{"id":1346,"date":"2021-09-20T11:54:36","date_gmt":"2021-09-20T08:54:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1346"},"modified":"2021-09-20T11:54:39","modified_gmt":"2021-09-20T08:54:39","slug":"tuman-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tuman-nima\/","title":{"rendered":"Tuman nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Tuman, shudring va bulut bir-biriga bevosita aloqadordir. Tuman, shudring yoki bulut sharoitlardan birining o&#8217;zgarishi, masalan, havo oqimlarining bor yoki yo&#8217;qligi natijasida sodir bo&#8217;ladi. Buning sababi nima ekani va ayrim joylarda nega tuman paydo bo&#8217;lishini ko&#8217;rib chiqaylik.<\/p>\n\n\n\n<p>Tuman juda mayda, 0,001 millimetrdan ham kichik zarralardan iborat. Oldingizni qalin tuman qoplab, hech narsani ko&#8217;rolmay qolganingizda, har bir kub santimetrga 1227 dan kam bo&#8217;lmagan zarra to&#8217;g&#8217;ri kelayotgan bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tuman paydo bo&#8217;lishi uchun namlik havoni tark etishi va kondensatsiyalanishi kerak bo&#8217;ladi. Buning ma&#8217;nosi shuki, sovigan havo issiq havo ushlab turgan namlik miqdorini tutib qola olmaydi. Havo sovib, temperatura to&#8217;yinish yoki shudring nuqtasidan pastga tushgach, tuman hosil bo&#8217;la boshlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tuman paydo bo&#8217;lishi uchun ham sovuq va issiq havolarning havo oqimlari yordamida o&#8217;zaro aralashib ketishi talab etiladi. Agar havo harakatsiz holatda bo&#8217;lsa, sovuq havo yerda to&#8217;planib qoladi va shudring hosil bo&#8217;ladi. Agar havo oqimlari tepaga shiddat bilan ko&#8217;tarilsa, sovish havoning o&#8217;zidayoq boshlanadi va bulutlar paydo bo&#8217;ladi. Shuning uchun sovuq va issiq havolarni bir-biri bilan aralashtiradigan havo oqimlari kuchli bo&#8217;lmasagina, tuman paydo bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tuman issiq havo massasi sovuq quruqlik yoki biror suv havzasi ustidan o&#8217;tayotganda paydo bo&#8217;ladi. Yoki, aksincha, sovuq havo iliq suv ustidan o&#8217;tayotganda ham xuddi shunday hodisa ro&#8217;y berishi mumkin. Bu hol erta kuz tongida suv yoki hovuz kabi suv havzalari yonida kuzatiladi. Sovuq havo issiq havo oqimi bilan asta-sekin qo&#8217;shilib ketadi va suv havzalari ustida hammamizga tanish bo&#8217;lgan muallaq tuman vujudga keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tuman shaharda qishloqdagiga nisbatan qalinroq bo&#8217;ladi. Shahar havosi tarkibida ko&#8217;p bo&#8217;lgan chang va qurum havo zarralari bilan birlashib, zich parda hosil qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nyufaundlend (Kanada)ning Atlantika okeani sohillari yerning eng tumanli mintaqasi hisoblanadi. U yerda tuman qutb doirasidan janubga tomon harakatlanayotgan sovuq suv ustiga sernam issiq havoning o&#8217;tishi natijasida hosil bo&#8217;ladi. Suv sovuqligi havo namligini kichik suv tomchilariga aylantiradi. Bu tomchilar, o&#8217;z o&#8217;lchamiga ko&#8217;ra, yomg&#8217;ir hosil qilish uchun yetarli emas. Shuning uchun ham ular havoda tuman holida mavjud bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>San-Frantsisko mintaqasidagi tumanlar esa butunlay boshqa yo&#8217;l bilan hosil bo&#8217;ladi. Bu yerda tonggi salqin shabada \u2014 sabo iliq qum uyumlari tomon esadi. Agar uning arafasida qumga yomg&#8217;ir yog&#8217;ib o&#8217;tgan bo&#8217;lsa, bug&#8217;lanayotgan namlikdan zich tuman qatlami hosil bo&#8217;ladi. Tuman bulutdan ko&#8217;ra zichroq ko&#8217;rinadi. Negaki, tuman tomchilari bulutnikiga nisbatan kichikroqdir. Ko&#8217;plab o&#8217;ta mayda tomchilar bulutlarni hosil qiladigan kattaroq (ammo miqdoran kamroq) tomchilarga nisbatan ko&#8217;proq yorug&#8217;lik yutadi. Shuning uchun ham tuman bulutga nisbatan qalinroq ko&#8217;rinadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tuman, shudring va bulut bir-biriga bevosita aloqadordir. Tuman, shudring yoki bulut sharoitlardan birining o&#8217;zgarishi, masalan, havo oqimlarining bor yoki yo&#8217;qligi natijasida sodir bo&#8217;ladi. Buning sababi nima ekani va ayrim joylarda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tuman-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1346","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1346","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1346"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1346\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1347,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1346\/revisions\/1347"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1346"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}