{"id":138224,"date":"2024-07-20T13:35:20","date_gmt":"2024-07-20T10:35:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=138224"},"modified":"2024-07-20T14:20:05","modified_gmt":"2024-07-20T11:20:05","slug":"jizzax-shahar-sanoat-korxonalari","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzax-shahar-sanoat-korxonalari\/","title":{"rendered":"Jizzax shahar sanoat korxonalari"},"content":{"rendered":"\n<p>XX asr 20-yillarining boshlarida shahar aholisining maishiy turmush darajasi nochor ahvolga tushib qolgan edi. Shaharda yangi sovet tuzumini o\u2019rnatishda bolshevik hukmdorlarining shahar aholisiga qo\u2019llagan zo\u2019ravonlik siyosati tufayli ochlik, qashshoqlik, ommaviy ishsizlik yuz bergan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharda o\u2019sha yillari ijtimoiy sohada yuz bergan qiyinchiliklarga qaramay sovet hukumati tomonidan joriy qilingan harbiy kommunizm siyosati shahar aholisini yanada qiyin ahvolga solib qo\u2019ydi. Bolsheviklar tomonidan joriy qilingan bu siyosat, aholini bor-yo\u2019g\u2019ini tortib olib, uning erki, tashabbusini cheklab, erkin savdo-sotiq ishlarining cheklanishi, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatni birmuncha murakkablashishiga sabab bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy vaziyatni o\u2019nglab olish maqsadida 1921 yil mart oyida bo\u2019lib o\u2019tgan RKP(b) X s\u2019yezdida belgilangan yangi iqtisodiy siyosat \u2013 savdo-sotiqni erkinlashtirish, sanoatda, xizmat ko\u2019rsatish va mayda hunarmandchilik sohalarida xususiy tadbirkorlikka ruxsat berish, bozorni tartibga solish mexanizmlaridan, mulkni ijaraga olish va yollanma mehnatdan foydalanishga imkoniyat yaratdi. Shahar bilan qishloq o\u2019rtasidagi o\u2019zaro munosabatlarni izga solish, ishchilar bilan dehqonlar o\u2019rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar belgilandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yangi iqtisodiy siyosat asosida Jizzax shahridagi mavjud sanoat korxonalarini xo\u2019jalik hisobiga o\u2019tkazilishi, biroz bo\u2019lsa-da, ishlab chiqarishning rivojlanishiga olib keldi. Paxta ekiladigan maydonlarning kengaytirilishi paxtani qayta ishlash korxonalari, hunarmandchilik, korxonalarini yuzaga kelishiga ijobiy ta\u2019sir ko\u2019rsatdi. Biroq bu uzoq davom etmadi. Tez orada shahardagi sanoat korxonalarini natsionalizatsiya qilish (davlat tasarrufiga olish) jarayoni amalga oshirilib, shaharning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ma\u2019muriy buyruqbozlik boshqaruv tizimida kuchayadi. Oqibatida yangi iqtisodiy siyosat o\u2019z mazmuni mohiyatini yo\u2019qota bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sovet hukumati ko\u2019p sonli dehqon aholisini o\u2019z tomoniga qaratib olishni ko\u2019zlab, yer-suv islohotini amalga oshirishga kirishdi. Shunday qilib, 1921-1922 yillarda hozirgi Jizzax tumanida ham katta yer egalarining yerlari zo\u2019ravonlik yo\u2019li bilan tortib olinib, bir qismi yersizlarga va kambag\u2019allarga bo\u2019lib berildi, qolgan qismi asosida \u201cQo\u2019shchi\u201d uyushmalari tuzilib, dehqon xo\u2019jaliklarini jamoalashtirish uchun zamin yaratildi. Aslida bu siyosat xalqni aldashdan boshqa narsa emas edi. Chunki yer dehqonga berilmadi, yerni xususiy mulk shaklidan davlat mulki shakliga o\u2019tkazish yo\u2019li bilan yerga bo\u2019lgan xususiy mulkchilik tugatilib, uning o\u2019rniga jamoa (amalda davlat) mulki yuzaga keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>XX asr 20-yillarining o\u2019rtalariga kelib, totalitar markaz tomonidan Jizzax shahrida inustrlashtirish siyosatini amalga oshirishga kirishildi. Shaharda hunarmandchilik, aholiga maishiy xizmat ko\u2019rsatish, paxta tozalash korxonalari tashkil topdi. Shaharda tashkil topgan paxta tozalash zavodiga markazdan ko\u2019plab kishilar ishga keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustabid sovet hukumati O\u2019zbekistondan ko\u2019proq paxta xomashyosi olishga erishish maqsadida Moskva, Peterbutg va Ivanovo-Voznesensk to\u2019qimachilik korxonalari e\u2019tiborini O\u2019zbekistonga qaratdi, kichik korxonalar