{"id":136937,"date":"2024-06-28T14:51:07","date_gmt":"2024-06-28T11:51:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=136937"},"modified":"2024-07-04T14:47:20","modified_gmt":"2024-07-04T11:47:20","slug":"62-qism-savol-javoblar","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/62-qism-savol-javoblar\/","title":{"rendered":"62-qism savol javoblar"},"content":{"rendered":"\n
6101. Xalqimizda \u201cOyga qarab adashsang otingni oltin qoziqqa bog\u2018la\u201d degan ibora bor. Xo\u2018sh o\u2018sha \u201cot bog\u2018lanadigan\u201d \u201coltin qoziq\u201d nima?<\/strong>
Javob: Qutb yulduzi<\/p>\n\n\n\n
6102. Bu ikkala narsa ham sarflanadigan narsa. Birinchisi bizning xohishimizga qaramay sarflanadi, ikkinchisinig sarflanishi esa, bizga bog\u2018liq. Ikkovini ham foydali yoki zararli tomonga sarflash insonning o\u2018zining ishi. Endi siz menga o\u2018zbeklar iborasiga ko\u2018ra birinchi va ikkinchining oxirgisini nimaga sarflashni tavsiya qilinishini ayting?<\/strong>
Javob: Palov yeyishga
Izoh: Gap kun va pul haqida ketmoqda: \u201cKuningdan bir kuning qolsa ham osh ye, pulingdan bir so\u2018ming qolgan bo\u2018lsa ham osh ye”<\/p>\n\n\n\n
6103. Bu so\u2018z arab tilidan olingan bo\u2018lib \u00abtirikchilik, umr kechirish, yashash\u00bb degan ma\u2019nolarni bildiradi. Lekin hozirgi kunda bu narsa yashash va umr kechirish uchun unchalik ham yetmasligi mumkinligini ko\u2018rish mumkin. Bu qanday so\u2018z?<\/strong>
Javob: Maosh<\/p>\n\n\n\n
6104. Yunonchada bu sohaning nomi \u00abkema haydash mahorati\u00bb degan ma\u2019noni bildiradi. Hozirda bu soha bilan bog\u2018liq kishilar ham kema haydashadi, ammo ularning kemalarining na yelkani bor, na bug\u2018li dvigateli. Bu qaysi soha?<\/strong>
Javob: Kosmonavtika<\/p>\n\n\n\n
6105. “Quyosh oydan ustun, oy quyoshdan nur oladi”. Bu gap qozoqlarning to’y marosimlaridan birida o’z aksini topgan.
Savol: Qanday marosimda o’z aksini topgan?<\/strong>
Javob: Uzuk taqish
Izoh: Erkak tilla uzuk ( ramzi quyosh), ayol kumush ( ramzi oy) taqgan. Bizda aksi.<\/p>\n\n\n\n
6106. Dunyo bo’ylab jurnalining 1966-yil dekabr sonida Londonlik bosqinchi haqida maqola U kirgan uyda esa ochilmagan seyf bor edi. Politsiyaning nega seyfni shu paytgacha ochmading degan savoliga u ,, Men o’zimga. . . ” qilishni xohladim deb javob bergan edi.
Diqqat savol: nuqtalar o’rnini 3 ta so’z bilan to’ldiring?<\/strong>
Javob: Yangi yil sovg\u2019asi<\/p>\n\n\n\n
6107. 1781-yilda “Zong” kemasi ekipaji chuchuk suv tanqisligiga uchraydi. Muammoni hal qilish uchun ular alfa larni kemadan tashlab yuborishga qaror qilishadi.
SAVOL: alfa larni toping?<\/strong>
Javob: Alfa – Qullar<\/p>\n\n\n\n
6108. O’tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asaridan.
Ish ko’pligiyu, vaqt yo’qligidan nolimang. Vaqt ko’pligiyu, ish yo’qligidan qo’rqmang. Odamni abgor qiladigan narsa-\u2026\u2026 ?
Nuqtalar o’rnidagi so’zni ayting?<\/strong>
Javob: Bekorchilik<\/p>\n\n\n\n
6109. Bu ixtironi 1903-yilda Germaniyalik olim Shvartskof tomonidan o’ylab topilgan bo’lib undan faqatgina 2 haftada 1 marta foydalanish kerak ekanligini aytadi. Savol u nima<\/strong>
Javob: Shampun.
Izoh: Ixtiroga qadar odamlar faqatgina ishqorli suyuq sovundan foydalinishgan.<\/p>\n\n\n\n
6110. Savol: U bor, lekin hech qachon ko’rinmaydi. Hech qachon eshitilmaydi, lekin har doim eshitiladi. Bu nima?<\/strong>
Javob: Havas.<\/p>\n\n\n\n
6111. Savol: Odamlar uni ko’pincha kutishadi, lekin kelganda uni qabul qilishni xohlamaydilar. Bu nima?<\/strong>
Javob: O’lim<\/p>\n\n\n\n
6112. Savol: Uni siz iste’mol qilolmaysiz, lekin siz uni sotib olishingiz yoki sotishingiz mumkin. Bu nima?<\/strong>
Javob: Obyektni ijaraga berish huquqi.<\/p>\n\n\n\n
6113. Savol: Meni olasiz, meni bo’lasiz, meni tashlaysiz, ammo men hali ham siz bilan qolaman. Men nima?<\/strong>
Javob: Fotografiya.<\/p>\n\n\n\n
6114. U narsa butunlayiga sizga tegishli. Bu qonun doirasida ham belgilanib tasdiqlangan. Lekin hamma qonunni buzib sizdan beso\u2018roq u narsangizdan foydalanadi.
Savol butunlay sizniki bo\u2018lgan u narsa nima ekan?<\/strong>
Javob: Ismingiz<\/p>\n\n\n\n
6115. Paulo Koeloning Alkimyogar asarida Santyago ismli qahramon Unga mansub edi. Yurtimizda U nomli go\u02bbsht mahsulotlari ishlab chiqarilishi keng yo\u02bblga qo\u02bbyilgan.
Savol: Agar siz U ni topgan bo\u02bblsangiz, bo\u02bbzbola qaysi mamlakatdan bo\u02bblganligini toping?<\/strong>
Javob: Andalusiya<\/p>\n\n\n\n
6116. Oyog’i dalada, o’rtasi molxonada, boshi esa dasturxon ustida. Savol bu nima?<\/strong>
Javob: Bug’doy<\/p>\n\n\n\n
6117. Afsonalarga ko’ra afsonaviy Qaqnus qushi umr bo’yi o’tin-xashak yig’ar ekan. Uni o’tin yig’ishini birinchi sababi in qurish bo’lsa, ikkinchisi sababi nima?<\/strong>
Javob: tuxumidan polapon chiqarish bo’lgan.
