{"id":137877,"date":"2024-07-16T15:20:28","date_gmt":"2024-07-16T12:20:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=137877"},"modified":"2024-07-17T15:58:10","modified_gmt":"2024-07-17T12:58:10","slug":"1916-yilgi-jizzax-qozgoloni","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/1916-yilgi-jizzax-qozgoloni\/","title":{"rendered":"1916 yilgi Jizzax qo\u2019zg\u2019oloni"},"content":{"rendered":"\n<p>Rossiya imperiyasining 1914 yilda boshlangan birinchi jahon urushiga tortilishi va urushda yuz bergan muammo va qiyinchiliklar oqibatida imperator Nikolay II ning 1916 yil 25 iyunda imzolangan \u201cImperiyadagi rus bo\u2019lmagan erkak aholini harakatdagi armiya rayonida mudofaa inshootlari va harbiy aloqa yo\u2019llari qurish uchun olib boriladigan ishlarga, shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur bo\u2019lgan boshqa har qanday ishlarga jalb qilish to\u2019g\u2019risida\u201dgi farmoni e\u2019lon qilindi. Ushbu farmonda Turkiston xalqlaridan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo\u2019lgan jami 250 ming, jumladan, Samarqand hududidan 99 ming, Sirdaryo hududidan 87 ming, Farg\u2019ona hududidan 50 ming erkaklarni safarbar qilish ko\u2019rsatilgan edi. Samarqand viloyati tarkibidagi Jizzax uyezdidan 10531 erkakni front orqasidagi ishlarga mardikorlikka chaqiriladigan bo\u2019ldi. Shu jumladan, Jizzax shahridan 655 kishi, Zomin volosti bo\u2019yicha 731 kishi, Sangzor volosidan 2891 kishi, Bog\u2019don volosti bo\u2019yicha 2311 kishi front orqasidagi ishlarga mardikorlikka safarbar etilishi mo\u2019ljallangan edi. Podsho farmonining e\u2019lon qilinishi va mardikorlikka olish bo\u2019yicha tadbirlar mehnakashlar ommasinign qahru g\u2019azabi va nafratini kuchaytirib, ommaviy qo\u2019zg\u2019olonga aylanib ketishiga olib keldi. Dahshatli fojealar bilan kechgan qo\u2019zg\u2019olonlar butun Turkiston o\u2019lkasida yuz berganligi ko\u2019plab tarixiy manbalarda, shuningdek, Oybek, Abdulla Qahhor va Nazir Safarov kabi taniqli adiblarning avtobiografik asarlarida ham haqqoniy ko\u2019rsatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzaxdagi qo\u2019zg\u2019olon davomida o\u2019zining butun qalbu vujudini mehnatkash xalq baxtiga baxshida etgan Nazirxo\u2019ja Abdusalomov, Muhammad Rahim, Abdurahmon jevachi Abdujabborov, Ziyo qori Abdullayev, Mamasharif Husainov, Komi qori Bobojon o\u2019g\u2019li, Muhiddin Xo\u2019jayev va boshqa haqiqiy xalq yetakchilari yetishib chiqdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston ziyolilari boshlagan jadidchilik harakatining bir guruh peshqadam vakillari ishtirokida o\u2019tgan yig\u2019inda Rossiya imperatori Nikolay II ning 1916 yil 25 iyundagi farmonini bekor qilishni talab qildilar, aks holda butun o\u2019lkada birdaniga isyon ko\u2019tarish g\u2019oyasini ilgari surdilar. \u201cYosh buxoroliklar\u201d rahbarligidan Usmonxo\u2019ja Po\u2019latxo\u2019ja o\u2019g\u2019li, \u201cYosh xivaliklar\u201d rahbari Pahlavon Niyoz hoji, Turkiston jadidlar harakatining peshqadamlari \u2013 Mahmudxo\u2019ja Behbudiy, Munavvar qori Absurashidxon o\u2019g\u2019li, Jizzaxdan Komil qori Bobojon o\u2019g\u2019li, Qo\u2019qondan Obidjon Mahmud o\u2019g\u2019li va boshqalarning ishtirokida Samarqandda o\u2019tgan yig\u2019inda mardikor olish to\u2019g\u2019risidagi farmonga qarshi tadbirlar ishlab chiqildi. Komil qori Bobojon o\u2019g\u2019li Jizzaxga yetib kelgach, Nazirxo\u2019ja Abdusalomov, Ziyo qori Abdullayev, Muhammadrahim Abdurahimovlar bilan maslahatlashib, Turkistonning boshqa viloyatlarida ko\u2019tariladigan qo\u2019zg\u2019olon qatnashchilari bilan aloqa o\u2019rnatish uchun Nazirxo\u2019jani Toshkentga, Mulla Ibrohim bilan Mulla Davronbekni Samarqandga, Muhammadrahimni Bog\u2019donga yuboradilar. Jizzaxning boshqa volostlariga, ishonchli kishilar orqali xat jo\u2019natiladi. Ular qo\u2019zg\u2019olonchilarni joylarda kurash olib borayotgan qasoskorlar bilan birlashib harakat qilishga chaqiradilar. Biroq Turkiston general-gubernatorligi tomonidan ko\u2019rilgan tadbirlar, zo\u2019ravonlik tufayli butun o\u2019lka qo\u2019zg\u2019olonchilari birlashib harakat qila olmadilar, qo\u2019zg\u2019olon tarqoq holda, shahar, uyezd, volostlar miqyosida o\u2019tdi. Mardikorlikka ketadiganlarni ro\u2019yxatga olish jarayonida shahar va uyezdlarda, jumladan, Jizzax uyezdida amaldorlar mo\u2019may daromad olishga harakat qilishib, boylarning bolalarini pul evaziga ro\u2019yxatga kiritishmagani, aholining ayanch turmush hayoti qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tarishiga turtki bo\u2019ldi. Qo\u2019zg\u2019olon 1916 yil 4 iyul kuni Xo\u2019jandda, 9 iyul kuni Qo\u2019qon uyezdida, 11 iyul kuni Samarqand va Toshkentda, 13 iyul kuni Jizzax uyezdida ommaviy tus oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahrida boshlangan qo\u2019zg\u2019olonga Nazirxo\u2019ja Abdusalomov, Ziyo qori Abdullayev, Muhammad Xo\u2019jayev, Komil qori Bobojonov, Muhammad Ashurov, Bog\u2019donda Abdurahmon jevachi Abdujabborov, Sangzor volostida aka-uka To\u2019raqul va Eshonqul To\u2019rabekovlar, Zomin volostida Turdiboy Xudoynazarov, Karim Orziqulov kabi xalq yo\u2019lboshchilari boshchilik qildilar. Zomin volostidagi Qirq qishlog\u2019ida Karim Orziqulov boshliq olamon ellikboshilardan Norcha va Qulbeklarni o\u2019ldirishadi. Qo\u2019zg\u2019olonchilarning