{"id":136506,"date":"2024-06-22T11:52:48","date_gmt":"2024-06-22T08:52:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=136506"},"modified":"2024-06-22T15:34:17","modified_gmt":"2024-06-22T12:34:17","slug":"6-qism-savol-javoblar","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/6-qism-savol-javoblar\/","title":{"rendered":"6-qism savol javoblar"},"content":{"rendered":"\n
501. J. Rodari fikriga ko\u2018ra \u00abU\u00bbni yaratish uchun:
1-Diqqat
2-Tasavvur
3-Metafora bo\u2018lishi kerak.
\u00abU\u00bbni bitta so\u2018z bilan aniq ayting?<\/strong>
Javob: Topishmoq<\/p>\n\n\n\n
502. Britaniyaning bir kompaniyasi noaniq tuz yaratdi. Qadoqlangan bankalar ustida quyidagi yozuvlar bor: \u00abBu tuz “uni” kesish jarayonida paydo bo\u2018lgan\u00bb.
Savol: Nimani?<\/strong>
Javob: Piyoz
Izoh: Kompaniya yaratgan tuz ko\u2018z yoshidan paydo bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n
503. Vakayama Bokusi tankasi
Oqshom hasrati!
Qirmiz ko\u2018mirlarga sochgin ozgina Uni,
Hushbo\u2018y ko\u2018katlarning hidiga
To\u2018lib ketar o\u2018shanda xonang.<\/strong>
Savol: Ushbu tankadagi qaysi so\u2018z \u00abuni\u00bb so\u2018zi bilan almashtirildi?<\/strong>
Javob: Sake<\/p>\n\n\n\n
504. 1967 yil kuzida Yevropa mamlakatlarining birida targ\u2018ibot aksiyasi davomida noodatiy qo\u2018lqoplar sotilgan. Har bir juftdagi perchatkaning biri qizil, ikkinchisi yashil rangda bo\u2018lgan. Bu aksiya qanday voqea bilan bog\u2018liq ravishda o\u2018tkazilganini toping?<\/strong>
Javob: O\u2018ng tomonlama harakatlanishga o\u2018tish.
Izoh: 1967- yil 3- sentyabrda Shvesiya o\u2018ng tomonlama harakatga o\u2018tdi. Bo\u2018lajak o\u2018zgarish to\u2018g\u2018risida eslatib turish uchun hukumat kampaniyasi aksiya o\u2018tkazgan. O\u2018xshash perchatkalardan foydalanilishi, g\u2018oya mualliflarining fikricha, yo\u2018lning qaysi tarafida yurish mumkin yoki mumkin emasligi to\u2018g\u2018risida eslatib turishi lozim edi.<\/p>\n\n\n\n
505. Buyuk allomamiz Abu Rayhon Beruniy \u00abTurar joylar orasidagi oraliqni belgilash uchun joylarning chegaralarini aniqlash\u00bb nomli kitob yozgan. Bu nom uzun bo\u2018lgani uchun keyinchalik kitob nomi o\u2018zgartirilgan.
Savol: Bitta so\u2018z bilan ataluvchi usha kitob nomini toping?<\/strong>
Javob: Geodeziya<\/p>\n\n\n\n
506. Xira yorishmoqda tong,
Iliq ko\u2018l suvlarin bug\u2018latib.
Va ULAR navbatma-navbat,
Suzib kelar,
Ko\u2018l ustin qoplab.
Diqqat savol: Ushbu tankadagi ULAR so\u2018zi qaysi so\u2018z bilan almashtirildi?<\/strong>
Javob: Tumanlar<\/p>\n\n\n\n
507. Odessalik bir kishi o\u2018zini kasbini reklama qilish uchun yarim hazil tariqasida gazetaga shunday reklama berdi.
\u00abUkrainani 50 % aholisi ko\u2018zoynak taqadi. Demak X siz yashash qiyin ekan. Qabul vaqti 10 dan 16 gacha.\u00bb
Savol: Xohlasangiz X ni toping, xohlasangiz kasbni aniq qilib ayting?<\/strong>
Javob: X – bu quloq.
Ko\u2018zoynak taqish uchun quloq zarur !)
Kasb esa otolaringolog ( lor, uxo, gorlo, nos.)<\/p>\n\n\n\n
508. O\u2018ttizinchi xalq oraliq Moskva kinofestivali tashkilotchilari odob-ahloq normalariga tayanib festival logotipidagi odatdagi “ULAR”dan voz kechib o\u2018rniga arabchasidan foydalanishgan.
Savol: ULAR deganda nima nazarda tutilayotganini ikki so\u2018z bilan yozib bering?<\/strong>
Javob: Rim sifrlari.
