{"id":136750,"date":"2024-06-27T13:04:13","date_gmt":"2024-06-27T10:04:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=136750"},"modified":"2024-06-27T15:46:25","modified_gmt":"2024-06-27T12:46:25","slug":"28-qism-savol-javoblar","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/28-qism-savol-javoblar\/","title":{"rendered":"28-qism savol javoblar"},"content":{"rendered":"\n
2701. Alisher Navoiyning “Sab\u2018ayi sayyor” dostoning 6 -bobidan parcha.<\/strong>
Bo\u2018yla so\u2018z fanida chiqorg\u2018on ism
Qildi uslubini aning ikki qism
Har kishi qilmoq istasa malum
Biri mansur erur, bir mandum
Savol: baytdagi mansur va mandum so\u2018zlari nimani anglatadi?<\/strong>
Javob. Mansur -nasr
Mandum-nazm<\/p>\n\n\n\n
2702. 4 ta yarim oy , har birida yana 4 tadan teshikcha .4 ta yarim oyni
4 ta toshga bandi qildim ,bandi bo\u2018lguncha 4 ta tosh qon yig\u2018ladi chunki 4 ta tishning joni bor.
Savol: Yuqoridagi jumboq ostida nima yashiringan?<\/strong>
Javob. Taqa
Izoh :chunki taqa yarim oy shaklida bo\u2018ladi va mix uchun 4 ta teshikchasi ham bo\u2018ladi<\/p>\n\n\n\n
2703. Bu jonivor suv ichmas ekan lekin bu degani uni suvga ehtiyoji yo\u02bbq degani emas. Bu jonzot suvni shimib suvga bo\u02bblgan ehtiyojini qondirar ekan.
Savol: Bu qanday jonzot?<\/strong>
Javob. Qurbaqa.
U suvni terisi bilan shimib olarkan.<\/p>\n\n\n\n
2704. Ludvig van Betxoven qiyinchilikda katta bo’lgan. Uning oilasi kambag’allikda kun kechirgan. Ludvig dastlab otasidan nay chalishni o’rganib ko’cha kuyda nay chalib pul topadi. Betxovenni turli xil musiqiy asboblarni chalishni o’rgangandan so’ng, o’zining birinchi musiqiy konsertini berishni reja qilgan edi. Konsertdan oldin Betxovenning otasi konsertga odamlarni ko’proq kelishini xohlab Betxovenga oid bir ayyorlik ishlatadi.
Diqqat Savol: Betxovenning otasi qanday ayyorlik qilgan?<\/strong>
Javob: Betxovenni yoshini kichikroq ko\u2018rsatgan.
Izox: Konsert berayotgan insonning yoshi qanchalik kichik bo’lsa, odamlar e\u2018tiborini shunchalik tortgan. Va natijada konsertga ko’proq odamlar tashrif buyurgan<\/p>\n\n\n\n
2705. Kinoda IMITATSIYA uning ta\u02bcsirini oshirishda muhim hisoblanadi. Masalan: daryo to\u02bblqinini imitatorlar tog\u02bboraga suv solib ham hosil qila olishadi. Ingichka ipak lentachani tarang tortib, chertilsa o\u02bbq ovozi chiqadi. Kraxmal solingan qopcha kaftga olib ishqalansa, qorning qichirlashi eshitiladi.
Diqqat Savol: Imitatorlar gugurt orqali qanday ovozni hosil qilishgan?<\/strong>
Javob. Gugurt mikrafonga yaqin tutib chaqilganda aynan Portlash ovozini hosil qilgan.<\/p>\n\n\n\n
2706. Insonga tegishli bo\u2018lgan Uning tarkibida milliondan bir gramm tuz, oqsil, suv va yog\u2018lar mavjud. Yordam tariqasida shuni aytish mumkinki, o\u2018ziga xos bo\u2018lgan uni bilishingiz uchun jinoyat olamining mutaxassisi bo\u2018lishingiz shart emas.
Diqqat Savol: Mazkur ta\u2018rif nimaga berilganligini maksimall aniqlikda yozib bering?<\/strong>
Javob: barmoq izlari<\/p>\n\n\n\n
2707. Napaleon Bonapart o\u2018z armiyasining mustahkamligi va jipsligiga katta e’tibor qaratgan. Uning faoliyatida o\u2018ziga xosliklar ko\u2018p uchraydi. Shu sabab o\u2018z davrida uning bir ishini tanqid ostiga olganlarga javoban Napaleon: \u201cO\u2018yinchoqlar odamlarni boshqaradi\u201d deya javob bergan edi.
Diqqat Savol: O’yinchoqlar deganda u nimani nazarda tutgan?<\/strong>
Javob. Davlat mukofotlari, unvonlari.
Izoh: Napaleon faoliyati davomida Faxriy legion ordenini tashkil etib, uni armiyaning 1.5 mingta harbiy xizmatchisiga topshiradi, qolaversa 18 ta generalga \u201cFransiya marshali\u201d unvonini beradi va u o\u2018zi tomonidan berilgan mukofotlarni u o\u2018yinchoqlar deya, bu orqali armiyani o\u2018ziga xos boshqarish usuli deya aytib o\u2018tadi.<\/p>\n\n\n\n
2708. Anatol Abragam bir shaxarga naq uch hafta kira olmaganini aytadi. Va \u201cUch haftalik X \u2013 bu oksyumoron deb,\u201d ta’kidlaydi.
Diqqat Savol: X o\u2018rnidagi o’zlashtirilgan so\u2018zni toping?<\/strong>
Javob: Karantin<\/p>\n\n\n\n
2709. Bir asar qaxramonlari Cherchill juda ko’plab xatolar qilganini ta’kidlashadi. Ammo, bir personaj ba’zi o’rinda Cherchill haq bo’lganini ta’kidlagach, uni esga olishadi. Tush tabiriga ko’ra uni tushda ko’rish ishlarning rivojlanmay qolishi yoki uni egasi vafot etishini bildirishi mumkin ekan.
Diqqat Savol: Tush tabiri nima Uni toping?<\/strong>
Javob. Buzuq, to’xtab qolgan soat.
Izoh: Buzuq soat ham kunda 2 marta vaqtni to’g’ri ko’rsatadi.<\/p>\n\n\n\n
2710. Ular butunlay o’z funksiyasini yo’qotmagan. Masalan, yugurush vaqtida Ular balans ushlash va xatto rul vazifasini ham bajaradi. Bundan tashqari ular kelajak avlod vakillarni saqlashda ham katta axamiyatga ega.
Savol: Ularni ikki so’z bilan ayting?<\/strong>
Javob. Tuyaqush qanotlari
Izoh. Qanotlarning asosiy funksiyasi parrandani yerdan ko\u2018kga ko\u2018tarishdir. Tuyaqush qanotlari esa bu funksiyani bajarmay qo\u2018ygan, ammo tuyaqushlar qanotlari yordamida boshqa turli ishlarni amalga oshirishadi, qo\u2018shimchasiga ular tom ma\u2019noda polaponlarini o\u2018z qanotlari ostida parvarishlaydilar.<\/p>\n\n\n\n
2711. Oson savollar turkumidan.
Yanvar , fevralda bo\u2018ladi.
Shu bilan uni avgustda ko\u2018ramiz.
Gap nima haqida ketayapti?<\/strong>
Javob: V harfi<\/p>\n\n\n\n
2712. Uni faylasuflar boshi va oxiri yo\u2018q abadiylik timsoli deb ta\u2018riflashadi.
BA\u2018ZI insonlar uni cho\u2018ntakida olib yurishadi.