Izoh: uyaga tashilgan o’tin-xashaklar atrof-muhit ta’sirida yonib, olovninig issig’iga tuxumidan polaponlar chiqqan ekan (afsonalarga ko’ra)<\/p>\n\n\n\n
6118. Hech qiziqib ko’rganmisiz insonning ba’zi bir a’zolari ma’lum muddat o’tgach yangilanib turadi. Savol shundan iboratki, har yuz kunda insonning qaysi a’zosi yangilanib turadi?<\/strong>
Javob: Kipriklar<\/p>\n\n\n\n
6119. O’tkir Hoshimov “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asaridan.
Ezgulikni ko’rsa, o’zini anvoyi chechaklar ochilgan gulzorda yurgandek sezadigan\u2026
Razillikni ko’rsa, yovvoyi hayvonlar o’kirgan o’rmonga kirib qolgandek bezovta kezadigan
Ruh bor. Ruhning ismi-\u2026
Nuqtalar o’rnini to’ldiring?<\/strong>
Javob: Vijdon<\/p>\n\n\n\n
6120. Bundan 75-80 yillar oldin bobolarimiz undan foydalanishgan. Hozirga kelib esa undan ko\u2019pincha ayrim harbiy oliy o\u2019quv yurti talabalari foydalanishmoqda. U nima ?<\/strong>
Javob: Tank<\/p>\n\n\n\n
6121. Pablo Pikasso hayoti davomida 1885 ta kartina, 7089 ta rasm, 1228 ta \u2026 muallifi bo’lgan. DIQQAT SAVOL 1228 ta nimaning muallifi?<\/strong>
Javob: Haykallar<\/p>\n\n\n\n
6122. Qadimgi qirg’iz xonlarining va qabilalarining o’z tug’lari bo’lgan. O’sha avlodni, qabilani ifodalovchi belgi va rasmlar bilan tasvirlangan. Aytingchi Manas bahodir avlodining tug’i qaysi rangda bo’lgan?<\/strong>
Javob: qizil
Izoh: hozirgi qirg’iz bayrog’ining rangi o’sha bayroqdan olingan.<\/p>\n\n\n\n
6123. Shenborn qasrida (zakarpatiya) 12 ta darvoza, 52 ta xona va 4 ta ajoyib minora bor ekan. Aytingchi, sizningcha qasrning nechta derazasi bor?<\/strong>
Javob: 365 deraza!
IZOH: Savoldagi sonlarga e’tibor bering: 12 darvoza, 52 xona, 4 minora. Bu sonlarni yana qayerda uchratish mumkin? Albatta yil hisobida: Bir yilda 12 oy, 52 hafta va 4 fasl bor. Yana nima qoldi? Ey ha – yildagi kunlar soni – 365 kun.<\/p>\n\n\n\n
6124. Qo’shinda tashkil qilingan 5 kishilik guruhning tarkibi quyidagicha:
1) Kapitan.
2) Yo’l ko’rsatuvchi.
3) Hamma vaqt oxrtadayurishni yoqtirgani uchun “o’rtacha” laqabini olgan askar.
4) Nomsiz mahfiy agent.
5) Yosh askar. Bu guruh askarlari yakka holda deyarli hech qanday kuchga ega bo’lmasada, ular birgalikda bajara olmaydigan vazifa yo’q. Xo’sh, bu guruh qanday nomlanadi?<\/strong>
Javob: Musht (qo’l, barmoqlar, panja, kaftimiz javoblari ham qabul qilinadi).
Izoh: Barmoqlarimizga e’tibor bering: bosh barmoq (kapitan), ko’rsatkich barmoq (yo’l ko’rsatuvchi), o’rta barmoq (o’rtacha), nomsiz barmoq (mahfiy agent), jimiloq (yosh askar). Barmoqlarimiz yakka holda unchalik ishimizga yaramasa ham, lekin ular birlashganda bajara olmaydigan ishlari yo`q<\/p>\n\n\n\n
6125. Yaponiya dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlaridan biri. Ular hamma narsada birinchilikni da\u2019vo qilib o’rganishgan. Lekin ularning bir da\u2019volariga aynan Rossiyaning Chukotka yarimorolining jiddiy e\u2019tirozlari bor, bu sohada ular aniq Yaponiyadan oldinda! Aytingchi, gap qaysi da’vo haqida ketayapti?<\/strong>
Javob: Kunchiqar o’lka unvoni
IZOH: Gap shundaki, geografik joylashishiga ko’ra Chukotka yarimorolida kun Yaponiyaga qaraganda ancha oldin chiqadi.<\/p>\n\n\n\n
6126. Qadimgi Rim Respublikasi vaqtida xalqni amaldorlar o’zboshimchaligidan himoya qilish uchun xalq tribunlari saylangan. Bu lavozimga saylangan odam Rimdan bir sutkadan ko’p vaqtga chiqib ketishi mumkin bo’lmagan. SAVOL: Tribun uyida bo’lganida qanday qoidaga amal qilishi kerak edi?<\/strong>
Javob: Uyining eshigini qulflamaslik.
Izoh: Xalq istalgan vaqtda kira olishi uchun.<\/p>\n\n\n\n
6127.Alfa uchun rus xonadonlarining kiraverishida eni 25 sm kam bo’lgan supacha mo’ljallangan edi.
SAVOL: alfa ni ikkita so’z bilan ayting?<\/strong>
Javob: Chaqirilmagan mehmon.
Izoh: Yangi yilda har biringizning uyingizga faqat chaqirilgan mehmonlar kelishsin!<\/p>\n\n\n\n
6128. Buni qarangki sizni chalmoqchi bo\u2019lgan shaxs sizga qurbonlik ham bermoqchi. Lekin siz uni qabul qilmasligingiz ham mumkin. Aytingchi sizni chalmoqchi bo\u2019lgan shaxs kim?<\/strong>
Javob: Shaxmatchi (“Gambit” – bu chalmoq degani. Bunda bir sipoh qurbon qilib yakunda g\u2019alabaga erishiladi)<\/p>\n\n\n\n
6129. O’tkan asrning 20-yillarida bir yozuvchi alfani quyosh nuri kirmaydigan, ichi esa qizil chiroqlar bilan yoritilgan, suratkashning qora xonasiga o’xshatgan.
Alfa ni menga qisqa so’z bilan ayting?<\/strong>
Javob: SSSR
Izoh: Prishvin o’zining kundaligida bu o’xshatish bilan yopiq sovet davlatini ifodalagan.<\/p>\n\n\n\n
6130. Gel tilidagi “slainte” so’zi “yaxshi boshlanish” ma’nosini anglatadi. Bu so’z Irlandiyada juda mashhur. Odamlar odatda bir tovushni eshitishganda bu so’zni aytishadi. SAVOL: O’sha tovushni toping?<\/strong>
Javob: QADAHLAR JARANGI?