XXX deb yozish noqulay bo\u2018lgani uchun 30-kinofestival deb o\u2018zgartirishga majbur bo\u2018lishgan.<\/p>\n\n\n\n
509. Vetnam urushida qatnashgan Dante o\u2018z vataniga ya\u2019ni AQSHga qaytganidan so\u2018ng \u00abVetnam daxshati\u00bb nomli kitob yozadi. Kitobda shunday jumlalar mavjud: \u00abBU ISHNI qilish askarlar o\u2018rtasida “Vatan xoinligi” deb atalar edi. Lekin BU ISH askarlarning o\u2018z jonlarini saqlab qolishlari uchun oxirgi chora edi.\u00bb
Savol: Dante BU ISH deganda nimani nazarda tutayotganini toping?<\/strong>
Javob: Raqib qurolidan foydalanish.
O\u2018sha paytda Vetnamliklar ruslarning avtomat kalashnikovidan foydalanishgan ekan.<\/p>\n\n\n\n
510. REBUS
1.Yuqori darajadagi milliy domen.
2.Piramidalarning biridan bitta harf olib tashlang.
3.Itda U NARSA yo\u2018q ekan.
4.Noma\u2019lum.
1+2+3+4= Biz uning avlodlari bilan \u00abdo\u2018st\u00bbmiz.<\/strong>
Javob: Arxeopteriks! Ar+xeop+ter+iks<\/p>\n\n\n\n
511. O\u2018rta asrlarda yashagan savdogar Ibn Batuta nimaga quyidagicha ta\u2019rif bergan: \u00abU dastlab sizni tildan qoldiradi, keyinchalik esa sizni hikoyachiga aylantiradi\u00bb?<\/strong>
Javob: Sayohat!
Dastlab o\u2018zga davlatlarga borib, tildan qolasiz, ammo sayohatdan yurtingizga qaytib kelgach, hikoyachiga aylanasiz qolasiz.<\/p>\n\n\n\n
512. Statistik ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra Xitoyda ULAR butun Yevropa aholisidan 3 barobar, shimoliy va janubiy Amerika aholisidan ikki barobar ko\u2018p ekan.
Savol: ULAR-?<\/strong>
Javob: Ishchilar soni<\/p>\n\n\n\n
513. Atoqli o\u2018zbek adibi Maqsud Shayxzoda \u00abU\u00bbni sevardi. Aniqrog\u2018i \u00abU\u00bb bilan “et va tirnoq”edi. Shuning uchun ham institutda rektorni mahsus buyrug\u2018iga ko\u2018ra dars paytida ham u bilan \u00abmuloqot\u00bb qilishga ruhsat berilgan ekan. Ma\u2019lumot o\u2018rnida yana shuni aytishim mumkinki \u00abU\u00bb Pikassoning haloskori hamdir. \u00abU\u00bbni bitta so\u2018z bilan aytib bering?<\/strong>
Javob: Sigaret<\/p>\n\n\n\n
514. U shunday chiziqki dastlab undan o\u2018tish sizu bizga ta\u2019qiqlangan edi. Keyinchalik bir- ikki qadam sakrab o\u2018tadigan ham bo\u2018ldik.Bizga tanish yozuvchilardan biri uning orqasida 40 yil ijod qilib mashhur asar yarata oldi.
Hurmatli bilimdonlar menga asar nomini aytib bering.<\/strong>
Javob: \u00abDaftar hoshiyasidagi bitiklar.\u00bb
Yozuvchi asarni 40 yillik kuzatuvlari va tajribalari asosida yozgan ekan.<\/p>\n\n\n\n
515. Kunlardan bir kuni Xiva xoni Muhammad Raximhon Feruz ot minib qal\u2019ani aylanib yurgan ekan. Temirchi ustaning ishlab o\u2018tirganiga ko\u2018zi tushibdi. Salom alikdan so\u2018ng xon ustaga so\u2018z qotibdi:
-Taqsir, qishning qahraton sovug\u2018ida ishlab nima zarur sizga? Uyda o\u2018tirsangiz bo\u2018lmaydimi?
-Sababi tirikchilik, bola chaqa boqish kerak deb javob beribdi usta.
-Qish g\u2018amini yozda yeb qo\u2018ymabsizda debdi xon.
-Ey xazratim to\u2018qqizga uchni qo\u2018shsam o\u2018n ikki bo\u2018ladi-yu, lekin 32 ga yetkazolmay xunobman debdi unga javoban usta.
Xurmatli bilimdonlar temirchining javobini aniq kilib izohlab bering.<\/strong>
Javob: To\u2018qqiz degani bahor, yoz, kuz oylari.