Bu nima ?<\/strong>
Javob: Nikoh uzugi<\/p>\n\n\n\n
2713. Dunyoda shunday bir maxsulot borki , bu maxsulot dunyodagi 2 davlatdan boshqa barcha davlatdan topishingiz mumkin.
Bu davlatlar Shimoliy Koreya va Kuba
Bu qaysi maxsulot?<\/strong>
Javob: Coca cola<\/p>\n\n\n\n
2714. Lolalar ko\u2018pchilik xush ko\u2018radigan gullar sirasiga kiradi. Uni tinchlik ramzi sifatida qadirlaymiz. Ajablanarlisi shundaki , ikkinchi jahon urushida ham lolalarning qadri baland bo\u2018lgan.
Nima uchun?<\/strong>
Javob. Piyozidan oziq sifatida
foydalanganligi uchun<\/p>\n\n\n\n
2715. Britan organizatsiyasi “Action on Smoking” ning xabar berishicha, bu narsaning ommalashuvi O\u2018SMIRLAR o\u2018rtasida chekishni 19% ga kamaytirib yubordi. Avval o\u2018smirlar kattalarga o\u2018xshash uchun sigaretga ruju qo\u2018ygan. Hozir esa huddi shu maqsadda ular boshqa narsaga ruju qo\u2018yishdi va bu oddiy hol sifatida qaralmoqda.
Bu nima bo\u2018lishi mumkin?<\/strong>
Javob: qo’l telefoni<\/p>\n\n\n\n
2716. U haqiqatning onaizori va doyasidir. Haqiqat u bilan tirik.
Haqiqatning tirikligiga sabab bo\u2018ladigan narsa nima?<\/strong>
Javob. Tanqid<\/p>\n\n\n\n
2717. Tibbiyot mutahasislarining fikricha, u predmet sizni kundalik shok xolatiga tushuradi. Kundan kun unga ko\u2018nikib, tabiiy zavq hissi sizni tark eta boshlaydi.
Asabiy va darg\u2018azab bo\u2018lishingizni tezlashtirar ekan. Hozir turli davlatlarda turli ko\u2018rinishda ishlab chiqarilmoqda. Ammo bizning ongimizda u serjahil ko\u2018rinishda saqlanib qolgan.
Nima u ?<\/strong>
Javob. Budilnik<\/p>\n\n\n\n
2718. Kitob odamni bilag\u2018on qiladi. Suhbat topqir qiladi. Yozib olish-chi?
U insonga nimani o\u2018rgatadi?<\/strong>
Javob. Aniqlikni<\/p>\n\n\n\n
2719. Bilamizki alifboda “\u0430” harfidan boshlanadi . Lekin shunday harflar jadvali borki “\u0448” harfidan boshlanadi.
bu alifbo jadvalini qaysi?<\/strong>
Javob. Galovin jadvali.
Ya\u2018ni ko\u2018z o\u2018tkirligini o\u2018lchaydigan
2720. Ketishini xohlamaymiz, lekin asta sekin yo’qotib quyamiz..
Unga yetay deganimizda uni butunligiga ishonchimiz qolmaydi..
Lekin hayotda uni umuman topmaganlar ham yo’qotmaganlar ham yo’q emas.
U nima?<\/strong>
Javob: Sog’liq<\/p>\n\n\n\n
2721. ILGARI masjidlarda azon aytish uchun baland minoralarga chiqilardi. Aksariyat xolarda azon aytish ko\u2018zi ojizlarga ishonilar edi.
Nimaga minoraga chiqib aytiladigan azonni ko\u2018zi ojizlar aytishgan?<\/strong>
Javob. Ko\u2018zi ojizlarni qo\u2018yishiga sabab, hovlida yurgan ayollarni ( nomaxram ) ko\u2018rmasligi uchun.<\/p>\n\n\n\n
2722. Bir hazilda aytilishicha Haqiqat egiladi, bukiladi va hatto sinishi ham mumkin ekan, Agar ALFA bo\u2018lsa,
Hatto hozirgi kunning dolzarb mavzusi hisoblangan Koronavirusni ALFA ekan deb hazillashyaptilar.
Savol Alfani bir necha o\u2018zbekcha bo\u2018lmagan so\u2018zlar bilan yozib bering?<\/strong>
Javob. Made in china<\/p>\n\n\n\n
2723. Dunyoda shunday bir jonzod bor. Bu FIL. Bu hayvon boshqa hayvonlar qila oladigan bitta ishni qila olmaydi. Bu nima?<\/strong>
Javob: Sakrayolamaydi<\/p>\n\n\n\n
2724. 1910-yilda Charli Chaplin AQSh bo\u2018ylab gastrolga chiqadi. U o\u2018zi borgan bir shahar haqida aytarkan, shahardagi hatto eng arzon mehmonxonalar ham yangidan qurilgan ekanini ta’kidlagan.
Diqqat Savol: Bu qaysi shahar edi?<\/strong>
Javob. San Fransisko.
Izoh: Odatda aksariyat mehmonxonalar tarixiy bo’lishadi. Bunda esa Bir necha yil oldin shaxarda ro’y bergan yirik zilzila deyarli barcha binolarni yakson qilgandi.<\/p>\n\n\n\n
2725. Afrikaning eng qadimgi davlatlaridan biri bo\u2018lmish Efiopiyaning poytaxti tez-tez o\u2018zgarib turgan .Poytaxt 1883 yilda Avstraliyadan EVKALIPT daraxtlari olib kelingandan buyon o\u2018zgarmay kelmoqda .
Savol: Addis-Abebaning poytaxt bo\u2018lib qolishiga Evkalipitning qanday xususiyati yordam bergan?<\/strong>
Javob. Evkalipt juda tez o’sadigan daraxt.
Izoh: Avvallari qayerda daraxt ko’p bo’lsa o’sha joy poytaxt bo’lgan. Daraxtlar o’tinga kesilib ketavergach, daraxtlar tugagach , poytaxt ham o’zgargan. Avstraliyadan Evkalipt olib kelishib, Addis-Abebaga ekilavergan. Daraxt bu yoqdan kesilib, u yoqdan o’savergan. Daraxt tugamagach, poytaxt ham o’zgarmay qolgan. <\/p>\n\n\n\n
2726. Charli Chaplin
U meni eng yaqin do’stim chunki men unga qarab yig’laganimda u hech qachon menga qarab kulib turmaydi.
Savol :Charli Chaplin nimani eng yaqin do\u2018stim degan?<\/strong>
Javob. Oyna( ko’zgu)<\/p>\n\n\n\n
2727. Ukrain xalq maqolida aytilishicha , ertalab \u2026. bilan uyg\u2018ongandan ko\u2018ra, kechki ovqatsiz uxlagan yaxshi. Bu maqol ham sog\u2018lom turmush tarzini targ\u2018ib qiladi ,ham rejali bo\u2018lishga davat etadi.
Savol:Uch nuqta o\u2018rnidagi so\u2018zni ayting?<\/strong>
Javob. Qarz
Ertalab qarz bilan uyg\u2018ongandan ko\u2018ra ,kechasi och uxlagan yaxshi.<\/p>\n\n\n\n
2728. Noziktab rassom Rembrantning fe\u2018l-atvori juda ham og\u2018ir bo\u2018lgan.Boshqalar bilan til topishishda anchagina muammolari bo\u2018lganligi uning asarlarida ham aks etib turadi.