qurildi. Jumladan Tryoxgornaya manufakturasi to\u2019quvchisi P.Krilova tashabbusi bilan Jizzaxda paxta tozalash zavodi qurildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahridagi paxta tozalash korxonasiga Ivanovo-Voznesensk va Moskva shaharlaridan \u201cYigirma besh mingchilar\u201d tashabbusi qo\u2019shilgan bir guruh ishchilar kelishdi. Ular orasida Konstantin Nemtsov, Ivan Simonov, Viktor Manyakinlar bo\u2019lib, ular ishlab chiqarishda qatnashish bilan birga mahalliy ishchi kadrlar tayyorlashga ham ko\u2019maklashdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1935 yilga kelib, paxta tozalash zavodida ishlab chiqarish quvvati 1925 yildagiga nisbatan ikki baravar ortdi. Ishchilar soni 56 kishidan 134 kishiga ko\u2019paydi. Zavoddan 1936 yilda Rossiya to\u2019qimachilik korxonalariga 5939 tonna paxta tolasi jo\u2019natildi. 1939 yilda esa 6173 tonna paxta tola ishlab chiqarildi. Bu yutuqlarni qo\u2019lga kiritishda O\u2019mirboy Olimov, Tosh Mirzaboyev, Rahimberdi Ziyatov, Meli Polvonovlarning xizmati katta bo\u2019ldi. Zavodda 1940 yilda asosiy ishlab chiqarish vositalari 1930 yilga nisbatan 2,1 marta, energiya bilan ta\u2019minlanish qariyb 3 marta, ish unumi esa bir necha baravar o\u2019sdi. 1940 yilgacha zavodda A.Egamberdiyev director, A.Matyushenko bosh muhandis, P.Tyutin bosh mexanik lavozimlarida faoliyat ko\u2019rsatdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1932 yilda Jizzax shahrida elektrostansiya qurilishi natijasida sanoat korxonalari, muassasalar va xonadonlar elektrlashtirildi. Bu esa sanoat korxonalarining bir me\u2019yorda ishlashida muhim rol o\u2019ynadi. Shu yili shaharda un kombinati, 1942 yilda paxta zavodi qurilib ishga tushirildi. 1943 yilda qishloq xo\u2019jaligi mashinalarini ta\u2019mirlaydigan zavod, 1949 yilda yog\u2019-pishloq zavodi qurilib, ishga tushirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahrida paxta tayyorlash va tozalash korxonasiga Miraziz Yo\u2019ldoshev, Badriddin Sharopov, Karim Umarov, Qayum Shodiyev, Abduvali Xudoyberdiyev, Rahmatilla Bo\u2019stonovlar rahbarlik qilgan 1947-1985 yillarda qayta ishlangan paxta va tola hajmi ko\u2019payibgina qolmay, sifati ham yaxshilandi. Korxonada bu yutuqlarni qo\u2019lga kiritishda katta ish tajribasiga ega bo\u2019lgan G\u2019ulom Abdusamatov, Omon Qosimov, Omonxon Sulaymonov singari tovarshunoslar, Fayziqul Mamanazarov, Fayzi O\u2019rinboyev, T.Jo\u2019rayev, E.G\u2019oziyevlarning xizmati katta bo\u2019ldi. 1974 yili Jizzax viloyati tashkil topishi munosabati bilan H.Nosirov nomli jamoa xo\u2019jaligi hududida paxta tozalash korxonasi qurilib, ishga tushirildi. Korxonani ishga tushirishda Abduvali Xudoynazarov bevosita rahbarlik qilib, 1982 yilning kuz oylariga qadar direktorlik qildi. Uning paxta tayyorlash va tozalash korxonalaridagi uzoq yillik samarali mehnatlari inobatga olinib, bir qator orden va medallar bilan taqdirlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax viloyati paxta tozalash korxonalarini tashkil qilish, uning rivojiga munosib hissa qo\u2019shgan fidoyi insonlar orasida Rahmat Muhammadiyevning ham munosib o\u2019rni bor. U Samarqand davlat universiteti biologiya-tuproqshunoslik fakultetini a\u2019lo baholar bilan tugatib, o\u2019zining dastlabki ish faoliyatini Jizzax shahar paxta tozalash korxonasida boshladi. U urug\u2019chilik laboratoriyasi mudiri, so\u2019ngra korxona direktori lavozimiga ishga tayinlandi. 1963-1972 yillarda esa Paxtakor shahridagi paxta tozalash korxonasiga rahbarlik qilib, korxonada yangi texnologiyalarni joriy etib, tola sifatini yaxshilashga o\u2019zining munosib hissasini qo\u2019shdi. Rahmat Muhammadiyev 1981 yilgacha \u201cGolodnostepstoy\u201d boshqarmasiga qarashli 45-qurilish trestiga boshchilik qilib, yangi yerlarni o\u2019zlashtirish, turar joy, madaniy-maishiy binolar qurib ishga tushirishda barakali mehnat qildi. U 1987 yili O\u2019zbekiston Qishloq xo\u2019jaligi vazirligiga qarashli qurilish boshqarmasiga rahbar etib tayinlanib, unga to 1995 yili \u2013 nafaqaga chiqqunga qadar boshchilik qilib, o\u2019zining mehnati bilan el-yurt hurmatiga sazovor