Uch esa qish oylari, ularni qo\u2018shsa 12 oy ya\u2019ni bir yil kelib chiqadi. 32 degani inson tishlari.<\/p>\n\n\n\n
516. Bu meva haqida Ibn Sinoning ajoyib fikrlari bor. Qo’qon xonligi davrida yashagan mashxur bir otinoyida ham bu meva haqida ajoyib jumboqlar mavjud. U mevani ko’proq qizlarimizga majoziy ma’noda o’xshatamiz.DIQQAT SAVOL:Gap qaysi meva haqida ketmoqda?<\/strong>
Javob: Anor<\/p>\n\n\n\n
517. Bu mashhur asar qahramoni o’z o’g’lining qotiliga aylanadi.Ammo shunga qaramay u ijobiy qahramon ya’ni,xalqparvar sifatida tilga olinadi.Asarda hikoya qilinishicha uning onasi homilani g’oyat og’ir ko’taradi.Oy kuni yaqinlashganda dard boshlanishi bn hushidan ketadi.Asfonaviy qush yordamida jarroh topiladi va u onaning qornini kesib bolani oladi.Xushiga kelgan ona yonida g’oyat bo’ylik bolani ko’rib, xursand holda X deydi.Forsiyda bu so’z “azobu darddan xalos bo’ldim,”degan ma’noni anglatadi.Onaning og’zidan chiqqan birinchi shu so’z o’g’liga ism qilib qo’yiladi.
Bu mashhur qahramon kimligini va o’g’lining ismini toping?<\/strong>
Javob: Rustam Siyovush<\/p>\n\n\n\n
518. “Yurtimizga bir rumlik kelib qoldi. Men unga har xil donlar, urug\u2018lar, mevalar va boshqa narsalarni keltirib, uning tilida (ya\u2019ni yunon tilida) bu
narsalar qanday atalishini so’rab yozib olardim”\u2026
Darhaqiqat
U yoshligidan ilmga berilgan, fanning har bir sohasini chuqur egallashga kirishgan. Natijada 16 yasharlik chog\u2018idayoq o\u2018sha shaharning o\u2018zida astronomik kuzatuv ishlari olib borgan. Qizig\u2018i shundaki, kuzatishlar uchun kerak bo\u2018lgan asboblarni o\u2018zi yasagan.
Gap kim haqida ketayotganini anglagan bo\u2018lsangiz Uning uzi yasagan va o\u2018sha davr uchun katta yangilik bo\u2018lgan kashfiyotini ayting.<\/strong>
Javob: Globus.
Yuqoridagi ma\u2019lumotlar Abu Rayhon Beruniy haqida edi.<\/p>\n\n\n\n
519. 2009-yildan boshlab Saudiya Arabistonida bir qoidaga biroz o\u2018zgartirish kiritildi. Unga ko\u2018ra BU ISHNI qilish uchun 3 ta bir xil sms yuborilsa bas.
Savol: Gap qanday holat haqida ketmoqda?<\/strong>
Javob: Taloq qilish<\/p>\n\n\n\n
520. Tailandda u joyda fillar, AQSHda ayiqlar, Kanadada kiyiklar, Yaponiyada qisqichbaqalar, Malayziyada esa talonchi o\u2018g\u2018rilarni ko\u2018rishimiz mumkin. Diqqat savol: Qayerda?<\/strong>
Javob: Yo\u2018l belgilarida<\/p>\n\n\n\n
521. Bir ijtimoiy plakatda shunday yozilgan: \u00abO harfi bilan- kuch, I harfi bilan- qabr\u00bb
O\u2018sha plakatdagi ikkita so\u2018zdan xohlagan bittasini yozib bering?<\/strong>
Javob: Sport, spirt<\/p>\n\n\n\n
522. Futbolchi Abu Diabi Fransiya chempionatida 35 ta o\u2018yinni o\u2018tkazib yuborgach, Fransiyada har yili berib boriladigan an\u2019anaviy \u00abShunday to\u2018p\u00bb sohibiga aylandi. Diqqat savol: \u00abShunday\u00bb so\u2018zi qaysi so\u2018z o\u2018rnida ishlatildi?<\/strong>
Javob: Gipsli
Izoh: Gipsli to\u2018p sovrini mavsum davomida jarohatlar tufayli eng ko\u2018p match o\u2018tkazib yuborgan o\u2018yinchiga beriladi.<\/p>\n\n\n\n
523. Tohir Malikning \u00abIymonlashish umidi\u00bb kitobida shunday falsafiy fikrlar mavjud:
-Dunyoda uchta jumboq bor emish:
biri-o\u2018lim, ikkinchisi- osmon sirlari,
Uchinchisi esa yechmoqqa odamzotning tishi o\u2018tmaydigan, tishni sindiradigan U ekan.
