{"id":137874,"date":"2024-07-16T15:19:28","date_gmt":"2024-07-16T12:19:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=137874"},"modified":"2024-07-17T12:55:18","modified_gmt":"2024-07-17T09:55:18","slug":"jizzaxda-ijtimoiy-iqtisodiy-va-madaniy-hayot","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzaxda-ijtimoiy-iqtisodiy-va-madaniy-hayot\/","title":{"rendered":"Jizzaxda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot"},"content":{"rendered":"\n<p>Turkistonning Rossiya tomonidan bosib olinishi natijasida Jizzaxga rus tabobatchiligi kirib keldi. Xususan, shaharda harbiy qismlarning ko\u2019payishi, zobit va askarlar sonining o\u2019sishi bilan 1870 yilda Jizzax uyezd boshqarmasi qaramog\u2019ida rusiyzabon aholiga tibbiy xizmat ko\u2019rsatadigan birinchi tibbiy punkt ochildi. Bu muzofotdagi yagona tibbiy shifoxona bo\u2019lib, unga o\u2019rta malakali feldsher G.M.Fomin mudirlik qilardi. Shifokorlar, asosan, uyezd qoshidagi harbiy bo\u2019linmalarga va uyezd hokimi xizmatchilariga xizmat ko\u2019rsatardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo bu punktda mahalliy aholiga tibbiy xizmat ko\u2019rsatish cheklangan bo\u2019lib, Rossiya tomonidan tibbiyot maskanlari qurishga yetarli mablag\u2019 ajratilmas edi. Ba\u2019zi hollardagina uyezd boshqarmasida xizmat qilayotgan amaldorlarning oila a\u2019zolariga pullik xizmat ko\u2019rsatilardi. Tibbiyot xizmatidan, asosan, erkaklar foydalanib, ayollar tibbiy yordamsiz qolardi. Jizzax shahrida 1900 yili Rossiya amaldorlarining oila a\u2019zolariga tibbiy xizmat ko\u2019rsatish uchun 4 o\u2019rinli shifoxona ochilib, shifokor I.N.Sametskiy uch nafar hamshira bilan faoliyat ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Og\u2019ir mehnat, tibbiy xizmatning nobopligi oqibatida Jizzax shahrida va uyezdida sil, shilpiq, qichima, kal, rishta va zahm kasalliklari keng tarqalgandi. Chechak, vabo, o\u2019lat va boshqa yuqumli kasalliklar yuzlab kishilarning yostig\u2019ini quritardi. Umuman, XIX asrning 80-90 yillarida Jizzax chechak kasalligining keng tarqalishi, shu kasallik bilan og\u2019rigan bemorlarning juda ko\u2019plarini nobud bo\u2019lishiga olib kelardi. Kasallikning oldini olishning birdan bir yo\u2019li emlas edi. Biroq mahalliy xalqning salomatligi hech kimni qiziqtirmaganligi sababli ana shu oddiy ishga ham e\u2019tibor berilmasdi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019lka aholisi boshiga tez-tez falokat keltirib turgan dardlardan yana biri bezgak bo\u2019lib, bu kasallik Jizzaxda tez-tez takrorlanib turar edi. 1892 yilda Jizzaxning Eski shahar qismida boshlangan bezgak xuruji epidemiyasiga qarshi kurash olib borilmasdi. Natijada u Ravot, Qoratosh, Sangzor, Bog\u2019don, Forish, O\u2019smat singari qishloqlarga ham tarqalib, ko\u2019plab aholining o\u2019limiga sabab bo\u2019ldi. O\u2019sha yili Turkiston general-gubernatorligi bezgakka qarshi kurashuvchi maxsus komissiya tuzgan edi. Biroq uning xulosalaridan mahalliy xalq bahramand emas edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1893 yil 29 noyabrda Samarqand viloyat harbiy gubernatori tomonidan Turkiston general-gubernatorligi nomiga yozilgan iltimosnomada Jizzax uyezdi va Bog\u2019don qishlog\u2019ida shifoxonalar ochishga ruxsat berish so\u2019ralgan edi. Bu murojaatnomaga javoban Jizzax shahri 15 o\u2019rinli shifoxona ochishga ruxsat beriladi. Shifoxonada 10 o\u2019rinli harbiylar va rus fuqarolari uchun, 5 o\u2019rin esa mahalliy aholiga mo\u2019ljallangan edi. 3 nafar o\u2019rta ma\u2019lumotli tibbiyot xodimi: A.Kleystorina (akusher), V.Volter, P.Sirov (feldsherlar) bemorlarga xizmat ko\u2019rsatgan. Tabiiyki, mazkur shifoxona ham turli yuqumli kasalliklar epidemiyasi keng avj olgan bir davrda ko\u2019psonli Jizzax uyezdi aholisi talablarini qondira olma edi. Ko\u2019p o\u2019tmay shifoxonaning umumiy xizmatchilari soni 5 kishiga yetdi. 3 nafar feldsher, akusher va dorishunos shifoxonada faoliyat yuritishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustamlakachilikning dastlabki yillarida hukumat ma\u2019muriyati Jizzax shahrining madaniy hayoti, xalqning urf-odatlar, xalq ta\u2019limi an\u2019analariga aralashmay, uni atroflicha o\u2019rganish bilan cheklandi. Jizzax muzofotida xalq ta\u2019limi rivojlanganligi, aholining ilm-fanni o\u2019rganishga qiziqishi kuchli bo\u2019lganli, masjid va maktablarda Buxoro madrasalarida ta\u2019lim olgan mudarrislar talabalar savodini chiqarish uchun diniy ta\u2019lim bilan bir qatorda, adabiyot, riyoziyot, tarix va geografiya fanlaridan saboq berishganligi tarixdan bizga ma\u2019lum. Jizzax shahrining \u201cSovungarlik\u201d, \u201cJizzaxlik\u201d, \u201cQassoblik\u201d, \u201cO\u2019ratepa\u201d, \u201cToshloq\u201d mahallalarida 1880-1888 yillarda tashkil qilingan 20 ga yaqin eski maktablarda, masjidlarda mahalliy aholi bolalari boshlang\u2019ich ta\u2019lim olgandan