Savol: uning muammosi asarlarida qanday aks etgan?<\/strong>
Javob. Rembrant portretchi bo’lgan. U hamma bilan urushib qolavergan. Portretchi esa kimgadir qarab chizishi kerak. U boshqalar bilan yaxshi chiqisha olmagani uchun uyiga katta ko’zgu olib kelib o’rnatib, ma’lum bir muddat faqat avtoportretlar chizgan. Buni portretlarda o’zini ko’p chizganidan ham bilish mumkin.<\/p>\n\n\n\n
2729. Charlz Dikkens yozadiki, bir qishloq mehmonxonasida noto’g’ri moslashtirilgan ular sababli, filga yo\u2018lbarsning orqa oyoqlari tushib qolgan bo’lsa, arslonga xartum va qoziq tishlar to’g’ri kelib qolgan.
Diqqat Savol: Ularni toping?<\/strong>
Javob. Gulqog\u2018oz (oboy)<\/p>\n\n\n\n
2730. Bu film haqida gapiradigan bo’lsak, u 1979-yil suratga olingan. Negadir bu filmni ko’pchilik BOSHQACHAROQ nomda ataydi. Lekin ushbu filmni tomosha qilsangiz asl nomini ekranlarda ko’rishingiz mumkin.
Diqqat Savol: Ushbu o\u2018zbek filmini asl nomini yozib bering?<\/strong>
Javob. Chinor tagidagi duel
(Ostidagi)<\/p>\n\n\n\n
2731. Tijorat banklari 2008 yilgi inqirozdan keyin qarz oluvchilarga qo\u2018yiladigan talablarni kuchaytiradilar. Endi kredit berishdan oldin bank mutaxassislari kreditga da\u2019vogar kompaniya hududiga borishgan. Da\u2019vogar joylashagan joy, moliyaviy xujjatlar yanada diqqat bilan o\u2018rganilgan. Ba\u2019zan ofis stollarida UNI bor yoki yo\u2018qligi tekshirilgan. Agar U mavjud bo\u2018lsa, kredit katta ehtimol bilan berilmagan.
Diqqat: UNI qisqa so\u2018z bilan yozib bering?<\/strong>
Javob. Chang
Izoh :Agar stollarda chang bo\u2018lsa, ehtimol ofis ishlamayapti.<\/p>\n\n\n\n
2732. Agar sigirlarning o\u2018tlash jarayonini kuzatadigan bo’lsak, nima uchundir ular temiryo’l relslari bo’ylab o\u2018tlashni xush ko’rishni kuzatishimiz mumkin.
Diqqat Savol: Bunga nima sabab bo’lishi mumkin?<\/strong>
Javob: Temiryol relslarini antikarroziya maqsadida neft smolasi surtishadi. Bundan chiqqan xid pashsha chivinlarni qochiradi. Bundan esa sigirlar xuzurlanib otlashadi<\/p>\n\n\n\n
2733. Tomas Gekslining fikricha inson miyyasi faqat tashqi ta\u2019sirdan keyin ishlay boshlaydi, ya\u2019ni inson ongi vujudga kelishiga tashqi omil sababdir. Bu holatni Geksli mo\u2018jizaga o\u2018xshatadi va ikki ertak qahramoni bilan bir predmetni eslaydi.
Savol: Menga ertak qahramonlari va predmetni aytib bering?<\/strong>
Javob. Alovuddin Jin va shamchiroq.
Izoh. Geksli Inson ongini \u2013 Jinga, miyyani Shamchiroqqa va tashqi ta\u2019sirni Alovudinning shamchiroqni ishqalashiga o\u2018xshatgan.<\/p>\n\n\n\n
2734. Barchaga ma’lumki, ro\u2018za riyodan eng xoli bolgan ibodat, boshqa ibodatlarda odamlar bandaning ibodatiga guvoh bo’lishi ehtimoli yuqori, ammo ro\u2018zada tashqaridan qarab, uning ro\u2018zador ekanligini bilish qiyin. Mashoyixlar aytadiki, ro\u2018zador issiq va tashnalikdan hosil bo’ladigan bir holatni bekitib yurmasa, shu arzimagan holatdan ham boshqalar uning ro\u2018zador ekanligini bilib qolib, ro\u2018zasining savobi kamayib qolishi mumkin ekan.
DiqqatSavol: o’sha holatni aniq ayting?<\/strong>
Javob. Lab qurishi<\/p>\n\n\n\n
2735. Pushkin bir safar balda knyagina Goncharova oldiga kelib, uni raqsga taklif qiladi. Knyagina undan balandroq edi, shuning uchun shoirga yuqoridan pastga nazar solib, kinoya bilan:
-Janob, kechirasiz, ammo menga bola bilan raqsga tushish noqulay, deydi.
Pushkin:
-Kechirasiz, xonim\u2026
Diqqat savol: Pushkin javobini mantiqan yakunlang?<\/strong>
Javob. -Kechirasiz, xonim, homilador ekanligingizni bilmabman.<\/p>\n\n\n\n
2736. Vohaga qatnovchi taksichilar yo’l davomida har qanday joydan o’ziga xoslik topib, qiziq nomlar qo’yib olishgan. Jizzaxdagi dovonlar orasining ushbu taksichilar orasidagi nomi bir mashhur xorij seriali nomidan bitta harfga farq qiladi.
Diqqat savol: Ushbu nomni 2 so’z bilan aniq yozib bering?<\/strong>
Javob. “Qurtlar(Kurtlar) vodiysi”
Izoh: Ushbu joyda eng ko’p sotiladigan mahsulotlar asal va qurt hisoblanadi<\/p>\n\n\n\n
2737. Qirol Rama I Tailand tarixida o\u2019chmas iz qoldirgan hukmdor hisoblanadi va uning hayoti haqidagi ma\u2019lumotlarni bilish har bir tailandlikning burchi.
Shu tufayli bo\u2019lsa kerak, uning faoliyati bilan bog\u2019liq sanalar Tailanddagi ayrim restoranlarda U sifatida ishlatiladi.
Diqqat savol:Uni 2 so’z bilan yozib bering?<\/strong>
Javob. Wi-fi kodi.
Izoh: Wi-fi kodlari odatda 8 ta raqamli bo’ladi. 1737-1809 qirolning tug\u2019ilgan va vafot etgan sanalari<\/p>\n\n\n\n
2738. Kamyuni yozishicha vabo shaharga kirganda eng birinchi bo\u2018lib .Ushbu kasb egasi vafot etadi..
Savol :Kamyuning falsafasidan kelib chiqib aytingchi ushubu kasb egalari kimlar?<\/strong>
Javob. Kamyuning fikriga bu kasb egalari Darvozabon ya’ni darvozani ochib yopadiganlar<\/p>\n\n\n\n
2739. XX asr jahon progressiv she\u2018riyati namoyondasi Raymon Keno ijodidan.
Agar tanamni o\u2018z qo\u2018lim bilan
Tobutga qo\u2018ya olsam
Bu mening g\u2018alabam,yutganimdur
Agar o\u2018z qabrimga majnuntol ekmoq nasib etsa menga,
Qabrim gullariga suv quya olsam
O\u2018yinning g\u2018olibi deyavering meni,
Garchi bilmasamda ,neni yutganim.
Shoir bu she\u2018rning sarlavxasini inson tabiatidan paydo bo\u2018lgan salbiy so\u2018z bilan atagan .
