{"id":138264,"date":"2024-07-22T14:05:03","date_gmt":"2024-07-22T11:05:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=138264"},"modified":"2024-07-23T12:32:35","modified_gmt":"2024-07-23T09:32:35","slug":"jizzaxda-xalq-talimi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzaxda-xalq-talimi\/","title":{"rendered":"Jizzaxda xalq ta\u2019limi"},"content":{"rendered":"\n<p>Jizzax shahrida madaniy qurilishning eng dolzarb vazifalaridan biri sanalgan xalq ta\u2019limi tizimini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirildi. Shaharda Sovet hukumatining xalq ta\u2019limini amalga oshirishdan ko\u2019zlagan asosiy maqsadi \u2013 yangi ta\u2019lim tizimini shakllantirish, yalpisiga xalq savodxonligiga erishish barobarida aholi ongiga, shuuriga kommunistik g\u2019oyalarni singdirish, bu g\u2019oyaga xizmat qiladigan avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishga qaratilgandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sovetlar hokimiyati o\u2019rnatilgan dastlabki yillarda mahalliy xalqning xohish-istaklarini inobatga olib, eski va jadid usulidagi maktab va madrasalar faoliyatiga monelik qilmadi. Biroq, bu hol uzoq davom etmadi. 20-yillarning o\u2019rtalariga kelib, uzoq yillar mobaynida o\u2019zbek xalqi ma\u2019naviy hayotining tarkibiy qismi bo\u2019lib kelgan eski maktablar, madrasalar va ulardagi ta\u2019lim tizimi faoliyati to\u2019xtatildi. Yoshlarga bilim berayotgan ko\u2019p sonli ziyolilarning vakillari, mullalar, mudarrislarning hayoti ta\u2019qib ostiga olinib, og\u2019ir sinovlarga duchor qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>1921 yil 17 noyabrda Turkiston XKS aholi orasida savodsizlikni tugatish to\u2019g\u2019risida dekret chiqardi. Dekretga binoan Jizzaxda 8 yoshdan 40 yoshgacha bo\u2019lgan kishilarni o\u2019qitish va savodxon qilish ishlari boshlandi. Savodsizlikni tugatish kurslarida, asosan, mahalliy xalqni tobora sovetlar siyosati va mafkurasi ta\u2019siriga olish, yangi tuzumga xayrixohligini kuchaytirishga e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Boshqa joylarda bo\u2019lganidek, Jizzax shahrida ham ko\u2019plab savodsizlikni tugatish kurslari tashkil qilinib, ularda turli yoshdagi kishilar o\u2019z savodlarini chiqardilar. \u201cJizzaxlik\u201d, \u201cOqqo\u2019rg\u2019onlik\u201d, \u201cSovungarlik\u201d, \u201cZargarlik\u201d va boshqa mahallalarda 36 ta savodsizlikni tugatish kechki kurslari ochilib, turli yoshdagi erkaklar va xotin-qizlar o\u2019qishga jalb etiladi. Jizzaxda o\u2019nlab savodsizlikni tugatish kurslari faoliyat ko\u2019rsatdi. 1920-1940 yillarda Jizzaxlik 9 yoshdan 50 yoshgacha bo\u2019lgan aholining 80 foizdan ortig\u2019i savodsizlikni tugatish kurslaridan o\u2019tib, savodxon bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Katta yoshdagi kishilar uchun jamoatchilik asosida mehnatkashlarga madaniy-oqartuv xizmati ko\u2019rsatadigan klub, choyxona, kutubxona va boshqa muassasalar tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahrida yangi maktablar qurilishi va ularni malakali o\u2019qituvchi kadrlar, o\u2019quv qurollari bilan ta\u2019minlar tadbirlarining amalga oshirilishi, ta\u2019lim dargohlarida o\u2019quvchilar sonining yil sayin o\u2019sib borishiga olib keldi. Shaharda 1918 yilda Jizzax uyezd xalq maorifi bo\u2019limi tashkil qilinib, unga o\u2019z davrining o\u2019qimishli kadrlaridan biri A.Haqberdiyev mudir etib tayinlandi. Maktablar va boshqa o\u2019quv dargohlariga xo\u2019jalik va tashkilotlarning otaliq yordamlari uyushtirilib, maktablarda o\u2019quv jarayonlari amalga oshirildi. Darsdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ishlar yo\u2019lga qo\u2019yildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax shahrida 1922-1923 o\u2019quv yillarida 4 ta umumta\u2019lim maktabida 325 o\u2019quvchi tahsil olgan bo\u2019lsa, 1924-1925 o\u2019quv yilida 15 ta maktabda 1176 o\u2019quvchi bilim oldi. 1931-1932 o\u2019quv yilida esa o\u2019quvchilar soni 3127 nafarga yetdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzaxda 1921\/22 o\u2019quv yilidan tashkil etila boshlangan maktablar dastlab o\u2019qituvchilarga boshlang\u2019ich ta\u2019lim (o\u2019qish, yozish, hisoblash) berardi. 