{"id":137788,"date":"2024-07-12T08:32:48","date_gmt":"2024-07-12T05:32:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=137788"},"modified":"2024-07-12T09:41:03","modified_gmt":"2024-07-12T06:41:03","slug":"jizzax-amir-temur-va-temuriylar-davrida","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzax-amir-temur-va-temuriylar-davrida\/","title":{"rendered":"Jizzax Amir Temur va temuriylar davrida"},"content":{"rendered":"\n<p>XIV asrning o\u2019rtalariga kelib Movarounnahrda mo\u2019g\u2019ullar hukmronligi zaiflashib, feodal tarqoqlik kuchayib, har bir viloyat alohida mayda bo\u2019laklarga bo\u2019linib ketib, toju tax tuchun o\u2019zaro nizolar yanada kuchayadi. Samarqandda amir Bayon sulduz, Keshda amir Hoji Barlos, Xo\u2019jand va Jizzaxda amir Boyazid jaloir, Shibirg\u2019onda Muhammad Xoja Aperdi nayman, Ko\u2019histonda Badaxshon shohi amir Sotilmish, Balxda Uljoy Bug\u2019a sulduz, Xuttalonda Kayxusrav, Hisori Shodmon hududida amir Husayn va amir Xizr Yasovuriylar o\u2019zlarini hokimi mutlaq deb e\u2019lon qiladilar. Ular o\u2019rtasida nizo tobora kuchayib boradi. Mana shunday ichki ziddiyatlar va mo\u2019g\u2019ullar zulmiga qarshi xalq harakati kuchaygan bir davrda jahonda kuchli impeniya vujudga keltirgan, tarix maydonida mo\u2019g\u2019ul bosqinchilariga qarshi kurashda nom chiqargan mashhur sarkarda Sohibqiron Amir Temur siyosat maydoniga kirib keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur Shahrisabz yaqinidagi Xo\u2019jailg\u2019or qishlog\u2019ida Barlos urug\u2019ining oqsoqollaridan hamda Chig\u2019atoy ulusining e\u2019tiborli beklaridan amir Muhammad Tarag\u2019ay oilasida 1336 yil 9 aprelda dunyoga keladi. Amir Temurning amakisi Xoji Barlos Kesh shahrining hokimi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1360-1361 yillarda Tug\u2019luq Temur Movarounnahr yerlariga bostirib kirganida Movarounnahr amirlari xalqqa bosh bo\u2019lib, bosqinchilarga qarshi harakatga jur\u2019at eta olmaydilar, bir qismi dushman tarafga o\u2019tib ketadilar. Jizzax yana bo\u2019ysundiriladi. Hoji Barlos Xurosonga qochadi. Yosh Temur amakisi hukmronlik qilgan hukmronlik qilgan yerlarni dushmanga bermaslik maqsadida Tug\u2019luq Temur xizmatiga o\u2019tib, tez orada uning ishonchini oqlab, Kesh viloyati yerlariga dorug\u2019a (hokim) etib tayinlanadi va o\u2019z viloyatini talon-taroj qilinishidan saqlab qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temurning bu qadami Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik, o\u2019zaro kurashlar, boshboshdoqlik hukm surgan davrdagi birdan bir to\u2019g\u2019ri yo\u2019l edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tug\u2019luq Temur Movarounnahr yerlarini boshqarishni qobiliyatsiz, tajribasiz o\u2019g\u2019li Ilyosxo\u2019jaga topshirgach, Amir Temurning Ilyosxo\u2019ja bilan murosasi kelishmay qoladi va mamlakatni tark etadi. Amir Temur Balxda hokimlik qilib turgan Amir Qazag\u2019onning nabirasi Amir Husayn bilan mo\u2019g\u2019ullarga qarshi kurashish maqsadida birlashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur bilan Amir Husayn avval Movarounanrlik isyonkor amirlarga qarshi ichki, so\u2019ngra esa mo\u2019g\u2019ullarga qarshi kurash olib boradilar. 