{"id":138039,"date":"2024-07-18T14:47:03","date_gmt":"2024-07-18T11:47:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=138039"},"modified":"2024-07-18T15:20:48","modified_gmt":"2024-07-18T12:20:48","slug":"jizzaxda-istiqlol-yolida-shahid-ketganlar","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzaxda-istiqlol-yolida-shahid-ketganlar\/","title":{"rendered":"Jizzaxda istiqlol yo\u2019lida shahid ketganlar"},"content":{"rendered":"\n<p>30-40-yillardagi shaxsga sig\u2019inish va qatag\u2019onlarning qonli to\u2019foni Jizzax viloyatini ham chetlab o\u2019tmadi. Qatag\u2019on yillari viloyatning ko\u2019zga ko\u2019ringan rahbar xodimlaridan Haydarbek Abdujabborov, Orif Olimjonov, Bayza Mirazimov, Tursunxo\u2019ja Valixo\u2019jayev, Rizoqul Yo\u2019ldoshev, Haydarqul Yo\u2019ldoshev, Mulla Isoq Haydarov, Mamadali Haydarov, Ismoil Muhamedov, Urdushbek Salimov, Abdulla Botirbekov, yozuvchi Anqaboy Xudoybatov, Muhiddin Xo\u2019jayev, Mahmud G\u2019ozixonov, Turob Nazarov, aka-uka Anvar, Hasan va Abdulla Hamdamovlar va ularga o\u2019xshash o\u2019nlab gunohsiz rahbar xodimlar qamoqqa olinib \u201cUchlik\u201d hukmi bilan uzoq yillarga qamoqqa hukm qilindi yoki otib tashlandilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Aslini olganda, bu siyosiy qotillik harakati O\u2019zbekiston Respublikasini iqtidorli rahbar xodimlaridan mahrum qilish, shafqatsiz jazo choralari yordamida butun xalqni qo\u2019rquv asoratida saqlashga qaratilgan edi. Islom Usmonovning \u201cIstiqlol fidoyilari\u201d risolasida bayon qilinishicha va jizzaxlik mehnat faxriysi Tolib bobo Shodiyevning eslashicha, 1916 yil milliy ozodlik qo\u2019zg\u2019oloni davrida halok bo\u2019lgan Jizzax uyezdi tilmochi Mirzahamdam Zokirjonovning nabiralari Anvar, Hasan, Abdulla va Mahmudlar ham qatag\u2019on qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Otadan erta judo bo\u2019lgan Anvar Hamdamov 1917 yilgi Oktabr to\u2019ntarishidan so\u2019ng samarqandlik yoru-birodarlarining yordami bilan Samarqand viloyat Ichki ishlar bo\u2019limida xalq osoyishtaligini saqlash yo\u2019lida xizmat qilardi. U ukalari Hasan, Abdulla va Mahmudlarni ham Samarqandga o\u2019z yoniga olib, bilim va tajriba egallashlariga baholi qudrat ko\u2019maklashgan. Bu aka-ukalar ham Samarqand, Jizzax, Yangiqo\u2019rg\u2019on muzofotlarida ichki ishlar bo\u2019limida faol xizmat qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Anvar Hamdamov 1929-1930 yillarda Jizzax shahridagi qurilish tashkilotiga rahbarlik qilib, Eski shahardagi Jizzax pedagogika bilim yurtining o\u2019quv binosi, yotoqxona, oshxona, choyxona qurilishini amalga oshirgan. Zamondoshlarining eslashlaricha, Anvar Hamdamovning bevosita boshchiligida Eski shaharda ko\u2019pgina madaniy-maishiy binolar, maktablar, uy-joylar ham qad ko\u2019targan. U 1936 yili Toshkentga ko\u2019chib borib, shaharni obodonlashtirish muassasasiga ishga kirgan va xalq orasida izzat-hurmatga sazovor bo\u2019lgan. \u201cOtamiz, &#8211; deb hikoya qiladi Toshkentda jismoniy tarbiya instituti kafedra mudiri, O\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor Ozoda Rixsiyeva, &#8211; uydirma tuhmatlar bilan 1937 yili yanvar oyida NKVD xodimlari tomonidan hibsga olinadi. Respublika Xalq Komissariati tomonidan tuzilgan \u201cUchlik\u201dning qaroriga binoan \u201cmillathilik targ\u2019ibotchisi\u201d degan uydirma bilan 10 yil muddatga qamoqqa hukm etilib, Sibirga surgun qilingan. Oila a\u2019zolarimiz dom-daraksiz