keyin, savdo-sotiq, hunarmandchilik, hattotlik kasblarini o\u2019rganib, mehnat qilganlar. Jizzaxning o\u2019ziga to\u2019q oilalarining bolalari esa Samarqand, Buxoro madrasalarida o\u2019qishni davom ettirganlar. Eski maktablarda Jizzax shahrining \u201cSovungarlik\u201d mahallasida Ochil qori, Burxon qori, Egamberdi domla, Mulla Toshpo\u2019lat domla, \u201cO\u2019ratepalik\u201d mahallasida Mirzo Sodiq, Ziyo Qorilar o\u2019z zamonasining ko\u2019zga ko\u2019ringan maktabdor domlalari sifatida yoshlarga musulmonchilik huquqlari, shariat qonunchiligi, islom dinidan ta\u2019lim berishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahridagi O\u2019rda qal\u2019asining shimoli-sharqiy mavzesida, \u201cToshkentlik\u201d, \u201cJizzaxlik\u201d mahallalarida Sadriddin Mahsum, Muhammad qori, \u201cQalandarxona\u201d mahallasida Mulla Sobir domla, Mulla Hasan singari ziyolilar tomonidan ochilgan jadid yangi usul maktablarida o\u2019quvchilarga diniy bilimlar bilan bir qatorda, dunyoviy fanlardan ham mashg\u2019ulotlar o\u2019tilgan, darslar o\u2019rtasida tanaffuslar tashkil qilinib, dunyo xaritalari, globus va boshqa ko\u2019rgazmali qurollardan keng foydalanish yo\u2019lga qo\u2019yilgan. Yangi usul maktablarida islom dinini o\u2019qitish bilan bir qatorda, dunyoviy ilmiy bilimlarni o\u2019rgatishga ham alohida e\u2019tibor berilgan. Jizzaxlik keksalar Nazirtosh Hazratqul qizining nomini mehnatkashlarning farzandlariga bilim va ma\u2019rifat tarqatgan mo\u2019tabar ayol sifatida hurmat bilan eslashadi. Bu ziyoli ayol Jizzaxda ilm va san\u2019atni sevgan inson edi. Jizzax shahrida Nazirtosh Hazraqtul qizi boshlagan qutlug\u2019 ishni uning shogirdlaridan biri Risolat buvi davom ettiradi. U jizzaxlik yoshlarga hayotiy bilim berishni o\u2019zining muqaddas burchi deb biladi. Respublika ahamiyatiga molik nafaqaxo\u2019r, marhum Narziqul Yo\u2019lchiboyevning o\u2019g\u2019illari xonadoni arxivida saqlanayotgan esdaliklarda: \u201cNazirtosh, Risolatxon opalardan bir guruh yoshlar \u2013 Xolmat Karimov, Mamadali Abdurasulov, qizlardan Xolida Xudoyberdiyeva, Ulug\u2019oy Sharipova kabilar ta\u2019lim olgan. Shunisi qiziqki, biz u vaqtlar kunduzi Nazirtosh, Risolatxon, Ochildi qori, Jo\u2019ra qorilardan bilim olsak, kechqurunlari yetim bolalar maktabiga qatnab ta\u2019lim olardik\u201d, deb ta\u2019kidlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahrida 1910 yilda dastlab yangi usul maktabini ochganlardan biri taraqqiyparvar Mirziyo qori Mirabdulla o\u2019g\u2019li edi. U yangi usul maktabini dastavval Jizzaxning ot bozori yaqinidagi masjidda ochadi. Biroq o\u2019qitishning bu usuli u yerda ta\u2019qib qilingach, o\u2019z uyida davom ettiradi. Mirziyo qori Samarqandda yangi usul maktabini ochgan Abduqodir Shukuriy, Siddiqiy, Azjiy va ayniqsa, Samarqand ilg\u2019or vakillaridan biri shoir Vasfiy bilan yaqin aloqa bog\u2019lab, ular yordami bilan tilga oid kitob ham chop qilishga muvaffaq bo\u2019lgan edi. Bu kitob yangi usul maktablarida foydalanishda o\u2019sha yillari nihoyatda qimmatli o\u2019quv qo\u2019llanmasi bo\u2019lib xizmat qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahrining ma\u2019muriy markazi O\u2019rda ichkarisida bir qancha me\u2019moriy qurilmalar bilan bir qatorda shayx Nuriddin hoji mablag\u2019i hisobiga Qizil masjid va Oq masjidlar ham qurilgan edi. Bu ikki masjid noyob me\u2019morchilik yodgorligi, sharq me\u2019moriy madaniyati usullarini o\u2019zida mujassam etgan. Oq masjid O\u2019rda bog\u2019i oldida, hozirgi tikuv fabrikasi o\u2019rnida pishiq g\u2019ishtdan ishlangan, ganch bilan ishlov berilib, ganchkorlik usulida bezatilgan. Masjidning atrofi ayvon bilan o\u2019rab olingan. Ustunlar va barcha yog\u2019och qoplamalarning oq rangi saqlanib, o\u2019ymakorlikdan bezak berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qizil masjid esa O\u2019rdaning sharq tomonidagi hozirgi favvora o\u2019rnida bo\u2019lib, bu imorat ham pishiq g\u2019ishtdan qurilgan, atrofi esa ayvon bilan aylantirilgan. Qizil masjid deyilishining sababi binoning burun ko\u2019rinishi to\u2019q qizil rangdagi g\u2019ishtdan bo\u2019lgan. Bu masjid ham naqqoshlik va ganchkorlik san\u2019ati namunasi sifatida O\u2019rda qal\u2019asiga keluvchilarning nigohini o\u2019ziga tortib turgan. Har ikkala masjid binolarining markazida qiroatxona va namoz o\u2019qiladigan zal bo\u2019lib, atrofi hujralardan iborat bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu ikkala masjid faqatgina namoz o\u2019qiladigan va yoshlarni o\u2019qitishga xizmat qiladigan joy bo\u2019lib qolmay, balki targ\u2019ibot va tashviqot markazi ham hisoblangan. Masjid hujralarida ko\u2019plab diniy va dunyoviy, huquqiy adabiyotlar saqlangan. Demak, bu masjidlar bizningcha o\u2019sha davrlarda kutubxona va qiroatxona vazifasini ham o\u2019tagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Oq masjid va Qizil masjidlarda tashkil