20-yillar o\u2019rtalarida 7 yillik maktablar tashkil etiladi. 1934 yilda esa umumiy o\u2019rta ta\u2019lim maktablari 10 yillik maktablar sifatida shakllantirildi. Maktablar boshlang\u2019ich (4 yillik), to\u2019liqsiz o\u2019rta (7 yillik) va o\u2019rta (10 yillik) maktab turlariga ajratildi, boshlang\u2019ich ta\u2019lim olish majuriy qilib qo\u2019yildi. 1938 yildan esa umumiy yetti yillik majburiy ta\u2019lim joriy etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Maktablar va ularda ta\u2019lim oluvchi o\u2019quvchilar sonining ortib borishi bilan malakali o\u2019qituvchilarga bo\u2019lgan ehtiyoj kuchaydi. Shu boisdan 1929 yilda Jizzax davlat pedagogika bilim yurti tashkil etildi va 1929\/30 o\u2019quv yilida unga 351 o\u2019quvchi qabul qilindi. Zomin, G\u2019allaorol, Forish tumanlarida ped-bilim yurtining maslahat punktlari tashkil etilib, sirtqi ta\u2019lim ham yo\u2019lga qo\u2019yildi. Jizzax pedagogika bilim yurtiga O\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan o\u2019qituvchi Ahmad Imomnazarov, G\u2019anijon Daminov, Mamatqul Hasanov, Olimjon Karimov, Ahmadjon Mustafoqulov, Sayyora Abdulahatovalar rahbarlik qildilar. A.Imomnazarov davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov, shoir Qodirjon Imomov, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida rahbarlik lavozimida ishlagan Sindor Hamroqulov, Ibrohim Qo\u2019chqorovlarga ustozlik qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax pedagogika bilim yurtida ta\u2019lim olgan yoshlar orasida taniqli huquqshunos Sahob Rashidov, O\u2019zbekiston Respublikasida xizmat ko\u2019rsatgan yoshlar murabbiysi, Respublika Oliy ta\u2019lim a\u2019lochisi, tarix fanlari doktori, professor Qamariddin Usmonov, tarix fanlari doktorlari, professorlar Donaqul Allamurodov, Qudrat Mamaqtulov, kimyo fanlari doktori, professor To\u2019rabek Sirliboyev, iqtisod fanlari doktori, professor Norboy Beknazarov kabi respublikamizda taniqli olimlar yetishib chiqdi. Shoir, olim Orifjon Ikromov, Shamilbek Bolabekov, Akbar Ahmedov, Isxoq Hakimov, Vahob Egamov, Shukur Nosirov, Asil Rashidov, Ikrom Suyarov, Nizom Qo\u2019shoqov, Vahob Jalilov, Ergash G\u2019ulomov, O\u2019zbekiston Respublikasi Xalq ta\u2019limi a\u2019lochisi Dilbar Qurbonova, Qanoat Bozoov, O\u2019ktam Eshonqobilov, O\u2019ktam Bekmurodov kabi ustoz-murabbiylar \u2013 Ahmad Imomnazarov va pedagogika bilim yurtining boshqa hurmatli domlalarining munosib shogirdlaridir.<\/p>\n\n\n\n<p>Rus-tuzem maktabi negizida tashkil topgan Narimonov nomli (hozirgi Sh.Rashidov nomli) boshlang\u2019ich maktab 1926 yili to\u2019liqsiz o\u2019rta, keyinroq o\u2019rta maktabga aylantirilib, shahar atrofidagi qishloq bolalari ham o\u2019qishga jalb etildi. 1928-1929 o\u2019quv yiliga kelib maktab o\u2019quvchilari soni 271 nafarga yetib, ular orasida mahalliy qizlar soni ko\u2019payib bordi. Ziyo maskaniga xalq maorifining jonkuyari, tajribali pedagog Yo\u2019ldosh Hoshimov 1953 yilgacha direktorlik qilib, ta\u2019lim-tarbiya ishlarini yaxshi yo\u2019lga qo\u2019yishda jonbozlik ko\u2019rsatdi. Samarali mehnatlari evaziga Yo\u2019ldosh Hoshimov ikki marta \u201cMehnat qizil bayroq\u201d ordeni va medallar bilan mukofotlanib, \u201cO\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan o\u2019qituvchi\u201d unvoni bilan taqdirlandi. 