Turdibek Xudoynazarov boshchiligidagi 500 kishilik yana bir guruh Chuqurtaq qishloq oqsoqoli Mulla Mahkamboy, Mulla Ro\u2019ziqulovni toshbo\u2019ron qilib o\u2019ldirishadi. Zomin pristavi Sovelov qurolli qo\u2019zg\u2019olonni bostirish uchun soqchilar va tarjimoni bilan Yom volostiga kelib qo\u2019zg\u2019olon tashabbuschilaridan 7 kishini, shu jumladan, Karim Orziqulov bilan Turdibek Xudoynazarovni qo\u2019lga tushirib, soqchilar hamda Yom volosti boshqaruvchisi Mulla Fozilov bilan Zominga jo\u2019naydi. Lekin ular yo\u2019lda 800 kishilik qo\u2019zg\u2019olonchilar hujumiga duch keladi. Qo\u2019zg\u2019olonchilar qo\u2019lga olingan Karim Orziqulov bilan Turdibek Xudoynazarovlarni ozod qiladilar, pristav Sobelov esa qochib qutulishga muvaffaq bo\u2019ladi. Yom volostidagi singari qo\u2019zg\u2019olon harakatlari Yangiqo\u2019rg\u2019on, Zomin, Sangzor va boshqa volostlarda ham ro\u2019y berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1916 yilgi milliy-ozodlik harakatining eng kuchaygan nuqtasi 13 iyul kuni Jizzax qo\u2019zg\u2019oloni boshlanadi. 13 iyul kuni uyezd hokimi polkovnik Rukin Qassoblik masjidida bo\u2019lgan yig\u2019ilishda \u201cmardikorlikka olish bekor qilindi\u201d, deb xalqni aldamoqchi bo\u2019ldi. Mustamlakachi va mahalliy ma\u2019murlarning o\u2019zaro til biriktirib xalq ommasiga nisbatan zo\u2019ravonlik, do\u2019q-po\u2019pisa siyosati mehnatkashlarning nafrat-nadomatini yanada oshiradi. Qo\u2019zg\u2019olon jiddiy tus oladi. Mehnatkash xalq zulm va zo\u2019ravonlikka qarshi yoppasiga qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tarib Eski shahar bozori atrofidagi mahkamada shahar oqsoqoli Mirzayor Xudoyorxonovdan mardikorlikka olinuvchilar&nbsp; ro\u2019yxatini berishni talab qilishadi. Oqsoqol kishilarni tinchitish o\u2019rniga kurakda turmaydigan so\u2019zlar bilan haqorat qiladi. \u201cOqqo\u2019rg\u2019on\u201d mahallasida istiqomat qiluvchi qo\u2019zg\u2019olonchi Abdunazar ismli kishi Mirzayorga tashlanib, uni yerga yiqitadi. Olomon unga tashlanib mushtlab o\u2019ldiradi. Qo\u2019zg\u2019olonchilar mahkamadagi mardikorlikka olinadiganlar ro\u2019yxatini topib olib, yondirib tashlashadi va Beshquvurdagi uyezd hokimi mahkamasiga yo\u2019l olishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qahr-g\u2019azabga to\u2019lgan qo\u2019zg\u2019olonchilar Toshloq mavzesida otliq soqchilar bilan qurshab olingan uyezd hokimi polkovnik P.I.Rukin, shtabs-kapitan P.D.Zotogolov, mahalliy mirshab Komil Jumanboyev, soqchi askar Gritsenko, tilmoch Mirzahamdam Zokirjonovlar guruhiga duch kelishadi, o\u2019rtada ur-yiqit, otishma boshlandi. Qo\u2019zg\u2019olonchilar ularni o\u2019ldirishadi. To\u2019qnashuvda ko\u2019plab qo\u2019zg\u2019olonchilar ham halok bo\u2019ladilar. Qo\u2019zg\u2019olonchilarning qolgan qismi Nazirxo\u2019ja Abdusalomov boshchiligida, podpolkovnik Afanasyev boshchiligidagi jazo otryadi bilan jangga kirishadi. Afanasyev jazo otryadi qo\u2019zg\u2019olonni bostira olmay, o\u2019zlarini mudofaa qilishga o\u2019tadi. Qo\u2019zg\u2019olonchilar katta talafotlarga qaramay hujumni davom ettiradilar. Jizzax temir yo\u2019l shohbekatidagi neft zaxiralari yondiriladi, temir yo\u2019l izlari buziladi, aloqa simlari uzib tashlanadi. Obruchevo, Lomakino, Kuropatkino, Rostovtsevo temir yo\u2019l bekatlaridagi 6 ta temir yo\u2019l ko\u2019priklari buzib tashlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahrida ko\u2019tarilgan qo\u2019zg\u2019olon tez orada shahar atrofidagi Bog\u2019don, Zomin, Sangzor, Yangiqo\u2019rg\u2019on, Yom, Ravot, Qoratosh, O\u2019smat va boshqa volostlarga ham yoyiladi. Ayniqsa, Abdurahmon jevachi boshchiligidagi Bog\u2019don volostida kelgindi, mustamlakachi va mahalliy amaldorlarning mustamlakachilik zulmiga qarshi bosh ko\u2019targan bog\u2019donliklarning jasoratlari Vatan tarixida alohida o\u2019rin tutadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdurahmon jevachi bosqinchi mustamlakachilarga qarshi faqat barcha kuchlarni birlashtirib kurash olib borish orqali g\u2019alabaga erishish mumkin deb hisoblaydi. Shu maqsadda u jizzaxlik jadidlar tomonidan qo\u2019zg\u2019olonni tashkil qilish uchun yuborilgan Muhammadrahim Abdurahimov bilan maslahatlashib, aholi o\u2019rtasida targ\u2019ibot-tashviqot ishlarini uyushtiradi. Volostga qarashli qishloqlarda targ\u2019ibot ishlarini olib borish uchun Yangiqishloqqa ukasi Bobobekni, Ko\u2019lva qishlog\u2019iga Baxtiboyni, Ilonchi qishlog\u2019iga Joynoq Abdurahimov, Ziyod Soriyev va Jo\u2019ra Abdug\u2019afforovni, Yotoq qishlog\u2019iga Shakarboy Imomboyevni, Nurak qishlog\u2019iga Zulfiqor Yo\u2019ldoshevlarni safarbar qiladi. Abdurahmon jevachi Jizzax vohasida ko\u2019tarilgan barcha qo\u2019zg\u2019olonchi kuchlarni birlashtirish maqsadida Jizzax shahriga Nazirxo\u2019ja Abdusalomov huzuriga ukasi Bobobek Abdujabborovni yuboradi. Bobobek Jizzaxdan qaytib kelgach, Abdurahmon jevarchi Shotolib qishlog\u2019idan o\u2019z uyida Muhammad Rahim, Mulla Davronbek va boshqa faollar to\u2019planishib majlis o\u2019tkazishadi. Majlisda qo\u2019zg\u2019olonni tashkiliy jihatdan tayyorlash, Jizzax qo\u2019zg\u2019oloniga amaliy yordam berish, istilochi qo\u2019shinlarga birlashib kurashish va Turkiston o\u2019lkasi mustaqilligini ta\u2019minlash kabi masalalar muhokama qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>13-iyul