Savol: She\u2018rning nomini toping?<\/strong>
Javob. Xudbinlik<\/p>\n\n\n\n
2740. Ko\u2018pgina yirik paypoq tikish fabrikalari buyurtma asosida maxsulot ishlab chiqaradi.Deylik 100 juft paypoqqa 1 raqami, yana boshqa partiyaga paypoqlar juftliklariga 2 raqami, keyingilariga 3 yo 4 raqamlari qo\u2018yib tikiladi. Raqamlar soni uncha ko\u2018p bo\u2018lmaydi.
Savol:Buyurtmachilar kimlar va raqamlar nimani bildiradi?<\/strong>
Javob. Ko\u2018zi ojizlar uchun. Raqamlar esa ranglarni anglatadi<\/p>\n\n\n\n
2741. She\u2018riy topishmoq
Ummon osha keldi ikki zot,
Biri g\u2018anim,birisi mehmon
Mehmonini ko\u2018kka ko\u2018tarib ,
G\u2018animini qiramiz chunon.<\/strong>
Yani okean ortidan kelgan bu ikki narsaning biri yaxshi, ikkinchisi yomon, Yaxshisini boshimizga ko\u2018tari , yomonini kimyoviy dorilar bilan bo\u2018lsa ham qiramiz.
Savol:Ummon o’sha kelgan ikki zot nimalar ekanini toping?<\/strong>
Javob. Kaliforniya navli terak
Kalarado qo\u2018ng\u2018izi<\/p>\n\n\n\n
2742. Ahmad Lutfiy Qozonchining
O\u2018gay ona asaridan.
Quyoshni bahorni boshi va kuzni ohirida har doimgidan ham ko\u2018proq suyamiz . Odamlar ilk bahor quyoshini askarlikdan qaytgan o\u2018g\u2018linikutgandek kutishadi.
Savol :Odamlar kuzgi quyoshni qanday kutishadi?<\/strong>
Javob. Bayram ta’tilida kelgan mehmon loqal bir kunga qolishini istaydigan suyukli farzand<\/p>\n\n\n\n
2743. Angliya qonunlariga ko’ra avtomobilda xarakatlanayotgan haydovchilar hayvonlarni urib yuborganda qattiqroq jazoga tortilishar ekan odamlarni urub yuborganga qaraganda. Ularning fikricha hayvonlar mashinalarga qarshi himoyasizroq ekan.
Savol : Nima uchun hayvonlar odamlarga nisbatan himoyasizroq ?<\/strong>
Javob. Hayvonlar yo’l qoidalarini bilishmagani uchun ular mashinalar oldida himoyasiz.<\/p>\n\n\n\n
2744. Katoliklarda besh qirrali yulduz ya’ni ,,Pentakl” shayton ramzini anglatgan. ” Da Vinchi siri” asarida esa Xristian dinidan avvalroq paydo bo’lgan majusiylik dinida besh qirrali yulduz X ning ramziy belgisi hisoblangan deyiladi.
Savol : Majusiylik dinida besh qirrali yulduz nimaning ramziy belgisi hisoblangan ?<\/strong>
Javob: Muqaddas Ayollik ibtidosi ramzi (Mabuda)<\/p>\n\n\n\n
2745. Mashhur rassom Salvador Dali uyquga yotishdan oldin qo’liga qoshiq ushlab olar ekan. Aynan shu qoshiq uning ko’pgina shoh asarlarining yaralishiga zamin yaratgan.
Savol: Qoshiq unga nima uchun kerak bo’lgan?<\/strong>
Javob. Uxlayotganida qiziq tush ko’rayotganida qoshiq tushib ketib uyg’onib ketgan va tushida ko’rgan narsasini chizgan.<\/p>\n\n\n\n
2746. Quruqlikdagi hayvonlar ichida eng vazni og\u2018iri – fil. Lekin ba\u2018zi kishilar otlarning vazni ham filniki bilan barobar bo\u2018ladi , deyishadi.
Shunday bo\u2018lishi mumkinmi?
agar mumkin bo\u2018lsa qayerda?<\/strong>
Javob. Shaxmat taxtasida<\/p>\n\n\n\n
2747. Arablar hisobicha aynan ERKAKLARda 50 yoshdan so\u2018ng unga ega bo\u2018lishi mumkin. Albatta oilaviy va moddiy holatidan kelib chiqib.
50 yoshdan keyin ayrim arablar nimaga erishdailar?<\/strong>
Javob. Agar boyligi va oilaviy nasl nasabidan kelib ko\u2018tarsa , 50 yoshida Shayx unvoniga erishadilar.<\/p>\n\n\n\n
2748. Qadimgi yunonlar mol go\u2018shtini bu narsaga nafaqat xomini , balki qovurilgan , qaynatilgan , bug\u2018langan holini ham ishlatganlar.
bundan nima maqsadda?<\/strong>
Javob. Qurbonlik maqsadida<\/p>\n\n\n\n
2749. X Yevropaning eng baland nuqtasidagi poytaxt nomini olgan.
Bu poytaxt suv satxidan 650 metr balandlikda joylashgan.
Aynan shu poytaxt qaysi?<\/strong>
Javob. Ispaniyaning Madrid shahri<\/p>\n\n\n\n
2750. Brus Uills Men ayolimga ming martta uni yaxshi ko’rishimni aytganman, ammo hech qachon unga BU ISHNI ni qilmaganman degan. Irlandiyalik bokschi Keti Teylor 2-olimpiada medali bilan uyga qaytmagani uchun BU ISHNIni qilgan.. Ayollar nazdida esa, BU ISHdan erkaklar uzoq turishlari kerak, ammo BU ISHni qila olgan erkak haqiqiy erkak hisoblanar ekan. Uchta hududdagi voqealar BU ISHni trend darajasiga aylantirdi.
Diqqat Savol: BU ISHni topib bering ?<\/strong>
Javob. Uzr so’rash.
Izoh: 2020-yil Uchta hudud bular- Xorazm, Qashqadaryo va Fargona viloyatlari edi. Ularning hokimlari xalqdan uzr sorashdi.<\/p>\n\n\n\n
2751. Bu so’z lug’atda quyidagicha ta’riflanadi:
U Inson nafsidagi kishini gunohlardan va muboh pastkashliklardan qaytaradigan malakadir”.
Hozirgi kundagi aktual beshlikning biri ham aynan shudir.
Diqqat Savol: Gap nima haqida ketmoqda?<\/strong>
Javob. Adolat
Izoh: 5 ta partiyadan biri “Adolat” partiyasidir.<\/p>\n\n\n\n
2752. O’tmishda bir kasb egalarining maxsus qutisi bo’lgan. Bu qutida qum, yelim, qisqich, latta, suv quyish moslamasi (voronkacha), qayroqtosh, taglik va boshqalar bo’lgan.
Diqqat Savol: Bu quti egasining kasbini yozib bering.?<\/strong>
Javob. XATTOTLAR
Izoh: Xattotlar qutisida qalamni taroshlab turish uchun qayroqtosh, siyohni quritish uchun qum, siyohdonga suv quyish uchun voronka, qalam uchini artish uchun latta, qog’oz ostiga qo’yish uchun taglik bo’lgan<\/p>\n\n\n\n
2753. Ariq ostida yig\u2018ilib qoladigan mayda qumlarni bilasiz. O’sha qumlar “g’ijirqum” deyiladi. Lekin xalq tilida ularning boshqa nomi ham bor. Bu so’zni hammamiz eshitganmiz, ko’proq yigitlarga nisbatan ishlatilib turadi.
