{"id":137784,"date":"2024-07-12T07:50:43","date_gmt":"2024-07-12T04:50:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=137784"},"modified":"2024-07-12T07:50:43","modified_gmt":"2024-07-12T04:50:43","slug":"jizzax-mogullar-istilosi-davrida","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzax-mogullar-istilosi-davrida\/","title":{"rendered":"Jizzax mo\u2019g\u2019ullar istilosi davrida"},"content":{"rendered":"\n<p>XIII asr boshlarida Chingizxon (Temuchin) kuchli mo\u2019g\u2019ullar davlatiga asos solib, tez orada naymanlarni Enasoy (Yenisey) bo\u2019ylaridagi qavmlari, Yettisoyning shimoliy qismidagi Kuchluk davlatini ag\u2019darib, uyg\u2019urlar va boshqa turkiy qabilalarni o\u2019ziga bo\u2019ysundiradi. 1211-1215 yillarda Chingizxon shimoliy Xitoy hududlarini bosib olib, Mo\u2019g\u2019ulison davlati sarhadlarini kengaytiradi. Gobi sahrosining sharqiy chegaralaridan to Tyanshan tog\u2019 tizmasining g\u2019arbiy etaklarigacha bo\u2019lgan hududlar mo\u2019g\u2019ullar davlati hukmronligi ostida birlashtiriladi. Mo\u2019g\u2019ullar davlatining g\u2019arbiy chegarasi Muhammad Xorazmshoh saltanati chegarasi bilan tutashib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxonning nigohi endi Xorazmshohlar saltanatiga qaratildi. U Xorazmshoh kuch-qudratini bilib olishga va bu haqda ma\u2019lumotlar to\u2019plashga harakat qildi. Dastlab ikki davlat o\u2019rtasida elchilik munosabatlari yo\u2019lga qo\u2019yiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1216 yilda Muhammad Xorazmshoh Chingizxon huzuriga Bahouddin Roziy boshchiligida o\u2019z elchilarini yuboradi. Chingizxon elchilarni qabul qilib, ikki mamlakat hududlarida savdogarlarning erkin qatnoviga xohish bildiradi. Chingizxon ham qimmatbaho sovg\u2019alar va savdo-sotiq mollari ortilgan katta karvon bilan o\u2019z elchilarini Xorazmga yuboradi. Elchilarga asli xorazmli Mahmud Yalavoch (Yalovoch-turkiy tilda \u201celchi\u201d degan ma\u2019noni bildiradi) boshliq etib tayinlanadi. Chingizxon elchilarini Muhammad Xorazmshoh 1218 yilning bahorida Buxoro shahrida qabul qiladi. Elchilar Muhammadga Chingizxon uni qudratli podshoh sifatida bilishini, uni o\u2019zining \u201ceng ardoqli o\u2019g\u2019illari qatorida ko\u2019rishi\u201dni, do\u2019stona shartnoma tuzishga rozi ekanligini bildirishadi. \u201cEng ardoqli o\u2019g\u2019illari qatorida ko\u2019rish\u201d degani Sharq ustomonligi (diplomatiyasi)da Chingizxonning Xorazmshohni o\u2019ziga qaram qilib olish niyatida ekanligini bildirardi. Bunday iltifot Muhammad Xorazmshohga yoqmaydi, albatta. Biroq Muhammad Xorazmshoh Mahmud Yalovochni huzuriga yashirincha chorlab, unga Xorazm shohiga xizmat qilishini, Chingizxon qarorgohida Xorazmshoh josusi (ayg\u2019oqchisi) bo\u2019lishni tayinlaydi, so\u2019ngra sovg\u2019a-salomlar bilan elchilarni jo\u2019natib yuboradi. Mahmud Yalovoch Chingizxon huzuriga qaytib borgach, unga Xorazm davlati va uning podshosi haqida ko\u2019pgina ayg\u2019oqchilik ma\u2019lumotlarini yetkazadi. Chingizxon tomonidan Muhammad Xorazmshohga o\u2019z minnatdorchiligini bildirish va ikki qo\u2019shni davlatlar o\u2019rtasida shartnoma tuzish uchun 1218 yilning o\u2019zidayoq Xorazmga savdo karvoni va elchilar jo\u2019natiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayrim tarixiy manbalarda Chingizxonning Movarounnahrga lashkar