1363 yili Amudaryoning chap sohilidagi Qunduz shahri yaqinida Amir Temur va Amir Husayn umumiy dushman Ilyosxo\u2019ja boshliq mo\u2019g\u2019ul qo\u2019shinlari ustidan g\u2019alaba qozonib, 1364 yili ularni mamlakatdan butunlay quvib chiqarishga muvaqqat bo\u2019ladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Movarounnahrni qo\u2019ldan chiqarishni istamagan Ilyosxo\u2019ja 1365 yilning bahorida Movarounnahrga qarshi yana qo\u2019shin tortadi. Ikki o\u2019rtadagi jang o\u2019sha yili 22 may kuni Toshkent va Chinoz oralig\u2019ida sodir bo\u2019ladi. Tarixda bu jang \u201cLoy jangi\u201d nomi bilan shuhrat topadi. Chunki o\u2019sha kuni kuchli jala quyib, jang maydoni botqoqlikka aylangan, hatto otlar loyga botib qolgan edi. Jangda amir Husayn xiyonati oqibatida mag\u2019lubiyatga uchraydilar va Amudaryo bo\u2019ylariga chekinadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ilyosxo\u2019ja hech qanday qarshilikka uchramay, Xo\u2019jand va Jizzax shaharlarini egallaydi. Biroq u Samarqand shahrida qattiq qarshilikka duch keladi. Uzoq davom etgan mo\u2019g\u2019ullarga qarshi ko\u2019tarilgan bu xalq harakati tarixda \u201cSarbadorlar\u201d harakati nomi bilan shuhrat topadi. Samarqand shahri mudofaachilariga Mavlonozoda Samarqandiy, paxta tituvchilar mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Kalaviy Naddof va mohir mergan Xurdak Buxoriylar boshchilik qiladilar. Ilyosxo\u2019ja Movarounnahrdan chiqish ketishga majbur bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sarbadorlar boshliq Samarqandliklarning mo\u2019g\u2019ul xoni Ilyosxo\u2019ja ustidan qozonilgan g\u2019alabasi to\u2019g\u2019risidagi xabar Amir Temur bilan Amir Husaynga ham borib yetadi. Amir Temur va Amir Husayn 1366 yilning bahorida Samarqandga yo\u2019l olib, shahar yaqinidagi Konigil mavzeiga kelib tushadilar va Sarbadorlarning boshliqlari bilan o\u2019zaro muzokara olib boradilar. Uchrashuvning birinchi kunida beklar va ularning sharafiga ziyofat berilib, ularning sha\u2019niga hamdu-sanolar aytilsa-da, ikkinchi kuni Amir Husaynning buyrug\u2019i bilan Sarbadorlar harakati rahbarlarining qo\u2019l-oyoqlariga kishan solinib, Abu Bakr Kuliy (Kalaviy) bilan Xurdak Buxoriylar dorga osiladi. Mavlonozoda Samarqandiyni esa Amir Temur o\u2019rtaga tushib qutqaib qoladi. Movarounnahrda Amir Husaynning hukmronligi o\u2019rnatiladi. Biroq, ko\u2019p o\u2019tmay Amir Temur bilan Amir Husayn o\u2019rtasida munosabat yana keskinlashib, ochiqdan ochiq nizoga aylanadi. Amir Temurning nufuzi oshib borishidan xavfsiragan amir Husayn Balxda qal\u2019a devorlarini mustahkamlashga kirishib, Amir Temurga qarshi kurashish maqsadida Qunduz va Badaxshondan ko\u2019p sonli qo\u2019shin to\u2019playdi. Amir Temur 1370 yilning bahorida Amir Husaynga qarshi Balxga tomon yo\u2019lga chiqadi. Amir Temur bilan amir Husayn o\u2019rtasida 1370 yilning 10 aprelida bo\u2019lib o\u2019tgan jangda amir Husayn yengiladi. Amir Husayn asir olinib, qatl etiladi. 