{"id":138296,"date":"2024-07-29T12:20:37","date_gmt":"2024-07-29T09:20:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=138296"},"modified":"2025-09-16T13:40:12","modified_gmt":"2025-09-16T10:40:12","slug":"zomin-va-buyuk-ipak-yoli","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zomin-va-buyuk-ipak-yoli\/","title":{"rendered":"Zomin va Buyuk Ipak yo\u2019li"},"content":{"rendered":"\n<p>Zomin tarixi O\u2019rta Osiyoning boshqa ko\u2019plab qadimiy shaharlari kabi savdo-sotiq, shahar va qishloqlar, dehqonlar va chorvadorlar orasidagi ichki hamda xalqaro mahsulotlar almanuvidan tortib, yirik transit aloqalar bilan chambarchas bog\u2019liq bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zaro tovar almashinuv va savdo-sotiq shaharlar tizimining shakllanishi, taraqqiy etishi, turli mamlakatlar bilan o\u2019zaro bog\u2019lanish rivojida katta rol o\u2019ynadi. Xalqaro savdo yo\u2019llari ko\u2019rinmas, ammo mustahkam rishtalar bilan ko\u2019plab mamlakatlarni Yaponiya va Xitoydan tortib, O\u2019rta Yer dengizigacha, Rus va Oltin O\u2019rdadan to Hind ummoniyu Shimoliy Afrikaga qadar o\u2019lkalarni bog\u2019lagan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharqda ham, Ovro\u2019pada ham savdogarlar aholining eng tashabbuskor, jasur, epchil, ishbilarmon va ziyoli toifalaridan biri hisoblangan. Ular qiyinchiliklardan qo\u2019rqmaydigan, har qanday muhit va siyosiy vaziytaga oson moslasha biladigan tadbirkor insonlar edi. Ularning xizmatidan siyosiy arboblar va ruhoniylar tez-tez foydalanib turishgan. Zero, savdogarlar ma\u2019lum ma\u2019noda diplomat ham bo\u2019lganlar, tez-tez tinchlikparvarlik tadbirlarida qatnashganlar, aholi bilan muloqotda bo\u2019lishgan va o\u2019z shaharlarining gullab-yashnashida fidoyilik ko\u2019rsatganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu karvon yo\u2019llaridan noyob tovar-mollari bilan butun jahonga o\u2019z shaharlarini ko\u2019z-ko\u2019z qilgan savdogarlar o\u2019tishar edi. Shu bilan birga, ular bu yerlardan yirik shaharlarda mohirona ishlangan sifatsiz soxta mahsulotlarning ommaviy ravishda tarqalishiga to\u2019sqinlik qilishardi. Yana bu yo\u2019llardan jahongir qo\u2019shinlar ham, tinch aholi ham harakatlanar edi: me\u2019moriy ko\u2019rinishini va, hatto, nomini yo\u2019qotgan shaharlar, asosan aholi uchun yangi turar joylar qurishni istagan, keyinchalik \u201cNavkent\u201d-Yangiqo\u2019rg\u2019on, Yangiqishloq\u2026 nomli shahar va qishloqlarga asos solgan hunarmandlar ham bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Undan tashqari, karvon yo\u2019llari bo\u2019ylab olimlar va shoirlar, qo\u2019shiqchi-yu, musiqachilar, turli dinlarni tarqatuvchi yoki diniy siquvga olinib, yuz yurtidan bosh olib ketgan ma\u2019naviyat targ\u2019ibotchilari ham kezinishar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bir so\u2019z bilan aytganda, savdo yo\u2019llari mahsulotlar ayirboshlashda, ilmiy va texnik yutuqlar almashinuvida, madaniyat hamda dinning Yevroosiyo sarhadlarida tarqalishida misli ko\u2019rilmagan darajada xizmat qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Savdo yo\u2019nalishidagi yo\u2019llar qadim o\u2019troq dehqon madaniyatiga ega old Osiyo, Xitoy, Hindiston kabi yirik davlatlar tomonidan cho\u2019zilgan. Bu davlatlarning poytaxtlari tomon noyob va nodir tovarlar tashilgan. Shuningdek, mazkur yo\u2019llar dashtu biyobon va tog\u2019li hududlarni vohalar bilan ham chambarchas bog\u2019lagan. Bejizga shahar zodagonlarinign uylaridagi kabi ko\u2019chmanchilarning mozor qo\u2019rg\u2019onlaridagi qabrlarda ham nafis ipak matoli kiyimlar, xitoy ko\u2019zgulari, rim va suriya shishalari hamda qizil lokli idish-tovoqlar uchramagan. Ana shuning uchun savdo yo\u2019llari yoqasida turgan aholi joylari, dehqonchilik va chorvachilik madaniyatlari hududlarida kesishgan punktlarni tadqiq etish muhim ahamiyatga ega.<\/p>\n\n\n\n<p>Dastavval qadimda noyob va maxsus tovarlar, asl metal va zeb-ziynatlar ortilgan karvonlar o\u2019tadigan bir qancha turg\u2019un yo\u2019llar ajratib olindi. Olimlar savdo aloqalari tizimiga qarab, ularning turli yo\u2019nalishlar bo\u2019yicha tarqalishini aniqladilar. Masalan, \u201clojuvard yo\u2019li\u201d, \u201cnefrit yo\u2019li\u201d, \u201csuvsar yo\u2019li\u201d, \u201coltin yo\u2019li\u201d va hokazolar.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rta Osiyo haqidagi ilmiy adabiyotlarda asosiy urg\u2019u tarixning ilk davrlaridagi chekka hududlarga berilgan va barcha dastlabki yo\u2019llar janub mamlakatlari orqali Afg\u2019oniston, Hindiston va Eronga o\u2019tgani e\u2019tirof etilgan. Biroq tadqiqotlar shuni ko\u2019rsatadiki, O\u2019rta Osiyoning janubiy hududlari allaqachonlar tsivilizatsiya shakllangan shahar muzofotlari tarkibiga kirgan. Miloddan avvalgi I ming yillik o\u2019rtalarida Sug\u2019diyona (u paytlarda Ustrushona Sug\u2019diyona tarkibida edi), Xorazm va Baqtriyadan ahamoniylar imperiyasiga oltin, qimmatbaho toshlar, qurilish ashyolari va tuz yetkazib berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, shimoliy ko\u2019chmanchi chorvador qabilalarda ham Sibirdan tortib to Qora dengizga qadar oldi-berdi qilish imkoniyati bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tadqiqotlar ilk savdo yo\u2019llari ahamoniylar imperiyasining g\u2019allaga boy Baqtriya shahridan o\u2019tganini va u, o\u2019z navbatida, Sug\u2019d va Ustrushona bilan chambarchas bog\u2019langanini ko\u2019rsatdi. O\u2019rta Osiyoni zabt etish davrida Sug\u2019d qo\u2019zg\u2019olonini bostirishga majbur bo\u2019lgan makedoniyalik Aleksandr mashhur yo\u2019lboshchilarga