1928 yil kuz oylarida O\u2019zbekiston Xalq Komissarlari Sovetining raisi Fayzulla Xo\u2019jayev Jizzaxga kelganda, Narimonov nomli maktab ta\u2019lim-tarbiya ishlari bilan tanishdi. Fayzulla Xo\u2019jayevning topshirig\u2019iga ko\u2019ra, maktabga o\u2019quv qurollari sotib olish uchun 10 ming so\u2019m mablag\u2019 ajratildi. Bu mablag\u2019 hisobiga qo\u2019shimcha sinf xonalari, laboratoriya xonalari qurildi. Ko\u2019rgazmali qurollar, adabiyotlar, musiqa asboblari sotib olindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Maktab o\u2019qituvchilari soni oliy ma\u2019lumotli va o\u2019rta maxsus ma\u2019lumotga ega bo\u2019lgan o\u2019qituvchilar hisobiga mustahkamlandi. Kimyo, biologiyadan O\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan o\u2019qituvchi Ibrohim Mustafoqulov, tabiatshunoslikdan Zaynulla Shafiyev, o\u2019zbek tili va adabiyotidan Shahriniso Mirsoliyeva, rus tilidan N.Shishurina, boshlang\u2019ich sinflarda To\u2019laboy Yoqubov, Mamat Ahmedov, Asadulla Rahmatullayev, Maya Sulaymonova, Robiya Mingaliyeva, Rofi Zohidovlar yoshlarga saboq berdilar. 1932 yilda maktabni ilk qaldirg\u2019ochlari bitirib chiqdi. Maktabni bitirganlar orasida Hamid Olimjon, Shukur Sa\u2019dulla, Sharof Rashidov, O\u2019ktam Oripov, Nazir Safarov, Yo\u2019ldosh Toshpo\u2019latov, Orif Saidov, Nasrulla Oxundiy, Polvon Azizov, Obloqul Murodov, Rizoqul Bobojonov, Qodir Hakimov, Sarvar Azimov, Fayzioy Ortiqova, Xursanoy Rashidovalar bor edi. Ularning aksariyati keyinchalik Jizzax pedagogika bilim yurtiga va boshqa shaharlardagi oliy o\u2019quv yurtlariga kirib o\u2019qishni davom ettirdilar. 1933-1939 yillarda shu maktabni bitirganlar orasida Mamat Ahmedov, Zokir Sanaqulov, Abdulahad Ahmadjonov, Qayum Shodiyev, Toshpo\u2019lat Sharipov, Qodir Karimov, Ubaydulla To\u2019raqulov, Nizom Qo\u2019shoqov, Orifjon Ikromov, Muhammad Sharipov, G\u2019affor Abdurazzoqovlar bor edi. XX asr jahonning 500 nafar buyuk jarrohi deb e\u2019tirof etilganlar orasida akademik O\u2019ktam Oripov ham mana shu maktabda tahsil ko\u2019rgan edi. Maktab taraqqiyotiga O\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan o\u2019qituvchi, filologiya fanlari nomzodi Nizom Qo\u2019shoqov, ilm-fan fidoyilari Zoirjon Qobilov, Tursunoy Xolmatov kabi faxriylar Dilorom Hamroqulova, To\u2019lqin Yunusov, Mirzo Zoirjonovlar katta hissa qo\u2019shdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1980 yilda shahardagi eng keksa bilim maskani sobiq Narimonov nomli maktab bazasi tarkibida bir yo\u2019la ikkita yangi maktab tashkil topdi. Bu maktablardan biri Hamroqul Nosirov nomli 16-umumta\u2019lim o\u2019rta maktabiga \u201cO\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan o\u2019qituvchi\u201d Tursunboy Xolmatov uzoq yillar direktorlik qilib maktabda ta\u2019lim-tarbiya ishlarini yaxshilashga katta hissa qo\u2019shdi. Ikkinchisi Sh.Rashidov nomli 10-o\u2019rta umumta\u2019lim maktabi bo\u2019lib, unga Burxon Ahmedov, keyinchalik Dilorom Hamroqulova rahbarlik qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Narimonov nomli maktabning sobiq o\u2019zbek tili va adabiyot o\u2019qituvchisi, ilmiy bo\u2019lim mudiri lavozimida ishlab, ta\u2019lim-tarbiya ishiga munosib hissa qo\u2019shgan marhum Ubaydulla To\u2019raqulov ish faoliyati haqida to\u2019xtalishni lozim topdik.<\/p>\n\n\n\n<p>Ubaydulla To\u2019raqulov 1926 yilda Jizzax shahrining \u201cSovungarlik\u201d mahallasida xizmatchi oilasida tavallud topdi. U 1954 yili Samarqand davlat universietini tugallagach, ish faoliyatini o\u2019qituvchilikdan boshladi. 1952-1955 yillarda O\u2019zbekiston Fanlar akademiyasining til va adabiyot instituti aspirantrasini tugatgandan so\u2019ng, Narimonov nomli (hozirda Sh.Rashidov nomli) maktabda o\u2019quv ishlari bo\u2019yicha bo\u2019lim mudiri, Jizzax tuman Xalq ta\u2019limi bo\u2019limining mudiri, tuman partiya qo\u2019mitasining raisi, shahar partiya qo\u2019mitasining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi. Shaharda obodonchilik va keng ko\u2019lamdagi qurilish ishlarini amalga oshirishga katta hissa qo\u2019shdi.