{"id":137803,"date":"2024-07-13T14:57:51","date_gmt":"2024-07-13T11:57:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=137803"},"modified":"2024-07-16T12:20:48","modified_gmt":"2024-07-16T09:20:48","slug":"jizzaxning-bosib-olinishi-va-mustamlakachilik-boshqaruv-usuli","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzaxning-bosib-olinishi-va-mustamlakachilik-boshqaruv-usuli\/","title":{"rendered":"Jizzaxning bosib olinishi va mustamlakachilik boshqaruv usuli"},"content":{"rendered":"\n<p>Turkiy xalqlar yashovchi keng hududlarni bosib olish Rossiya podsholarining azaliy orzusi edi. Rossiya imperiyasi Qozon, Ashtarxon (Astraxan) va Sibir xonliklarini, qozoqlar va qirg\u2019izlar yashovchi Kichik juz, O\u2019rta juz, Katta juz hududlarini egallagach, O\u2019rta Osiyo xonliklarini bosib olishga kirishadi. O\u2019rta Osiyo xonliklari shimoliy chegaralari yaqinida 46 ta katta va 96 ta kichikroq harbiy qal\u2019a va istehkomlar qurdirib harbiy qo\u2019shinlarni joylashtiradi. Xonliklarni bosib olish vazifasi Rossiya podshosi tomonidan Orenburg general-gubernatori V.A.Perovskiy va G\u2019arbiy Sibir general-gubernatori general G.Gosford zimmasiga yuklanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiya imperiyasining dastlabki bosqinchilik yurishini polkovnik M.Chernyayev va polkovnik Verevkinlar 1864 yil may oyida Qo\u2019qon xonligiga qarshi boshlaydilar. Shiddatli janglar natijasida bosqinchilar Toshkentni egallaydilar. Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyati tuziladi va harbiy gubernator etib M.Chernyayev tayinlandi va unga general-leytenant unvoni beriladi. Rossiya qo\u2019shinlarining Toshkentni bosib olish natijasida Rossiya imperiya bilan Buxoro amirligi o\u2019rtasida harbiy to\u2019qnashuv muqarrar bo\u2019lib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Toshkent shahri Turkiston harbiy okrugi qo\u2019mondonligi markaziga aylantirilib, galdagi bosqin Buxoro amirligining muhim strategik ahamiyatga ega bo\u2019lgan Jizzax bekligini bosib olishga qaratiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1865 yil yanvarda general M.Chernyayev Chinoz katta harbiy kuch to\u2019playdi. Podpolkovnik Pistolkars boshchiligidagi 14 rota, 600 nafar kazak va o\u2019n olti to\u2019pdan iborat qo\u2019shin bilan 21 yanvar kuni Sirdaryoning chap qirg\u2019og\u2019iga o\u2019tib oladilar. M.Chernyayev boshchiligidagi qo\u2019shin esa 30 yanvarda Sirdaryodan kemada suzib o\u2019tadi va qo\u2019shinlar safini ko\u2019paytiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>M.Chernyayev qo\u2019shinlari 1865 yilning fevralida Mirzacho\u2019l bo\u2019ylab Jizzaxga yo\u2019l oldi. Qattiq qish tufayli o\u2019tin, yem-xashak tanqisligidan og\u2019ir ahvolga tushib qoladi. Zo\u2019ravonlikka odatlangan M.Chernyayev Jizzaxga o\u2019z vakilini jo\u2019natib, Jizzax begi Olloyorbekdan o\u2019tin va yem-xashak berishni talab qiladi. Olloyorbekdan rad javobini olgach, 7 fevralda podpolkovnik Pistolkars qo\u2019mondonligida ikkita piyoda rota, 400 nafar kazakni ikki zambarak bilan Jizzaxni bosib olish uchun safarbar etiladi. Bosqinchilar shahar himoyachilari tomonidan qattiq zarbaga uchraydi. M.Chernyayev qurshovda qolgan askarlarni qutqarish uchun yana ikkita qo\u2019shimcha rot ava ikki zambarakni yuborib, askarlarni o\u2019z qo\u2019shinlarining lageriga qaytarishga muvaffaq bo\u2019ladi. Ikki o\u2019rtada bo\u2019lib o\u2019tgan jangda bosqinchilardan sakkiz kishi o\u2019ldiriladi, o\u2019n to\u2019qqiz kishi jarohatlanadi. Jizzax himoyachilaridan esa yuzdan ortiq kishi halok bo\u2019ladi. M.Chernyayev qo\u2019shinlari Jizzaxda mag\u2019lubiyatga uchragach, urushni davom ettirishga imkoni bo\u2019lmaganidan, 1865 yil 10 fevralda Sirdaryo tomon chekinishga majbur bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>General M.Chernyayevning o\u2019zboshimchalik bilan qilgan harbiy yurishi, Jizzaxni bosib ololmagani bosqinchilarga qimmatga tushdi. Mansabini suiiste\u2019mol qilgani uchun 1866 yil yanvar oyining oxirida rus podshosi Aleksandr II M.Chernyayevni lavozimidan olib tashlab, uning o\u2019rniga Turkiston viloyati harbiy gubernatori general D.T.Romanovskiyni bosh qo\u2019mondon etib tayinlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muarrix Mirzo Abdulazim Somiyning \u201cTarixi salotini