11 aprelida Chig\u2019atoy ulusi amirlari, viloyat va tumanlarning dorug\u2019alari, Termizning sayyidlari, Amir Temurning piri Mir Sayyid Baraka ishtirokida o\u2019tkazilgan qurultoyda Amir Temurning hukmronligi tan olinib, u Movarounnahrning Amiri deb e\u2019lon qilinadi. Samarqand poytaxt etib belgilanadi. Jizzax Amir Temur tasarrufida bo\u2019lib, uning tomonidan tayinlangan hokim (dorug\u2019a) tomonidan boshqarilar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mo\u2019g\u2019uliston xonlari Farg\u2019ona, O\u2019tror, Yassi (Turkiston), Sayram, Toshkent shaharlariga tez-tez hujum qilib, aholining mol-mulkini talon-taroj qiladi. Ana shuning uchun ham Amir Temur mamlakat sarhadlarining xavfsizligini ta\u2019minlashga alohida e\u2019tibor berdi. U 1370 yilning kuzi va 1371 yilning bahorida Zinda Chashmga zarba berib, Shiburg\u2019on viloyatini bo\u2019ysundiradi. Balx va Toshkent viloyatlari ham Temur hukmronligini tan oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mo\u2019g\u2019uliston hukmdori Qamariddin 1370-1371 yillari Toshkent va Andijon ustiga yurish qilib, shaharlarni talaydi. Hatto 1376 yili Farg\u2019oina vodiysining anchagina qismini bosib oladi. Bu xavf-xatarni bartaraf qilish uchun Sohibqiron Amir Temur mo\u2019g\u2019ul hukmdori Anqatura va Qamariddin ustidan g\u2019alaba qozonib mo\u2019g\u2019ullar tomonidan bo\u2019ladigan tazyiqqa chek qo\u2019yadi. Xorazmni bo\u2019ysundiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temur Vatan mustaqilligi uchun butun iste\u2019dodi, aql-zakovatini bag\u2019ishlashi tufayli ko\u2019hna Turon zaminida markazlashgan davlatga asos solindi. To\u2019xtamishxon hukmron bo\u2019lgan Oltin O\u2019rdani, Turk sultoni Boyazidni mag\u2019lubiyatga uchratdi. Yevropa va Rossiya hududlariga xaloskorlik yurishlari qildi. Hindistonning o\u2019rta qismidan tortib Volgagacha, Badaxshondan Misr va Turkiyaning katta qismigacha bo\u2019lgan ulkan hududda yirik imperiyani tashkil etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur buyuk davlat arbobi, markazlashgan davlat asoschisi, iste\u2019dodi sarkarda, ilm-fan, madaniyat, obodonchilikning homiysi ekanligiga bag\u2019ishlangan asarlar Amerikada ham, Fransiya va Anglliyada ham ko\u2019plab chop etilgan. Mustaqillik sharofati bilan Sohibqironga bag\u2019ishlangan asarlar mamlakatimizda chop etilmoqda. Akademik B.Ahmedovning \u201cAmir Temur\u201d tarixiy romani, Ye.Berezikovning \u201cBuyuk Temur\u201d romani, Xurshid Davronning \u201cSohibqiron nabirasi\u201d qissasi, Turg\u2019un Fayziyevning \u201cTemuriylar shajarasi\u201d asari, ko\u2019plab badiiy asarlar va she\u2019rlarda Sohibqiron hayoti va faoliyati har tomonlama qalamga olingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqironning qutlug\u2019 siymosi uning tavalludining 660 yilli munosabati bilan nashr etilgan \u201cTa\u2019zim\u201d maqolalar to\u2019plamida Jizzax viloyati faollari va olimlarining maqolalarida uning hayoti va faoliyati o\u2019rinli bayon qilingan. To\u2019plamga kiritilgan professor O\u2019.Nosirovning maqolasida Amir Temurning Jizzax viloyati va Jizzax shahri bilan bog\u2019liq faoliyati har tomonlama bayon qilingan. U Amir Temurning Jizzax viloyati va Jizzax shahri bilan bog\u2019liq bitiklar ko\u2019pligini yozadi. Amir Temurning bir necha bor Dashti Qipchoq, Mo\u2019g\u2019uliston va Xitoy sari qilgan yurishlari Jizzax hududi orqali o\u2019tganligi ma\u2019lum. Sohibqiron Amir Temur Jizzaxga ko\u2019p marta qo\u2019nib o\u2019tib va yana shuncha qaytishda tushib o\u2019tib hordiq chiqarganligi tarixiy manbalarda bayon qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur Oltin O\u2019rda xoni To\u2019xtamishxon tomonidan bo\u2019layotgan tazyiqqa zarba berish maqsadida Jizzax orqali dastavval 1389 yilda Jizzaxning