Izoh: Yangi yil barchamizga faqat yaxshi kunlarni olib kelsin!<\/p>\n\n\n\n
6131. Polshadagi Torun markaziy maydonida bu odamga qo’yilgan yodgorlik ustida “Bu odam quyoshni joyida to’xtatdi, yerni o’rnidan qo’zg’atdi” degan yozuv bor. Siz menga bu odamning ismini ayta olmasangiz ham, unga qaysi xizmatlari uchun bu ta’rif berilganini ayta olasizmi?<\/strong>
Javob: Quyosh yer atrofida emas, yer quyosh atrofida aylanishini isbotlab bergani uchun!
IZOH: Bu yozuv Nikolay Kopernik yodgorlikda yozilgan. Nikolay Kopernik Quyosh yer atrofida emas, Yer quyosh atrofida aylanishini isbotlab bergan olim.<\/p>\n\n\n\n
6132. Xuddi suzib ketyotkan o’rdakka o’xshaydigan mamlakat?<\/strong>
Javob: Islandiya<\/p>\n\n\n\n
6133. Robert Kaplan yozishicha dengizdagi U Yaponiyadan boshlanib Venetsiyada tugagan ekan. SAVOL: UNI toping?<\/strong>
Javob: Buyuk ipak yo’li<\/p>\n\n\n\n
6134. Radbod – bu VII-VIII asrlarda franklarga qarshi kurashgan friz qabilasining qiroli. Kunlardan bir kuni Radbod unga qilingan bir taklifni inkor qilar ekan, Y ga qaraganda X ni xush ko’rishini, chunki franklarning basharalarini ko’rishga toqat qila olmasligini aytadi. SAVOL: X va Y ni toping?<\/strong>
Javob: Y – jannat, X – do’zax
Izoh: qirolga xristianlikni qabul qilishni taklif qilishadi. Xristianlik kanonlariga ko’ra faqat xristianlar jannatga tushishadi, qolganlar esa do’zaxga. Franklar xristian edi. Qirol jannatda franklar bilan bo’lgandan ko’ra, do’zaxga tushganim yaxshi degan ekan<\/p>\n\n\n\n
6135. Fransiya va Italiya o’rtasida bo’lib o’tgan 2006-yildagi regbi bahsida ishtirokchilardan biri jamoa ramzi bilan doimiy ravishda bajariladigan o’yin oldi harakatini bajara olmadi. Buning asosiy sababini ayting?<\/strong>
Javob: Parranda grippi
Izoh: Fransiya termasining ramzi Xo\u2019roz hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n
6136. Savolda alfa bir nechta so\u02bbz bilan almashtirilgan. “Alfa 2021-yilda davlat va aholi o\u02bbrtasida turli xil dasturlar va loyihalar haqida to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri muloqot qilish maqsadida yaratilgan. Alfa yilda ikki marta “meva beradi”.
Yaqinda ko\u02bbpchilik insonlar alfa tufayli qaysidir ma\u02bcnoda savobga ega bo\u02bblishadi.
Diqqat savol: alfa bilan almashtirilgan so\u02bbzlarni xohlang ingliz tilida, xohlang o\u02bbzbek tilida yozib bering?<\/strong>
Javob: “Open budget”
Qabul: “Ochiq byudjet”, “Tashabbusli budjet” (https:\/\/t.me\/Eski_Savollar_Bazasi\/7574?comment=52375)
Qabul emas. “Mening yo\u02bblim” loyihasi
Izoh: “Open budget” dasturi 2021-yil yozida ishga tushirilgan dastur bo\u02bblib
U bir yilda ikki marta o\u02bbtkaziladi<\/p>\n\n\n\n
6137. 1997 – yilning yozida, Gollivuddagi mumdan ishlangan haykallar muzeyida, bir eksponat qotillar va odamxo’rlar turadigan xonaga ko’chirib o’tkazildi.
Savol: Avval u qaysi xonada turar edi?<\/strong>
Javob: Mashhur sportchilar xonasida. Bu Mayk Taysonning haykali edi. Raqibining qulog’ini tishlab olgandan so’ng uning haykalini yuqorida aytilgan xonaga ko’chirib
o’tkazishgan.<\/p>\n\n\n\n
6138. Bu tunneli Yaponiyaning Xonsyu va Xokkaydo orollarini Sangar bo\u2018g\u2018ozi ostidan bog\u2018laydi.
Uning umumiy uzunligi 53,85 km ni, suv osti qismi esa 23,3 km ni tashkil qiladi.
Yo\u2018llar suv tubidan 100 metr va dengiz sathidan 240 metr chuqurlikdan o\u2018tadi.
Tunnel qurilishi 1964-yildan 1988-yilgacha davom etgan va 1988-yil ochilgan.
Tunnel qurilishi 5,4 mlrd dollarni tashkil qilgan.\u00a0
Diqqat savol bu qaysi tunel?<\/strong>
Javob: Seykan tunneli.
Bugun u ochilgan kun ekan yani ishga tushgan 13-mart<\/p>\n\n\n\n
6139. 1966 yili Angliyada Vestministerga barcha uchun tomoshaga bir buyum qo’yildi va natijada\u2026.u o’g’irlandi. Butun dunyoga ovoza bo’lgan bu o’g’rilik bir necha kundan keyin ochildi- bu narsa axlatxonadan topildi.
Diqqat savol: Bu narsa nima va hozir qaysi mamlakatda saqlanmoqda?<\/strong>
Javob: Braziliyada-futbol bo’yicha jahon kubogi.<\/p>\n\n\n\n
6140. 1969 yil insoniyat tarixidagi eng qimmat telefon so’zlashuvi bo’lib o’tdi. Bir tomondan AQSH prezidenti Nikson bo’lgan bo’lsa, ikkinchi tomonda\u00a0 kim va qayerda bo’lishgan?<\/strong>
Javob: Armstrong va Oldrin, oyda<\/p>\n\n\n\n
6141. Avstraliya davlati golf klubi nizomida shunday jumlalarni uchratasiz: “\u2026\u2026agar golf koptokchasi unga tegsa, hech nima bo’lmagandek o’yin davom ettirilaveradi\u2026.”
Diqqat savol: Nimaga tegsa o’yin davom ettirilaveradi?<\/strong>
Javob: Kenguruga. Bilasiz Avstraliyada kengurular juda ko’p<\/p>\n\n\n\n
6142. GPS tizimi paydo bo’lganidan keyin ma’lum bo’lishicha ushbu yodgorlikni 240 metr shimolroqqa\u00a0 surish kerak ekan.
Diqqat savol: ushbu yodgorlik qaysi Davlatda joylashgan?<\/strong>
Javob: Ekvador. Ushbu yodgorlik “Ekvator chizig’i” ga qo’yilgan yodgorlik edi.<\/p>\n\n\n\n
6143. Mishel Montan ular haqida shunday degan: “Ular naqadar baxtli,\u00a0 omadlari quyosh nurida charaqlaydi, omadsizliklarini esa yer tinchgina o’z bag’riga oladi”.