kunining ikinchi yarmida Jizzax qo\u2019zg\u2019oloni boshlangani haqida xabar Bog\u2019donga yetib kelgach, Bog\u2019don volostida ham qo\u2019zg\u2019olon boshlanadi. Bog\u2019donda boshlangan qo\u2019zg\u2019olon butun Forish, Narvon, Sintob va boshqa qishloqlarda ham qo\u2019llab-quvvatlanadi. Bog\u2019donda boshlangan qo\u2019zg\u2019olonga Abdurahmon jevachining o\u2019g\u2019illari Mulla Dovil, Doston, Sorabek, ukasi Bobobek Abdujabborov, Yangiqishloqda Omon Ibragimov, Umar Tursunqulov, Oq buloqdan Mulla Ko\u2019liboy Jabborov, Safar otadan Avaz Iskandarov va boshqalar boshchilik qildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2019zg\u2019olonchilar Bog\u2019don volosti boshlig\u2019i \u2013 pristavi Brollani qo\u2019lga tushirish rejasini tuzgan edilar, ammo pristavning ayg\u2019oqchilari unga bu xabarni yetkazishgach, u 14 iyul kuni Bog\u2019dondan chiqib ko\u2019chmanchi chorvadorlar huzuridan panoh topadi. 14 iyul kuni Abdurahmon jevachi boshchiligidagi qo\u2019zg\u2019olonchilar mustamlakachilarning Bog\u2019don volosti mahkamasiga hujum qilib, 1950 nafar mardikorlikka olinuvchilar ro\u2019yxatini qo\u2019lga tushirib, yondirib tashlaydilar. Mahkamadagi qurol-yarog\u2019larni qo\u2019lga kiritib, mirshablar xonasini ostin-ustun qilib, barcha buyum buyumlarni sindirib tashlaydilar. Pristav aloqachisi S.N.Sibirtsevning, Jizzaxdan Bog\u2019donga jazo otryadini chaqirish to\u2019g\u2019risidagi maxfiy xatini qo\u2019lga tushiradilar. Qo\u2019zg\u2019olonchilar Sibirtsevni o\u2019ldiradilar, mahkamaning boshqa xodimlari hibsga olinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sangzor, Bog\u2019don, Zomin volostlaridan 3 mingdan ko\u2019proq qo\u2019zg\u2019olonchilar Jizzax tomon yo\u2019l oladi. Podpolkovnik Afanasye qo\u2019mondonlik qilgan jazo otryadi qo\u2019zg\u2019olonni bostira olmaydi. Turkiston general-gubernatorligi Jizzaxga qo\u2019shimcha ravishda polkovnik Ivanov boshchiligida 13 rota askar, 3 rota kazak jangari, otryasi, 3 rota sapyorlar, 6 ta to\u2019pli batareya \u2013 hammasi bo\u2019lib 2,5 ming kishilik jazo otryadini yuboradi. 1916 yil 21 iyulda Abdurahmon jevachi boshchiligidagi qo\u2019zg\u2019olonchilar Jizzax tomon yuradi. O\u2019sha kuni Jizzaxning g\u2019arb tomonidagi Qili nomli manzilgohda Afanasyev qo\u2019shinlariga qarshi jangga kiradi va uni chekinishga majbur qiladi. Afanasev qo\u2019shinlari yengilish arafasida polkovnik Ivanov boshchiligidagi katta harbiy qo\u2019shin yetib keladi. Ayovsiz jangda qo\u2019zg\u2019olonchilar yengiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1916 yil 21 iyulda Qili yonida bo\u2019lgan jangda qo\u2019zg\u2019olonchilar yengilgach, jazo otryadi boshlig\u2019i polkovnik Ivanovning Bog\u2019donda qo\u2019zg\u2019olonda qatnashgan kishilardan o\u2019ch olish, ularning mol-mulkini, yerlarini tortib olish haqidagi taklifiga binoan Rossiya imperiyasi hukumati tomonidan davlat maslahatchisi Papenguta raisligida maxsus komissiya tuziladi. Qo\u2019zg\u2019olonchilarga boshchilik qilgan Nazirxo\u2019ja, Muhammadrahim, Komil qori, Ziyo qori, Abdurahmon jevachi, Nuriddin hoji va boshqalarga qarashli 1810 desyatina eng hosildor yerlar tortib olinib, rus amaldorlariga bo\u2019lib beriladi. Mingdan ortiq qo\u2019zg\u2019olonchi qamoqqa olinib, ularning ko\u2019pi qatl etiladi. Qo\u2019zg\u2019olonchilarni ayovsiz jazolashdagi \u201cqahramonlik\u201dlari evaziga polkovnik P.Ivanovga general unvoni beriladi va Farg\u2019ona viloyati harbiy gubernatori lavozimiga ko\u2019tariladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1916 yilgi Jizzax qo\u2019zg\u2019oloni qurol kuchi bilan bostirilgach, barcha Jizzaxlik jadidlar qo\u2019lga olinadi. S.Afanasyev, P.Ivanov boshchiligidagi insoniylik qiyofasini yo\u2019qotgan jazo otryadi tomonidan Yangiqishloq, Ilonchi, To\u2019qay, Yom, Yotoq, Nurak, Qoratosh, Anamuna, Sarimsoq, Sharilloq, Safar ota, Majrum va boshqa o\u2019nlab qishloq va ovullarga batamom o\u2019t qo\u2019yib kulini ko\u2019kka sovuradilar. Yuzlab kishilar qo\u2019zg\u2019olonga qatnashishi yoki qatnashmaganligidan qat\u2019i nazar qamoqqa olinib, so\u2019roqsiz otib tashlanadi, osiladi, Sibirga surgun qilinadi. Bog\u2019don qo\u2019zg\u2019oloni rahbari Abdurahmon jevachi va uning safdoshlari Jizzaxning Qo\u2019tirbuloq mavzesida harbiy dala sudining hukmi bilan osib o\u2019ldiriladi. Jadialar harakatinign rahnamolaridan biri Komil qorining farzandlari, nabiralari hozirgi paytda o\u2019zlarining halol mehnatlari bilan ota-bobolari ruhini shod etmoqdalar. Boboning to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li Mamajon Komilov Sankt-Peterburgdagi moliya texnikumini, Toshkent xalq xo\u2019jaligi institutini tugatgach, Jizzax tumanidagi moliya bo\u2019limida rahbarlik lavozimida mehnat qilib, xalq hurmatiga sazovor bo\u2019ldi. Nabiralaridan To\u2019lqin Mamajonov (marhum) tibbiyot fanlari dokori, professor, Samarqand tibbiyot institutida kafedra mudiri, Bahrom Mamajonov fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent, Jizzax davlat pedagogika instituti rektorining o\u2019quv ishlari bo\u2019yicha muovini, Olimjon Azimov tarix fanlari nomzodi, professor, uzoq yillar Samarqand shahar Ijroiya qo\u2019mitasi raisi lavozimida mehnat qilgan. Kamoljon Azimov esa Jizzax tumanidagi Navoiy nomli jamoa xo\u2019jaligiga