Diqqat savol: u so’zni yozib bering?<\/strong>
Javob. Shilqim
“Shilqim” so’zi aslida “shilqum” bo’lib, nam qumni anglatadi. Nam qum kabi yopishqoq kishilarga nisbatan “shilqim” so’zi qo’llanadi.<\/p>\n\n\n\n
2754. O\u2018zbek milliy yakkakurashi 2 turga bo\u2018lindi: Milliy kurash va Belbog\u2018li kurash. Mutaxassislarning fikricha “Belbog\u2018li kurash”ning eng haqqoniy va halol turi ekanligini 2 ta misol bilan isbotlashadi.
Birinchidan, har ikkala sportchiga bir xil imkonyat beriladi, ya\u2018ni bir xil bel olishishadi, 2-Sababni ko\u2018proq ruxiy sabab deyishimiz mumkin.
Savol: Ikkinchi sababni toping?<\/strong>
Javob. Qolgan barcha yakkakurash turlarida sportchilar o\u2018z raqibiga ko\u2018z bn tazyiq o\u2018tkazishi mumkun , belbog\u2018li kurashda esa raqiblarni bir bini ko\u2018ziga qarashga imkoni yo\u2018q.<\/p>\n\n\n\n
2755. Argentinada mahalliy aholi, va olimlar ham bir gapni har doim shu vaqtda ta’kidlashadi: U keldimi demak “Pampero” keladi, u keldimi demak kurka va tovuqlar tuxumdan qolishadi. Savol u nima?<\/strong>
Javob. To’fon (dovul)<\/p>\n\n\n\n
2756. Buyuk Xitoy devori o’zining salobati va ko’rkamligi bilan butun dunyo sayyohlari orasida mashhur. Dunyoning 7 mo’jizasidan biri bo’lgan bu tarixiy obidaning qu’rilish jarayonida mustaxkamligini ta’minlash maqsadida tosh, tuproqdan tashqari X dan foydalanishgan. X aynan bir hususiyati tufayli devorning mustaxkamligini ta’minlagan.
Duqqat savol: X nima ?<\/strong>
Javob. Guruch qaynatilgan suv<\/p>\n\n\n\n
2757. XIX asr oxirida Ullis Grifgoni bir roman yozadi. Roman qahramoni Amerikalik inson o’zining oldiga qo’ygan maqsadiga erishish uchun atigi 1 oy sarflaydi. Asar oxirida esa bir ingliz xafa bo’lgancha qazo qiladi.
Savol: Inglizning familiyasi nima bo’lgan ?<\/strong>
Javob. Fileas Fogg
Izoh: Fogg dunyoni 80 kunda aylanib chiqqan. Biroq boshqa bir inson uning rekordini yangilagach alamzada va hafa bo’lgan.<\/p>\n\n\n\n
2758. Shaxmat grossmeysterlarining fikricha piyoda barcha figuralardan eng kuchlisi hatto kezi kelganda farzinga ham aylana oladi. Shunday o’xshatishlarga bog’liq bo’lmagan holda aytingchi, ularning fikricha piyodalarni qaysi hayvonga o’xshatishgan? Nega ?<\/strong>
Javob. Timsoh (Krokodil)
Izoh: Timsohlar ham hech qachon ortiga yura olishmaydi huddi piyodalar kabi.<\/p>\n\n\n\n
2759. Hindistonda sigirni muqaddas jonzod deb ehtirom ko’rsatishadi. Ular masofani o’lchashda ham sigirdan foydalanishar ekan.
Savol: Hindlar masofani o’lchashda sigirlardan qanday foydalanishlari mumkin ?<\/strong>
Javob. Hindlar uchun sigir ovozi yetadigan joy “Mu” ga teng ekan.<\/p>\n\n\n\n
2760. Allomalar u narsa haqida gapirganda quydagi o\u2018xshatishni qilishadi.
“Ularning ba\u2018zilarini ozgina totish kerak, ba\u2018zilarini yutib yuborish lozim. Ayrimlarini yaxshilab chaynab xazm qilib yuborish darkor. Chunki ular turlicha bo\u2018ladi.
Savol uni toping?<\/strong>
Javob. Kitob
Izoh: uning ba’zilariga amal qilish kerak, boshqalarini chuqur taxlil qilish kerak, ayrimlarini shunchaki varaqlab chiqsa ham bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n
2761. Onore de Balzakning ” Muhabbat ostonasida ” qissasi qahramoni uyining derazasiga yangi gazetalardan ilib qo\u2018yadigan odati bo\u2018lgan. Gazeta sotib olishga qurbi yetmaydigan odamlar kelib, ushbu gazetalarni o\u2018qib ketishar edilar.
Savol: Siz menga u bu ishni nega qilganini emas uning kasbi nima bo\u2018lganini ayting?<\/strong>
Javob. Rassom.
Izoh: Gazetani o\u2018qigani kelgan odamlarni o\u2018zlari bilmagan holda suratlarini chizib olgan.<\/p>\n\n\n\n
2762. XIX asr oxiriga qadar Angliyada ayrim jentelmenlar saylovlarda uchta ovoz berish huquqiga ega bo’lishgan. Birinchisi turar joyiga qarab. Ikkinchisi Londondagi ish joyiga qarab.
Savol: Uchinchi ovozni qayerda berish mumkin bo’lgan?<\/strong>
Javob. O\u2018qish joyiga qarab<\/p>\n\n\n\n
2763. Mashxur fransuz rassomi
Ogyust Renuar imperessionizm yo\u2018nalishining yorqin namoyandalaridan biri bo\u2018lgan. U juda kambag\u2018al oilada voyaga yetgan .Rassom mashxurlik pillapoyasining cho\u2018qqsiga ko\u2018tarilgan paytlari o\u2018smilik davrini eslab, shaxarga kelgan vaqtlari tosh yo\u2018ldan emas, iloji borich
turoqli ko\u2018chadan yurushni maqul ko\u2018rganligini aytadi.
Savol: Rassom tuproqli ko\u2018chadan yurushni afzal ko\u2018rishining sababini toping?<\/strong>
Javob. Oyoq kiyimi sabab
Izoh: Chunki kambag\u2018al bo\u2018lgani uchun oyoq kiyim toshda tez yeyilishi sababli tuproq yo\u2018ldan yurgan.<\/p>\n\n\n\n
2764. Tibet davlati mavjud bo\u2018lgan davrlarda bolalarga 2 bosqichda ta\u2018lim berishgan. Birinchi bosqichda osonroq fanlar: yozuv , astrologiya , raqs , poeziya , va teatr fanlari o\u2018tilgan. Ikkinchi bosqich bosqichda qiyin fanlardan dars berilgan. Oliy fanlar deb atalgan 5 ta predmatdan saboq olishgan. Birinchisi – sanskrit , ikkinchisi – mantiq , uchinchisi – falsafa , to\u2018rtinchisi – hunarmandchilik , beshinchisi – eng asosiysini siz mantiqan o\u2018ylab toping.?<\/strong>
Javob. Tibbiyot fani<\/p>\n\n\n\n
2765. Bir paytlar Xitoyda ularning soni 24000 ta bo’lgan. Hisob-kitoblarga ko’ra hozir ular 4100 ta qolgan. Zamonaviy Xitoyda esa million kishida u bir xil. Yevropadagi bir davlatda esa u yo’q.
Savol :Gap nima haqida ketayapti?<\/strong>
Javob. Familiya
Izoh : Islandiyada insonlar familyadan foydalanmidi<\/p>\n\n\n\n
2766. Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni” romanida boburiylar davrida bunyod etilgan saroylar ichidagi zinalarning eni juda tor qilib qurilgani yoziladi.Nega zinalar eni tor qilib qurulganiga shu asarda izoh ham berilgan.