qilingan eski va yangi maktablaridagi mashg\u2019ulotlarni Buxoro shahridagi madrasalarda tahsil olgan Ahmad Normuhammad o\u2019g\u2019li, Ziyo qori Abdulla o\u2019g\u2019li, Nuriddin hoji Ma\u2019rufxo\u2019ja o\u2019g\u2019li, Mirza qori Mirabdulla o\u2019g\u2019li, Sobir domlalar tomonidan olib borilishi bu masjidlar shuhratining oshishiga sabab bo\u2019lgan. Yoshi ulug\u2019 kishilarning eslashlaricha, Oq masjid va Qizil masjidlarni barpo etishda Jizzax O\u2019rdasining so\u2019nggi beklari Mulla Ashubek, Muqim qozilar amaliy va moddiy yordam ko\u2019rsatganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahrida sovet hokimiyati o\u2019rnatilgach, har ikkala masjid yopib qo\u2019yiladi. O\u2019zbekiston xalq o\u2019qituvchisi Bosim Abdurahmonovning eslashicha, XX asrning 30-yillarida bir guruh jadidlar, shu jumladan, har ikkala masjid imomlari, mudarrislari hibsga olinib, temiryo\u2019l orqali \u201cqizil vagon\u201dlarda Samarqandga olib ketilayotganda Ilono\u2019tti darasida vagonlar izdan chiqib ketib, fojia yuz beradi. Fojia tufayli jizzaxlik islom ulamolaridan 30 ga yaqin kishi hayotdan ko\u2019z yumdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Sovetlar hukumati yillarida har ikkala masjid nurab, vayronaga aylanadi. Oq masjida o\u2019t tushib, yonib ketadi. So\u2019ngra har ikkala masjid g\u2019isht va yog\u2019ochlaridan foydalanib, Eski shaharda hammom qurilib, ishga tushiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayx Nuriddin hoji Ma\u2019rufxo\u2019jayev asli jizzaxlik bo\u2019lib, taxmin qilishlaricha (1850-1916) shahardagi \u201cToshkentlik\u201d mahallasida tavallud topgan. U o\u2019zining odamshavandaligi, bilimi, ma\u2019rifatparvarligi bilan el-yurt e\u2019tiborini qozongan insonlardan biri bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Padari buzrukvori Ma\u2019rufxo\u2019ja o\u2019z zamonasining badavlat, islom dinining o\u2019ta bilimdon kishilaridan bo\u2019lib, Nuriddin hoji tarbiyasiga alohida e\u2019tibor beradi. Nuriddin hoji boshlang\u2019ich ilmni o\u2019z otasi Ma\u2019sifxo\u2019jadan oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Farzandining zehni o\u2019tkirligi, ilmga tashnaligini sezgan ota Nuriddinni, Buxoro shahridagi mashhur ma\u2019rifatparvar mudarrislar tahsil berayotgan madrasalarning birida o\u2019qishi uchun imkoniyat yaratadi. Aytishlaricha, Nuriddin Buxoro madrasasida qariyb 15 yil tahsil olib, Qur\u2019oni Karimni, islom dini falsafasi, musulmonchilikning huquqlari, shariat qonunchiligi va dunyoviy fanlardan ham puxta bilim oladi. Arab, fors tillarini qunt bilan o\u2019rganadi. Balog\u2019at yoshiga to\u2019lganda Buxoro madrasasini tugatib, o\u2019zi tug\u2019ilib o\u2019sgan Jizzaxga kelai. \u201cToshkentlik\u201d mahallasidagi masjidda, eski maktablarda mudarrislik qilib, yoshlarga diniy ilmlardan tahsil beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>U Jizzaxning ko\u2019zga ko\u2019ringan ulamolari, yangi usul \u2013 jadid maktabdorlaridan Sovungarlik mahallasidagi Mulla Hasan domla, Ochil qori, mulla Egamberdi, mulla Toshpo\u2019lat domla, O\u2019ratepalik mahallasidan Mirzo Sodiq, Ziyo qori, Toshkentlik mahallasidan Muhammad qori, Sadriddin Mahsum va Komil qorilar tomonidan tashkil qilingan jadid maktablarida yoshlarga saboq beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nuriddin Ma\u2019rufxo\u2019ja bu maktablarda o\u2019quvchilarga arabiy o\u2019qish, yozish, hisob, \u201chaftiyalik\u201d va hadis ilmini o\u2019rgatadi. Yoshlarga savod o\u2019rgatish bilan birga ularni dunyoviy bilimlardan ham bahramand qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>U o\u2019zining odamoxunligi, kambag\u2019alparvarligi, xushfe\u2019lligi, islom dini ilmiga asoslangan mulohazalari bilan butun Jizzax ahlini, yangi usul maktabdorlarining e\u2019tiborini jalb qilib, yuzlab ilm toliblarini tarbiyalab, voyaga yetkazadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nuriddin Ma\u2019rufxo\u2019ja 50 yoshlarida musulmonchilikning muhim shartlaridan birini bajarish uchun \u2013 Makkayu Madinaga haj safariga boradi. Bir necha yil Saudiya Arabistonidagi shaharlar, Turkiya, Qora dengiz bo\u2019ylab sayohat qiladi. Rossiyaning janubiy hududidagi Odessa, Sochi, Kislovodsk shaharlari bilan tanishib, o\u2019z ona yurti Jizzaxga eson-omon hoji bo\u2019lib qaytib keladi. Hajdan qaytib kelgan Nuriddin hoji bo\u2019lib qaytib keladi. Hajdan qaytib kelgan Nuriddin hoji Fayzulla, Ubaydulla, Muhitdin, G\u2019ulom (xo\u2019jalar) ismli farzandlar ko\u2019radi.