{"id":138207,"date":"2024-07-19T11:21:06","date_gmt":"2024-07-19T08:21:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=138207"},"modified":"2024-07-19T11:48:27","modified_gmt":"2024-07-19T08:48:27","slug":"jizzaxda-madaniy-va-marifiy-jarayonlar","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzaxda-madaniy-va-marifiy-jarayonlar\/","title":{"rendered":"Jizzaxda madaniy va ma\u2019rifiy jarayonlar"},"content":{"rendered":"\n<p>XX asrning 20-30-yillarida kommunistik partiyaning Jizzax shahrida olib borgan madaniy qurilish siyosati \u201cshaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyatni\u201d shakllantirishga qaratilib, xalqimizning o\u2019ziga xos madaniyati, milliy qadriyati, ma\u2019naviy-madaniy merosi inkor etildi. Jizzax ahlining uzoq davrlarga borib taqaladigan qiziqchilik, masxarabozlik, hajv singari san\u2019at turlari kommunistik mafkura o\u2019lchovi va tamoyillariga mohiyatan zid edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shuning uchun ham o\u2019sha yillarda Jizzax xalqining olis asrlarga borib taqaluvchi moddiy va ma\u2019naviy madaniyati durdonalari, osori atiqalariga zo\u2019r berib hujum uyushtirildi. Xalqimizning o\u2019z zamonasining ko\u2019zga ko\u2019ringan san\u2019atkorlari, ziyolilari, ruhoniylar, mullalar, ulamoi fuzalolar quvg\u2019inga duchor qilinib, turmalarga tashlandilar. Shaharda arab tilidagi ko\u2019plab kitoblar yoqib yuborildi. Ko\u2019pgina ulamolar bola-chaqalari bilan Eron, Turkiya, Afg\u2019oniston, Pokiston va boshqa mamlakatlarga bosh olib ketishga majbur bo\u2019ldilar. Jizzax xalqining Mulla Hoshim, Abdulla Ahmedov, Ibrohim Rajabov, Qodirjon Imomov, Abdusattor Abdurazzoqov, Ibrohim Mustafoqulov, Orifjon Olimjonov, Toji Odilov, Oxunjon Shernazarov va boshqa ko\u2019plab yurtparvar ziyolilari fidoyilik namunalarini ko\u2019rsatib, barcha qiyinchiliklarga bardosh berib shaharning madaniy hayotida faol qantashdilar. Ularning sa\u2019y-harakatlari bilan eski va yangi shaharda klub, kutubxonalar va boshqa madaniy-ma\u2019rifiy muassasalar tashkil qilinib, aholiga madaniy xizmat ko\u2019rsatish birmuncha yaxshilandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharda 1921 yilda tashkil topgan \u201cKo\u2019k ko\u2019ylak\u201d sayyor havaskorlik drama to\u2019garagi yakshanba kunlari, xalq to\u2019planadigan joylarda, tuman markazlarida aholiga tomoshalar ko\u2019rsatdilar. \u201cKo\u2019k ko\u2019ylak\u201d havaskorlik sayyor drama to\u2019garagi 1927 yilda Jizzax shahar siyosiy-oqartuv bo\u2019limi ixtiyoriga olinib, unga \u201cKo\u2019k ko\u2019ylak\u201d agitteatri nomi berildi. \u201cHalima\u201d (rejissor P.Nosirov) teatrda sahnalashtirilgan birinchi spektakl edi. Keyingi yillarda \u201cArshin-mol-olon\u201d (U.Hojibekov), \u201cBuxoro jallodlari\u201d (S.Ayniy), \u201cTuhmatchilar jazosi\u201d (Hamza), \u201cLolaxon\u201d (K.Yashin) kabi spektakllar teatr sahnasida ko\u2019p martalab qo\u2019yildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1932 yilda \u201cKo\u2019k ko\u2019ylak\u201d agitteatri Samarqand kolxoz-sovxoz teatriga birlashtirilib, S.Jo\u2019raboyev badiiy rahbar etib tayinlandi. \u201cPaxta shumg\u2019iyalari\u201d (U.Ismoilov), \u201cGulsara\u201d (K.Yashin), \u201cUyg\u2019onish\u201d (N.Safarov), \u201cMalikai