Achchi mavzesida, 1391 yilda Qunduzcha, 1395 yilda Terek bo\u2019yidagi janglarda To\u2019xtamishxonga qattiq zarba beradi. Amir Temurning To\u2019xtamish ustidan qozongan g\u2019alabasi nafaqat birgina O\u2019rta Osiyo uchun, balki butun Sharqiy Yevropa, tarqoq Rus knyazliklarini birlashtirish uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi. Turk sultoni Boyazid ustidan Anqarada qozonilgan g\u2019alaba esa endigina uyg\u2019onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar ustidan qozonilgan g\u2019alaba bo\u2019lib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirgi Jizzax, G\u2019allaorol, Baxmal tumanlari ko\u2019hna Turon zamin go\u2019shalaridan hisoblanadi. Ana shu tumanlar zaminida Sohibqiron Amir Temur hayotiga bog\u2019liq qadamjolar juda ko\u2019p. Amir Temur shaxsini ulug\u2019lovchi rivoyatlar, afsonalar tildan tilga ko\u2019chib kelmoqda. Bugungi kunda Jizzaxning mahalliy tarixchilari, adabiyotshunoslari, jurnalistlari, arxeologlari tomonidan turli izlanishlarni davom ettirib, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Keksa avlod vakillarining hikoya qilishchlaricha, hozirgi G\u2019allaorol tumani hududiga Ko\u2019kgumbaz qal\u2019asi yonidagi har tomonlama qulay bo\u2019lgan hudud Amir Temur Sharqqa qilgan yurishlari oldidan muntazam ravishda askarlar mashqini o\u2019tkazadigan maydon bo\u2019lgan. Buyuk sarkarda Ko\u2019kgumbaz chortog\u2019idan turib, askarlar mashqini kuzatgan, ularning harbiy mahoratlariga baho bergan, ko\u2019pkari o\u2019tkazib, chavandoz askarlariga sovg\u2019a-salom ulashgan. Sarbozor qishlog\u2019i, ilgarigi \u201cOltin boshoq\u201d davlat xo\u2019jaligidagi Qorovultepa suv omboriga tutash xushmanzara joyda Bibixonimning ko\u2019nalg\u2019ogohlari barpo qilingan. 1364 yili Amir Temur va Amir Husayn mo\u2019g\u2019ul lashkarlarini Qashqa vohasi, Samarqand, Jizzax va Toshkentda mag\u2019lubiyatga uchratib, Movarounnarhni va Toshkentni ozod qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Akademik B.Ahmedovning \u201cAmir Temur\u201d nomli tarixiy romanida ham Amir Temur qo\u2019shini bilan Zomin atrofiga kelib to\u2019xtaganligi, Amir Husayn bilan kelishuvga muvofiq ov qilish niyatida jirg\u2019a tuzishgani hikoya qilinadi. Maxsus ajratilgan kishilar soy va daralarda yovvoyi hayvonlarni belgilangan manzilga haydashadi. Ov Oqar mavzesida bo\u2019lib o\u2019tadi. Amir Temur Zomindan, Amir Husayn Jizzaxdan aylanib, ovni Oqarda o\u2019tkazar ekanlar. Bu mavze ko\u2019proq Molguzar tog\u2019i bag\u2019riga to\u2019g\u2019ri keladi. Go\u2019zal tabiat, jilg\u2019alar, buloqlar, turli hayvonlar mo\u2019l-ko\u2019lligidan ma\u2019lum muddatni aysh-ishrat, xursandchilikda o\u2019tkazib, ular Samarqand tomon yo\u2019nalishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Akademik B.Ahmedovning \u201cAmir Temur\u201d tarixiy romanida bayon qilinishicha, 135 yil bahor oylarida yana Amir Temur Jizzax va Zomin tumanlari tog\u2019 oldi maskanlarida bo\u2019lgan. Bunga jeta (mo\u2019g\u2019ul) lashkarlarining yana Toshkentdan o\u2019tib, may oyining boshida Amir Temur Amir Sofi Bug\u2019on, Amir Temur Xo\u2019ja, Amir Joku, Amir Murod, Abbos-Bahodir hamda Amir Husayn tomonidan yuborilgan Po\u2019lod Bug\u2019a, Zinda Chashm, Malik Bahodirlar boshliq qo\u2019shinlar bilan Toshkent tomon yo\u2019lga chiqadi. Oqar