Savol: Nima maqsadda zinalarni bunday qurushgan?<\/strong>
Javob: Podshoni qo\u2018riqlash uchun. Tasavvur qiling, zina tor bo’lgandan keyin, 1 ta qo’riqchi bemalol 50 ta yog’iyni zinada ushlab tura oladi.<\/p>\n\n\n\n
2767. X haqidagi fikrlarni eshiting:
X – yillar va sinovlar mevasi.
“X” – “haqiqiy” , “soxta” va hatto “vaqtincha”lari ham bo’larkan hayotda.
“Insonga parvoz qilish uchun qanotlar shart emas. Agar X haqiqiy bo”lsa U hech qachon yiqilmaydi”
Savol: X kim yoki nima?<\/strong>
Javob. Do’st<\/p>\n\n\n\n
2768. Qadimgi Yunonistonda talabalar pul to\u2018lab o\u2018qigan. To\u2018lov vaqti mart oyining oxiriga to\u2018g\u2018ri kelgan. Chunki mart oyining oxirida bir jonivor uyqudan uyg\u2018ongan. Yordam tariqasida shuni aytish mumkunki bu jonivorga donishmandlik , donolik ramzi va ilk mabuda sifatida qarashgan .Lekin bizda u xosiyatsizlik ramzi hisoblanadi..
Savol: Bu jonivor nomi va nega aynan shu vaqtda to\u2018lov amalga oshirilgan?<\/strong>
Javob. Boyo\u2018g\u2018li
Aynan shu vaqtda to\u2018lanishi mabudga hudoyi qilish uchun bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n
2769. Misrshunos olimlarning hisob-kitoblariga ko\u2018ra, miloddan avvalgi ikkinchi ming yillikda qadimgi Misrda 100 tonnalab mis eritilgani qayd etilgan.
Bora -bora u ish butunlay yo\u2018q bo\u2018lib ketgan. Buning to\u2018xtashi boisini olimlar yozib qoldirishgan.Yordam sifatida aytishim mumkinki bunga misrda “Alfani” kamligi sabab bo\u2018lgan.
Savol: Mis olishni to\u2018xtashga asosiy sabab nima bo\u2018lgan va alfa nima?<\/strong>
Javob. O\u2018tin
Izoh: Mis eritish uchun ular Nil daryosi yonidagi palma, xurmo va boshqa daraxtlarni yoqib tugatishgan. Mis eritishni tugashiga sabab o’tinning tugagani bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n
2770. Hozirgi kunda kosmosga chiqish unchalik katta muammo bo\u2018lmay qoldi, xatto sayohatga ham chiqishayapti. Ayrim kosmonavtlar u yerda oylab yashashadi Orbital stansiya ichida hamma narsa , xattoki 2 xil changyutgichgacha bor. Biri bilan xonaning ichi tozalanadi, ikkinchi changyutgich bajaradigan vazifa esa biroz boshqacharoq.
Savol: ikkinchi changyutgichni nima maqsada ishlatishgan?<\/strong>
Javob. Ular kosmosda 6-7 oylab yashaydi.Ularni televizorda ko\u2018rsatishganda soch-soqollari chiroyli qilib olingan xolda ko\u2018ramiz. Kema ichidagi vazinsizlik tufayli soch tolalari ham uchub yurishi mumkin. Shuning uchun ular soch soqolni oladigan moslamadan foydalanadi. Ikkinchi changyutgichni vazifasi soch-soqolni olish bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n
2771. AQSH dek katta davlatda millionlar o\u2018yini bo\u2018lmish futbolni yaqin -yaqindan o\u2018ynay boshlashgan. Bu sport turi AQSHda o\u2018tgan asrning 70 -80-yillaridan keyin ommalasha boshlagan. Yaqin -yaqingacha Sokker, ya’ni futbol o\u2018ynaydigan stadionlarda , dunyoning boshqa davlatlarida kuzatilmaydigan statistikaga duch kelinardi.
Savol: Bu qanday statistika?<\/strong>
Javob. AQSH liklar haligacha o\u2018zlarining futbollarini yuqori qo\u2018yishadi. Ayniqsa, erkak muxlislar Yevropa futbolini xushlamaydi. Shundan bo\u2018lsa kerak. AQSHda o\u2018tkaziladigan Yevropa futboli o\u2018yinlariga tomashabin sifatida erkaklardan ko\u2018ra ayollar ko\u2018proq tushushar ekan.<\/p>\n\n\n\n
2772. Dante o’z asarlarida sevgilisini shunday tasvirlaydi: “Oq yopinchiq ostida zaytun chambaraklarida yashil mato o’ragan ayol paydo bo’ldi. Ko’ylagi alvon-olov rangda”. Oradan 500 yil o’tib italyanlar bu misralardan ilhomlanib X ni yaratdi.
Savol: X ni 2 ta so’z bilan yozib bering?<\/strong>
Javob. Italiya bayrog\u2018i<\/p>\n\n\n\n
2773. Botanika fanida qayd etilishicha bu borada poytaxt shaharlar ancha oldinda turar ekan , chunki poytaxtda odam ko\u2018p yashaydi . Masalan , uning ko\u2018rsatkichi Jizzaxda 21ta bo\u2018lsa, Navoiyda 23ta, Toshkentda esa 88 ta .
Haqiqatdan ko\u2018z yumib bo\u2018lmaydi, chunki deyarli barcha poytaxtlarda shu muammo bor.
Savol: Bu raqamlar nimani bildiradi?<\/strong>
Javob. Qizil kitobga kirgan o\u2018simliklar soni bo\u2018yicha<\/p>\n\n\n\n
2774. XIX-asrning 2-yarmidan to XX-asr boshlarigacha ishlab chiqarilgan avtomobillarning rangi qora bo\u2018lgan. Avtomobillarni ikkita sababga ko\u2018ra qora rangga bo\u2018yashgan ekan. Birinchi sababi uning tez ko\u2018zga tashlanishi bo\u2018lgan.
Savol : Siz menga nega aynan qora rangga bo\u2018yalishining ikkinchi sababini ayting?<\/strong>
Javob. Chunki o\u2018sha vaqtlarda qora rang nisbatan arzonroq bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n
2775. Jahon otin Uvaysiy juda ajoyib chistonlar yozgani barchaga ma\u2018lum.Uning bir chistoni qalbga bag\u2018ishlangan.
Ul na qush ko\u2018rinmaskim, shafaq bo\u2018lupari.
Misli ul raf-raf suvoru bilsangiz yo\u2018q tirtani
Voqif erur kecha-kunduz xizmatda to\u2018rt g\u2018ulom,
Qon ilan ermush murossa, bul chiyiston maskani.
Savol: Shoira chistoning 3-misrasida To’rt g\u2018ulom deganda nimalarni nazarda tutgan?<\/strong>
Javob. Qalbning xizmatini qiluvchi g\u2018ulomlar ko\u2018z, quloq, burun, og\u2018iz.<\/p>\n\n\n\n
2776. Gyote durdonalaridan birida shunday deyiladi: “U joyga yagona bir inson sifatida qarash mumkun. U yuz yil o\u2018zi bilan o\u2018zi gaplashadi va ba\u2018zan mohiyatan bemani tuyulsada , hech bir narsa mutloqo ko\u2018ngliga urmaydi”.
Savol: Gyote bu fikrni qayerga nisbatan aytgan?<\/strong>
Javob: maktab<\/p>\n\n\n\n
2777. Zamonaviy latifani eshiting:
Bir kuni afandidan so’rashibdi:
-aytchi, sen o’ta va o’ta darajada beg’am odamni qanday tasavvur qilasan?
