{"id":1270,"date":"2021-09-19T20:19:59","date_gmt":"2021-09-19T17:19:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1270"},"modified":"2021-09-19T20:20:00","modified_gmt":"2021-09-19T17:20:00","slug":"nima-uchun-koinotdagi-gravitasiya-yerdagidan-farq-qiladi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nima-uchun-koinotdagi-gravitasiya-yerdagidan-farq-qiladi\/","title":{"rendered":"Nima uchun koinotdagi gravitasiya yerdagidan farq qiladi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Koinotda har bir jism boshqasiga ta&#8217;sir etadi, ular o&#8217;zaro tortishadi. Bu tortish kuchi yoki gravitasiya deb ataladi. Tortish kuchi ikki omilga bog&#8217;liq.<\/p>\n\n\n\n<p>Birinchidan, u ob&#8217;yekt, jism yoki narsa tarkibida qancha modda borligiga bog&#8217;liq. Jism moddasining massasi qancha katta bo&#8217;lsa, gravitasiya shuncha kuchli bo&#8217;ladi. Agar jismning massasi kichik bo&#8217;lsa, uning tortish kuchi ham kam bo&#8217;ladi. Masalan, yerning massasi Oynikidan ko&#8217;p marta katta, shuning uchun yer oyga nisbatan ko&#8217;proq og&#8217;irlik kuchiga ega.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchidan, og&#8217;irlik kuchi jismlar o&#8217;rtasidagi masofaga bog&#8217;liq. Jismlar bir-biriga qancha yaqin joylashgan bo&#8217;lsa, ular o&#8217;rtasidagi tortish kuchi shuncha katta bo&#8217;ladi. Ular o&#8217;zaro uzoq joylashgan bo&#8217;lsa, gravitasiya ham kam bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Endi yerda odamlarning yashashiga bir nazar solaylik. Yerning massasi odamnikiga nisbatan katta, shuning uchun ham og&#8217;irlik kuchi uni yerda ushlab turadi. Yer butun materiyasi, butun moddalari markazda turganday ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Yerning har bir nuqtasidagi og&#8217;irlik kuchini hisoblaganda, o&#8217;sha nuqta bilan uning markazi o&#8217;rtasidagi masofani hisobga olish kerak bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Dengiz sohilidagi og&#8217;irlik kuchi tog&#8217;cho&#8217;qqisidagiga nisbatan ko&#8217;proqdir. Endi yer yuzasidan juda olis masofaga uzoqlashgan odamni ko&#8217;z oldingizga keltiring. U yerda yerning tortish kuchi juda zaif bo&#8217;ladi. Nima uchun yerning tortish kuchi bizning atrofimizda oddiy holda ko&#8217;zga tashlanmdydi? Nima uchun biz stollar, tarvuzlar yoki odamlar o&#8217;zaro tortishayotganini ko&#8217;rmaymiz? Chunki kichik narsalarning o&#8217;zaro tortish kuchi juda zaif. Masalan, bir-biridan ikki metr narida turgan ikki kishi bir-birini tortadi, ammo bu tortish kuchi shu darajada ozki, milligrammning yuzdan bir ulushidan ham kam og&#8217;irlikni tashkil etadi. Boshqacha aytganda, o&#8217;sha kishilarning o&#8217;zaro tortish kuchi tarozi posangisini bosayotgan grammning yuz mingdan bir ulushichalik toshga teng. Bunday yuk og&#8217;irligini ilmiy laboratoriyalarning o&#8217;ta sezgir tarozilari sezishi mumkin, xolos. Bunday kuch bizlarni joyimizdan qo&#8217;zg&#8217;atishga qodir emas. Bunga poyabzalimiz tagcharmining yerga ishqalanishi yo&#8217;l qo&#8217;ymaydi. Bizni polda turgan joyimizdan qo&#8217;zg&#8217;atish uchun 20 kg.dan oshiqroq yuk kerak bo&#8217;ladi. Shuning uchun ham, biz oddiy sharoitda yerdagi jismlarning o&#8217;zaro tortishishini sezmasligimizdan ajablanmasak ham bo&#8217;ladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Koinotda har bir jism boshqasiga ta&#8217;sir etadi, ular o&#8217;zaro tortishadi. Bu tortish kuchi yoki gravitasiya deb ataladi. Tortish kuchi ikki omilga bog&#8217;liq. Birinchidan, u ob&#8217;yekt, jism yoki narsa tarkibida qancha &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nima-uchun-koinotdagi-gravitasiya-yerdagidan-farq-qiladi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1270","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1270","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1270"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1270\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1272,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1270\/revisions\/1272"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1270"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}