{"id":136880,"date":"2024-06-28T14:43:21","date_gmt":"2024-06-28T11:43:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=136880"},"modified":"2024-06-29T15:11:03","modified_gmt":"2024-06-29T12:11:03","slug":"45-qism-savol-javoblar","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/45-qism-savol-javoblar\/","title":{"rendered":"45-qism savol javoblar"},"content":{"rendered":"\n
4401. Faylasuflarning shunday fikrlari bor: osmonda savob ko’p, yerda orzu ko’p, yer ostidachi? Nima ko’p?<\/strong>
Javob: Armon (https:\/\/t.me\/Eski_Savollar_Bazasi\/4804?comment=21055)<\/p>\n\n\n\n
4402. 4-4-3-3 formulasini bir inson 4-4-4-2 ga o’zgartirgan va shu ko’rinish odat tusiga kirgan. Bu inson Shekspir bo’lsa, bu formula nimaning formulasi?<\/strong>
Javob: Sonet!
U 14 qatordan iborat. Avval bo’linish boshqacha bo’lgan. Shekspir biz bilgan ko’rinishdagi sonet formulasiga asos solgan!<\/p>\n\n\n\n
4403. Karikaturada bemor doktor huzurida tasvirlangan. Doktor bemorni tekshirayapti. Doktor Yurak urishini eshitish uchun eshitish qurilmasini bemorning yuragiga emas boshqa joyga tutib turibdi. Diqaat savol: Qayerga?<\/strong>
4404. Uimbldon turnirida 3-4-davragacha yetib borish katta muvaffaqiyat. Shved tennischisi Tomas Yuxansson uchun esa bu jasorat. Chunki u kam uchraydigan kasallik bilan kasallangan. Bu qanday kasallik?<\/strong>
Javob: Chimga allergiyasi bo’lgan<\/p>\n\n\n\n
4405. Aytishlaricha bir yengiltabiat ayolning o’g’li odamlarga tosh otayotganini ko’rgan Diogen unga shunday deydi:”Tosh otishni bas qil, toshlaring UNGA tegib ketishi mumkin!”
Savol: UNGA o’rnidagi ikki so’zni toping?<\/strong>
Javob: O’z otanga<\/p>\n\n\n\n
4406. Parij universitetlaridan birining eshigi ustida quyidagi shiorni uchratish mumkin: Vaqt- yaxshi dori, lekin juda yomon \u2026
Diqqat savol: \u00a0Shiorni yakunlang?<\/strong>
Javob: Kosmetolog.
Izoh: Bu – Go’zallik universiteti<\/p>\n\n\n\n
4407. Kamdan-kam uchraydigan uyqudan qo\u2018rqish kasalligi nima deb ataladi?<\/strong>
Javob: Somnifobiya<\/p>\n\n\n\n
4408. U narsa qadimgi Misrda yog’ochdan yasalgan, Yaponiyada esa ip arqondan, Amerika hindulari esa kiyik terisidan yasashgan. U narsa bugunga kelib nimadan yasaladi va u nima?<\/strong>
Javob: Gap to’p haqida edi
Hozirda u charmdan yasaladi (https:\/\/t.me\/Eski_Savollar_Bazasi\/4812?comment=21126)<\/p>\n\n\n\n
4409. Bir filmda ta’kidlanishicha Unda Aql va erkakning mardligi mujassam bo’lishi kerak ekan. Diqqat savol: Kimda?<\/strong>
Javob: Biznesmenlar.<\/p>\n\n\n\n
4410. Hazilomuz savol.
Ikki qo’shni bola suhbatidan:
-Biz uyimizda qulupnay ekkanmiz.
-Biz esa uyimizda pista ekkanmiz.
-Men qulupnaylarni qushlardan qo’riqlayman.
-Men esa alfalardan
Alfani bir so’zda ayting?<\/strong>
4411. Eron o’zining eng yirik,eng chiroyli alfa lari bilan dong taratgan edi. Eron alfa lari og’ir yukka chidamli edi. Karvon sahrodan yoki qurib qolgan daryo o’zanidan o’tayotganida alfa lar juda ish berardi. Shu vajdan ular juda qimmat edi.(Marko Poloning sayohatlari kitobidan)
Diqqat savol alfa ni topgan bo’lsangiz bizda alfa bilan bog’liq bo’lgan qadimiy o’lchov birligi nomini ayting?<\/strong>
Javob: X-Eshak.
O’lchov birligi esa- Xarvor(qadimgi o’lchov birligi)
Bir eshakka yuk bo’ladigan og’irlik o’lchovi xarvor deyiladi<\/p>\n\n\n\n
4413. Filmlarga sifatli ovozli effektlar joylashtirish albatta film sifatini oshishiga yordam beradi. Mashhur filmlarga ovoz effektlari berish uchun turli usullardan foydalanishar ekan. Masalan:
Inson yuriganidagi qadam tovushlarini hosil qilishda-Yog’och va temirdan foydalanishar ekanlar.
Yana bir ovozni hosil qilishda esa tunika bo’lagidan faydalanilar ekan.Bu ovozni biz filmalarda tez-tez eshitishimiz bilgan holda aytingchi tunika bo’lagi yordamida nimaning ovozi hosil qilinadi?<\/strong>
Javob: Momoqaldiroq<\/p>\n\n\n\n
4414. U Sharq mamlakatlari tarixi, madaniyati, adabiyotini chuqur o\u02bbrganadi, Firdavsiy, Farididdin Attor, Rumiy, Nizomiy, Sa\u02bcdiy, Hofiz, Jomiy kabi shoirlar ijodi bilan tanishadi. Bu paytda Ibn Sino, Ulug\u02bbbek, Alisher Navoiy ijodlarIga qiziqqan. U falsafa, huquqshunoslik, botanika, geologiya geodeziya sohalariga oid asarlar ham yaratgan. Uning nomidagi institutlar filiallari jahonning 78 mamlakatida, shu jumladan Toshkentda ham faoliyat ko\u02bbrsatmoqda.
