{"id":138010,"date":"2024-07-17T16:00:00","date_gmt":"2024-07-17T13:00:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=138010"},"modified":"2024-07-18T12:39:12","modified_gmt":"2024-07-18T09:39:12","slug":"jizzaxda-mustabid-sovet-hokimiyatining-ornatilishi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzaxda-mustabid-sovet-hokimiyatining-ornatilishi\/","title":{"rendered":"Jizzaxda mustabid sovet hokimiyatining o\u2019rnatilishi"},"content":{"rendered":"\n<p>1917 yil 25 oktabrda Petrogradda bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan davlat to\u2019ntarilishi natijasida Muvaqqat hukumat ag\u2019darilganligi, o\u2019rniga bolsheviklar boshliq sovet hokimiyati o\u2019rnatilganligi haqidagi xabar Turkiston o\u2019lkasiga ham yetib keldi. Bolsheviklar rahbarligidagi Toshkent soveti hokimiyatni egallash maqsadida kurash boshladi va 1917 yil 1 noyabr kuni Muvaqqat hukumatning Turkiston qo\u2019mitasi ag\u2019darib tashlandi. 1917 yil 15-22 noyabr kunlari Toshkentda ishchi-dehqon va askar deputatlari Kengashining III s\u2019yezdi bo\u2019lib o\u2019tdi, unda bolshevik va so\u2019l eserlardan iborat Turkiston Xalq Komissarlari Kengashi tuzildi. Biroq uning tarkibiga mahalliy xalq vakillaridan birorta kishi ham kiritilmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkistondagi bolsheviklarning shovinistik siyosatiga javoban Turkiston taraqqiyparvarlari tashabbusi bilan o\u2019lka musulmonlarining IV qurultoyi chaqirildi. 1917 yil 26-28 noyabr kunlari Qo\u2019qon shahrida o\u2019tgan Butun Turkiston musulmonlarining qurultoyida o\u2019lkani hududiy jihatdan muxtor deb e\u2019lon qilindi hamda Turkiston muxtoriyati va uning mustaqil hukumati tuzildi. Biroq Turkiston o\u2019lkasi Xalq Komissarlari Soveti tomonidan 1918 yil 19 fevralda Turkiston muxtoriyati ag\u2019darib tashlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolsheviklar boshchiligida Turkiston Xalq Komissarlari Soveti 1917 yil 2 dekabrda Jizzaxda ham hokimiyatni egalladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahrida Sovetlar hokimiyatining o\u2019rnatilishi zo\u2019ravonlik, xunrezlik yo\u2019li bilan amalga oshirildi. Sovetlar tuzumiga qarshi, unga bo\u2019ysunishni istamagan kishilar qatag\u2019on qilindi, sudsiz-tergovsiz turmalarga tashlandi, o\u2019z yurtidan uzoq o\u2019lkalarga va Sibirga surgun qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qizil armiyaga tayangan bolsheviklar partiyasi har qanday qarshilikni bostirish maqsadida Jizzax shahrida harbiy komissariat bo\u2019limi tashkil qilib, mahalliy millat vakillaridan 564 kishi armiya safiga safarbar qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>1918 yili Jizzaxda ob-havo noqulay kelib, qishloq xo\u2019jaligi ekinlaridan past hosil olinishi tufayli aholini va armiyani oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta\u2019minlash qiyinlashdi. Mamlakatda sovet hukumati tomonidan joriy etilgan harbiy kommunizm siyosati tufayli bozorlarda g\u2019alla sotishning man qilinishini aholi turmush sharoitining yomonlashishiga olib keldi. Shu sababli Jizzax uyezdida oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash komissiyasi boshlig\u2019i Shtemberg harbiy komissariyat xodimi Zborovskiy, shahar Ijroiya qo\u2019mitasi oziq-ovqat tayyorlash komissiyasi bo\u2019limi boshlig\u2019i To\u2019xtamishev va boshqalar kiritilib, unga 118 ta arava, 220 ta tuya