{"id":1242,"date":"2021-09-19T11:15:13","date_gmt":"2021-09-19T08:15:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1242"},"modified":"2021-09-19T11:15:14","modified_gmt":"2021-09-19T08:15:14","slug":"kometa-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kometa-nima\/","title":{"rendered":"Kometa nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Bir vaqtlar odamlar paydo bo&#8217;lgan kometalarni ko&#8217;rib dahshatga tushishgan. Ular kometani shayton alomati, vabo, urushlar va o&#8217;lim nishonasi deb bilishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bugungi kunga kelib, kometalar nima ekanini bilsak-da, ular haqidagi ko&#8217;p narsalar hali bizga ma&#8217;lum emas. Kometaga ilk bor ko&#8217;zimiz tushganda, garchi diametri bir necha ming kilometrni tashkil etsa ham, uning kichik bir shu&#8217;lali jism ekanini kuzatamiz. Kometaning markazidagi kichik, yarqiroq yorug&#8217;lik nuqtasini ham ko&#8217;rish mumkin. Ushbu yorug&#8217;lik nuqtasi kometaning yadrosi deb ataladi. Munajjimlarning fikricha, yadro muz va chang zarralari aralashmasidir. Bu aralashmadan diametri 0,5 dan 20 kilometrgacha bo&#8217;lgan shar hosil bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Quyoshga yaqinlashishi bilan kometaning dumi paydo bo&#8217;ladi. Dum juda siyrak gaz va o&#8217;ta mayda zarralardan iborat bo&#8217;lib, ular kometa yadrosidan Quyosh ta&#8217;siri ostida ajralib chiqadi. Kometa yadrosini uning &#8220;po&#8217;stloq&#8221; deb atalmish uchinchi qismi o&#8217;rab turadi. U qattiq moddadan iborat yolqinlanib turuvchi bulutdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Kometalar dumi turli shakl va o&#8217;lchamga ega. Ba&#8217;zilari \u2014 qisqa va keng, boshqalari esa uzun va ingichka. Ba&#8217;zi kometalarning esa, umuman, dumi yo&#8217;q. Kometa Quyoshga yaqinlashayotganda undan dum o&#8217;nib chiqadi va harakati ham tezlashadi. Bu vaqtda kometa boshi oldinda quyi harakat qiladi. So&#8217;ngra qiziq bir vaziyat yuz beradi. Kometa quyoshdan uzoqlashgani sari dumi uning oldiga o&#8217;tadi. Buning sababi shundaki, Quyosh nurlari kometa yadrosidan materiyaning mayda zarralarini yulib oladi va uning Quyoshga teskari bo&#8217;lgan yo&#8217;nalishda dumi paydo bo&#8217;lishiga olib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuning uchun kometa Quyoshdan uzoqlashayotganda dumi oldinda quyi harakatlana boshlaydi. Bu vaqtda kometaning tezligi pasayadi va asta-sekin ko&#8217;zimizga ko&#8217;rinmay qoladi. Kometalar uzoq yillar yo&#8217;q bo&#8217;lib ketishi ham mumkin, ammo aksariyati vaqt o&#8217;tishi bilan qaytib keladi. Ular Quyosh atrofida aylanadi. Ayrimlarining Quyosh atrofida bir marta to&#8217;la aylanib chiqishi uchun juda ko&#8217;p vaqt talab etiladi. Masalan, Galley kometasi Quyosh atrofida 76 yilda bir marta to&#8217;la aylanib chiqadi. Galley kometasi ilk marta xitoylik bir rassom chizgan suratda meloddan avvalgi 168 yilda o&#8217;z aksini topgan. 1682 yilda Britaniya qiroli munajjimi Edmund Galley bu kometaning harakatini kuzatish jarayonida olib borgan o&#8217;z yozuvlarini sinchiklab tekshirib chiqqandan so&#8217;ng, aynan shu kometa har 76 yilda erga yaqin kelib ketishini aniqladi. Bu kometani inglizlar 1066 yili Gastings yaqinidagi jang arafasida ko&#8217;rishgan. 1986 yili Galley kometasi to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;lumot to&#8217;plash uchun kosmik kema uchirildi. Kema kometaning shakli va o&#8217;lchamlarini ko&#8217;rsatuvchi 2000 ta suratni yerga yubordi. Aniqlanishicha, kometa olimlar taxmin qilganidan ikki marta katta ekan. Uning uzunligi 16 km.dan oshiq, eni esa 10 km atrofida.<\/p>\n\n\n\n<p>Munajjimlar bugungi kungacha 1000 ga yaqin kometani ro&#8217;yxatga olishgan, ammo bizning Quyosh sistemamizda ko&#8217;zga ko&#8217;rinmaydigan kometalarning soni bir necha yuz mingdan oshiq bo&#8217;lishi ham ehtimoldan xoli emas. Har bir asrda kometalar Quyosh yaqinidan shu darajada ko&#8217;p o&#8217;tadiki, ularning yorqin va porloq &#8220;dumi&#8221;ni yerdan ham ko&#8217;rish mumkin bo&#8217;ladi. Kometani faqat Quyoshning yonidan o&#8217;tayotganda kuzatish mumkin. So&#8217;ngra Quyosh kometa yadrosidagi muzni bug&#8217;lantirib yuboradi. Quyoshdan chiqayotgan radiatsiya gazlar orqali o&#8217;tib, ularni ionlaydi va bu gazlar nurlanishiga sabab bo&#8217;ladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bir vaqtlar odamlar paydo bo&#8217;lgan kometalarni ko&#8217;rib dahshatga tushishgan. Ular kometani shayton alomati, vabo, urushlar va o&#8217;lim nishonasi deb bilishgan. Bugungi kunga kelib, kometalar nima ekanini bilsak-da, ular haqidagi ko&#8217;p &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kometa-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1242","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1242","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1242"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1242\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1243,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1242\/revisions\/1243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1242"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}