Gap kim haqida ketmoqda?<\/strong>
Javob: Johann Wolfgang von Gyote
1998-Yilda ochilgan Toshkentda<\/p>\n\n\n\n
4416. Arabiston cho’llaridan birida yangi ilon turi aniqlandi.Bu ilonning harakati ham boshqa ilonlarnikidan deyarli farq qilmaydi.Qizig’i shundaki olimlardan biring taklifi asosida Bu ilon turi bir matematik termin bilan nomlandi.Diqqat savol ushbu terminni toping?<\/strong>
Javob: SINUSOIDA
SINUSOIDA-bu sinus trigonometrik funksiyaning grafigi ekanini ko’pchiligingiz bilsangiz kerak.Bu grafik ilonning harakatlanganda qumda qoldiradigan iziga juda o’xshaydi.<\/p>\n\n\n\n
4417. SAVOL
Yo’l tog’dan pastga qarab ketgan edi. Hamma yoq o’t o’lan. Bu tog’li joyda noodatiy bir sabab tufayli o’t o’lanlar yuzini qalin chang qoplagan edi. Diqqat savol: Bu sababni siz ayting?<\/strong>
Javob: Bu noodatiy hol anchadan beri yomg’ir yog’may qo’ygani edi?<\/p>\n\n\n\n
4418. Qarshingizda Vinchi, Kapreze, Urbino hamda Florensiya shaharlari gerblari. Artyom Kolesov bu gerblarni U YERDA tasvirlashni taklif qilgan. Qayerda ekanligini maksimal aniqlikda ayting<\/strong>
Javob: Toshbaqa-ninzyalar panserida
Izoh: Vinchi \u2013 Leonardo da Vinchining, Kapreze \u2013 Mikelanjeloning, Urbino \u2013 Rafaelning, Florensiya esa Donatelloning vatani hisoblanadi<\/p>\n\n\n\n
4419. Bundan 2000 yil oldin qadimgi Gretsiyada ilk bora ayollar undan foydalanishgani qayd etilgan.Xitoyda esa undan faqat qirol oilasidan bo’lgan xonimlar foydalanishgan ekan.u Nima?<\/strong>
Javob: Soyabon<\/p>\n\n\n\n
4420. Maykovskiy ijodidan she’r
Miya pardozlaymiz til egovida,
Qay biri ustunroq X yo Y?
Qay biri insonga berar naf,unum?
Ikkisi ham.
Qalb ham huddi motordek.
Murakkab parrakdek jon ham betinim.<\/strong>
Diqqat savol:X va Y kimligini maksimal aniqlikda ayting?<\/strong>
Javob: X-Shoir Y-Texnik<\/p>\n\n\n\n
4421. Abdulla Qahhorning bir hikoyasida ikki do’st oradan biroz vaqt o’tgandan so’ng uchrashishadi. Haydar ota o’z do’sti Asrorqulni birinchi ko’rishda taniy olmaydi, chunki uning do’sti so’nggi vaqtlarda qorayib, ozib-to’zib ketgandi. Do’stining nima haqida o’ylayotganini tahmin qilgan Asrorqul unga shunday savol beradi:
-Qorayibmanmi, ozibmanmi?
Bunga Haydar ota shunday javob beradi:
-Yoq, joyida. X bo’libsan.
Diqqat savol: X deb nima nazarda tutilagan?
<\/strong>Javob: Mayiz ga o’xshab qolibsan deydi<\/p>\n\n\n\n
4422. Zamonaviy Nyu York ko’chalarida mashhur bo’lgan Eliyel Santos antiqa kasbga ega. Bu yigit shahar ko’chalarida o’tgan, temir panjaralar bilan qoplangan ariqlarga, kanalizatsiya quduqlariga tushib ketgan kichik predmetlarni olib beradi. Shu sababli bu yigitga bir laqab berilgan. Bu laqab esa 1943-yilda tug’ilgan sportchi familiyasi bilan bir xil. Siz menga o’sha familiyani yozib bering?<\/strong>
Javob: FISHER
IZOH: Bu yigit predmetlarni olishda baliqchilar qarmog’ga o’xshagan moslamadan foydalanadi. 1943-yilda tug’ilgan inson esa Robert Fisher!!!<\/p>\n\n\n\n
4423. Yaponlar qadim-qadimda o’z uylarida bir maqsadda chigirtkalarni saqlashar ekan. Diqqat savol, o’zbeklar xuddi shu maqsadda qaysi hayvondan foydalanishadi?<\/strong>
Javob: ITLARDAN
IZOH: Yaponlar tunda uxlayotgan vaqtda uyidagi chigirtkalar doimiy ravishda chirillab turadi. Agar mabodo begona inson uyga yaqinlashsa yoki uyga kirsa, chigirtkalar birdan jim bolib qoladi. Bunday keskin o’zgarish uyqudagi uy egasini uyg’otishga yordam beradi<\/p>\n\n\n\n
Javob: SOCH TEKISLAYDIGAN USKUNA (utyuk, dazmol)<\/p>\n\n\n\n
4425. Yaponlarda, \u00abKayaku\u00bb degan so’z bo’lib, u ikkita iyerolifdan tashkil topgan: birinchisi \u2013 \u00abolov\u00bb, ikkinchisi \u2013 \u00abfoydali o’t (maysa)\u00bb. Savol: \u00abKayaku\u00bbni biz qanday ataymiz?<\/strong>
Javob: Porox.