Uni ikkita so\u2018z bilan aniq ayting?<\/strong>
Javob: Ayol muhabbati<\/p>\n\n\n\n
524. Yumoristik savol:
\u00abBolalar agar birorta go\u2018zal qiz sizga chiroyli jilmayib tushgan suratini yuborsa xursand bo\u2018lmang. Chunki u \u2026 \u2026.\u00bb
Jumlani yakunlang?<\/strong>
Javob: Chunki u sizgamas, suratkashga qarab jilmayapti ?<\/p>\n\n\n\n
525. XVII asrda Gollandiyada \u00abondbeyt\u00bb deya nomlangan bu so\u2018zni tarjimasi tahminan \u00abertalabgi nonushta\u00bb yoki \u00abyengil gazak\u00bb degani..
XVIII asrlardan boshlab biz uni fransuzcha so\u2018z bilan ataymiz. Savol: Bu qaysi so\u2018z?<\/strong>
Javob: Natyurmort<\/p>\n\n\n\n
526. Uning birinchisini paydo bo\u2018lgan vaqti 1861- yil hisoblanadi va uni \u00abshotlandkali lentacha\u00bb deb nomlashgan. Uni ikkita so\u2018z bilan yozib bering?<\/strong>
Javob: Rangli fotografiya<\/p>\n\n\n\n
527. Opera xonandasi Mariya Kalasning yozishmalaridagi bu raqamlar nimani anglatadi?
Mona Liza – 92
Norma – 80
Alsesta -65
Yelezaveta – 64<\/strong>
Javob: Shu operalarni ijro etgan vaqtidagi o\u2018zining og\u2018irligini.<\/p>\n\n\n\n
528. Fedor Razzakov o\u2018zining \u00abSovet televideniyasining qulashi\u00bb kitobida yozishicha ushbu boshlovchining paydo bo\u2018lishi ba\u2019zi sovet mamlakatlarida noroziliklarni vujudga keltirgan. Bir teletomoshabin esa hattoki Moskvaga kelib bu nopokni o\u2018ldirib ketishga va\u2019da qilgan. Xurmatli bilimdonlar boshlovchining ismini topishga harakat qilib ko\u2018ringchi?<\/strong>
Javob: Xryusha.
\u00abSpokoychi nochi malshi\u00bb ko\u2018rsatuvidagi cho\u2018chqa ko\u2018rinishidagi o\u2018yinchoq boshlovchi.<\/p>\n\n\n\n
529. Yaponlar uni \u00abbesh\u00bb, \u00abhalqa\u00bb, \u00abkatta\u00bb, \u00abyig\u2018ilish\u00bb kabi iyerogliflar yordamida ifodalashadi. Xo\u2018sh, biz uni qanday ataymiz?<\/strong>
Javob: Olimpiada<\/p>\n\n\n\n
530. Bir rus rejissiyor o’z ishini diqqat va e’tibor bilan, ammo hissiz ravishda bajarayotgan barmenni ishini zimdan kuzata turib, sizu bizga tanish bo’lgan personajni yodga oladi. Savol: u barmenni kimga qiyoslagan?<\/strong>
Javob: Kay
Izoh: Kayning yuragi muz bo’ladi. U muz bo’laklarini taxlab o’tiradi. Barmen ham huddi shu ishni qilayotgan bo’ladi.<\/p>\n\n\n\n
531. Birinchi marta ko’chaga chiqqan mushukning tassurotlari: Keng o’tloqni ko’rib “dunyo bunchalar katta” dedi. Sayrayotgan qushni ko’rib “dunyo bunchalar shovqin” dedi. Suvni ko’rib “dunyo bunchalar yumshoq” dedi. Bulutni ko’rib esa “dunyo bunchalar baland” dedi.
Savol: u nimani “dunyo bunchalar yengil” deya ta’riflagan?<\/strong>
Javob: Barg
U osmonni dunyo baland deb yotvolib tomosha qilayotganda barg uchib kelib burniga qo’nadi<\/p>\n\n\n\n
532. XV asrda angliyalik oliy toifali zobitlar zahiraga chiqishganda ularga katta miqdorda yer va nafaqa puli berilgan. Bunday marhamatga 1-bo’lib irland zobiti Emptxill ismli harbiy ega bo’ladi. Uning familiyasi bugungi kunda barchamiz amerikacha deb biladigan bir aqidaning noto’g’riligiga isbot bo’lishi mumkin.
