{"id":138017,"date":"2024-07-18T09:47:05","date_gmt":"2024-07-18T06:47:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=138017"},"modified":"2024-07-19T13:09:19","modified_gmt":"2024-07-19T10:09:19","slug":"jizzax-mashhur-kishilar-maskani","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzax-mashhur-kishilar-maskani\/","title":{"rendered":"Jizzax \u2013 mashhur kishilar maskani"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>Hamroqul Nosirov<\/strong> <em>(1904-1978)<\/em>. 1904 yil 4 yanvarda Jizzax shahrida tavallud topgan. U mehnat faoliyatini 1927 yildan dehqonchilik bilan boshlagan. 1934 yilgacha oddiy kolxozchi bo\u2019lib ishladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1934-1944 yillarda jamoa xo\u2019jaligida ferma mudiri bo\u2019lib ishlab, chorva mollari tuyog\u2019ini ko\u2019paytirish, zotdorligini yaxshilash evaziga mahsuldorligini oshirishga munosib hissa qo\u2019shdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1944 yili jamoa xo\u2019jaligida chorvachilikni rivojlantirishdagi xizmatlari hamda tashkilotchilik qobiliyati hisobga olinib, jamoa xo\u2019jaligi boshqaruvi raisi etib saylandi. U umrining oxiri \u2013 1978 yilning noyabriga qadar jamoa xo\u2019jaliggini yirik mexanizatsiyalashgan, iqtisodi mustahkam xo\u2019jalikka aylantirish yo\u2019lida hormay-tolmay mehnat qildi. Natijada bu xo\u2019jalik faqat viloyatda emas, balki respublikada ham paxta yetishtiruvchi yirik yetakchi xo\u2019jaliklardan biriga aylandi. Hamroqul Nosirov jamoa xo\u2019jaligiga raislik qilgan yillari keng ko\u2019lamda obodonchilik yumushlari olib borildi. Jumladan, yangi maktab, kasalxona, klub, uy-joy va boshqa madaniy-maishiy xizmat ko\u2019rsatish binolari qurildi. H.Olimjon nomidagi muzeyi, xo\u2019jalikning \u201cShon-shuhrat\u201d muzeyi qad ko\u2019tardi. Qishloqlar gazlashtirildi, elektrlashtirildi, radio va telefon tarmoqlari yuzaga keldi. Jamoa xo\u2019jaligi a\u2019zolariga to\u2019lanadigan mehnat haqlari ko\u2019payib, turmush sharoitlari yaxshilanib farovon hayot kechira boshladilar. Qishloq xo\u2019jaligi ishlab chiqarish tashkilotchisi, oliy darajadagi dehqonchilik amaliyoti novatori Hamroqul Nosirov ikki marta \u201cMehnat Qahramoni\u201d unvoniga, (1956-1978), \u201cO\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan paxtakor\u201d (1966) faxriy unvoniga, ko\u2019plab orden va medallarga sazovor bo\u2019ldi. O\u2019zbekiston Oliy Soveti deputati sifatida xalqning turmush farovonligini yaxshilashga munosib hissa qo\u2019shdi. Ko\u2019p yillar xizmat qilgan xo\u2019jalik markazida Hamroqul Nosirov byusti o\u2019rnatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>OLIMJON AZIMOV<\/strong> <em>(Urush va mehnat faxriysi), (1919-1992)<\/em>, 1919 yili Jizzax tumanidagi \u201cQatortol\u201d mahallasida dehqon oilasida tavallud topgan. 1937-1938 yillari Samarqand shahridagi maktabda, 1939-1940 yillari Samarqand pedagogika institutining tarix fakultetida tahsil oladi. O.Azimov 1940-1943 yillari Ikkinchi jahon urushida qatnashib, og\u2019ir yarador bo\u2019lib qaytgach, Farg\u2019ona pedagogika instituti tabiiyot va geografiya fakultetida o\u2019qishni davom ettiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>U institutni tugallagach, O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Soveti raisi yordamchisi (1944-1945) lavozimida xizmat qildi. Ishbilarmon, tajribali xodim O.Azimov Jizzax tuman Ijroiya qo\u2019mitasi raisi (1948-1950) lavozimida ishlab, o\u2019zini tashabbuskor rahbar sifatida ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>U Qoradaryo tuman partiya qo\u2019mitasi (1950-1955), Pastdarg\u2019om tuman (1955-1959) partiya qo\u2019mitalari birinchi kotibi lavozimlarida samarali mehnat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>U Samarqand viloyat partiya qo\u2019mitasi kotibi (1959-1961), Samarqand viloyat don tayyorlash boshqarmasi boshlig\u2019i (1961-1965), Samarqand viloyat Ijroiya qo\u2019mitasi raisi, Samarqand shahar Ijroiya qo\u2019mitasi raisi lavozimlarida (1966-1972) mehnat qilib, qishloq xo\u2019jaligi, sanoat taraqqiyoti, xalq ta\u2019limi, madaniyat rivojiga o\u2019zining munosib hissasini qo\u2019shdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Olimjon Azimov ishlab chiqarishdan ajralmagan holda Samarqanddagi Arxeologiya instituti aspiranturasida sirtdan o\u2019qib, tarix fanlari nomzodi bo\u2019ldi, qator monografiya, risola, ilmiy maqolalarni e\u2019lon qildi. U 1972 yildan to umrining oxirigacha Samarqand davlat universitetida professor lavozimida ishlab, tarix fanidan talablarga saboq berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Katta salohiyatga ega bo\u2019lgan Olimjon Azimov O\u2019zbekiston Oliy Soveti, viloyat, tuman sovetlari deputatligiga saylangan edi. Olimjon Azimov samarali mehnatlari uchun 3 ta orden va medallar, O\u2019zbekiston Oliy Sovetining Faxriy yorliqlari bilan mukofotlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bugungi kunda Jizzax shahar ko\u2019chalaridan biri Olimjon Azimov nomi bilan atalmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>SINDOR HAMROQULOV<\/strong> 1922 yilda Jizzaxning \u201cSovungarlik\u201d mahallasida dehqon oilasida tavallud topdi. Hozirgi Sh.Rashidov nomli maktabi tugallagach, Hamid Olimjon nomli Jizzax pedagogika bilim yurtida o\u2019qishni davo ettirdi. 1940 yilda bilim yurtini tugallab, maktabda o\u2019qituvchilik qildi. II Jahon urushida qatnashib, fashistlarga qarshi mardonavor jang qildi. Urushdan g\u2019oliblar safida qaytib kelgach, yana sevimli kasbi \u2013 o\u2019qituvchilikka qaytdi.<\/p>\n\n\n\n<p>S.Hamroqulov 1947 yilda tuman yoshlar qo\u2019mitasida yo\u2019riqchi bo\u2019lib ishlab, talabchan xodim sifatida o\u2019zini ko\u2019rsatdi. 1950 yili Oliy partiya maktabini tugallagach, Jizzax shahar Ijroiya qo\u2019mitasi raisligiga saylanib, shahar madaniyat va obodonchiligiga munosib hissa qo\u2019shdi. 1951-1962 yillarda Jizzax shahar partiya qo\u2019mitasining ikkinchi kotibi, Baxmal, Payariq tuman partiya qo\u2019mitasining birinchi kotibi lavozimlarida mehnat qildi. 1962 yilda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Ijroiya qo\u2019mitasi raisining birinchi muovinligiga, so\u2019ngra raisligiga saylanib, salkam 20 yil mobaynida ko\u2019plab sanoat korxonalari qurilishiga o\u2019zining munosib hissasini qo\u2019shdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Butun umrini xalq xizmatiga baxshida etgan Sindor Hamroqulov ordenlar va ko\u2019plab medallar bilan taqdirlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirgi paytda Samarqand va Jizzax shahridagi ko\u2019chalardan biri Sindor Hamroqulov nomi bilan atalmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>ABDULLA MELIYEV<\/strong> <em>(1928-2001)<\/em>. 1928 yil 21 mayda Jizzaxda tavallud topgan. Mehnat faoliyatini 1949-1950 yillarda o\u2019zi o\u2019qigan 8-umumta\u2019lim maktabida o\u2019qituvchilikdan boshlagan. 1950-1955 yillarda Jizzax tuman Komsomol qo\u2019mitasining ikkinchi, so\u2019ngra birinchi kotibligiga saylanib, tadbirkor rahbar sifatida tanildi. 1955-1959 yillarda Samarqand viloyat komsomol qo\u2019mitasining birinchi kotibligiga saylanib, viloyat partiya qo\u2019mitai nazariga tushdi. 1965 yilgacha viloyat partiya qo\u2019mitasi targ\u2019ibot va tashviqot bo\u2019limi mudiri lavozimida faoliyat ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lum darajada malaka va tajriba to\u2019plagan A.Meliyev 1965-1985 yillarda Bulung\u2019ur, Kattaqo\u2019rg\u2019on tuman partiya qo\u2019mitalarida birinchi kotiblik lavozimlarida mehnat qilib, qishloq xo\u2019jaligi, sanoat, xalq ta\u2019limi, aholiga tibbiy xizmat ko\u2019rsatish, madaniy ishlar taraqqiyotiga munosib hissa qo\u2019shadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdulla Meliyev 1986-1992 yillarda Samarqand viloyat Diniy ishlar boshqarmasi raisi, 1992 yildan to umrining oxirigacha Samarqand viloyat \u201cMahalla\u201d xayriya jamg\u2019armasining raisi lavozimida barakali mehnat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdulla Meliyev bir necha bor sobiq Ittifoq va O\u2019zbekiston Oliy Soveti Prezidiumining deputatligiga, viloyat va tumanlar deputatligiga saylangan edi. U \u201cO\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan mehnat xodimi\u201d unvoni, orden, ko\u2019plab medallar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Respublika ahamiyatiga molik pensioner edi. Jizzax shahridagi ko\u2019chalardan biri Abdulla Meliyev nomi bilan atalmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>MUHIDDIN ESHONQULOV<\/strong> <em>(1927-1990)<\/em>. 