Turandot\u201d (K.Gotssi) va boshqa spektakllar sahnaga qo\u2019yildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchi jahon urushi yillarida teatr davr ruhini aks ettirib, \u201cDavron ota\u201d (K.Yashin, S.Abdulla asari T.Sodiqov, A.Kozlovskiy musiqasi), \u201cFront\u201d (A.Korneychuk), \u201cQurbon Umarov\u201d (S.Abdulla, A.Chustiy asari, T.Jalilov musiqasi), \u201cO\u2019lim bosqinchilarga\u201d (K.Yashin) pyesalari sahnalashtirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Urushdan keyin teatr repertuaridan \u201cBoy ila xizmatchi\u201d (Hamza), \u201cNurxon\u201d (K.Yashin), \u201cShohi so\u2019zana\u201d (A.Qahhor), \u201cDalada bayram\u201d (Sh.Sa\u2019dulla) va boshqa spektakllar joy oldi<\/p>\n\n\n\n<p>1957 yili kolxoz-sovxoz teatrlari birlashtirilishi munosabati bilan Jizzax teatr a\u2019zolari Samarqand viloyati musiqali drama teatri ixtiyoriga o\u2019tkazildi. 1960 yilda Jizzaxda xalq teatri tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1964 yilda yangi Sirdaryo viloyati tashkil etilishi munosabati bilan Jizzaxda faoliyat ko\u2019rsatayotgan xalq teatr o\u2019zagida Sirdaryo viloyat musiqali drama teatri tashkil qilindi. Yunus Xo\u2019jayev bosh rejissyor, A.Shodmonqulov bosh rassom etib tayinlandi. Jizzaxda faoliya ko\u2019rsatayotgan xalq teatri artistlari ham shu teatrga qo\u2019shildilar. Jizzax viloyati tashkil etilishi munosabati bilan Sirdaryo teatri Jizzax viloyati musiqali drama teatriga aylantirilib, 1988 yilda Yu.Rajabiy nomi berildi. G\u2019.Hamidullayev, keyinchalik G\u2019.Iskandarov bosh rejissryor, S.Najafov bosh rassom, A.Abdurahimov bosh dirijyor, D.Karimov bosh baletmeyster etib tayinlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Teatr kamolot sari yuksalib bordi. Shuningdek, aktyorlardan H.Amirqulov, G\u2019.Hasanov, M.Rahmatova, A.G\u2019afurov va boshqalar sahna obrazlarini yaratishda yetakchilik qildilar. Teatr repertuari \u201cOltin devor\u201d (E.Vohidov), \u201cXolisxon\u201d (Hamza), \u201cAslzoda kelin\u201d (M.Shamxalov), \u201cKelinlar qo\u2019zg\u2019oloni\u201d (S.Ahmad), \u201cQoraqum fojiasi\u201d (U.Badiqov), \u201cXonuma xonim\u201d (A.Tsagareli), \u201cGuli siyoh\u201d (S.Jamol) va boshqa spektakllar bilan boydii.<\/p>\n\n\n\n<p>Teatrda turli yillarda A.Jo\u2019rayev, B.Nazarov kabi rejissyorlar, G.Vizel, V.Riftin, M.Musayev kabi rassomlar, H.Azimova, T.Sodiqov, X.Bekjonov singari aktyorlar ijod qilganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>1980 yilda teatr jamoasining 700 o\u2019rinli yangi zavonaviy binoga ko\u2019chib o\u2019tishi teatr hayotida muhim voqea bo\u2019ldi. Teatrning yetakchi aktyorlari: O\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan artistlar G.O\u2019rinova, O.Eshto\u2019xtarova, A.Lapasov, G\u2019.Yo\u2019ldoshev, artistlar O.Normatov, J.Dehqonova, bosh rejissyor G\u2019afur Hamidullayevlar teatr taraqqiyotiga munosib hissa qo\u2019shdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzaxda maktab o\u2019quvchilari va yoshlarga madaniy xizmat ko\u2019rsatish maqsadida 1983 yilda viloyat qo\u2019g\u2019irchoq teatri tashkil etiladi. A.Mamatov, Z.Mahmudovalar teatrning ilk aktyorlari hisoblanib, \u201cO\u2019jar quyoncha\u201d (M.Suponin) spektakli bilan ochilgan edi. Keyingi yillarda \u201cFarhod va