Diqqat savol: Bu qaysi kasb vakillari?<\/strong>
Javob: Vrachlar. Shifokorlar.<\/p>\n\n\n\n
6144. XI asrdagi Fransuz miniaturasida Xudo Odam Atoni boshqalardan ajralib qolmasligi uchun tanasiga bir o’zgartirish kiritayotgani tasvirlangan.
Diqqat savol: Odam Atoni tanasida mavjud bo’lmagan a’zosini ayting?:<\/strong>
Javob: Kindik. Chunki Odam Ato onadan tug’ulmagan.<\/p>\n\n\n\n
6145. 1913 yilda amerikalik mahbus Artur Vinn uzoq vaqt shaxmat shaklidagi polga qarab o’tiradi va uni o’ylab topadi.
Diqqat savol: Artur Vinn nimani o’ylab topgan?<\/strong>
Javob: Krossvord<\/p>\n\n\n\n
6146. Arablar uni ifodalash uchun “she” harfidan foydalanishgan va” nimadir” degan ma’noni anglatgan. Bu harf ispanlarga tushgach boshqacha atala boshlangan, frazsuzlarga borib esa butunlay boshqacha nomlangan. Fransuzlardan u bizga kirib kelgan.
Diqqay savol: Biz hozir uni qanday ataymiz?<\/strong>
Javob: X:
Izoh noma’lum o’zgaruvchi.<\/p>\n\n\n\n
6147. Eronliklarni “serapa” deb nomlanuvchi uzun kiyimini Yevropada oldiniga faqat erkaklar kiygan. Hozirda bu kiyimni ayollar kiyishadi.
Diqqat savol: biz bu kiyimni qanday atashadi?<\/strong>
Javob: Sarafan<\/p>\n\n\n\n
6148. Qadimgi greklar shimoldagi yerlarda faqat ushbu jonzotlar yashaydi deb o’ylashgan. Shuning uchun u yerni nomini grekchadan tarjimasi “ular mamlakati” deb ataladi.
Diqqat savol: ularni ayting?<\/strong>
Javob: Ayiqlar. “Arktos”- ayiq<\/p>\n\n\n\n
6149. Bir hazilga ko\u2018ra tibbiyot bo\u2018yicha Nobel mukofoti sovrindori Tu Yuyuning qarindoshlariga BU ISHNI qilish qiyin ekan. BU ISH birinchi marta XIX asrning oxirida Kentukkidagi bolalar bog\u02bbchasida amalga oshirilgan. Siz ham do\u2018stlaringizning quvonchli kunida BU ISHni qilasiz, albatta.
Savol: BU ISHNI bir necha xorijiy so\u2018zda yozib bering?<\/strong>
Javob: “Happy birthday to you” qo’shig’ini kuylash<\/p>\n\n\n\n
6150. ALFAni biz ayniqsa Angliya tarixiy kinolarida ko\u2018p uchratganmiz. Ular tarixda ham keng ommalashgan ekan. ALFAlar insonlar hayotida muhim o\u2018rin egallagan. Hattoki yaqin hamrohi himoyachi do\u2018stiga ham aylanib ulgurgan. Eng asosiysi ALFAlar ko\u2018pchilik insonlarga to\u2018rt faslda ham doimiy hamroh hisoblanadi.
Savol:ALFA qanday buyum ekanligini yozib bering?<\/strong>
Javob: Soyabon<\/p>\n\n\n\n
6151. Bu mashhur asar qoraqalpoq tiliga “Farog’atchilik minan to’palasuv” deb tarjima qilingan. Asarning o’zbekcha nomini ayting?<\/strong>
Javob: “Urush va tinchlik”
Izoh: To’palasuv- urush, farog’atchilik – tinchlik<\/p>\n\n\n\n
6152. Blits topishmoqlari:
1.Aql bo’lib yashar doim etmish mard,
Tani yonib, e’lga qiladi xizmat.
Topishmoqni toping?
2.Ko\u2019zining Yoshi oyog\u2019iga dori.
Topishmoqni toping?
3.Sandiq to’la pista-bodom,
Ochib ko’r, bo’lsang odam.
Hosiyat ko’p, olam-olam,
Terib ol uni har dam.
Topishmoqni toping?<\/strong>
Javob:
1.Gugurt
2.Sham
3.Kitob<\/p>\n\n\n\n
6153. Ushbu davlatda dunyodagi 10 ta eng baland tog’ cho’qqilarining 8 tasi joylashgan. Bu qaysi davlat?<\/strong>
Javov: Nepal<\/p>\n\n\n\n
6154. 1942-yilda Britaniya floti nemis suv osti kemalari tomonidan tinimsiz zarbalarga uchragan. Natijada flotda kemalar tanqisligi, shu bilan birga kema yasash uchun xom-ashyo tanqisligi ham yuzaga keladi. SAVOL: Aynan mana shunday holatda ingliz muhandislari kema qurilishida NIMADAN foydalanishni taklif qilishgan?<\/strong>
Javob: Aysberg
Izoh: Shunda suv osti kemalari ularni cho’ktira olmaydi deb o’ylashgan<\/p>\n\n\n\n
6155. Samuel Lurye fikricha agar bu inson bir asr avvalroq yashaganida va Kiyevga sayohat qilganida hozirda Rossiya eng katta musulmon davlatga aylangan bo’lardi. SAVOL: Bu insonni toping?<\/strong>
Javob: Umar Xayyom
Izoh: Knyaz Vladimir islomda alkogol ta’qiqlangani uchun xristianlikni davlat dini sifatida tanlagan degan fikr bor. Agarda U Xayyom bilan uchrashganda fikri o’zgarishi mumkin edi.<\/p>\n\n\n\n
6156. Qadimgi Misrda uni “Muqaddas sirli san’at” deb atashgan ekan.
Savol Misrliklar nimani shunday deb atashgan?<\/strong>
Javob: Alkimyo (kimyo)<\/p>\n\n\n\n
6157. Afsonaviy super mashina McLaren F1 2005 yilgacha tezlik bo’yicha o’z rekordini o’rnatgan (386 km\/s) va bu mashina narxi 1.2 mln $ tashkil etgan. McLaren F1 mashinasini ishlab chiqarishda albatta oltindan ham foydalanishgan. Oltindan esa mashinani chiroyli yoki hashamatli ko’rinishi uchun emas boshqa maqsadda ishlatishgan.