tayanib, ilk savdo yo\u2019llaridan foydalangan holda Aleksandriya Esxata, ya\u2019ni Chekka Aleksandriya (Xo\u2019jand tumani)dan qisqa yo\u2019l orqali Sug\u2019dga o\u2019tgan. A.Gritsina tomonidan o\u2019rganilgan o\u2019sha davr yodgorliklari muallifga Zomin va Xovos tumanlari chegarasidagi yo\u2019l hududi, avvalboshda hozirgi Zomin-Savat yo\u2019llaridan anchayin shimolga qarab cho\u2019zilgani, u yunonlarga qarshi qo\u2019zg\u2019olonda ishtirok etgan ustrushonaliklarning makedoniyaliklar tomonidan tor-mor etilgan turar joy manzillari orqali o\u2019tgani haqida xulosa qilish imkonini berdi. Keyingi yo\u2019l esa, bir oz janubga qarab cho\u2019zilgan bo\u2019lib, u shimoliy Turkiston tizmasi yoqalab, Yaksart (Sirdaryo) vodiysini bog\u2019laydigan g\u2019oyatda qulay yo\u2019l edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arxeologlar tomonidan Zomindan sharqda joylashgan G\u2019onchi shahrida miloddan avvalgi V-IV asrlarga mansub qishloqlar qoldiqlari va sopol idishlar bo\u2019laklari, shimoli-sharqda esa miloddan avvalgi IV-III asrlarga tegishli ovullar topilgani bejizga emas, albatta. Miloddan avvalgi III-II asrlardagi sug\u2019d atvoriga mos ellin sopol buyumlari, allaqachon Zominning ilk qatlamlarida topilgan edi. Olimlarning fikricha, aynan o\u2019sha paytlarda ayrim xususiy savdo yo\u2019llari o\u2019rniga Xitoydan Ovro\u2019pa shaharlariga qadar ulkan transqit\u2019alararo yo\u2019l tushgan. Ana shu yo\u2019l orqali Sharq mamlakatlaridan G\u2019arbga qarab qordek oppoq chinnilar, kumush, oltin, gilamlar, nafis matolar, qurol-yarog\u2019, sovutlar, turli xil taqinchoqlar va boshqa noyob buyumlar ortilgan karvonlar o\u2019tgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Nozik, shaffof, g\u2019oyatda mustahkam va yorqin ranglarga bo\u2019yalgan ipak Sharqning mashhur va doimiy transit savdo mahsulotlaridan biriga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ipak, ayniqsa, yollanma askarlar bilan naqd pul o\u2019rnida hisob-kitob qilishda xizmat qilgan, u yana imperatorlar, mansabdorlar, zodagon ayollar va suyuqoyoq xotinlarga sovg\u2019a tariqasida ham berilgan, ba\u2019zi mamlakatlarda ipak eng dabdabali va madaniy kiyimlardan hisoblangan. Undagi Latif va jonli bo\u2019yoqlar, naqshlar Sharqda Koinot ramzini ifodalagan. Ipakni uzuk orasidan o\u2019tkazib, uning sifatini aniqlashgan. Ipak orqali po\u2019lat shamshirning keskirligi ham tekshirilgan, tig\u2019 havoga itqitilgan ipak durrani bir necha bo\u2019lakka bo\u2019lib tashlashi lozim edi. G\u2019arb bozorlarida tarozining bir pallasiga ipak, ikkinchi pallasiga esa oltin yoki kumush qo\u2019yilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ipak, nafaqat Rim va Vizantiyada, balki Xitoy imperiyasida ham g\u2019oyatda qadrlangan va shuhrat qozongan. Uni Eron sosoniy shahanshohlari, turk xoqonlari, Sug\u2019d, Ustrushona, Choch va Tohariston aslzodalari ham xush ko\u2019rganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shu sabab, XIX asrda Fridrix fon Rixtgofendan tortib barcha shaqshunos-tadqiqotchilar mazkur yo\u2019llarni yagona atama bilan Buyuk Ipak yo\u2019li deb nomlaganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ipak yetishtirish va uning savdosi haqidagi rivoyatlar og\u2019izdan-og\u2019izga ko\u2019chib yurgan. Rivoyatlarga qaraganda, Xitoy imperatorlari tut ipak qurti pillasidan tayyorlanadigan ipakni ishlab chiqarish texnologiyasini qattiq sir tutishgan. Buyuk Xitoy devori chegarasidan tashqariga ipak qurtini olib chiqib ketishga uringan har qanday odam qatl etilgan. Lekin shunga qaramay, ipak tayyorlash sirini fosh qilishga bo\u2019lgan qiziqish kundan-kunga ortib borar edi. Roviylarning so\u2019zlariga qaraganda, uddaburon budda rohiblari pillani bambukdan tayyorlangan maxsus, g\u2019ovak aso ichiga joylashgan va Osmonosti imperiyasi sarhadlarida kezinib yurgan bir talay sayohatchi karvonlar orasida g\u2019oyib bo\u2019lishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yana boshqa bir rivoyatda naql qilinishicha, ko\u2019chmanchilar sardoriga turmushga chiqqan xitoylik malika begona yurtda nafis matodan mosuvo bo\u2019lishdan qo\u2019rqib, ipak pillasini o\u2019zining dabdabali soch turmagi orasiga joylab, Xitoydan olib chiqib ketgan. Biroq hozirgi kunda ilm-fan rivoyat ixlosmandlarining hafsalasini pir qilishga majbur. Qadimgi rimliklar, allaqachonlar Xitoyning ipak tayyorlash usulidan boxabar bo\u2019lganlar, yana ular ba\u2019zida ipakni \u201cdaraxtdagi o\u2019rgimchak tolasi\u201d, deb ham atashgan. Ipak ilk o\u2019rta asrlarda imperiyaning eng g\u2019arbiy chegaralari va Sharqiy Turkistonda tayyorlangan. Savdo-sotiq gullagan davrlarda uni Eron sosoniylari va O\u2019rta Osiyoning yirik markazlari o\u2019zlashtirib oladilar. Undan tashqari, ipakka bosilgan sug\u2019d ba sosoniy naqshlari shunchalik shuhrat qozonadiki, hatto Osmonosti imperiyasi hududlariga qadar tarqaladi. Ipak tayyorlashda mohir hunarmand-kosiblar sosoniy va sug\u2019d ustalariga taqlid qila boshlaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Buyuk Ipak yo\u2019li turli mamlakatlar xalqlarini iqtisodiy jihatdan bog\u2019lovchi, turli xo\u2019jalik shakllari va uzoq muddatli xizmati bilan boshqa savdo yo\u2019llaridan yaqqol ajralib turgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Manbalarda yozishicha, miloddan avvalgi III asrlardayoq Xitoyning g\u2019arbdagi qo\u2019shnilar bilan aloqalarni kuchaytirish, mustahkamlashga urinishlar kuzatilgan. Shi-tzi xitoy solnomasida Xitoy jun ko\u2019chmanchi qabilalari va \u201cyerlarida ziyoratchilar xitoy matolari, ko\u2019zgu va bambuk