<\/p>\n\n\n\n<p>U.To\u2019raqulov qaysi lavozimda ishlamasin, xalq ta\u2019limi hayotiga aralashib keldi. O\u2019zining samimiy maslahatlari bilan o\u2019quv-tarbiya ishlariga ko\u2019maklashdi. U bir necha bor qishloq, shahar, viloyat, 1980 yilda esa Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylangan, \u201cHurmat belgisi\u201d, \u201cMehnat qizil bayroq\u201d ordenlari, bir necha medallar, ko\u2019plab faxriy yorliqlar bilan mukofotlangan edi. Bugungi kunda Jizzaxdagi bitta ko\u2019cha, ustki trikotaj buyumlari korxonasi U.To\u2019raqulov nomi bilan atalmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Maktabning sobiq o\u2019quvchilari orasidan Sirdaryo viloyati prokurori, huquqshunoslik fanlari doktori F.Rahimov, qishloq xo\u2019jaligi fanlari nomzodi I.Ochilov, shahar moliya bo\u2019limi mudiri Ya.To\u2019raqulov, Jizzax tuman sudyasi D.O\u2019rolov, viloyat hokimligi mas\u2019ul xodimlari B.Muzaffarov, K.Hamroqulov, \u201cJizzax ovozi\u201d gazetasining bosh muharriri, Respublikada xizmat ko\u2019rsatgan jurnalist A.Inomov va boshqalar yetishib chiqdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1979 yili maktabning 60 yillik yubileyi bo\u2019lib o\u2019tdi. Yubiley munosabati bilan maktab O\u2019zbekiston Oliy Soveti Prezidiuminin faxriy yorlig\u2019i, o\u2019quv ishlari bo\u2019yicha director muovini B.Ahmedov, rus tili fani o\u2019qituvchisi P.Ye.Filimonova, matematika o\u2019qituvchisi R.Bobojonov, o\u2019zbek tili fani o\u2019qituvchisi P.Sobirovlar \u201cRespublikada xizmat ko\u2019rsatgan o\u2019qituvchi\u201d degan yuksak unvon bilan taqdirlandilar.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Xalq ta\u2019limi a\u2019lochisi Muqaddas Jo\u2019rayeva rahbarlik qilayotgan hozirgi Shukur Sa\u2019dulla nomli maktab 1918 yilda tashkil topgan ilm maskanlaridan biri. Maktabda tahsil olgan o\u2019quvchilar orasidan o\u2019tgan yillar mobaynida xalq xo\u2019jaligining turli sohalarida xizmat qilayotgan ko\u2019plab ilm sohiblari va rahbar xodimlar yetishib chiqdi. Ular orasida Jizzax davlat pedagogika instituti kafedra mudiri, biologiya fanlari doktori, professor Umarqul Rahmonqulov, Samarqand tibbiyot instituti prorektori tibbiyot fanlari doktori, professor Hamid Mamatqulov, militsiya general-mayyori, O\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan huquqshunos Otamurod Muhammadiyev, Sirdaryo viloyat Tez tibbiy yordam ko\u2019rsatish markazining bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori, professor Hotam Umirov, taniqli shoir, Nazirjon Barakayev, O\u2019zbekiston Respublikasida xizmat ko\u2019rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi Oqiljon Husanov, No\u2019mon Mirzayev, O\u2019zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri mas\u2019ul xodimi Dehqonboy Husanov, mehnat faxriysi Rahmatilla Muhammadiyev, shoira Sayyora To\u2019ychiyeca va boshqa ko\u2019plab taniqli shaxslar bilan maktab jamoasi faxrlanadi. Maktabning sobiq o\u2019qituvchilari orasida O\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan madaniyat xodimi, Abror Azimov, bir umr pedagog kasbini sharaflagan Ochil Qobilov, Normurod Ahmedov, No\u2019mon To\u2019rayev, Azimjon Badalov, Qoraqul Sayfullayev, Egam Shomansurov, Mustafoqul Muqimov, Damin Muhammadiyev kabi ko\u2019plab fidoyi muallimlarning nomlari zo\u2019r hurmat bilan tilga olinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahardagi A.S.Pushkin nomli o\u2019rta maktab 1918 yili tashkil topib, unga turli yillarda R.Salmina, M.Kochergin, Ye.Kartashov, V.Ximonidi va boshqalar rahbarlik qilgan edilar. Uzoq yillar davomida bu yerda G\u2019.Usmonov, F.Usmonov, V.Tkachev, A.Mazalova singari pedagoglar o\u2019quvchilarga puxta bilim berishda o\u2019zlarining munosib hissalarini qo\u2019shdilar. 