<\/p>\n\n\n\n<p>1898 yilda Nuriddin hoji o\u2019zining shaxsiy mablag\u2019i hisobiga qo\u2019li gul me\u2019mor-usta Ahmad Yunus Samarqandiy loyihasi va uning bevosita boshchiligida Jizzaxning Eski shahar mavzesida madrasa qurilishini boshlab yuboradi. Madrasaning qurilish ishlari 1902 yili bitkazilib, ishga tushiriladi. Madrasaning qurilishini Mirzarahim hoji o\u2019zining xumdonida pishirilgan g\u2019ishtlari bilan ta\u2019minlaydi. Jizzax ahli baholi qudrat mablag\u2019 to\u2019plab usta-mardikorlarga haftalik oziq-ovqat bilan yordam ko\u2019rsatishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Madrasa qurilishida usta O\u2019ktam, Hikmat bobo va boshqalar faol qatnashib, uning o\u2019z vaqtida ishga tushirilishiga munosib hissa qo\u2019shganlar. Madrasa eshik va derazalar Usta Olim bobo tomonidan tayyorlangan. Madrasa o\u2019qish 1912 yilgacha, ya\u2019ni podsholik hukumati buyrug\u2019i bilan madrasa yopib qo\u2019yilguniga qadar davom etadi. Buxoro, Samarqand madrasalarida tahsil olgan ulamolar talabalarga islom shariati va qonunlariga oid boshlang\u2019ich ta\u2019lim beradilar. Keksa xalq ta\u2019limi xodimi Yusuf Xolmatovning aytishicha, madrasada o\u2019sha yillari jizzaxlik Soli qori, Sa\u2019dulla hoji, hoji Yusupov, Murodxo\u2019ja Po\u2019latov, mulla Isoq Qurbonov, Mirza Said Rahimov, g\u2019allaorollik Abdusattor Mirzakarimov, Abduqodir Sangirov, Rashid Sodiqovlar tahsil olishgan. Ularga oliy toifali mudarrislar tasavvuf ilmidan, shariat (fiqh) va tariqat hamda dunyoviy fanlardan ta\u2019lim berganlar. Madrasada o\u2019zbek qizlarini o\u2019qitish va savodini chiqarish ham yo\u2019lga qo\u2019yilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bugungi kunda Jizzax shahar ko\u2019chalaridan biri ma\u2019rifatparvar Nuriddin hoji nomi bilan atalmoqda. Jizzax shahrida XIX asrning II yarmida va XX asr boshlarida maktab va madrasalar ta\u2019limida ayrim ijodiy o\u2019zgarishlar yuz berdi. Qozon shahrida chop qilingan \u201cQur\u2019oni Karim\u201d va \u201chaftiyak\u201dlar, Pokiston va Erondan turli shoirlarning tashabbusi bilan bitilgan to\u2019plam devonlari keltirila boshlandi. Biroq ko\u2019p o\u2019tmay, Turkiston general-gubernatorligi xazinasidan madrasa va maktablar uchun ajratiladigan mablag\u2019lar to\u2019xtalib qo\u2019yildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustamlakachilar Turkiston aholisini yevropacha muhitda tarbiyalashga, o\u2019lkada Yevropacha turmush tarzini o\u2019rnatishga harakat qildilar. 1880 yilda Turkistondagi mahalliy bolalarni rus bolalari bilan birgalikda o\u2019qitib, o\u2019lkadagi rus muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari uchun mahalliy millat bolalaridan tarjimonlar, ish yurituvchilar tayyorlash maqsadida rus-tuzem maktablari ochish masalasi ko\u2019tariladi. Unga Rossiya harbiy vaziri, general-adyutant graf, D.Milyutin, Maorif vaziri graf Tolstoylar rozilik berishadi. General Fon Kaufmanning izdoshi general-leytenant G.O.Rozenbax o\u2019lkada rus-tuzem maktablarini ochish loyihasini ishlab chiqishga va uni amalga oshirishga bevosita boshchilik qiladi. Toshkent, Samarqand, Kattaqo\u2019rg\u2019on shaharlarida 6 ta rus-tuzem maktablari ochiladi. 1883 yili Jizzaxning Eski shaharida ham rus-tuzem maktabi ochilib, 15 nafar talaba o\u2019qishga qabul qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu rus-tuzem maktabi hozirgi Sharof Rashidov nomli maktabning ilk negizi edi. Ma\u2019lumotlarga qaraganda, 1889 yilda maktabda 21 o\u2019quvchi tahsil olgan. Maktab uchun bino bo\u2019lmagani sababli o\u2019qish Soatboyning mehmonxonasida olib borilgan. 1889 yilning noyabrida rus-tuzem maktabi uchun 4 xonali bino quriladi. Bu shahardagi yagona oqlangan bino bo\u2019lganligi uchun xalq uni \u201cOq uy\u201d deb atay boshlagan. Bu davrda Jizzax shahrida 1 ta rus-tuzem maktabi, 11 ta eski maktabda jami 122 nafar bola o\u2019qigan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rus-tuzem maktabiga Mixail Shalitov mudirlik qilib, rus tili va adabiyotidan dars bergan. Maktabda S.I.Ananyev, N.D.Alekseyev, Buxoro madrasasini tamomlagan Mulla Ahmad Normuhammedov, Mirzo qori Mirabdulla o\u2019g\u2019li, Ismoil Mo\u2019minov, Hotam Tursunov va boshqalar o\u2019zbek tili adabiyoti, rus tili, tarix, geografiya fanlaridan dars berganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston general-gubernatori Fon Kaufman musulmon maorif shaxobchalari mustamlakachilik tartiblari va siyosatiga zid ekanligini hisobga olib, musulmon o\u2019quv yurtlari va diniy muassasalarini qaytadan ro\u2019yxatdan o\u2019tkazish, o\u2019qituvchilarni ham sinovdan o\u2019tkazib, alohida guvohnomalar olishga topshiriq beradi. Siyosiy jihatdan \u201czararli\u201d deb hisoblangan madrasalar yopib qo\u2019yiladi. General-gubernatorlik tomonidan musulmon maktablari va madrasalaridan tushgan shikoyatlarni e\u2019tiborsiz qoldirish haqida buyruq beriladi. Bu esa mahalliy madrasalar va maktablarga o\u2019zining salbiy ta\u2019sirini ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzaxda ham chorizmning mustamlakachilik davrida olib borilgan og\u2019ir zulm ostida juda katta yo\u2019qotishlar bo\u2019lishiga qaramay, mahalliy aholi o\u2019zligini, milliy qadriyatlarini, ma\u2019naviyatini, madaniyatini, urf-odatlarini va turmush tarzini saqlab qolishni ta\u2019minlashga muvaffaq bo\u2019ldilar. Mustabid tuzum sharoitida ham Jizzax xalqining erkinlikka, taraqqiyotga intilishi va istiqbolga bo\u2019lgan harakati so\u2019nmadi. Jizzaxliklaning qalbiga teran o\u2019rnashgan istiqlol va ozodlik uchun kurash tuyg\u2019usi yanada qudrati kuchga aylana bordi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Hunarmandchilik va savdo.