mavzesiga yetganlaridan keyin, ot-ulovni dam oldirib, bir necha kun maysazorda bo\u2019ldilar. Amir Temur 17 qismdan iborat qo\u2019shinlariga Oqar mavzesi hududidagi Ko\u2019rpasoy, Uvobsoy, Ravot, Pishog\u2019or, Achchi qishloqlaridagi o\u2019tloq, maysazorlarda dam olishga imkoniyat yaratib beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur Jeta (mug\u2019ul) qo\u2019shinlariga qarshi Toshkent sari yurganda katta qo\u2019shin bilan 1369 yilda hozirgi Baxmal tumanining Qoraqishloq qo\u2019rg\u2019onida qishlagani sohibqironning old qo\u2019shinlari Sangzor qishlog\u2019ida, ort qismi esa O\u2019smat, Novqa, Mo\u2019g\u2019ul qishloqlarida qishlashgani, biroq mo\u2019g\u2019ul lashkarboshilari o\u2019rtasida yuz bergan kelishmovchiliklar tufayli, ular Mo\u2019g\u2019ulistonga qaytib ketishgani tufayli yurish to\u2019xtatilgani haqida ma\u2019lumotlar yozib qoldirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temur bobomizning Jizzax vohasi, uning xalqiga nisbatan mehri, ayniqsa, baland edi. Ana shu tufayli 1404 yilning avgust oxirlarida amir Shohalik, nabiralari Mirzo Ulug\u2019bek va Ibrohim Sultonlar, sipohlar va lochinlar bilan birgalikda Jizzaxning go\u2019zal va sokin maskanlariga kelib bir necha kun ov qilib, hordiq chiqargani bizga ma\u2019lum. Aytishlaricha, Mirzo Ulug\u2019bekning kiyikka hamda qilgan yo\u2019lbarsni otib o\u2019ldirgani haqidagi rivoyat ham xuddi ana shu ovda yuzaga kelgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur Toshkentga borishda ham, qaytishda ham qo\u2019shinlarga Zominning bahavo qirlarida dam bergani haqida ko\u2019pgina ma\u2019lumotlar bor. Hozrigi paytda ham Ittifoq qishlog\u2019ining etagidagi kattagina haybatli tepani kishilar \u201cQo\u2019shintepa\u201d deb atashadi. Kishilar Amir Temurning lashkarlari olis janglar oldidan qaytayotib ham o\u2019sha tepada makon tutganligi haqida xalq orasida haligacha hikoyatlar saqlanib qolgan. Tildan tilga o\u2019tib borgan rivoyatlarning birida Amir Temur janglardan qaytayotib aynan Buyuk ipak yo\u2019li ustidagi ko\u2019hna Zomin qal\u2019asining Bobotutdagi masjid hovlisida hordiq olgani va namoz o\u2019qiganligi hikoya qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temur mo\u2019g\u2019ullar bosqini davrida vayronaga aylangan Jizzaxdagi O\u2019smat, Novqa, Nushkent, Sa\u2019d ibn Vaqqos, Ko\u2019rpasoy, Og\u2019ajon, Rabot, Pishag\u2019or, O\u2019rda, Zomin qo\u2019rg\u2019onlari, Ali Ahmad, Katvin, Kaltepa, Xudoysar karvonsaroylari qayta qad roslashiga bosh-qosh bo\u2019ldi. Xonim-qo\u2019rg\u2019on, Qizilqo\u2019rg\u2019on, Bozorqo\u2019rg\u2019on qo\u2019rg\u2019onlari, Sayidmir, Xalilulla, Sa\u2019d ibn Vaqqos avliyo, Parpi ota, Ko\u2019kgumbaz, Avliyo Bobayakka, Avliyo Kulfisar maqbarasi, xonaqoh va masjidlari obod bo\u2019ldi. Bog\u2019imozor, Sangzor, Ko\u2019rpasoy, Uvobsoy, Pishog\u2019orda bog\u2019lar barpo etildi. Amir Temur Buyuk ipak yo\u2019lida savdo-karvonlari bexatar qatnovini yo\u2019lga qo\u2019yib, karvonsaroylar, bozorlar qurishga, obodonlashtirish ishlariga alohida e\u2019tibor berib, bozorlarni kuzatib, xorijiy savdogarlarni qabul qilib, savdo-sotiq ishlarining taraqqiyotiga o\u2019zining katta hissasini qo\u2019shdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temur vafotidan keyin Xuroson hukmdori Shohruh Mirzo (1377-1447) mamlakatda parokandalik, o\u2019zaro urushlarga barham berish uchun ko\u2019p sa\u2019y-harakatlar qiladi. Buning natijasida Amir Temur mulklarining qariyb hammasi uning qo\u2019l ostiga olingan edi. 1408 yilda Shohruh Mirzo Samarqanddan Hirotga qaytish oldidan Mirzo Ulug\u2019bekni Movarounnahr bilan Turkistonga hokim qilib tayinlaydi. Mirzo Ulug\u2019bek (1409-1449) Samarqandda hukmronlik qiladi. O\u2019sha paytda Jizzax shahri va hozirgi Jizzax viloyati hududidagi barcha qo\u2019rg\u2019on va qal\u2019alar ham Ulug\u2019bek hukmronlik qilgan mamlakat tarkibiga kirar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mirzo Ulug\u2019bek mamlakat ichida va atrofida osoyishtalikni saqlab turishga harakat qiladi. Dashti Qipchoqdagi o\u2019zaro olishuvlarning oldini olishga, Mo\u2019g\u2019ulistonda avj olgan o\u2019zaro ichki kurashlarga aralashishga majbur bo\u2019lgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Dashti Qipchoqda Baroq O\u2019g\u2019lon, Mo\u2019g\u2019ulistonda Shermuhammadbek hokimiyatini Mirzo Ulug\u2019bek ko\u2019magida egallasalar-da, ular Ulug\u2019bek ishonchini oqlamadi. Ulug\u2019bek 1425 yilning erta bahorida Mo\u2019g\u2019ulistonga yurish qilib, g\u2019alaba qozonadi. Bu zafarli yurishning nishonasi tarzida Ilono\u2019tti darasi qoyatoshiga hijriy 828 (1428) yilda Ulug\u2019bek tomonidan yozdirilgan bitik o\u2019ziga xos \u201cZafarnoma\u201d bo\u2019lib, hozirga qadar saqlanmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Shohruh Mirzo 1447 yil 12 mart kuni nabirasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray shahrida olamdan o\u2019tgandan keyin toju taxt uchn kurash yana avj oladi. Ulug\u2019bekning qiyin ahvolga tushgani sababli qulay fursatdan foydalangan Abdullatif Amudaryodan kechib o\u2019tib, Termiz, Kesh va G\u2019uzorni osongina qo\u2019lga kiritib, Samarqand tomon yo\u2019l oladi. U Abulqosim Mirzo bilan birlashib, otasiga qarshi dushmanlik yo\u2019liga o\u2019tadi. 1449 yil oktabrida Damashq qishlog\u2019i yaqinida Abdullatif qo\u2019shini bilan bo\u2019lib o\u2019tgan qattiq jangda Ulug\u2019bek qo\u2019shini yengiladi. Zamonasining mashhur olimi va hukmdori Mirzo Ulug\u2019bekning o\u2019g\u2019li Mirzo Abdullatif jaholatparast ulamolarning yashirin fatvosini uyushtirib, o\u2019z otasini o\u2019ldirishni buyuradi. Mirzo Ulug\u2019bek 1449 yil 27 oktabrda 55 yoshida fojiali suratda shahid bo\u2019ladi. Jaholatparastlik botqog\u2019iga botgan Abdullatif taxt uchun kurashib, o\u2019z inisi Abdulazizni, otasiga sodiq bo\u2019lgan amirlarni o\u2019ldirib temuriylarning Movarounnahrdagi toju-taxtini egallab oladi. \u201cPadarkush\u201d (\u201cota qotili\u201d) deb la\u2019natlangan Abdullatifga taxtda uzoq vaqt o\u2019tirish nasib etmadi, olti yarim oy o\u2019tar-o\u2019tmas saroyda unga qarshi uyushtilgan fitna tufayli Abdullatif 1450 yil 9 may kuni o\u2019ldiriladi. Bu mudhish voqealardan so\u2019ng hokimiyatga bir vaqtning o\u2019zida Samarqandda Shohruhning nabirasi, Ulug\u2019bekning sevimli jiyani va kuyovi Mirzo Abdullo, Buxoroda Mironshohning nabirasi Sulton Abdusaidlar hukmdor qilib ko\u2019tariladi. Mirzo Abdullo mamlakatda barqarorlikni tiklash uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirsa-da, Samarqandda temuriylar taxtida uzoq o\u2019tira olmadi. Avval u amakivachchasi Abusaid