxarskiy vestnik\u201d gazetasi<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cBuxoro oqshomi\u201d gazetasi<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cBuxoro mavjlari\u201d jurnali<\/p>\n\n\n\n<p>Boshqa gazetalar<\/p>\n\n\n\n<p>Radioeshittirish va televideniyesi<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro shahar hokimiyati faoliyati<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroning yoshi nechada?<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muallif: Qahramon Rajabov, Sulaymon Inoyatov So\u2019zboshi Turon mintaqasida kechmishi ming yillarga borib taqaladigan qadimiy shaharlar, ko\u2019hna kentlar, tarixiy qishloqlar mavjudligi turkiy xalqlarning buyuk davlatchilik tarixi va madaniyatidan dalolat beradi. O\u2019zbek &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/buxoro-tarixi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-116638","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116638","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116638"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116638\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116653,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/116638\/revisions\/116653"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116638"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}