1927 yil iyul oyida Jizzax shahrining \u201cHavaslik\u201d mahallasida tavallud topdi. Mehnat faoliyatini Jizzax shahridagi 1-MTSda traktorchilik qilish bilan boshlab, keyinchalik mexanizatorlar tayyorlash kursini tamomladi. U 1952-53-yillarda Samarqand qishloq xo\u2019jaligi institutining o\u2019simliklarni himoya qilish kursini tugatib, butun umrini qishloq xo\u2019jaligi taraqqiyotiga bag\u2019ishladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhiddin Eshonqulov 1952-55 yillarda \u201cMoskva\u201d jamoa xo\u2019jaligida bosh agronom, 1966-1967 yillarda Jizzax tuman qishloq xo\u2019jaligi ishlab chiqarish boshqarmasi boshlig\u2019i lavozimlarida ishlab, xalq xo\u2019jaligi taraqqiyotiga o\u2019zining munosib hissasini qo\u2019shdi. 1967 yilda Samarqand qishloq xo\u2019jaligi institutining agronomic fakultetini tugatib, agronom diplomini oldi. \u201cMoskva\u201d jamoa xo\u2019jaligi boshqaruvi raisining muovini bo\u2019lib ishlab, xo\u2019jalik taraqqiyotiga, zamonaviy maktablar, bolalar bog\u2019chalari qurilishiga, qishloqlarda obodonchilik ishlarini amalga oshirishga munosib hissa qo\u2019shdi. 1982-1984 yillarda jamoa xo\u2019jaligi boshqaruvi raisi etib saylanib, umrining oxirigacha paxtachilik, g\u2019allachilik, bog\u2019dorchilik, jamoa chorvachiligi taraqqiyoti uchun kurashdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhiddin Eshonqulov uzoq yillik samarali mehnatlari uchun ordenlar, ko\u2019plab medallar, O\u2019zbekiston Oliy Soveti Prezidiumining Faxriy yorlig\u2019i bilan taqdirlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>ARSLON KARIMOV<\/strong> <em>(1931-1989)<\/em>. Arslon Abdug\u2019aniyevich Karimov 1931 yil 6 avgustda Samarqand shahrining Siyob tumanida Abdug\u2019ani bobo oilasida tavallud topdi. A.Karimov Samarqand shahridagi o\u2019rta maktabni tugallagach, Toshkent huquqshunoslik institutiga o\u2019qishga kirib, 1956 yili institutni a\u2019lo baholarga tamomladi. Arslon Karimov Samarqand viloyat Adliya boshqarmasi yo\u2019llanmasi bilan Nurota tuman sudi sudyaligiga saylanib, 1960 yilgacha faoliyat ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>U 1970-1974 yillari Jizzax tumani, shahar sudyasi bo\u2019lib xizmat qiladi. Uzoq yillar mobaynida sudya lavozimida ishlab, tajriba to\u2019plab, Arslon Karimov Jizzax viloyat adliya (1974-1976) boshqarmasi boshlig\u2019i o\u2019rinbosari, viloyat sudining jinoyat ishlarib bo\u2019yicha muovini (1976-1980) lavozimlarida xizmat qildi. U viloyat aholisi o\u2019rtasida tajribali huquqshunos sifatida tanildi. Arslon Karimov 1980 yili yana Jizzax shahar sudyaligiga saylanib, 1989 yilgacha ushbu lavozimda faoliyat ko\u2019rsatdi. Arslon Karimov Jizzax shahar Soveti deputati sifatida shaharning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol qatnashadi, jinoyatchilikning oldini olish maqsadida xalq orasida huquq-targ\u2019ibot ishlaridagi xizmati uchun el-yurt hurmatiga sazovor bo\u2019lgan edi. U O\u2019zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining va Jizzax viloyati hamda shahar Sovetining bir qator faxriy yorliqlari va \u201cMehnat faxriysi\u201d medali bilan taqdirlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arslon Abdug\u2019aniyevich Karimov 1989 yil 7 iyul kuni xizmat burchini bajarayotgan paytda avtohalokat tufayli fojiali halok bo\u2019ldi. Hozirgi kunda Qarshi shahridagi huquqshunoslik kolleji Arslon Karimov nomi bilan atalmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>MUROD ERGASHEV<\/strong> \u2013 1924 yil 15 sentabrda Oxunboboyev nomli qishloq fuqarolar yig\u2019ini hududida dehqon oilasida tug\u2019ildi. 1942 yili Narimonov nomli maktabni tugallagach, 1951 yilgacha jamoa xo\u2019jaligida kolxozchi, tabelchi, MTSda mexanik bo\u2019lib ishladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1951-1954 yillarda 1-MTS agronom, 1954-1958 yillarda Jizzax tumanidagi Ulug\u2019bek nomli jamoa xo\u2019jaligida boshqaruv raisi, 1961-1967 yillarda Samarqand qishloq xo\u2019jaligi institutining agronomic fakultetida sirtdan o\u2019qish bilan birga sobiq \u201cMoskva\u201d jamoa xo\u2019jaligida bosh agronom lavozimida ishlab, paxtachilik, g\u2019allachilik, bog\u2019dorchilik taraqqiyotiga munosib hissa qo\u2019shdi. U umrining oxirigacha \u201cJizzaxlik\u201d mahallasida jamoat ishlarida faol qatnashdi.<\/p>\n\n\n\n<p>U bir necha bor tuman, qishloq Soveti deputatligiga saylangan, samarali mehnatlari evaziga ordenlar, \u201cMehnat faxriysi\u201d va boshqa ko\u2019plab medallar, faxriy yorliqlar bilan mukofotlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>G\u2019ANI DAMINOV<\/strong> <em>(1914-1991)<\/em>. 1914 yil 25 dekabrda Jizzax tumanida dehqon oilasida tavallud topgan. 1930 yilda Jizzax shahridagi hozirgi Sh.Rashidov nomli maktabni, 1937 yilda H.Olimjon nomli Jizzax pedagogika bilim yurtini, 1941 yilda Samarqand davlat universitetini tugalladi. So\u2019ngra Toshkent viloyatiga qarashli Mirzacho\u2019l tumanidagi 1-son o\u2019rta maktabda o\u2019qituvchi, director bo\u2019lib mehnat qildi. 