bo\u2019ldi. Rahmat Muhammadiyevning barakali mehnati hukumatimiz tomonidan \u201cO\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan quruvchi\u201d faxriy unvoni, \u201cShuhrat\u201d medali va qator faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>1956 yilda Jizzax paxta tozalash korxonasiga director etib tayinlangan Qayum Shodiyev bundan oldin Qo\u2019qon paxta tozalash korxonasida rahbarlik qilardi. U korxonaga 1945 yilda Toshkent to\u2019qimachilik institutining paxta tayyorlash va uni qayta ishlash fakultetini tugallaganidan keyin yo\u2019llanma bilan yuborilgan edi. Qayum Shodiyev Jizzax paxta tayyorlash va tozalash korxonasida 10 yil rahbarlik qilib, korxonani respublikadagi dongdor korxonalardan biriga aylantirishga o\u2019zining munosib hissasini qo\u2019shdi. Rahbarlikni ilmiy tadqiqotchilik ishlari bilan qo\u2019shib olib borib, texnika fanlari bo\u2019yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Paxta tozalash korxonalarida paxtani qayta ishlash sohasida boy tajriba va malaka orttirgan Qayum Shodiyev 1960-1983 yillarda Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida paxta tayyorlash va uni qayta ishlash boshqarmasiga rahbarlik qilib, paxta xom ashyosini o\u2019z vaqtida nes-nobud qilmasdan qayta ishlash uchun ko\u2019plab punklar va korxonalar tashkil etdi. Paxta tozalash korxonalariga paxtani qop-qanorsiz tashish, xom asahyoni markazlashgan tartibda quritish, mexanizatsiyalash usulida paxtani bunkerlarga taxlashni amalga oshirib, millionlab mablag\u2019larni tejash orqali paxta tannarxini arzonlashtirishga, korxonalar iqtisodiyotini mustahkamlashga munosib hissa qo\u2019shdi. Paxta tozalash korxonalari qoshida turar joy binolar, bolalar bog\u2019cha-yaslilari, shifoxonalar qurish, obodonlashtirish uchun mablag\u2019 topishga kuch-g\u2019ayratini ayamadi. Masalan, Jizzax shahridagi paxta tozalash korxonasi ishchi-xizmatchilari uchun uy-joy, sauna, zamonaviy milliy hammon, bolalar bog\u2019chasi, profilaktoriy, tibbiy maskanlar qurish uchun yelib-yugurdi. Qayum Shodiyev mehnat munosib taqdirlanib, ordenlar, \u201cO\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan injener\u201d faxriy unvoni bilan taqdirlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qayum Shodiyev turmush o\u2019rtog\u2019i Matlubaxon bilan 7 o\u2019g\u2019ilni tarbiyalab voyaga yetkazdi. Farzandlarining barchasi turli kasb va vazifalarning boshini tutishdi. O\u2019g\u2019illari Nabijon iqtisod fanlari doktori, Hakimjon tibbiyot fanlari doktori, professor bo\u2019lishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nabijon Jizzaxda \u201cSo\u2019g\u2019diyona\u201d savdo ishlab chiqarish firmasida ma\u2019danli suv tayyorlashni yo\u2019lga qo\u2019ydi. Trolleybus yo\u2019lini ishga tushirishga, chex trolleybuslarini sotib olishga ko\u2019maklashdi. \u201cSo\u2019g\u2019diyona\u201d firmasi mablag\u2019i hisobiga shaharda kelin-kuyovlar nikoh tantanasi o\u2019tkaziladigan nikoh uyi qad ko\u2019tardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qosim filologiya nomzodi, hind tili bilimdoni hisoblanadi. Fozil esa muhandis. Qobil \u2013 tibbiyot fanlari nomzodi. Fattoh Moskvadagi Xalqaro munosabatlar institutini bitirgan. Rauf ota izidan borib, muhandis-to\u2019qimachi kasbini egalladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1930 yilda Jizzax shahar to\u2019ng\u2019ich industriyasi \u2013 ohak zavodi yangi kompleksining ishga tushirilishi respublika tsement zavodlarini ohak bilan ta\u2019minlashda katta ahamiyat kasb etdi. Yillar o\u2019tishi bilan korxonada ohak ishlab chiqarish o\u2019sib bordi. Korxonada ishlab chiqarishni yurgizishda korxona rahbari bo\u2019lib ishlagan Abdusattor Muxtorov, Shukur Fayziyev, Ravshan Safarov, Zoir Sodiqov boshchilik qilgan brigadalar yaxshi natijalarni qo\u2019lga kiritishga muvaffaq bo\u2019ldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1932 yili O\u2019zbekiston Xalq Komissarlari Sovetining qaroriga muvofiq Jizzax shahrida 1-mashina-traktor stansiyasi tashkil qilindi. MTS Jizzax tumanidagi jamoa xo\u2019jaliklariga 70 ta traktor yordamida yer haydash, ekin ekish, parvarish qilish va o\u2019rim-yig\u2019im ishlarida amaliy yordam ko\u2019rsatdi. 