mahsulotlarini uchratgan\u201d Baqtriya bilan savdo-sotiq ishlari, ayniqsa, qo\u2019shnilar bilan ipakni g\u2019allaga ayirboshlangani haqida yozilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Lekin Ipak yo\u2019lining rasmiy chizmalari bevosita Xan davlati hukumatining siyosati bilan bog\u2019liq bo\u2019lgan. Bu paytda Xitoy chegaralarida ko\u2019chmanchi xalqlar o\u2019rtasida o\u2019zaro nizolar avj oladi. Ana shu kurashlarda xun qabilalarining qo\u2019li baland keladi. Miloddan avvalgi II asrlarda yuechjilarga o\u2019lpon to\u2019lovchi xunlar qo\u2019shni ko\u2019chmanchi yuechjilarni tor-mor keltiradi, shundan so\u2019ng yuechjilar xunlardan qochib O\u2019rta Osiyoga yopirilib kirib kela boshlaydi. Ularning bir qismi Choch, Ustrushona va Sug\u2019dga o\u2019tgan bo\u2019lsa, qolgan qismi janubga qarab yo\u2019l oladi va miloddan avvalgi 110 yilga kelib, ellin davlati sanalmish Yunon-Baqtriyani yer bilan yakson qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xunlarning kuch-qudratidan qattiq tashvishga tushgan Xitoy imperatori miloddan avvalgi 138 yilda ittifoqchi topish maqsadida diplomatik topshiriq bilan o\u2019z amaldorlaridan biri Chjan Tsyanni yuechjilar oldiga jo\u2019natadi. Afsuski, elchi xunlarga asir tushadi, ularga xizmat qiladi, o\u2019sha yerda uylanadi va faqat o\u2019n yil o\u2019tib, unga nisbatan nazorat susaygani hamon Farg\u2019onaga qochadi. Elchi u yerdan Kangyuyga yuboriladi va shundan keyingina yuechjilar tomonga o\u2019tib oladi. Shu tariqa topshiriq 12 yil davom etadi. Lekin yuechjilar xunlarga qarshi kurashishdan qat\u2019iy bosh tortadilar. Bir yil besamar o\u2019tkazilgan muzokaralardan keyin Chjan Tsyan boshqa yo\u2019l orqali Xitoyga qaytishga ahd qiladi, biroq u yana xunlarga asir tushadi va faqat bir yildan so\u2019ng, mamlakatdagi g\u2019alayonlar sabab qochishga muvaffaq bo\u2019ladi. Garchi unga ittifoqchilarga ega bo\u2019lish nasib etmagan bo\u2019lsa-da, topshiriq g\u2019oyatda muvaffaqiyatli yakunlangani tan olinadi. Bu elchilik safari natijasida rasmiy Xitoy uchun savdo munosabatlarida nihoyatda muhim bo\u2019lgan, gullab-yashnayotgan \u201cG\u2019arbiy o\u2019lka\u201dlar kashf etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Miloddan avvalgi 119 yilda imperator U-di O\u2019rta Osiyo mamlakatlari bilan savdo-sotiq aloqalarini yo\u2019lga qo\u2019yish maqsadida yana Chjan Tsyan boshchiligidagi elchilardan iborat guruhni o\u2019sha o\u2019lkalarga jo\u2019natadi. Chjan Tsyan usun ko\u2019chmanchilari hududiga o\u2019tadi va u yerdan elchilarni boshqa o\u2019lkalarga yuboradi. Shundan so\u2019ng, turli mamlakatlardan Xitoyga elchilar oqib kela boshlaydi, bunda Ligan (xitoyliklar Rimni shunday atashgan) yurtlariga qadar muntazam ravishda karvonlar qatnovi yo\u2019lga qo\u2019yiladi. Albatta, mazkur yo\u2019l yagona emasdi, zero karvonlar o\u2019z savdo qiziqishlariga mos yo\u2019ldan yurardi: kimdir markazdan markazga, kimir maxsus tovarlar xarid qilish uchun, kimdir siyosiy maqsadlarda diplomat elchilar guruhini kuzatib borar edi. Siyosiy beqarorlik va jo\u2019g\u2019rofiy shart-sharoitlarning tez-tez o\u2019zgarishi sabab, yo\u2019llar turg\u2019un emasdi. Masalan, Samarqanddan Nasafga qarab ikkita yo\u2019l bo\u2019lgan: biri-mavsumiy, qisqa, ammo mashaqqatli, ikkinchisi esa, anchayin uzun, lekin behavotir va barqaror.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharlar orasida joylashgan yo\u2019llarda karvonlar o\u2019tadigan muqim markazlar bo\u2019lgan. Ularning orasida Sug\u2019d poytaxtidan Xitoyga qarab to\u2019rt kunlik yo\u2019l bo\u2019lgan Zomin ham bor. U Ustrushonada ham ichki, ham xalqaro savdo aloqalarida muhim markaz vazifasini o\u2019tagan. U yerda xorij savdogarlarining karvonlari to\u2019xtab o\u2019tgan hamda turli yo\u2019nalishlarga qarab yo\u2019l olgan, buyum-tovarlar qayta taqsimlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yuqorida aytib o\u2019tilganidek, ushbu yo\u2019llar qadim davrlarda, Xan davlati paytlaridayoq mavjud bo\u2019lgan. Bu yo\u2019llar qadim xitoy manbalarida ham qayd etilgan. Unda asosiy yo\u2019l Xitoydan Niyu orqali Xotan Yorkent, Balx tomonga, \u201cIosha-shuy (Yaksart-Sirdaryo)\u201d daryosi bo\u2019ylab cho\u2019zilgan shimoliy yo\u2019l esa Dovon (Farg\u2019ona)dan Kanyuy, u yerdan Sirdaryo va Amudaryoning quyi qismida joylashgan Yantzi va Yantsay tomon cho\u2019zilgan. Ehtimol, ana shu paytda makedoniyalik Aleksandrga ko\u2019rsatilgan \u2013 Dovondan Xo\u2019jand, Xovos orqali Zominga o\u2019tadigan yo\u2019l shakllana boshlagan, aynan o\u2019sha yerdan miloddan avvalgi birinchi asrlarga taalluqli ashyolar topilgan. Tadqiqotchilarning ta\u2019kidlashlaricha, miloddan avvalgi II asrning oxiriga kelib, Ustrushona, Xo\u2019jand va Farg\u2019onaning qadimiy yo\u2019llari zanjir halqasi kabi Buyuk Ipak yo\u2019lining ajralmas tarkibiy qismiga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Milodning birinchi ming yilligidayoq Buyuk Ipa yo\u2019li serqatnov yo\u2019l bo\u2019lgan. Birinchi ming yillikning yarmiga kelib sug\u2019dlar, buxoroliklar, ustrushonaliklar va chochliklar mazkur yo\u2019ldan sharqqa qarab, Sharqiy Turkistonga qadar asta-sekinlik bilan harakatlana boshlaydilar (bu paytga kelib, yirik sug\u2019d qarorgohlari Xitoy imperiya chegarasigacha yetgan edi). Lekin ularning yo\u2019liga g\u2019ov bo\u2019lib, shimolda ko\u2019chmanchilar, janubda esa Eron turardi. Quruqlikda G\u2019arb bilan savdo qiluvchi asosiy yo\u2019llar Eronga qarashli edi. Ammo V, ayniqsa, VI asrlarga kelib vaziyat butkul o\u2019zgaradi. O\u2019rta Osiyoga ko\u2019chmanchilar qabilasi \u2013 eftaliylar bostirib kiradi. Eron sosoniylari bilan ba\u2019zi bir yerlarini qaytarib olish maqsadida olib borilgan kurash, o\u2019z navbatida, Farg\u2019ona va Ustrushona orqali o\u2019tgan savdo yo\u2019llarini yanada jonlantirib yubordi. Eftaliylar davlatida tanazzulga yuz tutgan antik (qadimgi) imperiyaning mayda yer-mulk egalari erkinlikka ega bo\u2019lishadi. Ularning ichida bir qator mayda yer mulklarini o\u2019z ichiga olgan Ustrushona ham bor edi. Xitoyliklar uni Sharqiy Tsao deb atashardi. Unga Zarafshonning yuqori oqimidagi tog\u2019li hududlar, garchi o\u2019z hukmdori orqali alohida boshqarilsada Buttam, Turkiston tizmasining shimoliy tarmoqlari, g\u2019arbdagi bepoyon Qatvan cho\u2019lidan tog\u2019oldi hududlargacha, u yog\u2019i sharqdan Sirdaryo bo\u2019ylarigacha bo\u2019lgan hududlar kirar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>VI asrning ikkinchi yarmiga kelib, vaziyat keskin o\u2019zgaradi. Bir necha kunlik shiddatli janglardan keyin, \u201cShohnoma asarining muallifi ta\u2019sirchan ifodalanganidek, muhorabalarda to\u2019kilgan qondan \u201cGulizarriyun qirmizi rangga kirdi\u201d (asarda Sirdaryo nazarda tutilgan \u2013 Yu.B.). Hokimiyatga ulkan ko\u2019chmanchilar imperiyasi \u2013 Turk xoqonligiga asos solgan yangi ko\u2019chmanchilar qabilasi keldi. Eftalitlarni tor-mor qilgan turklar Buyuk Ipak yo\u2019lining katta qismini qo\u2019lga kiritdi. Ular muhoraba paytida qo\u2019lga kiritilgan o\u2019ljalardan tashqari, Xitoydan o\u2019lpon sifatida katta miqdorda turli qimmatbaho buyumlar, eng asosiysi, ipak olishadi. Turklarda ipakni G\u2019arbga, birinchi o\u2019rinda Vizantiyaga sotish ishtiyoqi kuchli edi.<\/p>\n\n\n\n<p>567 yilda turk xoqoni Istami G\u2019arb bilan savdo-sotiqni yo\u2019lga qo\u2019yish maqsadida, sug\u2019d savdogari Maniax boshchiligidagi elchilarni ikki marta sosoniylar shohi Xusrav I oldiga jo\u2019natadi. O\u2019sha paytda G\u2019arbga eltuvchi yo\u2019llarning bir qismi shohga qarashli edi. Lekin barchasi besamar ketdi. Xusrav I elchilarni xushlamaygina qabul qildi va turklar bilan hamkorlik qilishni rad etdi. Elchilar tomonidan sovg\u2019a tariqasida olib kelingan ipak Eron poytaxti maydonida namoyishkorona tarzda yoqib yuborildi. Buning ajablanarli joyi yo\u2019q edi. Birinchidan, savdo-sotiqning asosiy yo\u2019llari qo\u2019lida bo\u2019lgan eronliklar uni boy berishni istamas edilar. Ikkinchidan, bu paytda sosoniylar davlati o\u2019ziga chegaradosh bo\u2019lgan eronliklar uni boy berishni istamas edilar. Ikkinchidan, bu paytda sosoniylar davlati o\u2019ziga chegaradosh bo\u2019lgan, kun sayin qudrati oshib borayotgan Vizantiya bilan yaxshi munosabatda emasdi. Eron chegarasida mamlakatga xavf solib turgan Vizantiya yollanma armiyasiga maosh, asosan ipak savdosidan keladigan daromaddan to\u2019lanar edi. Harbiy a\u2019yonlar esa, maoshning bir qismini ipak bilan olishardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rad javobini olgan turklar Eron bilan jangga tayyorgarlik ko\u2019ra boshlaydi. Shu bilan bir paytda, Maniax boshchiligida bir guruh elchilar shimol tomondan sosoniylar imperiyasi chegaralarini aylanib o\u2019tib, Vizantiyaga qarab yo\u2019l olishadi. Elchilar guruhi Xorazm orqali Kaspiy dengizidan shimolga, Kavkaz orqali yurishadi. Xoqonning sovg\u2019alari qimmatbaho ipak matolardan iborat edi. Savdo-sotiq, shuningdek, harbiy hamkorlikka qiziqish bildirgan imperator Yustin II javob tariqasida lashkarboshi Zemarx boshchiligida elchilarni jo\u2019natadi, ular bosib o\u2019tgan yo\u2019l 568 yilda yunon tarixchisi Menandr tomonidan qalamga olingan. Alaloqibat, harbiy-savdo ittifoqi tuziladi, tarixchilarning yozishicha, vizantiyalik savdogar va zodagonlar Eronni chetlab o\u2019tib, turklar orqali qimmatbaho Xitoy tovarlariga ega chiqish maqsadida, ular bilan bevosita aloqa bog\u2019lashga urinishadi. Lekin, allaqachonlar yo\u2019llarni o\u2019z qo\u2019lida ushlab turgan xoqonlik tarkibidagi sug\u2019dlar ham savdo-sotiqdan g\u2019oyatda manfaatdor edilar. Undan tashqari, ipak sug\u2019d hunarmandchiligi markazlarida ham tayyorlana boshlagandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Eng qizig\u2019i, xoqonning Vizantiya elchilariga qo\u2019ygan shartida temir sotib olish taklifi ham bo\u2019lgan. O\u2019sha davrlarda Ustrushona O\u2019rta Osiyodagi temir ishlab chiqarish markazlaridan biri edi. Ma\u2019lumki, ikki tomonda ham bir qator savdo elchilar guruhi bo\u2019lgan. O\u2019rta Osiyo shaharlarida o\u2019tkazilgan arxeologik qazilma ishlarida Vizantiya buyumlari, kumush idishlar va oltin tangalar uchragan. O\u2019rta Osiyolik savdogarlar faqatgina o\u2019lkalararo savdo-sotiq bilan shug\u2019ullanishmagan. Xitoy solnomalarida yozilishicha, ular Xitoyga oltin, kumush, mis, jez, xushbo\u2019y suyuqliklar, dorivor o\u2019tlar, novshadil, sug\u2019d ipagi, turli xil mato va boshqa ko\u2019plab tovarlar olib borishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rta Osiyodagi Buyuk Ipak yo\u2019lining eng asosiy yo\u2019nalishlaridagi yo\u2019llardan biri Sug\u2019dga Ustrushonadan Choch yoki Xo\u2019jand orqali o\u2019tgan. Uning eng faol tarmog\u2019i Samarqanddan tog\u2019lar oralab, pastqam adirlar orqali Zominga, u yerdan tekislik bo\u2019ylab Sirdaryoga qarab cho\u2019zilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Asosiy savdo va diplomatik yo\u2019llar, ularning tarmoqlari, shoxobchalari yo\u2019nalishlarini o\u2019rganish va aniqlash bevosita IX-X asrlarda arab tilida ijod qilgan geograflar mehnati bilan bog\u2019liq. Lekin ularning tahlillari shuni ko\u2019rsatadiki, ilk geograflar \u2013 Qudama ibn Ja\u2019far, al-Ya\u2019buqiy va Ibn Xo\u2019rdodbeh o\u2019z izlanishlarida arab davridan avvalgi geograf sayyohlarning rasmiy hujjatlaridan foydalanishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qudama ibn Ja\u2019far aslzoda bo\u2019lib, Barsadan edi. Xalifa saroyidagi pochta boshlig\u2019i lavozimi unga hujjatlar bilan ishlash imkonini beradi. Adabiyotga bo\u2019lgan muhabbat esa, uning bir qator asarlar yozishiga turtki bo\u2019ladi. Uning \u201cKotib mahorati va xarajat haqida kitob\u201d nomli asaridan bir qismigina saqlanib qolgan, xolos. Asarda pochta marshrutlari (yo\u2019llari), viloyatlar tavsifi, ularning yer tuzilmasi, yo\u2019llar, manzilgohlar, masofa va obodonchilikka oid qiziqarli bo\u2019lim bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Qudama Movarounnahrga ta\u2019rif berganda Samarqanddan Zomingacha bo\u2019lgan yo\u2019lni keltirib o\u2019tadi. Poytaxtdan sharqqa qarab to\u2019rt farsaxlik (bir farsax \u2013 7-8 kilometrga teng \u2013 Yu.B.) yo\u2019lda Sug\u2019d tumani markazi Buzmajon, Barkat shaharchasi joylashgan. Keyin Ustrushonaga qarashli asosiy yo\u2019llar boshlangan. Tog\u2019lar orasida joylashgan Xushufag\u2019n (\u201cezgu ibodatxonali shaharcha\u201d) shaharchasiga Barkatdan Qatvan dashti va adirlari orqali tushgan yo\u2019l bilan borilgan. U noma\u2019lum muqaddas ibodatxona nomi bilan atalgan. Bizning taxminimizcha, u Sangzor daryosining o\u2019ng qirg\u2019og\u2019idagi tog\u2019lar oralig\u2019ida, hozirgi Avliyo qishlog\u2019i hududida joylashgan bo\u2019lishi kerak. Mazkur hududning chekka qishlog\u2019ida olib borilgan tadqiqotlar vaqtida tepalikda o\u2019rta asrlarga mansub qishloq hamda uning tevarak-atrofidagi muqaddas buloqqa duch kelingan. Hozirgi Avliyo qishlog\u2019i masjidning qadimiy qismi katta qiziqish uyg\u2019otdi. Undagi tosh-tepali g\u2019orda, Muhammad payg\u2019ambar (s.a.v.) safdoshlaridan birining g\u2019ayridinlar bilan bo\u2019lgan janglarda kesilgan bir barmog\u2019i ko\u2019milgani bois muqaddas sanalib, bu yerga masjid qurilgan ekan. Masjidning yonida chog\u2019roqqina qadimiy qabriston bor. Mazkur sajdagoh bu yerni islomdan avvalgi davr bilan bog\u2019lab turadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qishloq hududida o\u2019rta asrlardan oldin va o\u2019rta asrlardagi kulollik buyumlari, turli tangalar ham uchragan. Bularning barchasi qadimiy Xushufag\u2019n muqaddas Aviyo masjidi hududida joylashganligini taxmin qilishga imkon beradi. Manbalarga ko\u2019ra, aynan shu yerdan tog\u2019 bo\u2019ylab o\u2019tgan besh farsax yo\u2019l Burnamad qishlog\u2019iga olib kelgan. Hozirgi kunda bu yerda Ravot qishlog\u2019i joylashgan. Ta\u2019rifga ko\u2019ra, mazkur joy \u201corqa tomonini tog\u2019larga, yuzi esa tekislikka qaragan\u201d Burnamad qishlog\u2019iga to\u2019g\u2019ri kelmoqda. Qishloqning janubi-g\u2019arbiy tomonidagi tog\u2019 yonbag\u2019rida harbiy inshootlarga ega anchayin katta shahar ham bo\u2019lgan. Biroq, qazilma ishlari shuni ko\u2019rsatadiki, shahar, asosan mo\u2019g\u2019ullardan keyin, temuriylar davridan oldin mavjud bo\u2019lgani bois, u yosh sanalib, Qudama davridagi Burnamad emasligini ko\u2019rsatdi. Hozirda qishloq ichkarisida atrofi mudofaa devorlari bilan o\u2019ralgan bir qishloq makoni mavjud bo\u2019lib, u hali tadqiq etilmagan. Shuningdek, ilk o\u2019rta asrlarga mansub xarobalar Ravotning shimoli-sharqiy hududida ham uchraydi. Shu sabab, Burnamad bilan bog\u2019liq izlanishlar shu yerdan davom ettirilishi lozim.<\/p>\n\n\n\n<p>Burnamaddan yo\u2019lga chiqqan karvonlar dashtu tekisliklardan o\u2019tib, to\u2019rt farsax yo\u2019l bosgandan so\u2019ng, Ustrushonaning yirik shahri Zominga yetib kelganlar. Tadqiqotlar ko\u2019hna yo\u2019l tog\u2019 etagi bo\u2019ylab, yon-atrofida mustahkam qo\u2019rg\u2019onlar, tuzilishidan karvonsaroylarni eslatuvchi manzillar, osmon uzra qad rostlab turgan yirik qal\u2019alar joylashgan hozirgi \u2013 Peshag\u2019or qishlog\u2019i bo\u2019ylab yo\u2019l ayirg\u2019ich o\u2019tganini ko\u2019rsatmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimgi manbalarda keltirilishicha, Zomin Choch va Farg\u2019onaga olib boruvchi transit yo\u2019llar ayirg\u2019ichi vazifasini o\u2019tagan. Qudamaning ta\u2019kidlashicha, Farg\u2019ona yo\u2019li bo\u2019ylab, Zomindan ikki farsax narida joylashgan Sabot qishlog\u2019idagi yo\u2019l ham ayrilgan. Asosiy yo\u2019l Farg\u2019onaga \u2013 sharqqa qarab cho\u2019zilgan. Bu yerdan uch farsax narida Kurkat (\u201ckatta qishloq\u201d), undan keyin esa Gulikandoz (\u201ckatta qishloqlar orasida eng kattasi\u201d) joylashgan. Undan keyin esa, yo\u2019l \u201cShosh daryosi\u201d (Sirdaryo) bo\u2019ylab Xo\u2019jandga olib borgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchi yo\u2019l Sabotdan yetti farsax uzoqlikda joylashgan Ustrushonaning poytaxti Bunjikatga yo\u2019nalgan. \u201cUlardan ikkisi tekislik bo\u2019ylab, so\u2019ngra vodiy hamda tog\u2019 yonbag\u2019ridagi qishloqqa qarab o\u2019ng va chap tomonga yo\u2019nalgan. Yo\u2019l ikki o\u2019zan bo\u2019ylab oquvchi suvga ro\u2019para bo\u2019ladi. U shahar tomondan oqib keladi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu tarzda, ilk o\u2019rta asrlardagi asosiy yo\u2019l Turkiston tizmasining tog\u2019 etagi bo\u2019ylab Samarqanddan Zominga, qisman pastak tepaliklar, so\u2019ngra cho\u2019lu biyobon orqali Zomin va Sabotdan o\u2019tgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mazkur yo\u2019lga Qudamaning zamondoshi, eronlik zardushtiy odamning nabirasi, xalifa Mu\u2019tasimning nadim \u2013 \u201chamtovoqlaridan\u201d biri, amaldor, al-Jabal viloyati pochta boshlig\u2019i Ibn Xo\u2019rdodbeh ta\u2019rif bergan. Qudama tomonidan yozilgan \u201cYo\u2019llar va mamlakatlar\u201d asarining asosiy qismi yo\u2019llar haqidagi ma\u2019lumotlarga bag\u2019ishlangan. Asarda Samarqanddan Zomingacha bo\u2019lgan yo\u2019l tilga olinib, unda shunday deyiladi: \u201cZominga kelganda yo\u2019l Shoshga \u2013 turklarga va Farg\u2019ona tomonga qarab ayriladi. Kim Shoshga borishni istasa, cho\u2019lu biyobon orqali Xovosga qarab yetti farsax, undan keyin \u201cShosh daryosi\u201d qirg\u2019og\u2019i bo\u2019ylab yurishi va Banokentga o\u2019tishi kerak edi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Qudamaning boshqa bir zamondoshi al-Ya\u2019qubiy mashhur sayohatchi sifatida nom qozongan edi. U sayohat davomida o\u2019z hamrohlaridan ularning yurti, xalqi, urf-odatlari, kasb-hunarlari va oziq-ovqatlari haqida so\u2019rab-surishtirardi. Uning yozib qoldirgan asari turli mamlakatlar va xalqlar haqidagi hikoyalardan iborat bo\u2019lgan. Uning yozishicha, Ustrushona to\u2019rt yuzta qal\u2019a, bir nechta katta shaharga (ularning orasida Zomin ham tilga olingan) ega bepoyon hudud bo\u2019lgan. Samarqanddan afshinlar boshqaruvidagi Ustrushona mamlakatiga qarab besh kunlik yo\u2019l bosilgan (ehtimol, poytaxt nazarda tutilgan \u2013 Yu.B.).<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rta Osiyolik arxeologlarning izlanishlari, Ustrushona haqiqatan ham qal\u2019a va qo\u2019rg\u2019onlar mamlakati bo\u2019lganligini ko\u2019rsatdi. Uning asosiy iqtisodiy hayoti O\u2019ratepa-Zomin tekisligi bilan chambarchas bog\u2019liq edi. U, hatto Zarafshon daryosining yuqori qismi uchun iqtisodiy-madaniy markazga ham aylanadi. Ta\u2019kidlash lozimki, aynan o\u2019sha paytda Minkda temir rudasini qazib olish hamda ishlov berish punktlari ish boshlaydi va bu, shubhasiz, Ustrushonani keyingi yuz yilliklarga mashhur qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston tog\u2019 tizmasidagi konlardan Xitoyga jo\u2019natiladigan noyob mahsulot \u2013 novshadil olinardi. Buttamning tog\u2019li hududlari ham o\u2019zining polimetall konlari bilan mashhur edi. Bu yerga savdogarlar turli xil tovarlari bilan tashrif buyurishar, olib-sotarlar esa xom ashyo, chorvachilik mahsulotlarini xarid qilish uchun kelishardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Savdo-sotiqning eng gullagan davri rivojlangan o\u2019rta asrlarda sodir bo\u2019lgan. IX-X asrlarda Sharq arab-fors jo\u2019g\u2019rofiy adabiyotlarida savdo yo\u2019llari va shaharlar tavsifi anchayin keng yoritilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Amudaryodan Sharqqa qarab cho\u2019zilgan barcha O\u2019rta Osiyo yerlarini Movarounnahr, deb atagan arablar, ushbu gullab-yashnayotgan o\u2019laning yirik shaharlar, rivojlangan hunarmandchiligi, bozorlari va mo\u2019l-ko\u2019l tovarlarini ko\u2019klarga ko\u2019tarib tasvirlashgan. Shuningdek, bu yerdagi mehmondo\u2019stlik, aholining badavlatligi, xilma-xil oziq-ovqat mahsulotlari ham bu maqtovlardan chetda qolmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tadqiqotchilarning ta\u2019kidlashlaricha, bu paytda Sharqda badavlat savdogar islom madaniyati targ\u2019ibotchisi sanalgan, musulmon savdo-sotig\u2019i esa, o\u2019z uyida beka edi. U jahon bozorida yetakchi o\u2019rinni egallay bildi, dunyoning to\u2019rt tomoniga karvonu kemalar qatnay boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu o\u2019rinda, X asr manbalarida keltirilgan Ustrushonaning savdo yo\u2019llari va shaharlariga kengroq to\u2019xtalsak. Turli davrlardagi manbalarning tahliliy taqqosi savdo aloqalarida shaharlar rolining o\u2019zgarishi va yo\u2019llar siljishi sur\u2019atini ochib berishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Tahliliy taqqosni, avvalgidek, o\u2019sha davrda ikki daryo oralig\u2019ida eng yirik iqtisodiy-madaniy punkt hisoblangan Samarqanddan boshlasak. X asr o\u2019rtalarida yashagan al-Istahriy shunday deb yozadi: \u201cSamarqand, bu \u2013 Movarounnahrning savdo markazi, savdogarlar jamuljam bo\u2019ladigan joy. Movarounnahrga asosiy daromad keltiruvchi buyumlarning katta qismi Samarqandga kelib tushadi va shu yerdan boshqa hududlarga tarqaladi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqanddan Ustrushonaga faqat bir yo\u2019l orqali borilmas edi. Birinchi kungi yo\u2019l hududi Samarqanddan Barkat tomon cho\u2019zilgan bo\u2019lib, avvalgi eski yo\u2019l bilan uyg\u2019un edi. Ikkinchi kunga kelib esa, bo\u2019linish boshlanardi. Barkatdan yarim kun yo\u2019l yurilsa, mustahkam qal\u2019a \u201cAbu Ahmad Raboti\u201dga borilardi. Kimda-kim Ustrushona orqali qisqa yo\u2019l bilan Shosh yoki cho\u2019ldagi turklarga bormoqchi bo\u2019lsa, shimolga \u2013 Qatvandiz istehkomiga yo xohishiga ko\u2019ra, Xarakana shahriga qarab burilardi. Bu yerdan Dizakka (Jizzax) bir kunlik yo\u2019l edi. Dizak \u201ctekislikdagi shahar bo\u2019lib, unda rabotlar (shahar tashqarisidagi qo\u2019rg\u2019onlar \u2013 karvonsaroylar), xonalar (shahardagi karvonsaroylar) va buloqlar bor. U ko\u2019pldan-ko\u2019p bog\u2019u rog\u2019lari va shirin suvlari bilan g\u2019oyatda yoqimli\u201d, deya ta\u2019rif berishgan. Dizak (Jizzax)dan cho\u2019lda joylashgan Husayn va Humayd quduqlari orqali Shoshga, keyin esa, \u201cShosh daryosi\u201d-Sirdaryo tomon yurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchi yo\u2019l, aftidan, sharqqa-Sa\u2019d rabotiga tog\u2019lar oralab emas, balki muqaddas Xushufag\u2019n butxonasi turgan shahar orqali shimoliy tog\u2019larni aylanib, Ahmad