tortishiga, 450 kishilik, 500 tuyalik katta savdo va elchilar karvonining O\u2019tror hokimi G\u2019oirxon (Inolchiq) buyrug\u2019i bilan talanishi, qirg\u2019in qilinishi sabab bo\u2019lgan degan fikrlar olg\u2019a suriladi. Vaholanki, ikki tomon o\u2019rtasida urush chiqish muqarrarligi Sulton Muhammadga ham, Chingizxonga ham avval boshdanoq ma\u2019lum edi. Bu tashabbus ko\u2019proq Chingizxon tomonda bo\u2019lgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019tror shahrida qatl etilganlar faqat elchilik-savdo karvoni bo\u2019lmay, balki Chingizxon ko\u2019rgazmasiga binoan mablag\u2019 bilan ta\u2019minlanib yuborilgan bu karvon savdo-sotiq bilan bir qatorda, josuslik ishlarini olib borishga mo\u2019ljallangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxon bilan jang olib borish harbiy taktikasini ishlab chiqishda Sulton Muhammad qator xatoliklarga, kaltabinlikka yo\u2019l qo\u2019yadi. Harbiy kengashda harbiy sarkardalar tomonidan bir qator takliflar o\u2019rtaga tashlagan edi. Kengashda fikrlar bo\u2019linib ketadi. Xiva vakili Shahobiddin Xivaqiy barcha qo\u2019shinlarni Sirdaryo bo\u2019yiga to\u2019plab, uzoq yo\u2019l bosib kelayotgan dushman qo\u2019shinlari o\u2019zini o\u2019nglab olmasidan turib, to\u2019satdan katta jang qilib dushmanga zarba berishni taklif qiladi. Xorazmshohga bu taklif ma\u2019qul bo\u2019lmaydi, negaki u o\u2019zining oliy lashkarboshilari bo\u2019lgan qipchoq lashkarboshilariga ishonmas edi. Xorazmshoh kengashda harbiy kuchlarni bo\u2019lib, turli shaharlarga alohida-alohida joylashtirishga, urushda mudofaa taktikasini qo\u2019llashga qaror qiladi, o\u2019zi mamlakat janubiga ketadi. Shu tariqa mudofaachilikdan iborat yo\u2019l tutiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxon 200 mingga yaqin jangchi bilan Xorazmshoh saltanatiga yurish boshladi va O\u2019trorga yaqin joyda harbiy kuchlarni to\u2019pladi. Movarounnahr va Xorazmni qisqa muddatda zabt etish maqsadida qo\u2019shinni 4 qismga bo\u2019ldi. Bir qismi o\u2019g\u2019illari Chig\u2019atoy va O\u2019qtoy boshchiligida O\u2019trorni egallash uchun qoldirildi. Ikkinchi qismi Jo\u2019ji boshchiligida Sirdaryoning quyi oqimidagi Sig\u2019noq, O\u2019zan, Barchinlig\u2019tepa, Jand, Yangikent va boshqa shaharlarni egallash uchun safarbar etildi. 5 ming kishilik uchinchi qo\u2019shinni Oloq no\u2019yon va Suketu-cherbu boshchiligida Sirdaryoning o\u2019rta oqimidagi Binokat, Xo\u2019jand va boshqa shaharlarni egallashga jo\u2019natdi. O\u2019zi katta qo\u2019shin bilan Buxoro tomon lashkar tortdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxon qo\u2019shinlari O\u2019tror, Buxoro, Samarqand shaharlarini qisqa muddatda bosib olib, vayron qiladilar, jangchilarni qirg\u2019in qilib, asirga olib, qurol-aslahalarini o\u2019lja qilib oladilar. Shahar aholisi qirg\u2019in qilinadi, hunarmandlar uzoq Mo\u2019g\u2019ulistonga haydab ketiladi, qurol ko\u2019tarishga imkoni bo\u2019lganlar mo\u2019g\u2019ullar zulmi ostida askariy xizmatga majbur qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oloq no\u2019yon bilan Suketu-cherbi boshliq qo\u2019shinlar 1219 yil dekabrda Binokat shahrini egallab, Xo\u2019jandga hujum qiladilar. Xo\u2019jand Ustrushonadagi yirik shahar edi. Temur Malik ilgariroq, har ehtimolga qarshi, Sirdaryo o\u2019rtasidagi orolchada mustahkam