{"id":138218,"date":"2024-07-19T13:54:22","date_gmt":"2024-07-19T10:54:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=138218"},"modified":"2024-07-20T12:13:59","modified_gmt":"2024-07-20T09:13:59","slug":"jizzaxning-adabiy-muhiti","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzaxning-adabiy-muhiti\/","title":{"rendered":"Jizzaxning adabiy muhiti"},"content":{"rendered":"\n<p>XIX asrning ikkinchi yarmi \u2013 XX asr boshlarida Jizzaxda Mulla Azim (H.Olimjonning bobosi), Muhammadxon, Qurbonali baxshi, Muazzamxon, Hadicha aya Sharif qizi, Muhammad Rizo (1801-1874), Qurbonov Ochil qizi, Mo\u2019tabar Ochil qizi kabi shoir va shoiralar ijod qilishgan. Tarixiy manbalarda ko\u2019p martalab tilga olingan Jizzax shahrida fan, madaniyat, adabiyot va san\u2019at taraqqiyotida taniqli ijodkorlar O\u2019zbekiston xalq shoiri Hamid Olimjon, O\u2019zbekiston xalq yozuvchisi, dramaturg Nazir Safarov, jamoat va davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidov, filologiya fanlari doktori, yozuvchi Sarvar Aziov, bolalar shoiri Shukur Sa\u2019dulla, yozuvchi Nasrulla Oxundiy, Bahrom Ibrohimov (Yo\u2019qsil), shoir Qodirjon Imomov, yozuvchi Qosimjon Hoshim, Jo\u2019ra Ahmadjon, Nosir Yo\u2019lchi, Toji Odil kabilarning salmoqi hissasi bor.<\/p>\n\n\n\n<p>XX asrning ikkinchi yarmida adabiyotshunos olimlar Jo\u2019ra Hojimatov, Asil Rashidov, Hotam Umirov, Akram Kattabekov, Inoyatulla Suvonqulov, Olimjon Jo\u2019rayev, O\u2019ron Nosirov, Fayzulla Boynazarov, Usmon Qosimov singarilarning adabiyotshunoslikka doir qator ilmiy tadqiqotlari yuzaga keldi. O\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan madaniyat xodimi, shoir Ibrohim Donish, yozuvchi va shoir Keldi Qodirov, Orifjon Ikromov, Sharofat Botirova, Oqiljon Husanov, Sherlon Aliyev, Meli Normatov, No\u2019mon Mirzayev, Nushar Qarshiboyev, Shahlo Ahrorova, Zulfiya Bo\u2019riyeva, Gulchehra Shahobiddin qizi, Sayyora To\u2019ychiyeva, Islom Usmonov, Ilhom Hamrayev va boshqalar ham davr ruhiga hamohang asarlari bilan tanildilar. Quyida biz ko\u2019zga ko\u2019ringan adiblarning ba\u2019zilari haqida batafsilroq to\u2019xtalishga jazm etdik.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>HAMID OLIMJON<\/strong> <em>(1909-1944)<\/em>. Jizzax adabiy muhitida voyaga yetgan porloq siymolardan biri, shubhasiz, Hamid Olimjondir. Xalqimizning sevimli shoiri Hamid Olimjonning dastlabki she\u2019r va hikoyalari Narimonov nomli (Sh.Rashidov nomli) o\u2019rta maktab devoriy gazetasi \u201cOlg\u2019a\u201dda ko\u2019rinib turar edi. Hamid Olimjon maktabda \u201cYosh qalamkashlar\u201d to\u2019garagiga boshchilik qilib, a\u2019lo o\u2019qish bilan birga ijtimoiy va tashkiliy ishlarga ham faol qatnashar edi. \u201cYosh tarbiyachi\u201d devoriy gazetasi, \u201cUchqun\u201d jurnalining tashkilotchisi va muharriri edi. Shoirning ilk asarlari uning Samarqanddagi pedagogika bilim yurtida o\u2019qib yurgan paytlarida maydonga keldi. Samarqand viloyati \u201cZarafshon yoshlari\u201d gazetasi sahifalarida \u201cNegr bolasi\u201d, \u201cNesuroy\u201d (1926), \u201cBa\u2019zi kamchiliklar\u201d, \u201cJizzax musiqiy to\u2019dasi to\u2019g\u2019risida\u201d (1927) kabi maqolalari \u201cUchqun\u201d taxallusi bilan e\u2019lon qilindi. 1927 yildan 1930 yilgacha Hamid Olimjon \u201cZarafshon yoshlari\u201d gazetasida bo\u2019lim mudiri, keyinchalik mas\u2019ul kotib vazifalarida ishladi. 1928-1931 yillarda Samarqanddagi pedagogika akademiyasi (hozirgi A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti)da ta\u2019lim oldi. Bu vaqtda akademiyada adabiy harakatchanlik mavjud bo\u2019lib, Hamid Olimjon ham uning faol ishtirokchilaridan biri edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hassos, shoir, otashin notiq, yuksak madaniyat egasi va uning targ\u2019ibotchisi bo\u2019lgan Hamid Olimjon 1939 yildan boshlab to umrining so\u2019nggi daqiqalariga qadar O\u2019zbekiston Yozuvchilar uyushmasining mas\u2019ul kotibi sifatida respublika adabiy ijodchiligining yuksalishiga boshchilik qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Otashin kuychining birinchi to\u2019plami \u201cKo\u2019klam\u201d (1929), keyinchalik \u201cTong shabadasi\u201d, \u201cO\u2019lim yovga\u201d, \u201cShe\u2019rlar\u201d, \u201cBaxt\u201d, \u201cZaynab va Omon\u201d, \u201cOygul bilan Baxtiyor\u201d, \u201cSemurg\u2019\u201d, \u201cIkki qizning hikoyasi\u201d, \u201cOta hayotidan\u201d kabi dostonlari, \u201cMuqanna\u201d tarixiy dramasi va balladalari nashr etildi. Uning ijodi XX asr o\u2019zbek adabiyoti tarixining yorqin sahifalaridan biri sifatida elimiz ardog\u2019ida yashamoqda.