{"id":137799,"date":"2024-07-13T14:26:27","date_gmt":"2024-07-13T11:26:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=137799"},"modified":"2024-07-13T14:26:28","modified_gmt":"2024-07-13T11:26:28","slug":"xonliklar-davrida-jizzax","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xonliklar-davrida-jizzax\/","title":{"rendered":"Xonliklar davrida Jizzax"},"content":{"rendered":"\n<p>XV asr oxirlarida temuriy shahzodalar va mulkdor zodagonlar o\u2019rtasidagi nizo-fitnalar, taxt uchun kurashning avj olishi natijasida temuriylar saltanati deyarli mustaqil bo\u2019lib olgan bir necha viloyatlarga bo\u2019linib ketadi. Temuriylarning o\u2019zaro urushlari kuchaygan paytdan foydalangan Shayboniyxon O\u2019tror, Sabron, Yassi (Turkiston) va boshqa shaharlarni egallagach, 1499 yili Sirdaryodan o\u2019tib, Jizzax, Qarshi va Shahrisabzgacha bostirib kelib, katta o\u2019lja bilan Dashti Qipchoqqa qaytib ketadi. Temuriylar saltanatini saqlab qolish maqsadidagi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo \u2013 Boburning sa\u2019y-harakatlari ham zoye ketdi. 1501 yil aprel oyida Zarafshon bo\u2019yidagi Saripul qishlog\u2019i yaqinida bo\u2019lgan jangda Bobur qo\u2019shinlari yengiladi. Bobur Mirzo Samarqandni tark etib, Toshkentga tog\u2019asi Mahmudxon huzuriga yo\u2019l oladi. Bobur Mirzo yo\u2019lda otdan yiqilib, boshidan jarohatlanadi va ming azob-uqubatlar bilan Ilono\u2019tti darasidan o\u2019tib, Jizzaxga keladi. Bobur Mirzo bu voqealarni shunday tasvirlaydi: \u201cKech namozgar Ilono\u2019ttida tushub, ot o\u2019lturub, etini shishlab, kabob qilib, otni lahza tindurub, otlanduk. Tongdin burunroq Xaliliya kentiga kelib tushduk. Xaliliyadan Zak (Dizak) kelindi, ul fursatda Zakta Hofiz Muhammadbek do\u2019ldoyning o\u2019g\u2019li Tohir do\u2019ldoy edi. Semiz etlar va mayda etmaklar, arzon, chuchuk qovunlar va yaxshi uzumlar farovon. Andoq usrattin mundoq arzonliq va andoq baliyattin mundoq amonliqqa keldik. Umrimizda muncha farog\u2019at qilmaydur eduk. Uch-to\u2019rt kun Dizakta istirohat qilduk. Andiya so\u2019ng O\u2019ratepa sari zimat qilduk\u201d. (Zahirddin Muhammad Bobur. Boburnoma, I qism. T., \u201cO\u2019zdavrnashr\u201d, 1948, 115-bet)<\/p>\n\n\n\n<p>1503 yilda Shayboniyxon katta qo\u2019shin bilan Toshkentga yurish boshlaydi. Toshkent xoni Mahmudxon, Bobur va qalmoqlarning birlashgan qo\u2019shini Shayboniyxon tomonidan Sirdaryo bo\u2019yida tor-mor qilinadi. Bobur Mirzo 200-300 navkari bilan Hisor tog\u2019lari orqali Afg\u2019onistonga ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu tariqa, Jizzax Muhammad Shayboniy tomonidan egallanadi va Shayboniylar davlati tasarrufida bo\u2019ladi. 1510 yilda Eron shohi Ismoil Safaviy qo\u2019shinlari bilan bo\u2019lgan jangda Muhammad Shayboniyxon halok bo\u2019lgach, butun Xuroson Ismoil Safaviy tomonidan egallanadi. Movarounnahr Shayboniylar tasarrufida qoladi. Shayboniylarning Movarounnahrda tashkil etgan davlati Ubaydullaxon davrida, 1533 yilda rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb ataldi va Jizzax butun XVI asr davomida Buxoro xonligi tasarufida bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro xonligini mustahkamlashda Iskandarxonning o\u2019g\u2019li Abdullaxonning xizmati katta bo\u2019ldi. Toshkent hokimi Navro\u2019z Ahmadxon (Baroqxon) 1551 yilda Samarqandni egallab, 5 yil davomida hokimiyatni boshqaradi. 