qal\u2019a qurdirib qo\u2019ygan edi. Qattiq janglar tufayli shaharni mudofaa qilish qiyinlashgach, Temur Malik 1000 kishilik qo\u2019shini bilan 1220 yil aprelida orolga ko\u2019chib o\u2019tib mudofaa jangini davom ettiradi. Temur Malik usti namat hamda sirkali loy bilan suvalgan, o\u2019q otish uchun darchalari bor kemalar yasab, erta tongda har ikki tomonga 6 tadan kemada suzib kelib, dushmanga qirg\u2019in keltiradi. Oxir oqibatda, Temur Malik askarlari bilan daryoning quyi oqimi bo\u2019ylab suzib ketadi. Barchinlig\u2019kent (Qizilo\u2019rdaga yaqin joy)da mo\u2019g\u2019ullar daryoni to\u2019sib qo\u2019yadilar. Temur Malik qirg\u2019oqqa tushib, dushman bilan janglar qiladi, oxiri yolg\u2019iz o\u2019zi 1220 yil yozida Gurganchga yetib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax Buxoro-O\u2019tror yo\u2019lidagi muhim mudofaa shaharlaridan biri edi. Shuning uchun ham Chingizxon Jizzaxni bosib olishga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko\u2019radi. Chingizxon qo\u2019shinlari Buyuk ipak yo\u2019lidan o\u2019rin olgan Zomin, Xudoyjir, Hasan, Ravot qal\u2019a-qo\u2019rg\u2019onlariga hujum boshlab, bosib oladi. Tursunqul Turdiqulovning \u201cHovos \u2013 ko\u2019hna diyor\u201d nomli kitobida va mahalliy tarixchilar Pirimqul Do\u2019stmatov, Xudoyqul Karimovlarning matbuot sahifalarida chop qilingan maqolalarida O\u2019ratepa, Xovos, Zomin, Jizzax aholisining bosqinchilarga qarshi olib borgan kurashlari haqida tarixiy ma\u2019lumotlar bayon qilinadi. Jizzax aholisi bosqinchilarga qarshi shiddatli kurash olib boradilar. Biroq, Chingizxonning biror jonli zotga Shafqat qilmaslik to\u2019g\u2019risidagi farmoniga ko\u2019ra, tinch aholi qirib tashlanib, qishloqlar, karvonsaroylar, masjidlar, yuzlab uy-joylar yondiriladi va bog\u2019lar, ekinzorlar payhon qilinadi. Ekinzorlarga ob-hayot keltirgan shohariqlar ishdan chiqarilib, dehqonlarga juda katta moddiy zarar yetkaziladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Aholi o\u2019rtasida saqlanib qolgan rivoyatlarda ta\u2019kidlanishicha, Jizzax shahar himoyachilari Donishmand Hojib keltirgan Chingizxonning shaharni jangsiz topshirish haqidagi talabnomasini rad etib, bir necha kun mobaynida mo\u2019g\u2019ul qo\u2019shinlari bilan yuzma-yuz jang olib boradilar. Bosqinchilar tomonidan shaharni suv bilan ta\u2019minlovchi ariqlar ko\u2019mib tashlanadi. Qaliya atrofidagi istehkomlar, O\u2019rda qal\u2019asi devorlari manjaniq (toshotar) qurollar yordamida buzib tashlanadi. Jizzax himoyachilari ilojsiz taslim bo\u2019ladilar. Asir olinganlar boshqa qal\u2019a, shaharlarni ishg\u2019ol qilishda jonli nishon sifatida foydalaniladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxon qo\u2019shinlari Jizzax shahrini ishg\u2019ol qilgach ba\u2019zi bir mahalliy xoinlarning maslahati bilan Buxoro shahriga hozirgi Forish tumani orqali o\u2019tadigan Buyuk Ipak yo\u2019li orqali o\u2019z yurishlarini davom ettiradilar, bosqinchi qo\u2019shinlar hech qanday talafotsiz Nur (hozirgi Nurota) shahrini egallab Buxoro shahriga yo\u2019l oldilar va uni ishg\u2019ol qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxon Gurganchni egallab, Amudaryodan janubga yuradi. Yurish davomida Muhammad Xorazmshoh vafot etgach, Xorazm davlati sultoni deb e\u2019lon qilingan Jaloliddin Manguberdining qattiq qarshiligiga