-mmm, nima desam ekan. Men bunday odamni yoshi 40 ga kirsa ham oyog’ida U bo’lgan odam deb tasavvur qilaman.
Savol: U ni bitta so’zda yozib bering?<\/strong>
Javob. Birka (Chaqaloqlarga osib qo\u2018yil, chaqaloq haqida ma\u2018lumot yozilgan)<\/p>\n\n\n\n
2778. Eronning Yazd mintaqasi atrofi sahro bo\u2018lishiga qaramasdan o\u2018zining eng shirin anorlari bilan mashhur. Yazdliklar o\u2018z anorlarini odatda antiqa usulda iste\u2019mol qilishadi. Dastlab anorni obdon ezishadi, so\u2018ngra uning tepasidan teshikcha ochib suvini ichishadi.
savol, nima sababdan Yazd aholisi anorni shunday iste\u2019mol qilishini aniq ayting?<\/strong>
Javob. Suvni kam isrof qilish uchun .
Izoh :Bu anorlarning shunday hususiyati borki ular qoldirgan dog\u2018 uzoq vaqt ketmaydi va ketkazish uchun ko\u2018p suvni talab qiladi. Shuning uchun mahaliy aholi cho\u2018lda suvni tejash uchun shu yo\u2018lni topishgan.<\/p>\n\n\n\n
2779. Mashhur pedagog,jamoat arbobi,shoira Gabriela Mistral o’z kasbini juda yaxshi ko’rgan.Va uning fikricha ALFASI bo’lmagan xalq misoli ruhsiz tana deb ta’kidlagan.
Savol: Alfa nima yoki kim?<\/strong>
Javob. Shoir<\/p>\n\n\n\n
2780. Yirtqich hayvonlarni o\u2018rgatuvchilar o\u2018z hayvonlariga nemis, irland, golland tilarida buyuruq berishadi.
O\u2018zbek, rus, xitoy hayvon o\u2018rgatuvchilariyam shu tillardan foydalanishadi.
Savol : Aytingchi nega hayvon o\u2018rgatuvchilar o\u2018z tilida emas boshqa tilardan foydalangan?<\/strong>
Javob. Agar hayvonlarni o\u2018z tilida qo\u2018lga o\u2018rgatsa tomashabinlar ham buyuruq berishlari mumkun bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n
2781. Diqqat! Savolda “Dollar” so’zi o’zgartirilgan.
“Birinchi muhabbatim” hajviy she’ridan parchani tinglang.
Nazarim har tushganda unga
Yuragim tez uraverardi.
Qo’shiluvchi nima bo’lsa ham
Yig’indi DOLLAR bo’laverardi.
Diqqat Savol: DOLLAR o’rnidagini yozib bering?<\/strong>
Javob. “S” [es]
Nazarim har tushganda unga
Yuragim tez uraverardi.
Qo’shiluvchi nima bo’lsa ham
Yig’indi “S” bo’laverardi.
O’quvchilik davrimizda B + M = S kabi amallarga ko’p ko’zimiz tushgan.
Dollar belgisida ham “S” borligi katta yordam edi.<\/p>\n\n\n\n
2782. Qadimgi Farg’onaga kelgan Xitoylik elchilar Farg’onaning otlarini samoviy otlar deb atashgan, bunga sabab ularning tez chopishi bo’lgan.\u00a0O’sha paytlar otlar terisi ostiga kirib oladigan kanalar bo’lgan ekan. Bu otlarni yugurganidan so’ng ko’rgan Xitoyliklar ularga yana bir ta’rif berishgan.
Diqqat Savol: ular bergan ta’rifni bir nechta so’z bilan ayting?<\/strong>
Javob. Qon bilan terlaydigan otlar.
\u00a0Izoh: otlar chopganida teri tortilib teri ostiga kirib qolgan kanalar qisilib o’lgan va bunda ot terisi ostida qontalash dog’lar paydo bo’lgan buni ko’rgan xitoyliklar bu otlarni qon bilan terlaydigan otlar deb atashgan ekan<\/p>\n\n\n\n
2783. Garry Potterning Borliq mavjudotlari ensiklopediyasida ushbu mavjudotlar haqida \u201cUlarda noodatiy sehrli himoya xususiyati mavjudligi sababli ular o\u2019zlarini Janubiy Gretsiyada ham, Shimoliy Angliyada ham qulay (komfortno) his qila olishgan bo’lsa kerak\u201d degan fiklar yozilgan. Shuningdek, ensiklopediyada ularda yurak bitta bo’lganmi yoki ikkitami degan savolga javob berish qiyin ekanligi keltirilgan.
Diqqat savol: Ular mifologik ekanligini hisobga olib ularni qanday mavjudotligi ayting?<\/strong>
2784. “Krafta” servisi hand made ya\u2019ni qo\u2019lda yaratilgan mahsulotlarni birinchi qo\u2019ldan sotish va sotib olishni taklif etadi. Tovarlarning unikal ekanligiga ishora sifatida, servis logotipda ULAR ning tasvirini ko\u2019rish mumkin.
Savol: ULAR ni ikki so\u2019z bilan yozib bering?<\/strong>
Javob. Barmoq izi<\/p>\n\n\n\n
2785. O\u2019rta asrlar shifokori Andreas Vezaliy cherkov ta\u2019qibiga uchragan, sababi Vezaliy barcha insonlarda ULAR bir xil bo\u2019ladi degan fikrni ilgari surgan. Cherkov ruhoniylari esa u erkaklarda bittaga kam degan xato fikrga ishonishgan.
Savol :U deganda nima nazarda tutulgan?<\/strong>
Javob. Qovurg\u2018a
Izoh :Chunki Momo havoni Odamatoning bir qovurg\u2018asidan yasagan shu sabab erkaklarda qovurg\u2018alar bitta kam deb hisoblashgan.<\/p>\n\n\n\n
2786. “Soadat asri qissalari\u201d asarida yozilishicha arablarda qadimda shunday odat bo\u2019lgan ekan: shahar aholisi bolalari sog\u2019lom, baquvvat, har xil kasalliklarga bardoshli va toza arab tilini go\u2019dakligidanoq o\u2019rganishlari uchun SHUNDAY yo\u2019l tutishgan.
Savol :Arablar bolani sog\u2018lom o\u2018sishi uchun qanday yo\u2018l tutushgan?<\/strong>
Javob. Boshqa qabila ayollari sutlari bilan oziqlanishgan.<\/p>\n\n\n\n
2787. Zamonaviy chiston
Kim oldin topar ekan,
Qani aytsin ko\u2018ramiz.
Nimadan biz bir yilda ,
To\u2018rt, besh hosil olmiz.
Yordam sifatida aytishimiz mumkinki bu narsa meva ham sabzavot ham emas?<\/strong>
Javob. Beda<\/p>\n\n\n\n
2788. Ushbu hunar yoki kasb kimyogarlar bilan yonma yon turib mehnat qilinadigan kasblardan biri hisoblanadi. Aytish mumkinki, bu kasb mamlakatimizda hali rivojlanmagan va ayni vaqtda yo’qolib borayotgan kasblardan hisoblanadi. Ushbu kasb asosan Sobiq Ittifoq davrida ancha ommalashgan. Lomonosovning shunday fikri ham bor: Shunday hunari bo’lmagan kimyogar kimyogar emas”.