Shirin\u201d (A.Navoiy), \u201cTomoshada tomosha\u201d (M.Ashurova), \u201cMakkor tulkicha\u201d (S.Pavlovskiy), \u201cKashmir qo\u2019shig\u2019i\u201d (Sh.Rashidov), \u201cTomosha\u201d (K.Qodirov, N.Normatov), \u201cBo\u2019g\u2019irsoq\u201d (Ye.Petrik), \u201cQuvnoq ayiqchalar\u201d (M.Polivanova), \u201cObihayot\u201d (M.Ashurova), \u201cSho\u2019x xo\u2019tikcha\u201d (Temurbek), \u201cSemurg\u2019\u201d (H.Olimjon) va boshqa spektakllardagi rollarni ijro etishda J.Muxtorov, J.Mamarahimov, Z.Mamarahimova, Z.Mahmudova, G\u2019.Yo\u2019ldoshev, F.Hasanov va boshqa aktyorlar zo\u2019r mahurat ko\u2019rsatdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Teatr jamoasi 1992 yilda Rustam Aliyev tomonidan sahnalashtirilgan \u201cFarhod va Shirin\u201d spektakli bilan Respublika qo\u2019g\u2019irchoq teatrlari 3-festivalida qatnashib, uning oliy mukofotini qo\u2019lga kiritishga muvaffaq bo\u2019ldi. 1998 yilda jamoa AQShda gastrolda bo\u2019lib qaytdi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Matbuot.<\/strong> 1924 yil O\u2019zbekiston Respublikasi tashkil etilgandan so\u2019ng Jizzax shahrida (shahar Samarqand viloyati tarkibiga kirib, shahar, tuman markazi edi) jurnal va gazetalarni aholi o\u2019rtasida tarqatish yo\u2019lga qo\u2019yildi. \u201cZarafshon ovozi\u201d viloyat gazetasining Jizzax shahrida muxbirlar posti tashkil qilinib, mahalliy o\u2019qituvchilar, ziyolilar jalb etildi. Vaqtli matbuotning o\u2019sha yillardagi sahifalarida yozilishicha, jizzaxlik muxbirlar Hamid Olimjon, Nasrulla Oxundiy, Toji Odilov, Bahrom Ibrohimov, Narziqul Hasanov va boshqalarning maqolalari chop etila boshlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cZarafshon ovozi\u201d gazetasining 1925 yil 9 may sonida berilgan ma\u2019lumotga qaraganda, Samarqand viloyatidagi jami 239 nafar muxbirning 41 nafari Jizzaxda Qalam tebratayotgan muxbirlar edi. Bu borada Eski shahardagi yoshlar sardori Narziqul Yo\u2019lchiboyev boshliq muxbirlar posti tomonidan tayyorlangan materiallar viloyat va jumhuriyat gazetalarida muntazam chop etilib borgan. Bu ishda Jo\u2019raboy Ahmadjonov, Yo\u2019dosh Hoshimov, Sohib Sultonov va Toji Odilovlar, ayniqsa, faol ishtirok qilganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixiy ma\u2019lumotlarga qaraganda, 1887-1888 yillarda Jizzax uyezdida gazeta va jurnallar kam tarqalgan edi. Samarqand viloyatida 62 dona gazeta tarqatilgan bo\u2019lsa, Jizzax shahrida birorta ham gazeta tarqatilmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahrida 1932 yili rayon gazetasiga asos solindi. Gazetaning 1-soni 1932 yilning 15 iyunida Samarqand shahridagi Morozov nomli bosmaxonada chop etilgan. Gazetaga asos solingan o\u2019sha yili uning sahifalarida Jizzax, Forish, G\u2019allaorol va Zomin tumanlari mehnatkashlarining turmush tarzi keng yoritilib borildi. Gazetaga Husan Umarov, so\u2019ngra Mahmud G\u2019ozixonov, Yusuf Yo\u2019ldashev, Xo\u2019jam Isroilov, Toji Odilov, Ibrohim Donishlar muharrirlik qildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1932 yilning oktabrida Jizzax shahrida birinchi bosmaxona ishga tushirilib, gazeta shu yerda chop etila boshlandi. Bosmaxonaning birinchi ishchi qaldirg\u2019ochlari Murtazoqul Umarov, Tolib Shodiyev, Natasha Parsel, Sabohat