ketgan otamizning tirik qaytib kelishini yillab kutdik, uzluksiz maktublar yozdik, biroq xatimizga javob ololmadik. Uzoq vaqt o\u2019tgach, Qarag\u2019anda turmasi ma\u2019muriyati bizga yo\u2019llagan maktubida, otamiz Qarag\u2019anda shahrining Dolina qishlog\u2019ida qurilishda ishlab yurgan paytida, yurak kasali bilan vafot etganini xabar qilishdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Hasan Hamdamovning o\u2019g\u2019li Arslon Hamdamovning uyida saqlanayotgan, turaverib sarg\u2019ayib ketgan o\u2019sha davr hujjatlari aka-ukalar bosib o\u2019tgan hayot yo\u2019llarini aniqlab olish imkonini berdi. Hujjatlardan ma\u2019lum bo\u2019lishicha, Hasan Hamdamov G\u2019allaorol militsiya bo\u2019limida, so\u2019ngra Forish, Jizzax, Zomin va boshqa tumanlarda aholiga oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlov bo\u2019limida xizmat qilgan. Ayniqsa, Forish tumanining uzoq yaylovlarida qo\u2019y boqayotgan cho\u2019ponlar uchun oziq-ovqat, qo\u2019ylarni tuz bilan ta\u2019minlash havodek zarur edi. Shu bois u bu vazifani sidqidildan bajarishga harakat qilardi. Biroq, u ig\u2019vogarlarning tuhmati tufayli partiyadan o\u2019chirilib, qamoqqa olingan. O\u2019zi bilmagan va hatto eshitmagan bobosi Mirzahamdamning oq podshoga xizmat qilganini ro\u2019kach qilishib, \u201caksilinqilobiy tashkilot a\u2019zosi, xalq dushmani\u201d degan uydirma ayblar qo\u2019yilib, O\u2019zbekiston Jinoyat Kodeksining 66-modda 1-qismi bilan 1938 yil 9 fevralda oliy jazo \u2013 otishga hukm qilingan. Hukm 1938 yil 7 martda ijro etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand viloyati prokurorining o\u2019rinbosari, adliya maslahatchisi K.Ahmadjonovning Arslon Hamdamovga yo\u2019llagan maktubida \u201c1938 yilda go\u2019yo davlatga qarshi qilgan jinoyatlari uchun hibsga olingan Hamdam Hasan ustidan qo\u2019zg\u2019atilgan jinoyat ishi nazorat sifatida ko\u2019rib chiqilib, Samarqand viloyat prokuraturasi raddiyasiga asosan viloyat sudining hay\u2019ati Hasan Hamdamovni aybsiz deb topadi va hukm bekor qilinadi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdulla Hamdamov aka-ukalar orasida savodli va bilimdoni edi. U o\u2019z mehnat faoliyatini o\u2019qituvchilik qilish bilan boshladi. Ishchanligi, tashkilotchiligi uchun qishloqdoshlari uni jamoa xo\u2019jaligi raisligiga saylashdi. 1930 yilda jamoa faollarini to\u2019plab, ziyofat bergani uchun \u201cxalq mulkini talon-taroj qildi\u201d deb ayb qo\u2019ydib, hibsga olinadi. Ozodlikka chiqqach, yana jamoa xo\u2019jaligi raisi muovini lavozimida faoliyat ko\u2019rsatadi. Jamoa xo\u2019jaligida mehnat qilgan ishchilarga mehna haqiga yem-xashak bergani uchun yana \u201cxalq dushmanlariga xayrixohlik qildi\u201d, \u201csovet hukumatiga qarshi tashviqot olib bordi\u201d degan uydirmalar bilan oliy jazoga hukm qilinib, otib tashlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Afsuski, haqiqat kech qaror topdi. Abdulla Hamdamov oilasiga Samarqand viloyati sudi raisi vazifasini bajaruvchi Sh.Bahromov tomonidan yuborilgan xatda quyidagilar yozilgan. \u201cHamdamov Abdullaga nisbatan qo\u2019llanilgan Respublika Jinoyat kodeksining 66-modda 1-qismi asosida oliy jazo \u2013 otishga hukm etilgan jinoiy ish viloyat prokuraturasining raddiyasi bilan 1962 yil 30 noyabrdagi Samarqand viloyat sudi hay\u2019ati tomonidan ko\u2019rib chiqilib, Respublika Ichki ishlar Xalq Komissariati qoshidagi \u201cUchlik\u201dning 1937 yil 19 oktabrdagi qarori bekor