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>SHAROF RASHIDOV<\/strong> <em>(1917-1983)<\/em>. Ikki marta Mehnat Qahramoni, atoqli davlat jamoat arbobi, adib Sharof Rashidovich Rashidov 1917 yil 7 noyabrda Jizzaxlik mahallasida dehqon oilasida tavallud topdi. U shahrdagi Narimonov (hozirgi Sharof Rashidov) nomli maktabda yetti yillik ma\u2019lumotni olgach, Jizzax pedagogika bilim yurtida, so\u2019ng Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil oldi. 1941 yilda uni tugallagach Samarqand viloyatining sobiq \u201cLenin yo\u2019li\u201d (hozirgi \u201cZarafshon\u201d) gazetasining muharriri bo\u2019lib ishladi. 1941 yil avgustda harakatdagi armiya safiga chaqirildi va Ikkinchi jahon urushi janglarida qatnashdi.<\/p>\n\n\n\n<p>U 1942 yilda jang maydonida yarador bo\u2019lib qaytdi. Jizzaxda sobiq Lenin (hozirgi Sh.Sa\u2019dulla) nomli o\u2019rta maktabda ilmiy bo\u2019lim muhiri va direktorlik lavozimida ishladi. So\u2019ngra yana Samarqand viloyati \u201cLenin yo\u2019li\u201d (\u201cZarafshon\u201d) gazetasida muharrirlik qildi. 1944 yildan 1947 yilning mart oyigacha Samarqand viloyat partiya qo\u2019mitasi kotibi lavozimida ishladi. 1947 yilda respublika gazetasi \u201cQizil O\u2019zbekiton\u201d (\u201cO\u2019zbekiston ovozi\u201d) gazetasiga bosh muharrir etib tayinlandi. 1949 yilda O\u2019zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qildi. Yirik jamoat arbobi sifatida tanilgan adib 1950-1959 yillarda O\u2019zbekiston Oliy Soveti Prezidiumining raisi, 1959-1983 yilda O\u2019zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Qo\u2019mitasining birinchi kotibi vazifasida faoliyat ko\u2019rsatdi.Vatanimiz tarixida o\u2019chmas iz qoldirgan Sh.Rashidov qariyb chorak asr davomida respublikaga yetakchilik qildi. Hamyurtimiz Sh.Rashidov faoliyatiga nazar solar ekanmiz, avvalo, o\u2019sha davrning o\u2019ta murakkabligini, ziddiyatligini inobatga olish lozim bo\u2019ladi. O\u2019zbekiston Prezidenti I.A.Karimov \u201cBu murakkab shaxs, bir tarafdan Milliy manfaatlarni o\u2019ylashga, ikkinchi tarafdan Markazdan kelgan, tub manfaatlarga zid buyruqlarni hayotga tadbiq etishga majbur bo\u2019lganini unutmaslik zarur. Uning umri sandon bilan to\u2019qmoq orasiga qo\u2019yilgan edi, deb aytsak mubolag\u2019a bo\u2019lmaydi\u201d deb ming karra haq fikrni bildirgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sh.Rashidov rahbarligi davrida O\u2019zbekistonda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Yangiyer va Guliston singari yirik shaharlar, ko\u2019plab tumanlar barpo etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax viloyatinign tashkil topishi va Jizzax shahrining taraqqiyoti Sharof Rashidovning bevosita nomi bilan bog\u2019liq.<\/p>\n\n\n\n<p>1966 yilgi zilzila tufayli vayronaga aylangan Toshkent shahrini qayta qurishda, Toshkent shahri metrosini barpo etishda, ko\u2019plab qurilish inshootlarining bunyod etilishida uning katta hissasi bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharof Rashidov o\u2019tkir zamonaviylik ruhi bilan sug\u2019orilgan \u201cG\u2019oliblar\u201d, \u201cBo\u2019rondan kuchli\u201d, \u201cQudratli to\u2019lqin\u201d rmanlari, \u201cKashmir qo\u2019shig\u2019i\u201d dostoni, \u201cKamolot\u201d kinopovesti, \u201cDil amri\u201d qissasi, \u201cDo\u2019stlik bayrog\u2019i\u201d, \u201cDo\u2019stlik va qardoshlik tili\u201d singari publitsistik asarlar muallifidir.