Savol: oltindan nima maqsadda foydalanishgan?<\/strong>
Javob: Mashina motorining issiqligini qaytarish uchun.
oltin eng yaxshi issiqlikni qaytaruvchi elementlardan biri hisoblanib ular oltindan yupqa falga yasab, kapotning ichkari tarapiga yopishtirishgan!<\/p>\n\n\n\n
6158. Dekster Xolland va Greg Krisel maktabda o’qib yurgan paytlari, maktab bitiruvchilari uchun konsert qo’yish maqsadida “Offspring” gruppasini tuzishadi. Ular gruppaga o’zlaridan 3 yosh katta, gitarist Vassermanni taklif qilishadi. Vasserman o’sha paytda maktab tozalovchisi bo’lib ishlagan, lekin rok yo’nalishi bo’yicha tajribasi yaxshi bo’lgan. Lekin Vassermanni “Offspring” gruppasiga boshqa bir maqsadda taklif qilishgan. Savol: Vassermanni aslida nima maqsadda gruppaga taklif qilishgan?<\/strong>
Javob: Vasserman voyaga yetgan hisoblanib, gruppadagi bolalarga alkagol ichimliklarini sotib olishi uchun taklif qilingan!<\/p>\n\n\n\n
6159. Salvador Dali o’z orzulari haqida quyidagilarni aytib o’tgan: Men kichkina vaqtimda, oshpaz bo’lishni orzu qilardim. 6 yoshimda Napaleon bo’lish orzuyim edi. Yoshim o’tgan sari orzularim ham o’sib bordi. Hozir esa men Alfa dan kamiga rozi bo’lmayman!
Savol – alfa ni toping?<\/strong>
Javob: Hozir esa Salvador Dali bo’lishdan kamiga rozi bo’lmayman!<\/p>\n\n\n\n
6160. Bir adib o’z yangi asarini do’stiga yuboradi. Oradan bir necha kun o’tgach, sabri chidamagan adib do’stining asar haqidagi fikrini bilish uchun unga xat yozishga qaror qiladi. Lekin har bir so’zning qadrini yaxshi biladigan adibning savol yozilgan xati shunday qisqa bo’ladiki, dunyoda undan qisqa savol berilmagan bo’lsa kerak. Lekin do’sti ham undan qolishmas edi, u ham javob tariqasida adibnikidan uzun bo’lmagan xat yozadi. Siz menga bu yozishmani qayd qilib bera olasizmi?<\/strong>
Javob: ? va !
Izoh: Adib yozmoqchi bo’lgan o’qidingizmi? qanday? yoqdimi? kabi savollarni bir belgi – ? belgisiga jamlaydi. Undan qolishmaydigan do’sti Ajoyib! Zo’r! Barakalla! kabi olqishlarini – ! belgisi bilan tasvirlaydi!<\/p>\n\n\n\n
6161. Estoniyalik mashhur Paul Keresga bag’ishlab chiqarilgan markada Paul ot va fillar orasida tasvirlangan. Paul Keresning kasbining hayvonot olamiga hech qanday aloqasi yo’qligini bilgan holda, uning kasbini toping?<\/strong>
Javob: Shaxmatchi!
Izoh: ot va fillar hayvonot olamiga taalluqli bo’lmagan yana qayerda uchrashi mumkin?<\/p>\n\n\n\n
6162. Luqmoni Hakimning aziz farzandlariga qilgan nasihatlaridan:
Odamlarda 360 rag bo’lur
Raglaridan biri badrag bo’lur
Diqqat savol odamdagi 360 rag bitta badrag nima ?<\/strong>
Javob: Rag- tomir (360 tomir)
Badrag-yomon tomir.<\/p>\n\n\n\n
6163. Amerikaliklarda bu narsa o.k.y., yaponlarda y.o.k., bizda esa k.o.y shaklida beriladi. Siz menga shu usulda Bugungi tanlovimiz haqida xabar bering?<\/strong>
Javob: 14.03.2024
Amerikiada 03.14.2024
Yaponlarda 2024.03.14<\/p>\n\n\n\n
6164. Birinchisi o’z nomini o’lchami uchun olgan. Ikkinchisi beradigan ma\u2019lumotiga ko’ra nomlangan, uchinchisi joylashgan joyiga ko’ra nomlangan, to’rtinchisi nomi hali aniqlanmagan bo’lsa, siz menga beshinchisining nomini ayting?<\/strong>
Javob: Jimjiloq!<\/p>\n\n\n\n
6165. Kanada poytaxti Ottavaning Sparks ko’chasi 245-uyida bir muzey joylashgan. Tarixiy muzey desa ham bo’ladi. Chig’anoqlar, turli xil toshlar, kakao yong’oqlari, hayvon mo’ynalari\u2026 Tasavvur qiling, sizdan ham bu muzey uchun eksponat berishni so’rashdi. Eng qizig’i sizda bu eksponat bor, menimcha hozir, shu yerda ham sizda bu muzey uchun 3-4 ta eksponat topiladi. Bu qanday muzey?<\/strong>
Javob: Pul muzeyi
Izoh: Afrika mamlakatlarida pul sifatida chig’anoqlardan, shimoliy o’lkalarda hayvon mo’ynalaridan, turli hududlardan har xil toshlardan, bug’doy, tuz, kakao yong’og’i kabi vositalardan pul sifatida foydalanilgan!<\/p>\n\n\n\n
6166. \u201cO`zbek xalq rivoyatlari\u201d kitobida yozilishicha, qadimda ba\u2019zi bir boylar bog’larida ishlayotgan ishchilar qo’shiq aytib mehnat qilishgan. Yo’q, bu ularning ma\u2019naviy hordiq chiqarishi uchun emas, xasis boylar ularni bunga majbur qilishgan. Savol: Boylar nima uchun ishchilarini qo’shiq aytib ishlashga majbur qilishgan?<\/strong>
Javob: Mevalarni yeb qo’ymasligi uchun.
Izoh: Xasis boylar ishchilar terayotgan mevalarini og’izlariga solmasligi uchun ularning og’izlarini band qilib qo’yish maqsadida ularni qo’shiq aytib ishlashga majbur qilishgan!<\/p>\n\n\n\n
6167. Bir savdogar Germaniyadan Fransiyaga olib kelayotgan narsasini bojxonada \u201cming banka Germaniya havosi\u201d deb ro’yxatdan o’tkazadi. Bu odam firibgarlik qilib, aslida olib kelayotgan narsasiga to’laydigan bojni kamaytirish maqsadida bu ishni amalga oshirgan edi. Aytinglarchi, u Germaniyadan nima olib kelayotgan edi?<\/strong>
Javob: Bankalar. Bo’sh bankalar!
Izoh: Ma’lumki mamlakatdan olib ketayotgan maxsulotning qiymatining ma’lum foizi boj sifatida to’lanadi. Banka olib ketayotgan savdogar boj miqdorini kamaytirish maqsadida olib ketayotgan bankasini tara sifatida rasmiylashtirib, asosiy mahsulotni “havo” deb rasmiylashtirishga harakat qilgan!<\/p>\n\n\n\n
6168. Mening bir tarix faniga juda qiziqadigan o’rtog’im har safar soat 17:21 bo’lganda “Ana bo’masam, hozirgina X tugadi” deyishni yoqtiradi. Savol: x-?<\/strong>
Javob: Shimoliy urush.