Mang\u2019itiya\u201d asarida yozilishicha, rus qo\u2019shinlarining tobora ichkarilab kelishi amirlikning ilg\u2019or fikrli ziyolilari orasida qattiq nafrat uyg\u2019otadi. Buxoroda madrasa talablari junbishga kelib, bosqinchilarga qarshi muqaddas urush ya\u2019ni \u201cg\u2019azovot\u201d qilishni talab qilib chiqa boshlaydilar. Buxoro shahri raisi eshon Baqoxo\u2019ja Sad amirni \u201cg\u2019azovotga\u201d otlanishga da\u2019vat etadi. Ilojsiz qolgan amir Abdulazim Somiyning aytishicha: \u201cBeixtiyor bosqinchilarga qarshi yurishga qaror qildi. Muqaddas \u201cg\u2019azovot\u201d uchun payshanba kuni beadad qo\u2019shin va behisob xayrixohlar bilan uzangiga oyoq qo\u2019ydi va Buxoroi sharifdan jo\u2019nab ketdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro amiri Muzaffar 60 ming kishilik qo\u2019shin bilan Jizzax, Sirdaryo tomon yurdi, biroq qo\u2019shin yaxshi qurollanmagan, askarlarining aksariyat qismi harbiy tayyorgarlikdan o\u2019tmagan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Angliya va Turkiyadan yordam kutgan Amir Muzaffar ulardan, hatto o\u2019z homiyligidagi Qo\u2019qon xoni Xudoyorxondan ham madad ololmadi. Qo\u2019l ostidagi mavjud imkoniyatlardan foydalanib, barcha beklar va sardorlarning boshini qovushtirib, dushmanga qarshi birlashib hujum uyushtirishni ham uddalay olmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bosh qo\u2019mondon general D.T.Romanovskiyning qo\u2019shini Sirdaryo dashtiga chiqqani haqida xabar olingandan keyin Amir Muzaffarning xatti-harakatlari kishining g\u2019azabini oshiradi. Amir dushman qo\u2019shinlarining yo\u2019lini to\u2019sish uchun 30 ming kishilik lashkarni Olloyor devonbegi qo\u2019mondonligida jangovar marrani egallashga buyuradi va ular O\u2019ratepa bilan Jizzaxni birlashtiruvchi karvon yo\u2019lidagi tepalikda o\u2019rnashadi. Amirning o\u2019zi esa o\u2019z ixtiyoridagi lashkarlar bilan aprel oyining oxirlarida yo\u2019lga chiqib, O\u2019ratepa yaqinidagi Rogun qishlog\u2019ida to\u2019xtaydi va Olloyor devonbegining husni jamolda tengi yo\u2019q qizini o\u2019z huzuriga keltirishga buyuradi. Amir mamlakat taqdiri uchun hayot-mamot jangi oldida ham o\u2019z huzurini o\u2019ylaydi va haramiga keltirilgan 10 yoshli qiz, o\u2019z lashkarboshisining farzandi ekanligini ham unutib, ishratga beriladi. Olloyorbek devonbegining sarbozi Parchayuz Abdurahmondan yozib olingan esdalikda aytilishicha, o\u2019sha tongda bu qizning so\u2019yilgan murdasini topishgan. Ko\u2019p o\u2019tmay, sevimli qizininig mudhish o\u2019limi haqidagi xabar jangovar marrani egallab turgan Olloyorbek devonbegiga yetib kelgach, u o\u2019z farzandi dog\u2019iga kuyib, bir necha kun chodirdan chiqmay yotadi. Olloyorbek devonbegiga qilingan zulm uning qarindoshlari To\u2019xtamishbek va Fozil dodxohlarning ham amirga qarshi adovatini uyg\u2019otadi. Qo\u2019shni O\u2019ratepada ham amirga qarshi norozilik kuchayadi. Amir Muzaffar o\u2019z qo\u2019shinidagi bunday holatdan bexabar holda O\u2019ratepa bilan Jizzaxni birlashtiruvchi bir tepalikda o\u2019z qarorgohini o\u2019rnatadi. 1866 yil may oyi boshlarida general D.T.Romanovskiy qo\u2019shinlarining kichik avangard qismi Oqjarga yaqinlashganda Olloyorbek devonbegi va uning qarindoshlari To\u2019xtamishbek va Fozil dodxohlar jang qilmay Xovos tomon chekinadilar. Bu bilan ular begunoh halok etilgan qizchaning o\u2019limi uchun amirdan olgan qasosimiz, deb hisoblaydilar. Shaxsiy musibat yurt manfaatidan ustun kelib, 30 ming kishilik qo\u2019shin jang maydonini dushmanga bo\u2019shatib berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Muzaffar Sirdaryo bo\u2019yidagi Oqjar (Irjar) degan joyga katta qo\u2019shin va olomon bilan kelib o\u2019rnashadi. Amir Muzaffarning Oqjarda to\u2019plagan qo\u2019shini, asosan, Buxoro, Samarqand, O\u2019ratepa va boshqa joylardan to\u2019plangan yuz ming kishilik askarlardan iborat bo\u2019lib 21 to\u2019p qurollangan edi. Vatan himoyachilarining soni ko\u2019p bo\u2019lgani bilan, Ahmad Donishning yozishicha, amir qo\u2019shinlari harbiy mashqni yaxshi o\u2019zlashtirmagan, urush maydonini ko\u2019rmagan kishilardan iborat bo\u2019lib, askarlar pilta miltiqlar bilan, ko\u2019pchilik askarlar esa uchiga temir o\u2019rnatilgan oddiy tayoq qurollar bilan qurollangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>D.T.Romanovskiy qo\u2019shinlari 1866 yil 8 mayda 14 piyoda rotasi va 500 kazak, 28 to\u2019p, sakkiz rota qurilmasi bilan qurollanib, Oqjarda amir Muzaffar qo\u2019shinlariga qarshi jang olib boradi. Jangda amir qo\u2019shinlari mag\u2019lubiyatga uchraydi. Oqjarda bo\u2019lib o\u2019tgan jangda Vatan himoyachilaridan 5 ming kishi halok bo\u2019ladi, ko\u2019pchiligi jarohatlanadi. Rossiya qo\u2019shinlari qo\u2019mondonligi jang maydonida ko\u2019plab qurol-yarog\u2019, kiyim-kechak va oziq-ovqatdan tashqari 6 zambarak, 670 pud porox, 22 ming dona patron, amirning chodiri va uning ichidagi qimmatli buyumlarni o\u2019lja qilib oladi. Amir Muzaffar Oqjardagi jangda mag\u2019lubiyatga uchrab, uning qarorgohi o\u2019rnashgan tepadan Jizzax tomon qochadi, shu bois keyinchalik bu tepa \u201cAmir qochgan tepa\u201d degan nomni oladi. Amir kechurun Jizzaxga yetib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oqjarda osonlikcha qozonilgan g\u2019alaba general D.T.Romanovskiyga qo\u2019l kelib, rus qo\u2019shinlari 17 mayda Xo\u2019jand ostonalariga kelib marrani egallaydilar. Xo\u2019jand himoyachilari bilan rus lashkarlari o\u2019rtasida sakkiz kun davom etgan jangu-jadallarda xo\u2019jandliklardan 5000 kishi shahid bo\u2019ladi, dushman tomonidan esa 2500 kishi nobud bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiya qo\u2019shinlari og\u2019ir janglar bilan 1866 yil 8 may kuni Xo\u2019jand shahrini va Nov qal\u2019asini egallashga muvaffaq bo\u2019ladilar. Xo\u2019jandning bosib olinishi Rossiya yuqori hukumat doiralarida zo\u2019r mamnuniyat bilan kutib olinib, harbiy boshliqlarning unvonlari bir daraja ko\u2019tariladi, soldatlar pul bilan taqdirlanadi. Urushni boshqargan general D.T.Romanovskiy esa uchinchi darajali \u201cSvyatoy Georgiy\u201d ordeni bilan taqdirlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro amiri Muzaffarxon Oqjarda bo\u2019lib o\u2019tgan jangda yengilganidan so\u2019ng Jizzaxga mang\u2019it Olloyor devonbegini hokim etib tayinlab, Jizzaxning Eski shahridagi O\u2019rda qal\u2019asi devorlarini mustahkamlash va ta\u2019mirlash haqida unga buyruq beradi. Amirning buyrug\u2019iga ko\u2019ra, Jizzax shahridagi O\u2019rdani harbiy jihatdan mustahkamlash ishlari amalga oshiriladi. Qal\u2019a ikkinchi devor bilan o\u2019rab olinadi. Muhammad Yoqubbek bosh qo\u2019mondon etib tayinlanib, shaharni himoya qilish uchun 12 ming kishilik askar, 53 ta turli kalibrdagi zambarak va boshqa qurol-yarog\u2019, aslahalar O\u2019rda qal\u2019asiga keltiriladi. Shahar himoyachilari buzilgan harbiy istehkomlarni va O\u2019rda qal\u2019asi devorlarini qayta tiklab, bosqinchilar hujumini qaytarish uchun har tomonlama puxta tayyorgarlik ko\u2019radilar. Zomindan Jiyanhoja to\u2019qsabo boshchiligidagi qo\u2019shinlar ham Jizzax himoyasiga yetib keladilar.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>O\u2019ratepa va Jizzax uchun janglar.<\/strong> 1866 yil 23 sentabrda polkovnik Vorontsov-Dashkov O\u2019ratepa qal\u2019asi atrofini o\u2019zining xufiyachilari tomonidan o\u2019rgangandan so\u2019ng unign buyrug\u2019iga muvofiq polkovnik Mantefeyl, polkovnik rotmeystr Baranov boshchiligidagi qo\u2019shinlar shaharni to\u2019plardan o\u2019qqa tutisha boshlaydi. 29-30 sentabr kunlari shahar janubiy tomondan o\u2019qqa tutilib, shahar ichida yonginlar chiqadi. 1 oktabrda rus qo\u2019shinlari hujumga o\u2019tadilar. Muarrix Avaz Muhammad Attor Ho\u2019qandiyning asarida esa haqiqiy manzara tasvirlangan: \u201cAhli kuffor qal\u2019ani egallash qasdi ila yo\u2019lga chiqdi. Musulmonlar bir qancha musulmon merganlarni qal\u2019a atrofiga joylab qo\u2019ygan edilar. Merganlar battol kofirlar yaqinlashishlari bilanoq, ularning atroflarini o\u2019rab olib, to\u2019pu to\u2019fangni jo\u2019shu xurujga keltirib, to\u2019rt tomondan muqobatsiz otdilar. Kofirlarda tob-toqat qolmadi va ular katta zarar ko\u2019rib, qattiq zarba yeb qaytdilar. Kundan kunga jangu jadal kuchayib borardi. Yakshanba kechasi, jumodi-ul-oxir oyining 4-si, yo 5-sida kofirlar uchta darvozaga odamlarni tayinlab va o\u2019rnashtirib, Mug\u2019 darvozasining chuqur xandaqini xas-xashak bilan to\u2019ldirib, shunday keng joyni bir kechada tekis qilib, o\u2019zlariga yo\u2019l ochib, tongni kutib