Izoh: Foydali o’t bu giyoh, giyoh esa dori. Demak \u00abkayaku\u00bb \u00abolov dori\u00bb ya\u2019ni porox<\/p>\n\n\n\n
4426. Buryat xalqi topishmog\u2018i.
Menda bir ro\u2018molcha bor. Uni quritishga harakat qilaman, qilaman, lekin baribir qurita olmayman. Marhamat, Siz sira xijolat bo\u2018lmasdan o\u2018sha ro\u2018molchani ko\u2018rsating yoki nomini yozing?<\/strong>
Javob: Til ?<\/p>\n\n\n\n
4427. Tug’ilish koeffisiyenti bo’yicha Keniya davlati 1-o’rinda turadi?
Savol: Oxirgi o’rinda qaysi davlat turadi?<\/strong>
Javob; Vatikan<\/p>\n\n\n\n
4428. Maqollarni yaxshi ko’rasizmi?
Unda Ozarbayjon xalq maqolini eshiting:-“So’z bu gul, X esa buketdir”.
Diqqat savol: X-?<\/strong>
Javob: Maqol<\/p>\n\n\n\n
4429. Al Pachino teatrda o’ynashni dorda yurish bilan tenglashtirgan. U X ni yerga chizilgan arqonda yurish bilan tenglashtiradi?
Diqqat savol: X-?<\/strong>
Javob: KINODA O’YNASH (https:\/\/t.me\/Eski_Savollar_Bazasi\/4846?comment=21457)
IZOH: Kinoda dubl bor<\/p>\n\n\n\n
4430. O’rta Osiyoda 3 ta xonlik mavjud bo’lgan. Qaysi xonlikda sof o’zbek tilida davlat ishlari olib borilgan?<\/strong>
Javob: Xiva xonligi<\/p>\n\n\n\n
4431. Men kimman?
“Men tinmay ishlasam, umrim shuncha qisqa bo’ladi. Ko’z yoshlarim oyog’imga quvvat. Bu dunyoda yolg’iz
haloskorim-shamol”.
Diqqat savol: gap nima haqida ketmoqda?<\/strong>
Javob: Sham<\/p>\n\n\n\n
4432. Qadimgi gretsiyada ayollarning yoshi ular tug’ilganidan boshlab emas aynan bir voqeadan keyingi hayoti hisobida o’lchangan. Qanday voqea?<\/strong>
Javob: Turmush qurganidan keyin<\/p>\n\n\n\n
4433. Britaniyaliklar va Zanzibarliklar o’rtasida kechgan urush tarixda “eng qisqa vaqt davom etgan urush” deb nom qoldirgan ekan. Aytingchi urush davomiyligi qancha vaqt bo’lgan?<\/strong>
Javob: 38 minut.<\/p>\n\n\n\n
4434. U II jahon urushigacha yog’onchdan yasalgan. Urushdan keyin esa uni xatto tilladan ham yasashgan. U sanoqli kishilarda va xatto bir sichqonda ham bor.
Diqqat savol: U nima?<\/strong>
Javob: OSKAR MUKOFOTI
Mikki Mausda ham oskar mukofoti bo’lgan.<\/p>\n\n\n\n
4435. Xagi Dzyodan hokku:
Shamol qalpog’ini uchirib
Savalaydi sellar beayov
X ni
Diqqat savol. Kimni?<\/strong>
Javob: Dala Qo’riqchisi<\/p>\n\n\n\n
4436. Qadimgi Xitoy guldonidagi yozuvni 2ta so’z bilan to’ldiring:
“O’zgarishlar shamoli esayotganini sezgan odam qalqon emas, balki \u2026 qurishi kerak.”?<\/strong>
Javob: Shamol tegirmoni<\/p>\n\n\n\n
4437. Ko’zlarim hali harf tanimas edi,
Qalam ushlolmasdi hali qo’llarim
Kapalak izidan quvib tinmasdan
Yulduzlarni sanar edim tunlari
Quyidagi berilgan misralardagi boshqaruvli bog’lanishlar miqdorini aniqlang??<\/strong>
Javob: 4ta
IZOH: harfni tanimasdi,
qalamni ushlolmasdi,
izidan quvmoq,
yulduzlarni sanamoq<\/p>\n\n\n\n
4438. “Ko’kning shuncha guldurosi ayt-chi, ey iflos. Bitta momoqaldiroqning o’zi uchunmi?”
Shekspirning “Otello” tragediyasida ushbu so’zlarni Yagoga kim aytadi?<\/strong>
Javob: Otello<\/p>\n\n\n\n
4439. Titsian – “Misrga sayohat” – $ 7 mln \u2013 1995 yil;
Uilyam Terner – “Soya va sharpa” – $ 7 mln \u2013 1994 yil;
Rembrand – “Dengizda to’fon” \u2013 bebaho \u2013 1990 yil
Bularni bog’liqligi nimada?<\/strong>
Javob: O’g’irlanib haligacha topilmagan asarlar<\/p>\n\n\n\n
4440. Tabiyatda tog’dan vodiyga esuvchi iliq va quruq shamol SHUNDAY ataladi. Shuning uchun ham XX asr boshlarida Germaniyada ishlab chiqarilgan ushbu qurilmaga shu nom berilgan. Qanday?<\/strong>
Javob: Fen<\/p>\n\n\n\n
4441. Yutish va yutqizish mumkin bo’lgan juda ko’p o’yinlarni bilamiz. Xoh u sport bo’lsin xoh intellektual. G’oliblik zavqi va mag’lubiyat alami hammamizga ma’lum. Ammo K.Lagerfeld uni “Inson bor-budini yo’qotganida g’olibga aylanadigan yagona o’yin” deya ta’riflagan.
Aytingchi biz bu “o’yin”ni qanday ataymiz?<\/strong>
Javob: Parxez<\/p>\n\n\n\n
4442. Yaponiyada u 2ta iyeroglifdan iborat so’z bilan ifodalanadi va Tendzi deb ataladi. Ten-nuqta, dzi-harf yoki belgi degani. Tendzilik birinchi kitob Fransiyada 1837-yil nashr etiladi. Diqqat savol. Tendzi- nima?<\/strong>
4443. Wikipediya saytining \u201cTarixda iz qoldirgan 100 ta inson\u201d (\u201c100 \u0441\u0430\u043c\u044b\u0445 \u0432\u043b\u0438\u044f\u0442\u0435\u043b\u044c\u043d\u044b\u0445 \u043b\u044e\u0434\u0435\u0439 \u0432 \u0438\u0441\u0442\u043e\u0440\u0438\u0438\u201d) maqolasidagi jadvalda, 100 ta mashhur insonning yashagan yillari, faoliyat olib borgan sohasi va ularning portretlarini ko’rish mumkin. Jadvalda ikki kishining portreti mavjud ekanligiga qaramay, ularni bu portretlardan tanib olishingiz uchun sizdan maxsus bilim talab etiladi.