ajratildi. Tayyorlangan g\u2019allani qabul punktiga yetkazishni ta\u2019minlash uchun Aleksey Anisimtsev komandirligida bir rota askar ajratilib, unga harbiy zobitlar Mixail Malikov, Mixail Broxinlar mas\u2019ul qilib belgilandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzaxda tuzilgan uchlik komissiyasi tomonidan Mulla O\u2019rinboy Xo\u2019jamqulov, Abdurasul Abdullayevlarning g\u2019allasi tortib olinib, o\u2019zlari jinoiy javobgarlikka tortildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiya Xalq Komissarlari Soveti 1918 yilning yanvar oyida Qizil armiya va gvardiya tuzish to\u2019g\u2019risida Deklaratsiya qabul qildi. Bu Deklaratsiyaga muvofiq, Jizzax shahrida ham harbiy qismlar bilan bir qatorda, H.Abdujabborov tashabbusi bilan otliq ko\u2019ngilli militsiya otryadi tuzildi. Otryadga ko\u2019ngilli bo\u2019lib kirgan N.Shokirbekov, J.Po\u2019latov, X.Rajabov, A.Abduxoliqov, A.Shodibekov, G\u2019.Safarbekov, K.Gayniddinov, Rashid Xalilov (Sharof Rashidovning otasi) singari otashqalb yoshlar uyezd qishloqlarida talonchilik qilib, kishilar tinchligini buzayotgan unsurlarga nisbatan ayovsiz kurash olib borishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1918 yilning avgust oyida Jizzax uyezdida ishchi-dehqon va askar deputatlari Kengashi tuzilib, uning raisi qilib Ne\u2019matilla Qarshiboyev, bo\u2019lim boshliqlari va muovinlari lavozimiga Abdusattor Mirzakarimov, Orifjon Olimjonov, Abdulla Quljonovlar, Kengash a\u2019zoligiga Haydarbek Abdujabborov, I.Iskandarov, M.Mirxolov, A.Azimov, U.Nurmatov va boshqalar saylandilar. Kengash a\u2019zolari o\u2019sha davr talabiga muvofiq, birgina Jizzax shahrida emas, balki O\u2019smat, Yangiqo\u2019rg\u2019on, Sangzor, Bog\u2019don, Jizzaxda ham aholi tinchligini saqlash, moddiy-ijtimoiy ta\u2019minotni yaxshilash, aholi o\u2019rtasida targ\u2019ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirishda faol mehnat qildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1919 yilning yanvar oyida shaharda partiya tashkiloti tuzilib, unga yetakchi etib A.Muhammadiyev, Eski shaharda musulmonlar byurosi tuzilib, uning kotibi etib H.Abdujabborov saylanadi. Jizzaxda tug\u2019ilib voyaga yetgan o\u2019sha davr faollaridan biri Orifjon Olimjonov qisqa umr ko\u2019rgan bo\u2019lsa-da, o\u2019sha zamon talabiga ko\u2019ra o\u2019zining butun faoliyatini xalq xizmatiga baxshida qilgan haqiqiy olijanov insonlardan biri sifatida kishilar qalbida abadiy saqlanib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Orifjon Olimjonov 1899 yili Jizzaxning \u201cToshkentlik\u201d mahallasida mirob Olimjon bobo oilasida tavallud topadi. Rus-tuzem maktabida tahsil olayotgan o\u2019n sakkiz yoshli Olimjon Jizzaxda podsho hukumatining mardikor olishga qarshi boshlangan qo\u2019zg\u2019olonda faol qatnashgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1917 yil oktabr to\u2019ntarishidan so\u2019ng Orifjon Olimjonov o\u2019z bilimini oshirish uchun Samarqand shahridagi yangi sovet maktablarining birida o\u2019qishni davom ettiri va maktab ijtimoiy hayotida faol qatnashdi. U Jizzax uyezd yoshlar qo\u2019mitasi kotibligiga, 1923 yili Jizzax shahar partiya qo\u2019mitasi mas\u2019ul kotibi lavozimiga saylanadi. 1924 yilda Turkiston sovetlari 12-qurultoyida so\u2019zga chiqib, Jizzax hayotiga oid bir qator talablarni o\u2019rtaga tashladi. 