turdilar. Shu payt shahar aholisi g\u2019ofil va o\u2019z ahlu holiga mashg\u2019ul bo\u2019lib, olamdan bexabar uyquda yotar edilar. Bir oz vaqt o\u2019tgach, sahar paytida, shahar darvozalariga bir ming-ikki ming kishini qo\u2019yib, o\u2019ruslarning gubernatori va generali ko\u2019p sonli to\u2019da ila Mug\u2019 darvozasida hozir bo\u2019ldi. To\u2019satdan, o\u2019zlari tekislagan yo\u2019ldan o\u2019tib, shahar darvozasidan kirib tug\u2019 sanchig\u2019ini Mug\u2019 qal\u2019asiga o\u2019rnatishga buyurdilar. Mug\u2019 qal\u2019asi shu viloyat hokimining joyi edi. Kofirlarning qolgan Lashkari shaharning har bir darvozasidan firqa-firqa, to\u2019p-to\u2019p, guruh-guruh bo\u2019lib, qichqiriq, shovqin-suron ko\u2019tarib kirdi va olamni to\u2019s-to\u2019polonga ko\u2019mib bozorga yaqinlashdilar. Ahli islom musulmonlik hamiyatini dilga joylab, Saddi Iskandarbek turib jang qildilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019ratepa hokimi Abdug\u2019aforbekning dushmanlar kelishi bilan qochishi shahar himoyachilarini sarosimaga solib, ularning jangda mag\u2019lub bo\u2019lishiga sabab bo\u2019ldi. Bo\u2019lib o\u2019tgan jangda vatan himoyachilaridan 2500 kishi halok bo\u2019lganligi, rus soldatlaridan 17 kishi o\u2019lganligi va 217 kishi yarador bo\u2019lganligi manbalarda qayd etiladi. Avaz Muhammad Attor Ho\u2019qandiy asarida esa jangda musulmonlardan 8 mingdan ko\u2019proq kishi, bosqinchilardan besh mingdan ortiq kishi o\u2019lganligi qayd etiladi. Bosqinchilar 27 to\u2019p, qurol-aslaha va boshqa narsalarni o\u2019lja qilib oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiya soldatlari O\u2019ratepadan keyin Zomin qal\u2019asini qo\u2019lga kiritib olgach, qon to\u2019kish, vayronachilik navbati Jizzax shahriga keladi. Rus zobiti Z.Zinovyev butun mintaqada Jizzax istehkomiga o\u2019xshagan mustahkam qal\u2019a bo\u2019lmaganligini, qal\u2019ada murakkab mudofaa ishlari amalga oshirilganligini yozadi. Jizzaxda Iskandarbek boshchiligida 10 ming kishilik qo\u2019shin, 53 to\u2019p bilan qurollangan himoyachilar bo\u2019lib, to\u2019p otishda mohir afg\u2019on askarlari ham bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>General D.T.Romanovskiy qo\u2019mondonligidagi qo\u2019shinlar 1866 yil 11 oktabrda shaharni qurshov ostiga oladilar. Mudofaachilar dushmanning dastlabki hujumini qaytarishadi. Iskandarbek boshchiligidagi afg\u2019on harbiylari mohirlik bilan jang qilib, himoyachilarga dalda berishadi. Dushman shaharga boradigan suv yo\u2019llarini berkitib, Samarqand va O\u2019ratepa darvozalaridan hujum qilishga kirishadilar. 15 oktabr kuni kechqurun Kapitan Mixaylovskiy 4 piyoda rota, 6 to\u2019p va 2 mortira bilan Samarqand darvozasi ostonasidan joy oladi. Polkovnik Vorontsov-Dashkov qo\u2019mondonligidagi 2 ta rota, 200 kazak va 4 to\u2019p bilan shaharning janubi-g\u2019arbiy burchagidan joy oladi. Rus qo\u2019shinlari va himoyachi qo\u2019shinlar o\u2019rtasida qattiq janglar bo\u2019lib o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzaxning qariyb 100 gektar yerini egallagan O\u2019rda qal\u2019asi mustahkam istehkomga aylantirilgan edi. Qal\u2019a 9-10 mer baland devor bilan o\u2019ralgan, atrofidagi chuqur xandaqlar suv bilan to\u2019ldirilgan, qal\u2019a devorining eni 4-5 metr bo\u2019lib, otga qo\u2019shilgan qo\u2019qon aravadagi zambarak bemalol devor ustida harakatlana olardi. Shu bilan birga ko\u2019pgina o\u2019q otish tuynuklariga ega edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1866 yil 15 oktabrda bosh qo\u2019mondon D.Romanovskiy va shtab boshlig\u2019i V.Krijanovskiylar Jizzax shahar hokimi Olloyorbekka shaharni jangsiz topshirish haqida ultimatum yo\u2019llaydi. Olloyorbek esa shahar oqsoqollari, lashkarboshilari bilan maslahatlashib, qo\u2019mondonlik ultimatumiga Buxoro amiridan shaharni topshirish haqida ruxsatnoma olguniga qadar, hujum qilmasligini so\u2019rab javob xati yo\u2019llaydi. Rus qo\u2019mondonligi Olloyorbekning bu hiylasidan xabardor bo\u2019lib, 15 oktabr kuni shaharni qamal qilish va uni qurol kuchi bilan bosib olish uchun shaharning Samarqand, O\u2019ratepa darvozalari atrofida turgan pokovnik Vorontsov-Dashkov, polkovnik Grigoryev qo\u2019mondonligidagi qo\u2019shinlarga Buxoro sarbozlarini tor-mor qilib, so\u2019ngra Toshkent darvozasi atrofini butunlay egallab olish va zarba berish haqida buyruq beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>16 oktabr kuni erta tongdan jang boshlanadi. Polkovnik Vorontsov-Dashkov boshchiligidagi 2 rota, 200 kazak va 4 to\u2019p shaharning janubi-g\u2019arbiy tomoniga yuboriladi. 