Izoh: u do’stim 17:21 ni ko’rganda har doim 20 yil davom etgan Shimoliy Urushni esga oladi.<\/p>\n\n\n\n
6169. Bir hazilga ko’ra figuralik uchish bo’yicha birinchi jahon chempionati 1242 yilda o’tkazilgan ekan. Savol: bu chempionat qaysi davlatning o’ta muvaffaqiyatsizligi bilan yakun topgan?<\/strong>
Javob: Tevton ordeni<\/p>\n\n\n\n
6170. Angliyaga kelgan Rim legionlari angliyaning sovug’idan juda ham qattiq aziyat chekishgan. Ayniqsa askarlarni oyoqlari eng sovuqdan muzlab qolib yura olmaydigan daraja kelib qolishgan. Shunda rim askari Uni oyoqlariga surtishgan va oyoq kiyimlarining ichiga solishgan. Natijada, oyoqda qon aylanishi boshlangan va askarlar yura boshlagan. Sizga yordam bo’lishi uchun aytib o\u2019taman: Bir ertakda qirolicha uning yordamida 6 ta aka-ukani qutqaradi. Savol: U nima?<\/strong>
Javob: Qichitqi o’t yoki jargonda krapiva.<\/p>\n\n\n\n
6171. Bir marketolog shunday degan: “X ni Y siz qilishni huddi qorong\u2019uda go\u2019zal qizga ko\u2019z qisishga o\u2019xshatadi, ya\u2019ni siz o\u2019zingiz nima qilayotganingizni bilasiz, boshqalar esa yoq”. Yana uning ta\u2019kidlashicha, ahloqiy va ahloqsiz bo\u2019lgan Y larning bir biridan farqi yolg\u2019on va rostning ishlatilish proporsiyasiga bog\u2019liq ekan. Savol: bizga X va Y ni topib bering?<\/strong>
Javob: X-Biznes, Y-Reklama<\/p>\n\n\n\n
Javob: Qirol Sher
Izoh: bu krivetkaning tuzilishi aynan Elton Johnga juda ham o’xshaydi. Shu sabablidir unga Elton Johnni nomi berilgan. Barchamiz biladigan Simba multfilimini soundtracki aynan shu inson tomonidan bastalangan va ijro ham etilgan.<\/p>\n\n\n\n
6173. Texas Shtatining bir joydagi menyuning tepasida \u201cIstagan taomini tanlashing mumkin\u201d deb yozib qo\u2019yilgan. Eng qizig\u2019i bu menyuda birorta ham taomning narxi yozilmagan. Ya\u2019ni bu ovqatlarning hammasi bepul. Bu menyuning eng tagida esa bu joyning mijozlariga bir tilak bildirilgan. Savol: bu tilakni bizga 3 ta so’z bilan yozib bering?<\/strong>
Javob: Joyingiz(joningiz) jannatdan bo\u2019lsin. (qamoqxonada o\u2019lim hukmi ijrosi oldidan beriladigan menyuda yozilgan.)<\/p>\n\n\n\n
6174. Diqqat asardan parcha: \u201cBu buyuk jang. Jangni son-sanoqsiz janglarda tajriba orttirgan qo’mondonlar boshqarganlar. Jang taqdirini esa yaqindagina oddiy askarlikdan ofitser darajasiga ko’tarilgan Maykl Smitning qirolni asir olishi hal qildi\u201d. Savol: aytingchi, qaysi xizmatlari uchun Maykl Smitning unvonini oshirishdi?<\/strong>
Javob: Taxtaning oxiriga borgani uchun!
Izoh: Payqagan bo’lsangiz, savol shaxmat haqida edi. Shaxmatdagi oddiy askar qachon ofitserlikka ko’tariladi?<\/p>\n\n\n\n
6175. “U” kambag’alda bor, boy Unga muhtoj, Uni yesangiz o’lasiz, kiysangiz sovuqotasiz. “U” nima?<\/strong>
Javob: Hech narsa!
Izoh: Kambag’alda nima bor? Hech narsa!
Boyga nima kerak? Hech narsa!
Hech narsa yesangiz nima bo’ladi?
Hech narsa kiysangizchi?<\/p>\n\n\n\n
6176. Bu ro’yhatdan asosan skandinaviya xudolari o’rin olgan \u2013 Odin, Tor, Freya \u2026. Siz menga shu ro’yhatdagi 2 ta sayyorani topib ayting?<\/strong>
Javob: Quyosh va oy!
Izoh: Monday – Oy kuni
Tuesday – Tea kuni
Wednesday – Odin kuni
Thursday – Tor kuni
Friday – Freya kuni
Saturday – Saturn kuni
Sunday – Quyosh kuni!<\/p>\n\n\n\n
6177. Bu uskuna ilk ko’rinishi 70 tonnaga yaqin og’irlikka ega bo’lgan va 300 kvadrat metr joyni egallagan. Uning biz o’rgangan ko’rinishini ilk bor Fransiyalik Truong Trong Ti yasagan ekan. Aytingchi, gap nima haqida ketayapti?.<\/strong>
Javob: Kompyuter!<\/p>\n\n\n\n
6178. Bu uch haydovchi doimo birga. Do’mboqvoy tepsa-tebranmas, og’ir karvon bo’lsa ham, odamlar ko’zida uning obro’yi baland. Novchavoy esa aksincha, el xizmatida tinimsiz yelib yugursa ham, nimagadir hech kimning unga e\u2019tibor berishga hafsalasi yo’q. Avvallari bu azamatlarning oshiqlari olcha ediyu, lekin so’nggi paytlarda juda qattiq raqobat tufayli bular el nazaridan qolishayapti. Ushbu ma\u2019lumotlardan foydalanib, biz tilga olmagan uchinchi haydovchining ismini ayting?<\/strong>
Javob: Daqiqa (Minut)
Izoh: Gap soat millari haqida ketayapti! Do’mboqvoy -soat mili, Novchavoy (tezkor) sekund mili, biz tilga olmaganimiz daqiqa mili edi (Soatning boshqa strelkalari yozilgan javoblar inobatga olinmaydi)<\/p>\n\n\n\n
6179. “U-yonayotgan, o’rtaniyotgan vijdonning TO’RTBURCHAK bo’lagidir”, deb aytgan edi bir mashhur Rus yozuvchisi va tarjimoni.