Diqqat savol! Bu ikki kishining ismlarini yozib bering?<\/strong>
Javob: Muhammad (S.A.V); Umar (R.A)
Izoh: Ma’lumki islom dinida insonlar va jonzotlar surati taqiqlangan.\u00a0Bu ikki inson portretidan tanish uchun sizga arab tilini bilish talab etiladi, chunki portet arab tilidagi yozuv bilan tasvirlangan.<\/p>\n\n\n\n
4444. Agar o’sha mashhur garov 1995-yil avgustning o’rtasida o’ynalganida edi, mashhur muddat 31 soat 27 minut 49 sekundga qisqargan bo’lardi. Diqqat savol. Gap qanday mashhur garov haqida ketmoqda?<\/strong>
JAVOB: Dunyoni 80 kunda aylanib chiqish<\/p>\n\n\n\n
4445. U yaratilgandan keyin 1 million dollarga ham sotisha olishmagan. Tez fursatda jadallik bilan ilgarilab ketdi. U tez orada Kompaniya keyinchalik esa KORPORATSIYA maqomiga erishdi uning bugungi kundagi bahosi 80 milliard DOLLAR oshiq. Xo’sh gap qanday narsa haqida boryapti?<\/strong>
Javob: Google<\/p>\n\n\n\n
4446. Nemis tilida bier-pivo degani, fidle-skripka. Bu ikki so’z birlashishidan hosil bo’lgan bierfidler so’zi qanday ma’noni bildiradi?<\/strong>
Javob: Yomon musiqachi<\/p>\n\n\n\n
4447. Bu narsani kelib chiqishi va tarixi qadimgi Rimga borib taqaladi. Liviya davrida barcha harbiy to’lovlar shu nom bilan atala boshlangan ekan. “Oltin davridagilar” bu narsani juda qadrlashadi.
Diqqat savol: Uni toping?<\/strong>
Javob: Stipendiya<\/p>\n\n\n\n
4448. Bu mashhur ixtirochi shaxs tajribalaridan birida varrak uchirish vaqtida o’z tajribasining qurboniga aylangan. U kim edi?<\/strong>
Javob: Benjamin Franklin<\/p>\n\n\n\n
4449. Bu kashfiyotchi olim umri davomida o’z ixtirolari uchun jami 1093 ta patent olgan va buyuk ixtiro va kashfiyotlar qilgan! Bu kashfiyotchi olim kim?<\/strong>
Javob: Tomas Edison<\/p>\n\n\n\n
4450. U 1853- yildan boshlab Rossiya armiyasiga qurol yetkazib beradigan otasiga qarashli fabrikada ishlagan. 1865-yili fabrikada portlash yuz berib, bir qancha insonning hayotiga zomin bo’lishidan keyin u portlashga qarshi chora ko’rish maqsadida himoya vositalari chiqarish ustida ishladi.Tutunsiz poroxning tarkibini ishlab chiqdi. U kim edi?<\/strong>
Javob: Alfred Nobel<\/p>\n\n\n\n
4451. O’z maqsadiga erishish yo’lida qahramonimizga quyidagi narsalar kerak bo’ldi.
1.Kitob
2.O’tkir tig’li toshga ishlov beruvchi cho’kich
3.Sevimli aktrisasining kattalashtirilgan surati
4.Tosh
5.Chaqmoq
Diqqat savol qahramonimiz qanday ishni amalga oshirgan?<\/strong>
Javob: Qamoqdan qochgan
Izoh: “Shoushenkdan qochish” filmi qahramoni 18 yil davomida o’tkir tig’li cho’kich yordamida devorni o’yib o’z xonasidan yo’lak ochadi.Bu yo’lakni devorga osilgan rasm orqali berkitadi va qamoqdan qochadi!<\/p>\n\n\n\n
4452. Nyu-Yorkdagi Empire State Building inshooti tepasida uzun nayza mavjud bo-lib, u hozirda tele va radio to’lqinlarni uzatishda foydalaniladi. 1931-yilda qurilgan vaqtda bundan boshqa maqsadda foydalanishgan. Foydalanishda qattiq shamol halaqit berardi.
Diqqat savol: Bu uzun nayzadan nima maqsadda foydalanilgan?<\/strong>
JAVOB: Dirijabllar to’xtashi uchun.
Arqon tushurilib bog’langan, xuddi kemalar kabi.<\/p>\n\n\n\n
4453. “Shamol essa-da,
Men esmayman.
Men esganimda esa
Shamol mendan esgay!”
Diqqat savol: Gap nima haqida ketmoqda?<\/strong>
Javob: Yelpig’ich<\/p>\n\n\n\n
4454. Osmonda uchardi ikkita “qushcha”
Hammani joni halak yerga tushguncha.
Diqqat savol: nimaga ta’rif berildi?<\/strong>
Javob: Shoshqol toshlari nardadagi<\/p>\n\n\n\n
4455. O’rta asrlardagi bir vrach U hamma odamlarda SON JIHATIDAN bir xil degani uchun qiynoqlarga solingan.
Sizlar esa U ni nimaligini topgan bo’lsangiz, o’sha paytdagi cherkov inkivizatorlari nima uchun bu fikrga qo’shilmaganini aytib beringlar?<\/strong>
Javob: Chunki erkakni bir qovurg’asidan ayolni yaratkan, shuni uchun erkakni bitta qovurg’asi kam degan tushunchada edilar.