uchraydi. Jaloliddin Niso jangni va Parvon jangida mo\u2019g\u2019ul qo\u2019shinlarini mag\u2019lub etib, ularga katta talafot keltiradi. Jaloliddin 1221 yil noyabrda Sind daryosi bo\u2019yida Chingizxonning o\u2019zi boshliq katta qo\u2019shinga qarshi janggi kiradi. Kuchlar teng bo\u2019lmagani bois qaltis paytda Jaloliddin otda daryoga sakrab, daryoning narigi tomoniga suzib o\u2019tadi. Jaloliddin Manguberdi yana 12 yil davomida, to umrining oxirigacha mo\u2019g\u2019ul bosqinchilariga qarshi qahramonona janglar olib bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxon zabt etilgan o\u2019lkalarni 1224 yilda, hali hayotdaligidayoq o\u2019g\u2019illariga taqsimlab berdi. Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Movarounnahr uning ikkinchi o\u2019g\u2019li Chig\u2019atoyga berildi va Chig\u2019atoy ulusi tashkil topdi. Chig\u2019atoyxonning ulusni boshqaradigan o\u2019rdasi Ili daryosi bo\u2019yida edi. Movarounnahrni idora qilish Chingizxon huzurida xizmat qilgan Mahmud Yalovochga topshiriladi. Mahmud Yalovoch Xo\u2019jand shahrini o\u2019ziga qarorgoh qilib, Movarounnahrni idora qiladi. Chig\u2019atoy xonlari aholidan, jumladan, Jizzaxlik ziroatchi dehqonlardan yer uchun kalon solig\u2019i \u2013 hosilning o\u2019ndan bir qismi hajmida, chorvadorlardan qo\u2019pchur solig\u2019i \u2013 har yuz bosh chorvadan bir bosh hajmida, shuningdek, shulen solig\u2019i \u2013 har bir podadan 2 yashar qo\u2019y, qimiz uchun har ming otdan bir biya hisobida soliqlar undirishgan. Hunarmandlar va savdogarlardan targ\u2019u solig\u2019i \u2013 ishlab chiqarilgan mahsulot yoki sotilgan molning o\u2019ttizdan bir qismi hajmida soliq olingan. Bulardan tashqari, aholidan tuz solig\u2019i, jun solig\u2019i, kumush solig\u2019i undirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Savdo yo\u2019lida joylashgan Jizzaxdagi bekat (yom)larning xizmati va xarajatlari ham aholi zimmasiga yuklangan edi. Davlat topshirig\u2019i bilan Jizzaxdan o\u2019tadigan elchilar, choparlar va xizmatchilarga aholi xizmat qilishi, ularga ot-ulov, oziq-ovqat, yem-xashak berishga majbur qilinardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Soliqlar mahalliy amaldorlar tomonidan, xususan, Mahmud Yalovoch tomonidan barot (ijara) tartibida bir yo\u2019la to\u2019lab yuborilardi, so\u2019ngra aholidan rasmiylashtirilganidan ham oshirib olinardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zo\u2019rlik, jabr-zulmning kuchayishi aholining noroziligini oshirib, xalqning bosh ko\u2019tarishiga olib keladi. Shunday qo\u2019zg\u2019olonlardan biri 1238 yilda Buxoro vohasidagi Torob qishlog\u2019ida Mahmud Torobiy boshchiligida ko\u2019tariladi. Mahmud Torobiy qo\u2019zg\u2019oloni bostirilsa-da, boshqa joylarda, jumladan, Jizzaxda ham o\u2019z aks sadosini berdi. Bu g\u2019alayonlar mo\u2019g\u2019ullar va ular xizmatidagi mahalliy hokimlarni xalq bilan hisoblashishga, aholi talabini inobatga olishga majbur etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1238 yilda Chig\u2019atoy Mahmud Yalovochni isyonkor viloyatlarda ko\u2019tarilgan qo\u2019zg\u2019olonlarni bostirishdagi sustlik qilgani, aholiga rahm-shafqat qilib, soliqlarni kamaytirganini ro\u2019kach qilib, uni amalidan chetlashtirib Movarounnahrdan chiqarib yuboradi. Mahmud Yalovoch O\u2019qtoy xoqon huzuriga yetib borgach, u Pekin