Teshaboyeva, N.Ahmedov, T.Tuhfatullina, T.Mamadiyorovlar gazetaning muntazam chiqishini ta\u2019minlashda katta xizmat qildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Gazeta atrofiga Munavvar Tursunov, Haydar Egamberdiyev, Lapas O\u2019tashev, Karim Fozilov, Yo\u2019ldosh Toshpo\u2019latov singari ko\u2019plab qishloq muxbirlari birlashib, xilma-xil mavzularda o\u2019z maqolalari bilan qatnashganlar. Hamid Olimjon, Sharof Rashidov, Nazir Safarov, Qodirjon Imomov, Nasrulla Oxundiy, Shukur Sa\u2019dulla, Jo\u2019ra Ahmadjonovlarning ilk asarlari dastlab ana shu gazetada chop etilgan. Radioeshittirish ishlarida Ma\u2019mur Zaripov, Ibodat Teshaboyeva, Sohib Sultonovlar faol qatnashishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1962 yilning iyun oyidan boshlab rayon gazetasi tumanlararo gazetaga aylantirilib, Jizzax, G\u2019allaorol, Zomin, Forish tumanlarida tarqatildi. 1982 ilda tashkil etilganiga 50 yil to\u2019lishi munosabati bilan gazeta O\u2019zbekiston Oliy Soveti Prezidiumining Faxriy yorlig\u2019i bilan mukofotlandi. Yubiley munosabati bilan bosh moharrir Ibrohim Donish va jamoatchi muxbir Sharof Zikirovlarga \u201cRespublikada xizmat ko\u2019rsatgan madaniyat xodimi\u201d unvoni berildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Gazeta tahririyatiga keyingi yillarda O\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan jurnalist Akrom Inomov muharrirlik qildi. 1990 yilda gazeta respublika miqyosida o\u2019tkazilgan \u201cSamarali mehnat va sog\u2019lom turmush\u201d tanlovida 3-o\u2019rinni egallab, O\u2019zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy yorlig\u2019i va pul mukofotini olishga muvaffaq bo\u2019ldi. 1973 yil 28 dekabrda Jizzax viloyati tashkil etilgach, matbuot ishlari rivojlandi. 1974 yil 1 may kuni qo\u2019riq Jizzax matbuot yilnomasiga olti harflar bilan yozilgan muborak sana bo\u2019lib qoldi. Shu kuni Jizzax muzofoti tarixida birinchi bor \u201cJizzax haqiqati\u201d va \u201cDjizakskaya pravda\u201d nomi bilan viloyat gazetalari chiqa boshladi. Dastlab \u201cJizzax haqiqati\u201d gazetasiga Oktyabr Javlonov, \u201cDjizakskaya pravda\u201d gazetasiga Shavkat Ramazonov bosh muharrirlik qildi. Keyingi yillarda \u201cJizzax haqiqati\u201dda Abdulla Ahmedov, Bahriddin Sattorov, \u201cDjizakskaya pravda\u201dda Meli Mahmudov, Andrey Orlov, Viktor Tokarev, Leonid Adilshayevlar moharrir bo\u2019lib ishladilar. Keyinchalik har ikkala gazeta muharririyati birlashtirilgan bo\u2019lib, Salohiddin Safarov bosh muharrirlik qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Har ikkala gazeta tahririyati jamoasi zabardast jurnalistlardan tashkil topgan edi. Anvar Jo\u2019raboyev, Abdurashid Abdurahmonov, Xolbo\u2019ta Xudoyorov, Abdukarim Sharipov, Sulton Po\u2019latov, Ibrohim Donish, Turob Maqsudov, Xolmuhammad Nurullayev, Nushar Qarshiboyev, Islom Usmonov, Hayitboy Nabirayev, Keldiyor Jo\u2019raqulov, Sulaymon Husainov, Nikolay Barashkin, Lidiya Ivanovna Dolina, Svetlana Vasilyevna Pyatayeva, Leonid Adilshayev, Raisa Florovna Agronovich, Asadulla Kattabekov, Tursunboy Kamolov, Toshqul Beknazarov, Bekpo\u2019lat Tog\u2019ayev, Nodira Soliyeva, Toir Norqulov, Ulug\u2019bek Daminov, Renat Sigbatullin, Ilhom Nosirov, Hasan Tojiyev, Xalil Husanov, Doniyor Mdiyorov, Usmon Ochilov singari