17 oktabr kuni ertalab dushman soldatlari O\u2019ratepa va Samarqand darvozalari oldida devorni teshib, shaharning O\u2019rda qal\u2019asiga hujum boshlaydilar. Bu jangda Grigoryev, Vorontsov-Dashkov va Pistolkars qo\u2019mondonligidagi soldatlar faol qatnashadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiya qo\u2019shinlari O\u2019rda qal\u2019asini qo\u2019lga kiritish uchun barcha kuchlarini safarbar qiladi. 17-18 oktabr kunlari Buxoro sarbozlari bilan rus qo\u2019shinlari o\u2019rtasida shiddatli janglar bo\u2019ldi. O\u2019rda qal\u2019a darvozalari ichki va tashqi tomondan tuproq bilan berkitib qo\u2019yilishi dushman qo\u2019shinlariga qo\u2019l keladi. O\u2019rda ichida qamalib qolgan Buxoro sarbozlarini istilochilar ayovsiz qirib tashlaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuni aytish joizki, O\u2019ratepa qirg\u2019ini Jizzaxda to\u2019kilgan qonlarga nisbatan birmuncha oz edi. O\u2019ratepa qal\u2019asida 4 ming kishi himoyada turgan bo\u2019lsa, Jizzaxda 10 ming kishi himoyada turgan edi. O\u2019ratepa qal\u2019asida himoyachilarning ko\u2019pchiligi qochishga ulgurgan bo\u2019lsa, Jizzaxda darvozalar tuproq bilan to\u2019silgani tufayli kamdan kam kishi qocha olgan edi. Buxoro sarbozlari Toshkent darvozasidan tashqariga chiqib, jang qilmoqchi bo\u2019lganlarida pistirmada turgan dushman askarlari miltiqlardan o\u2019q uzib, shahar himoyachilarini qirib tashlaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Rus muarrixlarining yozishicha, Toshkent darvozasida otliq askarlarning murdalaridan go\u2019yo tog\u2019 hosil bo\u2019lib \u201cJizzaxda qon daryo kabi (krov lilos rekami) oqqan edi\u201d. Istilochilarga qarshi jang yuz bergan voqealar ularni hayrat va dahshatga solgan edi. Rossiya jurnalistlaridan biri \u201cRusskiy vestnik\u201d gazetasida \u201cshahar himoyachilarinig qahramonligiga va qattiq qarshiligiga tan berish lozim. Hatto qal\u2019adagi bir guruh kishilar jangni davom ettirishga iloji qolmaganidan keyin porox omboriga kirishib, o\u2019zlarini portlatib yubordilar. Bunday qilish uchun yuksak ma\u2019naviyat, katta jasorat va matonat kerak bo\u2019gan edi\u201d, deb yozgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>General Romanovskiyning e\u2019tirof etishicha, Jizzax mudofaachilaridan 6 ming kishi o\u2019ldirilgan, 2 ming kishi asir olingan. Tarixiy manbalarda ta\u2019kidlanishicha esa, hayot-mamot jangida jizzaxliklardan 9000 jangchi, mahalliy tinch aholidan 1500 kishi halok bo\u2019lib, 1500 ga yaqi kishi asirga tushib, ularning 600 tasi og\u2019ir yarador bo\u2019lgan edi. Buxoro amirining 18 lashkarboshisidan 16 nafari, jumladan, Olloyorbek devonbegi, Odil dodshoh, Adbusattor Inoq, Jo\u2019yan To\u2019qsoba, Husanbiy va Iskandarxon singari jasur lashkarboshilar Jizzaxni himoya qilishda mardlarcha halok bo\u2019ldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahri xonavayron qilinib, qo\u2019lga olingach, general Krijanovskiy Jizzax komendanti etib tayinlanadi. Favqulodda holatlarning oldini olish uchun uning tasarrufida 10 ta rota askar, 10 ta to\u2019p, 300 jangari kazak va boshqa qurol-yarog\u2019lar qoldirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiya qo\u2019shinlari Jizzaxni bosib olgach, polkovnik Abramov rahbarligidagi Orenburg o\u2019qchi batalonining 2 ta rotasi, kazaklarning bir vzvodi, 100 askardan iborat, 4 ta to\u2019p bilan qurollangan qo\u2019shinlari 1867 yil 27 mayda Samarqandga qarab yurdilar. Bosqinchilar Ilono\u2019ttidan o\u2019tib, Ko\u2019kgumbaz, Yangiqo\u2019rg\u2019on qal\u2019alariga hujum qilib, ularni, kultepaga aylantiradilar. Jizzaxni bosib olishda faol qatnashgan Orenburg general-gubernatori Krijanovskiyning Rossiya imperiyasi harbiy vaziri D.N.Milyutinga 19 oktabrda yozgan telegrammasida: \u201cBuxoro amirining Sirdaryo vodiysidagi so\u2019nggi tayanchi Jizzax besh kunlik qamaldan so\u2019ng, 18 oktabr kuni soat 12 da egallandi\u2026 26 ta bayroq, 53 ta qurol va ko\u2019p boyliklar qo\u2019lga tushirildi. Bizning