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek xalqining atoqli farzandi, davlat va jamoat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yodgorlik muzeyi 1992 yili O\u2019zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning Sh.Rashidov shaxsini qayta tiklash to\u2019g\u2019risidagi ko\u2019rsatmasiga asosan tashkil qilindi. Jizzax shahrida Sharof Rashidov tavallud topgan kunning 75 yilligi tantanalarini nishonlashda qatnashgan yurtboshimiz muzeyni ochib nutq so\u2019zladi va mehmonlar daftariga dastxat yozib qoldirdi. Bugungi kunda muzeyga mamlakatimizdan, Fransiya, AQSh, Koreya Respublikasi, Angliya, Rossiya Federatsiyasi va boshqa xorijiy davlatlardan yuzlab sayyohlar kelib muzeyni tomosha qilib ketmoqdalar. Xulosa qilib aytganda, Sharof Rashidov muzeyi yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda muhim rol o\u2019ynamoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbek dramaturgiyasi, prozasi va publitsistikasining bugungi taraqqiyotini <strong>NAZIR SAFAROV<\/strong> (1905-1985) ijodisiz tasavvur qilib bo\u2019lmaydi. U hamisha xalqiga xizmat qilish orzusi bilan to\u2019lib-toshgan ijodkor edi. Shu sababli adib xalqning qalbiga kirdi, zamon chaqiriqlariga hamisha \u201clabbay!\u201d deb javob berib keldi. Bu fazilati uni fashistlar urush ochganda ixtiyoriy ravishda frontga, qizg\u2019in jang maydoniga olib bordi. Saratonning jaziramasiyu, qishning chillasida cho\u2019llarni kezgan, tez-tez paxtakorlar huzurida, ko\u2019mir konlariyu, po\u2019lat quyuvchilar huzurida bo\u2019lishga, shaharma-shahar, qishloqma-qishloq yurishga, mehnat qahramonlari bilan muloqotga undagan narsa ham xalq oldidagi teran burchni anglashida edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nazir Safarov Jizzax uyezd maorif tizimida \u201cQizil O\u2019zbekiston\u201d (\u201cO\u2019zbekiston ovozi\u201d) gazetasida bo\u2019lim mudiri bo\u2019lib ishlaganda, Respublika Yozuvchilar uyushmasining mas\u2019ul kotibi bo\u2019lib xizmat qilganda, \u201cO\u2019zbekiston\u201d nashriyoti va \u201cO\u2019zbekfilm\u201d kinostudiyasini boshqarganda, Respublika \u201cKitobsevarlar\u201d jamiyatiga rais bo\u2019lib ishlaganda o\u2019z burchiga naqadar mas\u2019uliyat bilan qarash namunasini ko\u2019rsatgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nazir Safarovning \u201cMitan parazitlari\u201d, \u201cQora kunlar ko\u2019lankasi\u201d, \u201cSuv keltirgan aziz\u201d, \u201cOliyaxon Sultonova\u201d, \u201cUzoqni ko\u2019zlagan qiz\u201d kabi publitsistik asarlari. \u201cTarix tilga kirdi\u201d, \u201cUyg\u2019onish\u201d, \u201cSharq tongi\u201d, \u201cLukash botir\u201d, \u201cKimga to\u2019y, kimga aza\u201d kabi dramalari, \u201cKo\u2019rgan-kechirganlarim\u201d, \u201cNavro\u2019z\u201d, \u201cMomaqaldiroq\u201d kabi nasriy asarlari faqat respublikamizda emas, balki qo\u2019shni respublikalarda ham e\u2019tibor qozongan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan fan arbobi, O\u2019zbekiston xalq yozuvchisi <strong>SARVAR OLIMJONOVICH AZIMOV<\/strong> <em>(1923-1994)<\/em> 1923 yil may oyida Jizzax shahridagi \u201cJizzaxlik\u201d mahallasida dehqon oilasida tavallud topgan. O\u2019rta maktabni, 1942 yilda Toshkentdagi pedagogika bilim yurtini tugallagach, O\u2019rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetida o\u2019qiydi. 1946 yildan 1949 yilgacha aspiranturada tahsil olib, Hamid Olimjon hayoti va ijodiga bag\u2019ishlangan nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaydi. Shu yillar mobaynida O\u2019zbekiston davlat radiokomitetida mas\u2019ul muharrir, O\u2019zbekiston Fanlar akademiyasi adabiyot muzeyida hamda A.S.Pushkin nomli til va adabiyot institutida (1950-1954) ilmiy xodim, director o\u2019rinbosari vazifalarida faoliyat ko\u2019rsatadi. Doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi. 1954 yildan O\u2019zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo\u2019mitasi Fan va madaniyat bo\u2019limining mudiri, O\u2019zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqarmasining birinchi kotibi (1956-1957), Respublika Madaniyat ishlari vaziri (1957-1959), O\u2019zbekiston Ministrlar Soveti raisining o\u2019rinbosari, Tashqi ishlar vaziri (1959-1969, 1988-1991) lavozimlarida faoliyat ko\u2019rsatdi. Livan Respublikasida (1969-1974), Pokistonda (1974-1980) elchi bo\u2019lib ishladi. 