1556 yilda Baroqxon vafot etgach, Abdullaxon tog\u2019asi Pirmuhammadni xon etib ko\u2019taradi va 1557 yilda o\u2019zi Buxoroni egallaydi. Abdullaxon II 1556-1582 yillarda Baroqxonning avlodlari Bobo sulton va Darveshxonlarga qarshi, Hisor va Samarqand sultonlariga qarshi uzoq yillar urush qilib g\u2019alaba qozonadi. Qonli janglardan biri 1557 yilda Ilono\u2019tti darasida bo\u2019ldi. Abdullaxon II Ilono\u2019tti darasidagi jangda katta harbiy mahurat ko\u2019rsatdi va jangda g\u2019alaba qozonadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bobo sulton yana fitna uyushtirib, 1578 yilda Samarqand sari qo\u2019shin tortadi. Bu xabar Abdullaxon II ga yetib kelgach, o\u2019z birodarlari, arkoni davlatlari hamda a\u2019yonlari bilan dushmanlarga qarshi borish haqida maslahatlashadi. Abdullaxon II qo\u2019shinlari 1578 yil 10 iyun, shanba kuni Konigildan chiqib, Jizzax tomon yuradilar. Ikki tomonning ilg\u2019or kuchlari Jizzaxdan 24 km janubi-sharqda joylashgan Raboti Malik (Rabot qishlog\u2019i)da to\u2019qnashadilar va Bobo sultonning ilg\u2019or qismi yengilib, bir qismi asirga olinadi, bir qismi orqaga qochadilar. Abdullaxon II asirga olinganlardan dushmanlarning soni va kayfiyatini bilib oladi va Dizak (Jizzax) mavzeiga kelib, baland chodir tikib, 10 kun katta janggi tayyorgarlik ko\u2019radi, Jizzaxda ikki kun to\u2019y beradi. Shundan keyin 1578 yil 25 iyul juma kuni Abdullaxon II Zomin tomondagi dushmanga qarshi yurish boshlaydi va 30 iyulda Qizil rabotning g\u2019arbiy tarafidagi Achchi qishlog\u2019iga yetib boradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zomin tumanidagi Achchi qo\u2019rg\u2019oni yonida Bobo sulton, Muhammad Sharof Sulton, Muhammad Qosim Sultonning birlashgan qo\u2019shiniga qarshi Abdullaxon II yana janggi kiradi va g\u2019alaba qozonadi. Bu urushlarda Jizzax ham katta talafot ko\u2019radi. Aholi hozirgi eski bozordagi O\u2019ratepaga ko\u2019chishga majbur bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdullaxon II davrida Buxoro xonligi chegarasi Qashqardan Orol va Kaspiy dengizlari sarhadlarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismigacha bo\u2019lgan yerlarni qamrab olgan edi. Abdullaxon II pul islohoti o\u2019tkazib, oltin va kumush pul zarb etishni yo\u2019lga qo\u2019yadi. Bu pullar xonlikning butun hududida, jumladan, Jizzaxda ham muomalaga kiritiladi. Natijada Jizzaxda savdo-sotiq, hunarmandchilik ishlari rivojlandi, tegirmonlar juvozxonalar, savdo-sotiq rastalari, rabotlar, xonaqohlar, masjidlar qurildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdullaxon II davrida Zarafshon daryosidan Jizzaxgacha Tuyatortar nomli kanalning qayta tiklanishi, qurilishi natijasida Jizzax