raislik qilib, Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Jazo otryadi dastlab qo\u2019zg\u2019olon tashkilotchilarining ko\u2019plarini qo\u2019lga tushira olmadi. Chunki ular bir muddat Forishning Nurota tog\u2019larida yashirinib yurdilar. Jazavaga tushgan rus amaldorlari qo\u2019zg\u2019olon tashkilotchilarining yaqinlari, qarindosh-urug\u2019lari boshiga og\u2019ir kulfat soldilar. Ba\u2019zilarini, hatto o\u2019ldirib yubordilar. Jumladan, Muhammadrahim Abdurahimovning ukasi Isoqul Abdurahimovni Samarqand qamoqxonasida 6 oy qiynoqqa soladilar. Shundan so\u2019ng \u201co\u2019g\u2019lingni topib bermasang, seni ajal kutyapti\u201d, deb, Muhammadrahimning otasi Abdurahim domlaga dag\u2019dag\u2019a qiladilar. Uzoqdan bo\u2019lsa-da, bu gaplardan xabardor bo\u2019lib yurgan Muhammadrahim shundan so\u2019ng ixtiyoriy ravishda o\u2019zini podsho harbiylari qo\u2019liga topshiradi. Uning uchun bundan boshqa yo\u2019l yo\u2019q edi. Muhammadrahim Abdurahimov rus podsholigining eng qattol dushmanlaridan biri sifatida harbiy dala sudining hukmi bilan shoshilinch dorga tortiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jazo otryadi Baxmal, G\u2019allaorol, Forish tumanlarida qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tagan kishilardan ayovsiz o\u2019ch oldi. Podpolkovnik Vodopyanov Sangzor volostida ko\u2019tarilgan qo\u2019zg\u2019olonchilarni bostirishga bevosita boshchilik qilib, Oldoshmon, Boyqo\u2019ng\u2019ir, Beklar, O\u2019smat qishloqlaridagi uy-joylarga o\u2019t qo\u2019ydirdi, qo\u2019zg\u2019olonchi deb gumon qilingan kishilarni tergovsiz, so\u2019roqsiz otib tashladi. Jazo otryadi Sangzor volostida qo\u2019zg\u2019olonga boshchilik qilgan To\u2019raqul qozi Turadbekovni izlab, yuzlab kishilarni hibsga oladi va qozini tutib berishni talab qiladi. Afanasyev agar To\u2019raqul qozini tutib jazo otryadiga topshirilmasa, qishloq ahli yoshu qari demay, yoppasiga qirg\u2019in qilinishini uqtirib, do\u2019q-po\u2019pisa qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ilojsiz qolgan Qo\u2019zi hoji jazo otryadini Beklar qishlog\u2019iga boshlab borishga majbur bo\u2019ladi. To\u2019raqul qozi bilan urug\u2019dosh, quda-anda bo\u2019lgani uchun afsus-nadomat chekib borayotgan Qo\u2019zi hoji Sovuqbuloq qishlog\u2019iga yetay deganda askarlardan namoz o\u2019qib olishga izn so\u2019rab, ibodat qilishga kirishadi. Uning hadeganda namozdan bosh ko\u2019taravermaganidan shubhalangan askarlar sajdaga bosh qo\u2019ygan Qo\u2019zi hojini otib tashlaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>25 iyul kuni tonga To\u2019raqul qozi butun bir qishloqni qurbon qilmaslik uchun jazo otryadiga bo\u2019yin egib keladi. Bu haqdagi xabar butun Sangzor volosti qishloqlari aholisi o\u2019rtasida hayratomuz tez tarqaldi. Jazo otryadi To\u2019raqul va Eshonqul Turadbekovlar, Rustam Dungaboyev, Aliqul Jo\u2019rayev singari 130 ga yaqin qo\u2019zg\u2019olonchini hibsga olib, Jizzax turmasiga qamashadi. 1916 yil 24 noyabrda general-leytenant Ignatyevich, harbiy prokuror Perepilovskiy ishtirokidagi harbiy dala sudi hukmi bilan yuqorida nomlari zikr etilgan qo\u2019zg\u2019olonchilar bilan birgalikda qo\u2019llariga qurol olib hokimiyatga qarshi bosh ko\u2019targan 24 nafar sangzorlik qo\u2019zg\u2019olonchi osishga hukm etilib, 97 kishi turli muddatlarga Sibirga surgun qilinadi. Otishga hukm qilinganlar haqidagi hukm Samarqand shahrida ijro etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzaxdagi jadidchilik harakati va qo\u2019zg\u2019olonning faol qatnashchilari: Ziyo qori Abdullayev, Komil qori Bobojonov, Nazirxo\u2019ja Abdusalomov va Nuriddin hoji Ma\u2019rufxo\u2019jayevlar ham dala harbiy sudining hukmi bilan qatl etiladi. Nuriddin hoji nabiralari Nazira Nabixo\u2019jayeva, Tamara Hodiyeva sobiq Ittifoq yillarida bobosining nomini abadiylashtirish borasida bir umr harakat qilishadi. Mustaqillik tufayli ularning istaklari ijobat bo\u2019lib, ular istiqomat qilayotgan ko\u2019cha bobolari Nuriddin hoji nomi bilan atalmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Jazo otryadi zulmiga qarshi qalbi qasos olishga to\u2019lib-toshgan o\u2019g\u2019lonlar orasida Jizzax shahridagi \u201cXo\u2019jalik\u201d mahallasida tavallud topgan jasur yigit Muhammadxo\u2019ja Hamroyev ham bor edi. Bu qo\u2019zg\u2019olonchi haqidagi asl haqiqat bilan istiqlol va mustaqillikdan keyingina tanishishga musharraf bo\u2019lindi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanaverib, sarg\u2019ayib ketgan hujjatda bayon qilinishicha, 30 bahorni qarshilagan Muhammadxo\u2019ja Hamroyev qo\u2019zg\u2019olonda faol qatnashib, jazo otryadi bilan yuzma-yuz keladi, bosqinchilar zobitini o\u2019ldirib, shaharning goh u yerida, goh bu yerida yovga zarba berishda do\u2019stlariga bosh-qosh bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jazo otryadi qo\u2019lga tushmas qasoskor orqasidan poyloqchi qo\u2019yadi, bu ishda mahalliy sotqinlardan ham ustalik bilan foydalanadi. M.Hamroyev shaharda ko\u2019p qo\u2019zg\u2019olonchilarni qo\u2019lga olish va ularni otib tashlashda faol qatnashgan shahar politsiya jallodi Pavel Vaulinni otib tashlash uchun payt poylaydi va nihoyat 1916 yil 1 avgust kuni kallakesarni otmoqchi bo\u2019lib, to\u2019pponchasini qo\u2019lga olayotgan bir paytda hibsga olinib, shahar qamoqxonasiga keltiriladi. Harbiy prokuratura tergovchilari kunu-tun inson bolasi chidab bo\u2019lmaydigan darajadagi qiynoqlar bilan tergov ishlari olib boradilar. Biroq Muhammadxo\u2019ja do\u2019stlarini sotmaydi, uni qanchalik qiynoqqa solishmasin, biror-bir ma\u2019lumot ololmaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Polkovnik Fleyzer raisligida harbiy dala sudi Hamroyev Muhammadxo\u2019janing ishi yuzasidan quyidagi hukmni e\u2019lon qiladi: \u201cJizzax shahar fuqarosi Muhammadxo\u2019ja Hamroyev barcha huquqlardan mahrum qilinib, eng oliy jazo \u2013 osib o\u2019ldirishga hukm qilinsin. Hukm ushbu kundan kuchga kiradi va uni ijro etish Jizzax jazo otryadi boshlig\u2019iga topshirilsin!