1980 yildan boshlab to 1985 yilga qadar yana O\u2019zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi birinchi kotibi vazifasida faoliyat yuritdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sarvar Azimov \u201cQonli sarob\u201d, \u201cYulduzlar jamoli\u201d, \u201cTirik murda\u201d, \u201cZamon dramasi\u201d kabi dramatik asarlar, \u201cKamalak\u201d, \u201cKo\u2019zlari cho\u2019lpon\u201d qissalari, \u201cOppoq tong qo\u2019shig\u2019i\u201d kinopovesti va boshqa ko\u2019plab asarlarning muallifidir.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>ORIFJON IKROMOV<\/strong> <em>(1926-1971)<\/em> 1926 yil sentabrda \u201cJizzaxlik\u201d mahallasida xizmatchi oilasida tug\u2019ildi. 1934-1944 yillarda hozirgi Shukur Sa\u2019dulla nomli umumta\u2019lim o\u2019rta maktabini tugatgach, Alisher Navoiy nomli Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetida ta\u2019lim oldi va uni 1949 yilda imtiyozli diplom bilan tugatdi. O\u2019sha yiliyoq universitetning \u201cO\u2019zbek adabiyoti\u201d kafedrasi huzuridagi aspiranturada o\u2019qib, 1953 yili \u201cShoir Amir Umariyning ijodi\u201d mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1956 yili dotsentlik unvonini oldi. 1956-1962 yillarda universitetda kafedra dotsenti, o\u2019zbek tili va adabiyoti fakulteti decani lavozimiad mehnat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Orifjon Ikromov Samarqand, Qashqadaryo pedagogika institutlari rektori lavozimida ishlab, bu vazifalarni ilmiy faoliyat bilan qo\u2019shib olib bordi. U \u201cO\u2019zbek romanlarida ijobiy qahramon muammosi\u201d mavzusida dissertatsiyani muvaffaqiyatli yoqlab, filologiya fanlari doktori ilmiy darajasiga sazovor bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>O.Ikromov sobiq Ittifoq Yozuvchilar, Jurnalistlar uyushmalarining, Ittifoq badiiy adabiyot fondining a\u2019zosi edi. Filologiya fanlari doktori, professor O.Ikromovning \u201cYosh gvardiya\u201d, G\u2019.G\u2019ulom nomidagi Adabiyot va san\u2019at nashrlarida \u201cGul fasli\u201d (1970), \u201cYurak to\u2019lqinlari\u201d (1975) she\u2019riy to\u2019plamlari, \u201cO\u2019zbek romanlarida ijobiy qahramon\u201d (1960), \u201cTanlangan asarlar\u201d (1977) nomli kitoblari bosilib chiqqan.<\/p>\n\n\n\n<p>Orifjon Ikromov har bir ishga jiddiy e\u2019tibor bilan qaraydigan, sezgir, dilkash va kamtarin inson edi. U \u201cMehnat qizil bayroq\u201d, \u201cHurmat belgisi\u201d ordenlari va qator medallar bilan taqdirlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>SHUKUR SA\u2019DULLA<\/strong> (1912-1972) o\u2019zbek bolalar yozuvchisi, dramaturg, O\u2019zbekiston Respublikasida xizmat ko\u2019rsatgan san\u2019at arbobi, Samarqand pedagogika bilim yurtida (1924-1929) va pedakademiya (hozirgi SamDUning filologiya fakulteti)da (1929-1931) o\u2019qigan. \u201cO\u2019zbekiston\u201d davlat nashriyotida muharrir, bosh muharrir o\u2019rinbosari, bosh muharrir (1931-1964), O\u2019zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1964-1972) bo\u2019lib ishlagan. Ilk she\u2019rlar to\u2019plami \u201cHayqiriq\u201d 1932 yili nashr qilingan. \u201cSen nima qilding?\u201d (1942), \u201cShohista\u201d (1944), \u201cShirin kun\u201d (1947), \u201cUlug\u2019 shahar\u201d (1951) she\u2019riy to\u2019plamlarida urush voqealari, ona Vatanga muhabbat tuyg\u2019usi, xalqlar do\u2019stligi aks etgan. \u201cBizning bayram\u201d (1953), \u201cKo\u2019kbuloq\u201d (1957), \u201cOhanrabo\u201d (1949), \u201cDastyor qiz\u201d (1961), \u201cOzoda\u201d (1964) to\u2019plamlarida qo\u2019riq va bo\u2019z yerlarni o\u2019zlashtirish, kishilar o\u2019rtasida o\u2019zaro do\u2019stlik munosabatlarining shakllanishi, axloq va odob masalalari ifodalangan. \u201cKomadirning boshidan kechirganlari\u201d (1961), \u201cAziz qishlog\u2019im\u201d (1969) qissalari yosh avlodni Vatanni, xalqni sevishga undaydi. Sh.Sa\u2019dulla o\u2019zbek xalq ertaklari syujeti asosida \u201cYoriltosh\u201d musiqali dramasi (1968) va librettosini (1967) yaratgan. \u201cBizning jangchi\u201d (1942), \u201cGulxan\u201d (1943) pyesalari, \u201cIsm qo\u2019yilmagan xat\u201d (1966) hikoyalar to\u2019plami, jamoa xo\u2019jaligi hayotidan olingan \u201cDalada bayram\u201d (1954), \u201cIkki bilaguzuk\u201d (1963), istiqlolchilik harakatiga bag\u2019ishlangan \u201cVatan ishqi\u201d dramasi (Z.Fatxulin bilan hamkorlikda) va boshqalar Sh.Sa\u2019dulla ijodida muhim o\u2019rin egallagan.