<\/strong> XIX asrda Jizzax shahri Sangzor vohasining ma\u2019muriy markazlaridan biriga aylanib, hunarmandchilik, savdo-sotiq birmuncha taraqqiy qiladi. Shahar aholisining kundalik turmush ehtiyoji hunarmandlar tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot va tovarlar evaziga qondirilardi, aholining turmush tarzida kulollik, temirchilik, zargarlik, ko\u2019nchilik, to\u2019qimachilik hunarmandchiligi muhim mashg\u2019ulot turi hisoblanar edi. Hunarmandchilik kasbi otadan bolaga o\u2019tgan, yoshlar ustalar qo\u2019lida kasb o\u2019rganishgan. Jizzaxlik hunarmandlar tomonidan yasalgan uy-ro\u2019zg\u2019or buyumlari va madaniy mollar Qo\u2019qon, O\u2019ratepa bozorlarida ham raqobatga bardosh bergan.<\/p>\n\n\n\n<p>XVI-XIX asrlarda hunarmandchilikni rivojlantirishda kulolchilikning o\u2019ziga xos o\u2019rni bo\u2019lgan. Kulolchilik xumdonlarda kulollar tomonidan oddiy oyoq charxi yordamida soz tuproq loyidan yasalgan, sirlangan va sirlanmagan kosa-tovoqlar, payola, ko\u2019za, xum, xumcha, tuvak singari uy-ro\u2019zg\u2019or idishlari va turli-tuman bolalar o\u2019yinchoqlari pishirilib tayyorlangan va bozorlarda sotilgan. Xumdonlarda to\u2019rt tomoni teng (kvadrat) shakldagi g\u2019ishtlar ham pishirilib, masjidlar, madrasalar, turar joy binolari qurilishida ishlatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cO\u2019ratepalik\u201d, \u201cOqqo\u2019rg\u2019onlik\u201d mahallaridagi xumdonlarda o\u2019ta pishiq g\u2019ishtlar tayyorlangan. Kulol Mirzo Qayum Hasanov, usta Muhammad Allayorovlarning xususiy xumdonlarida yiliga 50-100 ming donagacha g\u2019isht pishirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharning \u201cJizzaxlik\u201d, \u201cO\u2019ratepalik\u201d, \u201cQalandarxona\u201d guzarlarida esa metallga ishlov berish muhim o\u2019rin tutgan. Temirchilik otadan bolaga meros bo\u2019lib o\u2019tgan. Temirchilik ustaxonalarida tayyorlangan asbob-uskunalar hunarmandchilikning turli sohalarini, quruvchilarni mehnat qurollari bilan, qishloq xo\u2019jaligi ishlariga doir ketmon, o\u2019roq, qaychi va chalg\u2019ilar bilan ta\u2019minlanganlar. Duradgorlarga boltalar, teshalar, arralar va boshqa ish qurollari yasab berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharda faoliyat ko\u2019rsatayotgan temirchilar keng tarmoqli va tor ixtisosli sohalarga qarab uch guruhga bo\u2019lingan. Birinchi guruhga mayda uy-ro\u2019zg\u2019or buyumlari \u2013 uy zanjirlari, taqalar, mixlar, qarmoqlar, arava o\u2019qlari tayyorlovchilar, ikkinchi guruhga suvoqchi va g\u2019isht teruvchilar, duradgorlar ishlatadigan metallardan yasalgan mehnat qurollari, chalg\u2019i, o\u2019roq yasovchilar, uchinchi guruhga esa pichoq, qaychi va arra yasovchilar kirgan. \u201cSovungarlik\u201d mahallasida aholi sovun tayyorlash bilan shug\u2019ullangan. Mahallada sovun pishiruvchilar tomonidan tayyorlangan sovun bilan sham Jizzax, G\u2019allaorol, Zomin, Forish va Baxmal volostlarining bozorlarida xaridorgir bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharda hunarmandchilikning keng tarqalgan sohalaridan yana biri xarratchilik hisoblangan. Xarratlar tomonidan ip yigiradigan charx, bolalar beshigi va belanchak, chilim va yog\u2019och laganlar ishlab chiqarish Jizzaxlik mahallasi aholisi o\u2019rtasida keng tarqalgan edi. Mahallada omoch uchun tish ishlab chiqarish ham yo\u2019lga qo\u2019yildan. Ahmadxo\u2019ja Eshonxo\u2019jayevning kichik korxonasida omoch tishi ishlab chiqarilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar o\u2019zining sandiqsozlari bilan ham mashhur bo\u2019lgan. Sandiqsozlik hunarmandchiligi \u201cO\u2019ratepalik\u201d va \u201cToshkentlik\u201d mahallarida yaxshi yo\u2019lga qo\u2019yilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharda va atrof qishloqlarda paxtani chigitdan tozalab, undan tayyorlangan toladan va jundan ip yigirish, gilam, shol, olachalar to\u2019qish, kigiz, namat bosish, chopondo\u2019zlik, kashtachilik, do\u2019ppichilik ham ommaviy hunarmandchilik turlariga aylangan. Hunarmandlar qo\u2019y va echki terilaridan po\u2019stin tayyorlashni ham yaxshi yo\u2019lga qo\u2019yishgan. Keksalarning hikoya qilishlariga qaraganda, shahardagi \u201cKo\u2019nchilik\u201d mahallasida qoramol, ot, qo\u2019y, echki terilaridan tayyorlangan etik va maxsilar, ayniqsa, bozorgir bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu buyumlar Samarqand, O\u2019ratepa, Qo\u2019qon bozorlarida ham sotilgan. Keyinchalik Turkistonda