bilan, so\u2019ngra qarindoshi Aloudavla bilan kurash olib boradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Taxt uchun kurash Movarounnahr va Xurosonda muttasil davom etib turgan bu paytda 1451 yili Dashti Qipchoq hukmdori Abulxayrxon katta qo\u2019shin bilan Abusaid ishtirokida Toshkent, Chinoz va Jizzax orqali Samarqandga yurish qiladi. Shiroz qishlog\u2019i yaqinidagi Bulung\u2019ur anhori yoqasidagi bo\u2019lib o\u2019tgan jangda Mirzo Abdullo halok bo\u2019ladi. Abulxayrxonning yordamida Abusaid Samarqandni egallab, Movarounnahrga hokim bo\u2019lib oladi. Shohruhning nabirasi Abulqosim Bobur 1451 yilgacha Xurosonni o\u2019z qo\u2019lida tutib turadi. 1457 yili Hirot taxtini egallaydi va temuriylar davlatini har ikkala qismini birlashtirishga muvaffaq bo\u2019ladi. Abusaid 1469 yilning erta bahorida Ozarbayjon, G\u2019arbiy Eron va Iroqqacha bo\u2019lgan viloyatlarni egallab turgan turkmanlarga qarshi yurish qilib, Ozarbayjondagi Mug\u2019on cho\u2019lidagi jangda halok bo\u2019ladi. Abusaidning vorislari Sulton Husayn bilan to\u2019qnashishiga jur\u2019at etolmay, Movarounnahrga qaytadi. 149 yil 24 martda Sulton Husayn Xuroson hukmdori sifatida Hirotga kirib boradi. Buning oqibatida temuriylar davlati yana ikki mustaqil qismga Sulton Husayn hukmronligidagi Xuroson va Movarounnahrga bo\u2019linib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Farg\u2019ona hokimi Zahiriddin Muhammad Bobur temuriylar saltanatini himoya qilish yo\u2019lida astoydil kurash olib bordi. Biroq, og\u2019ir iqtisodiy tanglik va siyosiy parokandalik sharoitida Boburning omadi yurishmadi. U o\u2019z ona vatanini tark etib, o\u2019zgalar yurtiga yuzlanishga majbur bo\u2019ldi. Zahiriddin Muhammad Bobur avval Afg\u2019onistonni, so\u2019ngra shimoliy Hindistonning o\u2019ziga bo\u2019ysundirib, bu o\u2019lkada Boburiylar saltanatiga asos soldi. Bu davlat O\u2019rta Osiyo davlatchiligi udumlarini davom ettirib, uch asrdan ortiqroq hukm surdi. Bu davrda Hindiston yuksaldi, ravnaq topdi va shuhrat qozondi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xullas, Ona vatanning mana shunday qismatidan saboq chiqargan ota-bobolarimizning \u201cVatanni sevmoq iymondandir!\u201d degan sharafli so\u2019zlarida, shubhasiz, katta fazilat bor. Vatanga, elga bo\u2019lgan muhabbat, ota-ona, qarindosh-urug\u2019 va ustozlarga bo\u2019lgan izzat-hurmat, oilaga sadoqat va e\u2019tibordan boshlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XIV asrning o\u2019rtalariga kelib Movarounnahrda mo\u2019g\u2019ullar hukmronligi zaiflashib, feodal tarqoqlik kuchayib, har bir viloyat alohida mayda bo\u2019laklarga bo\u2019linib ketib, toju tax tuchun o\u2019zaro nizolar yanada kuchayadi. Samarqandda amir Bayon sulduz, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzax-amir-temur-va-temuriylar-davrida\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-137788","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137788","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=137788"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137788\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":137794,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137788\/revisions\/137794"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=137788"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}