<\/p>\n\n\n\n<p>U A.S.Pushkin, L.Tolstoy, S.Marshak, K.Chukovskiy, S.Mixalkov, X.X.Andersen va boshqalarning asarlarini o\u2019zbek tiliga o\u2019girgan.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>QODIRJON IMOMOV<\/strong> <em>(1917-1942)<\/em> Jizzax shahridagi \u201cSovungarlik\u201d mahallasida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. U dastlabki ma\u2019lumotni Narimonov (hozirgi Sh.Rashidov) maktabda oldi. So\u2019ngra Samarqand davlat universitetining til va adabiyot fakultetini tugatib, shu yerda o\u2019qituvchi bo\u2019lib ishladi va ijodiy ishlar bilan shug\u2019ullandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Q.Imomov 1940-1941 yillari Samarqand viloyat partiya qo\u2019mitasida bo\u2019lim boshlig\u2019i, QQASSR Ichki Ishlar Xalq Komissarligida siyosiy bo\u2019lim boshlig\u2019i lavozimiad ishladi. 1942 yilning may oyida harbiy xizmatga chaqirilib, frontga otlandi. Bir qo\u2019lida qurol, bir qo\u2019lida Qalam bilan dushmanni tor-mor qilishga o\u2019zining munosib hissasini qo\u2019shdi. Q.Imomov 1942 yil sentabr oyida Leningrad yaqinidagi Sinyavina qishlog\u2019ida qahramonlarcha halok bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoirning o\u2019ynoqi, davrni tarannum etgan she\u2019rlar to\u2019plami \u201cOrzu\u201d nomi bilan 1975 yilda bosilib chiqdi. Jizzax tumanidagi va shahardagi maktablar, ko\u2019chalar Qodirjon Imomov nomi bilan atalmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>OQILJON HUSANOV<\/strong> <em>(1932-2002)<\/em> Jizzax tumanidagi \u201cRavalliq\u201d qishlog\u2019ida tavallud topdi. 1949 yili Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetiga o\u2019qishga kirib, uni 1954 yilda tugalladi. Samarqand viloyati \u201cZarafshon\u201d gazetasida musahhih, bo\u2019lim mudiri, mas\u2019ul kotib vazifalarida faoliyat yuritdi.<\/p>\n\n\n\n<p>O.Husanov 1960-1967 yillarda \u201cMushtum\u201d, 1967-1979 yillarda \u201cSharq yulduzi\u201d, 1980-1993 yillarda \u201cGuliston\u201d jurnallarida adabiy xodim, bo\u2019lim mudiri, mas\u2019ul kotib va muharrir o\u2019rinbosari lavozimlarida ishladi. O.Husanovning \u201cQo\u2019shiqchining taqdiri\u201d, \u201cSamarqand bulbuli\u201d, \u201cMehri daryolar\u201d, \u201cBo\u2019lmaganga bo\u2019lishma\u201d, \u201cQashqar go\u2019zali\u201d, \u201cSirli odam\u201d, \u201cTaqilmagan uzuk\u201d, \u201cTog\u2019da o\u2019sgan bola\u201d, \u201cJiyanning yangi sarguzashtlari\u201d, \u201cQishloqqa sayohat\u201d, \u201cUcholsa ham uchmagan turna\u201d, \u201cBulbulning go\u2019shti\u201d, \u201cHayot guli\u201d, \u201cDil izhori\u201d, \u201cGarovga sababchi go\u2019zal\u201d, \u201cHangomalar\u201d, \u201cSo\u2019z navbati\u201d, \u201cOlimning ibratli olami\u201d va \u201cDovrug\u2019\u201d nomli asarlari chop etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>NO\u2019MONJON MIRZAYEV<\/strong> <em>(1937-1991)<\/em> 1937 yil 20 mayda \u201cRavalliq\u201d qishlog\u2019ida tug\u2019ilgan. 1959 yilda Samarqand shahrida sobiq \u201cLenin yo\u2019li\u201d (\u201cZarafshon\u201d) gazetasida, 1962-1966 yillarda \u201cKommunizm sari\u201d (\u201cJizzax ovozi\u201d), \u201cSirdaryo haqiqati\u201d gazetalarida adabiy xodim, bo\u2019lim boshlig\u2019i, \u201cSovet O\u2019zbekistoni\u201d gazetasining Jizzax viloyati bo\u2019yicha maxsus muxbiri vazifalarida faoliyat ko\u2019rsatdi. 