Izoh: U qovurg’a edi.<\/p>\n\n\n\n
4456. Inglizlar fikricha, bu predmetning nafaqat tashqi ko\u2018rinishi, balki ruhiyati ham haqiqiy fransuzcha ekan. Chunki u o\u2018z harakati bilan fransuzlarning harakterini yodga solar emish. Diqqat savol, bu qaysi predmet?<\/strong><\/p>\n\n\n\n
4457. 1970-yilda Yaponiyada butunjahon ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Ushbu ko’rgazmada, Ittifoq povelionida Chaykovskiyning royalini, Tolstoyning siyoxdonini ko’rish mumkin edi. Yaponlar tomonidan eng ko’p qiziqilgan obyekt \u2013 bu bir shahar maketi edi. Tugmacha bosilganda maket bilan bir hodisa yuz bergan. Tugmacha qaytadan bosilganda esa teskarisi. Ushbu shaharni toping?<\/strong>
Javob: Toshkent
Izoh: tugma bosilgach yer qimirlaganday holat yuz berib shahar vayronaga aylanadi, qaytadan bosilgach esa shahar tiklanadi. Bilasiz 1966-yilda shahrimizda juda qattiq zilzila bo’lgan<\/p>\n\n\n\n
4458. Bahorda gul to\u2018kilgach, meva ko\u2018rinadi.
Tan xarob bo\u2018lgach jon ko\u2018rinadi.
Non sindirilib yeyilmaguncha quvvat beradimi?
Uzumlar siqilmay sharob bo\u2018ladimi?
Diqqat savol: Ushbu misrada nima haqida so’z yuritilayotganini toping?<\/strong>
Javob: Azob<\/p>\n\n\n\n
4459. Juda qisqa savol:
XIX asrda Sant Peterburg aholisi ularni ”baliq ovlovchilar” deb atashgan ekan.
Diqqat savol: kimlarni?<\/strong>
Javob: Izvoshchilar!
Izoh: Ularning qo’lidagi qamchi qarmoqqa juda o’xshab ketadi. Izvoshchilarning o’tirishi ham baliqchilarni esga solgan!<\/p>\n\n\n\n
4460. Hazil versiyaga ko\u2018ra Uning nomi paydo bo\u2018lishi haqida qiziq ma’lumot. Aytishlarisha U “40 ta Qishloq(Ovul)”larni aylanib chiqqanmish. Shundan Uning nomi kelib chiqqan ekan. Hatto Uning nomini bir tog\u2018da ham ko\u2018rishimiz mumkinligi aytiladi. Uni ayting ?<\/strong>
Javob: Qirg’ovul<\/p>\n\n\n\n
4461. X qalqonini
Qo’ldan qo’yma hech
G’am hujum qilganda senga.
X ni toping?<\/strong>
Javob: Iymon<\/p>\n\n\n\n
4462. Seulda Hyowon Healing kompaniyasi mavjud bo’lib, ushbu kompaniya 2012-yildan boshlab bir dasturni amalga oshirib kelmoqda. Ushbu dasturning asosiy foydalanuvchilari bedavo dardga yo’liqqanlar, suitsidga moyil shaxslar, qolganlari esa shunchaki ko’ngilochar dastur sifatida qatnashuvchilar hisoblanadi. Dastur doirasida ular xrizantema bioan bezatilgan zalda ma”ruza tinglab o’rgatuvchi videoni tomosha qiladi. Keyinroq esa hatto 10 daqiqaga zulmatga bandi bo’ladi. Diqqat savol. Ushbu dastur doirasida odamlar nimani “mashq qiladilar”?<\/strong>
Javob: O’z dafn marosimlarini<\/p>\n\n\n\n
4463. Sloveniyalik mashhur chang’ichi Davo Karnikar 2000-yil sentabr oyining ilk kunlaridan boshlab bir yerda o’zining bo’lajak mashhur sayohati uchun xavfsizlikni o’rgana boshladi. Bir oy davom etgan o’rganishlardan so’ng u o’zining chang’idagi mashhur sayohatini boshladi hamda 5350m masofagacha chang’isini yechmadi. Diqqat savol. Mazkur “sayohat” qayerda bo’lganini aniq ayting?<\/strong>
Javob. Everest (Jamolungma) cho’qqisi<\/p>\n\n\n\n
4464. Londondagi Vestminister ko\u2019prigi.
Sidneydagi Opera teatri.
Myunxendagi Olimpiya stadioni.
Shu uch inshoot X lar yig\u2019indisidan bunyod bo\u2019lgan ekan. X ni bir necha so\u2019z bilan (asosiy so\u2019z xalqaro so\u2019z bo\u2019lsin) ayting?<\/strong>
Javob: lotereyadan tushgan pullar<\/p>\n\n\n\n
4465. Fransuzcha “idora” va yunoncha “kuch” “hokimiyat” so’zlar qo’shilishidan hosil bo’lgan terminni ayting?<\/strong>
Javob: Byurokratiya<\/p>\n\n\n\n
4466. Uning birinchi kitobi \u00abTong nafasi\u00bb 1961 yilda chop etildi. U Sergey Yesenin sherlarini buyuk mahorat ila o’zbek tiliga tarjima qilgan. U-?<\/strong>
Javob: Erkin Vohidov<\/p>\n\n\n\n
4467. Ma’lum bo’lishicha 666 soni shayton soni hisoblanadi. Unday bo’lsa qanday 3ta raqamdan iborat bo’lgan son “Qutqaruvchi” son hisoblanadi?<\/strong>
Javob: 888<\/p>\n\n\n\n
4468. Bu sportning eng qadimgi turlaridan biri. Miloddan 2500-yil avval u bilan Misrliklar qiziqishgan, Yunonlar ham bu sportni sevishgan. U paytlar ko’proq qumli maydonchada musobaqalashishgan. Bu qaysi sport turi?<\/strong>
Javob: Kurash<\/p>\n\n\n\n
4469. Bu uch so’z ilk bor 1920-yilda tarixchi Charlz Repington asari sarlavhasida ishlatildi. Bu asar uncha uzoq bo’lmagan voqeaga asoslangan edi.