yetishtirilib Rossiyaga olib ketilgan paxtadan tayyorlangan ko\u2019plab to\u2019qimachilik mahsulotlari va boshqa mollarning Jizzax bozorlariga keltirila boshlanganligi mahalliy to\u2019quvchi hunarmandlarni kasodga uchratib, ko\u2019plarining xonavayron bo\u2019lishiga olib keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahrining O\u2019rda qal\u2019asi, atrofdagi, \u201cOqqo\u2019rg\u2019onlik\u201d, \u201cJizzaxlik\u201d, \u201cSovungarlik\u201d, \u201cToshkentlik\u201d, \u201cZargarlik\u201d va boshqa mahallalaridagi bozorlarga qo\u2019shni Turkin, Afg\u2019oniston, Eron, Pokiston va boshqa xorijiy mamlakatlarning tijoratchilari to\u2019qimachilik mahsulotlari, jun va gazlama, kiyimlar olib kelib sotishgan hamda mahalliy hunarmandlar tomonidan tayyorlangan turli xil uy-ro\u2019zg\u2019or buyumlari, Ustrushona nefriti, jun, paxta tolasidan tayyorlangan buyumlarni, zebu-ziynat, zargarlik buyumlarini, quruq mevalarni xarid qilishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1899 yili Kavkazorti temiryo\u2019l izlarining Jizzaxga kelib tutashganligi munosabati bilan Jizzaxning Xayrobod qo\u2019rg\u2019onida joylashgan bozor XIX asr oxirlarida Alovxon Eshonning chorbog\u2019iga ko\u2019chiriladi. Bozor hududida kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan savdo qiladigan savdo rastalari, do\u2019konlar, oshxona uchun binolar qurilib, bozorchilar va xaridorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Bozor qoshida qurilish materiallari, yem-xashak va o\u2019tin sotiladigan bozorcha ham faoliyat ko\u2019rsatgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar bozorlarida ma\u2019lum boylikka, mol-mulkka ega bo\u2019lgan kishilar ko\u2019tara savdo-sotiq ishlari bilan mashg\u2019ul bo\u2019lganlar. Qo\u2019shni shaharlardan kelgan savdo karvonlari Jizzax karvonsaroylarida \u201cchakanafurush attorlar\u201dga mol sotishgan. Shahar bozorlarida gilam, do\u2019ppi, chopon va boshqa iste\u2019mol mollari bilan savdo-sotiq qiladigan rastalari bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Taniqli yozuvchi Nazir Safarov o\u2019zining \u201cNavro\u2019z\u201d nomli tarixiy romanida shaharda tayyor umumiy ovqatlanish mahsulotlari bilan Beshquvur, Eski shahardagi bozorlarda savdo qilish ham yaxshi yo\u2019lga qo\u2019yilganini yozadi. Umumiy ovqatlanish maskanlari xo\u2019randalarga qulay bo\u2019lishi uchun oshxona, choyxonalar bozor atrofidan o\u2019rin olgan. Shahar novvoylari tomonidan tayyorlangan xilma-xil obi non, chalpak non, patir nonlar iste\u2019molchilarga manzur bo\u2019lganini yozib qoldirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahardagi \u201cBeshquvur\u201d, \u201cOqqo\u2019rg\u2019onlik\u201d, \u201cQalandarxona\u201d guzarlarining choyxonalari hamisha xo\u2019randalar bilan gavjum bo\u2019lgan. Choyxonalarda palov, sho\u2019rva, go\u2019ja oshi, kabob, manti, no\u2019xat sho\u2019rva, qatiqli osh tayyorlanib xo\u2019randalarga sotilgan. Shaharda novvot, nisholda, holva, kallaqand tayyorlangan bo\u2019lsa, uning bir qismi Samarqanddan ham olib kelingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax bozorlarida xo\u2019l mevalar \u2013 qovun-tarvuz, handalak, uzum, olma, nok bo\u2019lgan, quritilgan mevalardan mayiz, turli meva turshaklari sotilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperaiyasi Turkistonni bosib olgach, markaziy shaharlardagi sanoat korxonalarini muntazam ravishda Turkistonda yetishtirilgan xomashyo bilan ta\u2019minlab turish, yerosti va yerusti boyliklarini tashib ketish tadirlarini amalga oshirdi. 1880-1886 yillarda Mixaylov ko\u2019rfazidagi Krasnovodsk (hozirgi Turkmanboshi shahri)dan Marv, Chorjo\u2019ygacha, ya\u2019ni Amudaryogacha bo\u2019lgan masofada Kaspiyorti temir yo\u2019li qurilib, 1887 yili mazkur temir yo\u2019l Qoraqum sahrolardan o\u2019tkazilib, Samarqandga yetkazildi. Rossiya imperatori Nikolay II ning farmoyishi bilan 1895 yilda Samarqandni Jizzax, Xovos, Xo\u2019jand, Farg\u2019ona vodiysi va Toshkent shahri bilan tutashtiradigan temir yo\u2019l qurilishiga kishiladi. Tez orada temir yo\u2019l Jizzaxga yetib keldi va Jizzaxda temir yo\u2019l stansiyasi barpo etildi. 1899 yilda Krasnovodsk-Toshkent-Farg\u2019ona yo\u2019nalishi bo\u2019yicha poyezdlar qatnovi yo\u2019lga qo\u2019yildi. 