{"id":1247,"date":"2021-09-19T12:18:09","date_gmt":"2021-09-19T09:18:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1247"},"modified":"2021-09-19T12:18:10","modified_gmt":"2021-09-19T09:18:10","slug":"asteroid-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/asteroid-nima\/","title":{"rendered":"Asteroid nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Dunyoda osmon jismlarini kashf etish sirning oshkor bo&#8217;lishiga o&#8217;xshaydi. Asteroidlar ham xuddi shunday kashf qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Titsius va Bode degan ikki olim turli vaqtda, Mars \u2014 Mirrix bilan Yupiter \u2014 Mushtariy o&#8217;rtasida qandaydir sayyora bo&#8217;lishi kerak, degan bir xulosaga kelishdi, chunki bu ikki sayyora o&#8217;rtasidagi masofada qandaydir ochiq joy bor edi. Shuning uchun bir necha munajjimlar bu sayyorani izlashga kirishib ketishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1801 yilda haqiqatan ham o&#8217;sha joyda Tserera deb nom olgan sayyora topildi. Lekin uning diametri, bor-yo&#8217;g&#8217;i, 600 mildan iborat. Olimlar, u kichik sayyoralar guruhiga mansub bo&#8217;lishi kerak, degan qarorga kelishdi va izlanishlarni davom ettirishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bir oz vaqt o&#8217;tgach, eng kattasi Tsereradan ikki marta kichik bo&#8217;lgan yana uchta sayyora kashf etildi. Munajjimlar bu to&#8217;rt sayyora qaysidir bir noma&#8217;lum sayyora portlashi natijasida hosil bo&#8217;lgan to&#8217;rt bo&#8217;lak, degan xulosaga kelishdi. Ammo o&#8217;n besh yillik muttasil izlanishlardan so&#8217;ng bir munajjim yana bir kichik sayyorani izlab topdi va izlanishlar davom ettirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1890 yilga kelib 300 ta kichik sayyora topildi, 1890 va 1927 yillar oralig&#8217;ida esa ulardan yana 2000 tasi kashf etildi. Asosan, Mars va Yupiter o&#8217;rtasidagi fazoda Quyosh atrofida aylanadigan bu kichik sayyoralar asteroidlar nomini oldi. Hisob-kitoblarga haraganda, ularning soni 100 000 taga yetadi, ulardan ayrimlari juda kichik bo&#8217;lgani uchun topish ancha mushkul bo&#8217;lgan. Ayrimlarining ko&#8217;ndalang o&#8217;lchami bir necha yuz metr, xolos, ularning umumiy massasi yer massasining arzimas qisminigina tashkil etadi. Asteroidlarning paydo bo&#8217;lishi to&#8217;g&#8217;risidagi farazga ko&#8217;ra, ular Yupiter yo&#8217;ldoshi portlashi natijasida hosil bo&#8217;lgan parchalardir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Dunyoda osmon jismlarini kashf etish sirning oshkor bo&#8217;lishiga o&#8217;xshaydi. Asteroidlar ham xuddi shunday kashf qilingan. Titsius va Bode degan ikki olim turli vaqtda, Mars \u2014 Mirrix bilan Yupiter \u2014 Mushtariy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/asteroid-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1247","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1247","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1247"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1247\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1249,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1247\/revisions\/1249"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1247"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}