vohasida dehqonchilik ishlari yanada rivoj topdi. G\u2019allachilik, bog\u2019dorchilik ishlari rivojlandi. Bug\u2019doy, arpa, jo\u2019xori, mosh, poliz va sabzavot ekin maydonlari kengaydi. Chorvachilik ham qishloq xo\u2019jaligining yetakchi tarmog\u2019i sifatida rivojlanadi. Go\u2019sht, sut, jun, teri va boshqa chorvachilik mahsulotlari yetishtirish o\u2019sdi. Ho\u2019kizlardan yer haydashda, omoch va mola tortishda keng foydalanilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>XVII asr boshida 1601 yilda Buxoro xonligida hokimiyat Ashtarxoniylar qo\u2019liga o\u2019tadi. Biroq Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligida ichki ziddiyatlar kuchayib bordi, xonzodalar o\u2019rtasida hokimiyat talashib o\u2019zaro urushlar davom etdi. Buning ustiga Xiva xonligi bilan Buxoro xonligi o\u2019rtasida ham tez-tez urushlar bo\u2019lib turdi. Davlat boshqaruvidagi boshboshdoqlik, tinimsiz urushlar mamlakatning, shu jumladan, Jizzaxning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jiddiy zarar yetkazdi, albatta.<\/p>\n\n\n\n<p>Hotam Bozorovning \u201cJizzax ovozi\u201d gazetasining 2000 yil 15 aprel sonida chop qilingan \u201cJizzax muzofotining qadimgi hokimlari haqida\u201dgi maqolasida bayon qilinishicha, XVII asrning birinchi yarmi ashtarxoniylar sulolasi uchun O\u2019ratepa, Zomin, Jizzax hududlari strategik ahamiyatga ega bo\u2019lgan joylardan biri hisoblangan. Maqolada yozilishicha, agar shunday bo\u2019lmaganida, Buxoro xoni Nodir Muhammadxonning o\u2019g\u2019li Abdulazizxon (1645-1681) o\u2019zini Buxoro xoni deb e\u2019lon qilinishi va toj kiydirilish marosimini O\u2019ratepaning saroy dahasida o\u2019tkazmagan bo\u2019lardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu tarixiy voqeadan keyin Abdulazizxon 1645 yilda Turk (o\u2019zbek) qabilalarining yuz urug\u2019idan bo\u2019lgan Boqibiyni O\u2019ratepa, Zomin, Jizzax, Xo\u2019jand hududlariga hokim etib tayinlaydi. Biroq ikki-uch yil mobaynida Jizzax, Zomin, O\u2019ratepa, Xo\u2019jand hokimlari bir necha marta almashtiriladi. Qoravulbegining o\u2019g\u2019li hoji Yovqoshtibiy 1659-1660 yillarning yetti-sakkiz oyi mobaynida hukmronlik qiladi. Undan keyin birin-ketin Cho\u2019libiyning o\u2019g\u2019li Shodibiy, Mirmuhammadning o\u2019g\u2019li Muhammad Yasovul hokimlik qilgan. Toj-taxt uchun bo\u2019lgan o\u2019zaro kurashlar aholining turmush darajasini pasayishiga olib keladi. O\u2019sha davrga oid biror tarixiy obida qurilmagani, bu davr adabiyoti va san\u2019atining past saviyada ekanligining boisi ham shunda edi. Bu davrda aholi o\u2019rtasida turli xil soliqlarning oshirilishi aholi noroziligining kuchayishiga sabab bo\u2019lgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1681 yili Abdulazizxon Buxoro taxtidan voz kechgach, hokimiyat boshiga uning ukasi Subhonqulixon (1681-1702) keladi. O\u2019sha yili O\u2019ratepa, Zomin, Jizzax hududlariga Muhammad Rahimbiy otaliq hokimlik qiladi. U Buxoro mulkining tarixida ham katta maqomga ega edi. Subhonqulixon ayrim muhim ishlarni Muhammad