1944-1949 yillarda Jizzax tumanidagi hozirgi Shukur Sa\u2019dulla nomli maktabga, Jizzax pedagogika bilim yurtiga rahbarlik qilib, o\u2019zini ishcha xodim sifatida ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019ani Daminov 1949-1957 yillarda Jizzax tuman partiya qo\u2019mitasi targ\u2019ibot-tashviqot ishlar bo\u2019limi mudiri, partiya qo\u2019mitasi kotibi, tuman ijroiya qo\u2019mitasining raisi, xalq ta\u2019limi bo\u2019limi mudiri lavozimlarida mehnat qildi. 1957-1973 yillarda shahardagi maktab-internat, so\u2019ngra 1990 yilgacha hunar-texnika bilim yurti industrial texnikumga aylantirilgach, umrining oxirigacha unda rahbarlik qildi. Texnikumning uch qavatli zamonaviy binosi G\u2019.Daminovning bevosita rahbarligida qurilib, ishga tushirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jonkuyar murabbiy, mohir tashkilotchi G\u2019ani Daminovning xizmatlari \u201cO\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan xalq maorifi xodimi\u201d unvoni, orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Shahardagi transport aloqa kolleji bugungi kunda G\u2019ani Daminov nomi bilan atalmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>TEMUR BOBOYEV<\/strong> <em>(1920-1996)<\/em>. 1920 yil 10 iyunda Jizzax tumanidagi \u201cHavaskorlik\u201d mahallasida dehqon oilasida tavallud topgan. O\u2019rta maktabni tugallagach, ish faoliyatini 1940 yilda G\u2019allaorol tumanidagi maktabda o\u2019qituvchilik qilish bilan boshladi. 1941-1944 yillarda fashistlarga qarshi janglarda qatnashib, og\u2019ir jarohatlandi va nogiron bo\u2019lib urushdan qaytdi. Oxunboboyev nomli jamoa xo\u2019jaligida hosilot, bo\u2019lim boshlig\u2019i (1946-1950), Jizzax tumanidagi hozirgi O\u2019.Hotamov nomli jamoa xo\u2019jaligida rais, tuman Qishloq xo\u2019jaligi bo\u2019limida agronom (1951-1956) lavozimlarida ishlab, Samarqand qishloq xo\u2019jaligi institutining agronomlik fakultetida sirtdan tahsil oldi. Tajribali qishloq xo\u2019jaligi xodimi T.Boboyev \u201cZarbdor\u201d, \u201cPaxtakor\u201d davlat xo\u2019jaliklarida director (1963-1970), Jizzax tuman Qishloq xo\u2019jaligi boshqarmasida bosh agronom, viloyat Qishloq xo\u2019jaligi boshqarmasida \u201cO\u2019simlikshunoslik\u201d bo\u2019limi boshlig\u2019i lavozimlarida mehnat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur Boboyev qayerda ishlamasin, to\u2019g\u2019ri so\u2019zli, o\u2019z ishini vijdonan bajaradigan fidokor inson sifatida tanilgan edi. U ordenlar va qator medallar, O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining faxriy yorlig\u2019i bilan taqdirlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oxunboboyev fuqarolar yig\u2019ini hududidagi ko\u2019chalardan biri Temur Boboyev nomi bilan yuritilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>ISMOIL ESANOV<\/strong> <em>(1926-1964)<\/em>. 1926 yilda Jizzax tumanidagi \u201cOxunboboyev\u201d mahallasida dehqon oilasida tavallud topgan. 1944 yilda hozirgi Shukur Sa\u2019dulla nomli umumta\u2019lim maktabini tamomladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ismoil Esanovga maktabda 10-sinfda o\u2019qib yurgan chog\u2019laridayoq shahar Ichki ishlar bo\u2019limiga yo\u2019llanma beriladi, ish faoliyatini ichki ishlar bo\u2019limida ish yurituvchi lavozimida ishlash bilan boshlaydi. 1944 yilda 10-sinfi tugatgach, hozirgi \u201cMadaniyat\u201d mahallasiga oddiy militsioner, uchastka noziri yordamchisi lavozimiga ishga tayinlanadi. Bu lavozimda ham sidqidilan mehnat qilib, mahalla aholisining tinchligini saqlasha hurmat qozonadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar Ichki ishlar bo\u2019limi bilmga ishtiyoqi zo\u2019r I.Esanovga 1947 yilda Toshkent shahridagi uch yillik huquqshunoslik institutiga o\u2019qishga yo\u2019llanma beradi. 1950 yilda huquqshunoslik institutiga o\u2019qishga yo\u2019llanma beradi. 1950 yilda huquqshunoslik institutini muvaffaqiyatli tugatgach, 1964 yilgacha shahar Ichki ishlar bo\u2019limining jinoyat qidiruv bo\u2019limida jangovar xodim, bo\u2019lim boshlig\u2019i muovini, shahar Ichki ishlar bo\u2019limi boshlig\u2019i lavozimlarida xizmat qiladi, o\u2019zini ishchan xodim sifatida ko\u2019rsatadi va militsiya leytenanti, katta leytenant, kapitan va mayyor unvonlarini olishga muvaffaq bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qator orden va medallar bilan taqdirlangan Ismoil Esanov 1963-1964 yillarda shahar Ichki ishlar bo\u2019limini boshqarib, jinoyatchilarning oldini olish va shahar aholisi osoyishtaligini saqlashga bosh-qosh bo\u2019ldi. U 1964 yili iyul oyida Sirdaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga xizmat safariga borishda avtomashina halokati tufayli hayotdan ko\u2019z yumadi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>ALI ALIMOV<\/strong> <em>(1937-2003)<\/em> 1937 yili 5 mayda Jizzax tumanidagi \u201cToshkentlik\u201d mahallasida ishchi oilasida tavallud topdi. 