rabotini yonlab o\u2019tgan. Mazkur yo\u2019l anchayin uzun, yam-yashil adirlar ichra cho\u2019zilgan bo\u2019lib, tunu kun qatnaydigan yirik karvonlar uchun g\u2019oyatda qulay edi. Sa\u2019d rabotidan yana Burnamadga kirib borilar hamda tekisliklar va transit yo\u2019llar ayrilish joyining yirik markazi bo\u2019lgan Zominga yurilar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Al-Istahriyning ta\u2019kidlashicha, Zomin yirikligi jihatidan Ustrushonada ikkinchi shahar bo\u2019lgan, shuningdek, u Sarsanda nomi bilan ham atalgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharning nomlanishidagi chalkashlikka, nazarimizda X asr oxirlarida yashagan Ibn Havkal tomonidan aniqlik kiritilgan. Uning qayd etishicha, Zomin Farg\u2019onadan Sug\u2019dga qadar cho\u2019zilgan katta yo\u2019lda joylashgan va ushbu shahar Sarsanda degan yana boshqa bir nom bilan ham atalgan. Uning old tomonidan yotgan eski shahar xarobaga aylangan edi. Garchi Sarsanda mudofaa devorlariga ega bo\u2019lmasa-da, lekin u yerga bozor, jome masjidlari ko\u2019chirilgan, shuningdek, aholi ham ko\u2019ch-ko\u2019roni bilan ko\u2019chib o\u2019tgan. Ana shu tariqa, ushbu shahar X asrda allaqanday sabablarga ko\u2019ra, ehtimol gidroirrigatsiya tufaylidir, eski Zominning yoniga \u2013 yangi joyga qarab surilgan. Ibn Havqalning ta\u2019kidlashicha, bu shaharning ijtimoiy holatiga hech qanday salbiy ta\u2019sir ko\u2019rsatmagan. U Sug\u2019ddan shaqqa qarab harakatlanayotgan karbonlar va sayohatchilar uchun to\u2019xtab o\u2019tish bekati vazifasini o\u2019tagan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019sha davrdagi faol savdo-sotiq yaxshi yo\u2019llar, shinam bekatlar, shahar ichi va tashqarisida joylashgan rabot va qasrlar, deb ataluvchi maxsus karvonsaroylarni talab etardi. Ularning turli yerlardagi joylashuvi bino hamda bezagi bilan farqlanib turar edi. Aga aksar hashamdor xujralarga ega shahar karvonsaroylari savdogarlar uchun uzoq muddatli qo\u2019noqqa mo\u2019ljallangan bo\u2019lsa, shahar tashqarisidagi rabotlar, karvonlarni qaroqchilardan himoya qila biladigan o\u2019ziga xos qal\u2019a edi. Lekin ba\u2019zida davlat markazlashuvi sharoitlarida, shahar tashqarisida ham maxsus karvonsaroylar qad rostlagan. Tabiiyki, shahar barcha karvonlarni o\u2019ziga sig\u2019dira olmasdi, so\u2019nggilari esa doim ham belgilangan vaqtgacha, darvoza berkilgunga qadar shaharga kirishga ulgurolmasdi. Bunday karvonlar tunash uchun shahar tashqarisida qolardi. Bizning nazdimizda, ana shunday karvonsaroylardan biri Zomindan g\u2019arb tomonda joylashgan To\u2019rtko\u2019ltepa o\u2019rnida bo\u2019lgan. Hozirda mazkur qiziqarli inshootning qazilma ishlari A.Gritsina tomonidan o\u2019rganilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Savdoning jadal rivojlanishi ayni vaqtda asosiy karvon yo\u2019llaridan chetda bo\u2019lgan chekka viloyatlar va cho\u2019l-dasht ko\u2019chmanchilarini ham ayiroshlash sohasiga jalb qilish imkonini berdi. Ustrushonaning arxeologik tadqiqotlari o\u2019sha davrda mavjud bo\u2019lgan, ammo geograflar tomonidan ta\u2019riflanmagan yo\u2019llarning ham bo\u2019lganini ko\u2019rsatdi. Ana shunday yo\u2019llardan biri Samarqand bilan bog\u2019lanmagan holda, Buxorodan shimoli-sharqqa-mashhur ibodatxonalar markazi Nurota tomonga olib borardi. Bu yerdan karvonlar shimoliy tog\u2019larni aylanib o\u2019tib, Ustrushonaga, undan keyin Sirdaryo vodiysidan Shoshga yoki shimol bo\u2019ylab O\u2019trorga yurishgan. Ushbu yo\u2019l yoqasida karvonlar uchun qulayliklar yaratgan, Nurota tog\u2019larida joylashgan bir qator qal\u2019a va rabotlar faoliyat ko\u2019rsatganligi aniqlandi. Ana shunday rabotlar Mirzacho\u2019ldan sharqqa qarab yurilganda ham qayd etilgan: ularning ko\u2019pchiligi quduqlar yoki sarbadorlarga ega edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shunday Ustrushona karvonsaroylaridan biri \u2013 Qumtepa esa Forishdan 9 km shimoli-g\u2019arbda Uxumsoy havzasida bunyod etilgandi. Ikkinchisi, Uzunquduq nomli karvonsaroy bo\u2019lib, shimoli-sharqda Xonbandisoy yoqasida, undan sharqroqda esa eng yirik karvonsaroy \u2013 Kaltepa joylashgan bo\u2019lgan. U Tuzkon ko\u2019lidan 15 km g\u2019arbroqda, Xonbanditog\u2019 dovonidan shimolroqda Ilonchisoy bo\u2019ylarida aniqlangan. Bu yerga shimoldan Nurotani aylanib o\u2019tib, dovon orqali shimoliy Sug\u2019ddan Ustrushonaga qarab karvonlar kelardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kaltepa \u2013 mumtoz karvonsaroy-rabot bo\u2019lib, 82&#215;82 m (aftidan 100&#215;100 gaz) o\u2019lchamdagi bu yirik inshoot chorburchak devor bilan o\u2019ralgan. Ichki tomonida devor perimetri bo\u2019ylab sayohatchilar va buyumlar uchun xonalar, markazda hovli \u2013 sahn joylashgan. Rabotdan 30 m janubi-g\u2019arbda ichimlik suvi saqlanadigan gumbazli sardoba bor. Janub tomonga qarab 800-1000 metr yurilsa, karvondagi tuya va boshqa jonzotlarning suv ichishi uchun ikkinchi sardoba joylashgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu mavzedan shimoli-sharqqa qarab 4 farsax, 27 km yurilsa, Aydarko\u2019l sohilida Mirzacho\u2019l yo\u2019li yoqasida joylashgan, uncha katta bo\u2019lmagan o\u2019lchamlari 30&#215;30 metrga teng chorburchak shaklidagi Navoyli karvonsaroyiga chiqilgan. Mazkur yo\u2019lning bir tarmog\u2019i Jizzax orqali Zominga olib borgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yana Zominga qaytsak. Arxeologik yodgorliklar majmuasi va ularning o\u2019zaro bog\u2019lanish tizimlari tahlili o\u2019sha davrda Zomin faqatgina Buyuk Ipak yo\u2019lidagi shahar bo\u2019libgina qolmaganligini ko\u2019rsatdi. U