yo\u2019qotishimiz, Xudoning irodasi bilan, 100 kishidan kamroq bo\u2019lib, 4 zobitimiz yaralandi\u201d, deb yozilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu o\u2019rinda Qo\u2019qon xoni Xudoyorxonning o\u2019z homiysi Buxoro amiriga nisbatan xoinona ish tutganini muarrixlar tarix sahifalariga yozib qo\u2019yganligi diqqatga sazovordir. Xudoyorxon Xo\u2019jand, O\u2019ratepa va Jizzaxda minglab vatanparvarlar qonini to\u2019kkan general D.Romanovskiyga tabir telegrammasi yo\u2019llab: \u201cOq podsho bilan do\u2019stlikni saqlab, turli bahonalar bilan Qo\u2019qondan chiqmadim va o\u2019z hududlarimni saqlash uchun 35 ming kishilik qo\u2019shinni to\u2019plab, Shaytonmuzgarda turdim. Shundan so\u2019ng, Xo\u2019jandda turgan amir Muzaffar o\u2019z qo\u2019shini va harbiy boshliqlarini olib, shahrni mutlaqo bo\u2019sh qoldirganini eshitdim. Agar men Oq podsho bilan do\u2019stlikni istamaganimda, qo\u2019shinim bilan Shaytonmuzgarga qaytmasdan Xo\u2019jandga kirar edim. Olloh yordamida Siz Xo\u2019jandni zabt etdingiz. Buni eshitib ilgarigi do\u2019stlikni mustahkamlash uchun Sizni g\u2019alaba bilan tabriklayman!\u201d deb yozgan edi. Biz nodon Xudoyorxon hali ham \u201cOq podsho bilan do\u2019stlik\u201d yaqin kelajakda o\u2019lkada milliy davlatchilikni ham, uning sulolasini ham yer bilan yakson qilib tashlanishi, o\u2019lka mustamlakaga aylantirilayotganini mutlaqo tushunib yetmagan edi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi.<\/strong> Rossiya hukumati yangidan bosib olingan yerlarni boshqarish va bu harakatni yanada davom ettirishni muvofiqlashtirish maqsadida 1867 yil 11 iyulda Turkiston general-gubernatorligini ta\u2019sis etdi va unga rus imperatori Aleksandr II bilan yaqin aloqada bo\u2019lgan general Kaufman general-gubernator etib tayinlanadi va unga mustaqil ravishda urush e\u2019lon qilish, sulh tuzish va unga mustaqil ravishda urush e\u2019lon qilish, sulh tuzish va boshqa vakolatlar beriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston general-gubernatori K.P.Kaufman tez orada Samarqand va Kattaqo\u2019rg\u2019onni bosib oladi. Buxoro amiri qo\u2019shinlarini tor-mor etadi. Keyin Xiva xonligi va Qo\u2019qon xonligi qo\u2019shinlarini tor-mor etib, katta hududlarni bosib oladi. Buxoro va Xiva xonlari Rossiya imperiyasi vassallariga aylantiriladi, Kaspiyorti yerlari ham bosib olinadi. Qo\u2019qon xonligi tugatilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibi kiritiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1867 yilda tasdiqlangan \u201cTurkiston o\u2019lkasini boshqarish tartibi haqida vaqtli Nizom\u201dga muvofiq, Turkiston o\u2019lkasi Rossiya imperiyasi tomonidan viloyatlarga, viloyat uyezdlarga, uyezdlar uchastkalarga bo\u2019linib idora qilinadi. Viloyatlarga geneal, uyezdlarga polkovnik, uchastkalarga Kapitan darajasidagi zobitlar boshqaruvchi qilib tayinlanadi. Vosqinchilik yurishlari natijasida Turkiston general-gubernatorligida besh viloyat: Farg\u2019ona, Sirdaryo, Samarqand, Kaspiyorti va Yettisuv viloyatlari tashkil etiladi. Samarqand viloyatida Samarqand, Kattaqo\u2019rg\u2019on, Xo\u2019jand va Jizzax uyezdlari tashkil qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax uyezdi XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Samarqand viloyatining uyezdlaridan biri hisoblanib, 20 ta volostdan iborat edi. Uyezd shimoldan Sirdaryo, sharqdan Dashkat dovoni, janubi-g\u2019arbdan Qorachatog\u2019, g\u2019arbdan Qizilqum cho\u2019li bilan chegaralangan edi. O\u2019sha davrda Jizzax uyezdining maydoni 43420 kvadrat verst (verst-1,06 km), aholisi 222683 kishini tashkil qilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qulay geografik hududda joylashgan Jizzax shahri Turkiston general-gubernatorligining buyrug\u2019i bilan Jizzax uyezdining ma\u2019muriy markazi etib belgilandi. O\u2019rta Osiyo va Qozog\u2019iston shaharlarida bo\u2019lganidek, XIX asrda Jizzaxda ham savdo munosabatlari va hunarmandchilik biroz rivojlanishiga qaramay, mehnatkash aholining ahvoli nochor edi. Jizzax shahriJizzax uyezdining ma\u2019muriy markaziga aylantirilishi munosabati bilan shahar Yangi va Eski shaharga bo\u2019linib idora qilindi. Mahalliy aholi Yangi shahar deb belgilangan hududdan ko\u2019chiriladi. Yangi shaharda rusiyzabon