{"id":1352,"date":"2021-09-20T12:18:16","date_gmt":"2021-09-20T09:18:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1352"},"modified":"2021-09-20T12:18:17","modified_gmt":"2021-09-20T09:18:17","slug":"nega-yomgir-ayrim-kunlar-yogadi-boshqa-kunlari-esa-yogmaydi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nega-yomgir-ayrim-kunlar-yogadi-boshqa-kunlari-esa-yogmaydi\/","title":{"rendered":"Nega yomg&#8217;ir ayrim kunlar yog&#8217;adi, boshqa kunlari esa yog&#8217;maydi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Osmonga boqqanimizda, ko&#8217;zimiz og&#8217;irkarvon bulutlarga tushishi bilanoq, yomg&#8217;ir yog&#8217;sa kerak, degan xayolga boramiz. Biz buni yomg&#8217;ir yog&#8217;ishi uchun zarur bo&#8217;lgan birdan-bir narsa, deb o&#8217;ylaymiz. Ammo aslida yomg&#8217;ir uzoq va murakkab jarayon natijasidir. Yomg&#8217;ir yog&#8217;ishi uchun Quyosh, yer va atmosfera bir-biriga o&#8217;zaro ta&#8217;sir etishi kerak. Bu jarayon Quyosh yerni qizdirishidan boshlanadi, qizish natijasida okean, dengiz, ko&#8217;l va daryolardagi suvlar bug&#8217;lana boshlaydi. Suv bug&#8217;i havo bilan aralashadi. Bu jarayon bug&#8217; hosil bo&#8217;lishi deb ataladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yuqoriga ko&#8217;tarilayotgan issiq havo atmosferaga suv bug&#8217;ini olib keladi. Yuqoriga ko&#8217;tarilgan bug&#8217; sovib, undan bulut hosil bo&#8217;ladi. Bu jarayon kondensatsiya deb ataladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bulut ichidagi uvoqqina tomchilar kattalashib, tobora ko&#8217;proq namni yig&#8217;a boradi. Nihoyat, tomchilar kattalashib, havo oqimlari tutib qololmaydigan darajaga etadi va yerga yomg&#8217;ir bo&#8217;lib yog&#8217;adi.<\/p>\n\n\n\n<p>Endi nega yomg&#8217;irning hosil bo&#8217;lishi jarayoni faqat ma&#8217;lum bir vaqtda kechishini aniqlaylik. Bu jarayonning birinchi bosqichi \u2014 bug&#8217; hosil bo&#8217;lishi doimo kunduzi, Quyosh chiqib turgan payt ro&#8217;y beradi. Ammo ko&#8217;rinmas bug&#8217; har kuni ham o&#8217;ta mayda zarralardan tarkib topgan va ko&#8217;zga ko&#8217;rinadigan bulutlarga aylanavermaydi. Buning sababi bug&#8217; kondensatsiyalanishi uchun ma&#8217;lum bir yuza kerak bo&#8217;ladi. Agar havoda chang zarrachalari oz bo&#8217;lsa yoki, umuman, bo&#8217;lmasa, kondensatsiya yuz bermaydi. Tomchilar paydo bo&#8217;lishiga muz va qorning mayda kristallari ham yordam berishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Odatda, yomg&#8217;ir yog&#8217;ishi uchun issiq havo massasining sovuq havo massasi tomon yoki aksincha harakati talab etiladi. Issiq havo massasi tarkibida bulut va namlik bor, ular sovuq havo massasi ta&#8217;sirida sovigach, suv tomchilari hosil bo&#8217;ladi va yerga yomg&#8217;ir bo&#8217;lib yog&#8217;adi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bir yomgir tomchisi hosil bo&#8217;lishi uchun 100 000 000 donaga yaqin o&#8217;ta mayda tomchilar kerak bo&#8217;ladi. Bulut hosil bo&#8217;lishi uchun esa bunday tomchilardan million-millionlari talab etiladi. Bunday eni, bo&#8217;yi va balandligi 1 km bo&#8217;lgan bulut tarkibida, taxminan, 790 tonna tomchi, taxminan, 7940 tonna bug&#8217; holidagi suv bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Osmonga boqqanimizda, ko&#8217;zimiz og&#8217;irkarvon bulutlarga tushishi bilanoq, yomg&#8217;ir yog&#8217;sa kerak, degan xayolga boramiz. Biz buni yomg&#8217;ir yog&#8217;ishi uchun zarur bo&#8217;lgan birdan-bir narsa, deb o&#8217;ylaymiz. Ammo aslida yomg&#8217;ir uzoq va murakkab &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nega-yomgir-ayrim-kunlar-yogadi-boshqa-kunlari-esa-yogmaydi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1352","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1352","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1352"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1352\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1353,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1352\/revisions\/1353"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1352"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}