1965 yili maktabga uch qavatli hashamatli bino qurib berilishi o\u2019quv-tarbiyaviy ishlarning har tomonlama yaxshilanishiga ijobiy ta\u2019sir ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharda faoliyat ko\u2019rsatayotgan barcha maktablarning o\u2019z tarixi, yuksalish yo\u2019li bor. Haydarbek Abdujabborov nomli 9-umumta\u2019lim maktabi ham ana shunday ziyo maskanlaridan biri hisoblanadi. 1918 yili 25 avgustda maktabga birinchi marta 20 nafar o\u2019quvchi jalb qilindi. Muzaffar Azimov, Muzaffar Yusupov, Ibrohim Shokirov, Imomqul G\u2019ofurov, Ibrohim Ochilov, Murtazoqul Haydarov, Murtazoqul Ochilovlar maktabning ilk qaldirg\u2019ochlari bo\u2019ldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Alisher Abdujabborov, Murtazoqul Haydarov, G\u2019ulomjon Haydarov, Begim Hazratqulov, Azim Olimjonovlar birinchi o\u2019qituvchilar bo\u2019lib, ular o\u2019quv-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishga juda katta hissa qo\u2019shdilar. Ilm maskaniga turli yillarda Ismoil Qurbonov, Eshbekova, O\u2019razboy G\u2019afurov, Jasur Abdulahadov, Ergash G\u2019ulomov, Said Qodirov, Abdulla Eshonqulov va boshqalar rahbarlik qilishdi. O\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan o\u2019qituvchi Bahrom Rizayev rahbarlik qilgan yillari o\u2019quv-tarbiyaviy ishlarni yaxshilash, maktabni shahardagi peshqadam ziyo maskanlaridan biriga aylantirishga munosib hissa qo\u2019shdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yangi maktablarni ochish va yoshlarni o\u2019qishga jalb qilish uchun birinchi navbatda mahalliy aholidan o\u2019qituvchilar tayyorlash lozim edi. 1920 yil may oyida Jizzax tumanidan bir guruh yoshlar Samarqanddagi uch oylik o\u2019qituvchilar tayyorlash kursiga o\u2019qishga yuborildi. Bular orasida Azim va Qosim Olimjonovlar, Mamajon Fayzulin, Xidir Shokirova, Umarxo\u2019ja Sultonxo\u2019jayev, Mustafoqul Tursunmuhammedovlar bor edi. Kursni muvaffaqiyatli tamomlab qaytgach, \u201cCho\u2019lmo\u2019lkanlik\u201d va \u201cToshkentlik\u201d mahallalaridagi maktablarga o\u2019qituvchi etib tayinlandilar. 1920 yil sentabrda Nasriddin Muhammedov \u201cCho\u2019lmo\u2019lkanlik\u201d mahallasida ochilgan maktabga mudir, Umarxo\u2019ja Sultonxo\u2019jayev o\u2019qituvchi qilib tayinlandi. O\u2019sha yillari maktabda o\u2019qigan birinchi qaldirg\u2019ochlar: Mamajon Komilov, Zokirjon Normatov, Inom Sodiqov, Rasulxo\u2019ja Daminov, Saidkarim Fayzullayevlar Jizzaxda o\u2019z davrining tanilgan, yetakchi rahbarlari bo\u2019lib yetishishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1927 yilga kelib shaharda xotin-qizlar \u201cHujum\u201d kompaniyasi munosabati bilan paranji tashlagan ayollar uchun \u201cCho\u2019lmo\u2019lkanlik\u201d, \u201cToshkentlik\u201d mahallalarida ham alohida maktab ochildi. Maktabning birinchi o\u2019qituvchisi tatar ayoli Hanifa Usmonova bo\u2019ldi. Birinchi xotin-qizlar maktabida Zebi Nazarova, Shahri Valixo\u2019jayeva, Muhabbat Sirojiddinova kabi o\u2019nlab o\u2019zbek ayollari savod chiqardilar. 