qilindi va ishda jinoyat alomatlari yo\u2019qligi sababli u harakatdan to\u2019xtatildi\u201d. Abdulla Hamdamov oradan 25 yil o\u2019tgach, gunohsiz deb topildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Toshkentdagi g\u2019isht zavodida ishlayotgan ukasi Mahmud Hamdamov akasining ko\u2019chada qolgan ikki farzandini o\u2019z himoyasiga olgani uchun \u201cxalq dushmani farzandlariga xayrixohlik qildi\u201d deb qatag\u2019on qilingan edi. Hamdamovlarning kenjasi Sarvar esa Kavkazorti yurti shaharlarida xizmatda yurmagan ochiqda qolmas edi. Sarvarni ham hibsga olish uchun NKVDda ayblov va bahonalar ko\u2019p edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirgi paytda Sarvar boboning xonadonidan ajoyib tinchlik posbonlari yetishib chiqqan. Inom Hamdamov Jizzax tumani Ichki ishlar bo\u2019limida militsiya mayyori lavozimida xizmat qilib, nafaqaga chiqdi. Ikrom Sarvarov esa ichki ishlar polkovnigi bo\u2019lib, Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasida mas\u2019ul vazifalarda xizmat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston, Tojikiston respublikalarida Sog\u2019liqni saqlash, Moliya vaziri, Tojikiston Respublikasining Moskvadagi muxtor elchisi, Toshkent to\u2019qimachilik kombinati qurilishi boshlig\u2019i, bosh injener, tsex boshlig\u2019i bo\u2019lib faoliyat ko\u2019rsatgan Haydarbek Abdujabborov ham 1936 yil noyabr oyida mehnat ta\u2019tili olib, qishlog\u2019i Yetimtoqqa keladi. Uning qishloqqa kelishi yurtdoshlari uchun qatag\u2019on siyosatining boshlanishiga bahona bo\u2019ldi. U bu yerda qarindosh-urug\u2019lari, qo\u2019ni-qo\u2019shnilari bilan o\u2019tirib bir payola choy ustida o\u2019z esdaliklari bilan o\u2019rtoqlashadi. Bu uchrashuv ularning aksariyati uchun nihoyatda qimmatga tushishini u xayoliga ham keltirilmagan edi. H.Abdujabborov mehnat ta\u2019tirili tugab, Jizzaxdan Toshkentga qaytgach, unga F.Xo\u2019jayev, A.Ikromovlarning dumi \u201cxalq dushmani\u201d tamg\u2019asi bosilib, hibsga olinadi va \u201cUchlik\u201d qarori bilan 10 yil muddatga qamoqqa hukm qilinadi. 1936 yili Haydarbekning qamoqqa olinishi uning tug\u2019ishganlari, yoru-birodarlari, qo\u2019ni-qo\u2019shnilari, u bilan bir payola choy ustida suhbat qurgan yaqin kishilari uchun qatag\u2019onning boshlanishi bo\u2019lgan edi. \u201cQizil karvon\u201d arteli raisi Isoq Haydarov, Sayxon qishloq soveti raisi Ashurovlar Haydarbek bilan bir payola choy ustida suhbat qurganlari uchun ishdan olinib, partiya safidan o\u2019chiriladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>M.Gorkiy nomli maktab o\u2019qituvchisi Xudoyor Shodibekov, Jizzax tumani moliya bo\u2019limi mudiri Mamadali Haydarov, tuman Ijroiya qo\u2019mitasining mas\u2019ul xodimi Muxtor Abdujabborov, Yer-suv bo\u2019limi gidrotexnigi Abduqhhor Botirbekov, Jabbor Hazratqulov, Asfandiyor Abdujabborov, Azim Safarbekovlar ham H.Abdujabborov bilan suhbat qurganlar uchun qamoqqa olindilar va 1938 yili \u201cUchlik\u201d qarori bilan otib tashlandilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Haydarqul Yo\u2019ldoshev, Haydar Hazratqulov, Rizoqul Yo\u2019ldoshev, Ochil Odilov, Ashurbek Abdujabborov, Qodir Davronov, Abdulla Yusupov, Isoq Rahmonqulov, Ziyovuddin Mo\u2019minov, O\u2019rol Shokirov, Muzaffar Yusupov singari qirqqa yaqin begunoh kishilar hibsga olinib, 8-10 yil qamoq jazosiga hukm qilindilar.