Savol: Uning familiyasi nima?<\/strong>
Javob: O’key<\/p>\n\n\n\n
533. Kimdur X ni – fazo bilan tenglashtiradi. Kimdur – Bermud uchburchagi bilan. Yana kimdur, X ni “Google” deydi. Bir ayol X ni erkaklarning illyuziyasi qabri deb aytgan. X ni toping?<\/strong>
Javob. Ayollar sumkasi<\/p>\n\n\n\n
534. Ma\u2019lum bir toifa odamlar uchun turli xil buyumlar ishlab chiqaruvchi firma bir kichkina aparat dvigatel ishlab chiqardi. U mashinani oldingi bamperiga qo\u2018yiladi va motorni ovoziga sinxron bog\u2018lik holda ishlaydi. Motorga gaz berilganda u ham xuddi motor singari balandrok tovush chiqarib ovoz chikaradi. Ushbu apparatni kimlar uchun ishlab chiqarilishi anglagan bo\u2018lsangiz, uni nima maqsadda ishlatilishini topinglar?<\/strong>
Javob: Ko\u2018rlar mashina tovushini eshitishi uchun.
Izoh: Bu apparat elektromobil mashinalariga o\u2018rnatiladi. Elektromobil mashinalari esa bilasiz deyarli ovozsiz ishlaydi. Demak ko\u2018r odamlarni xavsizligini ta\u2019minlash ya\u2019ni xavfdan ogohlantirish.<\/p>\n\n\n\n
535. Ba\u2019zi chet davlatlarning avtomobil yo\u2018llaridagi plakatlarda shunday ogohlantirishlar mavjud: \u00abHaydovchi, unutmangki X inson uchun yaratilmagan!\u00bb
X ni ikkita so\u2018z bilan ayting?<\/strong>
Javob: Ehtiyot qismlar<\/p>\n\n\n\n
536. Boris Krutiyeraning aforizmini yakunlang:
\u00abHar bir inson haqida roman yozish mumkin, lekin har bir inson haqida “uni” yozib bo\u2018lmaydi.\u00bb Bilimdonlar \u00abUni\u00bb bitta so\u2018zda aniq qilib ayting?<\/strong>
Javob: Aforizm<\/p>\n\n\n\n
537. Ingliz faylasufi Frensis Bekon nimaga quyidagicha ta\u2019rif bergan:
Ba\u2019zilar mazasini ta\u2019tib ko\u2018radi, ba\u2019zilar butunlay yutib yuborishadi. Kamdan-kam insonlar esa o\u2018zlari yaratadi yoki o\u2018zlashtirishadi?<\/strong>
Javob: Kitob<\/p>\n\n\n\n
538. Mutaxasislarning aniqlanishicha, o\u2018rta asrlarda Karl Buyuk nomidan imzolangan hujjatlar aholi tomonidan juda ko\u2018p marta qalbakilashtirilar ekan. Buning asosiy sababi tushunarli, Karl Buyuk katta mavqega ega bo\u2018lgan, uning imzosi bilan chiqadigan hujjatlar so\u2018zsiz bajarilgan.
Diqqat savol: Karl Buyukning qalbaki imzosi bilan juda ko\u2018p xujjatlar tayyorlanishiga ikkinchi sabab nima bo\u2018lgan?<\/strong>
Javob: Uning imzosi juda oddiy bo\u2018lgan, qalbakilashtirish oson<\/p>\n\n\n\n
539. Faylasuflar U haqida shunday deyishadi: \u00abU o\u2018tmishni yaratuvchi hattot, kelajakni yaqinlashtiruvchi sehrgardir\u00bb!
Diqqat savol: Uni bitta so\u2018z bilan aniq qilib ayting.<\/strong>
Javob: Vaqt<\/p>\n\n\n\n
540. Sahro kemasi bo\u2018lgan tuyaning suvsizlikka chidamli ekanligini yaxshi bilamiz. Olimlarning aytishicha tuyalarning suvsizlikga chidashining ikkita sababi bor ekan. Birinchi sabab, bu ularning terisidagi junlari juda zich joylashganligi va bunda tanadagi suvlar bug\u2018lanib chiqmas ekan. Ho\u2018sh, sizningcha ikkinchi sabab qanday bo\u2018lishi mumkin?<\/strong>
Javob: Tuyalar yo\u2018l yurganda va ko\u2018pchilik hollarda doim og\u2018izlarini yopib yurishadi va bu chanqoq keltirmaydi.<\/p>\n\n\n\n
541. Zamonaviy Xitoy rassomi Ay Vey Vey “dunyoda ikki marta nazar tashlashga arziydigan ko’p narsalar ro’y beradi” , deya ta’kidlagan.
Diqqat savol: Ay Vey Vey o’zining qaysi qiziqishi haqida shunday degan edi?<\/strong>
Javob: Fotografiya<\/p>\n\n\n\n
542. Ikki yangi narsa bizni mubtalo qilar,
Biz esa oshkor va pinhon o’ynaymiz hamon.
Aslo dunyo va uning ne’matlariga suyanmagin,
Albatta maskan emas Vatani dunyo.
Sen o’zing uchun o’limdan avval bir ish qil
Seni aldab qo’ymasin do’stu birodar ko’pi.
