{"id":1221,"date":"2021-09-18T20:10:13","date_gmt":"2021-09-18T17:10:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1221"},"modified":"2021-09-18T20:10:15","modified_gmt":"2021-09-18T17:10:15","slug":"nafis-sanatlar-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nafis-sanatlar-nima\/","title":{"rendered":"Nafis san\u2019atlar nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Hozirgi dunyoda deyarli hamma joyda san&#8217;atning u yoki bu shakli namoyon bo&#8217;lishiga duch kelamiz. Sizning uyingizdagi mebellar, uyning o&#8217;zi, Sizning soatingiz yoxud kiyim-kechagingiz \u2014 bularning barchasini u yoki bu ma&#8217;noda san&#8217;atga taalluqli deb bilsa bo&#8217;ladi. Keltirilganlardan istalganida kimdir sizga tegishli narsani yanada jozibaliroq qilishga uringan holda uni bezagan va sayqallagan bo&#8217;lib chiqadi. Garchi shunday bo&#8217;lsa-da, amaliy san&#8217;at deb ataluvchi muntazamlik ikkinchi darajali mavqe kasb etadi: u faqatgina odam bolasi belgilangan maqsadiga ko&#8217;ra to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri foydalanadigan buyumni chiroyli bezashga xizmat qiladi, xolos. Nafis san&#8217;atlar (zamonamiz tilida shunchaki san&#8217;at) esa tamomila boshqasi, ya&#8217;ni ularning nomlanishidan ko&#8217;rinib turganidek, \u2014 o&#8217;z-o&#8217;zicha &#8220;nafis&#8221; bo&#8217;lganlari bilan shug&#8217;ullanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rassomchilik, haykaltaroshlik, adabiyot, teatr, raqs va me&#8217;morchilik &#8220;nafis&#8221; san&#8217;atlar sirasiga kiritiladi. Hozirgina sanab o&#8217;tilgan san&#8217;at turlaridan atigi me&#8217;morchilikkina &#8220;amaliy foydalilik&#8221; kasb etadi. Me&#8217;morlar nafaqat o&#8217;zlari qurayotgan inshootlarning go&#8217;zalligi, qolaversa ularning foydaliligi xususida bosh qotirishga majbur bo&#8217;ladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundaylikka shundayku-ya, biroq, yaratuvchi rassomning ulkan mehnati va izlanishi natijasida yaratilgan san&#8217;at asari umuman hech bir amaliy foydaga ega bo&#8217;lmasligi ham mumkin. Ular Sizning go&#8217;zal va nafis narsalarga bo&#8217;lgan ehtiyojlaringizni qanoatlantirish uchun yaratiladi, \u2014 bor gap shu, xolos. Demak, haykal, kuy, pesa, kitob va hokazolar ijodning pirovard natijasiga aylanishi mumkin ekan.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirgi zamon san&#8217;atining barcha turlarida g&#8217;oyatda qiziqarli va maroqli tajribalarga misol bo&#8217;la oladigan izlanishlarga duch kelishimiz muqarrar. Shunday bo&#8217;lsa hamki, baribir badiiy ijodning barcha turlariga oid asarlardagi an&#8217;anaviy uslublar qandaydir mushtaraklik va umumiylik kasb etadi. O&#8217;sha qandaydir \u2014 asarlarda gavdalantiriladigan timsol-obraz sanaladi. Bu timsol tovushlar, toshlar, so&#8217;zlar, qurilish materiallari, chizmalar va bo&#8217;yoqlar yordamida gavdalantiriladi. Har bir timsolda marom, mutanosiblik va uyg&#8217;unlik deb ataladigan doimiyliklar ishtirok etadi. Marom tovushlar, ranglar, shakllar va harakatlarning ko&#8217;proq yoxud kamroq darajada tartibli takrorlanishidan hosil bo&#8217;ladi. Mutanosiblik \u2014 bu rassom niyatining o&#8217;lchamdosh bo&#8217;laklarda bizga to&#8217;g&#8217;ri ifodalangandek tuyuladigan bir tarzda aks ettirilishi. Uyg&#8217;unlik esa timsol qismlarining bir biriga tabiiy ravishda mos kelishi va mutanosiblikning saqlanishidir. Aytib o&#8217;tilganlarning bari, shubhasiz, faqatgina badiiy ijod va nafis san&#8217;atlar sohalariga oid eng umumiy tushunchalardir, xolos.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hozirgi dunyoda deyarli hamma joyda san&#8217;atning u yoki bu shakli namoyon bo&#8217;lishiga duch kelamiz. Sizning uyingizdagi mebellar, uyning o&#8217;zi, Sizning soatingiz yoxud kiyim-kechagingiz \u2014 bularning barchasini u yoki bu ma&#8217;noda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nafis-sanatlar-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1221","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1221","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1221"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1221\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1222,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1221\/revisions\/1222"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1221"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}