Savol: qaysi uchta so’z haqida gap bormoqda?<\/strong>
Javob: Birinchi jahon urushi<\/p>\n\n\n\n
4470. Angliyalik Polin Vels uch yarim mingta shunday predmetlarni kolleksiya qilibdi. Polin aytishicha yiliga ikki marta kolleksiya uchun juda katta noqulayliklar olib kelar ekan. U qanday predmetlarni kolleksiya qiladi?<\/strong>
Javob: Soat (https:\/\/t.me\/Eski_Savollar_Bazasi\/4898?comment=21949)
Izoh: yiliga 2 marta soatlarni yozdan qishgi vaqtga to’g’irlab chiqish kerak<\/p>\n\n\n\n
4471. Sizning qo’lingizda 5 so’m pulingiz bor.
Gugurt – 1 tiyin
Sovun – 5 tiyin
Sigaret – 10 tiyin.
Shu mahsulotlarni hammasi qo’shib harid qilinganda 100ta bo’lsin. Puli esa 5 so’m bo’lsin.
Qanday?<\/strong>
Javob:
Gugurt – 50
Sovun – 10
Sigaret – 40<\/p>\n\n\n\n
4472. Qisqa_Savollar_5taligi
1. Qadimda arablar O\u2019zbekistondagi qaysi shaharni Jurjoniya deb atashgan ?
2. Fransuzchada “Larzaga keltiraman”,”xayajonlantiraman” degan ma’noni anglatuvchi so’z qaysi?
3.Quyosh sistemasidagi eng kichik va yengil sayyora qaysi?
4.Osiyodagi bu shaxar nomi “alloh in’om etgan” ma’nosini beradi. Uni Dorussalom-“Tinchlik uyi” deb ham atashadi?
5. Bu kompaniya dastlab Nichon Sangio \u2013 \u201cYapon sanoati\u201d nomi bilan mashhur bo\u2018lgan. Uning hozirgi nomini ayting?<\/strong>
Javob:
1.Urganch
2. Emotsiya
3. Pluton
4.Bog’dod
5.Nissan<\/p>\n\n\n\n
4473. Qisqa_Savollar_5taligi
1.Massaning hajmga nisbati bilan harakterlanuvchi kattalik aynan shunday ataladi?
2.Bu so’z yunoncha \u2014 ustki yozuv degan ma’noni anglatadi.Yunonistonda qabr toshlari ustidagi yozuv shunday atalgan.Bu terminni adabiyotda ham ko’p uchratamiz?
3.Qaysi buyuk olim “o’z davrining Ptolemeyi” nomini olgan?
4.Qadimgi yunonistonni yunon tilida shunday atashgan?
5.Kavkazga surgun qilingan qaysi adib o\u2019lganda Nikolay I \u201cIt itdek o\u2019ldi\u201d deb aytgan edi ?<\/strong>
Javob:
1.zichlik
2.Epigraf
3.Ali Qushchi
4.Ellada
5.Lermontov<\/p>\n\n\n\n
4474. Qisqa_Savollar_6taligi
1.Eng baland teleminora qayerda joylashgan?
2.Yunon afsonalarida osmonni ko\u2019tarib turuvchi pahlavon qanday atalgan ?
3.Kanoe bo’yicha osiyo chempioni bo’lgan o’zbek sportchisi kim?
4.Kompyuterda dasturlash asoschisi kim?
5.Qoraqalpoqlarda o’tovga kirish joyi ostona nima deb ataladi?
6.Bir multfilm qahramoni qilgan gunoh ishi uchun chumchuqqa aylanib qoladi.Qanday gunoh ish uchun?<\/strong>
Javob:
1.Kanada.Toronto
2.Atlant
3.Vadim Menkov
4.Paskal
5.Bo’sag’a
6.Noni bosgani uchun<\/p>\n\n\n\n
4475. Men shtatida bir xavfni oldindan ko\u2019ra bilgan olim Vilgelm Reyh “Cloudbuster” deb atalgan ixtirosini taqdim etgan. Qanday xavf ekanini siz ayting?<\/strong>
Javob: Qurg’oqchilik
Izoh: Cloudbuser-Yomg’ir chaqiruvchi<\/p>\n\n\n\n
4476. James Bond rolini ijro etgan mashhur aktyor Shon Konneri film suratga olish o’z nihoyasiga yetgach “Endi hech qachon James Bond rolini ijro etmayman” deb ta’kidlaydi.Ammo oradan ma’lum fursat o’tgach u vadasini buzib bu rolni yana ijro etadi. Shunda uning xotini bu filmni shunday nomlashni tavfsiya etadi. Diqqat savol: Qanday nomlash?<\/strong>
Javob: “Hech qachon hech qachon dema”<\/p>\n\n\n\n
4477.O’lmas Umarbekovning “Odam bo’lish qiyin” asarida asar qahramonlaridan biri G’ofurjon aka o’ta rahimdil inson,barchaga qo’lidan kelgan yordamini beradigan saxiy,ishlab topgan pullarini o’ziga kerak bo’lsada nochorlarga berib yuborishdan toymaydigan inson sifatida ta’riflangan. Asarda uni bu odatlaridan kelib chiqib alfa ga o’xshatiladi.
Diqqat savol: alfa nima?<\/strong>
Javob: Asalari<\/p>\n\n\n\n
4478. Doktor Haus kuchli preparat vikodin iste’mol etadi, uning yonida do’sti Uilson bor. Hausga rojdestvoga kimning qalamiga mansub kitob sovg’a etishadi?<\/strong>
Javob: Artur Konan Doyl.
Izoh: Sherlock Holms.
Vikodin narkotik preparat. Holms ham ma’lumki narkotik modda iste’mol qiladi. Miyasi yaxshi ishlashi uchun.