2-MTS esa 1940 yili tashkil topib, unda 14 ta traktor brigadasi faoliyat ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahar non kombinati 1926 yilda kichik novvoyxona tarzida tashkil topgan edi. Bu davrda kombinatda Suvonqul Rahimov, Umrzoq Po\u2019latov, O\u2019roqboy Soipov, Tursun Soipov, Tursunmurod Rahimov, O\u2019rol G\u2019ofurov, Soat Qurbonov, Ortiq Qobilov, Ergash, Abdusamat, Soat bobolar kabi o\u2019z davrining qo\u2019li gul novvoylari ishlab, aholining non va non mahsulotlariga bo\u2019lgan talabini qondirishda samarali mehnat qildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1960 yilda Jizzax shahrida respublikada eng yirik binokorlik materiallari kombinati qurilib ishga tushirildi. 1969 yilda Jizzaxda Mirzacho\u2019l, Qarshi va boshqa o\u2019zlashtirilgan cho\u2019llarni sug\u2019orish uchun polietilen quvurlari polixlorvinil mahsulotlari ishlab chiqariladigan kimyo kombinati, 1970 yilda elevator, un zavodi va aralash yem ishlab chiqariladigan tsexdan iborat yirik un kombinati, 1971 yilda g\u2019isht zavodi qurilib, foydalanishga topshirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1980 yillarga kelib aholining xalq iste\u2019moli mollariga bo\u2019lgan talabini qardosh respublikalar sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan yetarli darajada ta\u2019minlashda tanqislik sezilib qolganligi tufayli bunday korxonalarni respublikamizning o\u2019zida ham barpo etishga ehtiyoj sezildi. Natijada Jizzaxda ham ustki trikotaj buyumlari, paypoq va ip yigiruv fabrikalari qurilishi uchun mablag\u2019 ajratildi. Ular qurildi va ishga tushirildi ham. Ammo bu korxonalardagi ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi uskunalari ko\u2019p o\u2019tmay o\u2019zining eskirib qolganligini namoyon qildi. Korxonada eskirgan texnologiya asosida ishlab chiqarilgan, mahsulotlar sifati pastligi jihatidan aholi tomonidan xarid qilinmaganli sababli tayyor mollar omborlarda to\u2019planib qoldi. Sanoat korxonalarida ishlab chiqilgan mahsulot jahon bozorida o\u2019z o\u2019rnini topmadi. Ma\u2019muriy buyruqbozlik tizimi, ishlab chiqarishga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuraviylashtirilishi iqtisodiyotni yuksaltirish borasidagi urinishlarni yo\u2019qqa chiqardi. Ijtimoiy ehtiyojlarga mablag\u2019 ajratishda qoldiq tamoyili va taqsimotda tekischilik siyosati hukmronlik qildi. Buyruqbozlik boshqaruv tizimi sansalorlik, qog\u2019ozbozlik, majlisbozlik iqtisodiyotning o\u2019z qonunlari va vositalari asosida rivojlanishiga to\u2019sqinlik qildi. Korxonalarda xizmat qilayotgan xodimlarning beparvoligi qilinayotgan xarajatlarni olingan daromadlar bilan qoplanmasligi korxonalarni kasodga uchrashiga sabab bo\u2019lgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahrida tashkil topgan korxonalar xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulot turlarini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan edi. Shahar sanoatida xizmat qilayotgan ishchi-xizmatchilarning moddiy, ma\u2019naviy manfaati, shaxsiy qiziqishi, tashabbuskorligiga yetarli e\u2019tibor berilmadi, bu holat xodimlarda loqaydlikni keltirib chiqardi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XX asr 20-yillarining boshlarida shahar aholisining maishiy turmush darajasi nochor ahvolga tushib qolgan edi. Shaharda yangi sovet tuzumini o\u2019rnatishda bolshevik hukmdorlarining shahar aholisiga qo\u2019llagan zo\u2019ravonlik siyosati tufayli ochlik, qashshoqlik, ommaviy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzax-shahar-sanoat-korxonalari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-138224","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138224","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=138224"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138224\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":138229,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138224\/revisions\/138229"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=138224"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}