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Respublikasi Prokuraturasida qatag\u2019on qilinganlarni aniqlash masalalari bilan shug\u2019ullanuvchi ishchi guruhi boshlig\u2019i A.Jukovning \u201cSirdaryo haqiqati\u201d gazetasining 1989 yil oktyabr oyida chop qilingan \u201cXalq dushmalari kimlar edi?\u201d sarlavhali maqolasida H.Abdujabborovga qo\u2019yilgan ayblar nuqul tuhmatdan iboratligi, u hech qanday sovetlarga qarshi tuzilgan aksilinqilobiy milliy uyushmaga a\u2019zo bo\u2019lmaganligi, nohaq hibsga olinganligi va uzoq muddat qamalgani bayon qilinadi. H.Abdujabborov mehnat ta\u2019tili tugab, Jizzaxdan Toshkentga qaytgach, u 10 yil muddatga qamoqqa hukm qilingan edi. Qatag\u2019on qilinganlarning barchasi gunohsiz deb topilib \u201cUchlik\u201d hukmi bekor qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>H.Abdujabborovning porloq xotirasi abadiylashtirildi. Jizzax shahridagi mahallalardan biri, Yetimtog\u2019 qishlog\u2019idagi 9-maktab, uning nomi bilan yuritilmoqda. Yetimtog\u2019 qishlog\u2019ida esa muzey tashkil qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustabid tuzumning basharasini Ismoil Muhamedov taqdiri ham yaqqol ochib beradi. 1906 yilda Forish tumani To\u2019qay qishlog\u2019ida tug\u2019ilgan, tuman univermagi direktori Ismoil Muhamedov 1937 yil 5 dekabr kuni aksininqilobiy targ\u2019ibot-tashviqot yuritishda ayblanib hibsga olinadi. Oradan 3 kun o\u2019tar-o\u2019tmas, 1937 yil 7 dekabrda \u201cUchlik\u201d qarori bilan Ismoil Muhamedov 10 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilinadi va uzoq yurtlarda qamoqda olamdan o\u2019tadi. Oradan 52 yil o\u2019tgach, sobiq SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1989 yil 16 yanvardagi qatag\u2019on qurbonlariga nisbatan adolatni tiklash to\u2019g\u2019risidagi qaroriga asosan Respublika Prokuraturasi ishni qayta ko\u2019rib chiqib, 1989 yil 28 iyundagi qarori bilan \u201cUchlik\u201dning 1938 yil 7 dekabr qarorini bekor qildi va Ismoil Muhamedovni oqladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustabid tuzumning qatag\u2019on mashinasi uchun o\u2019ziga yoqmagan insonlarni so\u2019rab-surishtirmasdan hibsga olish, uzoq muddatga qamash, otish xamirdan qil sug\u2019urgandek oson edi. Faqat 1937-1939 yillarda respublikada 43 mingdan ziyod, jumladan, minglab Jizzax viloyati fuqarolari qatag\u2019on qilingan. Aslini olganda, bu harakatlar tagida O\u2019zbekistonni iqtidorli milliy kadrlaridan mahrum qilish, shafqatsiz jazo choralari yordamida butun xalqni qo\u2019rquv asoratiga solishdek razil reja yashirinib yotardi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>30-40-yillardagi shaxsga sig\u2019inish va qatag\u2019onlarning qonli to\u2019foni Jizzax viloyatini ham chetlab o\u2019tmadi. Qatag\u2019on yillari viloyatning ko\u2019zga ko\u2019ringan rahbar xodimlaridan Haydarbek Abdujabborov, Orif Olimjonov, Bayza Mirazimov, Tursunxo\u2019ja Valixo\u2019jayev, Rizoqul Yo\u2019ldoshev, Haydarqul &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzaxda-istiqlol-yolida-shahid-ketganlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-138039","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138039","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=138039"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138039\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":138043,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138039\/revisions\/138043"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=138039"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}