{"id":1292,"date":"2021-09-19T20:35:39","date_gmt":"2021-09-19T17:35:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1292"},"modified":"2021-09-19T20:36:58","modified_gmt":"2021-09-19T17:36:58","slug":"qadimgi-munajjimlar-koinotni-qanday-tasavvur-qilishgan","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qadimgi-munajjimlar-koinotni-qanday-tasavvur-qilishgan\/","title":{"rendered":"Qadimgi munajjimlar koinotni qanday tasavvur qilishgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>Koinot haqida qanchalik ko&#8217;p bilganing sayin uni tasavvur qilishing shunchalik qiyinlashib boraverishi hayratlanarlidir. Bugun biz koinotga yer va Quyosh sistemasining boshqa sayyoralari bilan bir qatorda Quyosh sistemasining o&#8217;zi ham kiradigan somon yo&#8217;li galaktikasi, shuningdek, boshqa galaktikalar ham kirishini yaxshi bilamiz. Faqatgina bizning galaktikamizda milliardlab yulduzlar bor. Boshqa galaktikalarda qancha yulduz borligi esa yolg&#8217;iz Yaratganga ayon. Inson ahli hamma narsani bilishga qodir emas.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadim zamonlarda Koinot haqida tasavvurlar juda jo&#8217;n bo&#8217;lgan. Odamlar Quyosh, yulduzlar va sayyoralar yer atrofida aylanuvchi mayda jismlar deb o&#8217;ylashgan. Ular koinotni o&#8217;zlari ko&#8217;rmoq istagan shaklda deb bilishgan, ya&#8217;ni uning qoq markazida ulkan, tekis va harakatsiz yer turibdi, uning ustida ming-minglab chiroqchalar bilan bezatilgan osmon gumbazi yastanib yotibdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Koinotni ilmiy jihatdan o&#8217;rganishga intilishlar ilk marta qadimgi Yunonistonda paydo bo&#8217;ldi. Aksariyat yunon munajjimlari hali-hamon yer harakatsiz va Koinot markazida turadi, deb hisoblashar edi. Biroq mashhur olim Pifagor meloddan avvalgi VI asrda yer shar shaklida, deb taxmin qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Meloddan avvalgi III asrda yashagan Aristarx, yer o&#8217;z o&#8217;qi atrofida, shu bilan birgalikda harakatsiz Quyosh atrofida aylanadi, degan fikrni ilgari surdi. Oradan yuz yil o&#8217;tib, boshqa bir qadimgi yunon munajjimi Ptolemey &#8220;Almagest&#8221; degan kitob yozdi. U, Koinot markazida yer turadi, degan yanglish nuqtai nazarga qaytib, Quyosh va boshqa sayyoralarning orbitasini yer atrofida to&#8217;xtovsiz harakatda holda tasvirlashga intildi. Koinotning u yaratgan manzarasi Yevropa ilm-fanida bir necha asrlar hukmronlik qilib keldi. Faqat 1543 yilga kelib, Nikolay Kopernik Koinotning markazida Quyosh turishi to&#8217;g&#8217;risidagi g&#8217;oyani qaytadan olg&#8217;a surdi. So&#8217;ngra teleskop kashf etildi va astronomiya fani taraqqiyoti tezlashib ketdi. Keyinchalik insoniyat asta-sekin bizni o&#8217;rab turgan Koinot to&#8217;g&#8217;risida ko&#8217;proq narsalarni bilib ola boshlagach, u haqdagi zamonaviy tasavvurlar vujudga keldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Koinot haqida qanchalik ko&#8217;p bilganing sayin uni tasavvur qilishing shunchalik qiyinlashib boraverishi hayratlanarlidir. Bugun biz koinotga yer va Quyosh sistemasining boshqa sayyoralari bilan bir qatorda Quyosh sistemasining o&#8217;zi ham kiradigan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qadimgi-munajjimlar-koinotni-qanday-tasavvur-qilishgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1292","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1292","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1292"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1292\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1295,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1292\/revisions\/1295"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1292"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}