1954 yili o\u2019rta maktabni tugatib, 1970 yilgacha Navoiy nomli kolxozda tabelchi, brigada boshlig\u2019i bo\u2019lib faoliyat ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1964-1970 yillarda Samarqand qishloq xo\u2019jaligi institutining agronomlik fakultetini, Toshkent Oliy partiya maktabini tugatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1970 yildan 1975 yilgacha Navoiy nomli jamoa xo\u2019jaligida bosh agronom, Z.M.Bobur nomli jamoa xo\u2019jaligi boshqaruvi raisi, Jizzax tuman soveti Ijroiya qo\u2019mitasining raisi, 1985-1986 yillarda \u201cSamarqandquduq\u201d davlat xo\u2019jaligi direktori, tuman Qishloq xo\u2019jaligi bo\u2019limi boshlig\u2019ining birinchi muovini lavozimlarida xizmat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1986 yildan umrining oxiri \u2013 2003 yilgacha \u201cJizzax-turist\u201d mintaqaviy bo\u2019linmasi boshlig\u2019i, \u201cJizzaxasayohat\u201d hissadorlik jamiyati raisi lavozimlarida ishlab, \u201cJizzaxsayohat\u201d taraqqiyotiga munosib hissa qo\u2019shdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ali Alimov katta xizmatlari uchun \u201cRespublikada xizmat ko\u2019rsatgan qishloq xo\u2019jaligi xodimi\u201d unvoni, \u201cHurmat belgisi\u201d, ikki marta \u201cMehnat qizil bayroq\u201d ordenlari va ko\u2019plab medallar bilan taqdirlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>OLIMJON TELMANOVICH JAVLONOV<\/strong> <em>(1956-2003)<\/em> 1956 yil 30 yanvarda Forish tumanida ziyoli oilasida tavallud topdi. Samarqand davlat universitetini tugallagandan so\u2019ng dastlabki faoliyatini O\u2019zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kibernetika institutida boshladi. Jizzax viloyatiga kelib, dastavval yoshlar tashkilotida (1978-1984), so\u2019ngra (1984-1989) shahar, viloyat partiya qo\u2019mitalarida faoliyat ko\u2019rsatdi. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ilmiy ishlarini davom ettirib, tarix fanlari nomzodi degan ilmiy darajaga erishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Olimjon Javlonov o\u2019zining so\u2019nggi o\u2019n bir yillik ish faoliyatida viloyat hokimligining umumiy bo\u2019lim mudiri, kotibiyat boshlig\u2019i, tashkiliy ishlar va kadrlar masalalari bo\u2019yicha guruh rahbari sifatida faoliyat ko\u2019rsatdi. 1998 yil mart oyidan umrining oxirigacha viloyat hokimligining ijtimoiy masalalar bo\u2019yicha hokim o\u2019rinbosari bo\u2019lib ishlab, viloyat rahbariyatigagina emas, balki viloyatning barcha aholisiga mehnatsevar, bilimdon va ishchan xodim, ayni paytda qo\u2019l ostidagilarga, barcha kishilarga g\u2019amxo\u2019r va kamtar rahbar sifatida tanildi, Olimjon Javlonov turmushda ham madaniy qiyofasiga havas qilsa arziydigan ajoyib inson edi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>MUROD HOSHIMOVICH QOSIMOV<\/strong> <em>(1941-2002)<\/em> 1941 yil 9 mayda Jizzax tumanida tavallud topdi. 1958 yilda o\u2019rta maktabni tugallagach, Toshkent shahridagi savdo xodimlari tayyorlash kursida tahsil oldi va Jizzax tuman \u201cMatlubotsavdo\u201d jamiyatiga qarashli do\u2019konda sotuvchi bo\u2019lib ishladi. 1964-1967 yillarda ishdan ajramagan holda Toshkent kooperativ texnikumini tugallab, tuman \u201cMatlubotsavdo\u201d jamiyatida ombor mudiri bo\u2019lib xizmat qildi. 1974 yilda Samarqand kooperativ institutini sirtdan o\u2019qib tamomladi va Jizzax viloyat Ko\u2019tarasavdo bazasida rahbar muovini, 1977 yilda uning direktori lavozimiga ishga tayinlandi. 1984 yildan boshlab Jizzax viloyat \u201cMatlubotsavdo\u201d uyushmasi boshqaruvi raisining o\u2019rinbosari bo\u2019lib xizmat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tajribali savdo xodimi Murod Qosimov 1985 yili Jizzax tuman \u201cMatlubotsavdo\u201d jamiyati boshqaruvi raisi lavozimiga saylanib, uzluksiz o\u2019n to\u2019rt yil bu lavozimda faoliyat ko\u2019rsatadi. 1998 yildan umrining oxiri \u2013 2002 yil 8 oktabrgacha tuman \u201cMatlubotsavdo\u201d hissadorlik jamiyati, Sh.Rashidov nomli \u201cMatlubotsavdo\u201d aksiyadorlik jamiyati raisi lavozimlarida mehnat qildi. Viloyat, tuman savdosi taraqqiyoti, moddiy texnika bazasini mustahkamlashga munosib hissa qo\u2019shdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Murod Qosimovning savdo xizmati ko\u2019rsatishdagi samarali mehnatlari munosib taqdirlangan. U orden, O\u2019zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi, \u201cO\u2019zbekbirlashuv\u201d faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>MUROD MELIYEV<\/strong> <em>(1939-2000)<\/em> 1939 yil 5 yanvarda Jizzax shahridagi \u201cKo\u2019nchilik\u201d mahallasida tug\u2019ildi. 1956 yili Narimonov (hozirgi Sh.Rashidov) nomli maktabni tugatgach, Samarqand qishloq xo\u2019jaligi institutining veterenariya fakultetida o\u2019qishni davom ettirdi. 