1982-198 yillarda Jizzax viloyat yozuvchilar uyushmasining mas\u2019ul kotibi, 1986-1991 yillarda Jizzax viloyati jurnalistlar uyushmasining raisi lavozimlarida mehnat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>No\u2019monjon Mirzayevning \u201cCho\u2019l ishqi\u201d, \u201cCho\u2019lquvar bo\u2019lish qiyin\u201d nomli ocherklar to\u2019plami chop etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>No\u2019monjon Mirzayev ko\u2019p yillik ijodiy xizmatlari uchun \u201cO\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan madaiyat xodimi\u201d faxriy unvoni va \u201cHurmat belgisi\u201d ordeni, qator faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>ERKIN BOYSINOV<\/strong> <em>(1937-1999)<\/em> Samarqand pedagogika bilim yurtini, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini tugallagach, 1961-1966 yillar \u201cYangiyer\u201d gazetasida muharrir lavozimida mehnat qildi. 1972 yili Toshkent Oliy partiya maktabini tugallab, Sirdaryo viloyati partiya qo\u2019mitasida mas\u2019ul lavozimda faoliyat ko\u2019rsatdi. U Mirzacho\u2019l cho\u2019lquvurarlari bilan yonma-yon turib, ularning tashvishiga ham, quvonchiga ham sherik bo\u2019ldi. 1974 yildan boshlab O\u2019zbekiston davlat matbuot qo\u2019mitasida muharrir, bosh muharrir lavozimlarida ishladi. 1985 yildan to umrining oxirigacha \u201cMehnat\u201d nashriyotida direktorlik vazifasida faoliyat yuritdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Erkin Boysinov iste\u2019dodli noshir va tajribali tarjimon sifatida rus, chet el yozuvchilarining bir qator asarlarini o\u2019zbek tiliga o\u2019girib, chop ettirdi. Erkin Boysinov O\u2019zbekiston davlat matbuot qo\u2019mitasida bosh muharrir, \u201cMehnat\u201d nashriyotida director lavozimida ishlagan yillari Jizzaxni tarixga kiritishda, xususan, \u201cJizzaxning to\u2019ng\u2019ich maktabi\u201d, \u201cAsrga tengdosh maktab\u201d, \u201cJizzax shahar tarixi\u201d, \u201cJizzax tarixi lavhalari\u201d, \u201cJizzax viloyat tarixi\u201d kitoblarini chop qilishga bosh-qosh bo\u2019lganligini eslash o\u2019rinli bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>NAZIRJON BARAKAYEV<\/strong> <em>(1932-1983)<\/em> 1932 yili Jizzax tumanidagi \u201cRavalliq\u201d mahallasida dehqon oilasida tavallud topdi. Jizzax pedagogika bilim yurtini imtiyozli diplom bilan bitirgach, G\u2019allaorol tumanidagi 26-son o\u2019rta maktabda yoshlarga ta\u2019lim berdi. 1952-1956 yillari Farg\u2019ona pedagogika institutining til va adabiyot fakultetini tamomlab, yana G\u2019allaorol tumaniga kelib, tumandagi 6, 10-o\u2019rta maktablarga direktorlik qildi. 1962 yildan umrining oxirigacha \u201cKommunizm sari\u201d (hozirgi \u201cJizzax ovozi\u201d) gazetasida adabiy xodim, bo\u2019lim mudiri, muharrir o\u2019rinbosari, \u201cSirdaryo haqiqati\u201d viloyat gazetasida madaniyat bo\u2019limi mudiri, Jizzax viloyat partiya qo\u2019mitasida yo\u2019riqchi, Jizzax tuman partiya qo\u2019mitasida mafkura bo\u2019limining mudiri, matbuotda davlat sirlarini asqlash tashkiloti boshlig\u2019i, Zarbdor tumani gazetasining bosh muharriri bo\u2019lib ishladi.<\/p>\n\n\n\n<p>U O\u2019zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo\u2019limining mas\u2019ul kotibi bo\u2019lib ishlagan yillari Jizzax muzofoti adabiy muhitini yaratishga munosib hissa qo\u2019shdi. N.Barakayevning \u201cJizzax bolalari\u201d, \u201cOlqish\u201d, \u201cFaxriya\u201d to\u2019plamlari nashr etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Viloyat ijroiya qo\u2019mitasining qarori bilan bugungi kunda u o\u2019qigan maktab va Jizzax shahri ko\u2019chalaridan biri Nazirjon Barakayev nomi bilan atalmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>IBROHIM DONISH<\/strong> 1938 yilda Jizzax shahridagi \u201cQaliya\u201d mahallasida tug\u2019ildi, o\u2019rta maktabni tamomlagach, dastlabki ish faoliyatini bosmaxonada harf teruvchilikdan boshladi. Ishdan ajralmagan holda Nizomiya nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining o\u2019zbek tili va adabiyoti fakultetini tugalladi. 1962 yildan 1983 yilgacha Jizzax tuman va shahar gazetasi \u201cJizzax ovozi\u201dda dastlab musahhih, keyinchalik adabiy xodim, bosh muharrir o\u2019rinbosari, bosh muharrir bo\u2019lib ishladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1984 yilda 1994 yilgacha Jizzax viloyati \u201cJizzax haqiqati\u201d gazetasining madaniyat bo\u2019limini boshqardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibrohim Donishning ijodiy faoliyati 1953 yilda o\u2019quvchilik davridan boshlandi. Dastlabki she\u2019rlari \u201cLenin uchquni\u201d (hozirgi \u201cTong yulduzi\u201d) gazetasida bosildi. O\u2019tgan asrning 60-yillaridan respublikadagi turli gazeta va jurnallarda tez-tez ko\u2019rinib turdi. Ilk kitobi \u201cPomidor nega qizil?