1929-1930 yillardan keyin shu qishloqning o\u2019zidan yetishib chiqqan o\u2019qituvchi ayollar savodsizlikni tugatishga juda katta hissa qo\u2019shdilar. Qurbonoy Azizova, Tursunoy Nosirova, Adolat Olimjonova, Sohiba G\u2019ozixonovalarning bu borada olib borgan xizmatlari katta bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahardagi maktablarda o\u2019quvchilar soni yildan yilga ko\u2019payib, maktablar soni kengayib bordi, 1-8 sinf hajmida bilim berila boshlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>1923 yilda \u201cG\u2019iyos qozi\u201d mehmonxonasidagi mavjud sinflar bazasida \u201cNamuna\u201d boshlang\u2019ich maktabi ochilib, Nasriddin Muhammedov mudir, Zaynulla Shafiyev, Ahmadjon Toshmuhammedovlar o\u2019qituvchilik qilishdi. Ko\u2019plab o\u2019zbek qizlari o\u2019qishga jalb etildi. Maktabning sobiq o\u2019qituvchilari orasidan Xosiyat Qo\u2019shnazarova, Buvrajab Begimova, Suymaxol Pardayeva, Xayri To\u2019raqulova, Qumri Mansurova, Shahlo Nazarova kabi qishloq xo\u2019jaligining peshqadam rahbarlari yetishib chiqdilar. Shaharda o\u2019qituvchilik qilayotganlar orasida Xayriniso Yo\u2019lchiboyeva, Ibodat Jumaboyeva, Xursanoy Yo\u2019lchiboyeva, Adolat Olimjonova, Fotima Qodirova, Toifa Fayzulinalar bor edi. Jizzaxning bu ilk ma\u2019rifat tarqatuvchi xotin-qizlari Kunduz kunlari maktabda o\u2019qituvchilik qilib kech paytlari esa \u201cKo\u2019nchilik\u201d, \u201cJizzaxlik\u201d, \u201cOqqo\u2019rg\u2019onlik\u201d, \u201cZargarlik\u201d mahallalarida katta yoshdagi kishilarga saboq berganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>1929 yilda ming yildan ortiq davr davomida foydalanib kelingan arab imlosi asosidagi o\u2019zbek yozuvidan lotin grafikasiga o\u2019tilishi, 1940 yilga kelib esa kirill-rus grafikasi asosidagi o\u2019zbek alifbosiga o\u2019tilishi Jizzax xalq ta\u2019limida ko\u2019plab qiyinchiliklar tug\u2019dirdi. Natijada xalq ta\u2019limida ko\u2019plab qiyinchiliklar tug\u2019dirdi. Natijada necha asrlar davomida xalq dahosi, o\u2019zbek bobokalonlarimizning aql-zakovati bilan yaratilgan bebaho manbalar, asarlar, risolalarni o\u2019qish va o\u2019rganish mushkullashdi. Buning ustiga 1930 yildan e\u2019tiboran maktablarda o\u2019qish jarayonida qo\u2019llanilayotgan o\u2019quv qurollari, darsliklardan foydalanish cheklanib, bu sohaning jilovi markaz mutasaddilari qo\u2019liga o\u2019tdi. Moskvadan tayyorlab yuborilgan darsliklar, o\u2019quv qurollari asosidan mashg\u2019ulotlar olib borilishi milliy xalq ta\u2019limi mazmuni va tabiatiga sezilarli salbiy ta\u2019sir ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1930 yili shaharda katta yoshdagi bolalar savodsizligi asosan tugallandi. Katta yoshdagi chalasavod kishilarni o\u2019qitish borasida bir qancha ishlar olib borildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharda xalq ta\u2019limini rivojlantirish uchun mahalliy byudjetdan ajratiladigan mablag\u2019lar 1934 yili 103 ming so\u2019m, yangi maktablar ochish uchun 50 ming so\u2019m va ta\u2019mirlash ishlari uchun 10 ming so\u2019m, o\u2019quv qurollari, turli xil jihozlar sotib olish uchun 3500 so\u2019m mablag\u2019 ajratildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharda klublar ishini yaxshilash, aholi o\u2019rtasida targ\u2019ibot ishlariga e\u2019tibor berildi. O\u2019sha yillari shaharda 2 ta klub, 4 ta kutubxona, 2000 dan ortiq badiiy va ilmiy adabiyotlar mavjud edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzaxda yangi maktablar ochish va bolalarni o\u2019qishga jalb qilish, ularga ta\u2019lim berishda Zokir Normatov ham faol qatnashganligini alohida ta\u2019kidlash joizdir. U Zokir Normatov qishloq maktabida yettinchi sinfni tugatgach, Samarqanddagi ikki yillik o\u2019qituvchilar tayyorlash bilim yurtida tahsil oldi. 1932-1935 yillarda Zomin tumanidagi Jontut va Yosh qishloqlaridagi maktablarda o\u2019qituvchilik qilib, yosh avlodga puxta bilim berishga munosib hissa qo\u2019shdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Z.Normatov 1935-1941 yillari Jizzax tumanidagi sobiq \u201cOktabr\u201d nomli maktabda o\u2019qituvchi, mudir lavozimlarida faoliyat ko\u2019rsatib, boshlang\u2019ich maktabni to\u2019liqsiz o\u2019rta maktabga aylantirish, yoshlarning puxta bilim olishlari uchun har tomonlama sharoit yaratishda juda ko\u2019p kuch