jurnalistlar, Toshbuvi Qobiljonova, Munisa Vosiqova, Lidiya Sedemetova, Rahima Boyzoqova, Nortoji Botirova, Nigora Ismoilova singari fidoyilar gazetalarning 30 yillik tarixida o\u2019chmas iz qoldirdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cJizzax haqiqati\u201d, \u201cDjizakskaya pravda\u201d gazetalarini dastlabki qadamlaridan boshlab qo\u2019llab-quvvatlagan, qolaversa, bosmaxona va gazeta tahririyati uchun hashamatli bino qurib ishga tushirishga ulkan hissa qo\u2019shgan viloyat partiya qo\u2019mitasi kotiblari Seit Toirov, Sodiq Nishonov, viloyat nashriyot va matbaa boshqarmasining boshlig\u2019i Vahob Jalilovlarning xizmatlarini alohida ta\u2019kidlash kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahri va viloyat madaniy hayotida 1974 yil mart oyida viloyat teleradiosi komitetining tashkil topishi nihoyatda katta voqea bo\u2019ldi. Teleradiokomitet dastavval Beshquvurdagi maktab binosida joylashib, unga tajribali, tashkilotchi jurnalist Nasim Noriyev rais etib tayinlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019sha paytlarda radioeshittirishlari moslashmagan, eski binoda olib borilardi. Komitet raisi Nasim Noriyevning yelib-yugurishi tufayli tez vaqt ichida uning binosi ta\u2019mirlanib, qayta qurildi. Jurnalist xodimlar tanlanib, ishga qabul qilindi. Radiostudiya zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Birinchi eshittirish o\u2019sha yili efirga uzatildi. Eshittirish avgust oyida Qo\u2019ytosh radiostansiyasi orqali qisqa to\u2019lqinli radioda ishlaydigan efidan havoga tarqatilgan. Har kuni kunduzi soat 11.00 dan 12.00 gacha, kech soat 17.00 dan 18.00 gacha doimiy ravishda eshittirish olib boriladi. 1983 yili viloyat teleradiokomiteti teleradiokompaniyaga aylantirilib, maxsus zamonaviy binoga ko\u2019chib o\u2019tdi. Bino Vengriyadan keltirilgan zamonaviy binoga ko\u2019chib o\u2019tdi. Bino Vengriyadan keltirilgan zamonaviy teleradioapparatlari bilan ta\u2019minlanib, jurnalistlarning to\u2019liq ishlashlari uchun yaxshi ish sharoitlari yaratildi. Radiotinglovchilar radioeshittirishlarini o\u2019rta to\u2019lqinda eshitish imkoniyatiga ega bo\u2019ldilar. Eshittirishlarni bosh muharrir Sherlon Aliyev, muxbir va suxandonlar Baxtiyor Rizoyev, Pardaboy Tojiboyev, Dildora Rahimova, Salomat Qoraboyeva, Lenura Adilshayevalar olib borishdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XX asrning 20-30-yillarida kommunistik partiyaning Jizzax shahrida olib borgan madaniy qurilish siyosati \u201cshaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyatni\u201d shakllantirishga qaratilib, xalqimizning o\u2019ziga xos madaniyati, milliy qadriyati, ma\u2019naviy-madaniy merosi inkor etildi. Jizzax &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzaxda-madaniy-va-marifiy-jarayonlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-138207","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138207","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=138207"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138207\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":138211,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138207\/revisions\/138211"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=138207"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}