1961 yildan Jizzax tuman veterinariya shifoxonasida fakultetida o\u2019qishni davom ettirdi. 1961 yildan Jizzax tuman veterinariya shifoxonasida veterinary vrachi lavozimida faoliyat ko\u2019rsatib, bilimdon, tadbirkor, ishchan xodim sifatida o\u2019zini ko\u2019rsatdi. 1963 yili Boyovut tuman veterinariya shifoxonasi bosh veterinary vrachi etib tayinlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sirdaryo viloyati rahbariyati Murod Meliyevni viloyat veterinariya bo\u2019limiga boshliq, 1972 yilda esa viloyat Qishloq xo\u2019jaligi boshqarmasi boshlig\u2019ining birinchi muovini etib ishga tayinladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1974 yilda Jizzax viloyat tashkil topishi munosabati bilan Murod Meliyev bu yerga kelib, 1978 yilga qadar viloyat Qishloq xo\u2019jaligi boshqarmasi boshlig\u2019i lavozimida ishladi. 1978 yilda Jizzax tuman partiya qo\u2019mitasiga birinchi kotib etib saylanib, qishloq xo\u2019jaligi rivojiga, tuman markazida tibbiyot, maktab, bolalar bog\u2019chasi, ma\u2019muriy binolari qurilishiga bosh-qosh bo\u2019ldi. Viloyat veterinariya bo\u2019limi boshlig\u2019i lavozimida ham barakali mehnat qildi. 1996 yildan nafaqaga chiqqunga qadar shahardagi \u201cKo\u2019k bozor\u201d veterinariya laboratoriyasida boshliq bo\u2019lib ishladi. U viloyatda jamoa chorvachiligi rivojiga qo\u2019shgan munosib xizmatlari uchun hukumatimizning qator orden va medallari bilan taqdirlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>YO\u2019LDOSH HAYDAROV<\/strong> <em>(1924-2000)<\/em> 1924 yil 20 fevralda Forish tumanidagi \u201cJayraxona\u201d qishlog\u2019ida dehqon oilasida tug\u2019ildi. Osmonsoy qishlog\u2019idagi maktabda o\u2019qishni tugallagach, mehnat faoliyatini 1941-1942 yillarda tuman Yer ishlari bo\u2019limining agrotexnigi lavozimida ishlash bilan boshladi. 1942 yili Qurolli Kuchlar safiga chaqirilib, fashistlar bilan bo\u2019lgan janglarda bir necha bor og\u2019ir yaralandi va 1947 yili harbiy xizmatdan bo\u2019shatildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yo\u2019ldosh Haydarov urushdan keyingi 1947-1953 yillarda Forish tuman ijroiya qo\u2019mitasining harbiy hisobot bo\u2019limi instruktori, tuman partiya qo\u2019mitasining yo\u2019riqchisi, bo\u2019lim boshlig\u2019i lavozimlarida faoliya ko\u2019rsatadi. 1953-1955 yillarda Forish tuman partiya qo\u2019mitasining ikkinchi kotibi, 1955-1957 yillarda Qo\u2019shrabod tuman partiya qo\u2019mitasining birinchi kotibi, 1957-1959 yillarda Payariq tuman partiya qo\u2019mitasining ikkinchi kotibi lavozimlarida mehnat qilib, qishloq xo\u2019jaligi, madaniyat, tibbiyot, xalq ta\u2019limi rivojiga munosib hissa qo\u2019shdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Y.Haydarov 1961-1986 yillarda tumanlararo qishloq xo\u2019jaligi mahsulotlari tayyorlash va sifat ko\u2019rsatkichi bo\u2019yicha davlat inspektori, \u201cO\u2019zbekiston\u201d jamoa xo\u2019jaligi boshqaruvi raisi, 1986 yildan nafaqaga chiqqunga qadar Jizzax viloyat bo\u2019rdoqichilik bazasi rahbari, viloyat pillachilik boshqarmasida agronom-pillakash lavozimlarida mehnat qildi. U, Vatanimiz oldidagi xizmatlari evaziga orden va medallar bilan taqdirlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>XIDIR PIRNAZAROV<\/strong> (1914-1974) 1914 yilda Jizzax shahridagi \u201cQaliya\u201d mahallasida o\u2019rtahol dehqon oilasida tavallud topdi. Samarqand shahridagi ishchilar fakultetida (Rabfak) ta\u2019lim olgach, maktablarda o\u2019qituvchi bo\u2019lib ishladi. Ikkinchi jahon urushida qo\u2019liga qurol olib, Vatan himoyasiga otlandi. 1941-1946 yillarda uzoq Sharq frontida Manchjuriyani Yapon militaristlaridan ozod qilishda qatnashdi. Olovli urush yillari janglarda ko\u2019rsatgan jasoratlari evaziga \u201cYaponiya ustidan qozonilgan g\u2019alaba uchun\u201d medali bilan taqdirlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>X.Pirnazarov urushdan qaytgach, tuman Xalq ta\u2019limi bo\u2019limining \u201cQaliya\u201d mahallasidagi 19-umumta\u2019lim maktabida director va o\u2019qituvchi bo\u2019lib ishladi. Zomin MTSi direktorining siyosiy ishlar bo\u2019yicha o\u2019rinbosari lavozimida faoliyat ko\u2019rsatdi. So\u2019ngra yana o\u2019zi mehr qo\u2019ygan yumush \u2013 yoshlar tarbiyasi bilan shug\u2019ullandi. 