\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Istiqlol uchun fidoyi kurashchi Muhammadxo\u2019ja 1916 yil 20 avgust kuni O\u2019rdada osib o\u2019ldiriladi. Uning xotini homilador edi. Muhammadxo\u2019ja o\u2019limi oldidan turmush o\u2019rtog\u2019i Muharramoyga o\u2019g\u2019il ko\u2019rsang O\u2019rinboy, qiz ko\u2019rsang O\u2019rinoy deb ism qo\u2019y deb vasiyat qiladi. Muhammadxo\u2019janing vasiyati ijobat bo\u2019lib, u qiz ko\u2019radi. Qiziga O\u2019rinoy deb ism qo\u2019yadi. O\u2019rinoy momo 86 yoshigacha shahardagi \u201cMadaniyat\u201d mahallasida istiqomat qilib, vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2019zg\u2019olonchilar ustidan chiqarilgan hukmni ijro qilish uchun Jizzax bozorida (Eski shahardagi ilgarigi bozor bo\u2019lsa kerak) dor o\u2019rnatiladi. Shahar aholisini to\u2019plab, \u201cIsyon ko\u2019targanlarning qismati shunday bo\u2019ladi\u201d, deb ko\u2019z-ko\u2019z qilib, qo\u2019zg\u2019olonchilar dorga osiladi. Ularning jasadi ham berilmay, yarim tunda allaqayerga olib borib dafn etiladi. Qo\u2019zg\u2019olonchilar dafn qilingan joy haligacha aniqlanmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston o\u2019lka harbiy prokurori, okrug harbiy dala sudining hukmida bayon qilingan aybnomada esa ushbu satrlarni o\u2019qish mumkin: \u201cQo\u2019zg\u2019olonchilar 13 va 25 iyulda harbiy holat qoidalarini buzgan holda front orqasidagi ishlarga, mardikorlikka olish haqidagi podshoning 1916 yil 25 iyundagi farmoniga qarshi to\u2019pponcha, tayoq, bolta, tosh, qilich bilan qurollanib, Jizzax shahar mahkamasi jazo otryadi askarlari bilan qurolli to\u2019qnashuvlarda qatnashadilar. Ular Jizzax uyezdini Rossiyadan ajratib olib, mustaqil musulmon davlatini tuzish, kelgindilarni Vatan tuprog\u2019idan quvib chiqarish uchun harbiy qismlarga, harbiy chinovniklarga, uyezd mahkamasiga, temir yo\u2019l xizmatchilarga hukm qiladilar. Jizzax temir yo\u2019l bekatini egallab olib, temir yo\u2019l izlarini buzdilar, ko\u2019priklarni, temir yo\u2019l kazarmalarini qo\u2019lga kiritdilar. Jizzax shahridagi neft mahsulotlari saqlanadigan joy o\u2019t qo\u2019ydilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Arxivda saqlanaverib, sarg\u2019ayib ketgan bu hujjatlarni o\u2019qib, jazo otryadi, harbiy dala sudi, tergovchilarning qatag\u2019onliklari oqibatida qamoqxonalarda jon bergan mahbuslarning nolasi ko\u2019z oldingizda namoyon bo\u2019ladi, qalbingizga titroq kiradi. Samarqand viloyat harbiy gubernatori general Yerofeyevning Jizzax shahar pristaviga yuborgan 1916 yil 26 iyuldagi shoshilinchnomasida qo\u2019zg\u2019olon ishtirokchilari ro\u2019yxatini va hujjatlarini darhol yuborish so\u2019raladi. Bu ro\u2019yxatda ko\u2019rsatilgan isyonkorlarning ko\u2019pchiligi harbiy dala sudining hukmi bilan osilgan, Sibirga surgun qilingan. Ko\u2019plari Vatanga qaytib kelmay, jasadlari uzoq shimol muzliklari ostida qolib ketgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston harbiy okrugi qo\u2019shinlari qo\u2019mondoni, general-mayyor A.Kuropatkinning 1816 yil 9 sentabrdagi buyrug\u2019ida bayon qilinishicha, harbiy dala sudining hukmi bilan Jizzax uyezdi fuqarolaridan Ismat To\u2019raboyev, Ismoil bobo Ro\u2019zimuhammedov, Komil qori Bobojonov, Muxtarxon Eshonqulov, Umir Rizamatov, Xolmat Avazov, Abdukarim Muhammadrahimov, Asadullo Abdullayev, Mulla hakim G\u2019oziboyev, Mamarasul Mamarajabov, Nosirmahsum Yo\u2019ldoshev, Muhammadrasul Mirzaboyev, Sultonmurod Muxtorxonov, Muhammadkarim Ortiqboyev, Fayziqul Rajabboyevlar osib o\u2019ldirilganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, buyruqda xalq ozodlik kurashida faol qatnashgan 65 nafar hamyurtlarimiz ham harbiy dala sudining hukmi bilan osib o\u2019ldirishga qaror qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston general-gubernatori imperatorga bergan mutlaqo maxfiy axborotida qo\u2019zg\u2019olon paytida 97 rus askari o\u2019ldirilib, 86 askar yarador bo\u2019lgani va 76 askar bedarak ketgani, 7 rus amaldori halok bo\u2019lgani, rus aholisidan 2326 kishi o\u2019ldirilib, 1384 kishi bedarak yo\u2019qolganini xabar qiladi. Ammo general-gubernator Turkistonda ko\u2019rgan o\u2019z talafotlarini aniq yozgani holda, vahshiyona o\u2019ldirilgan minglab mahalliy aholi hisobini bermaydi. Asli \u201cMardikorlar qo\u2019zg\u2019oloni\u201d deb atalmish 1916 yildagi Turkiston milliy-ozodlik qo\u2019zg\u2019olonida qurbonlar nihoyatda katta bo\u2019lgan, yuz minglab kishilar halok bo\u2019lgan edi. Jazo otryadi tomonidan Turkiston aholisidan 673 ming kishi o\u2019ldirilgan, 300 mingdan ortiq kishi xorijga chiqib ketgan, 1 million kishining