Rahimbiy otaliq bilan maslahatlashib qilardi. U o\u2019z tasarrufida bo\u2019lgan hududlarni bosqinchilardan muhofaza qilish bilan birga Zomin, Jizzax, Yom, Sangzor va boshqa joylarda dehqonchilik, mayda hunarmandchilik hamda savdo ishlarini yaxshilash borasida ko\u2019p ishlarni amalga oshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>XVIII asr boshlarida Buxoro xonligi ichki kurashlar, markaziy hokimiyatning zaiflashuvi natijasida ikkiga bo\u2019linib ketdi. 1709 yilda Qo\u2019qon atrofida yashab turgan o\u2019zbek qabilalalaridan biri \u2013 minglar hokimiyatni o\u2019z qo\u2019llariga oladilar va o\u2019z yetakchisi Shohruhbiyni hokimiyat tepasiga ko\u2019taradilar. Shu tariqa, 1710 yilda Qo\u2019qon xonligi ashkil topadi. Uzoq yillar davomida Zomin, Jizzax, O\u2019ratepa va Xo\u2019jand uchun Buxoro va Qo\u2019qon hukmdorlari o\u2019rtasida qirg\u2019inbarot urushlar bo\u2019lib turdi. Mazkur hududlar ikki xonlik o\u2019rtasida urush maydoniga aylanib, qo\u2019ldan qo\u2019lga o\u2019tib turi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shohruhbiyning o\u2019g\u2019li Qo\u2019qon xoni Abdurahimbiy (1721-1733) davrida Xo\u2019jand, O\u2019ratepa, Zomin, Jizzax Qo\u2019qon xonligi tasarrufiga olinadi. Qo\u2019qon xonlari Xo\u2019jand viloyatiga hamda O\u2019ratepa, Zomin va Jizzaxga hokimlar tayinlaydi. Norbo\u2019tabiy (1798-1810) davrida Irisqulbiy O\u2019ratepaga hokim etib tayinlanadi. Keyinroq Jizzaxga Fozilbiy keladi va Buxoro xonlari hujumidan saqlanish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshiradi. U Jizzaxda turib, jizzaxlik, zominlik kuchli, jasur va mergan yigitlarni to\u2019plab, askarlar sonini ko\u2019paytiradi. Jizzax va Zomin qal\u2019alarining atrofidagi devorlarni ta\u2019mirlash, buzilgan joylarni qayta tiklash ishlarini uyushtiradi. Fozilbiy bir guruh otliqlarni O\u2019ratepaga yuborib, keyin o\u2019ng yo\u2019l bilan Jizzaxga ketishlarini buyuradi. Otliqlar bu topshiriqlarni qanday buyurilgan bo\u2019lsa, shunday qilib bajaradilar. Bu xabar Irisqulbiyga yetib boradi. U dushmanni quvvatsiz deb, pisand qilmay quva boshlaydi. Yo\u2019lda ularni kutib turgan Fozilbiyning o\u2019g\u2019li Xudoyorbiy askarlari bilan qattiq urush boshlanadi. Urushda Irisqulbiy halok bo\u2019ladi, tirik qolgan askarlari qo\u2019lga tushadi. Shunday qilib, Fozilbiyning o\u2019g\u2019li Xudoyorbiy O\u2019ratepa hududlariga hokim bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Eron shohi Nodirshoh ko\u2019p joylarni bosib olgan bo\u2019lsa ham, Fozilbiyni o\u2019ziga bo\u2019ysundira olmadi. Fozilbiy eronliklar va buxoroliklardan ham O\u2019ratepa, Zomin, Jizzax hududlarining mustaqilligini, dahlsizligini saqlab qoldi. Shu bilan birga u qo\u2019shinlarining kuch-qudratini, o\u2019zining ta\u2019sirini, obro\u2019-e\u2019tiborini, xususan, yuzlar ichida yuoqori pog\u2019onalarga ko\u2019tardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fozilbiy bir necha marta Buxoroga qarshi urushlarda qatnashdi. Masalan, 1747 yili Fozilbiy Nurota, Keshtut, Urgut, Hisor, Shahrisabz hokimlari bilan birgalikda Buxoro xonligining susayib qolganligidan foydalanib, uning hududiga bostirib kiradilar. 