harbiylar, zobitlar, savdogarlar, rus amaldorlari istiqomat qiladigan yevropacha uy-joylar, madaniy-maishiy binolar quriladi. Yangi shaharda Jizzax uyezdi ma\u2019muriy binosi, nasroniy \u2013 pravoslav cherkovi, rusiyzabon bolalar o\u2019qiydigan gimnaziya, uyezd mahkamasi binosi, hozirgi \u201cKo\u2019kbozor\u201d hududida ham rus amaldorlari uchun bir qancha turar-joy binolari, harbiy garnizon uchun kazarma (qizil kazarma), mahbuslarni qamash uchun turma binosi qurilib ishga tushiriladi. Yangi shahardagi ko\u2019chalar elektr energiya bo\u2019lmaganligi uchun kechalari har yer-har yerda o\u2019rnatilgan fonarlar yordamida yoritilar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston general-gubernatori Fon Kaufman juda katta huquqlarga ega bo\u2019lib, oddiy xalq orasida \u201cyarim podsho\u201d deb atalib, u bir vaqtning o\u2019zida o\u2019lka bosh hokimi, harbiy okrug qo\u2019mondoni, bosh prokuror va bosh mirshab vazifalarini bajargan. Shuningdek, u xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar olib borish, soliq tizimini belgilash, kishilarga Rossiya fuqaroligini berish, mahalliy aholi ustidan chiqarilgan turli xil sud hukmlarini ijro etishga ruxsat berishdek cheklanmagan huquqlarga ega edi. \u201cTurkiston o\u2019lkasini boshqarish tartibi haqidagi vaqtli Nizom\u201d qonuni chor ma\u2019muriyatining mustamlakachilik siyosati manfaatlariga mos kelmasligi sezila boshlagach, K.P.Kaufman, Rossiya imperatoriga Turkiston o\u2019lkasini boshqarishning yangi Nizom loyihasini taqdim etadi. Yangi Nizom 1886 yil 12 iyunda imperator Aleksandr III tomonidan tasdiqlanadi. Nizomning asosiy g\u2019oyasiga ko\u2019ra, Turkistonda o\u2019lka boshqaruvi yanada mustahkamlanib, o\u2019lka yerlari avvalgidek harbiy vazirga bo\u2019ysundirilishi ko\u2019zda tutilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>XIX asrning 90 yillariga kelib, Turkiston general-gubernatorligi Sirdaryo, Farg\u2019ona, Samarqand, Yettisuv, Kaspiorti viloyatlariga, viloyatlar esa uyezdlarga, volost va oqsoqolliklarga bo\u2019linib boshqariladigan bo\u2019ldi. Turkistonning barcha viloyatlarida harbiy gubernatorlik boshqarmalari ta\u2019sis etilib, viloyat harbiy gubernatorlari general darajasidagi harbiy ofitserlardan bevosita podsho tomonidan tayinlanadigan bo\u2019ldi. Viloyatlar tarkibidagi uyezd boshlig\u2019i Rossiya armiyasinign yuqori lavozimlardagi (polkovnik darajasidagi) zobitlaridan iborat bo\u2019lib, viloyat harbiy gubernato tavsiyasi bilan Turkiston general-gubernatori tomonidan tayinlanar va faoliyat ko\u2019rsatardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uyezd tarkibiga kiruvchi uchastkalarni boshqarishga shtabs-kapitan unvoniga ega bo\u2019lgan zobitlar tayinlanar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax uyezdi boshlig\u2019i \u2013 pristavi lavozimiga polkovnik V.N.Ryabushkin Samarqand viloyati harbiy gubernatori tomonidan tayinlanadi. V.N.Ryabushkin boshqa uyezd boshliqlari kabi Jizzax uyezdining ma\u2019muriy, politsiya, harbiy hokimiyatlarini o\u2019zida mujassimlashtirgan edi. U odamlarga jarima solish, 7 kungacha hibsda saqlash huquqiga ega bo\u2019lgan. Shuning uchun uyezd boshliqlari \u201cHokim to\u2019ra\u201d deb ham atalgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax uyezdi Jizzax shahri va bir necha uchastkalarga bo\u2019linib boshqarilgan. Masalan, Zomin uchastkasiga Kapitan Glinitskiy, Bog\u2019don uchastkasiga Kapitan Borilda tayinlangan. Uchastkalar volostlarga bo\u2019lingan. Masalan, Bog\u2019don uchastkasi Bog\u2019don, Sintob, Qoratosh, Forish kabi volost (bo\u2019lis)larga, bo\u2019lislar esa oqsoqolliklarga bo\u2019lingan. Har bir uchastka (tuman) uyezd (tuman) o\u2019z tarkibidagi shahar va qishloqlari bilan uyezd boshlig\u2019i (pristavi)ga bo\u2019ysungan. Uyezd boshliqlariga mahalliy aholidan istalgan odamga jarima solish va 3 kungacha hibsda saqlash huquqi berilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Jizzax uyezdi boshqaruvi.