1926 yil boshidan oktabr oyiga qadar Toshkent shahridagi qishloq xo\u2019jaligi texnikumi rahbari lavozimida ishladi. So\u2019ngra 1928 yil aprel oyigacha Toshkent shahri va poytaxt Viloyat xalq maorifi bo\u2019limiga mudirlik qildi. U ishdan ajralmagan holda O\u2019rta Osiyo davlar universitetining bir yillik tashviqotchilik kursida o\u2019qidi. 1928 yil O\u2019zbekiston Kompartiyasi maktab-maorif, madaniyat va san\u2019at ishlari bo\u2019yicha bo\u2019limida yo\u2019riqchi vazifasini, shu bilan birga, Respublika Markaziy Ijroiya qo\u2019mitasi raisi Yo\u2019ldosh Oxunboboyevning yordamchi kotibligini bajardi. O\u2019sha yilning boshida O.Olimjonov tashabbusi bilan \u201cAlanga\u201d jurnali tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1931 yilda O.Olimjonov Bekobod tuman Ijroiya qo\u2019mitasiga raise tib saylandi. Ammo uning bu lavozimga kelishi bir guruh g\u2019alamislarni tashvishga solib qo\u2019ydi. Oqibatda u tuhmat qurboni bo\u2019ldi. To\u2019rt farzandi, turmush o\u2019rtog\u2019i bo\u2019zlab qolaverishdi. Va nihoyat, Turkiston harbiy okrugi harbiy tribunal 1974 yil 30 avgustda O.Olimjonov ishini qayta ko\u2019rib chiqib, uning ustidan 1932 yil 14 oktabr sanasi bilan chiqarilgan o\u2019lm jazosi haqidagi hukmni bekor qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1924-1925 yillarda Sovet hukumati tomonidan Turkistonda, mahalliy xalqlarning istak va talablarini hisobga olmasdan, milliy chegaralanishning o\u2019tkazilishi natijasida O\u2019zbekiston SSR tashkil etilib, uning hududiga Turkiston ASSR dan 9 ta uyezd, 133 ta tuman, 7 ta qishloq okrugi, Buxoro Respublikasining 9 ta viloyati; Xorazm Respublikasining 23 ta tumani kiritildi. O\u2019z SSR tarkibida tashkil etilgan Samarqand viloyati tarkibiga Jizzax uyezdi hududlari kiritildi. Jizzax shahri uyrz markaziga aylantirildi. O\u2019zbekiston Respublikasining dastlabki ma\u2019muriy markazi Buxoro shahri bo\u2019lgan bo\u2019lsa, 1925 yil aprel oyida poytaxt Samarqand shahriga, 1930 yili Toshkent shahriga ko\u2019chiriladi. O\u2019zbekiston SSR hududi butun hokimiyat O\u2019zbekiston SSR sovetlarining ta\u2019sis qurultoyiga qadar Muvaqqa Inqilobiy qo\u2019mita ixtiyoriga o\u2019tkaziladi. Buxoro hukumati raisi, taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo\u2019jayev O\u2019zbekiston SSR Inqilobiy qo\u2019mitasi raisi etib tayinlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1925 yili 13-17 fevralda Buxorodagi Xalq uyida umum-o\u2019zbek Kengashlarining birinchi qurultoyida \u201cO\u2019zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil etilganligi to\u2019g\u2019risida Deklaratsiya\u201d qabul qilinib, davlat hokimiyati oliy organlari rasmiylashtirildi. O\u2019zbekiston SSR Markaziy Ijroiya qo\u2019mitasi raisi lavozimiga \u201cQo\u2019shchi\u201d uyushmasi rahbarlaridan biri Yo\u2019ldosh Oxunboboyev saylandi, O\u2019zbekiston Xalq Komisslari Kengashi raisi lavozimiga Fayzulla Xo\u2019jayev tasdiqlandi. O\u2019zbekiston SSR rasmangina tuzilgan bo\u2019lib, u hech qanday suverenitet, mustaqillika ega emas edi. U Markazning xom ashyo yetishtirib beruvchi o\u2019lkasi bo\u2019lib qolaverdi. Sovet hokimiyati dastlabki yillardayoq respublikada sovet tuzumini shakllantirishga, xalq ta\u2019limi sohasida yurt farzandlari ongiga kommunistik g\u2019oyalarni singdirish va shu yo\u2019l bilan o\u2019zlariga quloq qoqmay xizmat qiladigan \u201cmo\u2019min-qobil\u201d avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishga qaratdi. Mamlakatda 20-yillarning o\u2019rtalariga kelib ko\u2019p zamonlardan buyon o\u2019zbek xalqi ma\u2019naviy hayotining tarkibiy qismi bo\u2019lgan eski maktab, madrasalar faoliyati to\u2019xtatilib, uning ko\u2019p sonli ta\u2019lim vakillari taqdir-qismati va hayoti og\u2019ir sinovlarga duchor qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hukmron kommunistik partiyaning madaniy qurilish siyosati, asosan, \u201cShaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniya\u201dni shakllantirishga qaratildi. Zero, \u201clenincha madaniyat inqilob g\u2019oyasi\u201dning bosh maqsadi ko\u2019p millatli sovetlar mamlakatida yagona sotsialistik madaniyatni tarkib toptirish va barcha xalqlarni go\u2019yo \u201cbahramand\u201d qilishga qaratilgan edi. Biroq, o\u2019zbek xalqining o\u2019ziga xos tarixiy merosi inkor qilindi. Chunki bular \u201ckommunistik mafkura\u201d va uning tamoyillariga zid kelar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekistonda o\u2019sha yillarda o\u2019zbek xalqining olis asrlarga borib taqalgan moddiy va ma\u2019naviy madaniyati durdonalari, osori atiqalariga, masjid va madrasa, maqbaralar ko\u2019rinishidagi noyob obidalariga hujum uyushtirildi. Jumladan, Jizzaxning Eski shaharidagi tarixiy-me\u2019moriy obidalar Oq masjid, Qizil masjidlar yoqib yuborildi. \u201cJizzaxlik\u201d, \u201cQassoblik\u201d, \u201cZargarlik\u201d va boshqa mahallalardagi masjidlar, eski maktablar ham yopib qo\u2019yildi. \u201cXudosizlar jamiyat\u201dlari tuzilib, ular orqali masjid va madrasalarga qarshi hujumkor ateistik tashviqot-targ\u2019ibot ishlari amalga oshirildi. Uning oqibatida shaharning ilg\u2019or g\u2019oyali ziyolilari, ruhoniylar, eshonu mullalar ta\u2019qib, quvg\u2019inlarga dosh berolmay, Pokiston, Turkiya, Eron, Afg\u2019onisn va boshqa xorijiy yurtlarga bosh olib ketishga majbur bo\u2019ldilar. Sovetlar hokimiyatining Jizzaxda o\u2019z hukmronligini kuchaytirish, o\u2019lka hayotining barcha sohalarini izmiga bo\u2019ysundirish yo\u2019lida yuritgan qattiqqo\u2019l siyosati, ko\u2019rgan murosasiz chora-tadbirlariga qaramay, yurtimizning dovyurak, o\u2019z istiqloli va kelajagiga ishongan iste\u2019dodli odamlari o\u2019z millatini ruhan ko\u2019tarib, madaniy va ma\u2019naviy sohalarda muayyan o\u2019zgarishlarni, ibratli ishlarni amalga oshirishga bosh-qosh bo\u2019ldilar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>1917 yil 25 oktabrda Petrogradda bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan davlat to\u2019ntarilishi natijasida Muvaqqat hukumat ag\u2019darilganligi, o\u2019rniga bolsheviklar boshliq sovet hokimiyati o\u2019rnatilganligi haqidagi xabar Turkiston o\u2019lkasiga ham yetib keldi. Bolsheviklar rahbarligidagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzaxda-mustabid-sovet-hokimiyatining-ornatilishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-138010","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138010","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=138010"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138010\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":138029,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138010\/revisions\/138029"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=138010"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}