Uilson-Vatson.<\/p>\n\n\n\n
4479. Shteynning bir karikaturasida ona ilon ikkita bolasiga otasida kompyuter bilan chiqib qolgan muammoda yordam berib yuborishini aytadi.Diqqat savol: Qaysi ishni ota ilon bolalari yordamisiz uddalay olmaydi?<\/strong>
Javob: Bir vaqtda CTRL+ALT+DEL ni bosish.
Izoh: Hammaga ma’lumki kompyuterda qandaydir nosozlik paydo bo’lsa hamma shu “uch og’ayni botirga” murojaat etadi.<\/p>\n\n\n\n
4480. O’lmas Umarbekovning “Odam bo’lish qiyin” asaridan parcha.
Abdulla Shahar aylangani chiqdi. Shahar juda go’zal edi. U ko’cha chetidagi o’rindiqda o’tirib trotuardagi 100 lab “Yelkanli kema” larni uzoq kuzatib turdi.
Diqqat savol: Bu parchada nima yelkanli qayiqlarga o’xshatilgan?<\/strong>
Javob: Soyabon ko’targan odamlar<\/p>\n\n\n\n
4481. Karikaturada bir kasb egasi o’z vazifasini qonunlarda ko’rsatilgandek ado etish maqsadida mashhur multpersonaj “Buratino” ning uzun burnini arralamoqda.
Diqqat siz bu kasb egasini maksimal aniqlikda ayting?<\/strong>
Javob: Bojxona xodimi
4482. Hazil savol:
-Sen bir chiroyli kelishgan insonni ko\u2018rganingda nima qilasan?
-Avval unga to\u2018ygunimcha qaraaaab turaman, keyin \u2026 \u2026 \u2026
Nuqtalar o\u2018rnida uch so\u2018z ayting?<\/strong>
Javob: Keyin ko’zguni joyiga qo’yaman (https:\/\/t.me\/Eski_Savollar_Bazasi\/4912?comment=22111)<\/p>\n\n\n\n
4483. Infeksion kasalliklarning kelib chiqish sabablari, tarqalishini o\u02bbrganadigan, shuningdek, ularga qarshi kurash hamda oldini olish choralarini ishlab chiqadigan fan qaysi?<\/strong>
Javob: Epidemiologiya<\/p>\n\n\n\n
4484. Urushdan keyin Kompaniya o\u2018z mahsulotini bir turini ishlab chiqarishni bir necha oyga to\u2018xtatib qo\u2018ydi, hattoki Kompaniyani mahsulotiga Davlat tomondan hech qanday taqiq qo\u2018yilmagan bo\u2018lsa ham, iste\u2019molchilar tomondan shu mahsulotga so\u2018rov susaymagan bo\u2018lsa ham. Buning orqasidan Kompaniya ozgina zarar ham ko\u2018rdi.
Savol bu qanday mahsulot ekan?<\/strong>
Javob: Urushdan keyin mamlakatlarning davlat chegarasi o\u2018zgardi, shuning uchun Kompaniya o\u2018zi chiqarayotgan geografik xaritalarni , globuslarni vaqtincha chiqarishni to\u2018xtatib qo\u2018ydi.<\/p>\n\n\n\n
4485. Suqrotni o’limga hukm qilishadi. Shunda xotini diydiyo qiladi: Sani nohaq o’ldirishyabdi deydi. Shunda Suqrot tutaqib deydi: \u2026.. Savol: U nima deb javob qilishi mumkin?<\/strong>
Javob: Nima haq o’ldirishlarini xohlovmiding degan<\/p>\n\n\n\n
4486. Bir safar baronessa Nadin de Rotshildga zodagon ayolning sevgi maktubi xatolik tufayli kelib qoladi. Baronessa xatni tegishli manzilga jo’natib yuboradi. Ertasi kuni baronessaga qutida zodagon xonimning tufhasini olib kelishadi. Bu tufha aynan nima ekanligini ayting?<\/strong>
Javob: uchta maymun.
Izoh: biri ko’zlarini yumdi, ikkinchisi quloqlarini, uchinchisi og’zini yopdi. “Hech narsani ko’rma, hech narsani eshitma, hech narsa dema”.\u200c\u200c ???<\/p>\n\n\n\n
4487. Savol:
Maksim Gorkiyning shunday gapi bor: \u00abBu insoniyat tomonidan yaratilgan barcha mo\u2018jizalar ichida eng buyuk mo\u2018jizadir\u00bb. U nimaga shunday yuqori baho bergan?<\/strong>
Javob: Kitob<\/p>\n\n\n\n
4488. Bu ixtironi kelib chiqishi 1916 – yil Eynshteynga borib taqaladi , horijda taqdimot paytida , o’quv muasasalarida o’qituvchilar ishlata boshlagan bizda esa bu “Ko’rsatkich” umuman boshqacha ko’rinishda bo’lgan , bu narsa yosh bolalarga va hattoki uy hayvonlariga juda ham yoqishini hisobga olib , uni nimaligini ayting ?<\/strong>
Javob: Lazer<\/p>\n\n\n\n
4489. Grigoriy Gorin o\u2019zining bir pyesasida bechora kuygan deb ta\u2019rif berilgan YUNON hudosini ayting?<\/strong>
Javob: Artemida
Izoh: Pyesa Gerostradni unutish deb nomlanadi. U bilamizki , Efesdagi Artemida ibodatxonasini yoqib yuborgan.<\/p>\n\n\n\n
4490. Zoologlar fikricha , u hashoratning erkagi gulning nektari bilan kun kechirib ketaveradi. ammo urg’ochilariga tuxum qo’yishi uchun ko’p miqdorda protein kerak bo’ladi. Ular proteinni bizdan olishadi.