\u201d 1976 yilda Toshkentdagi \u201cYosh gvardiya\u201d nashriyotida chop etildi. Keyinchalik \u201cDiloromning qo\u2019shig\u2019i\u201d, \u201cCharog\u2019on yulduzlar\u201d, \u201cHayot kitobi\u201d, \u201cTushdagi sarguzasht\u201d, \u201cHandalak\u201d nomli to\u2019plamlari bosilib chiqdi. Turkum she\u2019rlari \u201cBoychechak\u201d, \u201cQirq oyoq va qirq paypoq\u201d, \u201cDil so\u2019zlari\u201d kabi umumiy to\u2019plamlariga, boshlang\u2019ich sinflarning \u201cOna tili\u201d, \u201cO\u2019qish kitobi\u201d, \u201cOdobnoma\u201d darsliklariga kiritilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibrohim Donish dramaturgiya sohasida ham ijod qildi. \u201cQo\u2019shnilar mojarosi\u201d, \u201cKechirimli kelin\u201d, \u201cEl saodati\u201d nomli dramalari Jizzax xalq teatrida sahnalashtirildi. \u201cNomus qurboni\u201d, \u201cMakkora\u201d nomli asarlari Yunus Rajabiy nomli viloyat musiqali drama teatri san\u2019atkorlari tomonidan videofilm qilib suratga olindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibrohim Donishning \u201cArmon\u201d, \u201cMahallam va mahalladoshlarim\u201d nomli balladalari, \u201cQo\u2019shterak afsonasi\u201d, \u201cHayot kitobi\u201d, \u201cCho\u2019l farzandi\u201d, \u201cAlpomishning to\u2019yi\u201d nomli dostonlari, \u201cO\u2019chmas xotiralari\u201d nomli qissasi ham matbuotda e\u2019lon qilingan. Asarlari rus, qrimtatar, tojik tillariga tarjima qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibrohim Donishga \u201cO\u2019zbekiston Respublikasida xizmat ko\u2019rsatgan madaniyat xodimi\u201d degan yuksak unvon berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>KELDI QODIROV<\/strong> Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tugallagach, 1978 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi bo\u2019ldi. Alisher Navoiy nomli adabiyot muzeyida ilmiy xodim, \u201cSharq yulduzi\u201d jurnalida bo\u2019lim mudiri, G\u2019afur G\u2019ulom nomidagi Adabiyot va san\u2019a nashriyotida muharrir, O\u2019zbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi bo\u2019lib faoliyat ko\u2019rsatdi. Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo\u2019limiga rahbarlik qildi, Abdulla Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika institutida talabalarga dars berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Keldi Qodirov ijodi o\u2019quvchilik davrida boshlanib, \u201cMavj\u201d, \u201cOq tulpor\u201d, \u201cHamal\u201d singari bir qancha she\u2019iy kitoblari, \u201cSel\u201d, \u201cOq bo\u2019ron\u201d nomli roman va qissalari bosilib chiqdi. She\u2019riy va nasriy asarlari Rossiya, Belorussiya, Turkiya respublikalarida ham nashr etildi. Yunus Rajabiy nomli Jizzax viloyat musiqali drama teatrida \u201cTalvasa\u201d nomli dramasi sahnalashtirildi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>SHAROFAT BOTIROVA<\/strong> <em>(1943-2003)<\/em> o\u2019rta maktabni bitirib, Toshkent davlat chet tillar pedagogika institutining fransuz tili fakultetiga o\u2019qishga kirdi va uni 1968 yili imtiyozli diplom bilan tugalladi. Institutning \u201cTarjimasunoslik\u201d kafedrasida o\u2019qituvchilik qildi. 1970-1971 yillarda Jazoirda tarjimon bo\u2019lib ishladi. 1972-1974 yillarda Jizzax shahridagi maktablarda fransuz tilidan yoshlarga dars berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>U 1974-1989 yillarda Jizzax davlat pedagogika institutida oddiy o\u2019qituvchilikdan kafedra mudirligigacha, olima, dotsenlikkacha bo\u2019lgan yo\u2019lni bosib o\u2019tdi. 1976-1980 yillarda Toshkent chet tillar pedagogika instituti qoshidagi aspiranturaning roman-german tillari bo\u2019limida ishdan ajralmagan holda tahsil oldi. Sh.Botirova tarjimasida A.Gyugoning \u201cSharq taronalari\u201d she\u2019riy to\u2019plami nashr etildi. O\u2019zbekiston Respublikasida ilk bor fransuz tili asliyatidan