Bu arab she’rining tarjimasidagi IKKI YANGI NARSA deyilganda nima nazarda tutilgan edi?<\/strong>
Javob: kun chiqishi va botishi<\/p>\n\n\n\n
543. Har xil moddalarning organizmga tushishi ta\u2019sirida organizmning noodatiy reaksiyasi bu-?<\/strong>
Javob: Allergiya<\/p>\n\n\n\n
544. Xristofor Kolumb uni \u00abSuv o\u2018tlari solingan idish\u00bb deb atagan. Xo\u2018sh nimani?<\/strong>
Javob: Sargossa dengizi<\/p>\n\n\n\n
545. Koreyschada \u00abUch yulduz\u00bb deb ayting.<\/strong>
Javob: Samsung<\/p>\n\n\n\n
546. Ohak, kul, tovuq go\u2018ngi va moy.
Bularning aralashmasi aynan shunday nomlanadi. Qanday?<\/strong>
Javob: Nos<\/p>\n\n\n\n
547. Indira Gandi falsafasida shunday fikrlar mavjud: \u00abU eng yomon o\u2018quvchilarga ega bo\u2018lgan eng yaxshi o\u2018qituvchidir\u00bb.
U-?<\/strong>
Javob: Tarix<\/p>\n\n\n\n
548. Insonning bunday holatda chizilgan ilk surati \u2013 mashhur italyan rassomi Tommazo Barizino mo\u2018yqalamiga mansub “Provansaliyalik Gugo portreti”dir.? Qanday?<\/strong>
Javob: ko’zoynak taqqan<\/p>\n\n\n\n
549. Matematikada uchburchakning burchaklari va tomonlari orasidagi munosabatni o\u2018rganuvchi bo\u2018limi bu-?<\/strong>
Javob. Trigonometriya<\/p>\n\n\n\n
550. Xorazmdagi bu tumanning ma\u2019nosi \u00abmingta ot\u00bb. Qaysi tuman?<\/strong>
Javob. Hazorasp<\/p>\n\n\n\n
551. Tanga ishlab chiqaruvchilar uni sifatini tekshirish uchun X ga solib ko\u2018rishar ekan. Agar tangaga hech qanday shikast yetmasa u sifatli qorishmadan tayyorlangan deb hisoblanar ekan. Siz menga o\u2018sha sinovchi vositani yozib bering?<\/strong>
Javob: Oshqozon shirasi<\/p>\n\n\n\n
552. Mamlakat qonunlariga ko\u2018ra Vashingtonda qurilayotgan binolar UNDAN baland bo\u2018lib ketmasligi kerak.U-?<\/strong>
Javob: Jorj Vashington haykali<\/p>\n\n\n\n
553. Rimliklarning u haqida shunday falsafiy fikrlari bor: \u00abBu yerda o\u2018liklar yashaydi, tiriklar so\u2018zlaydi\u00bb.U-?<\/strong>
Javob: kitob<\/p>\n\n\n\n
554. \u00abShum bola\u00bb filmidagi Boy ota rolini aynan u ijro etgan. U-?<\/strong>
Javob:. Voxit Qodirov<\/p>\n\n\n\n
555. Qaysi hayvon nomini o\u2018zbek tiliga tarjima qilsak \u00abBezangan\u00bb, \u00abYasangan\u00bb degan ma\u2019nolarni anglatadi?<\/strong>
Javob: Jirafa<\/p>\n\n\n\n
556. Miloddan avvalgi IV asr asr oxiri III asr boshlarida Makedoniyalik hukmdor Iskandarning tan soqchisi asos solgan shaharni ayting?<\/strong>
Javob: Antaliya<\/p>\n\n\n\n
557. \u00abOg\u2018riq tishlar\u00bb, \u00abTobutdan tovush\u00bb, \u00abAyajonlarim\u00bb komediyalarini u adib yozgan?<\/strong>
Javob. Abdulla Qahhor<\/p>\n\n\n\n
558. Nodar Dumbadze o\u2018z asarlaridan birida bir toifa odamlarni \u00abSuv osti kemasi\u00bb deb atagan. Xo\u2018sh qanday toifa?<\/strong>
Javob: Suvda suzib bilmaydigan.<\/p>\n\n\n\n
559. Fransuzchada hujayra deb ayting?<\/strong>
Javob: Syellyuloza<\/p>\n\n\n\n
560. “Kleopatra” (1963) tarixiy dramasida bosh rolni ijro etgan Elizabet Teylor film davomida Uning 65 xilidan foydalangan?<\/strong>
Javob: Libos<\/p>\n\n\n\n
561. Og\u2018irlikni ko\u2018tarish mashqlari qadim zamonlardan ma\u2019lum. Rasmiy og\u2018ir atletika musobaqalari 1860-yilda aynan shu davlatda o\u2018tkazilgan?<\/strong>