1963 yildan umrining oxiri \u2013 1974 yilga qadar Jizzax tumanidagi Hamza nomli maktabda pedagogik jamoaga rahbarlik qilib, o\u2019quvchilarga tarix fanidan saboq berdi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>ISMOIL QURBONOV<\/strong> (1911-2002) 1911 yilda Jizzax tumanidagi dehqon oilasida tug\u2019ildi. Boshlang\u2019ich ta\u2019limni Jizzax shahridagi 1-bolalar internatida oldi. 1928-1932 yillari Kattaqo\u2019rg\u2019on pedagogika bilim yurtida o\u2019qidi. So\u2019ngra 1937 yilgacha Jizzax tuman Xalq ta\u2019limi bo\u2019limida yo\u2019riqchi, 1937-1941 yillarda Jizzax shahar va tuman Xalq ta\u2019limi bo\u2019limlari mudiri lavozimida faoliyat ko\u2019rsatdi. 1941-1949 yillarda Zomin tuman partiya qo\u2019mitasida bo\u2019lim mudiri, partiya qo\u2019mitasining ikkinchi kotibi bo\u2019lib ishladi. 1949-1957 yillarda Jizzax shahar va tuman Xalq maorifi bo\u2019limi mudiri, 1957 yildan 4-umumta\u2019lim maktabida o\u2019qituvchi va director lavozimlarida mehnat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ismoil Qurbonovning samarali mehnatlari munosib taqdirlangan. U \u201cO\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan o\u2019qituvchi\u201d faxriy unvoni, \u201cHurmat belgisi\u201d va \u201cMehnat shuhrati\u201d ordenlari, \u201cShavkatli mehnati uchun\u201d va \u201cMehnat veterani\u201d medallariga sazovor bo\u2019lgan edi. \u201cXalq maorifi a\u2019lochisi\u201d ko\u2019krak nishoni va ko\u2019plab faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Respublika ahamiyatiga molik inson edi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>NORMUHAMMAD NURMUHAMMEDOV<\/strong> <em>(1940-2003)<\/em> 1940 yil 3 iyulda Forish tumanidagi \u201cBalandosmon\u201d qishlog\u2019ida tug\u2019ildi. 1964 yilda Samarqand kooperativ texnikumini tugatgach, Forish tumani \u201cMatlubotsavdo\u201d jamiyati uyushmalari bosh hisobchisining o\u2019rinbosari, keyin \u201cForish\u201d ishchilar kooperatsiyasida bosh hisobchi bo\u2019lib ishladi. 1974 yilda Samarqand kooperativ institutini tamomlab, 1977-1980 yillarda Jizzax viloyat \u201cMatlubotsavdo\u201d jamiyati uyushmasining hisob-kitob boshqarmasi boshlig\u2019i lavozimida ishladi. 1987 yildan 1998 yilgacha Jizzax viloyati \u201cMatlubotsavdo\u201d jamiyati uyushmalari boshqaruvi raisining moliya-iqtisod ishlari bo\u2019yicha director o\u2019rinbosari lavozimida xizmat qilib, Jizzax shahridagi \u201cKo\u2019k bozor\u201d qurilishi, qariyalar choyxonasi, ko\u2019plab savdo-maishiy binolar qurilishlarini amalga oshirishga munosib hissa qo\u2019shdi. 1998-2002 yillarda esa viloyat \u201cMatlubotsavdo\u201d hududiy aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o\u2019rinbosari, iqtisodiyot va hisobot boshqarmasi lavozimida xizmat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>N.Nurmuhamedov qayerda ishlamasin, aholiga savdo xizmati madaniyatini oshirish borasida barakali mehnat qildi. Uning ko\u2019p yillik mehnatlari \u201cO\u2019zbekiston Respublikasi Matlubot korporatsiyasi a\u2019lochisi\u201d ko\u2019krak nishoni, ko\u2019plab faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>YO\u2019LDOSH TOSHPO\u2019LATOV<\/strong> <em>(1921-1989)<\/em> 1921 yil 9 mayda Jizzax tumanida dehqon oilasida tavallud topdi. 1936 yilda hozirgi Sh.Rashidov nomli maktabni, 1939 yilda Toshkent Pedagogika bilim yurtini tugalladi va 1941 yilgacha Jizzax tumanidagi sobiq Chkalov nomli maktabda o\u2019qituvchilik qildi. Ikkinchi jahon urushi boshlangach, ko\u2019ngilli bo\u2019lib frontga otlanib, urushda ko\u2019rsatgan jasoratlari uchun ordenlar va bir necha medallar bilan taqdirlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Urush tugagach, 1945-1947 yillarda Jizzax shahridagi Narimonov nomli maktabda o\u2019qituvchi, 191 yilgacha tuman yoshlar qo\u2019mitasi kotibi sifatida faoliyat ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1953 yili oliy partiya maktabini tugatib, 1958 yilgacha Jizzax tuman ijroiya qo\u2019mitasiga raislik qildi va qishloq xo\u2019jaligi taraqqiyoti hamda aholining turmush faropvonligini oshirishga munosib hissa qo\u2019shdi. Keyinchalik Yo\u2019ldosh Toshpo\u2019latov qoloqlikka tushib qolgan sobiq Jdanov nomli xo\u2019jalikka boshqaruv raisi etib saylanib, jamoa xo\u2019jaligini peshqadam xo\u2019jaliklardan biriga aylantirishga erishdi. Tajribali rahbar Y.Toshpo\u2019latov ordenlar hamda ko\u2019plab medallar bilan taqdirlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>MAMAJON KOMILOV<\/strong> <em>(1913-1989)<\/em> 1913 yilda Jizzax tumanidagi \u201cCho\u2019lmo\u2019lkanlik\u201d mahallasida dehqon oilasida tug\u2019ildi. 1933-1935 yillarda Qurolli Kuchlar