tarjima Sharofat Botirova tomonidan amalga oshirildi. V.Gyugo, Jak Prever, Lui Aragon, Luiza Mishel she\u2019riyati Sharofat Botirova tarjimasida \u201cSaodat\u201d, \u201cGuliston\u201d, \u201cYoshlik\u201d, \u201cSharq yulduzi\u201d jurnallarida chop etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharofat Botirova 1996 yildan umrining oxiri \u2013 2003 yilgacha Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo\u2019limi rahbarligi lavozimida samarali mehnat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019p yillik samarali mehnatlari uchun \u201cO\u2019zbekiston xalq ta\u2019limi a\u2019lochisi\u201d ko\u2019krak nishoni, \u201cEl-yurt hurmati\u201d ordeni, \u201cO\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan madaniyat xodimi\u201d unvoni bilan taqdirlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>TUROB MAQSUD<\/strong> \u2013 o\u2019rta maktani bitirgach, Farg\u2019ona davlat pedagogika institutida tahsil oldi. U ish faoliyatini jurnalistikadan boshladi. Jizzax viloyat radiosida muxbir, \u201cJizzax haqiqati\u201d gazetasida adabiy xodim, 1983 yildan 1996 yilgacha \u201cSovet O\u2019zbekistoni\u201d (hozirgi \u201cO\u2019zbekiston ovozi\u201d) gazetasining Jizzax viloyati bo\u2019yicha muxbiri, O\u2019zbekiston xalq ta\u2019limi vazirligida mas\u2019ul vazifalarda ishladi. 1996 yilda viloyat hokimligida maslahatchi, viloyat teleradiokompaniyasining raisi bo\u2019lib xizmat qildi. Keyinchalik u Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo\u2019limiga rahbarlik qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turob Maqsudning Hamid Olimjonning hayoti va bolalik davrini aks ettiruvchi \u201cBeshik\u201d yoshlar hayotiga bag\u2019ishlangan \u201cQaytmas to\u2019lqinlar\u201d, \u201cPariga oshiq o\u2019smir\u201d nomli qissalari, ko\u2019plab hikoyalari turli nashriyotlarda bosilib chiqqan.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>ABDULLA AHMAD<\/strong> \u2013 O\u2019zbekiston Respublikasi Yoshlar uyushmasi a\u2019zosi. 1943 yilda Jizzax shahrida tug\u2019ilgan. U mehnat faoliyatini 1962 yilda Jizzax shahar bosmaxonasida oddiy ishchilikdan boshlagan. 1967 yildan boshlab \u201cKommunizm sari\u201d (hozirgi \u201cJizzax ovozi\u201d) gazetasining Paxtakor tumani bo\u2019yicha maxsus muxbiri bo\u2019lib xizmat qiladi. 1967 yildan 1974 yilgacha Jizzax tumanidagi Qodirjon Imomov nomli maktabda ona tili va adabiyoti fani o\u2019qituvchisi bo\u2019lib ishlaydi. 1974 yildan 1978 yilgacha Jizzax shahar va tuman gazetasi \u201cJizzax ovozi\u201dida adabiy xodim bo\u2019lib mehnat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1978 yildan Abdulla Ahmad \u201cJizzax haqiqati\u201d viloyat gazetasining bo\u2019lim mudiri, mas\u2019ul kotibi, bosh muharrir o\u2019rinbosari vazifalarida mehnat qildi. U o\u2019zining jurnalistik kasbini badiiy ijod bilan qo\u2019shib olib bormoqda. Ijodkorning o\u2019tgan yillar ichida ko\u2019plab hikoya va hajviyalari \u201cMergan\u201d, \u201cOltin daraxt\u201d, \u201cElni sevgan ming yashar\u201d, \u201cZafarobodning zumrad tonglari\u201d, \u201cMa\u2019rifatga baxshida umr\u201d, \u201cBaxmal-yangi tashabbuslar manzili\u201d, \u201cYurakdagi ism\u201d, \u201cNajot eshigi\u201d kitoblari chop etildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XIX asrning ikkinchi yarmi \u2013 XX asr boshlarida Jizzaxda Mulla Azim (H.Olimjonning bobosi), Muhammadxon, Qurbonali baxshi, Muazzamxon, Hadicha aya Sharif qizi, Muhammad Rizo (1801-1874), Qurbonov Ochil qizi, Mo\u2019tabar Ochil qizi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzaxning-adabiy-muhiti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-138218","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138218","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=138218"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138218\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":138223,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138218\/revisions\/138223"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=138218"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}