Javob: AQSH<\/p>\n\n\n\n
562. \u00abZafar va Zahro\u00bb, \u00abHaqgo\u2018ylar\u00bb dostonlarini yozgan hamyurtimiz kim?<\/strong>
Javob: Oybek<\/p>\n\n\n\n
563. Tabiatshunoslar u haqida shunday deyishadi: Labida dori, dumida zahar olib yuradi. U nima?<\/strong>
Javob: Asalari<\/p>\n\n\n\n
564. O\u2018z asarida tilga olingan mashhur \u00abBir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun\u00bb iborasi hatto uning qabr toshiga ham o\u2018yib yozilgan ekan?<\/strong>
Javob: A.Dyuma<\/p>\n\n\n\n
565. Dramatik yoki musiqaviy asarlarda fojeani ifodalovchi element aynan shunday nomlanadi?<\/strong>
Javob: Tragizm<\/p>\n\n\n\n
566. Indianada \u00abU\u00bbni iste\u2019mol qilgan fuqaro to\u2018rt soatgacha jamoat transportiga chiqishi mumkin emas. Shuning bilan birga madaniy hordiq chiqariladigan joylarga ham borishi man etiladi. \u00abU\u00bb-?<\/strong>
Javob: Sarimsoqpiyoz<\/p>\n\n\n\n
567. O\u2018ng va chap qo\u2018li bilan bir xil vaqtda bemalol ishlay oladigan odamlar turi qanday nomlanadi?<\/strong>
Javob: Ambidekstrlar<\/p>\n\n\n\n
568. U aktyor, kinorejissyor bo\u2018lishidan oldin sirkda “Karandash” laqabli masxarabozning shogirdi bo\u2018lgan. U kim?<\/strong>
Javob Y.Nikulin<\/p>\n\n\n\n
569. Mustaqil O\u2018zbekistonimizning ilk pochta markasida aynan uning portreti tasvirlangan?<\/strong>
Javob: Nodirabegim<\/p>\n\n\n\n
570. Bryus Uillis, Ronald Reygan, Janna D’Ark\u2026
Ushbu shahslar o\u2018rtasidagi umumiylikni toping?<\/strong>
Javob: Ularning bari chapaqay bo\u2018lgan<\/p>\n\n\n\n
571. Tojikchada \u00abYigit va ishchi\u00bb deb ayting?<\/strong>
Javob: mardikor<\/p>\n\n\n\n
572. O’zbek adabiyotida o’zini “adashgan it”ga o’xshatgan kim edi?<\/strong>
Javob: Furqat<\/p>\n\n\n\n
573. Qadimgi Misrda quldorlik davlatini boshqargan shoxlarni shu nom bilan atashgan?<\/strong>
Javob: Firavn<\/p>\n\n\n\n
574. Sariq kasalligi shu a\u2019zoning funksiyasi ishdan chiqishi natijasida yuzaga keladi?<\/strong>
Javob: Jigar<\/p>\n\n\n\n
575. U \u00abQobil\u00bb, \u00abSurayyo\u00bb, \u00abHijron\u00bb, \u00ab Abulfayz\u00bb ,\u00abIndamas\u00bb kabi tahalluslar bilan ijod qilgan. Barchaga birdek tanish bo\u2018lgan eng mashhur taxallusini yozib bering?<\/strong>
Javob: Avloniy<\/p>\n\n\n\n
576. Arab tilida \u00abIzlovchi, o\u2018rganuvchi\u00bb deb ayting?<\/strong>
Javob: Talaba<\/p>\n\n\n\n
577. 1397-yilda Temurning nabirasi, Mironshohning qizi uchun aynan shu bog\u2018 barpo etilgan?<\/strong>
Javob: Bog\u2018ishamol<\/p>\n\n\n\n
578. Mayonez tayyorlashda uksus eritmasi, yog\u2018 va U kerak bo\u2018larkan. U-?<\/strong>
Javob: Tuxum sarig’i<\/p>\n\n\n\n
579. \u00abVaqt mashinasi\u00bb va \u00abDoktor Moro oroli\u00bb fantastik romanlari Uning qalamiga mansub?<\/strong>
Javob: Gerbert Uels<\/p>\n\n\n\n
580. Sobiq Ittifoqda 1935-yilda bu unvonning katta, 1937-yilda esa kichik turi joriy qilingan. Xo\u2018sh qaysi unvon?<\/strong>
Javob: Leytenat<\/p>\n\n\n\n
581. Kemada tashiladigan yuklar umumiy nomi bilan shunday ataladi?<\/strong>
Javob: Kargo<\/p>\n\n\n\n
582. O\u2018tkir Hoshimov Ularning sinovidan o\u2018tgan asar haqiqiy asardir deya e\u2019tirof etadi. Ularning birinchisi- kitobxon bo\u2018lsa, ikkinchisini siz ayting?<\/strong>