<\/strong> Turkistonning boshqa joylarida bo\u2019lgani kabi mahalliy aholiga nisbatan zo\u2019ravonlik, adolatsizlik, qalloblik, poraxo\u2019rlik kabi illatlar kundalik hayotning odat tusiga kirib qolgandi. Shahar hokimligiga, volost boshlig\u2019i (mingboshi) va oqsoqollari (yuzboshi, ellikboshi) lavozimlariga \u201csaylov\u201d usuli joriy qilingan edi. Turkistonning boshqa yerlarida bo\u2019lgani kabi Jizzax uyezdida ham \u201csaylov\u201dlar nomigagina o\u2019tkazilib, faqat badavlat kishilar volost boshlig\u2019i, (mingboshi), qishloq oqsoqoli (yuzboshi va ellikboshi) lavozimiga katta mol-mulkka ega bo\u2019lgan Eshbek Turotboyev, Toshtemir Muhammadiyorov, Yo\u2019ldosh Qarshiboyev, Hasan Tog\u2019aymurodovlar saylangan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Mahalliy aholining shikoyat-arizalari, fuqarolik va jinoyat ishlarini shariat qonunlari asosida ko\u2019rib chiqish uchun qozixonalar qurilib, mulkdor kishilardan qozilar saylangan. Qozilar ham mahalliy aholini tutqunlikda tutib turishda Rossiya hukumatiga xizmat qilishga majbur edi. Jizzax shahrida G\u2019iyos so\u2019fi Mahsumov, Muhammad Yusupov, Muso qori Muhammadiyorov va boshqa qozilar hukumatga sadoqatli mehnatlari uchun orden va medallar bilan taqdirlangan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston general-gubernatorligi boshqaruvi o\u2019lkani ruslashtirish va iqtisodiy qaramlikni yuzaga keltirishga xizmat qildi. 1886 yilgi \u201cNizom\u201dda rus aholisini Turkistonga ko\u2019chirib keltirish yo\u2019li bilan o\u2019lkani ruslashtirish siyosati qonunlashtirib olindi. Jizzax shahri va uning atrofidagi eng yaxshi sug\u2019oriladigan yerlar ko\u2019chirilib keltirilgan Rossiya aholisiga mansub kishilarga; zobit, savdogarlarga mulk qilib beriladi. Bu yerda istiqomat qilgan mahalliy aholi esa majburan ko\u2019chirilib yuboriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiyadan ko\u2019pgina kishilar ma\u2019muriyat ruxsatisiz o\u2019lkaga ko\u2019chib kela boshladi. 1875-1890 yillar mobaynida 100 oila ko\u2019chib kelib, 19 ta rus qishloqlari tashkil etilgan bo\u2019lsa, 1906-1913 yillar mobaynida Turkistonda va Jizzaxda 116 ta rus qo\u2019rg\u2019oni barpo etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahar hududidagi eng yaxshi sug\u2019oriladigan yerlar, hozirgi Baxmal va G\u2019allaorol tumanlari tog\u2019oldi hududlaridagi unumdor yerlar ko\u2019chmanchilarga ajratib berilib, qurol-yarog\u2019 bilan ta\u2019minlandi. Ular ma\u2019muriyat uchun zaxira qo\u2019shin bo\u2019lib, harbiy ma\u2019muriyatning birinchi chaqiruv-xabarini olishlari bilanoq tayinlangan joyga darhol yetib kelishga majbur edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiyadan ko\u2019chirib keltirilganlarga katta imtiyozlar berildi. Ularning joylashishi, dehqonchilik qilishlari uchun ko\u2019p miqdorda mablag\u2019 ajratildi, o\u2019zlarini o\u2019nglab olgunga qadar bepul oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta\u2019minlab turildi. Mirzacho\u2019lda yangi tashkil topgan rus qishloqlari aholisi mahalliy aholiga nisbatan ancha ko\u2019p ekin maydonlariga ega bo\u2019ldi. Ma\u2019lum davrgacha ular soliqlardan ozod etildi, natijada qisqa vaqtda ishlab chiqarishning texnikaiy zaminini yaxshilab oldilar. Bunday imtiyozlar Rossiya imperiyasi ma\u2019murlari uchun O\u2019rta Osiyoga yanada ko\u2019proq aholini ko\u2019chirib keltirish Rossiyada tobora chuqurlashib borayotgan ichki ziddiyatlarni hal etishning birdan bir yo\u2019li edi. Turkistonda rusiyzabon aholining ko\u2019payishi Rossiya uchun harbiy va siyosiy tayanch bo\u2019ldi. Ular ayni paytda mahalliy xalqlarning mustamlakachilik tuzumiga qarshi bo\u2019lgan harakatlarini bostirib turishga xizmat qildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Turkiy xalqlar yashovchi keng hududlarni bosib olish Rossiya podsholarining azaliy orzusi edi. Rossiya imperiyasi Qozon, Ashtarxon (Astraxan) va Sibir xonliklarini, qozoqlar va qirg\u2019izlar yashovchi Kichik juz, O\u2019rta juz, Katta juz &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzaxning-bosib-olinishi-va-mustamlakachilik-boshqaruv-usuli\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-137803","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137803","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=137803"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137803\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":137825,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137803\/revisions\/137825"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=137803"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}