Savol: U-?<\/strong>
Javov: U-KITOB
Bu so’zlar Pasternakka tegishli edi.<\/p>\n\n\n\n
6180. Asqad Muxtorning “Uyqu qochganda” degan kitobchasida shunday yozilgan “Undan qo’rqma, unga hali yetish kerak” savol yozuvchi unga deganda nimani nazarda tutmoqa?<\/strong>
Javob: Keksalik<\/p>\n\n\n\n
6181. Aleksandr Dyuma asarlarini yozishda ko’plab, ayniqsa “Adabiy negrlar” deb ataladigan yordamchilarning xizmatidan unumli foydalangan. Ular orasida eng taniqlisi U bo’lib, u durdona roman “Graf Monte Kristo” va Dyumaga katta muvaffaqiyat olib kelgan “Uch mushketiyor” asarlari syujetini o’ylab topgan. Savol u kim?<\/strong>
Javob: Ogyust Make<\/p>\n\n\n\n
6182. Fantast va sarguzasht janrida ijod qilgan Jyul Vern U davlatda umuman bo’lmagan, lekin shunga qaramay, uning to’qqiz romanidagi voqealar rivoji U davlatda (To’liq yoki qisman) kechadi.
Savol U qaysi mamlakat?<\/strong>
Javob: Rossiya<\/p>\n\n\n\n
6183. Hind diniy kitobi “Amritabindi upanishad” da yozilishicha “Agar ong UNGA asir bo’lsa, u qullikning sababi, UNDAN holi bo’lsa, xurlikning manbaidir”.
Savol: UNGA o’rnidagi so’zni ayting?<\/strong>
Javob: Hissiyotga.
Manba: o’sha asarning 304-betida shunday yozilgan.<\/p>\n\n\n\n
6184. Qaysi buyuk adib yangi asari ustida ishlashni boshlay turib bir-ikki oyga xonasiga qulflanib olib va yorug’lik tushmasligi uchun derazayu, darchlarni zichlab yopib. Shundan keyin egniga xalat ilgancha sham ostida har kuni 18 soatlab ijod bilan mashg’ul bo’lgan?<\/strong>
Javob: Onore De Balzak<\/p>\n\n\n\n
6185. Bu sport o’yinida har jamoada 7 ta o’yinchi qatnashadi: 3 ta hujumchi, 2 ta qanot o’yinchisi, 1 darvozabon. Bu o’yin boshqalaridan o’yin inventari sifatida foydalaniladigan oddiy buyum bilan farq qiladi. Siz menga bu o’yinning ENG MASHHUR o’yinchisining nomini ayting?<\/strong>
Javob: Garry Potter (Harry Potter)
Izoh: Gap Kviddich o’yini haqida ketayapti. Oddiy buyum esa supurgi!<\/p>\n\n\n\n
6186. Kuzatishlarga ko’ra, bu yerda yonma-yon turgan uchtasidan eng yaxshisi ko’pincha yig’layotgan bo’lar ekan, ikkinchisi esa qayg’uda, uchinchisi xursand! Siz menga bu uchalasi qayerda turganini ayting?<\/strong>
Javob: Pedestalda (shoxsupa)
Izoh: Kuzatishlarga ko’ra, pedestalda turgan musobaqa g’olibi ko’pincha quvonchdan yig’layotgan bo’lar ekan, ikkinchi o’rin sohibi hozirgina g’olibga yengilgani uchun alam tuyg’usidan qutilib ulgurmagan axvolda, 3-o’rin sohibining esa hissiyotlarni jilovlash uchun yetarlicha vaqti bo’lgani uchun xursand va xushchaqchaq axvolda pedestalga ko’tarilar ekan!<\/p>\n\n\n\n
6187. Bu \u201ctil\u201dni dunyoning hamma davlatida biladilar, unda yozadilar, unda yozilganini o’qiydilar, tinglaydilar! Lekin bu tilning bittagina muammosi bor \u2013 bu tildagi tovushlarni talaffuz qilishga inson ojizdir. Qaysi til?<\/strong>
Javob: Notalar (musiqa tili)
Izoh: Notalar tilida yozish, ularni o’qish va kuylarni tinglash mumkin. Lekin bu tildagi tovushlarni inson talaffuz qila olmaydi, bularni talaffuz qilish uchun musiqa asboblari kerak bo’ladi! (soqovlar tilida yozilganlarni tinglab bo’lmaydi!)<\/p>\n\n\n\n
6188. Hazilda aytilishicha, poraxo’rlarning bolalikda o’rgangan birinchi so’zi “ber”, bo’lar ekan, ikkinchisi ham “ber”, uchinchi bo’lib ular boshqa bir 4 harfli so’zni aytishga o’rganishar ekan! (Qizig’i, bu savolni bir necha yil oldin berganimda “3 harfli so’z” deb yozgan bo’lar edim)! Bu so’zni toping?<\/strong>
Javob: Yana
Izoh: Latifa: Poraxo’rlar bolalikda avval “ber” degan so’zni o’rganishadi, keyin yana “ber” so’zini o’rganishadi. Bu so’zni o’rganib bo’lganidan keyin “yana” so’zini o’rganishar ekan!
Aniqlik kiritamiz: Bir necha yil oldin, ya’ni lotin alifbosiga asoslangan yozuvga o’tishimizdan oldin men 3 harfli so’z, ya’ni \u044f\u043d\u0430 so’zi haqida so’rashim kerak bo’lar edi!<\/p>\n\n\n\n
6189. Facebookdagi “\u0421\u0435\u043a\u0440\u0435\u0442\u044b \u0443\u0441\u043f\u0435\u0445\u0430 \u0412\u0435\u043b\u0438\u043a\u0438\u0445” sahifasida bir maqolaga ko’zim tushdi. Unda ayollar har doim to’g’ri kiyim tanlashi, soch turmagani kiyim va yuziga moslashi, atirlarni ham harakterga mosidan foydalanishi va yana qator maslahatlar berilgan ekan. Shu maqolani oxirida esa: “Bu barcha sanab o’tkan maslahatlarimiz hech qanday qiymatga ega emas, agar sizni yoningizda Alfa bo’lmasa” deb yozilgan edi. Savol: alfa ni toping?<\/strong>
Javob: ERKAK<\/p>\n\n\n\n
6190. Bu detektiv asar qahramoni o’z adashining afsonaviy qahramonliklarini ramziy ma’noda takrorlash maqsadida naq 12 ta qiyin ishni tanlaydi va ularga muvaffaqqiyatli ravishda yechim topadi! Bu izquvarning nomini toping?<\/strong>
Javob: Erkyul Puaro
Erkyul – Gerkulesning adashi (Herkul – Herkules). Gerkulesning 12 ta qahramonligini takrorlash maqsadida 12 ta qiyin ishni ochadi!<\/p>\n\n\n\n
6191. Bu qahramon o’z otasini ming bo’lakka bo’lib tashlaydi. Qizig’i shundaki, qaytar dunyo deganidek, uning farzandlari ham qahramonning o’zini xuddi shu ko’yga solishadi! Ammo bu qahramonning bir xususiyati bu qahramonni ham, uning farzandlarini ham padarkush deb aytishga imkon bermaydi! Bu qahramonning ismini ayting?<\/strong>
Javob: Kronos
Izoh: Kronos o’z otasi Uranni parchalab tashlaydi! Kronosning farzandlari Zevs boshchiligida Kronosning o’zini ham bo’laklarga bo’lib tashlashadi. Lekin Uran ham, Kronosning o’zi ham titanlar bo’lgani uchun, ular bu holda o’lmaydi, demak ularni padarkush deb aytishga asos yo’q!<\/p>\n\n\n\n
6192. Ikki pashsha Robinzon Kruzoning boshida qo’nib turgandi. Ulardan biri ikkinchisiga:
-Hozircha hayr og’ayni!!!