shahriga valiy (hokim) etib tayinlanadi. Xorazmdan to Xitoy chegarasigacha bo\u2019lgan hududlarga Mahmud Yalovochning o\u2019g\u2019li Ma\u2019sudbek noib hamda ijarador etib tayinlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>XIII asr o\u2019rtalarida Chig\u2019atoy ulusining mo\u2019g\u2019ul amaldorlari doirasida o\u2019troqlikka o\u2019tish, shahar hayotiga yaqinlashish jarayoni kuchayadi. Mo\u2019g\u2019ulistonning ulug\u2019 xoqoni Munke soliqlarni tartibga solish, aholidan yomlar uchun ot olish, elchilarning ruxsatnomasiz shahar va qishloqlarga kirishi man qilinadi. Jizzax aholisi ham hisobsiz undiriladigan to\u2019lovlardan ozod qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019sudbek tomonidan 1271 yilda amalga oshirilgan pul islohoti, Movarounnahrning 16 ta shahrida bir xil vazn va yuqori qiymatli sof kumush tangalar zarb etilib muomalaga chiqarilishi natijasida tovar va pul munosabatlari ancha yaxshilandi, shahar hayoti jonlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Movarouhrdek madaniy o\u2019lka bilan aloqani mustahkamlash va o\u2019troq hayot kechirishga intilgan Chig\u2019atoy xonlaridan biri Kebakxon (1318-1326) Nasaf shahri yaqinida qarorgoh qurdirib, u yerga ko\u2019chib boradi va hokimiyatni bevosita o\u2019zi boshqaradi. Shu tariqa Qarshi shahri tashkil topadi. Kebakxon ulusni tumanlarga bo\u2019lib, ularni noiblar orqali idora etish tartibini yo\u2019lga qo\u2019yadi. Jumladan, Jizzax shahri va uning atrofidagi qishloq va ovullar bitta ma\u2019muriy-hududiy birlikka birlashtirilib Jizzax tumani tashkil etiladi. Yagona pul birligi \u2013 og\u2019irligi 8 grammlik katta kumush tanga (dinor), bir grammlik kichik kumush tanga (dirham) zarb etiladi. \u201cKebaki\u201d deb nom olgan bu tangalar Samarqand va Buxoroda zarb etilib, muomalaga chiqariladi. Xarob bilan hunarmandchilik, dehqonchilik, savdo-sotiq ishlari tiklanadi, shahar bozorlari gavjumlashadi. XIV asrning 40-yillarida Chig\u2019atoy ulusi ikkiga bo\u2019linib ketadi. Sharqiy Turkiston, Yettisuv qismi Mo\u2019g\u2019uliston deb ataldi, unga Tug\u2019luq Temur \u2013 xon etib tayinlanadi. Ulusning g\u2019arbiy qismi \u2013 Movarounnahrga mustaqil idora qilinadigan bo\u2019ldi. Mo\u2019g\u2019ullar Movarounnahrga ko\u2019chib ketganlarni qoraunas (duragay)lar, Movarounnahrdagilar esa Mo\u2019g\u2019ulistonda qolganlarni jeta (qaroqchi, talonchi) deb atay boshladilar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XIII asr boshlarida Chingizxon (Temuchin) kuchli mo\u2019g\u2019ullar davlatiga asos solib, tez orada naymanlarni Enasoy (Yenisey) bo\u2019ylaridagi qavmlari, Yettisoyning shimoliy qismidagi Kuchluk davlatini ag\u2019darib, uyg\u2019urlar va boshqa turkiy qabilalarni o\u2019ziga bo\u2019ysundiradi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzax-mogullar-istilosi-davrida\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-137784","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137784","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=137784"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137784\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":137786,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137784\/revisions\/137786"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=137784"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}