{"id":1361,"date":"2021-09-20T12:21:39","date_gmt":"2021-09-20T09:21:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=1361"},"modified":"2024-07-17T06:18:32","modified_gmt":"2024-07-17T03:18:32","slug":"avliyo-elm-olovi-nima","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/avliyo-elm-olovi-nima\/","title":{"rendered":"&#8220;Avliyo Elm olovi&#8221; nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;Avliyo Elm olovi&#8221; tabiatning yashin bilan bog&#8217;liq qiziq hodisalaridan biridir. Buni anglash uchun chaqmoq chaqqanda nima sodir bo&#8217;lishini esga tushirish kerak bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hamma gap zarralarning musbat va manfiy turlarga bo&#8217;linishidadir. Zarralarning bu turlari katta kuch bilan bir-biriga tortiladi, ular ajratib qo&#8217;yilsa, yana birlashishga intiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bulutda kuchli manfiy yoki musbat zaryad paydo bo&#8217;lganida, bu zaryad yerda o&#8217;ziga qarama-qarshi \u2014 musbat zaryad paydo bo&#8217;lishiga sababchi bo&#8217;ladi. Elektronlar manfiy zaryad bor joydan musbat zaryad mavjud tomonga siljiy boshlaydi. Ular asta-sekin bulut bilan yer o&#8217;rtasida zaryadlangan zarralar kanali yoki kanallarini hosil qiladi. Elektronlarning katta to&#8217;lqini paydo bo&#8217;lgach, chaqmoq chaqadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zaryadlar nihoyatda katta kuchlanish paydo bo&#8217;lgunga qadar to&#8217;planishi va elektrsizlanishi ham mumkin. Shu bilan birgalikda ularga yerdan yuqoridagilari yoniga etib borishi uchun yordamlashish usuli ham bor. Unda zaryad &#8220;cho&#8217;tkali razryad&#8221; ko&#8217;rinishida sizib o&#8217;tadi. Yashin qaytargich xuddi shu tariqa amal qiladi. Uning yuqori qismi elektronlarning sizib o&#8217;tishiga yordam beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>&#8220;Avliyo Elm olovi&#8221; \u2014 yorug&#8217;lik atmosferadagi elektrning bunday &#8220;cho&#8217;tkali razryadi&#8221; bilan birga yuradi. U cherkov qo&#8217;ng&#8217;iroqxonasi, kemalarning machtasi kabi ob&#8217;yektlarning o&#8217;tkir uchida olov ko&#8217;rinishida paydo bo&#8217;ladi, kemalar machtasida ko&#8217;proq shtorm payti kuzatiladi. U paydo bo&#8217;lgan paytda, odatda, quloqqa qisirlash yoki vishillash kabi tovushlar chalinadi. Bu olov tez-tez kuzatiladigan yana bir joy propeller parraklaridir, shuningdek, u qanotlar uchida, shamol oynalarida, quruq qorli havoda yoki momaqaldiroq turayotgan joy yaqinida uchib ketayotgan samolyotlarning burnida paydo bo&#8217;ladi. Ushbu elektr zaryadi shu qadar kuchli bo&#8217;ladiki, ba&#8217;zan samolyotlarning radiosida elektrostatik hodisalarni ham keltirib chiqaradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;Avliyo Elm olovi&#8221; tabiatning yashin bilan bog&#8217;liq qiziq hodisalaridan biridir. Buni anglash uchun chaqmoq chaqqanda nima sodir bo&#8217;lishini esga tushirish kerak bo&#8217;ladi. Hamma gap zarralarning musbat va manfiy turlarga bo&#8217;linishidadir. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/avliyo-elm-olovi-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4765,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-1361","page","type-page","status-publish","has-post-thumbnail","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1361","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1361"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1361\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1362,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/1361\/revisions\/1362"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4765"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1361"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}