Diqqat savol: Qaysi kasb yoki hunar haqida ketmoqda?<\/strong>
Javob: Shishasozlik
Kimyogar uchun eng kerakli predmet probirka va idishchalar. Ular esa shishadan tayyorlanadi.<\/p>\n\n\n\n
2789. Mamlakatimizda ushbu mahsulotni tayyorlashning o’ziga xos maktablari bor. Har bir hudud o\u2018z uslubiga ega. Ayrim tarixiy manbalarga ishonadigan bo’lsak, ushbu mahsulot zardushtiylik ya\u2019ni otashparastlik dini rivojlanishi natijasida Qadimgi Xorazm hududida paydo bo’lgan va keyinchalik boshqa hududlarga ham keng tarqalgan. Biroq ushbu mahsulotning Xorazmda tayyorlanganlari asrlar davomida Buyuk ipak yo’li karvonlari orasida ayniqsa mashhur bo’lgan. Bunga bu yerda tayyorlangan mahsulotning bir xususiyati sabab bo`lgan?
Diqqat savol: Bu mahsulot va uning xususiyatini ayting?<\/strong>
Javob. Non . Yupqalik
Izoh: Otashparastlikda olov muqaddas hisoblanadi va dastlabki tandirlar ham aynan ularda yaratilgan degan qarashlar mavjud. Karvonlar Xorazmdan uzoq yo’lga yetadigan non harid qilishgan. Ular yupqaligi bois ancha vaqt aynimagan va qotgan taqdirda ham yeyishga oson bolgan<\/p>\n\n\n\n
2790. Tibbiyotda shu usulning paydo bo’lishi kamon o\u2018qlaridan yaralangan askarlarni davolash jarayonida kelib chiqqanligi aytiladi.
Diqqat savol: Qaysi usul?<\/strong>
Javob. Akupunktura (igna bn davolash)
Izoh: Xitoytliklar ba’zi o\u2018q yegan askarlarning boshqa kaslliklardan o’z o’zidan xolos bo’lganliklarini ko’rib hayron bo’lishgan va shu usulni yaratishgan.<\/p>\n\n\n\n
2791. Rui Gonzales De Klavixo Amir Temurning saltanatida har yili ot poygalari o\u2018tkazilishini qayd etgan. G\u2018olibga uchqur tulpor sovg\u2018a qilishib , hozirgi til bilan aytgandav, ” Yog\u2018liq” ish bilan ham ta\u2018minlashgan.
Savol: G\u2018olibni qanday hizmatga joylashtirishgan?<\/strong>
Javob. Choparlik<\/p>\n\n\n\n
2792. Yapon aforizmi:
Sovuq choy va sovuq guruchga chidash mumkin, lekin sovuq X(iks) va sovuq Y (igrek) ga chidab bo’lmaydi. X va Y ning odamga tegishli ekanini inobatga olgan holda X va Y ni toping?<\/strong>
Javob. X Sovuq so\u2018z
Y sovuq ko\u2018z<\/p>\n\n\n\n
2793. Hindistonning Panjob shtati mahalliy sutdan juda ko\u02bbp mazali boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish bilan mashhur.Bu yerda tadqiqot olib borgan sosiologlar qiziq bir holatga guvoh bo\u02bblishdi.
Bu shtatda qaysi maishiy texnikaninig soni aholi soniga nisbatan ko\u02bbp?<\/strong>
Javob. Kir yuvish mashinasi
Izoh: Qo\u2018l mehnatini yengillashtirish va bir vaqtning o\u2018zida ko\u2018p saryog\u2018 olish maqsadida oddiy kir yuvish mashinasiga sut quyishar va separator sifatida foydalanishar ekan.<\/p>\n\n\n\n
2794. Taniqli fransuz sharqshunosi Jan-Pol Runing yozishicha, Hindistonga yurish vaqtida, Temur askarlari tomonidan qo\u02bblga olingan radjalardan biri, o\u02bbz hayotini Islomni qabul qilish yo\u02bbli bilan saqlab qolgan ekan. U o\u02bbzining sodiqligini ko\u02bbrsatish uchun BIR ISH qilgan.
Uning Hind ekanligini va o\u02bbz e\u02bctiqodlariga bo\u02bblgan hurmatini hisobga olib BU ISHNI uchta so’zda ayting?<\/strong>
Javob. Mol go’sht yegan<\/p>\n\n\n\n
2795. Har yili millionlab odamlar haj amalini bajarishadi. Makka shahriga bu tadbirni o\u2019tkazish uchun xavfsizlik masalalarida, xizmatkorlar, taksistlar va boshqa yollanma ishchilar jalb etiladi. Turkiya davlatidan bir, kasb vakillaridan 30 minglab kishilar chaqiriladi.
Savol: bu qaysi kasb vakillari va ular qanday ishni bajarishadi?<\/strong>
Javob. Qassoblar
Izoh: Ularni qurbonlik keltirush uchun olib kelingan jonliqlarni so\u2018yish uchun chaqirishgan<\/p>\n\n\n\n
2796. Bu xalq o\u2018zini \u201coq quyoshning farzandlari\u201d deb hisoblashadi. Xattoki ularning
bayrog\u2018ida ham oq quyosh tasvirlangan. Bu xalqning nomini eshitganimizda bizning hayolimizga
keladigan qimmatbaho tosh esa oq rangli emas.
Savol : Siz menga bu tosh qaysi rangda bo\u2018lishini ayting?<\/strong>
Javob. Qizil (yoqut).
Izoh: Yoqutlar o\u2018zlarini aynan shunday atashadi. Yoqutiston bayrog\u2018ida esa oq quyosh
tasvirlangan.<\/p>\n\n\n\n
2797. Tarixiy shaxslarni zamonaviy pop-madaniyatni rivojlantirish uchun jalb qilishga bag’ishlangan bir muzokarada shunday fikr aytib o’tiladi: Agar Amir Temur va Abu Ali ibn Sinoni birlashtirsa o’rta asrlar o’zbek IKSi paydo bo’ladi.
Diqqat savol. IKS kim ekanini ikki so’zda yozib bering?<\/strong>
Javob. Doktor Xaus<\/p>\n\n\n\n
2798. “Iliada” dostonida qadimgi bir topishmoq keltiriladi:
“Bu narsa yo\u2018lida nima uchrasa yeb ketaveradigan, yemishi tugagach , u bilan birga o\u2018ladigan daxshatli maxluq” bu maxluqni hamma odam paydo qila oladi. Tarix bu maxluq jabridan juda katta aziyat chekkan.
Savol : Topishmoqda keltirilgan maxluq nima?<\/strong>
Javob. Olov<\/p>\n\n\n\n
2799. Bitta qulfga tushadigan bir nechta kalitga ega bo\u2018lishni albatta, ko\u2018pchilik xohlaydi. Fransuz faylasufi Volter buning uchun nima qilish kerakligini bir iborasida ramziy ma\u2018noda keltirib o\u2018tgan.
Savol:Bitta qulfga tushadigan bir nechta kalitga ega bo\u2018lish mumkinligini Volter ramziy ma\u2018noda nimaga o\u2018xshatgan?<\/strong>
Javob. Bir necha tilni bilish<\/p>\n\n\n\n
2800. Unda maxsus magnit sezgilar bo\u2018lib , yerning aylanishini va magnit maydonining o\u2018zgarishini sezib turadi. Shundan kelib chiqqan holda , undan sutkaning aniq vaqtini bilish bo\u2018yicha inistink paydo bo\u2018ladi va u hech adashmay bu narsaga rioya qiladi.
Savol: U nima ?<\/strong><\/p>\n\n\n\n
Javob. Xo’roz<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"