Savol: Qaysi Hashorot?<\/strong>
Javob: Chivin<\/p>\n\n\n\n
4491. \u201cToonbox\u201d studiyasi ishlagan bir multfilimda ulardan biri endi Xudoni ko\u2019raman deb xursand bo\u2019ladi. Ikkinchisi esa \u201cXudo mavjud emas\u201d deydi. Lekin aslida ular deyarli bir sutka birga bo\u2019lishgan bo\u2019lsa ham bir-birlari bilan umuman gaplashishmagan. Ularni ayting?<\/strong>
Javob: Belka va Strelka
Izoh: Belka va Strelkaning koinotga sayoxati deyarli bir sutkani tashkil qilgan edi<\/p>\n\n\n\n
4492. “Zamonaviy ayol bilan qanday yashab qolish mumkin” asari muallifining aytishicha, Erkaklar ayollarga nisbatan bu “bir boshqacha” ishni qilib turishi kerak, lekin tez tez emas ba’zi ba’zida. Agar ayol 90 soni bilan ifodalangan bu ko’rsatgichdan oshib ketsa bu ishni umuman qilmaslik kerak – ayolning o’zi bunga aybdor bo’lar ekan. Diqqat savol: aynimasdan, Bu ishni aytinglar?<\/strong>
Javob: Ayolni qo’lda ko’tarib yurish (https:\/\/t.me\/Eski_Savollar_Bazasi\/4927?comment=22434)
Izoh: 90 soni bilan ifodalangan ko’rsatgich esa vazn edi, 90 kg dan oshib ketsa uni umuman ko’tarish kerak emas deydi.<\/p>\n\n\n\n
4493. London ko\u2019chalari. Ota va yosh bolakay birga ketishmoqda. Bolakay: – Dada, bu amakilar nima uchun QAMALGAN? – Bu amakilaringni QAMOQdan bir ixtirogina qutqaradi hali. Lekin yaratilganidan 35 yil keyin albatta.
Savol: Gap nima haqida ketmoqda?<\/strong>
Javob: Uyali aloqa vositasi , Mobilnik
Izoh: QAMOQ deganda-telefon butkasi nazarda tutilgan edi, bilasizki mobilnik 1949-yili yaratilib, 75-yillarda ommaga taqdim etilgan<\/p>\n\n\n\n
4494. Bu moslama XX asr boshida AQSHda yaratilgan. Dastlab umuman boshqa maqsadda ishlatilgan bu mahsulot 30-40-yillarga kelib mashhur bo’lib ketadi. Lekin negadir aynan 60-yillarga kelib uning sotuv hajmi keskin ko’payadi. Savol: bizga bu moslamaning nimaligini emas sotuv hajmining ko’payish sababibini ayting?<\/strong>
Javob: Fen. O’tgan asrning 20 yillarida ixtiro qilingan. 30-40 yillarga kelib mashhur bo’lgan va 60-yillarga kelib
Vetnamlik bir qancha yoshlar urushga qarshi protesta ko’rinishini uzun soch qo’yib namoyish etgan va keyinchalik urf bo’lib o’sha yillari erkaklar ham sotib ola boshlagan.<\/p>\n\n\n\n
4495. Bir shoir o’z she’rida bir narsaning nomidan shikoyat qiladi, ” U bo’yi past va semiz bo’lsa ham, menga baribir yetib oladi ” degan mavzuda. Nimani nomidan shikoyat qilgan?<\/strong>
Javob: Shoir “U bo’yi past va semiz bo’lsa ham, menga baribir yetib oladi” deya soniya, minut, soat umuman vaqtdan shikoyat qilgan.<\/p>\n\n\n\n
4496. Jahon urushi davrida Polsha askarlari Eronda joylashgan vaqtida armiya tarkibiga bir hayvon rasman Polsha qurol yarog\u2019 taminotchi 22-chi rotasining a\u2019zosi sifatida qabul qilingan edi. U hayvondan qurol yarog\u2019ni jang maydoniga yetqazib berishda foydalanishadi. Keyinchalik bu hayvonga e’tibor ortadi va keyinchalik nafaqat Polsha balki butun dunyoga ma\u2019lum bir mahsulot etiket, yorliqlarida paydo bo\u2019ladi. Sizningcha bu qanday hayvon edi?<\/strong>
4497. Kremlda majlis. Kosigin doklad qilyabdi: – hozirgi kunda Amerika bilan o’rtadagi muammolarni bartaraf qilishda davlatimiz uchun asosiy vazifalardan biri C4 loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiq deb bilaman. Siz bunga nima deysiz, Leonid Ilich?\u2026
Brejnev, oldidagi qog’ozdan boshini ko’tarib:<\/strong>
-Bittasi ketdi,-dedi\u2026
Diqqat savol: Brejnev nima bilan band bo’lganini maksimal aniqlikda ayting?<\/strong>
Javob: “Dengiz jangi” O’yini.
Katakchalarga Kema chizib, tepasiga harf, yoniga son yoziladi. C4 ni mo’ljalga tegdi degan.<\/p>\n\n\n\n
4498. Qadimda mehmonning oldida bir idishda qahva hamda bir idishda oddiy suv qo’yilgan.
Buning sababi nima?<\/strong>
Javob: Qadimda agar mehmonni qorni to’q bo’lsa qahvani. Agar qorni och bo’lsa choyni istemol qilgan. Mezbon esa shunga qarab dasturxonga taom tortgan.<\/p>\n\n\n\n
4499. Qaysi sport turining nomi ingliz tilidan tarjima qilinganda \u201cerkin uslub\u201d degan ma\u2019noni bildiradi ?<\/strong>
Javob: Freestyle ?<\/p>\n\n\n\n
4500. Fonogrofni yaratgan Edisondan reportyor so’rabdi:<\/strong>
-Aytingchi ser, dunyoda birinchi gapiradigan mashinani yaratdingizmi?
-Edison – yo’q, gapiradigan mashina bundan ancha avval yaratilgan.
Edison fikricha gapiradigan mashina nimadan yaralgan?<\/strong>
Javob: -Edison erkakning chap qovurg’asidan yasalib bo’lgan deb ayol kishini nazarda tutgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"