mol-mulki talon-taroj qilingan, aholidan otlarning 50 foizi, sigirlarning 29, tuyalarning 55, qo\u2019y va echkilarning 50 foizi nobud bo\u2019lgan va musodara qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkistonda, jumladan, Jizzax uyezdida qo\u2019zg\u2019olonni jazo otryadi tomonidan vahshiyona bostirilishi chog\u2019ida yuz berayotgan adolatsizliklar beboshliklarni tugatish, bu voqealarga jamoatchilikning e\u2019tiborini jalb etish maqsadida o\u2019sha davning o\u2019qimishli va xalq orasida e\u2019tiborga ega bo\u2019lgan kishilar \u2013 Rossiya davlat Dumasiga borib, xalq nomidan murojaat etadilar. Ular Turkiston aholisini mardikorlikka safarbarlikdan ozod etishni, o\u2019lkadagi ayanchli ahvol va musulmonlar hayoti bilan tanishish uchun vakil yuborishni so\u2019raydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston o\u2019lkasi vakillarining Petrogradga davlat Dumasiga qilgan tashriflaridan so\u2019ng 1916 yil 18 avgustda Duma a\u2019zolari Qutlug\u2019muhammad Botigareyev-Tevkelev va Aleksandr Fedorovich Kerenskiylar Turkistonga tashrif buyuradilar. Ular ahvol bilan tanishish maqsadida 1916 yil voqealari eng keskin tus olgan Jizzax shahrida ham bo\u2019ladilar. Duma a\u2019zolari 10 kun mobaynida Samarqand, Andijon, Qo\u2019qon, Jizzax va Toshkentda bo\u2019lib aholi bilan suhbatlashadilar. Suhbat qo\u2019zg\u2019olon sabablari, Oliy Farmonni amalga oshirish, g\u2019alayonlarni bostirish jarayonida podsho ma\u2019muriyati va quyi mahalliy ma\u2019murlarning yurgizgan siyosati haqida borganligi Duma kengashida so\u2019zlangan nutqlardan ma\u2019lum. Aholi iltimosiga ko\u2019ra 1916 yil voqealari Turkistonda bo\u2019lib qaytgan A.F.Kerenskiyning nutqi tinglanib, o\u2019lkada yuz bergan voqealarning sabab va oqibatlari, musulmonlarning ijtimoiy ahvoli muhokama qilinadi. A.F.Kerenskiy boshliq 31 nafar davlat Dumasi a\u2019zolari tomonidan, Ministrlar Kengashi raisi, Harbiy, Ichki ishlar va Adliya vazirligiga yozilgan murojaatnomada 1916 yilning iyul oyida Turkistonda bo\u2019lib o\u2019tgan dahshatli voqealarni tasvirlab \u201cKo\u2019p ming tuzemetslar\u201d, jinsi, yoshi farqlanmay jazo ekspeditsiyalari tomonidan yo\u2019q qilib yuborilganligi, minglab aholi o\u2019ldirilganligi, Samarqand viloyati, Jizzax uyezdida, Jizzax shahrida, Bog\u2019don, Sangzor volostlarida jazo otryadi aholining butun mol-mulki tortib olingani kabi dahshatli voqealar ochiq-oydin yoritilib beriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Duma majlisida Dumaning musulmonlar fraksiyasi raisi Qutlug\u2019muhammad Botirgareyev-Tevkelev bilan Turkiston qo\u2019zg\u2019oloni sabablarini o\u2019rgangan A.F.Kerenskiy boshqa urush o\u2019choqlari qatori Turkistonda ham yangi front yuzaga kelganidan shikoyat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Duma Kengashining yozma (stenografik) usuldagi hisobotida qayd etilishicha, Kengash ishtirokchilari so\u2019zga chiqqan deputatlar qayd etgan ma\u2019lumotlardan larzaga kelganlar, qo\u2019zg\u2019olonni bostirish chog\u2019ida hukumat va ma\u2019muriyat yo\u2019l qo\u2019ygan vahshiyliklarni keskin qoralaganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Keksalarning aytishlaricha, qo\u2019zg\u2019olonchilar osib o\u2019ldirilgandan keyin harbiy mahkama maxsus ekspertizadan o\u2019tkazish uchun murdalar Samarqand shahriga olib keilgani haqida taxminlar bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Hamyurtlarimiz dafn etilgan joyni aniqlash uchun juda ko\u2019p kishilar bilan muloqotda bo\u2019ldik. 1996 yil iyun oyida \u201cJizzax ovozi\u201d gazetasiga ushbu qonli voqea haqida maqola yozganimizni eshitgan, Jizzax davlat pedagogika institutining o\u2019quv ishlari bo\u2019yicha rektor o\u2019rinbosari, fizika-matematika fanlari nomzo, dotsent Bahrom Mamajonov o\u2019zining qo\u2019zg\u2019olonda qatnashgani uchun osib o\u2019ldirilgan Komil qori Bobojon o\u2019g\u2019lining nabirasi ekanligini aytib, Samarqand shahrida qo\u2019zg\u2019olonchilar dafn qilingan joy haqida gapirib berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>-Xohlasangiz, Samarqand tibbiyot nstitutida kafedra mudiri bo\u2019lib ishlayotgan akam, tibbiyot fanlari doktori, professor To\u2019lqin Mamajonovning uy manzilini beraman. U kishi o\u2019sha vatanparvar kishilar dafn qilingan joyni ko\u2019rsatadi, &#8211; deb qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu xushxabardan mamnun bo\u2019lib, ertasigayoq qo\u2019zg\u2019olonda qatnashgani uchun harbiy dala sudining hukmi bilan osib o\u2019ldirilgan Ismoil Ro\u2019zimuhamedovning nabirasi Narziqul Ergashev bilan Samarqandga yo\u2019l oldik. Professor To\u2019lqin Mamajonov bizni \u201cMusofir mozor\u201d nomi bilan ataib kelinayotgan qadamjoga boshlab bordi. Bu qadamjo mustaqillikka erishilgandan keyin \u201cBog\u2019ishamol\u201d mahalla qo\u2019mitasi va choy qadoqlash fabrikasi rahbariyati rahnamoligida qayta ta\u2019mirlanib, obodonlashtirilibdi. Payg\u2019ambar avlodidan bo\u2019lgan Saidmuso ibn Said Murtoza qabristoni ham ta\u2019mirlanib, masjid qurilib, ziyoratgohga aylantirilibdi. Ziyoratgoh imom xatiblari Hasan aka Xoliqov bilan Mirzo Abulqosimovlar bizga quyidagilarni hikoya qilib berdilar:<\/p>\n\n\n\n<p>-Mana bu dahmalar 1916 yili Jizzax qo\u2019zg\u2019olonida qatnashgan 9 nafar mard inson ko\u2019milgan joy hisoblanadi. Bizlarga marhum oamiz Mirza Habibov hikoya qilishlaricha, 1916 yili kuz oylarida yarim tunda boshlariga xalta kiygizilgan bir necha kishining murdalari keltirilib, mirshablar ularning tongga qadar ko\u2019milishi lozimligi, bu ish aholidan sir saqlanishi kerakligi to\u2019g\u2019risida ko\u2019rsatma berishadi..