va mehnat sarfladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Butun umrini xalq xizmatiga, yosh avlod tarbiyasiga baxshida etgan o\u2019qituvchilar orasida O\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan o\u2019qituvchi, ko\u2019plab orden va medallar sohibi Nabi O\u2019rolov ham bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1957 yili Toshkent chet tillar institutini imtiyozli diplom bilan tamomlagan Nabi O\u2019rolov o\u2019z mehnat faoliyatini Jizzax tumanidagi 17-umumta\u2019lim maktabida boshlab, so\u2019ngra 11 yil mobaynida Respublika Xalq ta\u2019limi vazirligida muovin lavozimida ishladi. 1974 yilda Jizzax viloyati tashkil etilishi munosabati bilan viloyat Xalq ta\u2019limi boshqarmasi boshlig\u2019i, 1978-1985 yillarda Jizzax viloyati Ijroiya qo\u2019mitasi muovini lavozimida ishlab, viloyat va Jizzax shahrida xalq ta\u2019limi, madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo\u2019shdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nabi O\u2019rolov qaysi lavozimda ishlamasin, o\u2019z bilimi, mehnati, talabchanligi bilan ajralib turardi. U 1985-1991 yillari viloyat Xalq ta\u2019limi kasaba uyushmasida rahbarlik lavozimida ishlaganda butun e\u2019tiborni ushbu soha xodimlari, talab ava faxriylarning ijtimoiy ahvolini yaxshilash, huquqiy manfaatlarini himoyalash va sog\u2019liqlarini mustahkamlashga qarati.<\/p>\n\n\n\n<p>A.Navoiy nomli umumta\u2019lim o\u2019rta maktabi shahardagi ko\u2019hna, ko\u2019zga ko\u2019ringan ilm maskani bo\u2019lib, 1934 yili sobiq Kirov nomli maktab binosida filial tarzida tashkil topadi. Maktabga birinchi bo\u2019lib Shaykul Qodirov mudir etib tayinlanadi. Maktabda O\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan o\u2019qituvchi Mamatqul Hasanov direktorlik qilgan 1950-1951 o\u2019quv yilida ilk bor 17 nafar o\u2019quvchi 10 sinfni bitiradi. Maktabga 1951 yildan to 1977 yilgacha O\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan o\u2019qituvchi Ahmad Imomnazarov uzluksiz rahbarlik qilib, ta\u2019lim-tarbiya ishlarini yaxshilashda juda katta xizmat qildi. 1977-1995 yillarda o\u2019z kasbiga mehr qo\u2019ygan O\u2019zbekiston xalq maorifi a\u2019lochisi Ostanaqul Bekboyev direktorlik qilib, ta\u2019lim-tarbiyaviy ishlarni yaxshilashga munosib hissa qo\u2019shdi. O\u2019quvchilar soni yil sayin o\u2019sib borishi munosabati bilan mazkur maktab bazasidan 2 ta maktab: 1962-1963 o\u2019quv yilida Ulug\u2019bek nomli 4-son, 1972-1973 o\u2019quv yilida esa Otaulla Oxunboboyev nomli 6-son maktablari ajralib chiqdi. A.Navoiy nomli maktabning o\u2019quv bazasi mustahkamlanib, qo\u2019shimcha 940 o\u2019rinli yangi o\u2019quv binosi qurib bitkazildi. Bu esa o\u2019quv-tarbiya ishlarini yangi bosqichga ko\u2019tarishda muhim rol o\u2019ynadi. O\u2019tgan yillar mobaynida A.Navoiy nomli maktabni qariyb 5,5 mingdan ko\u2019proq yoshlar tamomlab hayotga yo\u2019llanma oldilar. Sobiq o\u2019quvchilar orasidan ko\u2019plab ko\u2019zga ko\u2019ringan fan doktorlari, professorlar, xalq xo\u2019jaligining turli sohalarida barakali mehnat qilayotgan rahbar xodimlar, muhandislar, aholi sog\u2019lig\u2019ini saqlashda beminnat xizmat ko\u2019rsatayotgan tibbiyot xodimlari yetishib chiqdi. Jumladan, Samarqand tibbiyot instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Bahodir Sobirov, ko\u2019zga ko\u2019ringan olimlar Ismoil Yusupov, Mahmud Bolabekov, Qahhor Hojimetov, Ortiqboy Eshonbov kabilar bilan maktab jamoasi haqli ravishda faxrlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Maktabning sobiq o\u2019quvchilari bugungi kunda shahar, respublika miqyosida mas\u2019ul lavozimlarda, ijodiy jamoalarda mehnat qilmoqdalar. Ular orasida Jizzax shahar hokimi O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a\u2019zosi Hakimjon Inomjonov, Zafarobod tumani hokimi Olimjon Mamatqulov, viloyat, \u201cMahalla\u201d xayriya jamg\u2019armasi raisi, qishloq xo\u2019jaligi fanlari nomzodi Muqim Hasanov, dongdor paxtakor, Paxtakor tumanidagi fermer xo\u2019jaligi boshlig\u2019i Xolbuxi Rustamova, O\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan madaniyat xodimi, shoir Ibrohim Donish, tibbiyot fanlari nomzodi Islom Subhonqulovlar bor.