Javob: Vaqt<\/p>\n\n\n\n
583. Tojikchadan tarjima qilganda \u00abTo\u2018qqiz kishi\u00bb ma\u2019nosini beruvchi bizga tanish bo\u2018lgan poytaxt shahar nomini ayting?<\/strong>
Javob: Nukus<\/p>\n\n\n\n
584. Zambiya qonunlariga ko\u2018ra sayyohlar bu toifa odamlarni suratga olishi mumkin emas?<\/strong>
Javob: Pigmey (past bo\u2018yli)<\/p>\n\n\n\n
585. 1957-yili adabiyot yo\u2018nalishida Nobel mukofotini shu fransuz olgan?<\/strong>
Javob:: Albert Kamyu<\/p>\n\n\n\n
586. Lotinchada \u00abQisqartiraman\u00bb deb ayting?<\/strong>
Javob: Abreviatura<\/p>\n\n\n\n
587. Ispaniya parlamentining 1810- yil sentyabridagi Kadis shahrida bo\u2018lib o\u2018tgan yig\u2018ilishida konstitusion monarxiya tarafdorlari partiyasi o\u2018zlariga shu nomni olishgan?<\/strong>
Javob: Liberallar<\/p>\n\n\n\n
588. Nobel lauriyatlarining son jihatidan quyidagicha kategoriyasi mavjud: 822 marta erkaklar, 48 marta ayollar va 23 marta ULAR?<\/strong>
Javob: Tashkilotlar<\/p>\n\n\n\n
589. Kuba davlatining bu nomi sobiq to\u2018rt ispan general-kapitanlaridan birining nomi bilan ataladi?<\/strong>
Javob: Gavanna<\/p>\n\n\n\n
590. Olimpiada o\u2018yinlari tarkibiga kiruvchi bu sport turi XV asrda Shveysariyada paydo bo\u2018lgan. Hozirgi qoidalari XIX asr oxirida ishlab chiqilgan. Unga bog\u2018liq ma\u2019lumotlarda 40-122 sm diametrga ega doira va 20-90 metr masofa tilga olingan?<\/strong>
Javob: Kamondan otish<\/p>\n\n\n\n
591. Italiya va Ispaniyadagi bu dvoryanlar unvonining fransuzchadan tarjimasi \u00abchavandoz\u00bb.?<\/strong>
Javob: Kavaler!<\/p>\n\n\n\n
592. Xorazmdagi bu tuman nomining ma\u2019nosi \u00abbog\u2018lar\u00bb demakdir?<\/strong>
Javob: Bog’ot<\/p>\n\n\n\n
593. Italyan tilida \u00ab40 kun\u00bb deb ayting?<\/strong>
Javob: Karantin<\/p>\n\n\n\n
594. U Bolgariya xalq Respublikasining 1-darajali \u00abKirill va Mefodiy\u00bb ordeni bilan mukofotlangan.1975-yilda 60 yoshga to’lishi munosabati bilan \u00abXalqlar do’stligi\u00bb ordeni, ayni chog’da u sobiq ittifoq davlat mukofoti laureati va Mehnat Qahramoni hamdir?<\/strong>
Javob: Zulfiya<\/p>\n\n\n\n
595. Aylananing ikki radiusi va yoyi orasidagi soha shunday ataladi?<\/strong>
Javob: Sektor<\/p>\n\n\n\n
596. Ishtixon tumani mamlakatimizning aynan shu viloyati tarkibida?<\/strong><\/p>\n\n\n\n
Javob: Samarqand<\/p>\n\n\n\n
597. Qabilalarni birlashtirib Mo’g’o’l davlatini yaratgan U 1206-yilda o’zini Chingizxon deb ataydi?<\/strong>
Javob: Temuchin<\/p>\n\n\n\n
598. 1931-1932 yillarda chop etilgan \u00abDinamo\u00bb va \u00abTirik qo’shiqlar\u00bb she\u02bbriy to’plamlaring muallifi bo’lgan hamyurtimizni ayting?<\/strong>
Javob: G’afur G’ulom<\/p>\n\n\n\n
599. Ushbu jonzotlarni o’rganuvchi fanning nomi qadimgi yunon mifologiyasidagi qiz nomidan kelib chiqqan, o’sha qiz haqida afsonalar ham mavjud.
Siz menga fan nomini yoki jonzotni aniq qilib yozib bering?<\/strong>
Javob: Araxnologiya<\/p>\n\n\n\n
600. Floridadagi \u00abSloppi Jo\u00bb kafesida har yili shu yozuvchining o\u2018xshashlari o\u2018rtasida konkurs o\u2018tkaziladi?<\/strong>
Javob: Ernest Heminguyey<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"