<\/p>\n\n\n\n<p>Haqiqatan ham murdalar o\u2019z kiyimlari va oq matodan tikilgan bosh kiyimida bo\u2019lgan. Keksalar savob uchun bo\u2019yra ustida yuvib, kafanlab, so\u2019ngra musulmon udumiga ko\u2019ra tilovat qilib ko\u2019mishgan. Mirshablar keksalarga bu ishni sir saqlashni uqtirishib, aga bu sir fosh bo\u2019lsa jazolanishlari haqida tilxat olishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu qahramonlar ko\u2019milgan joy 1980 yillargacha sir saqlanib, hatto ziyoratgoh imomlarining Jizzax shahar partiya qo\u2019mitasidan qo\u2019zg\u2019olonchilarning ism-shariflarini aniqlashga yordam berish haqidagi iltimoslari ham oqibatsiz qoldiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yurtimiz istiqlolga erishgandan keyin unutilib ketgan tariximiz, mustaqillik uchun jon fido qilgan vatandoshlarimizning pok nomlari qayta tiklanmoqda. Biz ham Mirzo Abulqosimov hikoyasida keltirgan 9 kishining ismi sharifini aniqlashga harakat qildik. Shu asnoda hamkasbimiz, Samarqand davlat universiteti kafedra mudiri, tarix fanlari doktori, professor Sh.Pirimqulov o\u2019z arxivida saqlanayotgan Jizzax qo\u2019zg\u2019oloni ishtirokchisi, o\u2019sha davrda harbiy dala sudining hukmi bilan osib o\u2019ldirilgan Bobobek Abdujabborovning Samarqand turmaxonasida 1917 yil 1 fevralda tushirilgan suratini bizga taqdim qildi. Bizningcha o\u2019sha yili mazkur turmaxonada yotgan qo\u2019zg\u2019olonchilar biz izlagan 9 kishi \u2013 Komil qori Bobojon o\u2019g\u2019li, Ismoil bobo, Ro\u2019zimuhammad o\u2019g\u2019li, Nuriddin hoji Ma\u2019rufxo\u2019ja o\u2019g\u2019li, Muhammad Rahim, Abdurahmon jevachi, Ziyo qori Abdullo o\u2019g\u2019li va boshqalarning murdalari bo\u2019lishi mumkin, degan xulosaga keldik. Jizzax qo\u2019zg\u2019olonida ishtirok etib halok bo\u2019lgan va murdalari o\u2019z tug\u2019ilgan yeriga sig\u2019may, Samarqandga keltirilib dafn etilgan mana shu qadamjoga ular uchun yodgorlik toshi o\u2019rnatilsa maqsadga muvofiq bo\u2019lar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuni afsus bilan aytish o\u2019rinliki, 1916 yilgi Jizzax voqealari to\u2019g\u2019risida Rossiya imperiyasi tasarrufida Turkiston general-gubernatorligi ma\u2019murlari va jazo otryadi qo\u2019mondonlarining axborotlarida qo\u2019zg\u2019olonga noxolisona yondashib, bu kurashni ruslarga qarshi \u201cg\u2019azovot\u201d, \u201cfanatiklar harakati\u201d deb noto\u2019g\u2019ri baho berishgan. Qariyb 70 yil mobaynida Davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlar \u201cmaxfiy\u201d deb atalib, tadqiqotchilardan sir saqlab kelindi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Respublikasi mustaqilligi e\u2019lon qilingandan keyin tarix haqiqatini ro\u2019yobga chiqarish, tarixiy voqealar va hodisalar qanday kechgan bo\u2019lsa, shundayligicha bayon etish imkoniyati tug\u2019ildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1917 yil fevral burjua-demokratik inqilobi arafasida Jizzaxda ham murakkab bir ijtimoiy-siyosiy vaziyat yuzaga kelgan edi. Jizzaxda yashayotgan xalq ommasi og\u2019ir ijtimoiy va milliy mustamlakachilik zulmini o\u2019z bo\u2019yinlaridan uloqtirib tashlasha harakatiga otlangan edilar. 1916 yili Jizzax shahrida ko\u2019tarilgan milliy-ozodlik qo\u2019zg\u2019oloni mintaqah katta siyosiy voqealar arafasida turganligini ko\u2019rsatdi. Biroq, xalq ommasining erk uchun, ozodlik va milliy istiqlol uchun olib borayotgan kurashiga boshchilik qilishni eplay oladigan siyosiy kuch \u2013 tashkilot hali yo\u2019qligi milliy ozodlik harakatining yengilishiga olib keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>1917 yil fevralda Petrogradda ko\u2019tarilgan ishchi va askarlar qo\u2019zg\u2019oloni natijasida podsho hokimiyati ag\u2019darildi, podsho va uning ministrlari, harbiy ma\u2019murlari qamoqqa olindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Podsho hokimiyatining ag\u2019darilgani, Muvaqqat hukumatning tuzilganligi haqidagi xabar butun Turkistonga, jumldan, Jizzaxga ham yetib keldi. Turkiston general-gubernatori Kuropatkin va uning yordamchilari qamoqqa olindi. Shaharlarda, jumladan, Jizzaxda ishchi, dehqon va askarlar Kengashi va Muvaqqat hukumatning ijroiya qo\u2019mitalari tuzildi. Shuningdek, Toshkent shahrida musulmon aholi manfaatini ifoda etuvchi \u201cSho\u2019roi Islom\u201d markaziy tashkiloti, shaharlarda, jumladan, Jizzaxda \u201cSho\u2019roi Islom\u201dning bo\u2019limlari tashkil topdi, ularga jadidlar rahnamolik qildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1917 yil fevral inqilobidan keyin O\u2019rta Osiyoda bo\u2019lgani kabi Jizzaxda ham jadidlarning o\u2019z maqsad va istaklarini amalga oshirish uchun sharoit yaratildi va bu harakat o\u2019zining yangi bosqichiga qadam qo\u2019ydi. Jizzax xalqining sobitqadam rahnamolaridan bo\u2019lgan Komil qori Bobojon o\u2019g\u2019li va boshqa jadidlar, ruhoniyat arboblari o\u2019z sa\u2019y-harakatlarida faqat mahalliy, hududiy manfaatlar, qiziqishlar bilan cheklanib qolmay, shu bilan birga boshqa mintaqalardagi