1749 yil 17 iyulda ular Qarshini egallaydilar. Keyin Xatirchi, Karman ava Kattaqo\u2019rg\u2019onni ham bosib oladilar. Buxoro bilan sulhga imzo chekib, Samarqandga kelib, kichik o\u2019g\u2019li Bobobiyni Samarqand hokimi etib tayinlaydi va o\u2019zi yana O\u2019ratepaga qaytib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fozilbiy va uning o\u2019g\u2019illari Xudoyorbiy, Bobobiy davrlarida O\u2019ratepa, Zomin, Jizzax hududi ancha kengaadi. Sharqiy tomondan Xojaboqirg\u2019onsoy, Nov, Xo\u2019jand, Konibodomning Mahramigacha, shimoli-sharq tomonidan Sirdaryo, Bekobod, Xovosni o\u2019z ichiga olib, shimoldan Toshkent bilan, g\u2019arbdan Samarqand bilan chegaradosh bo\u2019lib, Jizzax, Yom, Pishog\u2019or, Zomin kabi shaharlarni o\u2019z ichiga olardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Agar ikki-uch urushni hisobga olmaganda Fozilbiy, Xudoyorbiy, Bobobiy hukmronlik qilgan davrlarda O\u2019ratepa, Jizzax, Zomin, Yom, Pishog\u2019or kabi qo\u2019rg\u2019onlar, qal\u2019alar va ularning atroflaridagi qishloqlarning aholisi tinch, o\u2019zaro ichki urushlarda bo\u2019ladigan talon-tarojlarga uchramasdan hayot kechiradilar. Xudoyorbiy vafotidan keyin uning o\u2019g\u2019li Bekmurodbiy O\u2019ratepa mulkiga hokimlik qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xudoyorbiy vafot etganidan keyin O\u2019ratepa va uning tasarrufidagi hududlarni, jumladan, Jizzaxni ham Buxoro xoni Shohmurod boshib oladi va O\u2019ratepaga Xudoyorbiyning ukasi, Jizzaxning sobiq hokimi Bobobiyni, Xo\u2019jandga Bekmurodbiyni hokim etib tayinlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro xoni Shohmurod vafot etganidan keyin Bobobiy (ba\u2019zan uni Bobo Parvonachi deb ham tilga oladilar) Jizzax shahrini Buxoro xonidan tortib olish rejasini tuzadi. Rejaga asosan u Jizzaxni qamal qiladi. Bu vaqtda Jizzaxda Muhammad Aminxo\u2019janing o\u2019g\u2019li Muhammad Yusufxo\u2019ja hokimlik qilardi, qamal vaqtida esa u Kattaqo\u2019rg\u2019onda edi. Bu xabarni eshitgach, hokim tezda Jizzaxga yetib keladi. Urushda Bobobiy yengiladi. Ko\u2019p o\u2019tmay Bekmurodbiy o\u2019zining amakisi Bobobiyni o\u2019ldirib, uning o\u2019rniga O\u2019ratepaga hokim bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro amiri Haydar O\u2019ratepani bosib olish uchun Zominga kelib, u yerda bir oz turadi. 22 yoshli O\u2019ratepa hokimi Bekmurodbiy va uning a\u2019yonlari amir Haydarni kutib olish uchun ko\u2019p sovg\u2019alar olib Zominga keladilar. Ammo amir Haydar Bekmurodbiyni ushlab, Bobobiyning o\u2019g\u2019illari qo\u2019liga o\u2019ldirishga topshiradi. Amir Haydar O\u2019ratepaga Ernazarbiyni, Zominga Aflotun G\u2019ulomni, Jizzaxga Husaynbiyni hokim etib tayinlab, Buxoroga qaytib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019p o\u2019tmay Pishog\u2019or hokimi Ma\u2019rahim yoki Muhammad Rahim Otaliq (ayrim qo\u2019lyozmalarda Atoliqbek deb