<\/p>\n\n\n\n<p>1973 yil 29 dekabrda Jizzax cho\u2019lini o\u2019zlashtirishni tezlashtirish maqsadida O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining qaroriga muvofiq Sirdaryo viloyatining Jizzax, Forish, Do\u2019stlik, Zomin, Paxtakor, Mirzacho\u2019l, Oktabr (hozirgi Zafarobod), Samarqand viloyatining Baxmal, G\u2019allaorol tumanlari bazasida Jizzax viloyati tashkil qilinishi munosabati bilan ko\u2019plab qishloq xo\u2019jaligi va sanoat korxonalarining ishga tushirilishi, aholi sonining o\u2019sishi natijasida maktab va maktabgacha ta\u2019lim-tarbiya muassalarining soni oshib, malakali o\u2019qituvchi kadrlarga bo\u2019lgan talab kuchaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax viloyatida malakali o\u2019qituvchilarga bo\u2019lgan ehtiyojning o\u2019sib borishi inobatga olinib, sobiq Ittifoq Oliy Soveti Prezidiumining 1974 yil avgustdagi qaroriga muvofiq Jizzax davlat pedagogika institutining tashkil topishi viloyat uchun hamda ta\u2019lim sohasida juda katta voqea bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax davlat pedagogika institutini tashkil etish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, malakali professor-o\u2019qituvchilar bilan ta\u2019minlashda o\u2019sha paytdagi sobiq O\u2019zbekiston Respublikasi rahbarlari Sh.Rashidov, N.Xudoyberdiyev, Jizzax viloyati rahbarlari S.Toirov, S.Nishonov, E.Islomovlarning xizmatini alohida ta\u2019kidlash lozim.<\/p>\n\n\n\n<p>Jizzax davlat pedagogika instituti rektori lavozimiga S.Ayniy nomli Samarqand davlat pedagogika instituti rektorining o\u2019quv ishlari bo\u2019yicha prorektori bo\u2019lib ishlab kelgan filologiya fanlari nomzodi, dotsent (hozirda filologiya fanlari doktori, professor) B.O\u2019rinboyev, o\u2019quv-tarbiyaviy ishlar prorektori etib falsafa fanlari nomzodi, dotsent Z.Ubaydullayev tayinlandi. Dastavval o\u2019z faoliyatini 2 ta fakultet, 4 bo\u2019lim, 425 talaba va 19 professor o\u2019qituvchilar bilan boshlagan institutning qisqa muddat ichida moddiy-texnika ta\u2019minoti mustahkamlanib, o\u2019quv-tarbiyaviy, ilmiy ishlarni yaxshilashda juda katta tashkiliy ishlar amalga oshirildi. 1989 yilda Jizzax pedagogika institutiga Abdulla Qodiriy nomi berildi. Institutda 1986-1990 yillarda pedagogika fanlari doktori, professor U.Nishonaliyev rektor bo\u2019lib ishladi. Bu yillarda ham institutda yangi fakultet va bo\u2019limlar ochilib, o\u2019quv-tarbiyaviy va ilmiy ishlar zamon talablari darajasida olib borildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jizzax shahrida madaniy qurilishning eng dolzarb vazifalaridan biri sanalgan xalq ta\u2019limi tizimini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirildi. Shaharda Sovet hukumatining xalq ta\u2019limini amalga oshirishdan ko\u2019zlagan asosiy maqsadi \u2013 yangi ta\u2019lim &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jizzaxda-xalq-talimi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-138264","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138264","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=138264"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138264\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":138271,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138264\/revisions\/138271"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=138264"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}