Diqqat savol. Shundan so’ng ikkinchi pashsha unga qachon ko’rishishlarini aytadi?<\/strong>
Javob: JUMA kuni
Izoh: Bugun ham JUMA kuni
Barchanggizga Ramazonning ilk JUMA kuni muborak bo’lsin.<\/p>\n\n\n\n
6193. Tolkiyenning \u201cHobbit\u201d asari qahramonlari Gollum va Bilbo bir biriga topishmoq aytishayapti: \u201cNafassiz tirik, o’likdek sovuq, chanqamasdan suv ichar, Jangchi emas, sovut kiyar\u201d.
Siz ham bu topishmoqni topa olasizmi?<\/strong>
Javob: Baliq<\/p>\n\n\n\n
6194. Dunyo bo’ylab kanalida Fransiya haqida so’z borar ekan, fransuzlar azaldan boshqalarga o’xshamay keladigan xalqiligi aytib o’tildi. Buni ular hamma narsani o’zlarini prinsiplariga moslab olishlaridan bilsak bo’ladi. Masalan, siz bilan biz biladigan X ni analogi Fransiyada ham bor ekan. Lekin, original X dan asosiy farqi, Fransiyada faqatgina lentacha uzilsa bas. Savol: X ni toping?<\/strong>
Javob: Korrida
Izoh: fransuzlar qo’shnilarni ya’ni ispanlardan farq qilish uchun korrida janglarini umuman boshqacha o’tkazishar ekan. Matador faqatgina buqaga bog’langan lentachani uzishni uddalasa bo’ldi. Buqa o’ldirilmaydi. Hattoki, Korridani ham fransuzlar o’zlarini prinsiplariga moshlashtirishibdi!<\/p>\n\n\n\n
6195. Insoniyat yaralibdiki bir-birini chuv tushurish payida. Buning uddasidan chiqgan shovvozlar shu qadar ko’pki, ular haqida hattoki TOP firibgarliklar reytingi ham tuzilgan. Bu reytingni birinchi pogonasida Chex millatiga mansub Viktor ismlik kishi, asli Dijonlik kishining ijod mahsulini bir emas 2 marta pullab yuborgani o’rin olgan. Savol: bu ijod mahsulini nima ekanligini aniq ayting?<\/strong>
Javob: Eyfel minorasi.
Izoh: Gustavo Eyfel asli Dijonlik. 1925-yilda Chex millatiga mansub Viktor Lyusting Eyfel minorasini temir-tersak yig’uvchilarga shu holda pullaydi. Eng qizig’i u bu ishni 1 yilda 2 marta amalga oshirishga muvaffaq bo’lgan<\/p>\n\n\n\n
6196. Robinzon Kruzo halokatga uchragan kemani qoldiqlari orasini qidirar ekan vino, porox, siyoh, qurol va kiyimlar topganidan juda ham xursand bo’lib ketadi. Lekin UNI topganida “bu narsa keraksiz sarqit deya” UNI tashlab yuborgan. Juda ham ko’pchilikka kerak bo’lgan uni, Robinzon bir chaqaga ham olmaganini o’quvchi chunadi, albatta. Savol: UNI toping?<\/strong>
Javob: chaqa pullar(pul)
Izoh: Robinzon chaqa tangalarni topganida ularni tashlab yuboradi. Kimsasiz orolda unga pul nimaga ham kerak bo’lardi? Hech narsaga. Savolda bir chaqaga ham olinmagan deb, sizga javobga ishora qilgan<\/p>\n\n\n\n
6197. Eski topishmoqni tinglang: “Bu qanday mahluq ekan, qish bo’yi tinmasdan ovqatlansaku, yoz bo’yi uxlasa, tanasi issiqku lekin qoni yoq”. Savol: bu bolalar topishmog’ida nima ta’riflangan?<\/strong>
Javob: Pechka.
Izoh: bu eski topishmoqda pechka ta’riflangan. chunki oldinlari hozirdagi zamonaviy isitish sistemalari bo’lmagan va odamlar pechkalarni yoqib uylarini isitishgan. Qishda yoqib qo’yilgan pechka yozda albatta o’chirib qo’yiladi. (gaz plitasi yoki gaz duxovkasi variantlari qabul qilinmaydi)<\/p>\n\n\n\n
6198. “\u041a\u043e\u0441\u0442\u0438” seriallida qotil jinoyat vaqti teri oqib jinoyat quroliga tushganligi ma’lum boladi va ekspertizada faqat qotil rak kasalligi bilan kasallangani va kasallikga qarshi dori ichayotgani ma’lum bo’ladi. Agent But gumondorlar orasidan tezda bo’yi pastgina, yuzida juda ham ko’p kosmetika bo’lgan, sochlari qora, qari ayolni tanlab oladi va oxirida uni aybdorligi isbotlanadi. Savol: Nega Agent But aynan shu ayoldan gumon qilgan?<\/strong>
Javob: Chunki rak kasalligiga qarshi muolaja inson yuziga qattiq salbiy ta’sir qiladi. Yuzlariga dog’ tushgan edi.
izoh: yuzidagi muolaja ta’sirni berkitish uchun qotil ayol kosmetikani haddan ziyod ishlatgan. Shundan But shubhalangan<\/p>\n\n\n\n
6199. Amerikadagi maktab o\u2019quvchilariga beriladigan topishmoq. \u201cUning boshida hech narsa yo’q, oxirida ham hech narsa yo’q, o’rtasi esa baland\u201d Bu topishmoqni javobini toping?<\/strong>
Javob: Ohio (Ogayo) shtati
Izoh: boshi yo’q ya’ni nol(0), demak oxiri ham nol(0). o’rtasi esa baland ya’ni high. Demak : 0high0. nol o harfiga o’xshab ketadi.<\/p>\n\n\n\n
6200. Qadimgi inklar odamlarni qurbonlik qilishgan. Lekin odam o’rniga bir xususiyatga ega bo’lgan qushni olib kelish ham mumkin bo’lgan. Savol bu qaysi qush?<\/strong>
Javob: To’tiqush
Izoh: Qush gapirish xususiyatiga ega bo’lishi kerak bo’lgan!<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"