tilga olinadi) O\u2019ratepaga hokim etib tayinlanadi. Uning tasarrufiga Jizzax, Zomin, Yom hududlari bo\u2019ysunadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1826 yildan Buxoroda amir Nasrulloning hokimligi boshlanib, Pishog\u2019or hokimi Atoliqbekni Buxoroga chaqirtiradi. Buxoro amiri Nasrullo o\u2019z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Jizzaxni Atoliqbekdan tortib oladi. Bunga, birinchidan, Atoliqbek rozi bo\u2019lmagan bo\u2019lsa, ikkinchidan, Jizzax shahri aholisi o\u2019z noroziligini bildiradi. Bu vaziyatdan foydalangan Qo\u2019qon xoni Muhammad Alixon (1822-1842) O\u2019ratepa va uning hududlarini bosib oladi. Atoliqbek Shahrisabzga qochib ketadi. Ko\u2019p o\u2019tmay O\u2019ratepa hokimligi Isobekka o\u2019tadi. Zomin, Yom ham unga bo\u2019ysunardi. 1849 yilning oxirlarida O\u2019ratepaga Abdug\u2019afforbek hokim etib tayinlanadi. XVII-XIX asrlar jahon tarixida moddiy va madaniy yuksalish davri bo\u2019lgan bir davrda O\u2019rta Osiyo xonliklari bu ijobiy jarayonlardan chetda qolib qoloqlikka, turg\u2019unlikka yuz tutdi. Asrlar mobaynida bir butun bo\u2019lib kelgan mamlakatning, bir iqtisodiy va madaniy makonda yashab kelgan aholining uchga bo\u2019linib ketishi, xonliklar o\u2019rtasidagi urushlar, har bir xonlik ichidagi o\u2019zaro hokimiyat uchun tinimsiz davom etgan ichki kurash viloyat va tumanlarni, qolaversa butun mamlakatni xonavayron qilardi. O\u2019zaro urushlar oqibatida u yoki bu qabilalarning yashab turgan joyidan ko\u2019chirilishi etnik nizolarni keltirib chiqarardi, ularning bir butun xalq bo\u2019lib, jipslashib yashashiga rahna solardi. Davlat darajasida ham, viloyatlar darajasida ham yagona xalq, yagona Vatan tushunchasining qadri anglab yetilmadi. Aholi xon va amaldorlarning xo\u2019raonligidan, o\u2019zboshimchaligidan azob chekardi, turmush darajasi nochor edi. Xonliklardagi ijtimoiy-siyosiy beqarorlik qo\u2019shni mamlakatlarni o\u2019z tasarrufiga kiritib olish siyosatini yuritayotgan Rossiya imperiyasiga qo\u2019l keldi. Xonliklardagi parokandalik ularning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakaga aylanishiga olib keldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XV asr oxirlarida temuriy shahzodalar va mulkdor zodagonlar o\u2019rtasidagi nizo-fitnalar, taxt uchun kurashning avj olishi natijasida temuriylar saltanati deyarli mustaqil bo\u2019lib olgan bir necha viloyatlarga bo\u2019linib ketadi. Temuriylarning o\u2019zaro urushlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xonliklar-davrida-jizzax\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-137799","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137799","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=137799"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137799\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":137801,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137799\/revisions\/137801"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=137799"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}