boshqa Ustrushona markazlari bo\u2019ylab o\u2019tgan mahalliy ichki karvon yo\u2019llari bilan ham chambarchas bog\u2019liq bo\u2019lgan. Olimlarning ta\u2019kidlashicha, o\u2019sha paytda Movarounnahrdagi mahalliy savdo-sotiq tashqi savdo kabi muhim ahamiyatga ega bo\u2019lgan. Zomin yo\u2019llaridan biri Ustrushona poytaxti \u2013 Bunjikatga olib boradi. Qiziq tomoni, geograflarning ta\u2019rifiga ko\u2019ra, Zomin yo\u2019li Sabot orqali o\u2019tgan bo\u2019lsa-da, Bunjikat darvozalaridan biri Zomin nomi bilan atalgan. Yo\u2019lning bir qismi O\u2019ratepaga olib borgan. Shimoli-g\u2019arbdan ikki kunlik yo\u2019l esa Jizzax va Xarakanadan o\u2019tgan. Shuningdek, Buttam va Panjikentga qarab tog\u2019li yo\u2019l ham bo\u2019lgan. Bu bejiz emasdi, zero, u vaqtlarda Ustrushonada temir qazish ishlari avji pallada edi. Bu birinchi o\u2019rinda, qurol-yarog\u2019ga ishlov berish bilan bog\u2019liq edi. O\u2019sha davr zamondoshining so\u2019zlariga qaraganda, mazkur yarog\u2019lardan Xurosonda foydalanishgan. Shuningdek, u bilan Bag\u2019doddan Iroqqa qadar barcha askarlar qurollantirilgan. Buttam tog\u2019larida oltin, kumush va novshadil konlari bisyor bo\u2019lib, ulardan olingan mahsulotlar ko\u2019plab mamlakatlarga eksport qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu bois Ustrushonaning mahalliy savdo aloqalari xalqaro savdo tizimidagi tovarlarning shakllanishiga katta ta\u2019sir ko\u2019rsatgan. Manbalarda Ustrushona tomonidan muntazam ravishda savdo yarmarkalari uyushtirilib turilgani bot-bot ta\u2019kidlab o\u2019tilgani tasodif emas, albatta. Ana shunday yarmarkalar har oyning birinchi sanasida Marsmandada o\u2019tkazilar, u yerga eng chekka hududlardan sotuvchi va xaridorlar to\u2019planar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buyum-tovarlarning asosiy qismi Sharq va Janubning ichki bozorlariga qarab oqar, shuningdek, IX-X asrlarda soni keskin ko\u2019paygan sarvdo karvonlari xizmatida foydalanish uchun sotilar edi. Shu sababli, yo\u2019llarning o\u2019zi ham, bir tomondan barqarorlashib borsa, boshqa tomondan o\u2019zgarib ham turardi. Sharqiy yo\u2019llarning asosiy yo\u2019nalishlari turg\u2019un edi. Bular \u2013 Xo\u2019jand, Farg\u2019ona, Shosh va shimoliy cho\u2019l-dasht hududlariga olib boradigan yo\u2019llar edi. Hokimiyatning markazlashishi va savdo-sotiq ustidan qat\u2019iy nazoratning o\u2019rnatilishi, davlatning savdogarlar yo\u2019qotgan tovarlarning badalini to\u2019lashi, talonchiliklarning qisqarishi, yo\u2019llarning xavfsiz va osuda bo\u2019lishiga olib keldi, biroq shunga qaramay, savdogarlar asosiy yo\u2019llardan ko\u2019ra qisqa yo\u2019ldan yurishni afzal ko\u2019rishardi. Biz yuqorida Jizzax va dasht hududlari orqali Samarqanddan Shoshga to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri yo\u2019l bo\u2019lganligini ta\u2019kidlab o\u2019tgan edik. Zomindan chiqadigan yo\u2019l yo\u2019nalishari ham to\u2019g\u2019rilana boshlaydi. Sabot orqali Xo\u2019jand va Farg\u2019onaga olib boruvchi yo\u2019l bilan bir qatorda, Xovos orqali yuriladigan yo\u2019l ham jonlanadi. Bu haqida X asr oxirida yashab o\u2019tgan Ibn Havqal shunday deb yozadi: \u201cKimda-kim Xovos yo\u2019li bo\u2019ylab Zomindan Xo\u2019jandga borish istagida bo\u2019lsa, u Kurkat orqali yo\u2019l bosib o\u2019tishi lozim edi\u201d. U orqali Shoshdan Banokatga olib boradigan yo\u2019l ham o\u2019tgan. Dastlab yo\u2019l Sharqqa-\u201cShosh daryosi qirg\u2019og\u2019i bandargohi\u201d tomon, daryodan o\u2019tilganidan so\u2019ng, qirg\u2019oq yoqalab Banokatga 9 farsax yo\u2019l bosilgan. Demak, bu davrda Xovos orqali Banokatga to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri yo\u2019l tushgan. A.Gritsinaning arxeologik tadqiqotlari o\u2019sha davrda Banokat qarshisidagi Sirdaryoning chap qirg\u2019og\u2019ida bugungi kungacha saqlanib qolgan anchayin yirik punkt \u2013 mashhur Nurota joylashgani va rivoj topib borganini ko\u2019rsatdi. XIV asrda yashagan Abul Fidaning ma\u2019lum qilishicha, Zomindan Xovos orqali Banokatga olib boruvchi yo\u2019l yoqasida Xushkent shaharchasi faoliyat ko\u2019rsatgan. A.Gritsina yuqorida qayd etilgan Nurota o\u2019rnida, aynan Xushkent shahri joylashganini e\u2019tirod etadi. Shosh va undan keyin dashtu biyobonga olib boruvchi mazkur yo\u2019l 7 farsaxni tashkil etardi. Yuqorida ta\u2019kidlab o\u2019tilgan barcha tarixiy voqeliklar o\u2019rta asr Zominini Ustrushonaning poytaxti shahridan keyingi ikkinchi yirik shahar sifatida taraqqiy etib borganini ko\u2019rsatdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Zomin tarixi O\u2019rta Osiyoning boshqa ko\u2019plab qadimiy shaharlari kabi savdo-sotiq, shahar va qishloqlar, dehqonlar va chorvadorlar orasidagi ichki hamda xalqaro mahsulotlar almanuvidan tortib, yirik transit aloqalar bilan chambarchas bog\u2019liq bo\u2019lgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zomin-va-buyuk-ipak-yoli\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":138294,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-138296","page","type-page","status-publish","has-post-thumbnail","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138296","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=138296"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138296\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":138303,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138296\/revisions\/138303"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/138294"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=138296"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}