{"id":138311,"date":"2024-07-30T09:45:10","date_gmt":"2024-07-30T06:45:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?page_id=138311"},"modified":"2024-07-30T09:46:39","modified_gmt":"2024-07-30T06:46:39","slug":"yosh-onalarga-shifokor-maslahatlari","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yosh-onalarga-shifokor-maslahatlari\/","title":{"rendered":"Yosh onalarga shifokor maslahatlari"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>Rus tilidan M.Muslimov tarjimasi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Mana, ne-ne orzu-umidlar bilan kutilgan farzand dunyoga keldi. Ota-onaning, buvi-buvalarning, xullas oiladagilarning quvonchi cheksiz! Chaqaloq ingasi oila baxtidan, avlod davom etishi, ya\u2019ni shu xonadon chirog\u2019i o\u2019chmasligidan dalolat beradi. Biroq farzand dunyoga kelar ekan, ota-onaning, uydagilarning tashvishlari ham ortadi. Ayniqsa, ota-ona yosh, bola parvarishi xususida tajribasi bo\u2019lmasa ancha qiynaladi. Chunki go\u2019dakni dunyoga kelgan lahzadan ko\u2019krak berib emizish, oq sut bilan dili joniga ota-onaga mehr-muhabbatni singdirish, uni qalb qo\u2019ri bilan parvarish qilish, turli kasalliklardan, issiq-sovuqdan ehtiyot qilish va oqillik bilan tarbiyalashga kirishish kerak. Zero, kelajakda shu go\u2019dak aql-zakovatli, vatanimizning dovrug\u2019ini yanada oshiradigan ulug\u2019 inson bo\u2019lib yetishadi. Vatan taqdiri, kelajak baxt-saodat ana shu murg\u2019ak go\u2019daklar qo\u2019lida, ana shular buyuk ishlarimizning davomchilari hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bas, shunday ekan, farzandlarimiz zuvalasi pishiq, yetti muchasi sog\u2019-salomat, ham jisman ham ruhan sog\u2019lom odob-axloqli, mehr-oqibatli bo\u2019lib kamolatga yetishmoqlari kerak. Buning uchun esa yana bir bor ta\u2019kidlash joizki, farzand tarbiyasiga juda katta ahamiyat berish zarur.<\/p>\n\n\n\n<p>Bola tarbiyasi haqida juda ko\u2019p kitobchalar, risolalar tavsiyalar bor. Biroq hayotda farzand tarbiyasiga andoza yo\u2019q va bo\u2019lishi ham mumkin emas. Zero, dunyoda qancha odam bo\u2019lsa hamma jihatdan bir-biriga aslo o\u2019xshamaydi. Biroq uning kelajakda yaxshi-yomon, oqil va noqobil, odobli-odobsiz, mehr-muruvvatli yoki toshbag\u2019ir bo\u2019lib o\u2019sishi, kasalvand yoki aqlan va jismonan sog\u2019lom bo\u2019lishi asosan oila va jamiyat, qolaversa mahalla ahli tarbiyasiga bog\u2019liq. Bolaga aqli kirgan kundan boshlab Ona Vatanga muhabbat, sadoqat tuyg\u2019usini singdirish kerak. Ana shunda bola kindik qoni to\u2019kilgan ona yurt qadriga yetadigan, uni e\u2019zozlaydigan, halol, rostgo\u2019y, shu Vatanning munosib farzandi bo\u2019lib kamol topadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Eng muhimi, oilada ota-ona ma\u2019rifatli, har tomonlama, xususan bola tarbiyasida tibbiy bilimga ega bo\u2019lishi lozim. Zero, xalq salomatligi, vatan boyligi, uni saqlash va asrab-avaylash har bir fuqaroning vazifasi, davlat siyosatining asosiy mohiyati hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Prezidentimiz taklifi bilan 2000 yilni \u201cSog\u2019lom avlod\u201d yili deb e\u2019lon qilish davlatimizning oila, onalik va bolalar manfaati yo\u2019lida ko\u2019rsatayotgan g\u2019amxo\u2019rligining timsolidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuning uchun o\u2019sib kelayotgan yosh avlod sog\u2019lig\u2019i haqida ota-onalar, pedagoglar, shifokorlar, psixologlar, sotsiologlar hamkorlikda ish ko\u2019rishlari kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Afsuski, oilada, bog\u2019cha va maktablarda bolalarning jismoniy, gigiyenik va ma\u2019naviy tarbiyasiga yetarlicha ahamiyat berilmaydi, ko\u2019pchilik ota-onalarda pedagogik madaniyat yetishmaydi, bolalar fiziologiyasi, kasalliklari va ularning oldini olish, qobiliyatlar, mayl-istaklari, salomatlikni mustahkamlashda, fizkultura va sportning juda katta ahamiyati borligi haqida uncha bilimga ega emaslar. Shuni unutmaslik kerakki, oiladagi urf-odatlar, muhit, insoniy fazilatlar, tinch-totuvlik bola taqdiriga asos solidi. Oila hayot maktabi, dorilfununi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/bolani-kunduzi-uxlatish-shartmi\/\">Bolani kunduzi uxlatish shartmi?<\/a><\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rus tilidan M.Muslimov tarjimasi. Mana, ne-ne orzu-umidlar bilan kutilgan farzand dunyoga keldi. Ota-onaning, buvi-buvalarning, xullas oiladagilarning quvonchi cheksiz! Chaqaloq ingasi oila baxtidan, avlod davom etishi, ya\u2019ni shu xonadon chirog\u2019i o\u2019chmasligidan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yosh-onalarga-shifokor-maslahatlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-138311","page","type-page","status-publish","hentry","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138311","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=138311"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138311\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":138318,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/138311\/revisions\/138318"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=138311"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}