musulmonlar ommasi, ularnin ilg\u2019or vakillari bo\u2019lgan Toshkent sho\u2019basining rahbari Munavvar qori, Samarqand sho\u2019basining rahbari Mahmudxo\u2019ja Behbudiy, Farg\u2019ona sho\u2019basini boshqargan Nosirxon To\u2019ra, Kamolxon To\u2019ralar bilan aloqa bog\u2019lab ish olib bordilar. Jizzaxlik jadidlar mamlakat boshqaruvida musulmon aholisi vakillarining qatnashishini ta\u2019minlash, aholini ozodlik va mustaqillik sari harakatlantirish yo\u2019lini muvofiqlashtirish borasida ham bir qator ishlarni amalga oshirishga bosh-qosh bo\u2019ldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiyada 1917 yil fevral burjua-demokratik inqilobi g\u2019alabasidan so\u2019ng Jizzax shahrida ham inqilobiy harakat kuchaydi. Chunki Jizzax shahridagi rus ishchilari va harbiylari orasida ham Rossiya hukumati siyosatidan norozi bo\u2019lganliklari uchun jazo sifatida Turkistonga yuborilgan ishchilar, askarlar, zobitlar, savdogarlar va boshqa toifadagi kishilar anchagina edi. Rossiyada amalga oshirilgan inqilobdan so\u2019ng harbiy qismlarda, shahardagi sanoat korxonalarida, muassasalarda 1917 yil fevral voqealari munosabati bilan mitinglar bo\u2019lib, ishchilar, hunarmandlar inqilob g\u2019alabasini qo\u2019llab-quvvatladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1917 yilning 20-21 mart kunlari Jizzax shahri garnizoni askar va zobitlari deputatlarining qo\u2019shma yig\u2019ilishia shahardagi Muvaqqat hukumatning ijroiya qo\u2019mitasiga nisbatan norozilik bildirilib, hokimiyatni ishchi-dehqon va askar deputatlariga topshirish talab qilindi. Shahar aprel oyining oxirlariga kelib bolsheviklarning tazyiqi bilan hokimiyat ishchi dehqon va askar deputatlari Kengashi ixtiyoriga o\u2019tdi. Bu davrda shaharda Muvaqqat hukumat ijroiya qo\u2019mitasi tuzilgan bo\u2019lsa-da, amalga u hech qanday qudratga ega emas edi. Jizzax shahar ishchi-dehqon va askar deputatlari Kengashi faollari 1917 yil fevral inqilobi g\u2019alabasini qo\u2019llab-quvvatlab, aholi o\u2019rtasida ko\u2019plab tagr\u2019ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar. Barcha jamoat tashkilotlari orasida ishchi-dehqon va askar deputatlari Kengashi katta obro\u2019-e\u2019tiborga ega bo\u2019lib, aholi barcha masalalarni hal qilish uchun ularga murojaat qilar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chunki Jizzax shahrida fevral inqilobi tufayli tuzilgan Muvaqqat hukumat ijroiya qo\u2019mitasi amaldorlarining asosiy qismi xalqni ilhari ekpluatatsiya qilgan 1916 yilda Jizzaxda mardikor olishga qarshi ko\u2019tarilgan qo\u2019zg\u2019olonga qatnashgan kishilardan ayovsiz&nbsp; o\u2019ch ol;gan podsho ma\u2019muriyati va mahalliy amaldorlar tashkil etar edi. Bular orasida Turkiston general-gubernatorligi tomonidan tayinlangan Jizzax uyezd hokimi, polkovnik V.N.Ryabushkin, uning muovini podpolkovniklar S.Afanasyev, N.Fon ijroiya qo\u2019mitasida yuqori lavozimlarida ishlamoqda edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bundan norozi bo\u2019lgan Jizzax aholisi 1917 yil aprel oyida bu shaxslarni darhol o\u2019z lavozimlaridan olib tashlash haqida Muvaqqat hukumatning Toshkent shahridagi qo\u2019mitasiga norozilik xatlarini yo\u2019lladilar. Bu davrda Jizzax shahri va uning atrof qishloqlarida istiqomat qilayotgan kishilar o\u2019rtasida ham norozilik va tanglik tobora kuchayib bormoqda edi. Chunki aholiga solinayotgan soliqlarning ko\u2019paytirilishi ham ijtimoiy tanglik va iqtisodiy inqiroz jaraonlarining zo\u2019rayishiga olib kelmoqda edi. Muvaqqat hukumatning idoralari tobora obro\u2019sizlanishi sababli bolsheviklar Jizzaxda ham hokimiyatni har qanday yo\u2019l bilan bo\u2019lsa-da, qo\u2019lga olishlari uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Jizzaxda hokimiyatning ishchi-dehqon va askar deputatlar Kengashi qo\u2019liga o\u2019tishi munosabati bilan harbiy qismlarning askar va zobitlari ham barcha harbiy qo\u2019shinlarda bo\u2019lgani kabi o\u2019z qo\u2019mondonlariga bo\u2019ysunmay qo\u2019ydi. Jizzax garnizonidagi ko\u2019plab askar va zobitlar o\u2019z yurtiga va oilasiga jo\u2019nab ketishdi. Ular bilan birga shaharda istiqomat qilayotgan rus millatiga mansub kishilarning ham ommaviy ko\u2019chib ketishi yuz berdi. Ishchi-dehqon va askar deputatlari Jizzax shahar Kengashi 1917 yil 30 iyulda Jizzax temir yo\u2019l ishchilari va xizmatchilaridan iborat o\u2019z bo\u2019limini tuzdilar, boshqa joylarda ham hokimiyatni qo\u2019lga olishga harakat qildilar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rossiya imperiyasining 1914 yilda boshlangan birinchi jahon urushiga tortilishi va urushda yuz bergan muammo va qiyinchiliklar oqibatida imperator Nikolay II ning 1916 yil 25 iyunda imzolangan \u201cImperiyadagi rus bo\u2019lmagan erkak &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/1916-yilgi-jizzax-qozgoloni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-137877","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137877","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=137877"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137877\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":138009,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/137877\/revisions\/138009"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=137877"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}