safida xizmat qilgach, Leningradda moliya texnikumini tugatib, 1936-1943 yillarda Jizzax tumanidagi jamoa xo\u2019jaliklarida hisobchi, boshqaruv raisi muovini, rais, 1943-1950 yillarda Xayrobo fuqarolar yig\u2019ini raisi, Navoiy nomli jamoa xo\u2019jaligi boshqaruvi raisi, 1950-1981 yillarda Jizzax tumani moliya bo\u2019limi mudiri, \u201cO\u2019zlavmedxozsnab\u201d Jizzax viloyat bazasi direktori lavozimlarida mehnat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mamajon Komilov ikki marta \u201cHurmat belgisi\u201d ordeni, \u201cShavkatli mehnati uchun\u201d, \u201cMehnatda o\u2019rnak ko\u2019rsatganligi uchun\u201d medallari, O\u2019zbekiston Oliy Soveti Prezidiumining Faxriy yorlig\u2019i, \u201cMoliya a\u2019lochisi\u201d ko\u2019krak nishoni bilan taqdirlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>KAMOLJON AZIMOV<\/strong> <em>(1927-1983)<\/em>. 1927 yili Jizzax tumanidagi A.Navoiy nomli jamoa xo\u2019jaligida dehqon oilasida tug\u2019ilgan. U o\u2019rta maktabni tugallagach, 1950-1979 yillari A.Navoiy nomli jamoa xo\u2019jaligida hisobchi, ferma mudiri, boshqaruv raisi o\u2019rinbosari, rais lavozimlarida mehnat qilib, xo\u2019jalik iqtisodiyotini mustahkamlashga xizmat qildi. Jamoa xo\u2019jalik qishloqlarida turar joy, madaniy-maishiy binolarni qurishda, xo\u2019jalik a\u2019zolari turmush farovonligini oshirishda juda katta ishlarni amalga oshirdi. K.Azimov 1980-1984 yillarda Qo\u2019lama qishloq fuqarolar yig\u2019inida raislik qilib, maktab-maorif, madaniyat sohalarining rivojiga katta hissa qo\u2019shdi. Uning qishloq xo\u2019jaligini taraqqiy ettirishdagi juda katta mehnatlari hisobga olinib, qator orden va medallar, \u201cO\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan qishloq xo\u2019jaligi xodimi\u201d, \u201cMehnat Qahramoni\u201d unvonlari bilan taqdirlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>JO\u2019RA BO\u2019RIYEV<\/strong> <em>(1910-1995)<\/em> 1910 yil 20 yanvarda Jizzax tumanida dehqon oilasida tavallud topdi. J.Bo\u2019riyev yoshligida otasi vafot etgach, amakisi O\u2019rol Qo\u2019chqorov qo\u2019lida qoldi. U qishloq maktabini tugatgach, 1943 yilgacha Jizzax tuman Qishloq xo\u2019jaligi boshqarmasida, MTS, suv xo\u2019jaligi, moliya bo\u2019limida ishladi. 1943-1945 yillarda Ikkinchi jahon urushida qatnashib, bir necha bor og\u2019ir yarador bo\u2019lib, armiya safidan bo\u2019shatilgach, 1945-1950 yilda Jizzax tuman ijroiya qo\u2019mitasi raisining muovini, 1950-1989 yilgacha tuman Suv xo\u2019jaligi boshlig\u2019i lavozimida mehnat qildi. U Jizzax cho\u2019lini o\u2019zlashtirishda, Jizzax suv omborini qurishda, Tuyatortar kanalidan Jizzax vohasigacha suv keltirishga ham munosib hissa qo\u2019shdi.<\/p>\n\n\n\n<p>J.Bo\u2019riyevning Jizzax cho\u2019lini o\u2019zlashtirish, suv tarmoqlarini barpo qilishdagi xizmatlari hukumatimiz tomonidan \u201cO\u2019zbekiston Respublikasida xizmat ko\u2019rsatgan irrigator\u201d unvoni, ordenlar va medallar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Urush va mehnat faxriysi <strong>VAHOBJON JALILOVNING<\/strong> (1922-1997) bosib o\u2019tgan hayot yo\u2019li ham ibratlidir. Uning urush yillaridagi jangovar xizmatlari \u201cJangovor jasorati uchun\u201d, \u201cBudapesht egallanganligi uchun\u201d, \u201cGermaniya ustidan qozonilgan g\u2019alaba uchun\u201d va boshqa medallar bilan taqdirlangan. Vahobjon Jalilov urushdan qaytgach, Jizzax tuamni maorif, partiya va sovet organlarida, matbuot sohasida jonkuyarlik bilan ishlab, el hurmatini qozonadi. Jurnalistlar uyushmasi a\u2019zosi Vahobjon Jalilov matbuot sohasidagi xizmatlari uchun \u201cO\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan madaniyat xodimi\u201d faxriy unvoni bilan taqdirlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hamroqul Nosirov (1904-1978). 1904 yil 4 yanvarda Jizzax shahrida tavallud topgan. U mehnat faoliyatini 1927 yildan dehqonchilik bilan boshlagan. 1934 yilgacha oddiy kolxozchi bo\u2019lib ishladi. 1934-1944 yillarda jamoa xo\u2019jaligida ferma &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzax-mashhur-kishilar-maskani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-138017","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138017","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=138017"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138017\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":138213,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138017\/revisions\/138213"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=138017"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}