1900-1906 yillarda Toshkent-Orenburg temir yo\u2019li qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu yo\u2019llar orqali o\u2019lkada yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari va tabiiy boyliklarni ko\u2019proq Rossiyaga tashib ketish imkoniyati yuzaga keldi. Jizzax uyezdidagi temir yo\u2019l bekatlariga Rossiya generallari Kuropatkin (Lalmikor), Milyutin (G\u2019allaorol), Obruchevo (Dashtobod), Lomakin (Zarbdor) nomlari qo\u2019yildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temir yo\u2019l qurish azob-uqubatdan iborat bo\u2019lib, asosiy ishlar qo\u2019lda bajarilar edi. Ichimlik suvi, oziq-ovqat mahsulotlari yetishmas, ishchilarga to\u2019lanadigan maosh nihoyatda kam edi. Buning ustiga temir yo\u2019l qurilishida ishlovchilarning dam olishi to\u2019g\u2019ri tashkil etilmagan, tibbiy xizmat deyarli yo\u2019lga qo\u2019yilmagan edi. Bu esa ishchilarning noroziligini kuchayishiga, tez-tez ish tashlashlar yuzaga kelishiga, temir yo\u2019l qurishdan bosh tortishga sabab bo\u2019lardi. Bu hol temir yo\u2019l qurilishida katta qiyinchiliklarning yuz berishiga olib kelardi. Jizzaxda temir yo\u2019l qurilishida, asosan, qishloq joylaridan kelgan o\u2019zbek, tojik, turkman va boshqa mahalliy millat vakillari, askarlar, Turkiston qamoqxonalarida yotgan mahbuslar ishlatiladi. Ayniqsa, Ilono\u2019tti darasidagi temir yo\u2019l qurilishida qoya toshlarni qo\u2019l kuchi yordamida kesish ishlari ancha qiyin kechgan edi. Ming-ming tonnalab tosh va tuproq uyumlari g\u2019altak arava va zambil yordamida tashilar edi. Bu ishlarni amalga oshirishda, g\u2019allaorollik, jizzaxlik O\u2019ktam poyezdchi, Mulla Korjov, Barot Polvon, Toyloq bobo singari temir yo\u2019lchilar astoydil mehnat qilishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rta Osiyoning paxta yetishtirayotgan tumanlari kabi Jizzax uyezdi ham temir yo\u2019l orqali Rossiya markaziy shaharlaridagi to\u2019qimachilik korxonalariga paxta tolasi yetkazib bera boshladi. Bu esa o\u2019lkada g\u2019alla, poliz ekinlari maydonini qisqartirishga, paxta maydonlarini kengaytirib, paxta yakka hokimligining o\u2019rnatilishiga olib keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temir yo\u2019llarning qurilishi nafaqat Jizzax, balki butun Turkistondagi shaharlarning rivojlanishiga, o\u2019sha yillari \u201cYangiqo\u2019rg\u2019on\u201d, \u201cJizzax\u201d deb nomlangan temir yo\u2019l bekatlarining tashkil topishi Jizzax aholisining, Turkistonning boshqa davlatlar, jumladan, Rossiya, Yevropa mamlakatlari bilan turli sohalardagi aloqalarini yanada o\u2019sishiga olib keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019z navbatida temir yo\u2019l qurilishi rossiyalik aholiga mansub kishilarning O\u2019rta Osiyoga va xususan, Jizzaxga ko\u2019chib kelishini jadallashtirdi, bu jarayonlar o\u2019lkadan paxta, teri, jun, sanoat xomashyosi, oziq-ovqat mahsulotlarini tashib ketishga xizmat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkistonda Amerika g\u2019o\u2019zasining iqlimlashtilishi va uning talablariga mos kelishi puldor korchalonlarning Turkistonga kelib paxtachilik bilan shug\u2019ullanishiga, paxta tozalash zavodlari qurish harakatining kuchayishiga olib keldi. 1888-1890 yillarda Farg\u2019ona, Samarqand, Kattaqo\u2019rg\u2019on, Jizzax shaharlarida paxta tozalash korxonalari barpo etildi. Jizzax shahridagi paxta tozalash zavodiga S.P.Kouzov, S.Kraftlar egalik qilishar edi. Zavodga injener L.N.Yugovich tomonidan ixtiro qilingan \u201cjin\u201d mashinalarining o\u2019rnatilishi paxtani chigitdan tozalash ish hajmining kengayishiga olib keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax uyezdida \u201cAmerika\u201d navli paxta ekilgan maydon 1884 yilda 372 desyatinani tashkil qilgan bo\u2019lsa, 1895 yilda 142527 desyatinani tashkil qildi. Jizzax xususiy paxta tozalash korxonalarida 1894 yili mahalliy nav paxtadan 3227 pud, amerika navli paxtadan 9519 pud paxta tolasi Rossiya sanoat korxonalariga jo\u2019natiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiyada kapitalistik munosabatlarning jadal rivojlanishi, to\u2019qimachilik sanoatining gurkirab o\u2019sishi Turkistonda paxta \u201cyakka hokimligi\u2019ni ta\u2019minlashga keng yo\u2019l ochib berdi. Metropoliyaning mustamlakachilikka asoslangan iqtisodiy siyosiy Turkistonni xom ashyo manbalariga va Rossiya mollari sotiladigan bozor maydoniga aylantirish uchun hamma vositalarni ishga soldi. Turkiston tabiiy boyliklarini tinimsiz tashib ketish rejasining amalga oshishidan dvoryan pomeshchiklar sinfidan tashqari, tobora kuchga to\u2019lib borayotgan Rossiya burjuaziya tabaqasi, uning to\u2019qimachilik sanoati g\u2019oyat manfaatdor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiya markazidan mo\u2019may foyda ko\u2019rish ilinjida amaldorlar, sanoatchilar, bankirlar yopirilib kela boshladilar. Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida 1867-1900 yillarda qishloq xo\u2019jaligi xom ashyosi, shu jumladan, paxtani qayta ishlaydigan 170 ta korxona ochilgan bo\u2019lsa, 10 yil davomida (1900-1910) yana 220 ta, keyingi to\u2019rt yilda (1910-1914) 180 ta korxona ishga tushirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax uyezdida 1894 yili savdogar Z.P.Kouzov shaharning Toshloq mavzesida O\u2019rta Osiyo sanoat shirkatining ruxsati bilan paxtani qayta ishlaydigan kichik paxta tozalash korxonasini quradi. Zavodga o\u2019rnatilgan jin mashinalari yordamida to\u2019qimachilik sanoati uchun qimmatli xomashyo \u2013 paxta tolasi, lint (momiq) ishlab chiqarish amalga oshiriladi. Shaharda sanoatchi capitalist S.Kraft oilasiga qarashli paxta tozalash zavodi ham faoliyat ko\u2019rsatib, dehqonlardan arzon-garovga sotib olgan paxtani chigitdan ajratib, Rossiya to\u2019qimachilik korxonalariga yuborar va shu orqali mo\u2019may daromad olar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkistonda 1867-1900 yillar mobaynida ishga tushirilgan 175 ta sanoat korxonasining ko\u2019pchiligi paxta tozalash korxonasi bo\u2019lib, yalpi sanoatning 80 foizi paxtani dastlabki qayta ishlaydigan korxonalariga to\u2019g\u2019ri kelar edi. Turkiston sanoatida paxta zavodlaridan so\u2019ng chigitdan yog\u2019 ishlab chiqariladigan korxonalar asosiy o\u2019rinni egalladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Paxtachilik sohasida babk kreditining o\u2019ziga xos shakli \u2013 yer va undan olinadigan paxta hosiliga kredit \u2013 qarz berib turish tez rivojlana boshladi. Jizzax uyezdida paxta, pilla, qorako\u2019l teri uchun kredit berish o\u2019sib bordi. Bu tadbirlar mahalliy dehqonlarni ekspluatatsiya qilishni yanada kuchaytirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahrida Sibir savdo bankining O\u2019rta Osiyo bo\u2019limi ish olib borib, katta mablag\u2019ni qo\u2019lga kiritishga muvaffaq bo\u2019ladi. U sanoat korxonalari tovarlarini sotish bilan birga paxtakorlarni kredit bilan ta\u2019minlab, katta mo\u2019may foyda olar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Paxta sotib oladigan to\u2019qimachilik kombinatlari va firmalarining Jizzaxda ish olib borayotgan Kraft va Kouzovlarga tegishli paxta tozalash zavodlari veksellariga 60-70 foiz haq to\u2019lanar edi. Dehqonlarga qarz qisqa muddatga berilar edi. Paxtafurushlar tomonidan bir botmon paxta uchun 85-100 tanga hisobida qarz to\u2019lanardi. Holbuki, bozorda bir botmon paxtaning narxi 145-150 tanga edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Banklarning krediti ko\u2019p pog\u2019onali bo\u2019lib, u paxta zavodi egalariga, to\u2019qimachilik korxonalariga, paxta yetkazib beradigan firmalarga berilar edi. Firm ava zavodlarning egalari ssudalarni paxta sotib olish bilan shug\u2019ullanadigan savdogarlarga, ular esa mahalliy millat vakillaridan chiqqan paxtafurushlardan arzon-garovga paxta sotib olib, boyishar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzaxda Rossiya mustamlakachiligi yillarida shahar sanoati yetarli rivojlanmagan bo\u2019lib, 1892 yilda Jizzax shahrida 95 ta moyjuvoz, 10 ta katta-kichik g\u2019isht xumdonlari, 7 ta sovun pishiradigan, 13 ta kulolchilik, 1 ta ko\u2019n zavodi, 31 ta etikdoz\u2019lik, 20 ta temirchilik va zargarlik, 31 ta duradgorlik, 2 ta sham tayyorlaydigan, 20 ta alacha va shoyi to\u2019qiydigan katta-kichik korxonalarda aholi kundalik ehtiyojini qondiradigan tovarlar ishlab chiqarish yo\u2019lga qo\u2019yilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax aholisining asosiy qismi qishda xonalarni sandal yordamida qizdirib, mo\u2019rili o\u2019choqdan foydalanishgan. Bu davrda gaz, elektr, ko\u2019mir rasm bo\u2019lmagani uchun uylarni isitishning asosiy manbai o\u2019tin bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax aholisi qadimdan o\u2019z hovlisini toza, saranjom-sarishta saqlashga intilgan. Avlodlarimiz go\u2019zallikka oshufta va moyil bo\u2019lganligi bois, har bir oila o\u2019z hovlisini chiroyli qilib bezash, garchi oddiy bo\u2019lsa-da, ko\u2019rimli qilishga harakat qilgan. Uylarning devorlari bo\u2019ylab to\u2019g\u2019ri burchakli yoki gumbaz shaklida bir necha taxmon, ular o\u2019rtasida esa tokchalar qilingan. Ularga ko\u2019rpa-to\u2019shaklar, uy-ro\u2019zg\u2019or buyumlari joylashtirilgan. Chiroyli ko\u2019rpacha, bolishlar sandiq ustiga taxlab qo\u2019yilgan. Umuman, Jizzax mahallalarida \u201cO\u2019z uying o\u2019lan to\u2019shaging\u201d naqliga hamisha amal qilishib, unio bod va pokiz saqlashga harakat qilishgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Turkistonning Rossiya tomonidan bosib olinishi natijasida Jizzaxga rus tabobatchiligi kirib keldi. Xususan, shaharda harbiy qismlarning ko\u2019payishi, zobit va askarlar sonining o\u2019sishi bilan 1870 yilda Jizzax uyezd boshqarmasi qaramog\u2019ida rusiyzabon aholiga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzaxda-ijtimoiy-iqtisodiy-va-madaniy-hayot\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-137874","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137874","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=137874"}],"version-history":[{"count":6,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137874\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":138006,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137874\/revisions\/138006"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=137874"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}